Qarshi davlat universiteti


§. Madaniy- ma’rifiy sohalarda O’zbekistonlik xotin-qizlarning vatanparvarlik, insonparvarlik harakatlari



Download 289 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2017
Hajmi289 Kb.
#88
1   2   3

3§. Madaniy- ma’rifiy sohalarda O’zbekistonlik xotin-qizlarning vatanparvarlik, insonparvarlik harakatlari.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi bilan O’zbekiston ishchi va mehnatkashlari bilan bir qatorda fan, maorif va madaniyat xodimlari ham fashizmni tezroq tor-mor qilish ishiga safarbar qilindi. O’zbekiston madaniyatining barcha yo’nalishlari uning arboblari va xodimlarining fidoiyligi va vatanparvarligi tufayli juda qisqa muddatlarda urush davri ehtiyojlari va talablari oqimiga yo’naltirildi.

Urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belarussiya davlatlaridagi oliy o’quv yurtlari O’zbekistonga ko’chirib keltirildi. O’zbekistonda 22 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 16 ta oliy o’quv yurti, 2 ta kutubxona keltirilib, joylashtirildi. Urush yillarida mamlakat atoqli olimlarining katta guruhi O’zbekistonda ishladi. Ko’chib kelgan olimlar O’zbekiston olimlari bilan mahkam aloqada ish olib bordilar. Ularning birgalikdagi sayi-harakatlari ilm-fan yutuqlarini front ehtiyojlari uchun xizmat qildirishga qaratilgan edi.

Ishlab chiqarishni kengaytirish va xom-ashyo resurslarini qidirib topish maqsadida geolog olimlar juda qisqa muddatlarda qalay, volfram, molibden, nodir metallar, neft, toshko’mir, olovbardosh materiallar va boshqa turdagi xom-ashyo konlarini topdilar, bu konlar qisqa muddatlarda o’zlashtirildi.

1943 yil 4 noyabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi respublika madaniy-ma’naviy hayotida muhim voqea bo’ldi. Akademiyaning birinchi prezidenti etib esa T. N. Qori Niyozov saylandi.1

Hukumat tomonidan tasdiqlangan Akademiyaning birinchi tarkibida 11 ta haqiqiy a’zo, 3 ta faxriy akademik va 18 ta muxbir a’zo bor edi2. Fanlar akademiyasi 10 ta ilmiy tekshirish instituti, shuningdek bir qator muassasalarni birlashtirgan edi.3 Urush yillarida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari ularning natijalalri ham frontga qaratildi.

O’zbekiston xalq ta’limi, jumladan oliy o’quv yurtlari og’ir sinovlardan o’tdi, ko’pchilik professor-o’qituvchilar, talabalar frontga safarbar etildi. Kasb yo’nalishi yaqin bo’lgan institutlar, fakul’tetlar, kafedralar birlashtirildi, ayrimlari yopildi. Bo’shagan binolarga esa harbiy muassasalar, gospitallar joylashtirildi.

Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Odessa va boshqa shaharlardan 1941-1943 yillarda ko’chib keltirilgan 35 oliy o’quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi, ularning ba’zilari o’zaro yoki O’zbekiston oliy o’quv yurtlari bilan birlashtirildi.1 Mazkur yillarda xalq maorifida ham jiddiy qiyinchiliklar bo’ldi. Urushgacha respublika maktabalarida ishlayotgan o’qituvchilarning 74,6 foizi erkalar tashkil etgan bo’lsa, urush yillarida maktablarda asosan xotin-qizlar faoliyat yuritdi. Urush yillarida respublikadagi maktablar soni 4797 tadan 1470 taga tushib qoldi. O’qish o’zbek tilida olib borilgan maktablarda o’qituvchilar ayniqsa yuqori sinflarda fizika, matematika, ximiya o’qituvchilari juda kamchil edi. O’zbek qizlari orasidan o’qituvchilar tayyorlashni ko’paytirish maqsadida 1943 yilda Toshkent pedagogika instituti, Toshkent va Qo’qon o’qituvchilar institutlari, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Qo’qon va Xivadagi pedagogika bilim yurtlari ( jami oltita) xotin-qizlar o’quv yurtlariga aylantirildi.2 O’quv yurtlari oldida viloyat, shahar va tuman markazlarida pedagog kadrlar tayyorlovchi uch va olti oylik kurslar tashkil etildi. Pedagogika o’quv yurtlarida o’qigan qizlar soni oshib bordi. 1942-1943 o’quv yilida o’qituvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar respublikadagi o’qituvchilarning 46,8 foizini tashkil etdi.3 Ko’rilgan chora-tadbirlar ayniqsa xotin-qizlardan o’qituvchi kadrlar tayyorlash uchun olib borilgan kurash natijasida 1945 yilning boshlarida respublika o’quv muassasalarini pedagog kadrlar bilan ta’minlash 94,3 foizni tashkil etdi.4 Maktablarni pedagog kadrlar bilan ta’minlash uchun pedagogika bilim yurtlarida o’qish muddati uch yildan ikki yilga qisqartirildi. 1941 yilning noyabr oyida zaruriyat oqibatida tugatilib, 15-raqamli Buxoro pedagogika bilm yurtiga 1943 yilda yana qayta tiklandi va bir yo’la 90 talaba qabul qilindi. 1945 yilga kelib esa 193 nafar talaba qabul qilindi, ularning 46 nafari qizlar edi. Buxoro o’qituvchilar institutining G’ijduvon filialining fizika-matematika fakul’tetini 7 talaba bitirgan bo’lsa, ularning oltitasi xotin-qizlar edi.1

Maktablarda o’qituvchilik qilayotgan xotin-qizlar targ’ibot- tashviqot ishlarini ham olib borishdi. Masalan, Qarshi tumanidagi 6-raqamli to’liqsiz o’rta ta’lim maktab o’qituvchisi Lochinoy Qodirova yosh pedagog bo’lishiga qaramay “Maqsad” nomli dehqon xo’jaligida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishda namuna ko’rsatdi. Jangovor varaqa, devoriy gazeta chiqarishda bosh-qosh bo’ldi. Maktab o’quvchilarini darsdan keyingi bo’sh vaqtlarida dala ishlariga jalb etilib, fidokorona mehnat qildilar.

Qarshi tumanidagi 7-raqamli maktabda o’quvchilardan 23 kishilik brigada tuzilib, Dasht qishloq kengashidagi “Temir yo’l” dehqon xo’jaligidan g’alla o’rdilar. Ular o’zaro musobaqalashib kunlik ish rejani oshirib bajardilar. Qarshiyeva, Tursoatova, Aliyeva, Rahmatova kabi o’quvchi qizlar kuniga 0,30-0,50 gektardan g’alla o’rib, boshqalarga namuna bo’ldilar.

Urush yillarida maorif sohasida mehnat qilgan o’qituvchi xotin-qizlarning ham amalga oshirgan ishlari orqali g’alabaga o’z hissalarini qo’shdilar. Shuningdek, ikkinchi jahon urushi yillarida madaniy-ma’rifiy sohaning bir tarmog’i bo’lgan madaniy-o`qituv muassasalarida ham ko’plab xotin-qizlar mehnat qildilar. Mazkur yillarda respublikada madaniyat uylari, klub, kutubxona, qizil choyxona, turli to’garak va qiroatxonalar faoliyat ko’rsatdi. Bu madaniy-o`qituv tarmoqlari orqali keng xalq ommasiga suhbat, leksiya, ma’ruzalar tashkil qilindi. Ayniqsa qishloq joylaridagi xo’jaliklarda kinofilmlar, badiiy havaskorlar konserti, spektakllar ko’rsatildi. Madaniy-o`qituv tarmoqlarining faoliyatida xotin-qizlar aktiv ishtirok etdilar. Jumladan “qizil choyxonalar” O’zbekistondagi madaniy-o`qituv muassasalarining eng ommaviy markazlariga aylandi. 1943 yilda respublikada 1398 ta “qizil choyxona” bor edi.2 Qishloq madaniy-o`qituv muassasalarida turli xil to’garaklar ishida 33521 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar. Ko’pgina ayollar agitator sifatida tashviqot-targ’ibot ishlarini olib bordilar. Bog’dodlik Xolmatova, Samatova, Odilova, Dehqonova va boshqa xotin-qizlar ana shunday targ’ibotchilik ishlarida ishtirok etdilar.1

Urush yillarida ko’plab madaniy-o`qituv muassasalari, ayniqsa qishloq ommaviy kutubxonalarining rahbarlari xotin-qizlardan iborat edi. Masalan, 1945 yilda 185 nafar ayol qishloq kutubxonalarining mudiralari vazifasida ishlashdi. Ular o’zlarining targ’ibotchilik-tashviqotchilik sayi-harakatlari orqali front orqasida mehnat qilayotgan kishilarning madaniy hordiq olishlariga o’z hissalarini qo’shdilar.

Urush yillarida O’zbekiston shoirlari, yozuvchilari, kompozitorlari, rassomlari yaratgan asarlarda vatanparvarlik hislatlari asosiy o’rinda turdi. Bu davrda zabardast adiblar, shoirlar, yozuvchilar bilan birgalikda xotin-qizlar ham ijod etdi. Oydin, Zulfiya, A.Axmatova kabi xotin qizlar faoliyat ko’rsatdi. Ularning yozgan asarlari va she’rlari urushga bag’ishlangan bo’lib, jangchilarni yanada kuchliroq bo’lishga, Vatanni himoya qilishga chorlovchi misralardan iborat edi. Urush yillarida Toshkentda turli millatga mansub 200 yaqin yozuvchi yashab ijod etdi.2

1941-1945 yillarda O’zbekistonda ta’sirchan vosita hisoblangan teatr va san’at ancha rivojlandi. Teatr va san’at arboblari frontning oldingi marralarida bo’ldilar. Bu davrda O’zbekistonda 35 ta mahalliy va 16 ta ko’chirib keltirilgan teatr jamoasi faoliyat ko’rsatdi.3 Ushbu teatrlar butun urush davomida 203 ta yangi postanovka tayyorladilar va 6.667.303 tomoshabinga 13.568 ta spektakl va konsertlar ko’rsatildi.4 O’zbekiston teatr jamoalari, san’at ustalari harbiy otaliq ishlarida faol ishtirok etdilar, harbiy qismlarga, gospitallarga, ishlab chiqarish korxonalariga, dehqonchilik xo’jaliklariga, xalq qurilishlariga borib chiqishlar qildilar. Ular orasida ko’plab xotin-qizlar ham bor edi. Masalan, Qashqadaryo viloyat teatrining birinchi kosert brigadasi 15 kishidan iborat bo’lib, uning tarkibida xotin-qizlardan Mukarrama Nosirova, M.Ahmadjonova, ikkinchi konsert brigadada esa Ikroma Boltayeva, Farog’at Rahmatovalar bor edi. Shuningdek, teatrda X. Pinxasova, Marziya Jo’rayeva, Oydin Rahmonova, Rahima Avloqulova, S. Naxatova singari san’atkorlar ham ijod qildi.1

Urush yillarida Respublika san’at hodimlari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida frontlarda harakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq konsert, Turkiston harbiy okrugi harbiy qismlarida va gospitallarida 26 mingta konsert berdilar.2 Bu konsert brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora Eshonto’rayeva, Mukarrama Turg’unboyeva, Gavhar Rahimova kabi san’arkor xotin-qizlar ham bor edi.3 Ushbu berilgan konsertlar, ko’rsatilgan teatr tomoshalari orqali frontda jang qilayotgan kishilarning madaniy-ma’naviy hordiq chiqarishlariga hissalarini qo’shdilar. Shuningdek O’zbek Davlat Felarmoniyasining 15 kishidan iborat san’atchilar brigadasi ham harbiy front hududlarida bo’ldilar.4 Brigadada Roza Boglanova, Sharofatxon Oqilova, Xadicha Hakimova, Rahima Hakimova, Ruqiya Ayupova singari xotin-qizlar turli xildagi ashulalarni aytib, jangchilarni hursand qildilar. Jumladan, Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar raqs va ansamblining ham xizmatlari katta bo’ldi. Ular Kirovograd yaqinidagi Polese qishlog’ida turgan 69- gvardiya o’qchi diviziyasi jangchilariga konsert qo’yib berishadi. Gavhar Rahimova o’z xotiralarida bir kuni kechasi o’n uch marta konsert qo’ydik, Roza Boglanova esa jangchilarning talablariga binoan 30 marta qo’shiq aytib berganligini e’tirof etadi.5

Xullas, ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xotin-qizlari madaniy-ma’rifiy sohalalrda ham ijobiy ishlarni amalga oshirdilar. Urush janggohlarida, front orqasida mehnat qilayotgan kishilarning madaniy hordiq olishlariga o’z hissalarini qo'shdilar.

2 bob. Urush yillarida O’zbekiston xotin-qizlarining qishloq xo’jaligi sohasidagi mehnat jasoratlari.

1§ Paxtachilikni rivojlantirishda xotin-qizlar faoliyati.
Ikkinchi jahon urushi yillarida qishloq xo’jaligi sohasida ham katta qiyinchiliklarga duch kelindi. Qishloq xo’jaligida mehnat qilayotgan dehqonlar oldiga front va mamlakat ichkarisidagi aholini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan, sanoatni esa xom-ashyo bilan ta’minlash vazifasi qo’yildi.

“Pravda Vostoka” va “Qizil O’zbekiston” gazetalarining 1941 yil 12 sentabr sonida bosilgan Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani dehqonlarining murajaati e’lon qilindi. Ushbu murojaatda qishloq xo’jaligi hodimlarining barchasi dushman tor-mor qilingunga qadar qattiq mehnat qilishga, paxtadan mo’l hosil olishga, front va sanoat uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetkazib berishda jonbozlik ko’rsatishga chaqirildi.

Urushning birinchi yillarida malakali mutaxassislar, mehnatga layoqadli erkaklarning frontga, mudofaa sanoatiga keng jalb qilinishi natijasida respublika kolxozlarida mehnatga yaroqli bo’lgan erkaklar soni 32 protsentga kamayib ketdi. Shunday bir sharoitda respublika qishloq xo’jaligi oldida katta ma’sulyatli vazifalar turar edi. Germaniya fashizmi tomonidan bir qancha qishloq xo’jalik rayonlari bosib olindi. Shu munosabat bilan mamlakatni oziq-ovqat va qishloq xo’jalik maxsulotlari bilan ta’minlash Volga bo’yi, Ural, Sibir, Qozog’iston va O’rta Osiyo rayonlari zimmasiga yuklatildi. Ayniqsa paxta yetishtirishni ko’paytirish O’zbekiston dehqonlari oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo’lib qolaverdi. Bu ulkan vazifani bajarish esa asosan qishloq xotin-qizlari zimmasiga tushdi. Ana shunday sharoitda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida asosiy kuchni xotin-qizlar tashkil qildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar, qilingan samarali mehnat tufayli mazkur yilda respublika paxta topshirish rejasini muvaffaqiyatli uddaladi. Ammo paxtachilikda xotin-qizlar mehnatidan foydalanish kengayib bordi. Mazkur yilda paxtachilik sohasida mehnat qilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar edi. Paxta yig’im-terimi davrida xotin-qizlar o’rtasida umumxalq musobaqalari avj olib ketdi. Andijon viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi “ Zarbdor” kolxozining ilg’or terimchisi Aminaxon Nazarova, Maryam Isoqova, Soraxon Imomova va boshqalar mavsum davomida 25 ming kilogramdam paxta terishga ahd qildilar.

Shofirkon tumani paxta dalalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlardan Barno Niyozova, Munavvar Shodiyeva, Adolat Rustamova va boshqalar kuniga 200-250 kilogrammdan paxta terishganligi manbalarda qayd etildi. Shuningdek xotin-qizlar o’rtasidagi ana shunday musobaqalar Samarqand, Qashqadaryo, Namangan va boshqa viloyat xotin-qizlari o’rtasida ham bo’lib o’tdi. Shunday musobaqalarda Samarqand viloyatidan Xosiyat Fayziyeva, Salomat Yusupova, Kitob tumanidan “ Matbuot” kolxozining a’zosi Tuxfaxon Malikova, S. Xolmatova, shuningdek Qashqadaryo viloyatidan O’lmas Sadriyeva, Salomat Qarshiyeva, Andijonlik xotin-qizlardan R. Yangiboyeva, A Nazarova, R. Usmonova kabilar samarali mehnat qilib, paxta yig’ib olishda jonbozlik ko’rsatdilar.

1942 yilda Namangan viloyati qishloq xo’jaligida band bo’lgan kishilarning 50 foizi, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida 60 foizdan ko’prog’I xotin-qizlardan iborat edi.1 Ayrim xo’jaliklarda asosiy kuch xotin-qizlar edi. Masalan, Farg’ona viloyati Bag’dod tumanidagi “ Ittifoq” xo’jaligidagi 200 nafar mehnatga yaroqli kishilardan 150 nafari xotin-qizlardan iborat edi.2

1942-1943 yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligida, front va front ortida og’ir vaziyat vujudga keldi. Respublika sanoat korxonalarida ishlash uchun 500 ming kolxozchining jalb etilishi, ishchi kuchi, mutaxassis kadrlarning keskin kamayib ketganligi, qishloq xo’jalik mashinalarining yetishmasligi, ehtiyot qismlar, meniral o’g’itlar, yonilg’ining respublikaga ham keltirilishiga qaramay qishloq xo’jalik mahsulotlarini jumladan paxta yetishtirishni ham ko’paytirish talab qilinar edi. Paxta yalpi mahsulotini 1941 yilga nisbatan 14,5 foizga ko’paytirish ta’kidlab o’tildi. Shunga asosan paxta ekin maydonini 917,6 ming gektarga yetkazish belgilab berildi.3

1942 yilda respublika qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida mehnatga layoqatlilar soni 1941 yilga nisbatan 250 ming, 1943 yilga kelib 200 ming kishiga kamaygan edi. 1942 yilning yanvar oyida respublika paxtakorlarining ikkinchi quriltoyi chaqirildi.4 Unda paxtadan yuqori hosil olish masalasi ko’rib chiqildi.

1942 yil fevralda Toshkent viloyati qishloq xo’jalik ilg’orlarining kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda Farg’ona, Andijon, Namangan viloyat qishloq xo’jaligi ilg’orlarining vakillari ishtirok etdi. Ularning ko’pchiligi xotin-qizlar edi. Bu kengashdan so’ng respublika bo’ylab “Faqat o’zing uchun emas, o’g’ling , aka-ukang uchun ishla” shiori ostida zarbdorlarga mehnat harakati boshlanib ketdi. Bunday vatanparvarlik harakati xotin-qizlar orasida keng tus oldi. Sirdaryo tumanidagi “Yangi turmush” kolxozining terimchisi Xosiyatxon Xasanova kundalik normani besh barobar bajarishga ahd qildi.1

Xotin-qizlar yillik mehnat kunini 150 dan 250 gacha ko’paytirish tashabbuskorlari bo’lib chiqdi. 1942 yilning may oyidan boshlab Oltinko’llik zveno boshlig’i Tursunxon Karimovaning tashabbusi bilan respublikaning barcha kolxoz va savxozlarida zarbdor front zvenolari tashkil qilindi. Bu zvenolarga asosan xotin-qizlar boshchilik qilishdi. Toshkent viloyati Bekobod tumanida 60 dan ortiq ana shunday zvenolar faoliyat ko’rsatdi. Bu zarbdor zveno boshliqlari kundalik normalarini 2-3 barobar ortig’i bilan bajarishdi.2 Namanganlik Onaxon Tojixonava 20 kun ichida 7 ming kilogram paxta terdi. 1942 yil 1 noyabrga qadar respublikada 316 xotin-qiz 5 ming kilogram paxta terib davlatga topshirishdi. Ammo xotin-qizlarning ana shunday mehnat qilishlariga qaramay davlatga jami 801 997 tonna paxta topshirildi. Har bir gektar paxta maydonidan planda ko’rsatilgan 13,8 sentner o’rniga 9,4 senrnerdan hosil olindi. Bu holat qoniqarli darajada emas edi. 1943 yil harbiy strategic jihatdan burilish yili bo’ldi. Chunki sovet qo’shinlari dushman ustidan g’alabaga erisha boshladi. Bu holat O’zbekiston xotin-qizlarini ham ruhlantirib, ularni yanada qattiqroq mehnat qilishga undadi. Ammo bu vazifani qiyin sharoitda bajarishga to’g’ri keldi. Chunki urushning eng og’ir damlarida mehnatga layoqatli kishilar soni yanada kamaygandi. Shuningdek, ekin maydonlari ham 1943 yilda 1942 yilga nisbatan 250 ming gektarga ko’paydi. Bu holat esa xotin-qizlardan yanada katta kuch talab qilardi. Paxtaga ishlov berishda xotin-qizlar jonbozlik ko’rsatib ishladilar. Buxoro tumani dalalarida mehnat qilgan Z. Ahmatova, B. Zaropiva, X. Gadoyeva, Qiziltepa tumani kolxozchi xotin-qizlari kundalik normani 1,5-2 barobar qilib bajardilar. Mazkur yilda O’zbekiston bo’yicha 120 ming xotin-qizlarni o’zida birlashtirgan zarbdor zveno va brigadalar paxta dalalarida jasorat ko’rsatdilar. Birgina Farg’ona viloyatining o’zida 14 ming kishini o’ziga birlashtirgan 526 zarbdor brigada tuzildi. Samarqand viloyatida -594, Namangan oblastida 400 ta ana shunday brigadalar faoliyat ko’rsatdi. Ammo shunday qattiq mehnat qilinsada, 1942-1943 yillarda O’zbekistonda paxta yetishtirish rejasi bajarilmay qoldi. Bu holatga g’o’za ekiladigan maydonlar salmog’i keskin kamayib, g’o’za hosildorligining pasayib ketganligi, mexanizatsiya darajasining pasayib qolgani, meniral o’g’itlardan foydalanish qisqargani va paxta yetishtirish agromexanikasining yomonlashgani ham sabab bo’ldi. Shuningdek, chopiq, sug’orish, irrigatsiya tarmoqlarining tozalash ishlarini muntazam olib borish uchun ishchi kuchi ham yetarli emas edi.1

Biroq urush davri sharoitlaridagi bu obyektiv omillarni mamlakat rahbariyati inkor etdi. Paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qolganligi uchun javobgarlik mahalliy partiya va xo’jalik organlari bo’yniga qo’yilib, ular qishloq xo’jaligini boshqarishni operativ ravishda qayta qurishga layoqatsizlikda ayblandi. O’sha paytdagi O’zbekiston Respublikasi rahabri Usmon Yusupovga qattiq ogohlantirish berildi.2

Mamlakat rahbariyati paxta tayyorlash rejalarini har qanday yo’l bilan bo’lsa ham bajarilishini mahalliy partiya va xo’jalik organlaridan talab qildi va aslida ularni shu sohani boshqarishning buyruqbozlik, ma’muriy usul amallariga o’tib borishga majbur qildi. Shu davrdan boshlab O’zbekistonda paxta yetishtirish masalasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi.

1944 yilga kelib sovet qo’shinlari dushman ustidan yaxshi natijalarga erisha boshladi. Bu jarayon paxta dalalarida mehnat qilayotgan O’zbekistonlik xotin-qizlarni yanada ruhlantirib ularni mehnat frontida qahramonlik va jonbozlik ko’rsatishga ruhlantirib yubordi. 1944 yilning yanvar oyida Toshkentda respublika paxtakorlarining birinchi quriltoyi chaqirildi.1 Quriltoy ishtirokchilari 1944 yilni paxtachilikni rivojlantirish uchun umumxalq kurash yili deb e’lon qildilar.

VKP (b) Markaziy Komiteti o’zining 1944 yil 6 martda “ O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va rivojlantirishni choralari to’g’risida” qabul qilgan qarorida respublikada keyingi ikki yil ichida paxta yetishtirishning kamayib ketganligi sabablarini ko’rsatib, O’zbekistonda paxta yetishtirishni kuchaytirish vazifasini kun tartibiga qo’ydi.2 Ana shundan keyin respublika dalalarida bahorgi ekin mavsumini yaxshi o’tkazish uchun 27269 brigada 83 minggga yaqin zvenolar tashkil qilindi. Bahorgi ekish mavsumida respublika paxta dalalarida 220 ming tonna mineral, 600 ming tonnadan ortiq mahalliy o’g’itlar solindi. Shuningdek qishloqqa texnik yordam ko’rsatish uchun malakali mutaxassislar yuborildi. Ular tomonidan traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari ta’mirlandi. Shuningdek qishloqlar ustidan shaharning otalig’i amalga oshirildi. Ya’ni shaharlarda mehnat qilayotgan minglab ishchilar, xizmatchilar, madaniyat, sog’liqni saqlash xodimlari, ilm ahillari va boshqalar paxta hosilini yig’ib-terib olishda dehqonlarga ham katta ko’mak berdilar. Bu o’rinda ham xotin-qizlar jonbozlik ko’rsatdilar. Ular bor kuch imkoniyatlarini ishga solishib, front uchun mehnat qildilar. Ular o’rtasida paxta uchun umumxalq kurashi avj oldirildi. Jumladan, Namangan tumanidan Fotimaxon Qozoqova, Xadichaxon Burhonova, Melixon Obidova, Saidaxon Madrahimova va boshqalar kundalik ish normasini 3-4 marotaba ortig’i bilan bajarishdi.

Xorazm viloyati Shovot tumaniga qarashli Orjonikidze nomli kolxoz a’zolaridan Norjon Xudoyberganova, Onajon Hayitboyeva va boshqalar gektaridan 100 sentnerdan paxta hosilini olish uchun mehnat qilishdi. Buxoro viloyati hududida tuzilgan 523 ta paxta brigadalaridan 367 tasi yuqori hosil olish uchun kurashda o’rnak ko’rsatdilar.

Paxta uchun boshlangan musobaqada Farg’ona viloyati Pop tumaniga qarashli “Ittifoq” kolxozining Z. Madaminova boshliq brigada a’zolari, Buxoro tumanidagi “Proletariy” kolxozining Tosheva va Niyozova boshliq zvena a’zolari, Andijonlik paxtakorlardan Zulayho Ashurova, Hikmat Haitova, Oysha Jo’rayeva va boshqalar gektaridan 50 sentnerdan paxta hosili olish uchun astoydil kurashdilar. Paxta dalalarida mehnat qilgan Paxtakor o’zbek xotin-qizlar nomiga frontdan ko’plab xatlar keldi. Ularda minadorchilik izhor etilgandi.

1944 yilda respublika qishloq xo’jaligi ishlarida 634 mingga yaqin xotin-qizlar mehnat qildi. Shundan 200 mingdan ortig’i bir yilda 200-300 ish kuni, 132 mingga yaqin 300-400, 61 mingdan ziyod ayollar esa 400 dan ortiq ish kuni ishladi. Bu raqamlar o’zbekiston paxtakor ayollarining mehnat frontida, paxta uchun umumxalq kurashida ommaviy jasorat ko’rsatganliklaridan darak beradi.

1944 yilda O’zbekiston qishloq mehnatkashlari paxta tayyorlash davlat planini muddatidan oldin 101,4 protsent qilib bajardi. Respublika xirmoniga 839 ming dona paxta yetkazib berdi. Ko’plab xotin-qizlar turli xil mukofotlar bilan taqdirlandilar. 1945 yilda ham paxtadan mo’l xosil olish uchun kurash boshlanib ketdi. Bu borada ham xotin-qizlar jonbozlik ko’rsatdilar. Mazkur yilda respublika dalalarida 5693 brigada va 9620 zveno qatnashdi. Andijon viloyati Izboskan tumanidagi mashhur paxtakor Hidoyat Holmatova boshliq brigada a’zolari gektaridan 40 sentnerdan paxta hosili olish uchun kurash olib bordilar. Samarqandlik Tojixon Xusanova kabi ilg’or paxtakor xotin-qizlar kuniga 250-300 kilogramdan paxta terdilar. 1945 yilda respublika davlatga 850,4 ming tonna paxta topshirdi. Ko’pchilik xo’jaliklar gektaridan 30-35 sentnerdan paxta hosilini olishga erishdi. Buning oqibatida esa albatta paxtadan mo’l hosil ko’tarildi.

Respublika qishloq xo’jaligi sohasida jumladan paxtachilikda mehnat qilgan ko’plab xotin-qizlar ko’rsatgan jasoratlari tufayli orden va medallarga tavsiya etildi.

Xullas, ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonlik xotin-qizlar front orqasida bo’lsada, paxta hosilini yetishtirish, uni yig’ib olishda jonbozlik ko’rsatib, sanoat korxonalari uchun yetarli xom-ashyo yetkazib berishga erishdi. Bu mehnatlari bilan g’alabaga o’z hissalarini qo’shdilar.


2 §. O`zbekiston xotin-qizlarining ipakchilik, g`allachilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun ko`rsatgan jasoratlari.
Urush O`zbekiston qishloq xo`jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lgan ipakchilikni rivojlantirishni ham taqoza qildi. 1940 yilgacha respublikada asosan individual asosda amalga oshirilar edi. Mamlakatda ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko`paytirish, malakali ipakchi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida BKP (b) Markaziy Komiteti 1941 yilning 13 martida “O`zbekistonda ipakchilikni yanada rivojlantirishni tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qildi. Bu qarorda respublikada ipakchilik mahsulotlarini ko`paytirish, pilla hosildorligini oshirishning aniq vazifalari ko`rsatib o`tildi. Ana shu qarorlarga ko`ra, O`zbekiston pillachilari yaqin 6-7 yil ichida pilla yig`ishni 20 ming tonnagacha yetkazish, har bir quti pilla urug`idan 50 kilogrammdan pilla olishga erishish ko`zda tutilgan edi.

Respublikada ipakchilikni yuksaltirish uchun avvalo, yetarli darajadagi ipakchi mutaxassislar tayyorlash zarur edi. Chunki sanoat korxonalari uchun ipak eng kerakli xom-ashyo resurslaridan hisoblanardi. Shuning uchun O`zK(b)P Markaziy Komiteti va Xalq Komissarlar Soveti 1941 yil avgustida respublikada ipakchi kadrlar tayyorlash haqida qaror qabul qildi. 1941 yil sentyabr oyida Toshkent qishloq xo`jaligi instituti, Andijon ipakchilik texnikumi, Urganch qishloq xo`jaligi o`rta maktabi qoshida ipakchilik bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydigan maxsus kurslar ochildi.1 Buxoro viloyatining barcha tumanlarida ana shunday kurslar tashkil qilindi. 1941 yilning oxiriga kelib Buxoro viloyatida 739 kishi, Qoraqalpog`iston ASSRda 161 kishi ipakchilik bo`yicha brigadir qilib tayyorlandi. Ushbu kadrlar orasida xotin-qizlar ham ko`pchilikni tashkil etardi. Jumladan, Qoraqalpog`iston ASSRdagi 161 nafar brigadirning 149 nafari xotin-qizlar edi.2

O`zbekiston pillachi xotin-qizlari respublikada ipakchilikni rivojlantirishga, frontni, armiyani qimmatbaho xom-ashyo bilan ta’minlash maqsadida fidokorlik bilan ish qildilar. Natijada ipakchilikda yaxshi natijalarga erishildi. Masalan, Shovot tumanidagi Kalinin nomli kolxoz pillachilari har quti pilla urug`idan 60,7 kilogramdan pilla olishga muvaffaq bo`ldilar. Ayrim pillachi ayollar, jumladan Hazorasp tumanidagi S.Murodova boshliq zveno a’zolari bir quti pilla urug`idan 60 kilogram o`rniga 130 kilogramm, “Qizil Sharq” kolxozining Nurjon Karimova boshliq zveno a’zolari va Staxanov nomli kolxozning Hayot Nazarova boshliq zveno a’zolari 100 kilogramdan pilla olishdi. 1941 yilda respublikamiz bo`yicha davlatga 12051 tonna pilla topshirildi.3

1942 yilda ham O`zbekiston pillachi ayollari samarali mehnat qildilar. Mazkur yilda xotin-qizlarning fidokorona mehnat qilganliklari tufayli davlatga 12190 tonna pilla tayyorlandi. Pilla tayyorlash davlat plani 103,5 prosent qilib bajarildi.1 Ushbu jarayonda Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani pillachilari har bir quti pilla urug`idan o`rta hisobda 64, Andijon viloyati Izboskan tumani pillachilari 63,2, Samarqand viloyati G`allaorol tumani 58,2, Buxoro viloyati Qarshi tumani 58,7, Chiroqchi tumani pillachilari 51,1 kilogramdan pilla olishdi.2 Xo`jaobod tumani Buddiyonniy nomli kolxoz pillakori Sarvinos Hamroyeva esa 101 kilogramdan pilla hosili olishga muvaffaq bo`ldi.

Pilla yetishtirishda katta yutuqlarni qo`lga kiritgan 100 dan ortiq O`zbekistonlik xotin-qizlar turli xildagi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida O`g`ilxon Hamidova, Azizaxon Mo`minova, Mastura Dadaboyeva, Turdixon Egamberdiyeva singari xotin-qizlar bor edi. Albatta bu xotin-qizlar mehnatining samarasi edi.

1943 yilda ham davlatga pilla topshirish plani ortig`i bilan bajarildi. 1945 yilga kelib esa Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Samarqand viloyati pillakor xotin-qizlari ulkan yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Mazkur yilda davlatga 9556 tonna pilla topshirildi. Shuningdek, ushbu yutuqlarning oqibatida 210 nafar xotin-qiz orden va medallar bilan mukofotlandi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida respublika pillachilari 54 ming tonnadan ziyod xom-ashyo topshirdilar.

Urush davrining qiyinchiliklari, shuningdek, Ukraina va Shimoliy Kavkaz kabi g`allakor rayonlarning fashistlar tomonidan vaqtincha bosib olinishi O`rta Osiyo va Qozog`iston respublikalari, jumladan, Ozbekistonda don va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirishni taqozo etardi. Ma’lumki, Ulug` Vatan urushi boshlangunga qadar respublikada yetishtirilgan g`alla taxminan 3-4 oyga yetar edi, xolos. Qolgan g`alla Ukraina, Shimoliy Kavkaz va Volgabo`yi rayonlaridan keltirilar edi. Urush boshlanishi bilan esa ahvol butunlay o`zgardi. O`zbekiston Respublikasi oldida nafaqat o`z xalqining g`alabaga bo`lgan ehtiyojini qondirib qolmay balki front va front ortini ham g`alla mahsuloti bilan ta’minlash masalasi kun tartibiga qo`yildi. Bu jarayonni amalga oshirishda ham xotin-qizlar mehnatidan foydalanildi.

Dehqonchiligi sun’iy sug`orishga asoslangan O`zbekistonda ekin maydonlarini kengaytirish irrigatsiya mahsulotlarini amalga oshirishni taqoza etardi. 1941 yilning oxiri va 1942 yil boshlarida Shimoliy Toshkent (Toshkent viloyati) Chust va Yuqori Uchqo`rg`on (Namagan viloyati), So`x-Shohimardon (Farg`ona viloyati), Nazarxon-Tozayorlish, Yunusobod, Sho`ro, Shumanoy (QQASSR) kabi kanallarning loyiha-smeta ishlari tayyorlandi.1 Ushbu sug`orish tarmoqlarini bunyod etishda xotin-qizlar ham ishtirok etdilar. Ko`klamning yaqinlashib qolayotganligi sababli hasharchilar o`z tashabbuslari bilan kechasi ham ishladilar. Masalan, Kattaqo`rg`on suv ombori qurilishi uchun Beshkent tumani qishloq sovetlaridan xotin-qizlar ham yuborildi.2

Kalilin rayonidan kelgan 50 nafar ayol Habira Yo`ldosheva, O`rolbibi Rahmatova, Irisoy Murodova, Yekaterina Ladonna va Zulfi Sodiqova kabi qizlar brigadasi tunda tuproq tashishda mahorat ko`rsatdilar.3 Suv inshootlarining qurilishi oqibatida g`alla ekiladigan maydonlar hajmi kengaytirildi. G`alla o`rim-yig`im-terim ishlariga xotin-qizlar ham jalb etildi. 1942 yilga kelib O`zbekistonda don ekinlari maydoni 1941 yilga nisbatan 333,2 ming gektarga kengaytirildi.4 Mazkur yilda davlatga g`alla topshirish plani 113,5 prosent qilib bajarildi.5

1945 yilda don xo`jaligi respublika xalq xo`jaligining mas’uliyatli tarmoqlaridan biriga aylandi. G`alla o`rim-yig`imi davrida ko`plab g`allakor ayollarimiz zo`r g`ayrat bilan mehnat qildilar. Masalan, Andijon tumanidagi “Bolshevik” kolxozining ilg`or g`allakori Karomat Uzoqova, Xosiyat Abdullayeva va boshqalar har kuni 2-2,5 normadan ish bajarishdi. G`alla o`ruvchi xotin-qizlar orasida Shahriniso Shermatova tashabbusi bilan musobaqa avj oldirildi. Uning o`zi kundalik normani 2-2,5 barobar ortig`i bilan bajardi.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Kuybishev nomli kolxozning T. Subanova boshliq xotin-qizlar brigadasi g`alla o`rim-yig`im terimida yaxshi natijalarga erishishdi. T.Subanovaning o`zi kunda 3 normadan ish bajardi. Beshkent tumanidagi “Yordamkom” kolxozining a’zolari Norxol Shodiyeva, Zaynab Sharipova, Mastura Odilova va boshqalar g`alla o`rim-yig`imi vaqtida 3-3,5 normadan ishlashdi. Shu sababdan ham urush yillarida yalpi don mahsuloti ishlab chiqarish 104 million pudga yetkazildi.

Urush yillarida O`zbekiston qishloq xo`jaligi uchun yangi tarmoq – qand lavlagi yetishtirish ham yo`lga qo`yildi. Samarqand, Farg`ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo`yicha ixtisoslashtirilib, 1942 yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlagi ekildi1.2 Urush yillarida O`zbekiston butun ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to`rtdan bir qismini berdi3. Zirabuloq, Qo`qon, Yangiyo`lda qand zavodlari qurildi.

Respublikada lavlagikor mutaxassislar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar ochildi. 1942-1944 yillarda bu kurslarni 22139 kishi bitirib chiqdi. Bitirib chiqqanlar orasida xotin-qizlar ko`p edi. Ko`plab lavlagikor xotin-qizlar o`zlarining samarali mehnati tufayli mo`l hosil yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Toshkent viloyatining mashhur lavlagikori Mehriniso Abdullayeva har gektaridan 550 sentnerdan, Munisxon Yo`ldosheva gektaridan 590, Melixon Halimboyeva 552, Xayriniso Yusupova 510 sentnerdan hosil olishdi. Ushbu raqamlar respublikmiz xotin-qizlarining qand lavlagini yetishtirishda qanchalik jonbozlik ko`rsatib mehnat qilganliklarini yaqqol ko`rsatib turibdi.

Urush yillarida chorvachilikni rivojlantirish jarayonida ham fidokorona mehnat qilindi. Chunki chorvachilikni rivojlantirish respublika qishloq xo`jaligining muhim vazifalaridan biri edi. Bu vazifani bajarishda ham xotin-qizlar mehnatidan foydalanildi.

Respublikamizda chorvachilik mahsulotlarini ko`plab tayyorlash va chorvachilikni rivojlantirishda O`zK (b)P va O`zSSR Xalq Komissarlari Soveti tomonidan 1942 yil 12 martda chorvachilikni rivojlantirish davlat plani haqida qabul qilgan qarori muhim rol o`ynadi. Qarorda ta’kidlanishicha, 1943 yilda O`zbekiston kolxoz va sovxozlarida qoramollar sonini 650, qorako`l qo`ylarini 2385, echkilar sonini 623,6, otlar soni 402 ming boshga yetkazilishi kerak edi. Chorva mahsulotlarini ko`paytirish va qoramollarni parvarish qilishda xotin-qizlar aktiv ishtirok etdilar. Urganchlik Onabibi Safarova 25 qoramoldan 13500 litr sut sog`ib olishga muyassar bo`ldi. Xolijon Oymirzayeva, Ro`zim Dinmurodova 6 sigirdan 4637 va 4770 litrdan sut sog`ib olishdi. Rema Olloberganova esa 28 qoramoldan 21 buzoq oldi va 3538 litr sut sog`ib oldi. Toshkent viloyatida ilg`or sut sog`uvchilar soni 1421, Namagan viloyatida esa 898 nafarga yetdi.

Andijon viloyati chorvadorlari ham mehnatda o`rnak ko`rsatishdi. Chorvachilikda erishgan yutuqlari uchun Andijon viloyatidan 7 nafar sut sog`uvchi xotin-qizlar, Samarqand viloyatidan 10 dan ortiq cho`pon ayollar respublika rahbariyati tomonidan mukofotlandilar. Qashqadaryo viloyati Beshkent tumani chorvadorlari ham yaxshi natijalarga erishdilar. Ular otchilik bo`yicha rejani 104 foizga, qoramollar 127 foizga, mayda mollar 101,4 foizga, tuyachilikni 116 foizga bajardilar.1 Bu yutuqlarni qo`lga kiritishda xotin-qizlar munosib hissa qo`shdilar.

Shuni ham alohida qayd etish kerakki O`zbekiston xotin-qizlari qishloq xo`jaligining barcha tarmoqlarida faol mehnat qildilar. Shuningdek respublikada tamakichilik, bog`dorchilik, uzumchilik, polizchilikdan yuqori hosil olishda ham xotin-qizlar o`z hissalarini qo`shdilar. 1943 yilda Toshkent tumani “Qizil dehqon” kolxozining a’zosi Bashar Azizova boshliq uzumchilik brigadasi 25 tonna kishmish tayyorlab frontga jo`natishdi.

Xullas, Ulug` Vatan urushi yilllarida O`zbekiston xotin-qizlari faqat paxtachilikda emas, ipakchilik, g`allachilik, chorvachilik, polizchilik, bog`dorchilik sohalarini rivojlantirishga ham o`z hissalarini qo`shdilar. Ushbu fidokorona mehnatlari bilan front orqasida turib, g`alaba uchun astoydil mehnat qildilar.


Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish