Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Jadidchilik falsafasida inson ta’rifi



Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.10.2020
Hajmi0.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 

2.2. Jadidchilik falsafasida inson ta’rifi 

 

XIX  asrning oxiri  —  XX  asrning boshlarida  ma'rifatparvarlik harakati o'zi-

ning  yuqori  pog'onasiga  ko'tarildi.  Uning  zaminida  jadidchilik  harakati  vujudga 

keldi.  Jamiyat  hayotini  insonparvarlashtirish,  boshqacha  aytganimizda,  insonpar-

var,  demokratik  jamiyat  qurish  g'oyasi  O'rta  Osiyoda  keng  tarqalgan  jadidchilik 

harakatining bosh g'oyasi edi.

29

 Jadidchilik — jahon sivilizatsiyasi yutuqlari, xusu-



san,  ilg'or  ilm-fan,  madaniyat-ma'naviyatga,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

birligiga asoslangan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy qoloqlikka, chor Rossi-

yasining mustamlakachilik istibdodiga qarshi, milliy mustaqillikni barqaror etishga 

qaratilgan demokratik harakat edi.

30

 

Jadidchilik  harakati  shakllanishi  va  rivojlanishida  O'rta  va  Yaqin  Sharq 



mamlakatlari,  Qrim,  Qozon,  Ufa  ilg'or  ziyolilarining  dinda  islohot  o'tkazish 

haqidagi  fikr-mulohazalari  turtki  bo'lganligini  unutib  bo'lmaydi.  Tarix  sahnasiga 

ma'rifatparvarlik  g'oyalarini  targ'ibot  va  tashviqot  qilish  bilan  kirib  kelgan 

jadidchilik  XX  asr  boshida  xalq  demokratik  va  milliy  ozodlik,  milliy  mustaqillik 

uchun kurash harakatiga aylandi. Jadidizm ma'rifatparvarligi O'rta Osiyoda inson-

parvarlik  g'oyalarini  targ'ibot  qiluvchi  yirik  nazariy  oqim  darajasiga  ko'tarildi. 

Jadidizmning g'oyaviy-nazariy asoslarini yara-tishda, uning maqsad va vazifalarini 

keng mehnatkashlar om-masiga tushuntirishda Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar 

qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulvo-hid Burhonov, 

Abdulla  Avloniy, Cho'lpon, Qodiriy, Fayzulla  Xo'jayevlarning xizmatlari  beqiyos  

edi. 

                                                 



28

 Qarang: Ma'naviyat yulduzlari.- Toshkent,1999.- 382-b. 

29

 Qarang: Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik, taraqqiyot uchun kurash.- Toshkent,1999. 



30

 

3



    Munavvar   Qori.   Hurriyat   berilmas,   olinur.   Najot,    1917-yil   26-mart; Mahmudxo'ja Behbudiy.   Bayoni  

haqiqat.   Ulug'  Turkiston,   1917-yil   12-iyun. 

 



48 

 

Jadidizm namoyandalari jamiyat hayotini insonparvarlashtirish,    democrat-



lashtirishning  asosiy  sharti O'rta Osiyo mamlakatlarida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy 

tuzumni  o'zgartirish, xususan, mamlakat  boshqaruvini  qayta  qurish, milliy  musta-

qillikka  erishish  bo'lib,  bunday  olijanob  vazifani  maorif  tizimini  isloh  qilishdan 

boshlamoq zarur, deb hisoblardilar. Jadidlar milliy mustaqillik manfaatini himoya 

qila  oladigan,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy-ma'naviy  qoloqlikdan  olib 

chiqish  muammolarini  tushunadigan,  zamonaviy  bilimga  ega  bo'lgan  kadrlar 

bunday ulkan vazifani bajarishga qodir ekanligini yaxshi  tushunar  edilar. 

Jadidlar maorif tizimini isloh qilish bilan birga o'tmish ajdodlarimiz yaratgan 

madaniy merosni o'rganishga e'tiborni qaratadilar. O'tmish madaniyati va ma'navi-

yatini  bilmasdan  turib  jamiyatni  insonparvarlashtirish  jarayonida  yirik  yutuqlarga 

erishib  bo'lmasligini  alohida  ta'kidladilar.  O'z  navbatida,  milliy  qadriyatlar  qobi-

g'iga o'ralib qolmasdan, boshqa millatlar qo'lga kiritgan madaniy-ma'naviy  yutuq-

larni ham o'rganish lozimligini qayta-qayta takrorladilar, umuminsoniy madaniyat, 

umuminsoniy qadriyatlar, xususan, Yevropaning ilg'or fani yutuqlarini targ'ibot va 

tashviqot  qilishga butun  kuchlarini  safarbar qildilar. 

Jadidizm asoschilaridan biri Behbudiy 1879-yilda Samarqand shahrida ruho-

niy oilasida tug'ilgan. U bolaligidan ilmga qiziqdi. Hisob, huquq, falsafa fanlarini 

o'rgandi. Arab, fors, rus tillarini mukammal o'rgandi. Qozixona mirzaligidan mufti 

lavozimigacha ko'tarildi.1919-yilda  Buxoro  amirining  topshirig'i  bilan  Qarshida  

o'ldirilgan. 

Mahmudxo'ja  Behbudiy  jamiyat  hayotini  insonparvarlashtirish  uchun  fuqa-

rolar milliy ongini o'stirish, millat milliy  o'zligini anglashi darkor, deb hisoblardi. 

Milliy  ong,  milliy  g'ururni  shakllantirishning  eng  muhim  vos-tasi  —  maorif,  deb 

bilardi. Maorifni isloh qilmasdan turib  jamiyatni   insonparvarlashtirib   bo'lmaydi,   

deb  hisoblardi. 

Behbudiy islohni maktab va madrasalardan boshlashni taklif qiladi. Ana shu 

maqsadda birinchilardan bo'lib, o'z uyida kambag'al bolalar uchun yangi uslubdagi 

maktab ochdi. O'zi o'sha maktabda jug'rofiya va adabiyotdan dars berdi. Qisqa vaqt 

ichida «Qisqacha umumiy jug'rofiya», «Bolalar uchun kitob»,«Islomning qisqacha 



49 

 

tarixi»,«Amaliyoti  Islom»,«Aholi  jug'rofiyasiga  kirish»,  «Rossiyaning  qisqacha 



jug'rofiyasi» singari darsliklar yaratdi. Behbudiy nashnyot tashkil etib, ushbu dars-

Iiklarni   nashr  ettirdi. 

Behbudiy maktablarda, madrasalarda nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar 

o'qitilishining tarafdori edi. Dunyoviy bilimlarni egallamasdan turib hozirgi zamon 

taraqqiyoti  talablariga  javob  beradigan  kadrlar  tayyorlab  bo'lmaydi,  deb  tushun-

tiradi. Uning fikriga ko'ra, ikki darajadagi mutaxassislar tayyorlash zarur. Birinchi 

darajadagi  mutaxassislar  diniy  ma'lumotli  kishilar  bo'lib,  ular  fuqarolarning 

ma'naviy  nasihatgo'ylari,  maslahatchilari,  islom  dini  pokligini  himoya  qiluvchi 

mutaxassislar  bo'lmog'i  zarur.  Ikkinchi  darajadagilar  esa  dunyoviy  bilimlarni 

o'rganmoqlari  darkor.  Ikkinchi  darajadagi  mutaxassislar  musulmonlar  manfaatini 

ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  turli  sohalarida  himoya  qiladilar.  Mutaxassis-larni 

ko'plab  tayyorlash  uchun  o'quvchilarning  nafaqat  Makka,  Madina,  Misr  yoki 

Istanbul,  balki  Rossiya  universitetlari  va  texnik  o'quv  yurtlariga  o'qishga 

yuborishni maslahat beradi. Yangi usul maktablarini o'qituvchilar bilan ta'minlash 

uchun  yigit  va  qizlar-ni  Kavkaz,  Qrim,  Orenburg,  Qozon  shaharlariga  yuborish 

zarur-ligini alohida qayd etadi. 

Mahmudxo'ja  Behbudiy  jamiyatni  insonparvarlashtirish  mehnatkashlarning 

madaniy-ma'naviy  saviyasi  bilan  bog'liq  ekanligini  zukkolik  bilan  ilg'ab  oldi.  Fu-

qarolar madaniy-ma'naviy saviyasini o'stirishning

j

 eng muhim vositasi zamonaviy, 



dunyoviy fanlarni o'rganish, deb bildi. Shuning uchun ham, Samarqandda mahalliy 

aholi  uchun  yangi  kutubxona,  qiroatxona  ochdi.  Insonparvar,  demokratik  jamiyat 

qurish  g'oyalarini  odamlar  ongiga  singdirish  uchun  «Padarkush»  pyesasini  yozdi. 

Ushbu  pyesa  1912—1915-yillarda  Samarqand,  Toshkent,  Buxoro,  Qo'qon,  Andi-

jon,  Namarigan,  Kattaqo'rg'on  va  boshqa  shaharlar  teatr-larida  namoyish  etildi. 

«Samarqand»  gazetasi,  «Oyna»  jurnalini  tashkil  etib,  unga  muharrirlik  qildi. 

Shuningdek,  «Turkiston  viloyatining  gazetasi»,  «Taraqqiyot»,  «Xurshid»  singari 

gazeta-lar  sahifalarida  ilm-rria'rifatni  targ'ib  etuvchi  maqolalar  yozdi.  Yangi 

maktab  ochishga  chaqirdi.  Chor  Rossiyasi  mustamlakachilik  siyosatini  fosh  etdi. 

Behbudiy  dunyoviy  bilimlarni  egallash  uchun  yoshlar  ko'proq  til  o'rganishlari 




50 

 

zarur,  deb  bilardi.  O'z  ona  tili  bilan  cheklanib  qolmay,  ilm-fan  zudlik  bilan 



rivojlanayotgan  Yevropa  xalqlari  tilini  o'rganish  darkorligini  uqtirdi.  Boshqa  din-

larga  mansub  kishilar  tilini  o'rganish  islom  dini  qoidalariga  zid  bo'lmasligini 

ta'kidlaydi va o'zi rus tilini o'rganadi. Bolalarga rus tilidan  dars  beradi. 

Behbudiyning fikriga ko'ra, jamiyatni insonparvarlashtirish-ning eng muhim 

omillardan  biri  xalqlar  o'rtasidagi  do'stlik-birodarlik,  madaniy-ma'rifiy  aloqalarni 

rivojlantirishdir.  Ayniqsa,  ko'p  millatli  mamlakat  sharoitida  turli  millat  vakilla-

rining  yakdil  bo'lishi,  inoq  yashashi,  ishlashi  -  demokratik  jarayonlarni  amalga  

oshirish garovi  ekanligini  qattiq uqtiradi

1



Jadidchilik harakatining ayrim namoyandalari (masalan, Hoji Munis Shukr-



ullo) jamiyatni insonparvarlashtirish, ayniqsa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 

bir-biriga yaqinlashtirmoq uchun barcha turkiy xalqlar yagona tilini yaratish zarur, 

deb o'ylardilar. 

Bunday g'oya ijodkori qrimlik Ismoil Gaspirali edi. Uning tushuntirishicha,  

yagona turkiy til,  turk va tatar tillari zaminida vujudga kelishi  darkor edi.  Turgan 

gapki,    bu  g'oya  turli    munozaralarga  sabab  bo'ldi.  Ushbu  g'oyani  qo'llab-quvvat-

lagan ayrim turkistonlik jadidlar turkiy tillarga arab, fors va boshqa tillardan kirib  

kelgan    so'zlarni    chiqarib  tashlash  lozim,    degan    mulohazalarni    bayon  qildilar.  

Behbudiy  turkiy  xalqlar  tiliga  arab,    fors  va  boshqa  tillardan  asrlar  osha  kirib 

kelgan  so'zlarni  chiqarib  tashlash  xalqlarni  bir-biriga  yaqinlashtirish  o'rniga 

uzoqlashtirishi  mumkin.  Turkiy  xalqlarni  bir-biriga  yaqinlashtirishning  eng  to'g'ri 

yo'li - fors, arab va rus tillarini o'rganishdir. Chunki arab tili dinimiz tili bo'lsa, fors 

tili  -  madrasa  va  ulamolar  tili.  Turk  tili  esa,  Turkiston  aholisining  asosiy  qismi 

tilidir.  Rus  tilini  bilmasdan  turib  savdo,    sanoat  taraqqiyotiga,    din  va  millatga 

xizmat qila olmaymiz,  degan edi. 

Mahmudxo'ja  Behbudiyning  e'tirof  etishijha,  jamiyat  hayotini  insonpar-

varlashtirishning   eng   muhim   sharti   -   milliy   mustaqil davlat, milliy armiyani 

shakllantirishdan  iborat  bo'lmog'i  lozim.  Chunonchi,  o'zining  «Bayni  haqiqat» 

maqolasida  Turkistonning  mustaqil  milliy  davlatini,  milliy  armiyasini  shunday 

tasavvur  qilgan  edi:  Biz  musulmonlar,  xususan,  Turkiston  musulmonlari 




51 

 

istaymizki, hech bir kishi bizning din va millatimizga zulm va tahdid qilmasin va 



bizning  ham  boshqalarga  tahdid  qilmoqqa  aslo  fikr  va  niyatimiz  yo'q...  Rusiya 

musulmonlarining  har  bir  shu'basi  muhit  va  jug'rofiy  mamlakatlarini  hududi 

tarbiyasi  bo'yincha  ayrim  bo'laklarga  bo'linib,  o'z  taraflaridan  o'z  hurriyat  va 

odatlariga muvofiq idora qilinsa... Biz istaymizki, Turkiston hukumati ta'sis etsak, 

o'zimizning  parlamentimiz  bo'lsa.  Turkiston  musulmonlari  o'z  shariat  va  odat-

lariga, o'z zakon va dinlariga muvofiq tiriklik qilsunlar... bora-bora tadrijiy suratda 

askarlarimiz bo'lsun... milliy askarlarimizning vazifasini, qiyofat va shaklini, libos 

va tarz maishatini  o'zimiz tayin qilurmiz. 

Behbudiyning  fikriga  ko'ra,  davlatni  boshqarishda  mamlakatning  turli  din, 

millat  va  elatga  mansub  fuqarolari  ishtirok  etishlari  darkor.  Mamlakatda  xalqaro 

demokratiya  normalari  asosida  parlament  saylovlari  o'tkazganda  turli  millat,  elat-

larning teng huquqli ishtirokini ta'minlash lozim. Fuqarolar orasida do'st-u birodar-

lik bo'lishi, turli millat va elatlarning tili, dini, urf-odatlarining daxlsizligini ta'min-

lashga alohida e'tiborda bo'lish zarur ekanligini alohida ta'kidlaydi. 

Behbudiy  jamiyatni  to'la  insonparvarlashtirish  uchun  mamlakatni  idora  qi-

lish  uslublarini  tubdan  o'zgartirish  lozim,  deb  hisoblaydi.  Mamlakat  siyosiy-ijti-

moiy boshqaruvini isloh qilishga, milliy mus-taqillikni ta'minlashga qaratilgan bir 

qator takliflar beradi. 

Jamiyat  hayotini  insonparvarlashtirish  —  fuqarolarning  milliy  ongi,  milliy 

g'ururi  bilan  bevosita  bog'liq  ekanligini  ancha  erta  tushunib  yetgan  jadidizm 

namoyandalaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov edi. Munavvar qori Abdu-

rashidxon o'g'li 1878-yilda Toshkentda diniy-ziyoli oilasida tavallud topgan. Yosh-

ligidan  diniy,  dunyoviy  bilimlarni  har  tomonlama  o'rgangan.  Toshkent,  Buxoro 

madrasalarida  o'qigan. Toshkentdagi  Darxon  mahallasi  masjidi  imomligidan  yirik 

din,  jamoat  va  davlat  arbobi  darajasiga  ko'tarilgan.  1931-yil    25-aprelda    sho'ro   

hukumati  tomonidan  otib  o'ldirilgan. 

Munavvar  qori  g'oyaviy  maslakdoshi  Mahmudxo'ja  Behbudiy  singari 

kishilarning milliy ongi ta'lim-tarbiya bilan chambarchas aloqador degan xulosaga 




52 

 

keladi va Toshkentda 1906-yilda yangi uslubdagi maktab ochadi. Tez orada uning 



maktabi Turkiston jadid maktablari uchun namunaviy maktabga aylanadi. 

Munavvar  qori  tashkil  qilgan  jadid  maktabi  ikki  bosqichli  edi.  Birinchi 

bosqich  —  to'rt  yillik  boshlang'ich ta'lim  maktabi bo'lib, unda  bolalarga umumiy, 

diniy va dunyoviy bilim asoslari o'rgatilardi. Ikkinchi bosqich  — yetti yillik mak-

tab bo'lib, unda boshlang'ich ta'lim  maktablari uchun muallimlar va mahalla mas-

jidlariga  imomlar  tayyorlanardi.  Bunday  maktablarni  tugatgan  o'smirlar  savdo-

sotiq va kundalik turmush uchun zarur amaliy bilim va oliy ma'lumot olish uchun 

madrasalarda  va  xorijda  o'qishni  davom  ettirish  imkoniyatiga  ega  bo'lardilar. 

Munavvar qorining maktabida 1915-yilda 150 o'quvchi saboq olgan, ularning 30—

35 foizi kambag'allarning farzandlari bo'lib, bepul o'qitilardi. Ular o'quv dasturlari, 

qurollari bilan bepul ta'minlangan. Qolganlari esa, baholi qudrat, o'qish uchun har 

oyda  50  tiyindan  bir  yarim  so'mgacha  pul  to'lagan.  Ba'zi  boy  otalar  ikki  so'mdan 

pul  berib  turgan.  Shuningdek,  bu  maktabga  Munavvar  qori  va  uning  safdoshlari 

tashkil etgan «Ко'mак» musulmon xayriya jamiyati ham har oyda 50 so'm yordam 

ko'rsatgan.

31

 



Munavvar  qori  tashkil  etgan  umumiy  ta'lim  maktablarida  ona  tili,  hisob, 

shariat,  fors  va  rus  tillari,  ashula,  gimnastika  kabi  o'quv  predmetlaridan  mash-

g'ulotlar  olib  borilar  edi.  O'quv  darsliklari,  dasturlarini  uning  o'zi  tuzgan  edi. 

Munavvar qori oliy ta'limni ham isloh qilish tarafdori edi. Madrasalarda dunyoviy 

ta'lim  berilishini  istardi.  Shuning  uchun  zamonaviy  ziyolilarni  tarbiyalashga, 

yoshlarni xorijiy mamlakat oliy o'quv yurtlarida o'qitishga e'tiborni qaratdi. 

Jadidizm  namoyandalari,  xususan,  Munavvar  qori  jamiyatni  insonparvar-

lashtirish,  ayniqsa,  fuqarolarni  milliy  mustaqillik  harakatiga  to'la  safarbar  etmoq, 

aholi turli tabaqalari, qatlamlari madaniy-ma'naviy ehtiyojlarini to'laroq qondirmoq 

uchun ularning ijtimoiy-siyosiy tashkilotlari bo lmog l zarur. Ana shu tashkilotlar 

yordamida  aholining  katta  qismi  jamiyatni  insonparvarlashtirish,  demokratlash-

tirish  ishlarida  ishtirok  etishlari  lozim,  deb  hisoblardilar.  Munavvar  qori  rahbar-

ligida tashkil etilgan «Itlihodi taraqqiy», «Milliy ittihod» va «Milliy istiqlol» ijti-

                                                 

31

 Xolbekov S. Munavvar qori.//  Muloqot,1997, №1.- 24-25-bb.



 


53 

 

moiy-siyosiy  tashkilotlarining  faoliyati  fikrimizning  isbotidir.  Ushbu  tashkilotlar 



aslida  bir  ijtimoiy-siyosiy  tashkilot  bo'lib,  1920-yildan  boshlab  1929-yilgacha 

yashirin  faoliyat  ko'rsatadi.  Bu  tashkilotlar  ta'sirida  fuqarolarning  milliy  ongida 

uyg'onish yuz berdi,  milliy ozodlik harakati  asta-sekin  rivojlanib bordi. 

Jadidizm  namoyandalari  jamiyatni  insonparvarlashtirish,  demokratlashtirish 

uchun  O'rta  Osiyo  davlatlarida  vujudga  kelgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  ayniqsa, 

madaniy-ma'naviy  inqirozning  vujudga  kelish  sabablarini  fuqarolar  ongiga 

singdirishga butun kuchlarini   safarbar   etdilar. 

Jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yilda 

Toshkentda  tug'ildi.  Boshlang'ich  ma'lumotni  mahalla  maktabida  oldi.  Madrasada 

o'qidi. Arab, fors, rus tillarini o'rgandi. 1904-yilda Mirobodda so'ngra Degrezlikda 

yangi usuldagi maktab ochib, o'quvchilarga dars berdi, darsliklar, o'quv qo'llanma-

lari  yozdi.  1900-yilda  «Jamiyati  xayriya»  ochib,  maktab-maorif  ishlariga  yordam 

berdi.  1914-yilda  «Nashriyot»,  1916-yilda  «Maktab»  shirkatlarini  tuzdi.  «Taraq-

qiy»,  «Shuhrat»,  «Osiyo»,  «Turon»,  «Ishtrokiyun»  gazetalarini  chiqardi.  1930—

1934-yillarda ToshDU  (O'zMU)   kafedrasini boshqardi.1934-yilda vafot etdi. 

Abdulla Avloniy O'rta Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan, ilmi, 

ma'rifatidan,  madaniyatidan  bebahra  qolganini,  xarobaga  aylanganligini,  xalq  o'ta 

qashshoqlashib,  qullarcha  hayot  kechirayot-ganligini  qattiq  afsus  va  alam  bilan 

tasvirladi.  XIX  asrning  oxiri  —  XX  asrning  boshlarida  O'rta  Osiyoning  ijtimoiy-

iqtisodiy, madaniy-ma'naviy manzarasini o'z asarlarida yaxlit aks ettiradi. Vatanni 

e'zozlashga, xalqni sevishga, milliy mustaqillik uchun kurashga chaqiradi.

32

 



Abdulla  Avloniy  asarlarining  bosh  mavzusi  insonning  o'zi  buyuk  qadriyat 

ekanligini  odamlar  ongiga  singdirish,  tushunti-rish,  ishontirish  edi.  Uning  fikriga 

ko'ra,  inson  butun  borliqning  ko'rki  va  sharafidir.  Inson  o'z  go'zalligi  va  murak-

kabligi  bilan  olamdagi  barcha  maxluqotlardan  tubdan  farq  qiladi.  Inson  -  butun 

mavjudotning  sohibidir.  Chunki  insonning  aql-zakovati  bor.  U  shu  qudrat  yorda-

mida ilm egallaydi, ilmi tufayli butun dunyoni boshqaradi. Aql — insonning pir-u 

komil, murshid-u yagonasidir. Ruh — ishlovchi, aql — boshlovchidir. Inson o'zi-

                                                 

32

 Abdulla Avloniy. Toshkent  tongi.- Toshkent, 1979.- 29, 61,79, 119-bb.



 


54 

 

ning  aql-farosati  tufayli  boshiga  tushadigan  har  qanday  balo-qazodan  saqlanadi, 



deb  fuqarolar,  ayniqsa,  yoshlar  aqliy  kamoloti  haqida  tinimsiz  qayg'urish  — 

insonparvar jamiyatning muhim vazi-falaridan biri bo'lishi lozimligini ta'kidlaydi.

33

 

Inson  aqliy  kamoloti  haqida  qanday  qayg'urgan  bo'lsa,  uning  idroki  to'g'-



risida  ham  shuncha  qayg'uradi.  Idrokni  inson  fikrini  o'stirishning,  ziyraklikning 

asosi  deb  bilardi  va  inson  yoshligi-dan  o'z  idrokini  o'stirishga,  uni  mustahkam-

lashga alohida e'tibor berishi  zarur, deb  hisoblaydi.

34

 



Avloniyning  ta'kidlashicha,  fikr  tarbiyasi  uzoq  zamonlardan  buyon  buyuk 

mutafakkirlar e'tiborini o'ziga tortib keldi. Fikr — insonning sharofatli va g'ayratli 

bo'lishiga  sabab  bo'ladi.  Fikr  tarbiyasi  muallimlarning  diqqat-e'tiboriga,  vijdoniga 

yuklangan eng muhim vazifadir. Fikrning quvvati, ziynati, kengligi — muallim tar-

biyasiga  bog'liq.  Xullas,  Abdulla  Avloniy  inson  fikrini  o'stirishni  oilaga  emas,  

maktabga,  muallimlar zimmasiga yuklaydi. 

Abdulla  Avloniy  insonparvar,  demokratik  jamiyat  kishisida  umuminsoniy 

madaniyat, umuminsoniy qadriyatlar talablariga javob beradigan chinakam insoniy 

fazilatlar, xislatlar bo'lishini istaydi. Uning tushuntirishcha, insonning eng muhim 

axloqiy fazilatlari: sabr, qanoat, intizom, deb hisoblaydi. Xususan, intizomni inson 

hulqi-odobini tarbiyalovchi, uni mukammallashtiruvchi manba deb biladi. Intizom-

ga qattiq rioya qilishga chor-laydi. Agar yer yuzida intizom bo'lmasa edi, insonlar 

bir  daqiqa  yashay  olmas  edilar,  deydi.  Intizom  —  inson  manfaatini  hamma 

narsadan  ustun  qilib  qo'ygan  jamiyat  taraqqiyoti  uchun,  ayniqsa,  zarur  ekanligini 

alohida ta'kidlaydi. Bo'lg'usi insonparvar, demokratik jamiyat uchuri zarur bo'lgan 

yangi tartib-intizom-larni tavsiya etadi. Jamiyatda o'rnatilgar tartib-intizomga rioya 

qilmagan  kishilarning  ishlari  hamma  vaqt  notamom,  o'zlari  parishon  bo'lishlarini  

eslatib  o'tadi. 

Inson  ma'naviy-axloqiy  qiyofasini  ulug'laydigan  fazilatlardan biri, Avloniy-

ning fikricha, vijdondir. Vijdon yaxshi xulqlarning manbai bo'lgani uchun ham, bu 

ko'zguga  chin  nazar  qilgan  kishi  o'z  ayb  va  kamchiliklarini  darhol  tuzatish  yo'l-

                                                 

33

 Abdullo Avloniy. Turkiy guliston yohud  axloq.- Toshkent, 1992.- 17-b. 



 

34

 



O'sha asar.- 31-b.

 



55 

 

larini qidiradi. Boshqalarning nuqsonlari, qusurlarini topishga bunday kishida vaqt 



topilmaydi. Inson  o'zining  kundalik  faoliyatini  shu  oyna  vositasi  bilan    boshqarib  

turishi  zarur,  degan  fikrni  bayon  qiladi. 

Abdulla Avloniyning tushuntirishicha, insonning ma'naviy-axloqiy fazilatla-

ridan  biri  —  muhabbatdir.  Lekin  muhabbatni  erkak  bilan  ayol  o'rtasidagi  muno-

sabatlarni ifodalovchi oddiy bir tuyg'u deb qaramaslik zarur. Shuning uchun ham, 

Avloniy  muhabbatni  insondagi  sadoqat  va  xayrixohlik,  yuksak  olijanoblik  ramzi, 

kishiga ulug'vorlik bag'ishlovchi, qalblarga surur va poklik ato etuvchi buyuk tuy-

g'u,  deb  hisoblaydi.  O'zining  «Turkiy  guliston  yohud  axloq»  asarida:  «Muhabbat 

deb bir narsani suymakni aytilur. Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soya-sida 

yasharlar.  Har  bir  ishni  muhabbat  orqasida  ishlarlar.  Muhabbatsiz  kishi  hech  bir 

ishni  ishlamakg'a  g'ayrat  va  jasorat  qilolmas.  Dunyo  ne'matidan  lazzat  ololmas. 

Agar  bir  shogird  ilm  va  muallimni  suymasa,  ishtaha  ila  o'qimasa,  maqsudiga 

yetolmas. Yer yuzidagi insonlarni urishma-taloshmalarga qovushtirgan, siynalarini 

dushman  o'qiga  nishona  qildurgan  narsa  din  va  millatlarning,  Vatan  va  davlat-

larning  muhabbatidir.  Kishini  kecha  va  kunduz  tindurmasdan  qui  kabi  mehnat  va 

mashaqqat-larga  ko'krak  berib  ishlatadurgan  narsa  Vatan  va  bola-chaqalarning  

mehr-u  muhabbati  emasmu?»,

35

  deb  yozgan  edi. 



Abdulla  Avloniyning  ta'kidlashicha,  inson  ma'naviy-axloqiy  barkamolligi-

ning  eng  muhim  alomatlaridan  biri  —  Vatanga  bo'lgan  muhabbatdir.  Vatanni 

sevish, Vatan bilan faxrlanish, insonning eng katta boyligidir. Shuning uchun ham, 

ajdodlarimiz ma'naviy merosining «Kishi yurtida sulton bo'lguncha, o'z yurtingda 

cho'pon bo'l», degan buyuk qoidaga amal qilib, har bir xalq-ning, har bir millatning 

Vatanga muhabbat tuyg'usini qadrlaydi. «Biz turkistonliklar o'z Vatanimizni ortiq 

sevganimiz kabi arablar Arabistonlarini, uning qumlik, issiq cho'llarini, eskimular 

shimol  taraflarini,  eng  sovuq  va  muzlik  yerlarini  boshqalardan  ziyod    sevadilar»,   

deb  yozadi.

36

 



                                                 

35

 Qarang: Abdulla Avloniy. Tanlangan  asarlar. Ikkinchi jild.- Toshkent,1998.- 68-69-bb.



 

36

 Qarang: o’sha asar.- 28-b.



 


56 

 

Abdulla  Avloniy  millat  kelajagi  bo'lgan  yoshlar  tarbiyasiga,  ayniqsa,  ular-



ning  ma'naviy-axloqiy  qiyofasini  umuminsoniy  qadriyatlarga  mos  qilib  tarbiya-

lashga  e'tiborni  qaratadi.  Uning  ta'kidlashicha,  inson  yoshligidan  boshlab  yaxshi 

tarbiya  topib,  yuksak  ma'naviy  fazilatlarga  ega  bo'lib,  buzuq  xulqlardan  saqlanib 

o'sgan  bo'lsa,  baxtiyor  va  osuda  hayot  kechiradi,  o'ziga,  oila-siga,  jamoasi,  xalqi, 

millati va Vataniga behad katta naf kelti-radi. Alalxusus, tarbiyasiz, axloqi buzuq 

bo'lib  o'sgan,  Xudo-dan,  jamiyat  qonun  qoidalaridan  qo'rqmaydigan,  shariatga 

amal qilmaydigan, el-yurt, ota-ona, mahalla, muallim-u ustozlar pand-u nasihatini 

qulog'iga olmaydigan, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nafsiga erk beradigan, 

ochko'zlik va pastkashliklardan qaytmaydigan, madaniyat va ma'naviyatdan bego-

na  bo'lib  shakllangan  bo'lsa,  bunday  kimsalar,  eng  avvalo,  otasi  bilan  onasining,   

qolaversa,  jamiyatning  ham  sho'ridir. 

Abdulla  Avloniy  o'z  asarlarida  har  qanday  jamiyatning  asosiy  tayanchi 

oiladir,  deydi.  Oila  bilan  Vatanni  birini  ikkinchisidan  ajratib  bo'lmaydi,  chunki 

Vatansiz  oila,  oilasiz  Vatan  bo'lmaydi,  deb  tushuntiradi.  Fuqarolar  oilani  hurmat 

qilishi, o'z ona tilini a'lo darajada bilishi lozim, chunki til millat, xalqning kelaja-

gidir. Har  bir  millatni  millat  qilib  turgan buyuk  qudrat  —  o'sha  millatning  tilidir. 

Shuning  uchun  har  bir  fuqaro  o'z  ona  tilini  mukammal  bilishi,  har  bir  so'zni  o'z 

o'rnida  ishlatishi,  milliy-adabiy  tilning  taraqqiyoti  uchun  fidoyilik  qilmog'i  zarur, 

deb hisoblaydi. 

Abdullo  Avloniy  fikriga  muvofiq,  jamiyatni  insonparvarlashtirish  fuqaro-

larning halol mehnati bilan bog'liq.  Ishyoqmaslik, dangasalik, yalqovlik jamiyatni 

xonavayron  qiladi.  Bunday  kishilar  bilan  yangicha  turmush  yaratib  bo'lmaydi. 

Yalqov,  tanbal  kishilar  hamisha  boshqalar  yordamiga  muhtoj  bo'lib,  xorlikda 

yashaydilar.  Shuning  uchun  ham  u  halol  mehnatni,  mehnatse-varlikni  ulug'laydi. 

Bolalarni yoshlikda^ kasb-hunar o'rganishga chaqiradi. 

Abdullo  Avloniyning  ta'kidlashicha,  inson  sog'lom  fikrga,  yaxshi  axloqqa,  

chinakam  ilm-ma'rifatga ega bo'lmog'i uchun badan tarbiyasi bilan shug ullanishi 

lozim.  Badanning  salomat  va  quvvatli  bo'lmog'i  insonga  eng  kerakli  narsadir. 

O'qimoq,  o'qitmoq  va  o'rgatmoq  uchun,  insonga  kuchli,  kasalsiz  jasad  lozimdir. 



57 

 

Tana  sog'lom  bo'lishi  uchun  ichkilik,  ko'knor,  nasha,  afyun,  taryok,  chilim,  nos, 



papiros  kabi  inson  salomatligi  uchun    zararli    odatlardan    qochmoq    zarurligini  

uqtiradi. 

Jadidizm  g'oyalarini  turkistonliklar  ongiga  singdirishda  jadidchilik  haraka-

tining  tashkiliy-mafkuraviy  asoslarini  mustahkamlashda  buxorolik  mashhur  allo-

ma, professor Abdurauf Fitratning

 

xizmatlari beqiyos  edi. 



Abdurauf  Fitrat  1884-yilda  Buxoroda  tug'ilgan.  Boshlang'ich  ma'lumotni 

diniy maktabda olgan. Mirarab madrasasida o'qigan. 1909—1913-yillarda Turkiya-

ning  Istanbul  shahrida  saboq  olgan.  1917-yildan  e'tiboran  yosh  buxoroliklar 

partiyasi  markaziy  qo'mitasining  sarkotibi  bo'lgan.  1921-yilda  Buxoroga  kelgan. 

1923—1924-yillarda  Moskvadagi  Sharq  tillari  institutida  ilmiy  xodim  bo'lib  ish-

lagan.  Shu  yillarda  professorlik  unvoniga  ega  bo'lgan.  Moskvadan  qaytgach,  Bu-

xoro, Samarqand, Toshkent universitetlarida dars bergan. O'zbekiston Davlat ilmiy 

tadqiqot  institutida, Til  va  adabiyot  institutida,  O'zbekiston  Fanlar  akademiyasida 

ishlagan.  1938-yilda  millatchi,  xalq  dushmani  deb  sho'ro  hokimiyati  tomonidan 

otib o'ldirilgan. 

Abdurauf  Fitratning  butun  ongli  faoliyati  Turkiston,  xususan,  Buxoro 

amirligi  hududida  yashovchi  xalqlarni  jaholat,  turg'unlik,  g'aflatdan  uyg'otish, 

farovon hayot qurishga chorlashga qaratilgan edi. Bunday chaqiriqni uning 1910-

yilda  Istanbulda  chop  etilgan  «Sayha»  («Bong»)  deb  nomlangan  she'rlar  to'pla-

midan bilib olish mumkin. Ushbu to'plamda birinchilardan bo'lib milliy mustaqillik 

g'oyasi har tomonlama asoslab berildi. 

Fitratning  1912-yilda  bosilib  chiqqan  «Sayyoh  hindi»  («Hind  sayyohi») 

asarida  Turkistonda,  xususan,  Buxoroda  vujudga  kelgan  iqtisodiy  qashshoqlik, 

madaniy-ma'naviy  tanazzulning  sabablari  va  uni  bartaraf  etish  yo'llari  ko'rsatib 

berildi.  Shuning  uchun  ham  ushbu  asarni  Turkiston  xalqlarini  ozodlik,  erkinlik 

tomon boshlovchi harakat dasturi, deb atash mumkin. Ana o'sha hara-kat dasturini 

amalga oshirishga azm-u qaror qilgan Abdurauf Fitrat 1917-yil fevral voqealaridan 

so'ng  Buxoroda  Fayzulla  Xo'jayev  boshchiligida  tashkil  etilgan  «Yosh  buxoro-



58 

 

liklar» inqilobiy partiyasi faoliyatida faol ishtirok etdi va uning yirik namoyanda-



laridan biriga aylandi. 

Ma'lumki,  XX  asrning  boshlarida  jadidchilik  harakati  namo-yandalarining 

bir  guruhi  maorif-ma'rifat  yordamida  jamiyat  hayo-tini  insonparvarlashtirmoqchi 

bo'lsalar,  ikkinchi guruhi bunday olijanob vazifani davlat tizimini isloh qilish, uni 

qayta qurish orqali amalga oshirish mumkin, deb o'ylardilar. Xususan, yosh buxo-

roliklar jamiyat hayotini insonparvarlashtirishning eng muhim sharti davlatni isloh 

qilish  deb  bilardilar.  Shuning  uchun  ham,  yosh  buxoroliklar  Buxoro  amiri  Sayid 

Olimxonni davlatni isloh qilish,  uni qayta qurishga chaqirdilar. 

Abdurauf Fitratning fikriga ko'ra, davlat tizimini isloh qilish uchun, eng av-

valo,  fuqarolar  ongi  va  faoliyatiga  mustahkam  o'rnashib  olgan  mol-dunyoga  hirs 

qo'yish,  uning  cho'risi  bo'lish  kayfiyatlariga  zarba  berish  zarur.  Foyda  ketidan 

quvish  psixologiyasining  salbiy  oqibatlarini  fosh  etish  darkor.  Bunday  holatni 

uning 1920-yilda yozgan «Chin sevish» asaridan darhol bilib olish mumkin. Ushbu 

asarda  mol-dunyo  to'plashga  hire  qo'yish,  pul-u  oltinga  sajda  qilishning  ortib 

borishi bilan odam-larda mehr-oqibat kamayib borayotganligi badiiy bo'yoqlar yor-

damida tasvirlab berilgan. 

Abdurauf  Fitrat  davlat  tizimini  isloh  qilish,  uni  qayta  qurish  jarayonini 

jadallashtirmoq  uchun  fuqarolarda  mustaqil  fikrlash  malakalarini  shakllantirish 

lozim, deb hisoblaydi. Bunday g'oya uning «Shaytonning Tangriga isyoni» (1924) 

dramasida  o'z  ifodasini  topadi.  Shuning  uchun  ham  ushbu  she'riy  dramani  olmon 

tiliga tarjima qilgan, uni alohida risola qilib chop etirgan professor Ingeborg Bol-

dauf  asarni  ekzistensializmning  namunasi,  deb  baholaydi.  Xozirgi  zamonning  fit-

ratshunos  o'zbek  tadqiqotchilari  (masalan,  N.To'raqulov)  ushbu  asarni  Dantening 

«Ilohiy komediya»siga tenglashtirmoqdalar. 

Shunday  qilib,  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  O'rta  Osiyoda  shakllangan 

ma'rifatparvarlik, XX asrning boshida asta-sekin rivojlanib, yirik ijtimoiy-siyosiy, 

madaniy-ma'rifiy  harakatga  aylandi.  Jadidchilik  harakatining  g'oyaviy-nazariy 

asoslarini jadidizm tashkil etar edi. Jadidizm o'tgan asrning boshida milliy-ozodlik, 

milliy-istiqlolga chorlovchi yirik g'oyaviy-nazariy qarashlar va uni amalga oshirish 



59 

 

yo'llari, uslublari va usullarini o'zida mujassamlashtir-gan yaxlit ta'limot darajasiga 



ko'tarildi. Ushbu qudratli ta'limotning asosiy maqsadi — inson taqdiri edi. Turkis-

ton  fuqarolarini  zulm  va  zo'rlikdan, ijtimoiy  adblatsizlik  va  tengsiz-likdan,  mada-

niy-ma'naviy  tanazzuldan,  Chor  Rossiyasining  kolonial  istibdodidan  qutqarish, 

ozod-farovon  hayot  qurish,  boshqacha  aytganimizda,  insonparvar,  demokratik 

jamiyat qurishga qaratilgan  edi. 


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat