Qarshi davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Download 42,82 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi42,82 Kb.
#32371
Bog'liq
Soxib

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI

FIZIKA YO’NALISHI 016-43- GURUH TALABALARINING
O’rta umumta’lim maktablarida fizikaning o’quv mashg’ulotlarini tadqiq qilish shakllari”

MAVZUSIDA

SEMINAR MASHG’ULOTI

ISHLANMASI


Asosiy ma’ruzachi : Ro’ziyeva Sevara

Qo’shimcha ma’ruzachi : Normamatov Soxib
O’rta umumta’lim maktablarida fizikaning o’quv mashg’ulotlarini tadqiq qilish shakllari

Reja


1.O’rta umumta’lim maktablarida fizika ta’limini maqsadi vazifalari.

2.O’rta ta’lim maktablarida fizikani o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

3. Fizika o’qitishda laboratoriya mashg’ulotlarining o’rni va ahamiyati

O’rta umumta’lim maktablarida fizikaning o’quv mashg’ulotlarini tadqiq qilish shakllari

7.1.SEMINAR MASHG’ULOTINING TA’LIM TEXNOLOGIYASI



О‘quv soati: 2 soat

Talabalar soni: 23 ta

Seminar rejasi:




О‘quv mashg‘ulotining maqsadi



Maktablarda fizikani o’qitishni o’rganish

Pedagogik vazifalar

О‘quv faoliyati natijalari.

  mavzuni mustaqil о‘rganish uchun asos yaratish;

  mavzu bо‘yicha bilimlarni chuqur о‘zlashtirish va mustahkamlashga yordam berish;

  kichik guruhlarda ishlay olish qobiliyatlarini shakllantirish;

  о‘z nuqtai nazariga ega bо‘lishni shakllantiradi;

  mantiqiy xulosa chiqarishga o’rgatish;


O’rta ta’lim maktablarida fizika fani o’quv mashg’ulot shaklida o’tilishi va uning samaradorligi

O’quvchilarga fizika taraqqiyot bosqichlari va rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berish



Ta’lim shakli:

Guruhlarda ishlash.

Ta’lim metodlari:

Seminar, munozara, tezkor savol javob,

Ta’lim vositalari:

Ma’ruzalar matni, kompyuter texnologiyalari, marker, kodoskop, skotch, format qog‘ozlar

Monitoring va baholash.

Og‘zaki nazorat, savol-javob, nazorat savollari.



SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI.


Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

О‘qituvchi

Talaba

I Kirish

bosqichi


(15 minut)

1.1. Mavzu nomi, rejasi, о‘quv mashg‘ulotining maqsadi e’lon qilinadi. О‘tilayotgan mavzu seminar tarzida tashkil etilishi haqida e’lon qiladi.

1.2.Mavzu rejasi asosida yoritiladi (1-slayd)



Seminar mashg‘ulotining mavzusini о‘rganib chiqadilar.

Yozib oladilar




II. Asosiy bosqich

(55 minut)



2.1.Tezkor – sо‘rov texnikasidan foydalanib, mavzu yuzasidan boshlang’ich savollar berilib talabalar faollashtiriladi.

*1. O’rta umumta’lim maktablarida fizika ta’limini maqsadi vazifalari

*2. .O’rta ta’lim maktablarida fizikani o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
2.1.Fizika darsliklari haqida ma’lumot berish

2.2.Faollashtirish maqsadida

O’quvchilar bilan tezkor savol –javob o’tkazish

2.3..Yakuniy xulosa qilishga talabalarni yо‘naltiradi. Javoblarni sharhlaydi, aniqlik kiritadi, tо‘g‘rilaydi.


2.6.Yakuniy xulosa keltiradi.

Savol-javobga faol qatnashadilar.


Yakuniy xulosa bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar.


III. Yakuniy bosqich

(10 minut)


3.1.Mavzuni umumlashtirib xulosa qiladi, faol qatnashgan talabalar faoliyatini tahlil qiladi.

3.2. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi: mavzu yuzasidan savollarga javob yozib kelish.


Yozib oladilar



1. O’rta umumta’lim maktablarida fizika ta’limini maqsadi vazifalari.

2.O’rta ta’lim maktablarida fizikani o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

3. Fizika o’qitishda laboratoriya mashg’ulotlarining o’rni va ahamiyati

K I R I SH.

Mamlakatimizda ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ni bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan o’qituvchi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat

qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga uning yosh avlodni

o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir.

O’qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi, har tomonlama

yetuk mutaxasislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o’qituvchi mustaqillik g’oyasiga e’tiqodli, har tomonlama ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, ya’ni o’z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik, psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo’lishi va turli pedagogik masalalarni tezda yechishi, har-xil vaziyatlarni sezishi, o’rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogic ta’sir ko’rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi lozim.

Hamma sohada bo’lgani kabi fizika fanini o’qitishda ham o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, tizimli va mustahkam bilim berish, mantiqiy fikrlash va ijodiy qobilyatni rivojlantirishda maktabda fizika o’qitish uslubining ro’li yanada oshdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” masala yechishning va laboratoriya ishlari, praktikum mashg’ulotlarini dolzarbligini yanada oshirdi.

Maktab, kollej, akademik litseylarda fizika kursining alohida bo’limlari bo’yicha darslar uyushtirish va o’tkazishda o’quv materialini tizimga solish, o’qitish jarayonini maqbul usul va yo’llar bilan boyitish, maktab o’quvchilariga nazariy asoslangan va tajribada isbotlangan fizika o’qitishni havola etish shu kunning eng dolzarb masalasidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Oliy majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqida bu masalaga o’z munosabatini bildirib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarga alohida e’tibor berdi. Asosiy masalalar zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o’rta umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim va oliy o’quv yurtlari islohotini o’tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham oliy majlisning IX sessiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinib, unda ta’lim sohasida tub o’zgarishlar qilish vazifasi qo’yildi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” fizika o’qitish uslubiyoti oldiga qator muammolarni qo’ydi:

1. O’rta umumta’lim va o’rta maxsus ta’lim soxalarida ta’lim mazmunini aniqlashtirish;

2. Mazmunan yangi va mukammal, eksperimental va barqaror dasturlarni yaratish;

3. Fizika tushunchalarini shakllantirishning psixologik-didaktik asoslarini ishlab chiqish;

4. Fizika o’qitishning eksperimental asoslarini qayta o’rganib chiqish va takomillashtirish;

5. O’quv jarayonida zamonaviy texnik kompyuter jihozlaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish;

6. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo’llash, uning me’yorlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish kabi muammolar qo’yildi.

Fizika ta’limining maqsadi va vazifalari.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida. ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi. Maktabda fizika o'qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‘z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o'stirishi, ularda milliy va umumin- soniy qadriyatlami tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo'lgan bilimlar bilan qurollantirishi lozim. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- o'quvchilarni fizik hodisalar. tushunchalar, kattaliklar. modellar, qonunlar, o'lchashJar. fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manza- rasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;

- fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalami kuzatish va ulami tushuntira bilish ko'nikmalarini shakllantirish;

- fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ulaming natijalari asosida xulosalar chiqarish, asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish; - o'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish;

- qadimda va o'tgan asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar hamda hozirgi davr Vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini

tevarak-atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan bog‘lash orqali o'quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali
o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash.

Umumiy o‘rta maktab fizika ta'limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta'minlash va nazorat qilish ushbu davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o‘rta maktabda beriladigan fizika ta'limi ma/.munining majhuriy minimumini hamda o‘quvchilarning fizikadan tayyorgarlik darajasiga qo“yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.

Fizika ta’limi mazmunining majburiy minimumi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga fizikadan berilishi zarur bo'lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi. Maktab fizika ta’limi mazmunini belgilashda to‘qqizinchi sinfni tugatgan yoshlar umumiy fizika kursining barcha bo’limlaridan, chunonchi, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektrodinamika, optika, atom va yadro fizikasidan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo'lishlari zarur ekanligi inobatga olingan. Ta'lim mazmunining majburiy minimumi quyidagi shaklda keltirilgan: fizik bodisa va faktlar, tushuncha va kattaliklar, modellar hamda qonunlar.

Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar o'quvchilarning fizikadan majburiy tayyorgarlik darajasiga, ya’ni ulaming umumiy o'rta maktabda fizika ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan minimal talablami aks ettiradi. Umumiy o'rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining fizikadan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo'nalishlari — bilish vositalari, harakat va kuchlar, modda, maydon, ish va energiya bo'yicha belgilandi.



Bilish vositalari. O'quvcliilarni fizik hodisalarni o'rganishda mustaqil ravishda kuzatish, tajribalar o'tkazish, tajriba natijalarini umumlashtirish hamda darsliklar, o'quv qo'llanmalari va boshqa qo'shimcha adabiyotlardan foydalana olishga o‘rgatish muhim o'rin tutadi.

Harakat va kuchlar. Inson harakatda va o'zaro ta’sirda bo'lgan jismlar qurshovida yashaydi. Shu munosabat bilan jismlar harakati va o'zaro ta’sir qonuniyatlarini o'rganish o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakl- lantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu esa fizika ta’Iimining asosiy maq- sadlaridan biri hisoblanadi.

Modda. O'quvchilarning tevarak-atrofdagi moddalar, ulaming tuzilishi va xususiyati, modda tuzilishining diskretligi haqidagi ta'limot evolyusiyasi yuzasidan tasavvurga ega bo'lishlari, moddaning turli agregat holatlari, har bir agregat holatdagi moddaning xossalari. berilgan xossaga ko'ra yangi materiallar hosil qilish kabilar bilan tanishishlari o'zlarini o'rab turgan olam tuzilishini anglashlarida muhim bosqich hisoblanadi.

Maydon. Fizik maydon tabiatni oTganishdagi fundamental tushun- chalar qatoriga kiradi. Maydon tushunchasini o’zlashtirib olish o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Maydon bilan tanishtirish o'quvchilarning elektr, magnit va yoruglik hodisalarini, teleko'rsatuv va radio aloqa tamoyillarini, turli chastotalar diapazonidagi elektromagnit toMqinlar xususiyatini tushunishlari uchun zarur bo'ladi.

Ish va energiya. Ish va energiya asosiy fizik tushunchalardan bo'lib, u o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashning asosi bo'lgan olamning fizik nianzarasini ochib berishda hal etuvchi ahamiyatga ega. O'quvchilar energiya tushunchasini o'zlashtirib olishlari, energiyaning

bir turdan boshqa turga aylanishi va undan foydalanish, energiya manbalari va bu borada mavjud bo'lgan muammolami tushunishlari lozim.

Jamiyatning bugungi taraqqiyoti darajasini sanoat rivoji bilan emas, balki

axbototlarning ko’lami va tez almashinuvi bilan belgilash odat tusiga kirib

bormoqda. Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanib, barcha sohalarga

kirib borishi esa, jamiyatda yangi sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari

kabi ,,Yangi ta’lim texnologiyalarining’’ yaratilishi va rivojlanishiga olib

kelmoqda. Insoniyat oldida cheksiz taraqqiyot imkoniyatlari ochilmoqda.

Bu imkoniyatlardan foydalanish uchun yangi informatsion va kommunikasion

texnologiyalardan unumli foydalanishni bilish talab etiladi. Ayniqsa, ta’lim samaradorligini oshirishda yangi, information ta’lim texnologiyalaridan

foydalanish haqida mulohazalar bayon etilgan. Unda yangi pedagogik va

informatsion texnologiyalarga, ularning paydo bo’lishi mohiyati va

ahamiyatiga to’xtalib o’tilgan.

Yangi XXI- asr esa information texnologiyalarning shiddatli va keng

masshtabli rivojlanishi bilan boshlandi. Bu borada yetuk mutaxasislar va

ayniqsa, yangi boshlovchi tadqiqotchilar va axborot texnologiyalarini

o’rganuvchilar ham, uning taraqqiyotiga va imkoniyatlariga yetib olish

mushkul ekanligini his etmoqdalar. Axborot texnologiyalari texnik imkoniyatlari, intelektual salohiyati va texnologik ko’p qirraliligi bilan lokal rivojlanishda jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Lokal, ya’ni alohida davlatlar va ilmiy markazlarda raqobatli rivojlanish o’sha davlatning yoki markazning tom

ma’nodagi gegemonligiga olib kelmoqda. Bunday taraqqiyot har bir davlat

va hatto har bir mutaxasisdan doimo izlanishda bo’lishga va shu taraqqiyot

o’sish poygasida o’z o’rnini topa bilishni taqozo etmoqda. Bunday raqobatni

axborot texnologiyalarining barcha sohalarida kuzatilmoqda. Kompyuter texnikasi va uning imkoniyatlarini, tezligini, xotirasini va mobilligini doimo takomillashtirish borasida rivojlangan davlatlarning shu soha mutaxasislari to’xtovsiz ish olib borib, kutilmagan natijalarga, yutuqlarga ham erishmoqdalar.

Ikkinchi tomondan dasturlash muammolarini hal etish va bu sohaning

cheksiz imkoniyatlari yanada chuqurroq o’rganilib, informatsion

bozorda nihoyatda samarali yangi biznesning rivojlanishiga ham olib keldi.

Uchinchi tomondan internet xizmati turlarining kengayishi, rivojlanishi

va mobillashuvi jahonda fan va texnika hamda biznesning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.

Bu yutuqlarning barchasi sanab o’tilgan sohalarda ko’zga ko’rinib turgan

muvaffaqiyatlarga olib kelishi bilan ta’lim va tarbiya sohasida ham keng

imkoniyatlarni yaratdi. Ta’lim va tarbiya jarayonini amalgam oshirishda

dastavval EHM ning qo’llanilishi qiyin va juda sekin sodir bo’lgan

bo’lsada, keyingi yillar ichida axborot texnologiyalarining ta’limga

interigasiyasi keskin kuchaydi. Buning natijasida ta’limning yangi formalari,

usullari va shakllari vujudga keldi. Masofadan o’qitish, ta’limda kredit

texnologiyalari va boshqalar shular jumlasidandir. Ta’limning prinsiplari saqlangani holda uning yangi texnologiyalari yaratildi. Bugun ,, yangi informatsion ta’lim texnologiyalari’’ deb ataluvchi qator ta’lim texnologiyalari pedagog va texnolog olimlar tomonidan taklif etila boshlandi. Ammo, informatsion ta’lim texnologiyalari amaliyotga texnik jarayonlar texnologiyalariga qaraganda qiyinroq qo’llanilmoqda. Buning didaktik, psixologik va pedagogik asoslari va sabablari mavjudligi bugun

sir bo’lmay qoldi. Bu texnologiyalarni aslida barcha pedagoglar bir xil

muvaffaqiyat bilan ta’lim jarayoniga qo’llay bilishlari mumkin edi, ammo

bunday jarayon ancha qiyin kechmoqda.Tabiiyki, ,,Nega shunday bo’ldi ?’’--- degan savol tug’iladi.Haqiqatdan ham qator informatsion ta’lim texnologiyalarini batafsil

tavsiflari bosqichma—bosqich, izchil o’rganilib, ta’lim jarayoniga qo’llashga

harakat qilinsada, barcha pedagoglarning bu boradagi yutuqlari bir xil

bo’lmayapdi. Keyingi yillarda pedagogik adabiyotlar va maqolalarda ,,pedagogik texnologiyalar’’, ,,informatsion pedagogik va ta’lim texnologiyalari’’, ,,Yangi pedagogik va information ta’lim texnologiyalari’’, ,,Ilg’or informatsion ta’lim texnologiyalari’’, ,,Progressiv informatsion ta’lim texnologiyalari’’ kabi iboralar ko’p qo’llanila boshlandi. Ta’limning bu metodlari va texnologiyalari qanday paydo bo’ldi va u o’zi nima?---- degan savol tug’iladi.

Ta’lim samaradorligini oshirish borasida klassik pedagoglar juda

qadimdanoq o’z fikrlarini bayon etganlar. Buyuk mutafakkirlar:

Yusuf Hos Hojib, Alisher Navoiy, A. Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy,

Imom Buxoriy, Imom at- Termiziylar shular jumlasidandir. A. Navoiy

o’zining ,,Xamsa’’si bilan avom halqni 3 ta tilga: turkey, arabiy va forsiyga

o’rgata olganligi, oddiy halqni firqalardan qaytara olganligi va vatanparvarlik

ruhini singdira olganini o’ziyoq yuksak pedagogik mahorat egasi bo’lganligidan dalolat emas-mi?




Fizika o’qitishda pedagogik texnologoyalardan

foydalanish.

O’zining mustaqil ijtimoiy—iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlab olgan

O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib

bermoqda. Ayniqsa, ,,Ta’lim to’g’risidagi’’ qonun va ,,Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi’’ qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko’lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb- hunar egallashga bo’lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli, ta’lim—tarbiya tizimiga yangicha ilmiy- uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg’armalarida muayyan ijobiy o’zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq o’zgarishlardir.

O’quv jarayoni ---- bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan

maqsadlar yo’nalishida namoyon bo’lishidadir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning balki, butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, 1960- yillardan so’ng dunyo pedagoglarining diqqati Pedagogik texnologiya bo’yicha izlanish va muhokamalarga qaratildi.

,,Pedagogik texnologiya’’ jurnali AQSH da 1961-yilda, Angliyada

1965- yilda, Italiyada 1971-yilda chiqa boshladi. Angliyada 1964- yilda

,,Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim’’ jurnali chop etila boshladi.

Keyinchalik, 1977- yilda Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilgan ,,O’qitish texnologiyasi’’ bo’yicha Xalqaro seminarda ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog’liq masalalar qaraldi. Seminarda pedagogik texnologiyaning ikki alohida jihatiga ahamiyat berildi:

1. O’quv jarayoniga texnika vositalarini joriy etish;

2. Amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish.
70-yillarda Yaponiya va qator mamlakatlarda 1- masala,

80- yillarda esa, AQSH va Angliyada 2- masala izlanish ob’ektiga

aylandi. 80-yillarda V.P.Bespalko boshchiligida Rossiyada pedagogik texnologiyaning ilmiy maktabi yaratildi va unda pedagogiл texnologiyaning

,,nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish’’ boshlangan edi. V.P.Bespalkoning

g’oyasida ---,,Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etiladigan ma’lum

pedagogik tizim loyihasidir.’’ Bu g’oya dunyo pedagoglari tomonidan

tan olindi.

O’zbekistonda 1993-yili ,,Xalq ta’limi’’ jurnalida chop etilgan maqolada

1--marta pedagogik texnologiya tushunchasi, mohiyati, uning ta’rifi va

ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi.

,,Ta’lim muammolari’’ jurnalida , ,,Ma’rifat’’ gazetasida , Respublikada o’tkazilgan turli anjuman materiallarida pedagogik texnologiyaga oid chop etilgan maqola va tezislar soni ortib bormoqda. 1997-yildagi O’zbekiston Respublikasining ,,Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi’’ qarori pedagogik texnologiya sohasidagi izlanish ishlarini dolzarb tatqiqot ob’ekti darajasiga ko’tardi.

O’zbekistondagi ta’lim muassasalari o’qituvchilari , ilmiy-tekshirish

Institutlari xodimlari turli anjuman materiallarida pedagogik texnologiya

bo’yicha izlanish ishlari natijalarini: fikr-mulohazalarini e’lon qilmoqdalar,

uni dolzarb masala sifatida o’rganmoqdalar.

Pedagogik texnologiyaning hayotga tatbiq etish natijasida ta’lim sohasida ijobiy o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchilarning faoliyati yaxshilanishi talaba

yoshlarda bilimga qiziqishlarini oshirish, ijodiy fikrlilik, Vatanga mehr-

muhabbat , insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantirib borilishi

kutilmoqda.

,,Texnologiya’’ so’zi 1872-yili yunoncha ikki so’zdan ,,texnos’’- hunar yoki

san’at, ,,logos’’-fan so’zidan olinib, ,,hunar fani’’ ma’nosoni anglatadi. Bu

atama zamonaviy texnologik jarayonni to’la ta’riflamaydi. Zamonaviy

texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlarida (xom ashyoda) bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida ,,mahsulot yaratish’’

borasidagi ishchi (yoki ishchi mashina) ning faoliyatidir. Bu ta’rifni

pedagogika sohasiga ko’chirsak, quyidagi ta’rifni olish mumkin: Pedagogik

texnologiya o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya ) vositalari yordamida

o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli

sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish

jarayonidir. Pedagogik texnologiya ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini

Ifodalaydi va o’qituvchi pedagogik jarayon- o’quvchi funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.

Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar

majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini

yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan loyihalar

yig’indisidir. Agar fizika o’qitish metodikasining maqsadi nazariy qoidalarni

aniq hodisalar tekisligiga o’tkazish bo’lsa, pedagogik texnologiyaning maqsadi

ta’lim jarayonining aloqali tomonlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish

bosqichlarining ketma-ketligini tuzish, ularni amalga oshirish shartlarini

aniqlash va yakunida oldindan sifati ma’lum bo’lgan mahsulot yaratish shaxs kamolotini tarkib toptirishdir.

Pedagogik texnologiya mohiyat jihatidan boshqa texnologiyalar bilan teng

mavqeda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga ,

metodlari ( fizika o’qitish) va vositalariga egadir. O’quv- tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish uning muhim bosqichidir. Ta’limdagi axborot texnologiyasi,, o’quvchi—kompyuter’’ o’rtasidagi muloqotdir. 1.3. Fizika o’qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Ekspermental o’qituvning muammolari o’rta va oliy o’quv yuriida umumiylari va o’ziga xos alohidalari mavjud. Eksperimental o’qituv o’quv eksperimenti vositasida amalga oshiriladi. O’quv eksperimentining har bir turlarining:

1. Namoyish eksperimenti,

2. Frontal va oddiy laboratoriyalari,

3. Praktikum (amaliyot),

4. O’quvchilaming mustaqil kuzatish va tajribasi. o’zlariga xos muammolari bo’ladi.

O’quv eksperimenti turlari alohida mashg’ulot, mashg’ulotning biror qismi, darsning biror bo’Iimi uchun ko’rgazmalilik (turi yoki) usuli, bilim manbai yoki o’qitish usuli sifatida qo’llanilganda ham o’ziga xos muammolar kelib chiqadi. O’quv eksperimentini tashkil etish usullari va texnikasi bo’yicha ham ma’lum muammolar kelib chiqadi. O’’rta va oliy o’quv yurti fizika kursi mazmuni farqlanganligi bois (o’rta maktabda elementar fizika, oliy o’quv yurtida Umumiy fizika, nazariy fizika, fizika tarixi, fizika o’qitish usuliyoti) ularda o’quv eksperimentini amalga oshirishda tashkil etish usuli, mashg’ulotni o’tkazish, yakunlash va o’quv eksperimenti asbob, qurol va vositalari ham farqlanadilar. Bu omil ham o’ziga xos muammoni keltirib chiqaradi.

Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo’llari, harakat tarzi, xili, tartibi, yo’li usuldir. Tabiat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli (yo’llari), o’quvchilami o’qitish va uqdirish eksperiment orqali uyushtirilganda eksperimental usul deyiladi. Fizika ta’limining amaliy masalalari, asosan, o’quv eksperimentida amalga oshiriladi. O’quv eksperimentining barcha ko’rinishlardagi asosiy usul eksperimental usuldir.

Fizika kursi mazmuni asosan besh bo’lim mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi bo’limlaridan iborat. Наг bir bo’limda o’rganiladigan qonuniyat, qoida, hodisa, jarayonlar farqlidirlar.

Mexanik hodisalar kuzatish va o’lchashda yaqqolroq bo’lsa, molekulyar fizikadagi hodisalar atom va molekula sohasidagi jarayonlarga bog’liq ekanidan ularni bevosita yaqqol kuzatish murakkablashadi, bu holat atom va yadro fizikasi bo’limida yanada og’irlashadi. Bu hollarda hodisalar va jarayonlami qo’shimcha vositalardan, modellashtirish, ideallashtirish va murakkab fizika-texnik qurilmalardan foydalanib o’rganiladi. Tajribani tayyorlash, amalga oshirish, yakunlashda absrakt fikrlash, EHM, kompyuter va murakkab qurilmalarda qayta ishlash qo’shib olib boriladi.

1. Mexanika.

Mexanikada harakatning ma’lum ondagi holatini ifodalovchi fazasini yaqqol ko’rsatishda, energiya va quwatini, bajargan ishini ko’rsatishda ma’lum muammolar mavjud.

2. Molekulyar tlzika.
Atom va molekulalar darajasidagi hodisalar, issiqlik hodisalar, qaynash, erish, buglanish, sublimatsiya va adsorbtsiya hodisalaradagi zarrala harakati, ularning

tezligi, energiyasi, yo’nalishini ko’rsatishda ham muammolar mavjud.

3. Elektr va magnetizm.
Elektr hodisaiarda zaryadli zarrani, uning maydonini kuzatish, zaryadli zarra harakati, uni ko’rinarli qilish, tuzilishi va uning hossalarini ko’rsatish muammolari mavjud.

4. Optika.


Yorug’lik hodisalari atom darajasidagi harakat bo’lgani bois, uni vizual kuzatish mumkin emas. SHu bois yoruglik nurlanish jarayoni, yoruglik tarqalish jarayoni, yoruglik ta’siri jarayoni murakkab jarayon ekanidan undagi muammolar ham etarli.

5. Atom va yadro fizikasi.


Atom tarkibidagi elektron harakati, elektron tuzilishi, yadro tuzilishi, elementar zarralar va uning tarkibiy qismlari, harakterlovchi qonun va kattaliklami o’rganishda ham o’ziga xos muammolar mavjud. Bu bo’limlarga oid o’quv eksperimentini amalga oshirishda eksperimental o’qituv usuli va texnikasida ham o’ziga xos muammolar mavjud. O’quv muassasalarida o’qitishning eng samarali usullaridan bin o’qitishning texnik vositalaridan keng foydalanib o’qitishdir. Fotografiya, o’qitishning statik ekran vositalari diaproektor, epiproektor va universal proektsion apparatlar, o’quv kinosi, televidenie, programmali eshittiruv, o’rgatuvchi programmali mashinalardan unumli foydalanish o’qituvchining o’quvchiga ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayoni samarali bo’ladi. O’quv-tarbiya jarayonida O’TVdan keng foydalanish quyidagilami keltirib chiqaradi:

a) o’qitishning ko’rgazmaliligini oshiradi, materialni oson o’zlashtirish omili bo’ladi;

b) o’rganilayotgan hodisa, jarayon yoki ixtiyoriy mazmun haqida aniqroq va to’laroq ma’lumot berishga imkon beradi, bu bilim sifatini va yashovchanligini orttiradi;
v) bilim berishning Yangi va takomillashgan shakllarini topish va ma’lumlarini takomillashtirish va rivojlantirishda o’qituvchi imkoniyatini kengaytiradi.

O’quv-tarbiya ishlarida vazifasi, didaktik ahamiyati, mashg’ulotlaming maqsadi va xiliga bog’liq holda turli ko’rgazmali vositalar qo’llaniladi. O’quv muassasalarida o’qitiladigan fanlarning muvaffaqiyatli o’qitilishi o’qituvchining materialni ko’rgazmali va obrazli, ta’sirli bayon qilishiga, o’qitishning tasviriy va ovozli texnikaviy vositalaridan foydalanib, jonli obrazlar yarata olishiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi haqiqiy manzarani aniq tasvirlab beruvchi ko’rgazmali vositalardan foydalanishni obrazli nutqi bilan uygunlashtirib olib borsa, o’quv-tarbiya faoliyatida yuqori samaraga erishadi.

O’qitish va tarbiya vositalari ekran vositalari, ovozli vositalar va ovozli ekran vositalariga ajratilishi mumkin. Ovozsiz kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar, ovozsiz videofilmlar, ovozsiz disketdagi tasvirlar ekran vositalaridir. Ovozni magnit plyonkaga, kinolentaga yozish, gramplastinkalar, disketlarga yozish va qayta eshittirish ovozli vositalarga kiradi. Ovozli kinofilmlar, videofilmlar, disketlar, diapozitiv va diafilmlar, o’quv teleshittirishlari ovozli ekran vositalariga kiradi. Bu vositalar audiovizual o'qituv va tarbiya vositalar (AVO’TV) ovozli ko’rish vositalari deyiladi. Ularni namoyish etishda o’ziga xos texnik vositalar (apparatlar)dan foydalaniladi. Fotorasm, diapozitiv, slayd, diafilmlar tayyorlashda fotoapparatlardan, ularni namoyish etishda esa diaproektor, epiproektor, universal proektsion apparatlardan, kodoskop (grafoproektor)lardan foydalaniladi.

Ovozli vositalami namoyish etishda esa patefon, proigrivatel (gramplastinka), magnitofon (magnit lentalar), kompyuter (disketdagi ovoz)dan foydalaniladi. Ovozli tasvirli lentalar (kinolentalar, videolentalar, disketlar)ni esa kinoapparatlar. videomagnitofonlar va kompyuterlardan foydalanib namoyish etiladi. Audiovizual qo’llanmalaming didaktik funktsiyalari turlicha bo’lib, ular quyidagilardan iborat:


1. materialni qabul qilish va o’zlashtirish uchun hamda ko’rish-eshitish printsipidagi bilimlar va tasawurlar manbai;

2. mustaqil ishlami tashkil qilish uchun qo’llanmalar, mashqlar;


3. bilimlami namoyish qilish, tashkil qilish, qaytarish, umumlashtirish va sistemalashtirish vositalari bo’lib xizmat qiladi; Audiovizual o’quv-tarbiya vositalari (O’TV) quyidagilarga imkon beradi:

1. ravon, ta’sirli namoyish qilish hisobiga absrakt materialni bayon qilishda o’quvchilaming fazoviy tasavvurlarini aniqlashtirishga;

2. predmetning xossalari, turi, strukturasi, tuzilishi va asosiy qismlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga;

3. murakkab bo’lgan o’quv materialining asosiy masalalariga kino materiallarini fragment qilib ko’rsatish bilan o’quvchilar diqqatini jalb qilishga;

4. kam uchraydigan va xavfli hodisalami, asosiy tajribalar va noyob asboblami ishonchli idrok qilishni ta’minlashga;

5. u yoki bu fizik hodisaning jarayon mexanizmini molekula, atom, yadro yoki elektron darajasida o’rganishiga;

6. mashina va mexanizmlaming, asboblar va qurilmalaming detal va qismlarining tuzilishi hamda ishlash printsipini tushuntirishga;

7. transport, qurilish, aloqa, sanoat va qishloq xo’jaiik ishlab chiqarishda asosiy fizik hodisalaming ko’rinishlari bilan tanishishiga;

8. maktab fizika kursining bo’limlari bilan bevosita aloqasi bo’lgan fan- texnika programmasining yo’nalishlari bilan, xususan, mexanizatsiyalash, issiqlik texnikasi va energetikasi, materiallami ishlab chiqish va qayta ishlash texnologiyasi, elektrlashtirish va radiolashtirish, atom energetikasi va optik asboblar bilan tanishishga;

9. fan-texnika taraqqiyoti manzarasini ochib berishga;

10. fan-texnika kashfiyotlarining ochilishiga to’g’ri kelgan davrdagi tarixiy sharoitni tasavvur qilishga.
Bundan tashqari AVO’TV emotsional ta’sir qilish orqali o’rganilayotgan masalaga tinglovchilarning qiziqishini uyg’otadi, diqqatini, ijodiy fikrlashini, kuzatuvchanligini, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o’stiradi.

O’quv muassasalarda AVO’TV va o’qitishning texnik vositalari (apparaturalari) talab darajasida ta’min etilgan bo’lsa, o’qituvchi ulardan to’g’ri va unumli foydalansa, o’qitish samarali bo’ladi. Keyingi yillarda ushbu ta’minotda kamchiliklar paydo bo’ldi va u ma’lum muammolami keltirib chiqardi:

a) O’zbekistondagi bu sohadagi isMab chiqarish jahon talabi darajasiga etmadi va u O’zbekiston o’quv muassasalarini ta’minlay olmaydi;

b) horijdan katta mablag hisobiga olanayotgan (Koreya, Xitoy, . ) zamonaviy qurollar va vositalaming oz qismigina ishlatilmoqda;


v) o’quv muassasalari Yangicha jixozlanmagan holda sobiq ittifoq davridagi jixozlardan foydalanish keskin susaydi;

g) sanab o’tilgan omillar o’quvchi va talabalarda bilim olishga intilishni susayishiga, o’qitish samaradorligi pasayishiga olib keldi.

Kompyuter bankida ko’p miqdorda va katta hajmda turli ma’lumotlarni jamg’arish mumkin. Fizika o’qitish metodikasiga oid nazariy materiallami, masalalar va ulaming echimlarini, laboratoriya va amaliyot ishlari qurilmalarini o’rganish bo’yicha, ularda lajriba o’tkazish usullari va yo’l-yo’riqlari haqidagi elektron qo’llanmalar, namoyish tajribalarini amalga oshirish jarayoni bo’yicha, uy tajriba va kuzatishlari, mustaqil tajribalar bo’yicha turli ma’lumotlami kompyuter bankiga kiritish va disketlarga yozib olish murnkin. Ular ovozli, ovoz va tasvirli, tasvirli oq-qora va rangli tasvirda yozilgan bo’lishi mumkin.Mazkur ta’lim-tarbiya va texnik vositalardan fizika o’qitishda barcha mashg’ulotlarda bilim berishda, olingan bilimni mustahkamlashda, olingan bilimni hisobga olish va nazorat etishda foydalanish mumkin. Bayon etiigan fikrlarning amalga oshirilishi fizika o’qitish samaradorligini keskin oshiradi.

Fizika o’qitishda kompyuter imkoniyatlaridan to’la foydalanishda o’quv muassasalarini kompyuter qurilmalari bilan talab darajasida ta’min etilmaganlik va undan foylanuvchilaming «kompyuter savodxonligi»ning pastligi muammolari mavjud bo’lib, ushbu muammolar yaqin yillarda hal etiladi.




Download 42,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish