Qarshi davlat universiteti fizika- matematika fakulteti astronomiya va optika kafedrasi


-rasm. Halqali sayyora Caturn tasviri



Download 3.26 Mb.
bet2/4
Sana19.01.2017
Hajmi3.26 Mb.
1   2   3   4

1.7-rasm. Halqali sayyora Caturn tasviri
Bu planeta orbita boylab sekundiga 9,6 kilometr tezlik bilan uchib 29 yil 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir martaaylanib chiqadi. Saturnning o’z o’qi atrofida aylanishi, Yupiterniki kabi turli kengliklarda turlichadir. Ekvator zonasining aylanish davri 10 soat 14 minut bo’lgani holda, qutubga yaqin sohasi 10 soat 28 minutli davr bilan aylanadi[.3]

1857- yili mashhur ingliz fizigi Jeyms Maksvell Satumning halqasi monolit bo'lmay, balki qattiq zarrachalarning tangasimon uyushmasi ekanligini nazariy yo'l bilan isbotladi. Ko'p o'tmay, Maksvellning aytganlari, mashhur rus astrofizigi A.A.Belopolskiy va amerikalik J.E.Klerk tomonidan o'tkazilgan eksperimentlar asosida quwatlandi. Biroq, 1934- yilda, o'zimng Semeiz obser-vatoriyasidagi (Qrim) qator nozik kuzatishlari asosida, astronom G.A.Shayn planeta halqasi changdan tashkil topgan degan fikrga qarshi chiqdi[7].

Keyingi yillarga tegishli tadqiqotlar planeta halqasi haqidagi ma'lumotlarni keskin boyitdi. Saturnni o'rganishda yirik qadam 1979-yilning 1-sentabrida 6 yillik planetalararo «sayr»dan so'ng Saturndan 21 ming 400 kilometr naridan o'tgan Amerikaning «Pioner-11» avtomatik stansiyasi tomonidan qo'yildi. U o'z kuzatishlari asosida halqa zarralarining kattaliklari bir necha santi-metrgacha borib,o'rtacha bir santimetr ekanligi aniqladi. Umuman olganda, Saturn turli kattalikdagi detallarga Yupiterga nisbatan ancha «kam-bag'alligi» bilan farq qiladi.

Planeta atmosferasida ham Yupiternikidagi kabi metan gazi (CH4) bilan birgalikda ammiak (NH3) uchraydi. Saturnning bulutlari tabiatiga tegishli muammoni hal qilishda ammiakning roli kattaligi tufayli bunday gaz-ni planeta spektrida topish juda muhim edi. Garchi planeta atmosferasida ammiakning miq-dori yuz mingdan bir qismini tashkil qilsa-da, uncha murakkab bo'lmagan hisoblashlar bunday miqdor Saturn atmosferasida ammiak bulutlarini hosil qilish uchun yetarli ekanligini tasdiqladi[6].

“Halqali gigant” atrofida topilgan jami yo'ldoshlarining soni o'ttiztaga yetdi Saturn yo'ldoshlaridan eng yirigi -Titan bo'lib, Quyosh sistemasidagi planetalarning «oy»laridan kattaligi jihatidan ikkinchi o'rinda, ya'ni Ganimeddan (Yupiteraing yo'ldoshi) keyin turadi. Diametri 4850 kilometr.

1949-yildayoq J.Koyper unda metanning «iz»larini ko'rib, planetaning bu yo'ldoshi qalin atmosferaga ega ekanligini birinchi bo'lib aniqladi. Keyinchalik, Titan atmosferasida yetarlicha ko'p miqdorda vodorod kuzatildi. 1980- yili «Voyajer-1» Saturn yaqinidan o'tayotib, uning 6 ta yangi yo'ldoshini topdi.

Hisob-kitobi joyida bo'lgan bu nazariyaga ko'ra, Saturnning halqasi qadimda planeta yo'ldoshlaridan birining «ehtiyotsizligi» tufayli unga yaqin kelib, halokatga uchraganligining oqibatidir[12].



1.2-jadval. Gigant sayyoralar haqida umumiy ma’lumotlar

Planeta

Yo’ldoshlar

soni

Eng katta yo’ldoshlari

Kimyoviy tarkibi

Merkuriy

yo’q

 

H2 -5%, He-30%, Na-1%), bosh.- 5%

Venera

yo’q

 

CO2 -5%, N2-> 4%,

H2O >0.1%

Yer

1

Oy

 

Mars

2

Fobos, Deymos

CO (95%), N2 (2,5%),

Ar, (0.1%), H2O (0.06%)

Yupiter

>60

Io, Evropa, Ganimed, Kallisto

H2 (89%), He (11%)

Saturn

>60

Reya, Yapet, Tefiya,

Diona

H2 (89% ga yaqin),

He (11%ga yaqin)

Uran

21

Titaniya, Umbriel, Oberon, Ariel

H2 (83%),

He (15%), CH4(1%)

Neptun

8

Triton, Proteus, Nereida, Protey

H2 (80%),

He (15%), CH4 va bosh.

1.2 Teleskop yordamida ochilgan sayyoralar

Uran planetasi aslida musiqachi, keyinchalik mashhur astronom darajasiga erishgan V.Gershel tomonidan 1781- yili tasodifan topildi. Ma'lum bo'lishicha, planeta kashf etilgunga qadar qariyb yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan. Biroq astronomlar unga doim xira bir yulduz deb qarab, ortiqcha e'tibor bermagan ekanlar. Planeta orbitasini birinchi bo'lib peterburglik akademik A.I.Leksel hisobladi. Uranning diametri 49 ming 600 kilometr, massasi Yernikidan 146 marta katta, o'rtacha zichligi esa 1,60 g/sm3. Bu planeta Quyoshdan o'rtacha 19,2 astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 kilometrni tashkil qtladi va Quyosh atrofida 3 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq planeta o'z o'qi atrofida nisbatan tez aylanadi - sutkasining uzunligi 10 soat 49 minut. Uran, asosan, vodorod va geliy-dan tashkil topgan bo'lib, unda qisman metan ham borligi aniqlangan. Uranning ichki tuzilishini olim-lar, erishilgan ma'lumotlar asosida tasavvur qiladilar[15].

Bu planetaning topilgan yo'l-doshlarining soni yigirma bitta bo'ldi. Shulardan ikkita eng yirigi Gershel tomonidan ochilib, Titaniya va Oberon deb nomlangan. Birinchi Oberon Titaniya Umbriel Ariel Miranda Uranning yo'ldoshlari - Shekspir qahramonlari. Planetaning topilgan yo'ldoshlari ham uning atrofida planetaning aylanish yo'nalishi bilan bir xil yo'nalishda aylanadi.[12]

Neptun. 1820-yili parijlik astronom A.Buvar Yupiter, Saturn va Uranning koordinatalari jadvallini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o'n yil o'tgach, Uran oldindan hisoblangan o'z o'rnidan 200" li yoyga ilgarilab ketdi. Yana o'n yil o'tgach, ilgarilash 90' ga, 1846- yilga kelib esa 128'ga yetdi. Astronomlar Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning orbitasidan tashqaridagi boshqa bir planetaning ta'siri tufayli degan qarorga keldilar[8].

Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda, bir-birlaridan bexabar holda ikki astronom «bel bogladi». Bulardan biri fransuz matematigi U.levere, ikkinchisi esa yosh ingliz astronomi J.Adams edi. 1846-yili matematik hisoblashlar asosida planetaning o'rni aniqlangach, U.levere teleskopik yulduzlarning to'la xaritasi mavjud bo'lgan Berlin observatoriyasi xodimlariga planetani kuzatishlarini so'rab murojaat qiladi. 1846-yil 23-sentabrida bu observatoriyaning astronomi professor Galle planetani levere aytgan joydan atigi bir gradus naridan topdi. Planeta dengiz va okeanlar xudosi  Neptun nomi bilan ataldi. Bu planeta osmonda «qurollanmagan» ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan eng xira yulduzdan olti martacha xira ko'rinadi, biroq, shunga qaramay, uni anchayin kuchsiz teleskop bilan ham ko'rsa bo'ladi[5].

Qizig'i shundaki, Neptunning ochilishidan ancha ilgari 1795-yili 8- va 10- mayda olingan fotoplastinkalarda uni ikki marta astronom laland kuzatdi. Biroq u o'shanda planetani xira bir yulduz deb, bu ikki kunda olingan fotoplastinkalardan joy olgan planeta siljishini esa o'lchashning xatoligidan deb tushundi. Agar o'shanda laland, xulosa qilishga shoshilmay, bir-ikki kun bu «xira yulduzcha»ni e'tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni levere va Galledan yarim asr oldin topgan bo'lardi. Neptun Urandan birozgina katta bo'lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir. Zichligi har kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. massasi Yernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 kilometr bo'lib, Quyosh atroflda aylanish davri 164 yil-u 280 kun.

1.8-rasm. Uran sayyorasi
Urban Levere 1846-yili matematik hisob kitoblarga asosan Neptun planetasini o’rnini aniqladi.Planeta dengiz va okeanlar xudosi-Neptun nomi bilan ataldi. Bu planeta osmonda ‘qurollanmagan ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan eng xira yulduzdan olti martacha xira ko’rinadi,biroq,shunga qaramay,uni anchayin kuchsiz teleskop bilan ham ko’rsa bo’ladi.[21]

Mayda planetalar (asteroidlar). 1596-yilda I. Kepler o’zining ‘Kosmografiya sirlari’ asarida Mars va yupiter oralig’ida yana 1ta planeta bo’lishi kerak degan gumon bilan chiqqan edi. Keplerning bu gumoni salkam 2asrdan so’ng 1772 –yilda nemis astronomi I.Titsius topgan empirik formula bilan tasdiqlandi.

a= 0.4+0.3 ·2n (a.b.) (1.1)

Bu yerda n -, 0, 1, 2 , 3, 4, … qiymatlarni oladi



T/r

Planeta

n

Titsius formulasiga ko’ra hisoblangan katta yarim o’qi (a.b.)

Planetaning Quyoshdan haqiqiy o’rtacha uzoqligi (a.b.)

1.

2.

3.



4.

5.

6.



7.

Merkuriy

Venera


Yer

Mars


? ? ?

Yupiter


Saturn

-

0

1



2

3

4




0.4

0.7


1.0

1.6


2.8

5.2


10.0

0.4

0.7


1.0

1.52


-

5.2


9.5


Plutonning kashf etilishi. 1880 yilda ingliz astronomi Forbs Neptundan tashqari ham planeta bo’lishi kerak degan fikrni ilgari surdi. XX asr boshiga kelib noma’lum planetani qidirish bilan astronom Lovell qiziqdi. Nihoyat, sayyora 1930 yilda kо‘pyillik mashaqqatli kuzatishlar natijasida Klayd Tombo tomonidan ochildi. Barcha behalovatliklardan xoli uzoqroq joyga borishni xoxlaysizmi? Pluton – topilishi mumkin bо‘lgan eng hilvat joylardan biri. Oydan kichik Plutonda ushbu parvozgacha yerlikliklardan hech kim, hech qachon mehmon bо‘lmagan. Insoniyat tarixida birinchi marta Plutondan mashhurlik yо‘rgagi yechiladi. Syurprizlarni kutish mumkin, bu deyarli kafolatlangan. Lekin, о‘sha kun kelguncha biz Plutonning qanday ekanini taxmin qilishimiz mumkin, xalos. Avvallari u qadar qiziqish uyg‘otmagan Pluton, hozirgi kunda yangi marralar boshlanish belgisi bо‘lib turibdi. Eng sо‘nggi kashfiyotlar bu olis muzliklar haqida kо‘pgina ma’lumotlarni berdi. Bu yangi bilimlar bilan qurollanib, buni sizning Saturn va undan nariga bо‘lajak sayohatingiz yо‘l kо‘rsatgichi, deb tasavvur qiling. Kо‘zdan yiroq va borsa-kelmas Pluton Quyosh tizimidagi eng sirli jumboqdir.

Pluton shu qadar sirli joyki, biz xatto u yerga yetib borganimizda uning qanday ekanligini tasavvur ham eta olmaymiz. Shuning uchun ham, u yanada sirli. Pluton bu xaritadagi haqiqiy oq dog‘. Biz bu joy haqida juda oz bilamiz. Lekin bu mutloq jumboq emas. Biz uning shakli sharga yaqinligi va uning sirtida muz borligini bilamiz. Shu sababli Pluton juda sovuq dunyo. Uning sirtidagi harorat Selsiy bо‘yicha taxminan -230 gradus. Pluton harorati minimumi -225, maksimumi -218 gradus. U yer naqadar sovuq. Pluton kо‘lamini his etish uchun diametri Shimoliy Amerikaning yarmicha bо‘lgan olamni tasavvur etib kо‘ring va uning sirtiga muz sochib uni kosmosga – 5,9 milliard kilometr nariga otib yuboring. Katta sayyoralarning doiraviy orbitalardan farqli о‘laroq, Plutonning Quyosh atrofidagi harakati elliptik va uzun orbita bо‘ylab kechadi. Plutondan Quyoshgacha bо‘lgan о‘rtacha masofa 5,9 milliard kilometr. Plutonda yilning davomiyligi 248 Yer yiliga teng. Plutonning Quyosh atrofida bitta doira xosil qilishi uchun juda kо‘p vaqt ketadi.

Biz uning yо‘ldoshi kashf etilgan 1977 yilgacha Plutonning naqadar kichik ekanligini bilmagan va tushunmagan edik. Xaron – Plutonning uch yо‘ldoshidan eng yirigi, uncha katta emas, diametri atigi 114 kilometr. Lekin, Pluton bilan solishtirilganida ulkan bо‘lib tuyuladi. Xaron shunisi bilan о‘zgachaki, biz uni Pluton yо‘ldoshi, deb hisoblasakda, aslida bu qо‘shaloq obyektdan biri va u Plutondan ikki marta kichikdir. Pluton yerosti dunyosining xudosi sharafiga nomlangan va u maktablarda yetmish yildan ortiq tо‘qqizinchi sayyora, deb о‘qitilgan hamda u barchaga yoqqan.

Pluton ma’lum ma’noda odamdan qalbidan joy olgan. Buni tushunish qiyin. Juda olisdagi nimadir, sharafiga xatto multifilm qahramonlari nomlangan, nohaq kamsitilgan sayyora hissiyoti bor. Bizning barchamiz Pluto bо‘lganmiz. “Pluton bu sayyora”. Lekin, yaqinda bu kichik sayyora koinot miqyosidagi baxs-munozalarga sabab bо‘ldi. “Pluton bu sayyora. О‘lchamning ahamiyati yо‘q”. Bu xattoki bugunda ham juda ziddiyatli mavzu. Bechora Pluton о‘z unvonidan ajrab qoldi. Rostini aytganda, rostdan ham shunday.

2006 yilda uchirilgan “Yangi gorizotlar” apparati Plutonning birinchi mexmoni bо‘lishi va u yerga 2015 yilda yetib borishi kerak. Qirq yettinchi parvoz.

Biz har doim, bu insoniyatning Plutonga parvozi, deb aytamiz. Agar apparat nishonga tegmasa, bizning zamonimizdagi imkoniyat qо‘ldan boy beriladi. U doimo Quyoshdan uzoqlashmoqda. Agar biz hozir harakat qilib qolmasak, yana 250 yil kutishga tо‘g‘ri keladi. Bizda faqat bitta imkoniyat bor – hammasini juda aniq bajarish lozim. Bu bizning Plutonga borishimiz uchun yagona imkoniyat va biz buni uddaladik. Bu juda uzoq davom etuvchi yakkayu yagona parvozni uzluksiz kuzatib turish Merina shtati Jons Bobkins universitetining Amaliy fizika laboratoriyasi parvozni boshqarish mutaxassislarining vazifasiga kiradi.

Apparat Pluton yonidan uchib о‘tadigan о‘sha kuni biz uning qandayligini ilk bora qо‘ramiz. Lekin bu juda qisqa muddat davom etadi. О‘n yillik parvozdan sо‘ng “Yangi gorizotlar”da Plutonni о‘rganish uchun atigi bir necha oygina vaqt qoladi.

Boshqa asbob-uskunalar Plutonga ultrabinafsha diapazonida qarashga, atmosferaning yuqori qatlamlaridan chang yig‘ish va sayyorada magnitosfera bor-yо‘qligini aniqlash uchun Quyosh shamolining zaryadlangan zarrachalari parametrlarini о‘lchashga imkon beradi. 1930 yilda amermkalik yosh tadqiqodchi Klayd Tombo Neptun ortida joylashgan Iks-sayyorasini topish maqsadida yulduzlar osmonini о‘rganadi.

Plutonning kashf etilishi mashaqqatli mehnatning natijasi bо‘lgan. O’ylaymanki, bu aniq ta’riflash uchun juda mos ibora.

Plutonni avval osmonning bir qismida, sо‘ng ikkinchi qismida kо‘rgazma sifatida namoyish qiluvchi haqiqiy tasvirlardir. Bu harakatlanayotgan nuqta sayyora ekanligining isbotidir.

Sо‘nggi yetmish olti yil davomida Pluton tо‘qqizinchi sayyora, deb hisoblab kelingan.Osmondagi ushbu mitti nuqta aslida qanday о‘zi. Hozir biz yigirma yil avvalgiga qaraganda Pluton haqida kо‘p narsa bilamiz. Bu bilimlar tufayli detektor va teleskop texnologiyalari rivojlandi.

Pluton sirlari pardasini ochish kaliti “Xabll” orbital teleskopiga topshirilgan edi. Bu Plutonning bizdagi eng yaxshi tasvirlari. Ushbu notekis bо‘yalgan piksellar bizga Pluton dunyosi dog‘li yorug‘ soyalardan iboratligini kо‘rsatadi. Bizda uning qandayligi haqida ma’lum tasavvurlar bor. Biz u yerning kontrastli joy ekanligini bilamiz. U yerda qora va tо‘q jigarrang hududlar mavjud. Xuddi qor qoplagandek, bir nechta aql bovar qilmas darajada yorqin hududlar ham bor.

Bu olimlar fikriga kо‘ra, uglerodli birikmalarning yupqa qatlamidir, uni hayotning paydo bо‘lishi о‘tmishdoshi desa bо‘ladi. Tarkibida uglerod va vodorod mavjud, kelib chiqishi organik bо‘lgan metanni olsak va uni Quyosh nurlari ta’sirida qoldirsak, u qizg‘ish tusga kiradi. Kimyoviy reaksiya yuz berib, u murakkabroq uglevodorodga aylanadi. Ushbu ohista qaynovchi uglevodorodlar Plutonning spektroskopiya usuli bilan ochilgan boshqa sifati – uning rangini tushushtira olishi mumkin. Uning tusi qizg‘ish, menimcha, uning rangi yorqin qizg‘ish – pushti bо‘ron rangida. Ehtimol, jigarrang qorishma rangi ushbu qor rangiga о‘xshar. Bu loy tufayli, taxminimizcha, Plutondagi qor rangi jigarrang kremga yaqin.

Saksoninchi yillarda Quyosh tizimining ichki hududlari kometalar, asteroidlar va boshqa sayyoralar bilan tо‘ldirilganligi ma’lum edi. Tashqi hududlarda deyarli hech narsa yо‘q edi. Neptun ortida esa faqat birgina Pluton bor edi. Bu juda g‘alati edi. Sо‘ngra, 1992 yilda u g‘ayrioddiy kashfiyot qildi. Brinchi muzlab qolgan kosmik jismni topdi. Bu hozir Neptun ortidagi Koyper belbog‘i, deb ataladi. Koyper belbog‘i men hozir о‘tirgan xona haroratidan taxminan 200 gradusga past haroratda saqlanib qolgan muz qotgan jismlarning haqiqiy omboridir. Bu yerda muzdan iborat halqa va tosh jinslar Pluton kampaniyasini tashkil etadi. Bu Quyosh tizimining olis chekkasi haqidagi tasavvurlarni butunlay о‘zgartirib yubordi. Biz Koyper belbog‘i obyektlari soni millionlab ekanini bilamiz. Ularning kо‘pchiligi tog‘lardek katta, ba’zilari katta shaharlardek, ba’zilari esa xuddi Plutondek yirik.[21]

Biz diametri taxminan tо‘qson besh kilometrlik ellik mingdan ortiq obyektlar mavjudligini bilamiz. Diametri ikki kilometrga teng obyektlar soni, ehtimol, yuz milliontaga borar. Biz ular Quyosh tizimi paydo bо‘lishining ilk bosqichida shakllangan, deb hisoblaymiz.

Sayyoralarning shakllanishidan ortib qolgan jismlar Koyper belbog‘i obyektlaridir. Bu – Quyosh tizimi chekkasiga tashlab yuborilgan sayyoralar “ehtiyot qismlari”dan paydo bо‘lgan aql bovar qilmas siniq parchalari axlatxonasi. Koyper belbog‘i juda sovuq. Bu obyektlarga о‘sha boshlang‘ich davrda zanjirband etilgan barcha narsa hali hanuz u yerda muz holatida saqlanib qolgan. Uzoq yillar davomida Pluton belbog‘ning eng yirik obyektidek bо‘lib kо‘ringan. Lekin ba’zi bir olimlar yana boshqa, yanada yirikroq obyektlar bо‘lishi mumkin, deb hisoblashgan.

Plutondek yoki undan ancha kattaroq obyektlar bormikin. Kо‘p yillar davomida ularni topish uchun texnologiyalar ham bо‘lmagan. Nihoyat, biz uni topganimizda, oyoqni qо‘lga olib yana teleskoplarga tashlandik va osmonni о‘rgana boshladik. Huddi yetmish yildan oshiq vaqt avval Tombo Plutonni о‘rganganidek, Mark Broun yanada kattaroq о‘ljani qо‘lga kiritish uchun osmonlarda ov qildi. 2003 yilda yangi sayyora bо‘lishi mumkin obyekt paydo bо‘ldi. Uning harakati juda ham sezilmas edi va uni kompyuter payqay olmadi.

Mayk Broun va uning komandasi bu obyektga Erida, deb nom berdi. Diametri ikki ming tо‘rt yuz kilometr bо‘lgan bu obyekt Plutondan uch marta og‘irroq va Quyoshdan unga qaraganda uch marta uzoqda joylashgan.

Pluton yolg‘iz emas edi. Lekin, endi uni Eridaning parametrlari bosib qо‘ydi va uning sayyora maqomida qolishi yanada kuchli shubha ostida qola boshladi.

Sayyora yetarlicha katta va dumaloq bо‘lishi lozim. Gravitatsiya kuchlari ta’sirida sferik shaklni egallagan bо‘lishi shart. О‘z orbitasi bо‘ylab Quyosh atrofida aylanishi lozim. Shuning uchun ham sayyoralar atrofida aylanuvchi yо‘ldoshlar hisobga olinmaydi.

Koyper belbog‘ining muz bо‘laklar bilan о‘ralgan Pluton о‘z orbitasini tozalash uchun juda kichiklik qiladi. 2006 yilda, Pragada Xalqaro Astronomiya ittifoqi uni sayyoralar safidan chiqarishga ovoz berdi. Kashf etilganidan yetmish olti yil о‘tgach, Quyosh tizimi bir sayyorani yо‘qotdi. Pluton – sayyora emas!

Pluton bilan Eridani ham hisobga olganda hozirgi paytda rasmiy tan olingan mitti sayyoralar soni beshtaga yetdi. Ehtimol, yana yuzlab о‘zining kashf etilishini kutib turgandir.

Kо‘pgina kometalar Koyper belbog‘ida kirib keladi va u yerda ba’zan о‘z orbitasidan chiqib ketadi. Bizda Koyper belbog‘i bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aloqa bor. Chunki bizning о‘lkamizga, Quyosh tizimining markaziga uchib kelayotgan kо‘plab kometalar dastavval Koyper belbog‘ida shakllangan. Xattoki Pluton о‘zining juda chо‘ziq orbitasi va yо‘qolayotgan atmosferasi bilan о‘zini sayyoradek emas balki kо‘proq kometadek tutadi.

Koyper belbog‘idan keluvchi bu sayyohlarning kо‘pchiligi havf solmay chetlab uchib о‘tishadi. Lekin ba’zilari kuchli zarbalar berishadi. Oltmish besh million yil avval ulkan kometa dinozavrlar erasini tugatgan, deb hisoblashadi.

Quyosh tizimida hayot uchun juda qulay hududlar borligiga shubha yо‘q. Mars sirti ostidagi suv zahiralari, Yevropa muz qobig‘i tagidagi suv okeani, Saturn yо‘ldoshi Enseladdagi suv, Titanning suyuq metanini gapirmasa ham bо‘ladi. Bular insoniyatning yaqin yuz yilliklarda hayot izlarini topishi uchun qulay joylardir. Quyosh tizimida hayotni topa olsak, Koyper belbog‘idagi qadimiy osmon jismlarining ulkan qо‘shinidan minnatdor bо‘lishimiz kerak.[20]

Hozirgi kunda “Voyajer-1” Quyoshdan Yerga qaraganda taxmian bir yuz о‘n marta uzoq masofada, “Voyajer-2” esa tо‘qson marta uzoq masofada. Demak, bu apparatlar eng uzoq sayyora, Neptundan anchagina olisda ketishyapti. Ular gо‘yo kо‘rdek uchishsada, ikkala apparat xali ham eshitishi mumkin. 2004 yil 15 dekabrda “Voyajer-1” avvallari hech qachon eshitilmagan tovushni yozib oldi. Bu quyosh shamolining sayyoralararo gazlar bosimi ostida, Quyoshdan о‘n tо‘rt milliard kilometr masofada tо‘satdan sekinlashgan tovushi edi.

О‘zga sayyora telekanalini ushlashga urinish о‘ylab topilgandek kо‘rinadi. Lekin kim biladi deysiz, balki ular anchadan beri bizning kanallarni tomosha qilishar. Inson Quyosh tizimining chekkasiga bora oladimi, buni xali bilmaymiz. Lekin bir inson yо‘lga chiqib bо‘ldi. “Yangi gorizontlar” bortida Plutonni kashf etgan Klayd Tomboning hoki solingan quticha bor.

U tо‘qsoninchi yillarning oxirida vafot etgan. Hozir uning hoki kosmik korablda Plutonga qarab uchib ketyapti. Haqiqtdan ham, bu barchani hayajonga soladi. Nahotki, u о‘sha 1930 yilda, Plutonni kashf etganida, о‘zi Plutonga uchib borishini tasavvur qilgan bо‘lsa? Bu sayyorani kashf etgan inson xotirasiga bо‘lgan chuqur hurmatdir.

Plutonning endi sayyora emasligini eshitgan Klayd Tombo ehtimol, hafa bо‘larmidi. Lekin ushbu eng olis kosmik parvoz buni albatta, oqlaydi. Koinotda ming milliardlab yulduzlar bor, uning qayerga borishini biz faqat taxmin qilishimiz mumkin. [21]

2 – BOB. NEPTUN ORTI OBEKTLARINI O’RGANISH

2.1. Transneptun ob’ektlarining ochilishi

O’tgan asrning 90- yillarida Koyper mintaqasi ob’ektlari yoki ‘transneptun ’ ob’ektlari (yani neptun orbetasidan tashqarida joylashgan) nomini olgan yangi ob’ektlar ochila boshlandi.


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik