Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi tizimlar



Download 73,64 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi73,64 Kb.
#403256
Bog'liq
QQQQQT


Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi tizimlar

Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne’matlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o’z navbatida, u axbo-rot tizimlarini takomilashtirish va rivojlantirishni ragbat-lantiradi.

Har bir tizim tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:

• tizim tuzilishi — tizimning ko’plab elementlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar. Misol: firmaning tashkiliy va ish¬lab chiqarish tuzilmasi;

• tizim har bir elementining funksiyalari. Misol: boshqa-ruv funksiyalari — firmaning muayyan tuzilma bo’linmalari tomonidan qaror qabul qilinishi;

• umuman olgandagi har bir element va tizimning kirishi va chiqishi. Misol: tizimga tushuvchi va undan chiquvchi moddiy yoki axborot oqimlari;

• tizim va uning ayrim elementlari, maqsadlari va chekla-nishlari. Misol: eng ko’p foydaga erishish, moliyaviy cheklanishlar;

• har bir tizim bulinish va yahlitlik hususiyatiga egadir.

Axborot tizimi quyidagi hususiyatlariga ko’ra belgilanadi:

a) har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida ko’rilishi va boshqarilishi mumkin;

b) axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;

v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;

g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;

d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning "inson — kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.

Axborot tizimi ishini yahshi bilish uchun u hal etayotgan muammolar, shuningdek u kiritgan tashkiliy jarayonlar mohiyatini tushunish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash uchun ishlab chiqilgan axborot tizimi kompyuter imkoniyatlarini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

• hal qilinayotgan boshqaruv vazifalarining tuzilmalarga bulingani;

• qaror qabul qilishi lozim bo’lgan firma boshqaruvi ierarhiyasi (mansab pillapoyalari) darajasi;

• hal etilayotgan vazifaning biznesning u yoki bu funksio¬nal sohasiga oidligi;

• foydalaniladigan axborot tehnologiyasi turi. Kompyuter axborot tizimining tehnologik ishi nokompyu¬ter soha mutahassis-lariga ham tushunarli va o’z kasb faoliyatida foydalanilishi mumkin.

Axborot tizimlarini tadbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi:

a) matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;

b) avtomatlashtirish hisobiga hodimlarni ikir-chiqir ish-lardan ozod qilish;

v) axborot ishonchliligini ta’minlash;

g) ma’lumotlarni qog’ozdan magnit disk yoki lentalarga kuchirish, bu hol axborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog’oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi,

d) firmada axborot oqimi tuzilishi va hujjat hujjataylanishi tizimini takomillashtirish;

e) mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish;

j) yangi bozorlarni qidirib topish;

z) turli arzonlashtirish usuli va hizmatlari evaziga haridor va mahsulot etkazib beruvchilarni firmaga bog’lab quyish.

IAT ko’p sonli funksional hususiyatlariga ko’ra, ko’plab turli-tuman tasnifiy belgilarga bo’linadi. Jumladan, qo’llanish darajasi va ma’muriy bulinishiga muvofiq, IAT ni korhona, tuman, viloyat va mamlakat jihatlariga ajratish mumkin. Qo’llanish sohasiga ko’ra quyidagilarga ajraladi:

• bank axborot tizimlari;

fond bozori axborot tizimlari;

• sug’o’rta axborot tizimlari;

• soliq axborot tizimlari;

• sanoat korhonalari va tashkilotlarning axborot tizimla¬ri (ahamiyati va tarqalganligi bo’yicha ularda buhgalterlik axborot tizimlari alohida o’rin tutadi);

• statistika axborot tizimlari va boshqalar.

Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va ularga muvofiq

axborot texnologiyalari asosan amerikalik olimlarning sa’y-harakati bilan 70-yillar oxiri - 80-yillar boshida yuzaga keldi, bunga ShKlar, amaliy dasturlarning standart paketlari keng tarqalganligi, shuningdek sun’iy intellektual tizimlarini yaratishdagi muvaffaqiyatlar imkon yaratdi.

Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning axborot texnologiyalariniig asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o‘zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatidan yaxshi uslubidir. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi bo‘lgan qarorlar ishlab chiqish integratsion jarayon natijasida ro‘y beradi va unda quyidagilar

ishtirok etadilar:

  • hisoblash bo‘g‘ini va boshqaruv obyekti rolida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi;
  • kompyuterda kirish ma’lumotlari topshirig‘ini beruvchi va olingan

  • hisoblash natijalarini baholovchi boshqaruv bo‘g‘ini sifatidagi inson.

Integratsion jarayon yakuni inson ixtiyoriga ko‘ra ro‘y beradi. Bu holda

axborot tizimining foydalanuvchi bilan birgalikda qarorlar qabul qilish uchun yangi axborotni yaratishga qobilligi haqida gapirish mumkin. Uning bu xususiyatiga qo‘shimcha qilib bir qator ajralib turuvchi jihatlarini ko‘rsatish mumkin:


  • yaxshi formallashmagan vazifalarni hal etishga yo‘nalish olish;
  • kompyuter ma’lumotlariga kirish va uni qayta ishlash an’anaviy uslublariniig matematik modellari va ular asosida vazifalarini hal etish uslublari imkoniyatlari bilan uyg‘ynlikda olib borish;
  • kompyuterdan malakasiz foydalanuvchiga e’tiborni ko‘proq qaratish;
  • mavjud texnik va dasturiy ta’minot, shuningdek foydalanuvchi talablari

Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi tarkibiga uch asosiy qism:

ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi,



so‘ngisi ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi (MBBT),

modellar bazasining boshqarish tizimi (ModBBT), foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.
Download 73,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish