Qandli diabet — belgilari, kelib chiqish sababi, tashxis va davolash Qandli diabet xalq orasida «saxar kasalligi»



Download 26.37 Kb.
bet16/16
Sana31.10.2020
Hajmi26.37 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Buyrak kasalliklari


Ko’pincha bemor o’zida buyrak kasalligining o’tkazib yuborilgan bosqichi mavjudligini tasodifan bilib qoladi, u shifokor huzuriga mutlaqo boshqa muammodan shikoyat qilib kelgan bo’ladi. Shifokorlar buyraklarni hatto o’zaro «soqov a’zolar» deb ham atashadi, chunki kasallikning dastlabki belgilari ayrim holatlarda buyrak ishdan chiqganidagina paydo bo’ladi.

Albatta, shifokorlar kasallik mavjudligidan qon tahlilini ko’rish vaqtida shubha qilishlari mumkin, ammo buning uchun bu tahlil nefrologning qo’liga tushishi kerak, bu esa juda kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi. Aksariyat hollarda bemorlar bunday turdagi shifokor mavjudligini birinchi marta miokard infarkti tashxisi bilan kasalxonaga tushganda bilishadi.

Gap shundaki, buyraklar normal ishlamay qo’yganda, qonda kalsiy miqdori keskin ravishda oshadi, kalsiy esa qon tomir devorlarida cho’kib, to’planish xususiyatiga ega. Buning natijasida qon tomir bo’shlig’i torayadi. Shu sababli, buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarning ko’proq qismi 30-40 yoshida vafot etadi. Bunday holatda o’lim sababi yurak-qon tomir kasalliklari hisoblanadi.

Har qanday mamlakat byudjeti uchun buyrak kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni davolash juda qimmatga tushadi. Masalan, gemodializ muolajasi narxi turli joylarda farqi bilan 50-100 AQSh dollari ekvivalentidagi summani tashkil qiladi, bu muolajani bemor haftasiga uch marta olishi kerak. Shuning uchun ham har bir bemor davolanishga qodir bo’lmaydi. Shunday qilib, har million kishidan faqat 212 nafari ishonchli gemodializ bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, muolajani faqat yetarli miqdorda byudjetli hududlarda olish mumkin. Xuddi shu narsa buyrak transplantatsiyasi uchun ham o’rinli.



Buyrak patologiyasi bilan og’rigan bemorlarda kasallik o’z vaqtida aniqlansa, davolash ham samarali, ham arzonroq bo’ladi, shuning uchun yiliga bir marta buyraklar ultratovushli tekshiruvini o’tkazish, tegishli tahlillar topshirib turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan shaxslar, xususan gipertonik bemorlar, qandli diabet bilan kasallanganlar, semizlik va aterosklerozdan aziyat chekadiganlar bunga qat’iy rioya qilishlari kerak.

Shuni esda tutish kerakki, quyidagi omillar buyrak kasalligining boshlanishiga turtki bo’lishi mumkin:

  • Tana vaznining keskin pasayishi, bunda sabab bo’lib buyrakni o’rab turgan yog’li kapsulaning kamayishi xizmat qiladi.

  • Semizlik. Ortiqcha yog’ buyrakka bosim o’tkazib, uning ishini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, sezmizlikda qon tomirlar tonusi yomonlashadi.

  • Qandli diabet.

  • Zararli odatlar (chekish va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish). Spirtli ichimlik suvsizlanishiga olib kelishi natijasida qon quyuqlashadi, tamaki tutuni esa eng kuchli kanserogendir. Bularning hammasi buyraklarning ishiga salbiy ta’sir qiladi.

  • Yuqori qon bosimi buyrak tomirlariga zarar yetkazadi va ularning faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.

O’z sog’lig’ingizga nisbatan ogoh bo’lsangiz, buyrak kasalligi mavjudligini quyidagi keng tarqalgan belgilar orqali shubha qilish mumkin. Shunday qilib, buyrak faoliyatidagi buzilish alomatlari:

  • Ko’z ostida xaltalar paydo bo’lishi bilan kechadigan yuzning shishishi, oyoqlarning shishishi. Kechga kelib shishlar qaytadi. Teri quruq, rangsiz, ehtimol sarg’aygan bo’ladi.

  • Pielonefrit va gidronefrozga bel sohasifagi og’riqlar ishora qilishi mumkin.

  • Tez charchash, kuchsizlik, isitma, bosh og’rig’i — bu alomatlarning hammasi buyrak kasalligidan shubha qilishga undaydi.

  • Shifokorga borish uchun o’rinli sabab bo’lib siydikning hidi, rangi, miqdori buzilishi xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1) mymedic.uz

2) med360.uz

3) avitsenna.uz
Download 26.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar