Qadimgi Rim va Yunoniston



Download 62 Kb.
Sana18.12.2019
Hajmi62 Kb.
#30959
Bog'liq
197 Qadimgi Rim va
POWER POINTdesign, 5-6, 1motivation, Gulzoda, Оqimning аsоsiy gidrаvlik elеmеntlаri. Idеаl suyuqliklаrning hаrаkаt tеnglаmаsi(1), Оqimning аsоsiy gidrаvlik elеmеntlаri. Idеаl suyuqliklаrning hаrаkаt tеnglаmаsi(1), materialshunoslik, Kimyo-fanidan-ish-reja-2019, 0a9084ab27a04551f7b5daaa931a8985102d73cc, Axborot tizimlarining ta'minoti Reja (1), КУТУБХОНА, КУТУБХОНА, hazirgi qaraqalpaq tili. sintaksis, Dasturiy taminot informatika

Skachat.uz


Qadimgi Rim va Yunoniston
Tarix fanida "Antik dunyo"41 iborasi, odatda, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim, shuningdek, ellinistik davlatlar tarixiga nisbatan ishlatiladi.

Antik sivilizatsiya o`zining eng yuksak cho`qqisiga miloddan avvalgi I ming yillikda - yangi era I ming yilligining boshlarida erishgan edi.

Sivilizatsiyaning ilk o`choqlari va dastlabki shahar-davlatlar O`rta yer dengizi bo`g`ozida miloddan avvalgi III-II ming yilliklardayoq Sharq dunyosining muhim ta’siri ostida tashkil topgan.

Bolqon yarim orolining janubida va Egey dengizi qirg`oqlarida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda ilk shahar-davlatlarning, so`ngra esa ancha yirik davlatlarning tashkil topishi yunon-axayyaliklar tomonidan bu mintaqaning42 mahalliy tub aholisini (pelasglarni, minoylarni) bosib olinishi natijasi bo`lgan. Bu jarayonlar bir qator o`sib borayotgan yoki inqirozga uchrab borayotgan davlatlarni (Knoss, Miken podsholiklarini va boshqalarni) keltirib chiqargan.

Bu davlatlarning monarxiya xarakteriga ega bo`lganligi, ularda yirik davlat - ibodatxona xo`jaligi va jamoa yerlarining mavjudligi ushbu davlatlarni Sharq despotiyasiga o`xshash bo`lganligidan darak beradi.

Qadimgi Yunonistonda davlatning tashkil topishidagi muhim xususiyatlardan biri shunda bo`lgan ediki, bu jarayonning o`zi qabilalarning ko`chib o`tishi va aralashuvi munosabati bilan to`lqinsimon, uzilib-uzilib sodir bo`lgan. Masalan, Yunonistonga miloddan avvalgi XII asrda shimoldan doriy qabilalarining bostirib kirishi davlatning tashkil topishidagi butun bir tabiiy jarayonni orqaga uloqtirib tashlagan. Doriylar istilosidan keyin kelgan "qorong`i asrlar" (miloddan avvalgi XII asr - VIII asrning birinchi yarmi), keyin esa arxaik davr ellinlarni yana qabilaviy davlatchilikka va shahar-davlatchiligiga qaytargan.

Yunonistonda davlatning kelib chiqishi jarayonida ichki va tashqi omillarning o`ziga xos o`zaro qo`shilib ketganligini ko`rish mumkin. Antik dunyoda davlatchilik tashkil topishi jarayonining xususiyatlarini ko`p jihatdan tabiiy-geografik omillar belgilab bergan.

Antik polis o`zining ichki tuzilishi nuqtai nazaridan yopiq davlat bo`lgan. Faqat qullar emas, begona chet elliklar, hatto, boshqa yunon shaharlaridan chiqqan kishilar ham davlatdan tashqarida qolgan.

Miloddan avvalgi VI-V asrlarda bir necha yuz qadimgi yunon polislari ichida harbiy jihatdan ancha yirik va kuchli ikkita shahar-davlat: Afina va Sparta birinchi o`ringa chiqqan.

Miloddan avvalgi I asrga kelib Rimda ham polis tizimi tugagan.


2.    Antik dunyo davlatlarida huquqning umumiy va

o`ziga xos xususiyatlari
Huquq antik davrda fuqarolik jamiyatini va uning madaniyati elementlarini mustahkamlovchi omillardan biri sifatida birdaniga kamolotga va takomilga erishmadi. Huquq o`z rivojlanishining ilk bosqichlarida yuridik tex-nikasi va asosiy institutlarining ishlab chiqilishi darajasi bo`yicha Sharq mamlakatlari huquqiy tizimiga o`xshash bo`lgan. Antik Yunonistonda va Rimda huquqning rivojlanishi alohida polislar doirasida amalga oshirilgan va alohida shahar-davlatlarda demokratik institutlarning rivojlanish darajasi huquqda o`z aksini topgan Polis tizimining o`rnatilishi huquq ijodkorlik faoliyatining va uning asta-sekin diniy-mifologik niqoblardan xalos bo`lishi natijasi bo`lgan. Yozilmagan odatlar o`rniga yozma qonunchilik kelgan. Huquq, shunday qilib, antik dunyoda polis hayotini tartibga soladigan nufuzli va majburiy me’yorlar majmuiga aylangan.

Urf-odatlarni emas, balki qonunlarni huquq ijodkorligining asosiy shakli sifatida e’tirof etilishi (Yunonistonda) yoki ularni huquqning muhim manbalaridan biri sifatida o`rnatilishi (Rimda) odat huquqini kodifikatsiya qilish yo`li bilan amalga oshirilgan. Yunon an’analariga asosan huquqning bunday qadimiy kodifikatsiyalari Zalevka tomonidan Loqoada (Italiya), shuningdek, Xaronda tomonidan Katon (Sitsiliya)da o`tkazilgan edi. Shunga o`xshash huquq to`plamlari boshqa yunon shahar-davlatlarida ham, jumladan, Afinada miloddan avvalgi VII asrning oxirida (Drakont qonunlari) tuzilgan.

Afinada xalq majlislari tomonidan yangi demokratik qonunlarning qabul qilinishi tartibi miloddan avvalgi VI asrda Salon va Klisfen islohotlari bilan joriy qilingan. Rimda esa an’anaviy huquqiy odatlar qayta ishlanib, XII jadval qonunlarida yozib qo`yilgan. Bu qonunlarda, shuningdek, xalq majlislarining qarorlari qonun hisoblanadi, degan qoida nazarda tutilgan.

Salon aytganidek, jamiyat hayoti umum roziligi asosida qabul qilingan huquq va qonunlar bilan tartibga solinishi lozim. Yunon shahar-davlatlarida fuqarolar bolalik chog`idan boshlab qonunlarga va polisda o`rnatilgan tartiblarga bo`ysunish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalanganlar. Suqrot ta’qidlaganidek, polis qonunlari aql-idrokka borib taqaladi. Suqrot qonunlar hamma afinaliklar tomonidan so`zsiz bajarilishi lozimligini targ`ib qilgan.

Afinada, garchi qonun chiqarishning demokratik tizimi o`rnatilgan, huquq fuqarolar ko`z o`ngida akl-idrok va haqiqat bilan birga qo`shilgan, o`ziga xos huquqiy davlat tashkil etilgan bo`lsada, bu qullar va chet elliklar uchun emas edi. Huquqqa sig`inish va qonunlarni hurmat qilish yanada ko`proq darajada rim jamiyatida vujudga kelgan. Respublika qonunlariga so`zsiz amal qilish rimliklar uchun faqat yuridik majburiyat emas, balki sharafli ish hisoblangan. Rim respublikasining o`z huquqi va qonunlari bilan bog`liqligi mashhur rim yuristi Sitseron tomonidan Ham ta’qidlangan edi. Sitseronning ko`rsatishicha, davlat uning barcha a’zolarining umumiy manfaatlarini ifoda etuvchisigina emas, balki huquq masalalarida o`zaro kelishuv bilan bog`langan ko`p kishilarning birlashmasi hamdir. Shunday qilib, huquqiy davlat g`oyasi Rim respublikasidan ham boshlangan.

Shu narsa tasodif emaski, Rim jamiyatida qadimdan qonunlar muqaddas sanalgan, qadimgi dunyo uchun ancha takomillashgan huquqiy tizim ishlab chiqilgan. Bu huquqiy tizim yaxlit va keng qamrovli xarakter kasb etgan. Rim huquqi tarixda birinchi marta huquqiy bilimlarni aniq tizimga solingan, juda puxta ishlab chiqilgan namunasi sifatida maydonga chiqqan. Klassik rim huquqi - antik va butun qadimgi dunyo huquqi tarixidagi eng yuksak cho`qqidir. Antik dunyoning eng buyuk yutuqlaridan biri - rim xususiy huquqidir.

Rimda mansabdor shaxslarning va avvalo pretorlarning, shuningdek taniqli "klassik yuristlarning" kuchi bilan xususiy mulkchilikka asoslangan oddiy tovar-pul munosabatlarini yuridik tartibga solishning eng maqbul tartibni o`rnatuvchi huquqiy tizim yaratilgan. Uzoq davom etgan rivojlanish davomida erishilgan huquqning takomillashgan shakllari va mazmuni, mantiqiy asoslanganligi, qat’iy va aniq bayon qilinganligi uni keyingi davrlarda retsepsiya qilinishiga (andoza qilib olinishiga) sabab bo`lgan.

Rim huquqini ba’zi istisnolar bilangina quldorlik huquqi deyish mumkin, chunki u butun antik dunyoda klassik qullik juda rivojlangan bir sharoitda paydo bo`lgan. Shu bois mazkur tarixiy sharoitlar huquqda o`z ifodasini topmasdan iloji yo`q edi. Lekin, shubhasiz, rim huquqining asosiy mazmunini quldorlik emas, balki uning nozik yuridik texnikasi oldindan belgilab bergan.

Rim davlati tarixining ilk bosqichlarida ham jamiyatda patriarxal turmushning ko`pgina elementlari saqlanib qolgan bir sharoitda, tovar-pul munosabatlari uncha rivojlanmagan bir paytda, rim huquqi an’anaviyligi, ras-iyatchiligi va iqtisod oborotini to`xtatib turgan murakkab odatlari bilan ajralib turgan. Rimning shahar-respublikasidan asta-sekin yirik sivilizatsiyaga aylanishi faqat qulchilikning o`sishi natijasi emas, balki tovar ishlab chiqarishning, oqibatda, butun qadimgi dunyo tarixida eng murakkab bo`lgan bozor xo`jaligining tashkil topishi natijasi bo`lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ana shunday murakkab va muhim tomonlarini endi qadimgi eski huquqiy tizim bilan tartibga solib bo`lmas edi.

Xususiy mulkchilikning kuchi va unga asoslangan tovar oboroti eskirgan va qiyinchilik tug`dirayotgan huquqiy shakllarni sindirib tashladi. Ularning o`rniga yangi va texnik-yuridik jihatdan takomillashgan, nozik bozor munosabatlarini tartibga solishga, rivojlangan fuqarolar jamiyatining boshqa ehtiyojlarini qondirishga qodir huquq yaratilgan. Aynan shunday ko`rinishda rim huquqi turli tarixiy sharoitlarda qo`llanadigan universal huquqiy tizim bo`lib qolgan. Rim huquqi bilan birga sivilizatsiya tarixiga ulkan madaniy qimmatga ega bo`lgan rim yurisprudensiyasi ham kirgan. Rim yurisprudensiyasi asosida yuridik kasb tug`ilgan, unga mos ravishda esa maxsus huquqiy ta’limga asos solingan.

Rivoyatlarga ko‘ra Qadimgi Rim miloddan avvalgi 754-yilda bir necha qishloqlardan iborat bo‘lgan. Milloddan avvalgi III asr o‘rtalarida Rim butun Apennin yarim orolini o‘ziga bo‘ysundirgan. U keyinchalik Yevropaningg‘arbiy vajanubiy-sharqiy qismi, Kichik Osiyo, Shimoliy Afrika sohillari, Suriya va Falastinni o‘z ichiga olgan davlat hisoblanadi.

Qadimgi Rim madaniyati dunyo madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Qolaversa, Rim madaniyatisiz jahon madaniyatini to‘liq tasavvur etish qiyin.

Antik davr Rim madaniyatining vujudga kelishi va shakllanishi hamda keyingi yuksak darajaga ko‘tarilish jarayoniga e’tibor bersak, o‘zidan oldin rivojlangan ikki tarixiy-madaniy jarayonning roli o‘ta muhim bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Qadimgi Rimda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi V asrda ibtidoiy maktablar yuzaga kela boshlagan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4-5-yil o‘qitilgan. Uyda va maktabda lotin, Yunon tillari, yozish, o‘qish, hisob o‘rgatilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda o‘qituvchi yollab o‘qitilgan, keyinchalik maktablarda ta’lim berishning yangi tizimi shakllangan. Imperator Mark Avreliy davrida (II asrda) Afinada Oliy maktablar tashkil etila boshladi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning g‘arbiy viloyatlarida ham vujudga keldi. Respublika davrida ta’lim shaxsiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, ammo imperiya davrida nazorat ostiga olindi. O‘qituvchilar davlat xizmatchilari bo‘lib, maosh oladigan bo‘ldilar. 362-yildan boshlab o‘qituvchilarni imperator tasdiqlagan.

Rim shahar-davlat (polis) dan yirik O‘rta dengiz davlatiga aylangach, murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa Yunon ilmiy va madaniy markazlari ham shu davlat tarkibiga kirib, etrask, Yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari ta’sirida boyidi.

Qadimgi Rim madaniyatida din va mifologiya alohida o‘rin tutadi. Bu yerda ko‘plab xudolarga e’tiqod qilish an’ana bo‘lgan. Kishilar turli narsalarning masalan, buloq, o‘rmon, daraxt, joy-larning va ekinlarning ilohiy homiysi-ma’budasi mavjud, deb

ishonganlar.

Bu ma’buda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrask va yunon dinlari ta’sirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilinib turilgan.

Miloddan avvalgi I va milodning birinchi asrlaridan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sig‘inish joriy qilindi. Milod birinchi asrining oxiriga kelib Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi shaharlarda va Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida xudo Yaxva va’da qilgan missiya (xudoning maxsus vakili-grekcha „Xrestos") kelibdi, degan xushxabar tarqaladi va bunga ishongan kishilar guruhi paydo bo‘ladi. Keyinchalik xudo yuborgan vakilni Yerusalim kohinlari xochga mixlab qatl qilganini, so‘ngra u uch kundan keyin tirilib arshi-a’loga chiqib ketganmish, u xudoga aylanibdi, mahshar kuni - qiyomat-qoyimda yana qaytib kelib adolatni tiklarmish, o‘lganlarni qayta tiriltirib, zolimlarni jazolar-mish, degan mish-mishlar tez tarqala boshlabdi. Milodning 30-yillariga kelib vovuzlik qilib yurgan „Xudo farzandi" Iusis Xristos (Iso payg‘ambar) to‘g‘risidagi qissalar paydo boiadi. Shunday qilib, Rim imperiyasi hududida Yangi din-xristianlik dini yoyila boradi.

Shu narsani anglash lozimki, Rim imperatori Konstantin 313-yili diniy-e’tiqodlar erkinligi to‘g‘risida Edikt (qonun) chiqarib xristian dinini davlat diniga aylantiradi. Milodning IV asrida xris­tianlik tez tarqalgan bo‘lsa-da, qadimgi madaniyat va mafkura so‘nggi Rim imperiyasining madaniy va siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.

Qadimgi Rim madaniyatining rivojlanishi teatr san’ati taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Teatr san’atining paydo bo‘lishi esa ommaviy bayramlar, xususan, hosil bayrami bilan bog‘liqdir. Miloddan avvalgi 300-yillarda xalq hajviy tomoshalari bo‘lgan atellanalar ko‘pincha doimiy 4 personajdan iborat bo‘lgan. Bunday tomoshalar avval niqob kiyib olgan yoshlar, keyinchalik profes­sional artistlar tomonidan ijro etilgan.

Miloddan avvalgi II-I asrlarda quyi tabaqalarga mansub Rim fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar ko‘rsatila boshlandi. Eng dastlabki tosh teatr binosi miloddan avvalgi 55-52-yillarda qurildi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat bo‘lib, ular truppalarga uyushganlar, erkaklar ayol rollarini ham ijro etganlar.

Keyinchalik Rim teatr san’atida raqs usullaridan foydalanish ommalashdi, siyosiy, maishiy mavzularga oid asarlar yuzaga kela boshladi. Asta-sekin kichik ko‘rinishdagi asarlar murakkab sujetli spektakllarga aylana bordi. Imperiya davrida badiiy dramalar o‘rniga qon to‘kiladigan tomoshalarga ehtiyoj kuchaydi. Rim madaniyatini musiqa san’atisiz tasavvur etish mushkul. Ellinizm madaniyati ta’sirida rivojlangan Rim musiqasida tantanavor to‘y, ziyofat, diniy marosim qo‘shiqlari ko‘p bo‘lgan. Imperiya davrida poytaxtga ko‘p mamlakatlardan ijrochilar (Yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar) to‘plangan edilar.

Rimda puflama sozlardan tibiya, buksina, tuba kabilar, kifara, arfa tipidagi psalterium, trigonon, sambika, lira kabi torli sozlar xalq orasida juda mashhur bo‘lgan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari orkestrlar jo‘rligida duxovoy orkestri

bo‘lgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazib turilgan.

Shuningdek, Rimda me’morchilik, tasviriy va amaliy bezak san’ati ham kuchli taraqqiy etgan. Rimdagi ushbu san’at turlarida realizm kuchli bo‘lgan, ularda qadimgi Yunoniston san’atidagidek afsonalar emas, balki, tarixiy shaxslar, real voqealar ko‘p bo‘l­gan.

Rim san’atining qadimgi davrida Etruriya san’atining ta’siri kuchli bo‘lgan. Binolar qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib barpo etila boshlandi. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab betondan foydalanish boshlandi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda tomosha-xonalar,teatrlar takomillashtirildi, tamoshabinlar o‘tiradigan joylar tomosha ko‘rsatadigan maydon galeriya, zinapoyalar bilan sahnadan, ajratildi.

Qadimgi Rim tasviriy san’atida miloddan avvalgi III-I asrlarda portret haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi va respublika davrida xorijiy mavzularda relflar ko‘p ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash san’ati yuksaldi.

Shu narsa muhimki, Qadimgi Rim me’morchiligining yuksak ravnaqi Imperiya gullab yashnagan davrga to‘g‘ri keladi. Binolarning monumentalligiga ahamiyat berildi, imoratlar, haykaltaroshlik, rassomlik san’ati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Rim me’morchiligi Imperator shaxsini ulug‘lashga xizmat qildi. Birinchi asr o‘rtalarida saroylar o‘ta hashamatli qilib qurildi. Ulkan gumbazli pantion kabi ulug‘vor binolar yirik amflteatrlar bunyod etildi. Imperatorlardan Trayan davrida haykallarda qahramonlik ko‘proq ifodalangan bo‘lsa, Adrian va Antonin hukmronligi yillarida obraz-larda ruhiy-psixologik teranlik ko‘zga tashlanadi.

Xulosa qilib aytish lozimki, Qadimgi Rim madaniyati antik davr madaniyatining bir qismi hisoblanib, keyingi davr Yevropa xalqlari madaniy hayotining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Rim davlatining kuchayishi va ko‘plab hududlarni istilo qilishi eng avvalo lotin tili va Italiya xalqlari urf-odatlarining keng tarqalishiga olib kelgan. Ikkinchidan, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan ko‘plab shaharlarda Rim me’morchiligi asosida mahobatli ibodatxonalar, teatrlar, saroylar, amflteatrlar, sirklar qurila boshlandi. Uchinchidan, lotin tilining keng ko‘lamda yoyilishi natijasida italyan, fransuz rumiy va zamonaviy tillar yanada boyib borgan. Umuman, qadimgi Rim madaniyati jahon sivilizatsiyasining muhim bo‘-g‘inlaridan hisoblanadi va uning jahon madaniyatiga ta’siri hozirgacha ham salmoqlidir.




4


4


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti