Qadimgi Rim sivilizasiyasi Reja: Rim sivilizasiyasini mustaqil sivilizasiya Rimning ilk davri



Download 32,96 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2022
Hajmi32,96 Kb.
#436356
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Rim


Qadimgi Rim sivilizasiyasi
Reja:
1. Rim sivilizasiyasini mustaqil sivilizasiya
2. Rimning ilk davri.
3. Rim jamiyati.
4. Rimning arxaik davri madaniyati.
5. Rimliklar tasviriy sanatda ham ilm-fan sohasidagi yutuqlari.
Rim sivilizasiyasini mustaqil sivilizasiya yoki antik davr sivilizasiyasi sifatida talqin etish lozimmi degan ilmiy qarash mutaxassislar o’rtasida baxsli hisoblanadi. Taniqli madaniyatshunos olimlar O.Shpengler, A.Toynbilar rim sivilizasiyasini mustaqil sivilizasiya ekanligini inkor etib, uni antik davr sivilizasiyasi tarkibiy qismi sifatida etirof etishdilar. Sababi, Rimning ravnaqi, antik davr inqirozli holatiga to’g’ri kelib, faqatgina imperiya, harbiy sanat, texnikasining rivoji bo’lgan, manaviyat hayotda o’ziga xoslik bo’lmagan. Antik davrning juda mashhur ikki millati ruhi oliy darajada mumtozligi va alohidaligi bilan ajralib turadi. Gap shundaki, yunonlar faqat o’zlariga tan berishgan bo’lsa, rimliklar o’zlari va yunonlarga ishonardi. Buning natijasida fikr toraydi va bir-biriga o’xshab qoldi. Bu ikki millatning aql-tafakkuri, obrazli qilib aytganda, “qarindosh-urug’ o’rtasida tuzilgan nikoh”dek bir-biri bilan chatishib ketdi. Oqibatda esa, fikr pushtsizligi va nasl buzilishi vujudga keldi. Sezarlarning mustabidligi, imperiyaning boshqa xalqlariga nisbatan bepisand munosabati zulm va yomonliklarni kuchaytirib yubordi. Iso Masih tug’ilgandan keyingi III asr oxirida insoniyat kelajagi juda nursiz ko’rinish oldi. Ilm-fan filosofiya, poeziya, sanat greklardan o’zlashtirilib olingan deya sivilizasiyaning mustaqil ekanligini rad etishadi, boshqa bir tadqiqotchilar, xususan S.L.Utchenko kabilar. Aksincha, rimliklar o’zlarining original sivilizasiyasini yaratishganlar deya hisoblashadilar. Bu sivilizasiya Rim fuqorolik jamiyatida demokratik tamoyillar, patrisiy va plebeylar o’rtasidagi kurash, tinimsiz urushlar jarayonida ulkan saltanatni bitta poytaxt- Rim shahri orqali boshqarilishi asosida shakllandi. Shu jarayonda rimliklarda Vatanga sadoqat, o’z xudolariga ishonch, milliy g’urur shakllandiki, bu esa bir qator g’alabalarga olib keldi. Shu omillar tasirida Rim sivilizasiyasi ilk bosqichi, kurtaklari shakllandi. Keyinchalik imperiya vaqtida Rim-grek madaniyati sintezi yuzaga keldi. Rimliklar greklar filosofiyasini, grek adabiyoti, sanati uslublarini o’zlashtirdilar, ular mazmuniga o’zlarinikini singdirdilar, shu yangi yondashuv asosida o’z dunyoqarashlarini yaratdilar. Rim provinsiyalvrida, Ellinlar davlatida Rimliklar siyosati, fuqora majburiyati va burchlari to’g’risida, Rimliklar tushunchasi, qonunlari ahamiyati singdirildi. Antik davr sivilizasiyasi so’nggi bosqichlarida ikki komponent ham Rim, ham Gresiya teng holda rol o’ynab, Vizantiya, G’arbiy Yevropa, slavyan xalqlari sivilizasiyalariga asos bo’lishdilar.

Download 32,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish