Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatinmg shakllanish jarayonlari Dars maqsadi



Download 81 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi81 Kb.
#18926

Aim.uz

Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatinmg shakllanish jarayonlari
Dars maqsadi: Talabalarda Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati haqida tushuncha hosil qilish, ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash.

Reja:

1.Qadimgi xalq og’zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarida Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti, urf-odatlarining yoritilishi.

2.»Avesto»’ - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi

3.Islom va ma’naviyat.

4.Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan so’fiylar va mutafakkirlarning shaxs ma’naviy kamoloti haqidagi ta’limotlari.

1-masala bayoni. Mazkur masala bayonini o’qituvchi, avvalo, milliy ma’naviyatimiz takomili bosqichlarini bayon etishdan boshlashini masalahat beramiz.

Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma’naviyati takomil bosqichlari bu o’lka xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lib, ushbu sahnda yuz beruvchi hodisa sanaladi. Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o’ta murakkab va ko’p ming yillik ma’naviy takomilimiz jarayonida asosiy bo’g’inlarni tashkil etib, o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va ko’p ming yillik takomilimiz jarayonidan asosiy bo’g’inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma’naviyatimiz rivojlanishi bosqichi haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Ko’pgina tadqiqodchi-larning shu jumladan M.Imomnazarovning bu boradagi fikrini qo’llab, unga qo’shilib milliy ma’naviyatimizning necha ming yillik tarixiy uch yirik davrga ajratib ko’zdan kechirishni ko’p jihatdan maqbul bildik:

1.Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti.

2.Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma’naviyatimizning o’rni va mavqei.

3.Yangi davr jahon madaniyati va milliy ma’naviyatimiz takomili masalalari.

Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma’naviyat va ma’rifati haqidagi ma’lumotlar asrlardan asrlarga o’tib hozirgacha saqlanib qolgan mif, afsonalar va qadimiy yozuvlarda saqlanib kelayotir, O’rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda bo’lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, hayvonlar va qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi miflar bo’lib ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik, yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo’yilgan. Shu asosda baxt o’lkasi va baxtsizlik degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi kurash mifalogik obrazlar Mitra, Anaxita, Qayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bular haqidagi miflar biz keyingi masalada ko’rib o’tadigan zardushtiylikning «Avesto» kitobiga ham kirgan.

Qadim O’rta Osiyo aholisi yaratgan og’zaki adabiyot yodgorliklari orasida qahramonlik eposi katta va muhim o’rin tutadi. Ularda xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy o’rinni egallaydi. Chunonchi, To’maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi xalq og’zaki eposlarida vatanparvar va fidokor bahodirlarning monumental obrazlari yaratilgan.

«To’maris» eposida O’rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilariga eramizdan avvalgi VI asrda bu o’lkaga bostirib kirgan eron ahmoniylari shohi Kirga qarshi massaget qabilalarining qahramonona kurashi aks etgan. Kir qo’shini tor-mor etilib, uning o’zi esa 529 yilda jang maydonida o’ldiriladi, kallasi tanasidan judo etilib, qon bilan to’ldirilgan meshga solinadi.

«Shiroq» eposi ham O’rta Osiyo xalqlarining chet-el bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashini aks ettiradi va vatanparvarlik, jasorat, vatan va o’z xalqi baxt-saodati yo’lida fidoyilik qilishga shay, tayyor turish kabi yuksak ma’naviylik sak qabilasining cho’poni Shiroq timsolida gavdalangan.

Yuqoridagi har ikkala xalq og’zaki ijodi namunalari zaminida haqiqiy tarixiy faktlar yotadi.

To’maris va Shiroq xalq qahramoni bo’lib, o’z xalqi va vatani uchun jonini ham ayamaydigan buyuk va betimsol mardlik va jasorat namunasi sanaladi. Ularga ham qoyil qolib havas qilamiz.

Qadimiy turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklardan bizgacha O’rxun-Enasoy va uyg’ur tilidagi yodgorliklar saqlanib qolgan. O’rxun-Enasoy yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bo’lib, ulardan Qul-Tegin Bilga-qoon Tunyuquk qabr toshlariga o’yib yozilgan tekistlar ayniqsa ahamiyatlidir. Bu yozuvlarni turkiy run yozuvi ham deb yuritiladi. Run yozuvi «yashirin», «sirli» yozuv demakdir. Chunki ularni ancha vaqtgacha o’qishning iloji bo’lmagan.

Qul-Tegin Bilga-qoon (ulug’ xoqon demakdir) ning ukasi bo’lib, 732 yili vafot etgan. U urushlarda zo’r qahramonlik koTsatgan. Qul-Tegin qabr toshida Bilga-qoonning tilidan aytilgan judolik qayg’usi marsiyasi badiiy til vositasida ifodalangan. U o’z ukasining vafotidan juda qayg’uga tushadi. Chunonchi: agar Qul-Tegin bo’lmasa edi, hammangiz halok bo’lur edinglar. Mening inim Qul-Tegin o’ldi, men qattiq qayg’urdim, ko’rar ko’zlarim ojiz bo’ldi, aql- fahmim o’tmas bo’lib qoldi, o’zim qayg’urdim. Qismatni ko’k samo (xudo) taqsim qiladi, odam bolasi o’lish uchun tug’ilgan... kabi so’zlar yozilgan.

Qul-Tegin qabr toshi yozuvi turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, qabila xalqlarining urf-odatlari, tili va mafkurasi bilan tanishtiruvchi manbadir. Qadim O’rta Osiyoda astronomiya, geometriya, geodeziya, matematika, fizika, meditsina fanlari rivoj topgan. Bizga qadar saqlanib qolgan so’g’d kalendari va Beruniy asarlaridagi ma’lumotlar bu o’lkada ayniqsa, astronomiya fani rivoj langanidan darak beradi.

O’rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardayoq sug’orish inshootlari qurganlar, kanallar ochganlar, chig’ir va koriz usuli bilan suvsiz yerlarga suv chiqarganlar, albatta bular kishilardan ma’lum tajriba va bilimni talab etgan.

Shunday qilib, bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyo qadimiy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat o’chohlaridan biribo’lgandegan xulosa chiqara olamiz.



2-masala bayoni. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo’lib, karomatgo’y bo’lgan ekan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ’ib etgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ’ibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga hukm etadilar. Zardusht o’zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Afg’oniston tomonga yo’l oladi va o’z g’oyalarini targ’ib etadi. U 77 yil umr ko’rgan.

Zardushtiylikning paydo bo’lishi eramizdan oldingi X asrga to’g’ri keladi. Uning muqaddas kitobi «Avesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Zardusht «Avesto»ning qadimiy nusxalarini o’rganib, to’plab bir kitob holiga keltirgan. U 30 ta kohin bilan uch yil davomida «Avesto»ning bilimlarini yig’ib bir tizimga solgan va 12 ming ho’kiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan.

«Avesto» quyidagi besh qismdan iborat:


  1. Vendidod - 22 bobdan iborat bo’lib, unda Axura Mazda yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bay on etiladi.

  2. Visparad - 24 bobdan iborat bo’lib, ibodat qo’shiqlaridan tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuylar kuylanadi.

  3. Yasna - 72 bobdan iborat bo’lib, qurbonlik vaqtida marosimda aytiladigan qo’shiqlardan tashkil topgan.

4. Yasht-22 qo’shiqdan iborat bo’lib, Zardush-tiylik ma’budalarining madhi kuylanadi.

5. Hurda «Avesto» – Kichik «Avesto» - Quyosh, oy va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.

Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» haqida qisqa ma’lumot berdik. Bu kitobning ko’p qismi Iskandar Zulqarnayn va arab-lar istilosi davrida yo’qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko’chirilgan bo’lib hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.

Zardushtning o’zi tarixiy shaxs ekanligi ham munozarali, bahsli masala. Biz ayrim mualliflar fikriga qo’shilib, unga tarixiy shaxs sifatida yondoshdik.

Zardusht sariq tuya mingan, degan ma’noni anglatadi. «Avesto» ta’limotiga ko’ra, olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud bo’lib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar. Yaxshilik va yorug’lik kuchlariga Axuramazda boshchilik qiladi. Bu kurashda yorug’likning zulmat, yaxshilikning yomonlik ustidan g’alabasiga ishonch bildiriladi.

Endi zardushtiylikda va uning muqaddas kitobi «Avesto»da ma’naviyat va ma’rifat masalalari va ularni bizning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz.

«Avesto»da mehnat nihoyatda ulug’lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-ne’matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo’lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o’z qo’li bilan noz-ne’matlar yaratishi uqtiriladi. «Avesto»da don ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg’a suradi. Imonni oziqlantirib turadi...», deyiladi. Bunga amal qilish o’n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish - yerdagi yovuzlikni yo’qotishdir, deb qaraladi. «G’alla yerdan unib chiqqanda, - deyiladi «Avesto»da devlar larzaga keladi, g’alla o’rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g’alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo’ladi...» deb mehnat ulug’lanadi.

«Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi fikr, Gugta - yaxshi so’z, Gvarshta - yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», - deb ta’kidlaydi Axura Mazda.

Yaxshi fikr deganda yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.

Yaxshi so’zlar deganda esa o’z va’dasiga rioya qilish, so’zining ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo’lishga, qarzini o’z vaqtida to’lash, o’g’rilik va talonchilik qilmaslik, buzug’likdan o’zini tiyish va hokazolar tushunilgan.

Yaxshi ishlar deganda insonning o’z hatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so’zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo’1-yo’riqlarga og’ishmay amal qilish nazarda tutiladi.

«Avesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e’tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug’, aka-ukaning quda anda bo’lishi qoralangan.

Xulosa shuki, «Avesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma’naviy merosi, izlari o’z aksini topgan. Unda johillik, zo’ravonlik, tuhmat kabi yomon xislatlar qoralanadi. Sof ko’ngilli bo’lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini aldamaslik, haqorat qilmaslik kabi ma’naviy xislatlar targ’ib etiladi.

3-masala bayoni. Islom dini ko’p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar, musulmonlar jahonda qariyb bir milliard to’rt yuz million kishini tashkil etadi.

«Islom» so’zi arabcha bo’lib, «xudoga o’zini topshirish», «Itoat», «Bo’ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar - «Muslim» deb ataladi. Uning ko’pchilik shakli «Muslimun» bo’lib, o’zbeklarda «Musulmon», qirg’iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.

Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg’ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo’lgan hoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach 622 yilda o’z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko’chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yilda musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.

630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo’liga o’tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vafotidan keyin uning o’rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O’rta Osiyo yerlari - Movarounnahr, (daryo ortidagi yeriar) VIII asr boshlarida VIII asr o’rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy OsiyodaIslom mintaqa mada-niyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi.

Islom diniy ta’limotining asoslari - Qur’on va Hadis to’plamlarida, shuningdek, VIII -XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.

Ilohiyotda Islom dini uch elementdan - iymon, islom, ehsondan iborat deb e»tirof etilgan. Iymon 7 ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, taqdirning ilohiy-ligiga va o’lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o’z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima keltirish, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.

Islomning kishilar ongi va turmush tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o’rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik - xatna, ro’za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mayjud bo’lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig’inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.

Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to’plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muhammad alayhissalomning so’zlari, qilgan ishlari va faoliyatlari hamda sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.

Hadisi shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish, asosan payg’ambarlarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan.

Islomda axloqiy-huquqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariat qonun-qoidalari Qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar «Hidoyat», «Viqoya», «Muxtasari hidoya», «Muxtasari viqoya» nomli kitoblarda jamlangan.

Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo’lgan axloq-odob fikrlarning mukammal to’plamidir.

Yuqoridagi inson ma’naviyati xususiyatlari kabi masalalarni mazkur kursning uchinchi bobida alohida mavzularda ko’rib chiqish nazarda tutilgani sababli ular haqida ushbu ma’ruza davomida batafsil to’xtab o’tishni lozim topmadik. Hadislarda axloqiy kamolot masalalarida aytilgan ba’zi fikrlardan namuna keltirish bilangina cheklandik xolos.

• Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg’on so’zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilishdir;

• Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting;

• Haqqingizga xiyonat qilgan kishga siz xiyonat qilmang;

• Qachonki bir gunoh qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish qiling.

Qur’oni Karimda «Ilm» so’zi asosida «Alima» - bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg’ambarimiz Muhammad alay-hissalomga ilk nozil bo’lgan oyat ham «Ikra ...» «O’qi» so’zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: «O’qi! Sening o’ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatadi» deb nozil qilingan. Ko’rinadiki, islom e’tiqodi avval boshdanoq insonni o’qib-o’rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab yetishiga targ’ib etadi.

Islom ma’naviyatida insoning yer yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Qur’oni Karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga yer va osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tiladi.

Al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Beruniy, G’azzoliy, Hamadoniy, G’ijduvoniy va boshqa ulug’ zotlarning hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi, e’tiqod-iymonining pokligi bilan bizlarga ibratdir. Bularning hammasi ko’rsatadiki, dindorlik ham ma’rifatni, yuksak ma’naviyatni talab qiladi.

Kishi qancha chuqur ilm egasi bo’lsa, olam va odam mohiyatini anglasa, uning Ollohni anglashi, iymoni ham shuncha mustahkam bo’ladi.

Xullas, islom barcha mo’minlarni to’g’ri yo’lga chorlovchi, insonparvar din ekanligini anglab yetishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyada foydalanish zaruratiga to’g’ri yondoshamiz.

4-masala bayoni. Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga chuqur ta’sir o’tkazgan tasavvuf (sufizm) ta’limoti VIII asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik - bu dunyo hoyu-havasidan voz kechish) harakati ko’rinishida bo’lib, Bag’dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan.

Asli tasavvuf so’zi «So’fiy» so’zidan, «So’fiy» so’zi esa arabcha «Suf» so’zidan yasalgan. Suf deb arablar jundan bo’lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda sufiylik yo’lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turishi uchun jundan tikilgan chakmon (u xirka deb ham aytilgan) yoki po’stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya’ni so’fiylar deb ataganlar. So’fiy boshqa odamlardan o’zini роk va g’aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo’lishi va faqat ilohiy ruhga qo’shilishini maqsad qilib qo’yishi bilan tubdan farq qiladi.

Tasavvuf - so’fiylik insonni o’rganar ekan, avvalo, kishining ko’ngliga, diliga tayanadi, ko’ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko’ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.

Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo’lgan. Xoja Hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abdulloh G’ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yo’lining rahnamolari bo’ldilar.

Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o’rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.

Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida hur fikrlikka keng o’rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o’z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko’pchilik bilan baham ko’rish, faqirona hayot kechirish hammaga yaxshilikni ravo ko’rishni afzal bilganlar.

Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yo’q, shuning uchun agar aybsiz do’st axtarsak do’stsiz qolamiz, - der edilar.

Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo’lgin va odamlarga yorug’lik ber, o’zing esa qorong’uda bo’l, degan ekanlar.

Xoja Bahouddinning «Ko’ngil Ollohda bo’lsinu, qo’ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.

Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o’nta bo’lib, ularda bu tariqat yo’lini tutgan so’fiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo’lishi ko’rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo’lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, makr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat -shahvoniy hirslarga berilmaslik g’oyalari ilgari suriladi.

Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini, ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.

Prezidentimiz aytganidek, har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo’lishimiz lozim. Bu mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo’lmogi lozim. «... muqaddas dinimiz sha»niga dog’ tushirmoqchi bo’lgan, undan g’arazli siyosiy maqsadlarda foydalanishni istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hech qachon murosa qilolmaymiz».

Har bir fuqaro shuni anglab yetishi kerakki, O’zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida o’ziga xos va mos yo’li bo’lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham o’z yo’li bor. Bu o’ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga munosabatimizda, ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko’rishimiz mumkin. Bu yo’l Prezidentimiz asarlarida bayon qilib berilgan. Uning mohiyati, mo’tadil dindorlik, islom ma’rifatini rivojlantirish, ichki-botiniy olamni poklab, Ollohni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu irfon bilan kamolot sari borish, o’z merosiy qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam olg’a borish.

Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yo’lini turli unsurlardan asrash, ularga berilmaslik lozim.
Tayanch so’z va tushunchalar:
Qadimda xalq og’zaki ijodi: afsona, rivoyat, ertak, doston; To’maris, Shiroq, Alpomish; Qadimgi yozma bitiklar - O’rxun-Enasoy; Zardushtiylik; «Avesto»; yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ish: moniylik; mazdakizm va ijtimoiy adolat. Islom, musulmon, Muhammad, Makka, Madina, Qur’on, Hadis, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, iymon, diniy va dunyoviy iymon, halol va harom, beshikdan to qabrgacha ilm izla, ilm ibodatdan

Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. 26-bet..


Takrorlash uchun savollar:
1. O’rta Osiyo xalqlarining qanday afsona, rivoyat va dostonlarini bilasiz?

2.O’rta Osiyo xalqlarining vatanparvarlik mavzusidagi qanday xalq og’zaki ijodi namunalarini bilasiz?

3. «Avesto»da inson axloqi, odobi, ma’naviyatini ifodalovchi tayanch g’oyalarni izohlang.

4. «Avesto»da tabiatga, hayvonlarga muno-sabat qanday bayon qilingan.

5. «Avesto»da sog’lom avlod masalalari qanday ko’rib chiqilgan?

6.Moniy va Mazdak ta’limotlaridagi ma’naviy masalalarni izohlang.

7. Islom dini haqida nimalarni bilasiz?

8. Qur’on va Hadis qanday kitoblar?

9.Islom dinida inson ma’naviyati masalalari qanday talqin qilingan?

10.Islom dinining ilmga munosabatini izohlang?

11.Tasavvuf qanday diniy ta’limot? Uning mohiyatini izohlang.

12.Tasavvuf inson uchun eng katta yov deb nimani tushunadi.

13.O’rta Osiyolik qanday buyuk so’fiylarni bilasiz?

14.Dil ba yoru dast bakor iborasining mohiyatini izohlang.

15.Diniy aqidaparastlik deganda nimani tushunasiz? Uning jamiyatimiz uchun xavfi nimada.

16. O’zbekiston mustaqilligi va dinga, diniy qadriyatlarga munosabatdagi o’zgarishlarni tushuntirib bering.



Adabiyotlar:

  1. Karimov.I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “O’zbekiston”, 2011.

  2. Karimov.I.A. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan tantanali majlisdagi nutqi. «Xalq so’zi» gazetasi. 2011 yil 2 sentabr.

  3. Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., "Ma'naviyat", 2008 yil.

  4. «Тinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo’lidagi xamkorlik». O’zbekiston Respublikasi Тoshkent shahrida 2010 yil 11 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHТ) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi, o’ninchi majlisidagi nutq. «Хalq so’zi», 2010 yil 12 iyun. №116.

  5. Karimov.I.A. «Eng asosiy mezon hayot haqiqatini aks ettirish» T., "O'zbekiston", 2009 yil.

  6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Hazrati Imom jamoatchilik jamg'armasini qo'llab quvvatlash to'g'risida. 2007 yil, 20 fevral

  7. Karimov.I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., "O'zbekiston", 1997 yil.

  8. Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T., "O'zbekiston", 1998 yil.

  9. Karimov.I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin T., "O'zbekiston", 1998 yil.

  10. Karimov.I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T., "O'zbekiston", 2000 yil.

  11. Sagdullayev A Qadimgi O'rta Osiyo tarixi. T., "Sharq", 2004 yil.

  12. Ijtimoiy himoya yili: mazmun va mohiyat. Ma'sul muharrir Sultonmurod Olim. T.,2007.

  1. Uvatov.U. Az-Zamaxshariy asari Irlandiyada. Xalq so'zi, 2006 yil 21 mart.

  1. R.Ro'ziyeva. «Zardushtiylikning dunyo dinlariga ta'siri» «Jamiyat va boshqaruv» 2/2009 105 bet.

  2. A.Ashurov. O'zbek xalqining turar joylar bilan bogliq urf-odatlarida diniy e'tiqodlar simbiozmi. O'zbekiston tarixi jurnali 3/2007 56-68 bet.

  3. M.Hojiyeva, M.Ayitboyev. «Diniy e'tiqod erki» «Jamiyat va boshqaruv» 2/2009 99 bet. «Jamiyat va boshqaruv». 2/2009 30 bet.




Aim.uz


Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish