Psixologiya kafedrasi



Download 334 Kb.
bet1/5
Sana28.06.2017
Hajmi334 Kb.
#18789
  1   2   3   4   5


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
KUNDUZGI BO’LIM
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
Ummatova Sitora

BITIRUVChI TALABALARDA MEHNATGA QOBILIYaTLILIK DINAMIKASINI O’RGANISh

5140800 – Pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozilgan




BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: dos. Salaxutdinova M.I.

Bitiruv malakaviy ishi psixologiya kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2012-yil «___»-maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma № __).


Kafedra mudiri: dots.A.Saidov
Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2012-yil ___ iyundagi majlisida himoya qilindi va _____ foizga baholandi (bayonnoma № ___).

YaDAK raisi:
A’zolari:
SAMARQAND – 2012

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. MEHNAT PSIXOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI

I.1. Professiografiya mazmuni va ahamiyati………………………………. 9

I.2. Kasbni psixologik o’rganish metodlari………………………………… 12

I.3. Mehnat motivlari………………………………………………………..16

I.4. Mehnat faoliyati diagnostikasi…………………………………………..19
II BOB. TALABALARNING KASBGA QIZIQISHLARINI O’RGANISH

II.1. Bo’lajak psixologlarning mehnat faoliyatiga tayyorligi……………….22

II.2. Bo’lajak ichki ishlar idoralari xodimlarining mehnat faoliyatiga tayyorligi…………………………………………………………………….33

III BOB. KASBGA TAYYORLIKNI O’STIRISH METODLARI

III.1. Kasbiy-psixologik trening va uning asosiy shakllari………………..39

III.2. Psixologik tayyorgarlik – talaba kasbiy ko'nikma va malakalarini shakllantirishning asosi………………………………………………………43


XULOSA ………………………………………………………………………...48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………..51
ILOVALAR………………………………………………………………………..54

KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati asosida jahon miqyosida raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish – yetakchi, ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish, uning huquqiy, qonuniy asoslarini tashkil etish maqsadida 1991 yil 31 avgustda «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Bugungi kunda fan va ishlab chiqarish integrasiyasini amalga oshirish maqsadida innovasion korporativ shartnomalar va ushbu yo’nalishdagi ishlarning amalga oshirilishi – barchasi yuqori saviyadagi kadrlarni yetishtirish va ularning mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Mehnat va kasb psixologiyasini o’rganish ishlab chiqarish mahsuldorligining ortishi, talantlarning kashf etilishi, kashfiyotchilikning rivojlanishi va o’z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga yo’l ochadi.

Talabalarning mehnat faoliyatiga tayyorligini yoki ularning o’z bo’lajak kasblariga munosabatlarini psixologik jihatdan o’rganishdan maqsad talabalar muhiti, ularga ta’lim berish xususiyatlari, ularning kasb va mehnat faoliyati haqidagi tasavvurlari, mehnat jamoasi, bo’lajak mutaxassis – talaba shaxsi uchun qulay psixologik shart-sharoitlar yaratishdir.

Talabalarda mehnat faoliyatiga tayyorlik dinamikasi – ya’ni, o’sib borish jarayonini bosqichma-bosqich o’rganish natijasida talabalar tafakkurining o’ziga xos jihatlari namoyon bo’ladi. Talabalarni o’z kasbiga tayyorlash murakkab jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va intellekti hamda mehnat motivasiyasiga bog’liq bo’ladi.

Talabalarda mehnat faoliyatiga tayyorlik darajasini o’rganish uchun mehnat psixologiyasi, kasb psixologiyasi, pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi, psixologik maslahat, psixologik korreksiya, psixodiagnostika kabi psixologiyaning maxsus sohalarini o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Har bir talabaning o’z hayot falsafasi, yuksak hissiyotlari, olamni o’zicha qabul qilishi va o’z «Men»ini idrok etishi uning mehnat va ijodiy faoliyatida aks etadi.



Tadqiqotning maqsadi. Bugungi fanimiz oldida turgan yangi vazifalardan biri – ilmiy bilimlar taraqqiyotiga erishish va yosh, talantli, o’z ishining mohir ustasi bo’lgan bilimli kadrlar doirasini kengaytirishdir. Buning uchun har bir bitiruvchi talabaning, har bir bo’lajak mutaxassisning nimaga qobiliyatliligini maksimum darajada namoyon etuvchi sharoitni yaratish kerak.

Oliy ta’lim muassasalaridagi iqlim ijodiy fikrga, ilmiy natija va yutuqlarni qabul qilish, joriy etish va foydalanishga stimul berishi kerak. Bunday iqlimni yaratish uchun talabalar ruhiyatini tushunish zarur. Talabalarning mehnat faoliyatiga qobiliyatliligini aniqlash va uni korreksiyalash metodlarini bilish xodimlar bilan ishlashda va ularni tanlashda qulay imkonni beradi.

Talabalar mehnat faoliyatiga tayyorligini o’rganishdan maqsad, berilayotgan ta’limning samaradorligini oshirish, bu sohadagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, yosh mutaxassislarning kasbga ko’nikish va ijtimoiy adaptasiya davrini osonlashtirish va muddatini qisqartirishdir.

Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:

- talabalik davri psixologiyasini o’rganish;

- talabalarning o’z bo’lajak kasblari haqidagi tasavvurlarini o’rganish;

- talabalarning mehnat faoliyatiga munosabatlari va motivasiyalarini o’rganish;

- mehnatga layoqatlilikni yaratuvchi psixologik omillarni aniqlash;

- oliy ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini kengaytirish muammolarini o’rganish va hal etish yo’llarini ishlab chiqish.



Muammoning o’rganilganlik darajasi: XIX asrning 20-yillarida paydo bulgan kasb psixologiyaning diqqat markazida mehnat faoliyati sharoitidagi o’zaro individual xususiyatlar, turli yoshdagi kishilarning kasbiy kobiliyatiga xos xususiyatlar, maktab dasturidagi bilimlarni o’zlashtirish muvaffaqiyati, rivojlanishi va boshqalar turar edi. Keyinchalik kasb psixologiyasi doirasiga kasb tanlash motivasiyasini o’rganish masalasi kiritildi. Shuningdek, «psixik funksiyalarning kasbga bog’liq o’zgarishi, mashq va ta’limning psixologik konuniyatlari, turli qobiliyatlarning kasbga bog’liq shakllanishi, xotira turlari, diqqat, tafakkur, sezgirlikning mehnat faoliyatida ortib borishi kabi masalalarni o’z ichiga ola boshladi».1

Mehnat va kasb psixologiyasi masalalari ya’ni sinfiy, milliy, professionallikning jami psixologik farqlari va hozirgi kunda etnopsixologik masalalari ham kasb psixologiyasi sohasiga kirib keldi.

Kasb psixologiyasi termini XIX asrda mulmadaga kiritildi. Kasb psixologiyasining asosiy vazifasi hozirgi kunda bolalarning, maktab o’quvchilarining individual-tipologik xususiyatlarini aniqlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko’pchilik pedagoglar o’quvchilarning individual-tipologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy tomondan (ya’ni, fizika-matematika, ximiya, biologiya…) tashkil etishni tavsiya etadilar. Ba’zi bir o’qituvchilar esa o’quvchilarning ilmiy-texnik yo’nalishlariga qarab farqlashni maqsadga muvofiq ko’radilir.

Hozirgi zamon kasb psixologiyasi fani oldida yana yangi muammolar – ya’ni iqtidorli bolalarning individual xususiyatlari va ularni boshqa bolalardan tipologik farqlari masalasi, ularga differensial ta’lim berish va qobiliyatlarini shakllantirish (maxsus va umumiy qobiliyatli talabalar), ta’limni individuallashtirish kabilar paydo bo’ladi.

Oliy ta’limda talabalarning o’rtacha rivojlanishi darajasi hisobga olinar edi. Yaxshi o’zlashtiruvchi, qoniqarli va yomon o’zlashtirishning o’rtacha miqdoriga qarab tashkil etiladi. Ta’limni individuallashtirish prinsipi o’qitishda talabalarning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Buni dasturlashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshiradi. Lekin odatdagi ta’lim sharoitida bu tamoyilni tadbiq etish mumkin. Talabalarning individual-psixologik xususiyatlari kasbiy ta’limning ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qo’llash vaqtida mustaqil berilgan topshiriqlarni qismlarga bo’lishda, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining variantlarini qiyinchilik darajasiga qarab aniqlashda hisobga olinadi.

Talaba kasbiy tafakkurining individual xarakteristikasini, uni biron bir tipga mansub ekanligini aniklash N.A.Menchinskaya va D. N Bogoyavlinskiy aytganidek, o’quvchi nimani o’zlashtirgan va qanday kasbiy qobiliyatlarga egaligini bilish bilan emas, balki o’quvchining fikrlash va kasb tanlash faoliyatidagi individual xususiyatlarni ham shaxsning ayrim xususiyatlarini, o’qish va ishga munosabatini, kasbiy qiziqishini, o’qish va mehnatdagi emosional-irodaviy sohalarining xarakterli ko’rinishlarini aniqlab olish bilan xarakterlanadi.

Bugungi kunda talabalarning kasbiy qobiliyatlarini diagnostika qilish bo’yicha professor Z.T. Nishonova, texnik qiziqishlar, so`ngra texnik qobiliyatlar va uning diagnostikasi professor M.G.Davletshin tomonidan o`rganildi.
O`quvchilar bilan kasb tanlash muammolari TDPU dotsenti F.A.Temurov tadqiqotlarida o`rganilgan.

Mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyasi muammolari bo`yicha ham muhim tadqiqotlar olib borildi. Paxta terish mashinasining mexanik haydovchilik faoliyati xususiyatlari haqidagi psixologik tadqiqotlar dotsent J.Sotiboldiev tomonidan olib borilgan.

Ko`p stanokli mashinalarda ishlaydigan to`quvchi ayollar mehnatining psixologik tahlili nomli o`ta qiziqarli tadqiqot ishlari dotsent Quvvat Turg`unov tomonidan amalga oshirilgan.

Qishloq sharoitida maxsus kasb-hunar texnika bilim yurtlari o`quvchilarida kasbga tayyorlanish jarayoni va texnik qiziqishlarni shakllantirish dotsent E.N.Sattorov tomonidan o`rganilgan.

O`smirlarda suxandonlik qiziqishlari dotsent M.P.Boboxonova tomonidan o`rganilgan.
         Maxsus kasb-hunar texnika bilim yurtlarining o`quvchilari faoliyatida ishlab chiqarish ta’limi va kasbga qiziqish va unga moyillikni shakllantirish bo`yicha muhim ilmiy tadqiqotni dotsent F.S.Ismagilova amalga oshirgan. 2001 yilda F.S.Ismagilova psixologiya doktori ilmiy drajasiga ega bo`ldi. hozirgi kunda u Yekaterinburg universitetida ishlamoqda.         Boshlang`ich maktab o`quvchilarida mehnat ta’limiga ijobiy munosabatda bo`lishni shakllantirish muammosini dotsent I.Yax’yoyev o`rgangan.

Yoshlar ichida kasb-hunar ishlarining aksadental qobiliyatlari diagnostikasini dotsent A.X.Ubaydullaev o`rgangan.

Pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalari shaxsida kasbga xos xususiyatlarning shakllanishiga jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarining ta’siri psixologiya fanlari nomzodi Ramil Gaynutdinov tomonidan o`rganilgan.
         Pedagogika oliy o`quv yurtlariga kiruvchilarni munosib kasb tanlashning psixologik muammolarini psixologiya fanlari nomzodi L.A.Popova o`rgangan.

Tadqiqotning metodologik asosi: tadqiqotimizning metodologik asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda R.S. Nemov, Ye.D. Rogov, respublikamizning yetuk mutaxassis olimlari Z.T. Nishonova, E. G’. G’oziyev, G’.B. Shoumarovlarning tadqiqotlari hisoblanadi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: bu sohadagi yangiliklarni A. Jalolov, pedagogika fanlari doktori Sh. Qurbonov, pedagogika fanlari nomzodi G. Anorqulova kabi olimlarning chop etilayotgan yangi asarlaridan, shuningdek, «O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi» tajribasidan olish mumkin bo’lib, ushbu malakaviy bitiruv ishimiz yuqoridagi ishlarning davomi bo’lib hisoblanadi.

Tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti – bitiruvchi talabalarning mehnat va kasbiy faoliyat haqidagi tasavvurlari va kasbiy motivlari, uning dinamikasini yaratuvchi omillar hisoblanadi. Sinaluvchilar guruhiga psixologiya yo’nalishida ta’lim oluvchi 1-2-3-4-kurs talabalaridan 80 nafari kiritildi.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqotni olib borishda anketa, biografiya, kontent analiz, test, professiogramma, psixometriya, test metodlaridan foydalanildi.

Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar talabalarda kasb haqidagi tasavvurlar kengaysa, mehnat faoliyati motivasiyasi anglangan bo’lsa va professional tayyorgarlik bo’yicha maxsus korreksion metodikalar qo’llanilsa ularda mehnat faoliyatiga tayyorlik darajasi izchil o’sib boradi. Shuningdek, malakaviy, ishlab chiqarish, pedagogik amaliyot darslarining samaradorligi ham ularda o’z kasblariga qiziqish va motivasiyani hamda tegishli malakalarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

- oliy ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasi sifati va samaradorligi oshadi;

- psixodiagnostikaning zamonaviy, yangi metodlari amaliyotga kiritiladi;

- tadqiqot natijasida olingan ilmiy xulosalar va qo’lga kiritilgan metodikalar kelgusi ilmiy va amaliy ishlarda e’tiborga olinishi mumkin.

I BOB. MEHNAT PSIXOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI
I.1. Professiografiya mazmuni va ahamiyati
Yunon tilidan “professio – kasb-hunar, grafiya – yozmoq, ta’rif bermoq“ ma’nosida keladi. Professiografiya kasb psixologiyasi, mehnat psixologiyasi fanlarida qo’llaniladi.

Mehnat psixologiyasining nazariy va amaliy sohalari konkret professional faoliyatni o’rganishdan boshlanadi. Ommoviy kasblar uchun professiogrammalar ishlab chiqarilgan .Professiogramma bu- kasbning ijtimoiy,iqtisodiy ishlab chiqarish texnik,sanitary gigiyenik psixologik va boshqa xususiyatlarni tarifini berishdir. Professiografiyaning muhim bir qismi psixogrammadir.Psixogramma kasbga qo’yilgan talablar asosida inson psixikasini o’rganish hisoblanadi. Psixogramma prinsiplari K.Platonov tomonidan shakllantirilgan.Bu prinsiplarga komplekslik maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy, siyosiy faollik, shaxsiy ko’rsatgichlar ishonchlilik, differensiallik va perseptivlik kiradi.Komplekslilik va maqsadga yo’nalganlik prinsipiga quyidagi psixologik tahlil mavjud.

1. Kasbning ishlab chiqarish xarakteristikasi va sohalarning tegishli tahlili.

2. Kasbning iqtisodiy ahamiyati.

3. Sotsiologik va sotsiol psixologik xarakteristikalar(shaharlararo munosabatlarining xususiyatlari, kollektiv xususiyatlari, kasbning ijtimoiy nufuzi.)

4. Kasbiy mehnat muvaffaqiyati uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar hajmining ko’rsatgichi.Bu yerda tayyorgarlik muddati va ishchining istiqboldagi mehnat ko’rsatgichlari nazarda tutiladi.

5. Kasbning zararligini hisobga olgan xolda mehnat sharoitining gigiyenik xarakteristikasi.

6. Berilgan kasbga ishlash uchun insonning fiziologik holatiga qo’yilgan talablar, meditsina ko’rigi

7. Psixogramma tuzish.

Psixogramma mazmuni va hajmi kasbni o’rganish maqsadidan kelib chiqadi. Maqsad sifatida esa professional tanlov profarentatsiya , profkonsultatsiya, ishlab chiqarish ta’limi mehnat rejimi va sharoitini ratsionilizatsiyash tizimi.

Professional tanlov maqsadida tuzilgan psixogramma mutaxassisiga ikki tomonlama talablarni qo’ydi:

1. Berilgan kasbda ishlaydigan har qanday ishchi uchun zaruriy ko’rsatgichlar;

2. Professional mahorati oshirishi mumkin bo’lgan maxsus alohida ko’rsatgichlar.

Psixogrammani ushbu faktlarni e’tiborga olmagan xolda past talablar bilan yoki o’ta yuqori talablar bilan tuzish noto’g’ri. Psixogrammada shaxsning berilgan kasbga qobilyatsizligini belgilovchi psixologik xususiyatlarni ham ko’rsatib o’tish lozim. Yoshlarni kasb haqida tasavvurga ega bo’lishi uchun profarentatsiya va profkonsultatsiya psixometriyalari tuziladi.K.Platonov uni quyidagicha tuzishni taklif qiladi.

Psixometriya ikkita qismdan iborat.

1.Yoshlarga tegishli asosiy qism;

2.Pedagog va ustalarga tegishli metodik qism.

Psixogramma oxirida ushbu kasb haqidagi manbalar va adabiyotlar ro’yxati beriladi.2

Professional tayyorgarlik va mehnat jarayonini ratsionalizatsiyalash. Bu turdagi psixogramma professional mahoratni oshirish uchun qaysi bir psixologik xususiyatlarga e’tibor berish va rivojlanish ijobiy psixologik xolatlar dinamikasini tahlil qilish va ta’limga yo’naltirish tadbirlari kiritiladi. Mehnat rejimi sharoiti ratsionalizatsiyalash va psixogramma.

Har qanday psixogrammada bo’lgani kabi asosiy e’tibor kasbiy xususiyatlarning optimalligiga psixik funksiyalar dinamikasiga sharoitning ta’siri o’rganiladi.

Psixomyetriyaning maxsus bir turi bir operator uchun psixogramma yaratishdir .Operator psixogrammasini yaratishda injinerlik psixologiyasi ham e’tiborga olinadi. Operator psixogrammasini V.K.Marishuk yaratdi, va zamonaviy psixologiyada qo’llanilmoqda.
I.2. Kasbni psixologik o’rganish metodlari
Kasbni psixologik o’rganish metodlari asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:

1. Hujjatlar tahlili

2. So’rov metodi

3. Anketa metodi

Qo’yilgan savollarga ikki tipdagi javoblar beriladi.

1. Erkin javoblar

2. Tanlangan javoblar

4. Kuzatish metodi.Kuzatish metodida xronometraj va ish kunini sur’atga olish.

5. O’z-o’zini kuzatish o’z-o’ziga hisob berish metodi.

Professiografiyada bu ikkita shaklda amalga oshadi.

1. Mutaxassisning o’z-o’zini kuzatishi va o’z-o’ziga hisobi.

2. Psixologning tadqiqotchi va ishchi hisobidagi sifati.

6. Eksperimental metod.Bu metod professiografiyada allaqachon tuzilgan psixogrammani tekshirish uchun qo’llaniladi. Tekshirish maqsadida turli darajadagi mutaxassislardan iborat guruhlar tuziladi.Har bir guruh a’zolarida maxsus uskunalar metodikalar blanklar yordamida faktlar to’planadi va korelatsiyalash metodi yordamida umumiy xulosaga kelinadi.

7. Shaxs metodlari.

Kettel x6-faktorli so’rovnomasi bo’yicha shaxs o’rganilganda factor kuch kuchi umumiy emotsional va irodaning kuchi va kuchsizligi o’rganiladi. Bu factor shaxsda emotsional stabillik nevrotik simtomlarning bor yo’qligi,hayotga realistic yondashuv sabr va chidam vijdonlilik bor yoki yo’qligini o’rganadi.Bu faktorlar 16ta savol yordamida ochiladi.

Ayzenk, Kettel, MMP (Minnisota ko’p faktorli shaxs) so’rovnomalari chet el psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularni qo’llaganda ba’zi barqarorlik kuzatiladi. Mas: Men qattiq uxlayman, shovqinda diqqat bilan ishlay olaman, muammolar bo’lganda asabiylashaman, ba’zan kayfiyatsiz yuraman degan savollarga inson hayotining har xil bosqichlari turli javoblarni berishi mumkin.kasallik davrida yoki jiddiy muammolar yuz berganda inson introvertlashadi(ya’ni muomilaga ehtiyoj pasayadi).Meditsina xodimi yoki bir qator kasblar uchun esa shaxsning muomilaga qobilyati psixografiya bo’yicha talab qilinadi. K.Platonovning Erkin xarakteristika metodi ko’proq to’g’ri keladi. Ishlab chiqilgan dastur asosida o’rganilayotgan mutaxassisning atrofida ishlayotgan boshqa ishchilar 5-7 kishidan va rahbariyat xodimlardan tekshiriluvchi haqida so’rov o’tkaziladi.platonov 5balli shkalani taklif qiladi;

5-shaxs kartasida ko’rsatilgan xususiyat juda yaxshi va yaqin namoyon bo’lganda turli faoliyatlar jarayonida tez-tez ko’zga tashlanadi;

4-sezilarli namoyon bo’luvchi ammo doimiy ko’zga tashlanmaydigan kam holda yuzaga chiqadigan xususiyat;

3-keskin ko’zga tashlanmaydi,tez-tez namoyon bo’lmaydi.Qarama –qarshi xususiyat bilan

2-qarama-qarshi xususiyatdan ustun

1-qarama-qarshi xususiyat tez-tez ko’zga tashlanadi va turli faoliyat jarayonlarida ko’zga tashlanadi.

Shaxsning har bir xususiyatini baholay olatotganda hayotiy ko’rsatgichlar e’tibarga olish kerak.

Mehnat jarayonini algoritmik metod bilan tariflash .

Yuqorida ko’rsatilgan metodlar mehnat subyeti va kasbiy muhit haqida ma’lumot olishga xizmat qiladi. Olingan ma’lumotlarni tartibga solish metodlari ham mavjud . Bu metodlardan biri

Algoritm harakatlarning qatiy ketma-ketligi bo’lib, u ma’lum tartibdagi vazifalarni shubhasiz yechimga olib keladi. Algoritmik baholashning sonly metodlari ishlab chiqilgan bo’lib mehnat jarayonining intensive dinamikasini streotipligini murakkab operatsiyaning mantiqliligini va boshqa ko’rsatgichlarni bizga xarakterlab beradi. Bu metod qonuniy aloqalarni kompakt shaklda qo’llash imkonini beradi. L.V.Dakeno va S.N.Leviyeva ximya ishlab chiqarishda apparatchik mehnatini algoritmini tuzishgan. Ishlab chiqarishda algoritmik metod, mehnat ratsionalligini mehnatni normaga solishni va uni sifatini oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

Struktura metodi. Bu metodni A.I.Gubinskiy taklif qilgan bo’lib, mehnat faoliyatini tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganishni va insonni turli harakat jarayonlarida baholashni taklif qiladi;

- Operativ aloqa .yechilayotgan muammolar o’rtasidagi aloqalar tekshiriladi;

-Alohida olingan muammoni yechish darajasi.Algoritmlar o’rtasidagi aloqa tekshiriladi;

-Algoritmik daraja.Operatsiyalar bloke o’rtasidagi aloqa tekshiriladi;

-Operatsiyalar bloki darajasi. Alohida operatsiyalarning o’zaro aloqasi tekshiriladi;

-Operatsiya darajasi. Kichik kompanentlarning o’zaro aloqasi tekshiriladi.
Sistemali analiz metodi

O’rganilayotgan faoliyatning asosiy kompanentlarini ierarxik aniqlashga qaratilgan. Sistemali analiz metodikasini V.D.SHadrikov keng qo’llagan faoliyatni analiz qilishda u bir nechta darajalarni belgilaydi;

1.Shaxsiy motivatsion analiz

2.Maqsadli kompanentli analiz

3.Strukturali funksional analiz

4.Infarmatsion analiz

5.Psixofiziologik analiz

6.Individual psixologik analiz

Professional faoliyatni o’rganish 2 ta planda olib boriladi.

1.Tarif etiluvchi tomoni o’z oldiga profissiogramma tuzishni maqsad qilib qo’yadi. Professional muhitning xarakteristikasi va talablarini tarif qiladi. Berilgan kasbga qo’yilgan psixik xususiyatlari ya’ni psixometrikni tekshirishni amalga oshiradi.

2.Chuqur psixologik analizni tahlil qiladi. Mehnat subyekti va professional muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalar asosida baholab sistemasi kompanentlarini o’rganadi. Sistemali analiz metodi mehnat jarayonini mukammallashtirib mehnat psixologiyasini alohida yangi natijalarni olishni vazifa qilib qo’yadi.Metodik ko’rsatmalar bo’yicha ko’p o’lchamli psixogramma sxemasi, ergonomic xususiyatlar orasida sistemasi tahlil qilinadi.

Mehnat muhitini analiz qilish dasturi bo’yicha bir marta 1964-yilda Rossiya ikkinchi kongressi kartasini qabul qildi. Unda mikromuhit shovqin ishni tashkil qilishga rfdfyshe beruvchi boshqa zararli faktorlar ish joyi, jismoniy va psixik nagruskalarga tegishli masalalar ko’rib chiqiladi. V.A.Yadov tadqiqotining asoaiy maqsadi sifatida sotsiol muhitniasosiy qilib ko’rsatadi.Mehnat subyekt zamonaviy psixologiyada individ va shaxs xususiyatlarining qorishmasi sifatida tushuniladi. Individ xususiyatlari deganda B.G.Anayev insonning tug’ma biologic va sotsiol muhit orqali orttirilgan xususiyatlari tushuniladi. Shaxs xususiyatlariga o’z-o’zini baholash kasbiy ko’nikmalar, jamiyat mafkurasiga munodabati kasbiy motiv ustanovka va qadryatlari kichik guruh va jamoadagi orentatsiyasi kiradi.B.G.Anayev shaxs strukturasiga uning temperamentini kiritadi.Shaxsning o’z kasbi doirasida ma’lum ijtimoiy funksiyani dajarishi bu mehnat psixologiyasining obyektiv ijtimoiy tomondan esa u shaxsning ijtimoiy roli deb ataladi.


I.3. Mehnat motivlari
G’arb psixologiyasida motivatsiyaning ikki xil ko’rinishi va ularning o’ziga xos belgilari chuqur o’rganilgan. Bular – Ekstrensiv(tashqi shart-sharoitlar va halatlarga bog’liq bo’lgan holda). Intrensiv(shaxs dispozitsiyalari bilan ehtiyojlar,ustanovkalar, qiziqishlar,mayillar,istaklar bilan bog’liq bo’lgan holda paydo bo’ladigan) motivatsiyalar.Byo’nalishdagi munozaralar X.Xekxauzenning kitobida o’z aksini topgan. X.Xekxauzen motivatsiyasining 6 ta tamoyilini yaratdi.3

1.Tamoyil bo’yicha interensiv motivlashgan xatti- harakatlar ochlik, chanqoqlik,og’riqdan qochish singari jismoniy ehtiyojlarning qondirilishiga yo’nalmagan.Bu yo’nalishda ish olib brogan olimlarning takidlashicha mazkur ehtiyojlar organism tomonidan buzilgan gomeostazini tiklashga xizmat qilishmaydi.Biroq tashqi xatti-harakatlarida ularni tuzatish mumkin bo’ladi. Birinchi tamoyil bo’yicha motivlashgan xatti-harakatlar maqsadsiz faollik sifatida talqin qilinadi. O’yin faoliyatini tadqiq qilgan olim E.Klinger. O’yin faoliyatini

Interensiv motivatsiya asosida maqsadsiz yo’naltirilgan harakat deb ataydi. R.Uayt atrof-muhit bilan o’zaro ta’sir jarayonida individ tomonidan eng katta faolliklar harakatchanlik motivatsiya deb ataladi. Bu fikrga Amerikalik olim Mark Rujnes qo’shiladi va faoliyat dastlabki bosqichlarni interensiv natijaga yaqin bosqichlarini ekstrensiv deb hisoblaydi.

2.Biror faoliyat motivatsiyasi ham interensiv ham ekstrensiv motivlashgan xulq-atvordan iboratdir.

3. U yoki bu xatti-harakatlar faoliyatning ba’zi optimal darajasini saqlabturish yoki tayyor xolatda tutishga yo’nalgan motivatsiya deb hisoblanadi.Bunday nazariy yondashuvlar optimal faollik tushunchasini fanga kiritadi. Bunday fikrlarni chet el olimlaridan Xebb (1955) Fisski, Madii (1961) Xand (1965) ishlarida yaratildi. Xand insonni ma’lumotlarini qayta ishlash tizimi deb hisoblaydi va uning nisbatan maxsuldor faoliyat ko’rsatishi uchun tafovutning bir qadar optimal darajasi talab qilinishini aytadi. Faoliyat motivatsiyasida bu tamoyil bo’yicha tamoyili ilgari suriladi. Xandning bu fikrlari tanqid qilingan bo’lib u yetarli darajada uzviy emaslikka va tugallanmaganda ayblanadi. Chunki Xand ilgari surgan tafovutga nisbatan ehtiyoj nafaqat aniqlangan tafovutni yo’qotish motivatsiyasi balki yangi tafovutni izlash motivatsiyasini ham keltirib chiqaradi.

4.De Charms ilk motivatsiyasini o’z samaradorligini his qilishda o’zini atrof-muhitdagi o’zgarishlarning manbai sifati sezishda ko’radi. Bunday harakatlarning sababchisi o’zi bo’lishga intilish alohida motivni emas, boshqa ko’plab boshqaruv motivlarini paydo qilishi mumkin. De Charms quyidagicha soddaroq qilib tushuntiradi. Insonga atrofdagilarning talablari va’da qilingan mukofotlar va mumkin bo’lgan ja’zolar tashqi bosimlar kuchli ta’sir ko’rsatadi va ular o’z- o’zini tasdiqlash darajasini boshqalarga tobe bo’lish darajasigacha tushirib yuboradi. Natijada inson bunga qarshilik ko’rsatishga intiladi va brogan sari o’z faoliyatiga ishonib, voqea-xodisalarning xo’jayni sifatida o’zini his qiladi. . U o’z faoliyatidan qoniqadi va shu darajada interensiv motivatsiyasi oshadi. Agar aksincha bo’lsa,atrofdagi voqea-xodisalarga tobelik qiladi.O’z faoliyatini ma’nosiz va majburiy motivlashgan deb his qiladi. Bu yo’nalishda eksperimental tadqiqot tashabbuskori Lipper 1974-yil va Desey 1975- yil De Charmsning konsepsiyasini rivojlantirdilar.

5.Chiksentmixale 1975-yili interensiv motivatsiyaning xarakteristikasini ma’lum emotsional xolat bo’lgan faollikdan shodlanish tuyg’usida ko’radi. U jarrohlardan, shaxmatchilardan, raqqoaslardan va alpinistlardan ish jarayonida va dam olishda his-tuyg’u va faoliyatlarni tariflashni so’raydi.So’rov jarayonida qo’lga kiritilgan markaziy tushuncha oqim deb nomlanadi. Oqim deganda odam o’zi amalga oshirayotgan ishga to’liq singib ketishi natijasida dunyoga keladigan faollikning shodlik tuyg’usidir. Olimning fikricha bu tuyg’u interensiv motivatsiyaning bir ko’rinishidir.

6. Subyekt yuqoridagi kechinmalarni va ular o’rtasidagi aloqalarni aniqlashi lozim demak bu yerda ilk bora vosita(xatti-harakat) va uning(harakat maqsadi) o’rtasidagi aloqa masalasi ko’tarilyapti. X.Xekxauzning fikricha agar xatti-harakatlar bilan ularning o’rtasida aloqa mavjud bo’lsa, interensiv motivlashgan harakatlar haqida gapirsa bo’ladi. Mas;Agar tajovuz birorta odamdan qasos olish niyatida emas,balki uning pulini o’zlashtirish uning uchun yuz bergan ihedo’fbig ekstrensiv motivlashgan harakat bo’ladi.

Motivlar asosan 3 ta turga bo’linadi.

1. Keng ijtimoiy motivlar

2. Tor shaxsiy motivlar

3. Salbiy motivlar

Mehnat jarayonida maxsus motivatsiya diagnostikasi o’tkaziladi. Mehnat faoliyatini yuzaga keltiruvchi motivatsiyani aniqlash uchun quyidagi narsalarga e’tibor berish kerak.

1. Diagnostika o’tkaziladigan asos bo’lmish, mehnat motivatsiyasi ko’rsatgichlarini belgilash;

2. Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash

- bevosita

- loyihaviy

- bilvosita

3.Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatgichlarga bo’lgan diagnostikaviy imkoniyatlarni aniqlash;

4.Mazkur metodika natijalarini ishlab chiqish chog’ida nazariy metodologik asoslarga tayanish;

5.Metodika matnlarning sinaluvchi intellektiga mosligi;

6.SHaxs xususiyatlarini hisobga olish;

7.Diagnostika uchun qulay sharoit yaratish.


Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish