Xorazim viloyati Gurlan tumani 56 -umumiy o’rta
Ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi
Nurimov Danyorga
PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA
Nurimov Danyorga (15 yosh) Xorazim viloyati gurlan tumani Yangiobod shaharchasi “gulhan” mahallasi olotli ko’chasi
28 uyda istiqomat qiladi, 9-sinfda o’qiydi, jismoniy holati yaxshi, kayfiyati turg’un, tushkunlikdan tez chiqadi.
Oilasi-to’liq. Ota-onasi bilan munosabati yaxshi, ota va ona o’rtasida o’zaro hurmat mavjud. O’zlashtirishi alo. Qiziqishlari shaxslararo munosabatlarga yo’naltirilgan. Sinfda faol, topshiriqlarni o’z vaqtida bajaradi.
Jamoat ishlarida juda faol, xar qanday ishni bajonidil bajaradi, saramjonlikka befarq emas, atrofdagilarga yordam beradi, o’z foydasi uchun yolg’on gapirmaydi.
Ota-onasi, o’qituvchi va do’stlariga nisbatan rostgo’y, adolatsizlik bilan faol kurashadi.
Odamlar bilan tez kirishadi, muloqot qilish unga yoqadi. Doimo do’stlariga yordam beradi.
Har qanday sohada birinchi bo’lishga intiladi, o’z harakatlari va gaplarini doim nazorat qiladi, emotsiyalarini doimo boshqaradi.
Barcha sinfdoshlarini hurmat qiladi, mas’uliyatli ishlarni unga topshirishadi.
Maktab psixologi : F.Matyaqubova
Sinf rahbari: M. Xoliqberdieva
Do'stlaringiz bilan baham: |