Δpgs gaz suyuqlik qatlamidagi qarshilik



Download 410,5 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2021
Hajmi410,5 Kb.
#63915
  1   2   3
Bog'liq
102-16kt guruh talabasi Istamov Sh. amaliyot javobi-11


Tarelkaliadsоrberlar

Javob:Tarelkali absorberlar samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bo’lib, uning ichida butun balandligi bo’yicha bir xil masofada bir nechta tarelkalar o’rnatilgan. Teshikli tarelkalar orqali ham gaz, ham suyuqlik harakatlanadi va undan o’tish paytida bir fazadan ikkinchisiga massa o’tadi. Gaz fazaning suyuqlik qatlamidan o’tishi davrida pufakcha va ko’piklarning hosil bo’lish jarayoni barbotaj deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug`) ni bir-biri bilan to’qnashishi zarur bo’lgan hollarda barbotaj qo’llaniladi. 5.21-rasmda qalpoqchali nasadkadan gaz yoki bug`ning o’tishi tasvirlangan.Barobataj asosan ikki rejimda kechishi mumkin: pufakchali va oqimchali. Gaz yoki bug`ning sarfi kichik bo’lsa, pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bunda, gaz pufakchalari suyuqlik qatlamini bitta–bitta bo’lib yorib chiqadi. Pufakchalar o’lchami barbotyor tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog`liq.Agar, gaz tezligi oshirib berilsa, oqimchali rejim paydo bo’ladi. Barbotyordan chiqayotgan gaz oqimi shakli va o’lchami o’zgarmaydigan "mash’ala" hosil bo’ladi. Odatda, mash’ala balandligi 30...40 mm dan oshmaydi.Bu absorberlarda gazning harakati quruq tarelka va suyuqlik yuzasidagi sirt taranglik kuchi tarelkadagi gaz-suyuqlik qatlamiga qarshilik qiladi. Shuning uchun tarelkalarning gidravlik qarshiligi uch qarshilikning yig`indisiga teng bo’ladi;

ΔPt =Δpqt+ΔDck+Δpgs (9.52)
bu erda: Δrqt — quruq tarelkaning qarshiligi; ΔRsk — suyuqlik yuzasida sirt taranglik kuchi ta’siridan hosil bo’ladigan qarshilik;

Δpgs – gaz – suyuqlik qatlamidagi qarshilik.

Quruq tarelkaning qarshiligi quyidagi tenglamadan aniqlanadt

(9.53)


bu erda: ωg = ω/F — tarelka teshiklaridagi gazning tezligi. ξ — tarelkaning qarshilik koeffistienti, u katta intervalda (0,5 . . . 4) o’zgarib, tarelkaning konstrukstiyasiga bog`liq.

Tarelkaga kirayotgan suyuqlik qatlamidagi suyuqlikning sirt ta-ranglik kuchi ta’siridan hosil bo’layotgan qarshilikni engish uchun ketgan bosim quyidagicha.



(9.54)

Oqimli rejimda ishlaydigan tarelkalar uchun Δrsk hisobga olinmaydi. Tarelkaning gaz-suyuqlik qatlamidagi qarshiligi qatlamning statik bosimiga teng deb olinadi:



Δrgs=h0pcg =hgs· rgs· g (9.55)
bu erda: h0 va hgs —tarelkadagi suyuqlik va gaz-suyuqlik qatlamining balandligi; rs rgs—tarelkadagi suyuqlik va gaz-suyuqlik aralashmasining zichligi.

Sanoatda po‘latning ishlatilishini aytib bering.

Javob:Asosiy organik sintez sanoati korxonalarining jihozlarini tayyorlash uchun material tanlanganda ko‘rincha aniqlik kirituvchi omil sifatida muhitning agressivligi qabul qilinadi. Ishlatilayotgan metall jihozning uzoq vaqt ishlashini ta’minlanib qolmasdan, balki olinayotgan mahsulot va texnologik jarayonga o‘zi hamda uning korroziya mahsulotlari ta’sir etmasligi kerak.

Metall va qotishmalar korroziyasining tezligini laboratoriya sharoitida ma’lumotnomalardan foydalaniladi va tajribaga talabga javob beradigan qimmatbaho bo‘lmagan material (po‘lat)lar tanlab olinadi.

Po‘latlarning kimyoviy tarkibi va strukturasi bir xil emas, shuning uchun ularning agressiv muhitdagi barqarorligi yuqori bo‘lmaydi. Agar adabiyotlardan tekshirilayotgan materiallar torilmasa, u holda shu sharoitda uni korroziyaga chidamliligi o‘rganilib chiqiladi va olingan natijalar taklif qilinadi.

Metallarning korroziyaga barqarorligi bir qancha omillar natijasida sezilarli darajada pasayadi. Bularga: soviganda paydo bo‘ladigan havo bo‘shliqlari (rakovina), aralashmalarning barcha hajmi bo‘yicha barobar taqsimlanmasligi, qizib sinish, sovuqdan sinish va hokazolar kiradi. Korroziyaning intensivligi musbat va manfiy zaryadlarning o‘zgarishi natijasida (metallni korroziya charchoqligi) ortadi. Korroziyaga chidamliligini orttirish uchun metallga uni eritish vaqtida legirlaydigan elementlar: xrom, nikel, molibden, titan va boshqalar qo‘shiladi. Po‘latning tarkibidagi bu metallarning har xil nisbatda bo‘lishi unga talab qilingan darajadagi xususiyatlarni beradi, shu jumladan, korroziyaga qarshi yuqori harorat va agressiv muhitda chidamliligini orttiradi.

Asosiy organik sintez sanoati korxonalarining ko‘pgina jihozlari va uskunalari yaxshi payvand qilinadigan (ulanadigan), tarkibida 0,25% uglerod bo‘lgan po‘latdan yasaladi. Oddiy va yuqori sifatli uglerodli po‘latlar GOST bo‘yicha ishlab chiqariladi. Unga binoan 2 guruh po‘lat ishlab chiqariladi. A-ST-1, ST-2... guruh bu guruhga kiruvchi metallarni mexanik xususiyatiga ahamiyat beriladi va BST-1, BST-2, BST-3 guruh va hokazo ularning kimyoviy tarkibiga ahamiyat beriladi.

Marten yoki elektr pechlarida eritib olingan uglerodli po‘latlar tindirilgan va qaynovchi guruhlarga bo‘linadi. Tindirilgan va qaynovchi po‘latlarning (bir xil markadagi) mexanik xususiyati bir xil, lekin qaynovchi po‘latni ko‘p talablarga javob bera oladigan jihozlarni yasash uchun ishlatilmaydi yoki kam ishlatiladi. Eritib olish jarayonida qaynovchi po‘latga qo‘shimcha ishlov berilmaydi. Uning ichida erib qolib ketgan havo, gazlar va boshqa zararli birikmalarni chiqarib olinmaydi. Shuning uchun qotgan po‘latning ichida ko‘p gaz pufakchalar qolib ketadi. Prokatni qayta ishlash vaqtida puffakchalar berkilib qoladi va kuchlanishning konsentrlangan markazi bo‘lib qoladi. Bundan tashqari qaynovchi po‘latdan oltingugurt va fosfor yomon tozalana

Mexanik hisoblash.

Javob:Asosiy organik sintez sanoati korxonalarining qurilmalarida boradigan jarayonlarning parametrlari turlichadir. Asosiy ekspluatatsiya parametrlariga harorat, bosim va muhitning kimyoviy xossalari kiradi. Shuni hisobga olish kerakki, texnologik jihozlar ishchi muhit bilan kontaktda bo‘ladi. Jarayonning keng interval oralig‘idagi parametrlarida muhitning fizik-kimyoviy xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan holda kuchli agressiv ta’siri ko‘zga tashlanadi.

Jihozlar ekspluatatsiya davomi (vaqti)da mustahkam va ishonchli bo‘lishi kerak, portlash hamda o‘tga nisbatan xavfsizliligi, uzoq vaqt to‘xtovsiz ishlashi va yuqori mahsuldorligini ta’minlash kerak. Bular Asosiy organic sintez sanoati k jihozlariga qo‘yiladigan talablarni yanada ko‘paytiradi. Jihozlarning ishonchli (aniq) hisoblanishi quyidagi shartlar asosida bajariladi: 1) u to‘laligicha texnologiyaga mos kelsa; 2) ishchi parametrlariga to‘g‘ri kelsa; 3) konstruksiyaning butunligini, uning uzel va qismlarini yaroqliligiga muvofiqligi; 4) avariyasiz ishlashni ta’minlasa.

Jihozning ishini ma’lum aniq parametrlar chegarasida bajarilishini avtomatik boshqarish va texnologik jarayonni berilgan parametri (ish tartibi), signalizatsiya, himoya klapanlari o‘rnatilishi yordami bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun jihozning ishonchliligi uning konstruksiyasi va ekspluatatsiya jarayoni davomida unga ko‘rsatiladigan xizmat bilan belgilanadi.

Konstruksiyaning ishonchliligi mexanik hisob yordamida amalga oshiriladi. Jihozni tayyorlash uchun shunday konstruksion materiallar olinadiki, to‘xtovsiz ishlash (ekspluatatsiya) muddati davomida sifati buzilmaydi va shu aniq jarayon normalariga muvofiq bo‘ladi.

Konstruksiya jihozning uzoq vaqt ishlashini ta’minlash kerak, ya’ni ekspluatatsiya davomida va qabul qilingan xizmat ko‘rsatish sistemasida (ta’mirlash), minimal darajada mumkin bo‘lgan ishonchliligini saqlash kerak. Lekin jihozning mustahkamligini konstruktiv usul bilan (devorining qalinligini oshirish, mashina va valning diametrini oshirish) yoki yuqori sifatli konstruktiv material qo‘llash bilan amalga oshirilsa, uning tannarxi ortib ketadi, bu esa hamma vaqt o‘zini oqlamaydi. Shuni esda tutish kerakki, neftni qayta ishlash texnologiyasi takomillashib turganligi sababli texnologik qurilmalar va butun komplekslarni qayta jihozlash kerak bo‘ladi. Bu holda jihozlarning ishonchini yo‘qotganligi uchun yaroqsiz deb torilmaydi, balki u ma’naviy eskirgan deb hisoblanadi.

Shuning uchun jihozlarning loyihaviy uzoq muddat ishlash shartlari belgilanganda har bir jihozning texnologik va konstruktiv kelajak talabiga javob berishi (ustuvorligi) hisobga olinadi.

Jihozning konstruksiyasi uni tayyorlashda oson bo‘lishi, transportirovka (tashish-tushirish) qilishda, montajda va ta’mirlashda qulay bo‘lishi kerak.

Shuningdek, qimmatbaho va kamyob materiallar konst-ruksiyada iloji boricha kam ishlatilishi, iqtisodiy tejamli bo‘lishi kerak. Jihozga qo‘yiladigan talablarga mustahkamlikka va qattiqlikka to‘g‘ri olib borilgan hisoblar to‘liq javob bera oladi.

Mashina va jihozlarning barcha konstruktiv o‘lchamlari aniqlab bo‘lingandan so‘ng ishchi chizma chiziladi va shu chizma asosida mashina-uskunalar korxonalarida ko‘rsatilgan jihozlar tayyorlanadi.

Ko‘pgina mashina va jihozlarga GOST, OST va tarmoqlararo me’yoriy (ON) hujjatlar tasdiqlangan.

Adsоrbsiya jarayoni qayerda ishlatiladi va nima maqsad uchun.

Javob:Gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya debnomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug` absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa – absorbent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bo’lib, gaz yoki bug` aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi.Absorbtiv va absorbentlarning o‟zaro ta‟siriga qarab, absorbsiya jarayoni 2 ga bo‟linadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (yoki xemosorbstiya).Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reakstiya yuz bermaydi, ya‟ni kimyoviy birikma hosil bo‟lmaydi. Agar, suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reakstiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbstiya deyiladi.Ma’lumki, fizik absorbsiya ko’pincha qaytar jarayon bo’lgani sababli, ya’ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo’ladi. Bunday jarayon desorbstiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbstiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko’p marta ishlatish imkonini beradi.Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murakkab emas. Shuning uchun, kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda absorberlar ko’p qo’llaniladi.

Avtоklavtipidagireaktоr



Javob:




2- rasm. Xom ashyo aksial xarakat qiluvchi dizel yonilg'isini gidrotozalash reaktori:

1-taqsimlovchi tarelka; 2-filtrlash moslamasi; 3-qobiq; 4-kolosnik panjarasi; 5-bug'ni kirtish uchun kollektor; 6-chinnidan tayyorlangan sharlar; 7-tayanch halqasi; 8-tayanch; 9,11-katalizatorni tushirish uchun shtutserlar; 10,12-termoparalar. Oqimlar: I- xom ashyo; II-reaktsiya mahsulotlari.


Xom ashyo aksial yo'nalish bilan harakat qiladigan dizel yonilg'isini gidrotozalash reaktori 19.2-rasmda ko'rsatilgan. Ushbu reaktor tashqi tomonidan izolyatsiya qilingan qobiq 3 dan iborat bo'lib, uning ichiga katalizatorning ikkita qatlami joylashtirilgan. Xom ashyo katalizator qatlamlari orqali tepadan pastga qarab harakat qiladi. Katalizatorning har bir qatlamini oqimning dinamik ta'siridan himoya qilish uchun chinnidan yasalgan sharlar qatlamidan foydalanilgan. Reaktorning yuqorigi qismida patrubkalari bo'lgan taqsimlovchi tarelka 1 o'rnatilgan bo'lib, uning tagiga filtrlovchi moslama 2 joylashtirilgan. Ushbu moslama katalizator qatlamiga botirilgan tsilindrsimon korzinalardan iborat. Korzinalar chiviqdan payvandlangan; ularning yon tomonlari va pastki qismi to'r bilan qoplangan. Korzinalarning yuqorigi qismi ochiq. Korzinalarda va katalizatorning yuqorigi qismida korroziya mahsulotlari va mexanik qo'shimchalar ushlab qolinadi.

Katalizatorning yuqorigi qatlami ikki qator to'r va chinni sharlar joylashtirilgan kolosnik panjara 4 yordamida ushlab turiladi. Katalizatorning yuqorigi va pastki qatlamlari oralig'idagi bo'shliqda bug'ni kiritish uchun kollektor 5 bor. Reaktorning pastki qismida chinnidan yasalgan sharlar qatlami mavjud. Ushbu qatlam, birinchidan, katalizatorning pastki qatlami uchun tayanch hisoblansa, ikkinchidan, reaktsiya mahsulotlarini uskunadan bir me'yorda chiqarib turishga xizmat qiladi. Yuqorigi tubda ko'p zonali termoparalar 12 ni o'rnatish uchun uchta shtutser bor. Ushbu termoparalar yordamida katalizator qatlamidagi harorat maydonini va reaktorning o'rta qismidagi haroratni nazorat qilib turish mumkin. Yuqorigi qatlamdagi katalizatorni tushirish uchun uskuna devoridagi shtutser 11 orqali, pastki qatlamdagi katalizatorni tashqariga chiqarish uchun esa pastki tubda joylashgan shtutser 9 yordamida amalga oshiriladi. Reaktordagi yuqorigi va pastki katalizator qatlamlari oralig'ida tuynuk o'rnatilgan. Xizmat ko'rsatish va ta'mirlash uchun qulaylik yaratish uchun uskunaning pastki qismida tutqichlar bor.

Trubasimоnreaktоr

Javob:Sulfat kislotasi bilan alkillashga mo'ljallangan gorizontal reaktor (yoki kontaktor) .3-rasmda ko'rsatilgan. Dastlabki xom ashyo va kislota uskunaning jadallashgan holatda aralashtirish zonasiga beriladi, chunki bu yerda propellerli aralashtirgich 5 o'rnatilgan. So'ngra xom ashyo va kislota aralashmasi qobiq 1 va tsirkulyatsion quvur 2 oralig'idagi halqasimon bo'shliqqa kiradi va quvurlar o'ramidagi berk kontur bo'yicha tsirkulyatsiya qiladi. Ekzotermik reaktsiya paytida ajralib chiqayotgan issiqlikni yo'qotish uchun tsirkulyatsion quvur ichiga U-simon issiqlik almashinish quvurlari 4 joylashtirilgan. Sovituvchi agent sifatida kislotadan ozod bo'lgan reaktsiyaning bug'lanayotgan mahsulotlaridan foydalaniladi.






Download 410,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish