Pedagogika va psixologiya



Download 343,5 Kb.
bet1/11
Sana07.09.2017
Hajmi343,5 Kb.
#19151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYa FAKULTETI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI





“Himoya qilishga ruxsat beraman”

Pedagogika-psixologiya fakulteti




dekani__________prof. Meliyev X.A.

“____” __________________ 2013 y.

51408000 – Pedagogika – psixologiya yo’nalishi bo’yicha bakalavr

darajasini olish uchun

FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING SAMARALI USULLARIDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDA BAJARILGAN


B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I



Bajaruvchi: Narziqulova Madina Abdurashitovna

Ilmiy rahbar: o’qit. G.Bozorova




Ishni himoyaga tavsiya etaman G.Bozorova ___________


(imzo)


BMI “Pedagogika va psixologiya”

kafedrasi ___ sonli yig’ilish qarori bilan

( ____, __________ 2013 y) himoyaga tavsiya etilgan

Kafedra mudiri: v/b Qodirova M.Q________

(imzo)




Jizzax – 2013

Mavzu: Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish

KIRISH................................................................................................

I BOB. HOZIRGI DAVR FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH MUAMMOSI………………….

1.1. Sharq mutafakkirlarining xalq pedagogikasida farzand tarbiyasiga oid fikrlari……………………………………………………………………….

1.2. Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlaridan foydalanish…………………………………………………….

Birinchi bob bo`yicha xulosalar……………………………………..

II BOB. FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING SAMARALI USULLARIDAN FOYDALANISHNING TA’SIRI……..

2.1. Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining oila va oilaviy tarbiyani aks etishi……………………………………………………………………….

2.2. Xalq pedagogikasida oila va farzand tarbiyasiga bo`lgan munosabat...

2.3. Farzand tarbiyasida milliy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning tajribalari va natijalari…………………………………………….

Ikkinchi bob bo`yicha xulosalar………………………………….

XULOSA TAVSIYALAR …………………………

ADABIYOTLAR …………………………………..

KIRISh
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy, davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmunida barkaml shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta'limi darajasiga etkazish borasida, muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.

O`sib kelayotgan yosh avlodni xalq pedagogikasiga milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik tarbiyalashda mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi an’analari, urf-odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan, holda rivojlantirish muhim masalalaridan hisoblanadi. Bu esa, o’z-o’zidan ma’lumki, Respublikamizning milliy davlat sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish zaruriyatini taqazo etadi. Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham prezidentimiz aytganlaridek “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab etadi.”

O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi – an’analarini, urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida ham, umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini boshlab berdi.

Bizning mavzu milliylik haqida borar ekan, bu jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram, an’ana kabi tushunchalardir. Urf-odat, marosim , qadriyat, bayram, an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa hos bo’lib va albatta, har bir xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa xalqqa xos bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini bilishi, qadriyat, marosim, bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini ham milliy ruhda tarbiyalashi lozim.

Farzandlarimiz go’zal axloq egasi bo’lishi uchun, ularning ongiga avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda singdirishimiz lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar tirmushimizda takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z-o’zidan bolalar ongiga singib boradi. hamda ularning tarbiyasiga, hulq-atvorini shakllantirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va qur'oni karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o`z ifodasini topgan. Xalq pedagogikasining hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo`lib, har bir avlod unga o`z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo`shgan holda bizgacha etib kelgan.

Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo`lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkadan qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, etti o`lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o`ylab ish tutiladi, ya'ni tarbiyani o`tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko`rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor undan mukammal foydalanadi.



Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish
Tadqiqotning asosiy maqsadi:

Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda milliy qadriyatlar va an’analarini hayot faoliyatiga olib kirishning takomillashgan tizimini ishlab chiqish;



Tadqiqotning predmeti:

Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, bayramlari, milliy madaniyatini va estetik tarbiyasini shakllantirishda qo’llash jarayoni va shart-sharoitlari;



Tadqiqotning obyekti:

Yangicha fikrlaydigan zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan talabalar;



Qo’yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni bajarish lozim:

  • milliy urf-odatlar va qadriyatlar va an’analarni farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullarini shakllantirishda qo’llanilishi bo`yicha ish tajribalarini o’rganish va targ’ib qilish;

  • Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish, milliy urf-odatlar va qadriyatlarga o’rgatishning samarali, ommaviy usullarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish;

  • olib borilgan ish tajribasidan kelib chiqib, farzand tarbiyasida xalq pedagogikasida milliy qadriyatlarning o’rnini aniqlash;

  • Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish va pedagogik jarayonda talabalarni milliy ruhda tarbiyalashning turli yangi ta’sir etuvchi shakllarini aniqlash.

Tadqiqotning metodologik asosi:

Xalq pedagogikasi, og`zaki va yozma ma’naviy meros, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialyektik bilish nazariyasi e`tirof etiladi. Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari va ta’lim to’g’risidagi fikrlari, mustaqil O`zbyekiston Ryespublikasida amal qiladigan uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va printsiplari, o`ziga xos yo`nalishlari ta`lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o`rgatuvchi fanlar, Jahon va SHarq pyedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, ilmiy asarlari, sharqona ta`lim-tarbiya vositalari va myetodlarini o`z ichiga olgan manbalar,



Tadqiqotning o`rganilganlik darajasi:

Milliy qadriyatlar vositasida Farzand tarbiyasi xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda milliy an’analar, madaniyatimiz va urf-odatimizni talaba hayotiga olib kirish, singdirish masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda. Bu muammo yuzasidan ilmiy ishlar olib borilgan, maqolalar chiqarilgan, Munavvarov, Hamidullo Nurmatov, Rahim Hasanov, Baxtiyor Azizov, Ibodulla Razzoqov, E. To’xtamurodov, Baxtiyor Mustafoyev, Malika Karimova lar ilmiy ish olib borganlar. 2004-yil “Muloqot” jurnalida Ahmadjon Eshonqulovning “Estetik tarbiya mohiyati va namoyon bo’lishi” nomli maqolasi ham diqqatga sazovordir. N.Temirovaning “Talaba yoshlarning ma’naviy shakllanishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar didaktikasi”, O.G’aybullayevning “O’zbekiston mustaqillik sharoitida yoshlar estetik tafakkurining rivojlanish masalalari” (2005-yil), K.U.Najmiddinovning “Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o’rni” (2004-yil) kabi dissertasiyalari ana shular jumlasidandir.



Tadqiqotning ilmiy farazi:

Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishda quyidagilar amalga oshirilsa ijobiy natijalarga erishish mumkin:



  • farzand tarbiyasida estetik madaniyatini shakllantirishda xalq milliy an’analaridan foydalanishning ijobiy natijalari ta’lim muassasalarning xodimlari ya’ni pedagoglar va ota-onalar tomonidan to’g’ri baholansa;

  • o`quvchi - talabalarning estetik madaniyatini shakllantirishda milliy an’analardan o’rinli foydalanilsa;

  • mazkur jarayonni tashkil etishda sinfdan tashqari tarbiya tadbirlarini uyushtirish, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligini maqsadli yo’lga qo’yish samarali amalga oshirilsa, o`quvchi-talabalarining nafaqat estetik madaniyatini, axloqiy qiyofasini ham shakllantiradi, balki shaxsning har tomonlama rivojlanishi yuz beradi.

Tadqiqot mavzusining ilmiy-nazariy yangiligi:

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar asosida Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanish shart-sharoitlarining o’rni va ahamiyati o’rganildi.



Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:

  • Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining samarali usullaridan foydalanishga doir ilmiy pedagogik adabiyotlarni nazariy jihatdan tahlil etish;

  • suhbat;

  • so’rovnoma;

  • kuzatish;

  • matematik-statistika

Tajriba-sinov ishlari Jizzax Pedagogika kolleji 2-bosqich talabalari o’rtasida olib borildi.

Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, to`rtta paragraf, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashkil topgan.



I BOB. HOZIRGI DAVR FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH MUAMMOSI
1.1. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING XALQ PEDAGOGIKASIDA FARZAND TARBIYASIGA OID FIKRLARI

O’zbek xalq pedagogikasi g’oyat serqirra va serjilo bo’lib, uning kamrovi nihoyatda keng, ya’ni shu xalq paydo bo’lgan butun bir davrni o’z ichiga oladi.



  • ta’limot

  • Hadis

  • Qur’on

  • Marosimshunoslik

  • Udumshunoslik

  • Qadimiy bitik toshlar

  • Qadrshunoslik

  • Odatnoma

  • Odobnoma

Xalq pedagogikasi xalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni, ya’ni. ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi

Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma, dastur, darsliklar shaklida etib kelmay, asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrdagi asarlar — elshunoslik, qadrshunoslik, udumpgunosliklar qatida saqlanib qolgan.

Pedagogika fani xalq tarbiyasi tajribasidan eng yaxshilarini qabul qilib oladi. Kishilar yosh avlodda mehnatsevarlik, itoat qilish, matonatlilik, sofdillik, qaqqoniylik, xushmuomalalik, ota-onalarga, kattalarga hurmat, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik va yomonlikka nafrat singari muhim axloqiy sifatlarni tarbiyalagan.

Xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo’lib tug’ilmaydi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-ko’y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros — oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek, udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari hal qiluvchi o’rin tutadi. Donolarning ta’kidlashicha, bola boshdan to’g’ri, haqqoniy tarbiyalansa, u kelgusida yaxshi inson bo’lib etishadi, egri Kul da tarbiyalansa, yomon kishiga aylanadi.

Zero, «Ko’chat boshdan, bola yoshdan» maqoliga amal qilish kalq an’anaviy pedagogikasining bosh yo’nalishidir. Shuning uchun xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni oirlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishiga, xech bir narsa chetda qolmasligiga, ayni chog’da i.-fbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari p.tiborga olingan holda «etti o’lchab, bir kesish»ga amal qilinadi. O’ziga xosligi shundaki, xalqtarbiyada kecha, butun va :>rtani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiya o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etish, kelajakka umid asosida olib boriladi.

Xalq pedagogikasining yana bir ibratli tomoni shundaki, qayot, tabiat, jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinishdan mukammal foydalaniladi.

Xalq an’anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o’rin tutadi. Buni ayniqsa, dov-daraxt, tog’-tosh, parrandalarga bag’ishlangan xalq og’zaki ijodi namunalarida ko’rish mumkin. Xalqning bunday qarashlari zamirida to’rt unsurni asrab-avaylash, ya’ni ekologik tarbiya yotadi.

Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar — duo, olqishlar ham katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. O’zbek xalq pedagogikasi ayrim shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz asrlar davomida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutumlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, akl-zakovatlari bilan yaratgan.

Shu bilan birga o’zbek xalq pedagogikasi ilm-fanning turli sohalari — mumtoz adabiyot, san’at, musiqa, og’zaki ijod, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ularning eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib olgan.

Insonparvarlik, baynalminallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlilikni o’ziga e’tiqod qilib olgan o’zbek xalq pedagogikasi ayni chog’da sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda baxramand bo’lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan ozikdangan va uning eng go’zal namunalarini o’ziga qabul kilib olgan.

Shunday kilib, o’zbek xalq pedagogikasi turkiy xalklar — ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko’z qorachig’iday asrab-avaylab, saklab kelgan otameros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalar, adabiyot, folklor ijodkorlari-ijrochilarning bu boradagi sa’y-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qo’shilgan holda shakllangan va rivojlangan.

Xalq doimo bolalarda to’g’ri xulq-atvorni tarbiyalash to’g’risida g’amxo’rlik kilgan va tarbiyalash usullarini o’zi o’ylab topgan. Odatda xalqning dono fikrlarini esda saklab krluvchi, avloddan-avlodga o’tkazuvchilar — keksalar bo’lgan. Qariyalar kishilarning turmush tajribalaridan bahramand bo’lib, donolik darajasiga ko’tarilgan, xalq orasidan chiqqan «pedagoglar»dir. Ular yosh avlodga va yosh ota-onalarga o’z pasiqatlari va maslahatlari bilan ta’sir ko’rsatganlar. Xalqning yuksak orzulari, maqsadlari, e’tiqod, fikrlarini o’zlarida aks ettirishgan. Shunday qilib, tarbiyachi-enagalar xalq orasida eng yaxshi pedagoglar vazifasini o’taganlar.

Masalan, yozuvchi Sadriddin Ayniy o’zining bolalikdagi tarbiyachi-enagasi To’tiposhshani hikoyachilikdagi birinchi ustozi deb hisoblaydi. Abay Qo’nonboev enagasi Zeroni, Hamza o’z onasi Oyshani, Po’lkan baxshi tarbiyachi otaxoni Jassoq baxshini, L.N.Tolstoy enagasi Tatyana Filippovnani, Hamid Olimjon buvisini zo’r ehtirom bilan eslashadi va ularning mashhur bo’lib, elga tanilishlarida ular ko’rsatgan ta’sirni, xizmatni bot-bot e’tirof etishadi. Xalq og’zaki ijodining jozibadorligi bolalar e’tiborini o’ziga shunday jalb etadiki, ular \atto o’z o’yinlarini ham unutadilar.

Uzbek xalqining betakror shoiri H.Olimjon bolalik kuplari, buvisi, eshitgan ertaklari haqida shunday eslaydi:

Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda, Kup ertak eishtardim, So’ylab berardi buvim. Esimda o’sha damlar, O’zi uchar gilamlar, «Tohir-Zuhro», «Yoriltosh», Oyni uyaltirgan kosh, O’t bog’lagan kanotlar Beqanot uchgan otlar. Fikrimni tortar edi, Havasim ortar edi.

Ana, haqiqiy tarbiyachi, xalq ichidan chiqqan pedagog-buiining bola ongida, tasavvurida, ruhiyatida yasagan rangin olami, go’zal dunyosi!

Shunday go’zal tuyg’ular og’ushida, cheksiz xayolot, tasavvurlar old mida, mielsiz kuch-qudratga ega timsollar ta’sirida IShagan, ularga o’xshashga harakat qilib o’sgan bolalar ulg’aygach, ni kamida Hamid Olimjon bo’lib etishar edi-da, albatta. Ana xalq pedagogikasining ta’sir kuchi, yashovchanligi va tarbiyavii axamiyati! Yoki «Zumrad va Qimmat» ertagini bolalarga rosa maromiga etkazib, obrazli qilib hikoya kilayotganimda ko’z o’ngimda bir mu’jiza ro’y berdiki, xalqning donoligi, tadbirkorligiga yana bir bor imon keltirdim. Ertakni tinglayotgan ikkala qizimdan biri yig`lab yubordi, ikkinchisining esa o’pkasi to’lib yig’lamoqchi bo’lib turibdi. Qizlarning kattasydan so’radim: «Nega yig’layapsan, qizim?» Qizim: «Bilaman, Siz meni Qimmatga o’xshatayapsiz. Kecha darsim ko’p edi, idish-tovoqyaarni yuvib, uyni, oshxonani yig’ishtira olmadim. Shuni aytmoqchisiz. Endi bunday qilmayman. Chunki men Qimmatga o’xshashni xoxlamayman», — dedi.

Men ran nimadaligini tushundim, lekin sir boy bermay: «Qizim, bilaman sen hech ham Qimmatga o’xshamaysan. Sen Zumradga o’xshaysan. To’g’rimi?» — deb so’radim. Qizim: «ha» deb javob berdi. Qizlarimning kichigidan: «Munojat, sening nega yig’laging kelayapti?» — deb so’radim. U: «Ayajon, men qo’rqib ketayapman», — deb javob berdi. «Nimadan qo’rqayapsan?» — deb so’radim. Qizim: «Zumrad qorong’ida o’rmonda qolib ketdi. Uni bo’rilar eb qo’yadi-ku? Unga rahmim kelayapti», — deb javob berdi. Men: «Qo’rqma, qizim, uni bo’ri emaydi. Chunki yaxshi bolalarga yaxshi odamlar yordam beradi», — deb uni tinchlantirdim va ertakning davomini xikoya kila boshladim;

Ana sizga xalq ertaklarining qudratli kuchi va ta’siri, hayotiyligi! Biz ana shu tengsiz qudratli kuchdan o’rinly foydalana olishimiz kerak. Yuqoridagi voqea misolida shunday xulosaga keldim. Demak, shu ertak misolida 1-sinfda o’qiydigan qizim Qimmatga o’xshab dangasa bo’lmaslik kerakligini, dangasalik yomon illat ekanligini, dangasa, xudbin^ erkatoylarni hech kim yoqtirmasligini tushunayapti. Zumradga, o’xshab odobli, mehnatkash, xushmuomala bo’lish istagi unda paydo bo’layapti, shunga harakat qilayapti. Ertak aytishdan maqsad o’zi shu edi. Shuning uchun bolalarga ertak aytish, aytganda ham rosa maromiga etkazib, obrazga kirib aytish kerak. Ularni ertaklar olamiga olib kirish, bolalarning ko’z o’ngidg mo’jizalar yaratish, ertaklarning sexrli kuchidan o’rinli foydalanish kerak. Ya’ni, ertaklardagi g’oyalarni hayotga tatbiq etish, bog’lash lozim.

Bu ertakning sehrli kuchiga, hayotiyligiga xalqimizning dono va oqilligiga tan berib, shunday ertaklarni yaratgan xalqimizga tasannolar aytgim keladi.

Xalq donoligining yana bir sarchashmasi xalq maqollaridir. Maqollar xalqimizning o’z hayot tarzidan, asrlar davomida to’plagan tajribasidan chiqarilgan lo’nda, qisqa va aniq xulosalari, tafakkur va ongning, qalbining in’ikosi, aytadigan fikrining qaymog’idir.

Masalan, «Erka qilsa onasi, taltayadi bolasi», «Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar», «Rang ko’r — hol so’r», «Sepli qiz bo’lguncha, epli qiz bo’l», «Hunarli kishi xor bo’lmas», «Bir yigitga qirq hunar oz», «Ona yurting — oltin beshiging», «Ona yurting omon bo’lsa, rangi-ro’ying somon bo’lmas», «Bilagi zo’r Pirni yig`ar, bilimi zo’r mingni yig`ar», «Qatorda noring bo’lsa, yuking erda qolmas» kabi... Maqollarda xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, atrofidagi kishilarga, voqea-hodisalarga munosabati, dunyoqarashi, ichki dunyosi — ma’naviyati, ruhiyati — hammasi ifodasini topadi.

Maqollarni aytish va o’rgatish orqali xalqimiz ardoklagan xislatlar, fazilat, sifatlar, urf-odatlar, qadriyatlar bolalarimiz ongiga singdiriladi.

Maqollar xalq donoligining qaynar bulog’idir. Maqsad — shu buloqdan bolalarni baxramand qilish. Ular maqollarni yoddan bilsin, ma’nosini anglasin, hayotda unga amal qilsin.

Xalq donoligining yana bir chashmasi — topishmoqlar.

Topishmoqlar bolalarni kuzatuvchanlikka, topqirlikka, hozirjavoblikka, atrofidagi narsa — buyumlar, voqea-xodisalar va kishilardagi eng muhim xislatlar, tomonlar, qirralarni tez ilg’ab olishga, kuzatishga, e’tibor berishga, gaqqoslashga o’rgatadi. Masalan, «Oyog’i yo’q, qo’li yo’q — eshik ochadi», «Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda», «O’zi erda, boshi ko’kda», «Sudrasang yuradi, sudralmasang turadi» kabi...

Xalq tarbiya tizimida «tez aytishlar» ham asosiy o’rinni nallaydi. Bu chinakamiga bolalar uchun amaliy mashq qilish maydonidir.

Tez aytishlar bolaning tilidagi nuqsonlarga barham beradi, nutqini ravon va ifodali qilishga, shu bilan birga miya, xotira mashqini amalga oshirishga, xam so’zlab, ham fikrlashga yordam beradi.

Masalan, «Qobil qahraton kishda qishloqda qishladi», «Ko’k karam ko’pmi, po’k karam ko’pmi», «Sobir sakkizta sabzi sanadi» kabi...

Xalq pedagogikasining negizi bo’lmish xalq og’zaki ijodining yana bir asosiy tarmog’i xalq dostonlaridir. Xalq dostonlarida hamma davrlarda, ayniqsa, hozirgi kunda tarbiyaning eng dolzarb mavzularidan biri — vatanparvarlik va milliy g’urur, milliy iftixor, erk, ozodlik uchun kurash tuyg’ularini tarannum etish asosiy o’rinni egallaydi.

Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashdagi asosiy va eng muxim maqsad va vazifa — milliy istiklol mafkurasini ular ongiga singdirishdir.

Milliy istiqdol mafkurasining negizini esa, aynan — Vatanga muhabbat, sadoqat, milliy g’urur, iftixor, Vatan ozodligi va erkinligi uchun kurash g’oyalari tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, hamma davrlarda, ayniqsa, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan bugungi kunda xalq dostonlarini bolalarga o’qitish, aytib berish, o’rgatish, muxrkama qilish nafaqat tarbiyaviy ahamiyat, balki siyosiy ahamiyat ham kasb etadi.

Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongi va qalbiga jo aylash uchun, avvalo, ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur va milliy iftixor hislarini tarbiyalamoqlozim. Onani, yaqinlarini, o’z oilasini sevmay turib, Vatanni sevmoq mumkin emas. Vatanni sevmay turib, unga sadoqatli va fvdoyi bo’lish mumkin emas. Oddiy insoniy g’ururni tarbiyalamay turib, milliy g’urur va milliy iftixorni tarbiyalamoq mumkin emasdir. Bolalarda mardlik, jasorat, shijoat, botirliq fazilatlarini tarbiyalamay turib, Vatanga fidoyilikni, kerak bo’lganda Vatan uchun o’zini baxshida eta oladigan yoshlarni tarbiyalash mumkin emas, aslo.

Zero, Shiroqni o’z qabilasi uchun shirin jonidan kechishga nima majbur etdi? Vatanga cheksiz muhabbat emasmi? To’marisni jondan aziz yolg’iz o’g’lining o’limiga rozi bo’lishiga nima majbur etdi? Vatanga, xalqiga buyuk muhabbati, Vatani, xalqi oldidagi burchi, ma’suliyati, e’tiqodi emasmi, axir! Demak, hozirgi kunda, eng avvalo, yoshlarda ana shu xislatlar, tuyg’ularni tarbiyalamog’imiz kerak ekan.

Bunday ma’suliyatli va nihoyatda nozik vazifani hal etishda \ozir ham biz eng ta’sirchan va samarali vosita — xalq dostonlaridan o’rinli va salmokli foydalanmog’imiz lozim. Masalan, «Alpomish» dostonida shunday bir lavha bor: Qalmoq )lidan Barchinoy Hakimbekka xat yuboradi. U to’qson alpdan qirq kun ruxsat olib, shu qirq kunda Alpomishning etib kslishiga umid bog’laganini iz\or etadi. Lekin xat Hakimbekning qo’liga tegmaydi, uni otasi Boybo’ri bekitib qo’yadi. Chunki u o’g’lining begona yurtga — Qalmoq eliga borishini chohlamaydi. Xatni Hakimbekning singlisi Qaldirg’ochoyim gopib, akasiga beradi. Hakimbek xatni oladi-yu, indamaydi. Qaldirg’och javobini so’raganida «Bir xotinni deb, qalmoqlar bilan talashib yuramanmi», — deydi. Shunda shaddod qiz akasining yigitlik xamiyatiga tegadi va «Er yigit o’lmay, yorini birovga berami?» — deydi. Hakimbekning hamiyati qo’zg’ab, mudroq g’ururi junbushga keladi va otasining ma’n etishiga qaramay, Qalmoqqa yo’l oladi.

Endi Barchinga qaytaylik, Barchin Qorajondan \akimbekning kelganini eshitib, «Alpomish kelsa kelibdi-da, nima qilay. Alpomish keldi deb etagiga osilib averaymi, kelgan bo’lsa yaxshi. Men to’qson alpga va’da bsrganman. Alpomishga ham, ularga ham shartim bor. Kim shu tartlarimni bajarsa, shunga tegaman», — deydi. Ana uzbek qmzining mardligi va jasorati, g’ururi! Yigitlarga bergusiz mardlik, tantilik va g’urur bu! Bunday g’ururning mo’jizaviy ko’rinishini dostonlardan tashqari yana qaerda ko’rsa bo’ladi? Albatta, dostonlarda, xalq og’zaki ijodi-da!

Yoki Alpomish zindonda yotganda Qorajon ham, Tovka oyim \lm uni chiqarib olmoqchi bo’ladi. Lekin u rozi bo’lmaydi. Bir kupi ulardan ta’na eshitib, insoniy g’ururi poymol bo’lishini xoqlamaydi. Demak, biz eng avvalo, insoniy g’ururni garbiyalamog’imiz kerak ekan. Chunki g’urursiz kishidan hamma qabixlikni kutsa bo’ladi. Sotqinlikni ham, yolg’onchilik va1 tuhmatni ham. g`urur insonning imonini pok saqlaydi, yomonliklardan asraydi. Mardlik, sadoqat, fidoyilik sari etaklaydi.

Demak, yoshlarda millim mafkurani shakllantirishni ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, g’urur va hamiyat, or, nomus, milliy g’urur va milliy iftixorni tarbiyalashdan boshlashimiz kerak ekan. Bu fazilatlarni tarbiyalashda dostonlar’eng qudratli va ta’sirchan tarbiya vositasi vazifasini bajaradi.

Xulosa qilib aytganda, xalq og’zaki ijodi milliy mafkuraning negizini tashkil etadi va xalq pedagogikasining manbai hisoblanadi.

Yer yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham qadim zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan bolalarining sog’lom, baquvvat, mehnatsevar, katta-kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, jamoani, Vatanni himoya qila oladigan kishilar bo’lib ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan tajribalarini, orzu-istaklarini umumlashtirib, maqol, topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston, milliy, oilaviy urf-odatlar, an’analar shaklida ifodalab yoshlarga, oila a’zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek xalq pedagogikasi vujudga kelgan.


1.2. FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING TARBIYAVIY VA DIDAKTIK IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH

Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va qur'oni karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o`z ifodasini topgan. Xalq pedagogikasining hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo`lib, har bir avlod unga o`z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo`shgan holda bizgacha etib kelgan.

Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo`lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkadan qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, etti o`lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o`ylab ish tutiladi, ya'ni tarbiyani o`tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko`rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor undan mukammal foydalanadi.

Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo`nalishlarini, diniy-axloqiy ta'limotni qamrab olishi bilan harakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to`plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma'rifiy, estetik, ma'naviy hamda jismoniy etuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo`nda, ammo bag’oyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. «o`zbek xalq pedagogikasi» dono xalqimizning ta'lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma'naviy ustuvorligi, iymon-e'tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an'analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi ta'limotiga bog’liq holda, muqaddas qur'oni karim va payg’ambarimiz muhammad rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyanadi. Xalq pedagogikasida ollohning ilohiy mo`'jizasi - hayot sarvari insonning ona qornida paydo bo`lishidan tortib, to tug’ilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga etguncha hamda oila qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo`lgan axloqiy, aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog’liq o`yinlar, xalq pedagogik an'analarining hozirgi zamon yosh avlod ta'lim-tarbiyasida tutgan o`rni hamda ahamiyati aks etadi. Shu bilan birga o`zbek an'anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o`ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bag’oyat dolzarb mavzularni o`z ichiga oladi.

Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo`lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar va tajribasi sohasidir. O`zbek milliy maktabini yaratishda ta'lim-tarbiya ishiga xalq pedagogikasini joriy etish masalasi asosiy muammolardan biridir. Shunday ekan, xalq pedagogikasining zamonaviy maktab oldidagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ularni mumkin qadar to`laroq amalga oshirishdagi imkoniyatlarini aniqlash juda muhimdir. Yoki, xalq pedagogikasining o`quvchilarni tarbiyalashdagi va ularga ta'lim berishdagi imkoniyatlarini qay darajada ekanligini bilish lozim.

O`zbek xalqining har bir avlodi xalq ommasining bir necha asrlar mobaynida to`plagan tarbiya an'analarini bolani hayotga va mehnatga tayyorlashda qo`llab kelgan. Ya'ni, xalq pedagogikasining imkoniyatlaridan amalda foydalangan. Bizning oldimizda esa zamonaviy o`zbek maktabi o`kuv-tarbiya jarayonida milliy tarbiya madaniyatini qo`llash uchun ularning imkoniyatlarini aniqlash masalasi turibdi. Xalq pedagogikasining tarbiya ishini amalga oshirishdagi imkoniyatlari deganda nima tushuniladi?

Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma, dastur, darsliklar shaklida etib kelmay, asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrdagi asarlar — elshunoslik, qadrshunoslik, udumpgunosliklar qatida saqlanib qolgan.

Pedagogika fani xalq tarbiyasi tajribasidan eng yaxshilarini qabul qilib oladi. Kishilar yosh avlodda mehnatsevarlik, itoat qilish, matonatlilik, sofdillik, qaqqoniylik, xushmuomalalik, ota-onalarga, kattalarga hurmat, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik va yomonlikka nafrat singari muhim axloqiy sifatlarni tarbiyalagan.

Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma'lumotlar, malakalar va ko`nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va o`quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun zarurligi(qulay shart-sharoit yaratishi) tushuniladi. Masalan, xalq maqollarining tarbiyaviy imkoniyatlari maktabda tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqadi. Tarbiyaning asosiy maqsadi - har tomonlama etuk insonni(shaxsni) shakllantirish. Uning tarkibiy qismlari esa rivojlanayotgan va shakllanib kelayotgan shaxsning aqliy, jismoniy, axloqiy mehnat va nafosat tarbiyalaridir. Maqollar esa, tarbiyaviy jarayonda shaxsni shakllantirishning sanab o`tilgan tarkibiy qismlarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit yarata oladi. Jumladan, xalq maqollaridan aqliy tarbiyaga oid, jismoniy tarbiyaga xos, axloqiy, mehnat va nafosat tarbiyalariga taalluqli o`nlab namunalarni tanlab olish mumkin. Ular esa o`qitishda, sinfdan tashqari tarbiyaviy faoliyatda va maktabdan tashqari tarbiya ishida yuqorida keltirilgan shaxsni shakllantirishning o`zaro bog`liq bo`lgan barcha yo`nalishlarini amalga oshirish uchun lozim bo`lgan tadbirlarda keng qo`llanilishi mumkin.

Xalq pedagogikasinnig manbalari ma'lum tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo`lib, ular eng avvalo maktabning (yoki oilaning) oldida turgan maqsad va vazifalaridan, so`ngra esa aniq pedagogik jarayonda hal etiladigan masalalaridan kelib chiqadi. Xususan, o`quv jarayonida yoki sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlariga murojaat etish mumkin. Masalan, boshlang`ich sinflarda, aniqrog`i 3-sinfda o`zbek xalq maqollari o`rganiladi. Mazkur sinf uchun "O`qish" darslaridan birida "O`zbek xalq maqollari" mavzusi bor. Dars jarayonida foydalanish uchun xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. O`qituvchi xalq tarbiya an'analari imkoniyatlarini aniqlashda darsning maqsadlariga e'tibor beradi. Ya'ni, "O`zbek xalq maqollari" mavzusidagi darsning quyidagi maqsad va vazifalarini ajratib ko`rsatish mumkin: xalq og`zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, maqollarnii o`rgatish va ular haqida tasavvur hosil qilish; maqollarning mazmunidan foydalanib, o`quvchilarni mehnatsevarlikka, kamtar va odobli bo`lishga, o`zidan kattalarni hurmat qilishga undash; xalq og`zaki ijodi namunalarini to`plash va ularni asrashga chaqirish. Keltirilgan maqsad va vazifalarni hal etishga imkon beruvchi o`zbek xalq maqollari tanlab olinadi va bular xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashkil etadi.

«Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari» tushunchasini kiritishningg o`zi xalq tarbiya an'analarini zamonaviy maktab va oila tajribasida qo`llash doirasi ma'lum darajada chegaralanganligini anglatadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari zamonaviy maktab oldida turgan vazifalar, uning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. O`quv-tarbiya jarayoni samarasini oshirishga to`la imkon bergan taqdirdagina xalq tarbiya tajribasiga murojaat qilish mumkin. Keyingi vaqtlarda O`zbekiston pedagogik davriy nashrlarida xalq pedagogikasiga keng o`rin berilganligini mamnunlik bilan qayd etgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini haddan tashqari bo`rttirib ko`rsatish, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ustun qo`yish, ilmiy pedagogikaga bir yoqlama, ya'ni faqat tanqidiy ko`z bilan qarash kuzatilayotganligini ta'kidlash lozim.

Bizningcha, xalq pedagogikasini maktab amaliyotiga tatbiq etishda uning tarbiyaviy imkoniyatlarini hozirgi kun talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, to`g`ri baholash zarur. Xalq pedagogikasi faqatgina ilmiy pedagogika bilan hamkorlikdagina chuqur o`rganiladi. Tarbiya va o`qitishning nazariyasi va uslubiyoti (metodikasi) xalq pedagogikasidan o`quv-tarbiya jarayonida ilmiy asosda foydalanish imkonini beradi. Milliy maktab yaratishda an'anaviylikni zamonaviylik bilan to`g`ri bog`lay olish evazigagina har tomonlama etuk shaxsni shakllantirish vazifalarini mumkin qadar to`laroq hal qiluvchi talim-tarbiya sistemasini ishlab chiqarish mumkin. Yoki, so`z xalq pedagogikasini ilmiy pedagogika va zamonaviy maktab ta'lim-tarbiya tajribasi bilan asosli ravishda bog`lash haqida bormoqda. Bu o`rinda biz xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash va ulardan milliy maktab o`quv-tarbiya jarayonida foydalanishning «tarbiya madaniyatida an'anaviylik va zamonaviylikning o`zaro tasiri» printsipini ilgari surdik. Bu prinsipning mohiyati quyidagicha:

Milliy ta'lim-tarbiya uchun tarbiyada an'anaviylik va zamonaviylikning o`zaro ta'siri muammosi xosdir. Ya'ni, xalqning etuk inson haqidagi ideallari, uni tarbiyalashga bo`lgan qarashlarini shaxsni shakllantirishga qo`yiladigan zamonaviy talablar bilan taqqoslash va ular orasidagi munosabatni aniqlash lozim.

Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq ommasining yoshlarga bilimlar va amaliy ko`nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o`stirish va axloqiy nafosat g`oyalarini egallashlarida qo`llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy maktabda o`qitish jarayonida qo`llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san'atga o`rgatishning xalq orasida tarkib topgan uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog`och o`ymakorligi, zardo`zlik, musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa ko`plab amaliy can'at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o`z usullari, uslub va vositalari mavjud. Ulardan milliy maktabdagi mehnat ta'limi darslarida yoki to`garak mashg`ulotlarida o`quvchilarga bilimlar va amaliy ko`nikmalar berishda foydalanish mumkin. Xalq doimo bolalarda to’g’ri xulq-atvorni tarbiyalash to’g’risida g’amxo’rlik kilgan va tarbiyalash usullarini o’zi o’ylab topgan. Odatda xalqning dono fikrlarini esda saklab krluvchi, avloddan-avlodga o’tkazuvchilar — keksalar bo’lgan. Qariyalar kishilarning turmush tajribalaridan bahramand bo’lib, donolik darajasiga ko’tarilgan, xalq orasidan chiqqan «pedagoglar»dir. Ular yosh avlodga va yosh ota-onalarga o’z pasiqatlari va maslahatlari bilan ta’sir ko’rsatganlar. Xalqning yuksak orzulari, maqsadlari, e’tiqod, fikrlarini o’zlarida aks ettirishgan. Shunday qilib, tarbiyachi-enagalar xalq orasida eng yaxshi pedagoglar vazifasini o’taganlar.

Masalan, yozuvchi Sadriddin Ayniy o’zining bolalikdagi tarbiyachi-enagasi To’tiposhshani hikoyachilikdagi birinchi ustozi deb hisoblaydi. Abay Qo’nonboev enagasi Zeroni, Hamza o’z onasi Oyshani, Po’lkan baxshi tarbiyachi otaxoni Jassoq baxshini, L.N.Tolstoy enagasi Tatyana Filippovnani, Hamid Olimjon buvisini zo’r ehtirom bilan eslashadi va ularning mashhur bo’lib, elga tanilishlarida ular ko’rsatgan ta’sirni, xizmatni bot-bot e’tirof etishadi. Xalq og’zaki ijodining jozibadorligi bolalar e’tiborini o’ziga shunday jalb etadiki, ular hatto o’z o’yinlarini ham unutadilar.

Xulosa tariqasida o`quv muassasalarida xalq pedagogikasidan foydalanish uchun uning tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini bilish zarurligini aytish mumkin.


II BOB. FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING SAMARALI USULLARIDAN FOYDALANISHNING TA’SIRI
2.1. FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINING OILA VA OILAVIY TARBIYANI AKS ETISHI

Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish