Pedagogika universiteti



Download 36.5 Kb.
Sana15.01.2021
Hajmi36.5 Kb.

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT

PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

BOSHLANG‘ICH TA’LIM VA



SPORT TARBIYAVIY ISH”

YO‘NALISHI 402-GURUH TALABASI

SHAYMURZAYEVA MAFTUNANING

4-sinf matematika fanidan 1 soatlik

dars ishlanmasi

Mavzu: Tezlik .Vaqt .Masofa.

Ta'limiy: bolalarda tezlik, vaqt, masofa miqdorlari orasidagi o'zaro bog'liqlikni bilishlarini shakllantirish; Tarbiyaviy: Odobli bo`lishga undash. Rivojlantiruvchi: bolalarning masalalar yechish uquvlarini shakllantirish.

Metod: Suhbat, tushuntirish, mustaqil ish.

Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi.


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism. O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

II.Uy vazifasini tekshirish. Daftarlari ko`rib chiqiladi. Daftarlar almashtiriladi.

III. Yangi mavzu bayoni. Ko'cha harakati qoidalariga oid bo'lgan amaliy mashg'ulotni eslang. Bu mashg'ulotda biz nimani o'rgandik? Transport harakati yo'nalishi haqida nimani bilib oldingiz? Siz nima deysiz, ular qanday yo'nalishlarda harakat qilishadi? Avtobuslar tez yuradimi yoki piyodalarmi? Ular bir xil yo'nalishda harakat qilib, bir-birini quvib o'tadimi? (Yengil mashinalar avtobuslar va piyodalardan tezroq harakat qiladi.)

Harakat tezligi bilan tanishtirish. Ushbu masalani yechishni taklif etasiz: «Yengil mashina 2 soat yo'lda bo'ldi va 160 km masofani o'tdi. U har bir soatda bir xil masofa bosib o'tdi. Mashina har bir soatda necha kilometr yurgan?»

Masalani tahlil qilish jarayonida ushbular aniqlanadi: bu masalada nima ma'lum? (Mashina yo'lda 2 soat bo'lgani va bu vaqt ichida 160 km o'tgani ma'lum.) 2 soat — bu mashinaning harakat qilgan vaqti, 160 km — bu mashina o'tgan masofa. Har bir soatda mashina qanday masofa o'tganligi haqida nima deyilgan? (Har bir soat davomida mashina bir xil masofa o'tgan.) Masalada nimani bilish talab qilinadi? (Mashina har bir soatda necha kilometr o'tganligini bilish talab qilinadi.)

Doskada masala mazmunini kesma bilan tushuntirasiz, kesmani teng ikkiga bo'lasiz. Masala savoliga javob berish uchun nima qilish kerak? (160 km ni 2 ga bo'lish kerak.) O'quvchilar og'zaki hisoblashadi, siz esa doskaga yozasiz: 160 : 2 = 80 (km/soat).

Mashinaning har bir soatda o'tgan masofasini harakat tezligi uchun qabul qilinganini tushuntirasiz. Demak, bunday deyish mumkin: mashina soatiga 80 km tezlik bilan yurdi, «Mashina har bir soatda necha kilometr yurdi?» degan savolni «Mashina qanday tezlik bilan yurdi?» degan savol bilan al-mashtirish mumkin.

Shunday qilib, bu masalada qanday kattaliklarning qiymatlari berilgan? (Vaqt va masofa.) Qanday kattalikning qiymati izlanayotgan qiymat bo'ladi? (Tezlik.) Masofa va vaqt ma'lum bo'lgani holda biz tezlikni qanday topdik? (Masofani vaqtga bo'ldik.) Bu ish asosida ushbu xulosa chiqariladi:



Agar masofa va harakat vaqti ma 'lum bo 'lsa, tezlikni topish mumkin. Tezlik masofaning vaqtga bo'linganiga teng.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 300 (1, 2, 3), 301 (1, 2, 3)-mashqlar jamoa bo'lib tahlil qilinadi va bajariladi.



. 302- masala yechiladi.

Masalani yechish rejasini tuzing (og'zaki). Masala yechilishini amallar bo'yicha yozing. Daftarda bunday yozuv paydo bo'ladi:



1) _ 4574 2) + 4574 3) _ 10427

1696 2878 7452

2878 (I) 7452 (I) 2975 (/)

II sisternada ikkala sisternada III sisternada Javob: 2975 l

V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa berish. 303- 304-misol va masala
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat