Pedagogika tarixi



Download 24,31 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi24,31 Kb.
#45259
Bog'liq
1-mavzu

1-MAVZU. Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya.
Reja:
1.“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.

2.Pedagogika tarixi g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan aloqadorligi.

3.O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov ta’lim –tarbiya jarayonida milliy meros pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ahamiyati haqida.

4.Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.

5. Ibtidoiy jamoada tarbiya.


    1. Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari

Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.

Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.

Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:



  1. milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;

  2. pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;

  3. pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.

Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:

  1. arxeologik yodgorliklar;

  2. qo’lyozmalar;

  3. xalq og’zaki ijodi;

  4. adabiy yodgorliklar;

  5. hujjatlar;

  6. badiiy adabiyot;

  7. memuarlar;

  8. Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.

Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi. Pedagogika tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. So’nggi yillarda O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:

  1. eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar;

  2. mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji;

  3. jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).

Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda o’rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:

  1. eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;

  2. VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;

  3. Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;

  4. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;

  5. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji;

  6. XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;

  7. XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;

  8. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;

  9. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji;

  10. eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi;

  11. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;

  12. hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.




      1. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya

Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik jamoasi.




Qadimgi tosh asri

Peleolit:

ilk


o’rta

so’nggi

mil. av. 700/500-100 ming yilliklar.

mil. av. 100-40 ming yilliklar.

mil. av. 40-12 ming yilliklar.


O’rta tosh asri

Mezolit

mil. av.12 – 7 ming yilliklar.

Yangi tosh asri

Neolit

mil. av. 6-4 ming yilliklar.

Mis-tosh asri

Eneolit

mil. av. 4-3 ming yilliklar.

Bronza davri

Bronza davri

mil. av. 3-1 ming yilliklar.

Temir asri

Ilk temir asri

mil. av. X-VIII asrlar.




So’nggi temir asri

VII–IV asrlar

Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sa­piens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar.

Co’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.

O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar.

Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari, atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruxlar-kichik oilalar ajralib chiqa boshlaydi.



O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak darajasiga etadi.

Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha avlodlardan iborat bo’ladi.
Download 24,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish