Pеdagogika, psixologiya va ta’lim mеnеjmеnti ” kafеdrasi



Download 2,5 Mb.
bet2/3
Sana08.09.2017
Hajmi2,5 Mb.
#20347
1   2   3

Yakuniy mashq:

Binafsha”musiqa ostida bolalar “Ko’lmakdan sakrash” mashqini bajarib, musiqa xonasidan chiqadilar.



Harakatli o‘yinlar bola irodasini tarbiyalovchi faoliyatdir

Ro‘molchani ber

Ishtirokchilar bir-biriga qarama-qarshi turgan holda ikki guruhga bo‘linishadi. Hamma qo‘lini orqasiga qo‘yadi. Markazda bitta o‘yinchi turadi. Har ikkala jamoadan bittadan o‘yinboshi tanlanadi va unga ro‘molcha beriladi. O‘yinboshi o‘z jamoasi o‘yinchilar orqasidan sekin o‘tib, bildirmasdan o‘yinchilardan birining qo‘liga dastro‘molni tutqazadi. Shundan so‘ng, o‘rtada turgan o‘yinchi buyruq beradi: ”ro‘molni ber”. Bolalar Qo‘lidagi ro‘molchani yugirib borib o‘rtadagi o‘yichiga ro‘molchani Qo‘liga berishlari kerak. Ro‘molchani birinchi bo‘lib bergan o‘yinchi g’olib bo‘ladi. Yakunda eng ko‘p ochko yiqqan jamoa g’olib sanaladi.



O‘yin qoidalari. Ro‘molchani faqat buyruqdan keyin olib borishi kerak. Ro‘molchani qo‘lga berolmagan yoki tushirib yuborgan o‘yinchi birinchi yetib borganiga qaramay yutqazadi.

Ayoz

Tarbiyachi sanoq bilan o‘rtaga Ayoz boboni tayinlaydi. U markazda, qolganlar atrof bo‘ylab turadilar. Tarbiyachining: “Ayoz kelayapti”degan ogohlantirishdan so‘ng barcha bolalar turli tomonlarga qarab qochishadi. Ayoz esa ularni quvib yetishga va Qo‘li bilantegib ularni muzlatib qo‘yishga harakat qiladi. Muzlatilgan bola o‘sha joyida qotib turadi.



O‘in qoidalari. Faqatgina tarbiyachining gapidan so‘nggina turli tomonlarga qochish mumkin. Qotib turgan bolalar o‘yin yana boshidan boshlanmaguncha qaytadan o‘yinga tushmaydi.

Sholg’om tortish

Bu o‘yinda 20 ta bola qatnashib ular ikki guruhga bo‘linadilar.

Guruhlar o‘ziga “Bulbul”, “Sava”, debnom qo‘yib oladilar. Keyin o‘rtaga to‘g’ri chiziq chiziladi va bir tomonda “Bulbul” guruhi, ikkinchi tomonda esa “Sava”guruvi turishadi.

Sardorlar chiziqning ikki tomonida turib: “Sholg’om tortish”deb buyruq berishgandan so‘ng bolalar bir-birlarining qo‘llarini o‘z tomoniga tortishadi. Chiziqdan bolalari ko‘proq o‘tib ketgan guruh yengiladi.



Epchil quyon

Bu o‘yinda 14-15 nafar bola qatnashadi. Maydonning o‘rtasidan orasi 60-70sm bo‘lgan ikkita chiziq chiziladi. Ikki bola bo‘ri vazifasini o‘taydi, qolgan bolalar quyon bo‘lib shu chiziqdan o‘tishi kerak. Bo‘ri chiziqchada turadi. Bo‘rilarga tutilmay o‘tgan quyon “epchil quyon”hisoblanadi.



Tosh qo‘ydi

Tosh qo‘ydi o‘yini asosan yoz oylarida o‘ynaladi. Bolalar uchun o‘rindiqda tizilib o‘tiradilar. Xoxishga qarab ikki o‘yinchi saylab olinadi. Biri topuvchi, ikkinchisi toshni yashiruvchi bo‘ladi. Topuvchi teskari qarab, ko‘zlarini berkitib turadi. Yashiruvchi toshni o‘tirganlardan biriga beradi. Shu payt hama bir xil vaziyatda: kulib yoki jiddiyroq bo‘lib turadi. Tosh yashiruvchi topuvchiga qarab: “osh pishti, pasha tushti” deb aytadi. Topuvchi o‘tirganlardan birini ko‘rsatadi. Agar toshja topuvchi ko‘rsatgan bolada bo‘lsa, chiqarib beradi, agar boshqa bola qo‘lida bo‘lsa, u yashiruvchiga beradi.



Oq quyonim alomat

Bolalar xonanig yoki maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan stullarda yoki skameykalarda o‘tiradilar. Tarbiyachi ularga “hozir hammangiz quyon bo‘lasizlar”, deydi va “o‘tloqqa”yugurib chiqishi taklif qilinadi. Bolalar xonaning o‘rtasiga chiqadilar va tarbiyachining yonida davra qurib turadilar. Keyin cho‘qqayib o‘tiradilar. Tarbiyachi shunday sher o‘qiydi:

Oq quyonim alomat,,

Otini qo‘ydim salomat.

Shanpanquloq quyonim,

Juda-juda alomat.

Bolalar qo‘llarini boshlariga ko‘tarib quyonning qulog’iga o‘xshatib, barmoqlarini qimirlatadilar. Tarbiyachi sher o‘qishda davom etadi:

Quyonim qotib qopti,

Oyoq-Qo‘lin isitsin.

Tap-tap-tap-tap,

Tap-tap-tap

Oyoq Qo‘lin isitsin.

Bolalar ”tap-tap”so‘zini eshtirishlari bilan chapak chala boshlaydilar va sher tugaguncha chapak chalib turadilar.

Tarbiyachi yana shrr o‘qiydi:

Bir joyda turaverib,

Endi sakrab o‘ynasin,

Quyon titrar sovuq yeb.

Sakrab-sakrab quvnasin.

Bolalar ”sakrab-sakrab”so‘zini eshtishlari bilan ikki oyoqlab, irg’ishlab sakray boshlaydilar. Sakrashni

tamom bo‘lguncha davom ettiradilar. Tarbiyachi:


Quyonjon qochib ketdi

Kimdandir cho‘chib ketdi.

Deydi va aniq polvonni ko‘rsatadi, bolalar qochib borib, o‘z joylariga turib oladilar.

O‘yinni bolalar bilan istagancha o‘tkazish mumkin. O‘yin boshlanishidan oldin albatta quyonlqr yashirinadigan joyni tayorlab qo‘yishi kerak. O‘yin boshida sherga binoan mashqni hamma bolalar barovar bajaradilar. O‘yin ko‘p marta takrorlaganda keyin bironta bolani quyoncha qilib tayinlash va uni doira o‘rtasiga turg’izib qo‘yish mumkin. Sher tomom bo‘lgandan zo‘ng bolalar orqasidan tez yugurmaslik, ularga o‘z joylarini topib olishlari uchun imkon berish kerak. Kichkintoylardan, albatta, o‘zining joyini topib olish talab qilinmaydi, ularning har biri bo‘sh joyni topib olishi mumkin. O‘yin muntazam o‘tkazilib turganda ular o‘z joylarini yaxshi eslab qoladilar. Bolalarning bu topqirligini qo‘llab-quvvatlab, rag’batlantirib turish maqsadga muvofidir.



Paxmoq kuchuk

Bolalarning biri paxmoq kuchukni ifoda etadi. U polda boshini oldinga uzatilgan qo‘llarigaqo‘yib yotadi. Qolgan bolalar asta uning atrofiga to‘planishib sher o‘qiydilar:

Qarang,xurrak otadi.

Paxmoq kuchuk yotadi,

Bilib bo‘lmaydi aslo,

Uyg’oqmi u, uxlarmi yo?

Sekin kelib uyg’otmasak,

Qiziq ish bo‘lsa kerak.


Bolalar kuchukni uyg’ota boshlaydilar, uning tepasiga kelib, engashib, otini aytadilar, chapak chaladilar, hurkitadilar. Kuchuk irg’ib o‘rnidan turib ketadi va qattiq vovullaydi. Bolalar har tomonga qochib ketadilar. Kuchuk ularning ketidan quvlaydi, birortasini ushlab olishga harakat qiladi. Hamma bolalar har tomonga qochib, berkinib olganlaridan so‘ng, kuchuk yana yerga yotadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.

Agar kuchukni tarbiyachi akis ettiradigan bo‘lsa, u stul yoki o‘rindiqda o‘tirib ”uxlaydi”.



Chumchuqlar ba mushuk

Bolalar maydoning bir tomoniga polga bir qator qilib qo‘yilgan o‘rindiqlar dayoki katta kublarda tikka turadilar. Bular tomdagi chumchiqlarni ifoda etishadi. Ulardan hariroqda mushuk uxlab yotgan bo‘ladi. Chumchuqlar sakrab pastga tushadilar, qanotlarini rostlab, har tomonga uchib ketadilar. Biroq shu payt mushuk uyg’onibqoladi. U ”myov-muyov”deydi-da, tutgan chumchuqlarini o‘z uyiga olib ketadi. O‘yin 5-6marta takrorlanadi.

Bolalar tizzalarini bukib oyoq uchida, yengil sakrashlarini kuzatib turish ke

Kulrang quyon yuvinayapti

Barcha o‘ynayotganlar davra qurib turadilar. Quyon qilib tayinlangan bola davra o‘rtasida turadi. Bolalar bunday deydilar:

Quyonjon yuzini yuvar,

Balki mehmonga borar.

Aval burnini,

Keyin og’zini

Chaydi u rossa.

Quloqlarini ham yuvib,

Artindi toza.
Quyon va ana shu so‘zlarga monand harakatlar qiladi. Keyin u bolalardan birortasining oldiga ikki oyoqlab sakrab-sakrab keladi. Quyon kimning oldiga kelib to‘xtagan bo‘lsa, o‘sha bola doiraning o‘rtasiga kelib turadi. O‘yin 5-6 marta takrorlanadi.

Doirada bir vaqtning o‘zida bir necha quyon – 4-5 bola turishi mumkin. Ular o‘yin topshiriqlarini barovar bajaradilar. Bu bolalar faoliyatini oshiradi.



Top, lekin aytma

Bolalar maydonchaning bir yomonida yuzlarini tarbiyachi tomonga qaratib turadilar. Ular tarbiyachining ishorasi bilan ular o‘girilib, devorga qarab turadilar. Ular tarbiyachining ishorasi bilan ular o‘grilib, devorga qarab turadilar. Keyin bolalar ko‘zlarini ochishadi-da, tarbiyaji toman burilishadi va ro‘molchani qidira boshlaydilar. Ro‘molchani topgan bola uni topganligini bildirmasdan sekin tarbiyachining yoniga keladi va uning qulog’iga ro‘molchaning qayirda ekanligini aytadi-da, qatordagi o‘z joyiga kelib turadi. Bolalarning ko‘pchiligi ro‘molchani topmaguncha o‘yin davom etaveradi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.



O‘yin qoidasi. Bolalarga kim ro‘molchani topsa, uni turgan joyida olmaslik kerakligini va hatto uni topmaganligini hech kimga bildirmaslikka haakat qilish zarurligini tushuntirish kerak.

Ketgan kim

Bolalar davra qurib yoki yarim doira shaklida turadilar. Tarbiyachi o‘yinda qatnashayotgan bolalardan biriga o‘z yonida turgan 5-6ta bolani eslab qolishini, keyin xonadan chiqib turishni yoki burilib, ko‘zini yumib turishni taklif qiladi. Bolalardan biri yashirinib oladi. Keyin tarbiyachi “qani, top-chi, kim yo‘q”, deydi. Agar bola topsa, uning o‘rniga boshqa bola tayinlanadi. Agar topa olmasa, yana o‘grilib turadi va yashiringan bola joyiga qaytib kelib turadi. Keyin topuvchi bola, uning nomini aytishi lozim. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi.

Bolalar safidan chiqib, yashiringan kim ekanligini aytib bermasliklari kerak. Hech kim yashirinmaslgi ham mumkin. U holda qidirib topuvchi bola ham joy-joyida turganligini aytishi kerak.

Koptok onaboshiga

Ikkita chizziq o‘tkaziladi, ular orasidagi masofa 2-3m. O‘yinchilar birinchi chiziq orqasida ketma-ket turadilar. Ularga qarama-qarshi chiziqda onaboshi turadi. U qatorda birinchi bo‘lib turgan bolaga koptokni otadi, u esa koptokni boshqaruvchiga qaytarib otadi va qatorning oxiriga borib turadi. Butun qator oldinga siljiydi, navbatdagi bola chiziq loldiga kelib turadi.

Hamma bolalar koptokni otishgach, yangi onaboshi tayinlanadi.

O‘yinni musoboqa tarzida o‘tkazish ham mumkin. Bunda bolalar bir necha qator bo‘lib turadilar va har bir qatorga onaboshi tayinlanadi. O‘yinchi koptokni otadi, lekin shu qatorda turganlar vaqtdan yutqazadi.



Botir bolalar

Bolalar Qo‘l ushlashib, davra qurib turishadi va birgalikda:

Biz botir bolalarmiz,

Biz jasur bolalarmiz.

Mana qaranglar-a sizlar-

Suvda ham ochiq ko‘zlar.

deyishadi.

Shunday deb bolalar Qo‘llarini pastga tushiradilar va hammalari ko‘zlarini yummasdan baravar suvga sho‘ng’iydilar. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.



Ko‘rsatmalar. Mashqning to‘g’ri bajarilganligining tekshirish uchun tarbiyachi suv ichiga qanday buyim qo‘yilganligini bolalardan so‘rash mumkin

Balandroq irg’it

Bola Qo‘lidagi koptokni mumkin qadar balandroq irg’itishga intiladi. Bunda u koptokni o‘z boshi ustidan yuqoriga tikka otib bva yana mumkin qadar balandroq otishga intiladi.

Bola koptokni ham bir Qo‘llab, ham ikki Qo‘llab irg’itishi mumkin.

Koptokni ilib ol

Baland 1,5-2m narida katta kishi turadi. U koptokni bolaga irg’itadi, u esa orqaga qaytaradi. Bu paytda katta kishi: ”Ilib ol, menga tashla, tushirib yuborma”, deydi. Har bir so‘zni aytganda bir martadan koptok irig’tiladi. Kichkintoy koptokni bemalol ilib olishga va uni shoshilmasdan irg’itishga ulgirishi uchun so‘zlarni shoshilmasdan, chozib aytish kerak.

Koptokni ilib olib va irg’itish malakasini egallab olishga qarab bola bilan katta kishi orasidagi masofani uzaytirish mumkin. Agar ikkita bola o‘ynayotgan bo‘lsa, katta kishi ular koptokni yaxshiroq irg’itishlarini va ilayotganda uni ko‘kraklariga bosib olmasliklarini kuzatib turadi.

O‘z juftingni top

Tarbiyachi bolalarga asosiy rangdagi bayroqchalardan bittadan tarqatib chiqadi. Ishora bo‘yicha childirma ovozi chiqishi bilan yoki chapak chalinishi bilan bolalar bayroqchalarini boshlaridan yuqorida ko‘tarilib, hilpiratib yugirib ketadilar. Keyingi ishora bo‘yicha yani childirma bir necha zarb berib urilganda yoki ketma-ket chapak chalinganda yoki ”o‘z juftingni top” degan so‘zlar aytilishi bilan bir xil rangdagi bayroqchali bolalar juft-juft bo‘lib, o‘zlariga sherik topib oladilar. Har bir juft erkin holda qandaydir shakini aks ettirib turadi. O‘z juftini topolmay qolgan bolaga boshqa hamma bolalar baravariga shunday deb murojat qiladilar:

Ha, bo‘l Ahmat anqayma,

Sherik tanla, lalayma.

Shundan keyin bolalar maydon bo‘lib yana yugirib ketadilar. O‘yin 5-6 marta takrorlanadi.

O‘yinda o‘yinchilar soni toq bo‘lishi mumkin, bunday holda tarbiyachi ham o‘yida ishtirok etadi.



O‘yin qoidasi: Tarbiyachining Qo‘lida hamma rangdagi bayroqchalardan bo‘lishi kerak, O‘yin takrorlangan vaqtda u bir necha bolaning bayroqjasini almashtirib beradi. O‘yinda ishtirok etayotgan bolalar ishora bo‘yicha o‘zlariga har xil sheriklar tanlashlari kerak.

Quyonlar bilan bo‘ri

Bolalar quyonlarni, ulardan biri bo‘rini aks ettiradi. Maydonchaning bir tomonida quyonchalar o‘z uylarini belgilashadi.

Tarbiyachi quyondagi sherni aytadi:
O‘tloqda quyonchalar,

Dikir- dikir o‘ynashar.

Bori uyg’otmagin deya,

Asta qarab qo‘yishar.

Qatnashchilar ana shu so‘zlarga muofiq harakat qilib, uychalaridan sakrab-sakrabchiqadilar. Maydoncha bo‘lib yugirib, goh ikki oyoqlab sakraydilar, goh cho‘qayib o‘tirib, o‘tni yeydilar. Tarbiyachi ”Bo‘ri” so‘zini aytishi bilan jarlikdan sakrab chiqadi va quyonlarni quvlab ketadi. Bo‘ri ularni tutishga(Qo‘lini tekizishga)harakat qiladi. Quyonlar o‘z uylariga qochib ketadilar. Bu yerda endi bo‘ri ularni tutishi mumkin emas. Tutilgan quyonlarni bo‘ri o‘zining iniga-jarlikga olib ketadi. O‘yin qaytadan tiklanadi. Kelishib olinganiga muofiq, bo‘ri 2-3 quyonni tutgandan keyin uning vazifasiga boshqa o‘yinchi tayinlanadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.

Har bir quyon o‘z inini egallaydi. Quyonlarning umumiy uychasi ham bo‘lishi mumkin. Dastlab bo‘ri fazifasini tarbiyachi ifoda etishi ham mumkin.



Qopqon

O‘yinchilar teng bo‘lmagan ikki guruhga bo‘linadilar. Kichik guruh bolalari qo‘l ushlashib, doira hosil qiladilar. Ular qopqon vazifasini o‘taydilar. Qolgan bolalar(sichqonlar)doiradan tashqariga bo‘ladilar. Qopqon vazifasini bajarayotgan bolalar doira bo‘ylab boradilar va:

Harsalarni kemirib,

Jonga tegdi sichqonlar.

Ehtiyot bo‘ling makkorlar,

Sizni quvib yetamiz

Hammangizni tutamiz....

Bolalar to‘xtab, darvoza hosil qilib bir-birlarining qo‘llarini ushlab olgan holda yuqoriga ko‘taradilar. Sichqonlar qopqon ichiga yugirib keladilar va undan yugurib chiqadilar. Tarbiyachi ”Qo‘lingizni tushiring” deyishi bilan doira bo‘lib turgan bolalar qo‘llqrini tushiradilar, cho‘qayib o‘tirib qopqon atrofini berkitadilar. Doira(qopqon)ichidan yugirib chiqa olmagan bolalar tutilgan hisoblanadilar. Ko‘pchilik bolalar tutilgach, bolalar vazifalarini almashtiradilar va o‘yin qaytadan boshlanadi.

Qopqon bekilgach, sichqonlar doira bo‘ylab turgan bolarning qo‘llqri tqgidan chiqib ketishi yoki orani yorib chiqishi mumkin emas. Juda chaqon biror marta qopqonga tushmagan bolalarning nomlarini alohida takitlab, ularni rag’batlantirish kerak



G’ozlar

Maydonchaning bir tomonida- chiziq bilan ajratilgan joyda g’ozlar yashaydi. Qarama-qarshi tomonda cho‘pon turadi. Maydoning chap tomonida bo‘rining uyi bo‘ladi. Qolgan joy o‘tloq. Bo‘ri va cho‘pon vazifasini bajaruvchi bolalarni tarbiyachi tayinlaydi, qolgan bolalar g’oz bo‘ladilar. Cho‘pon g’ozlarni o‘tloqqa olib chiqadi, ular o‘tloqda yurib, uchadilar


Cho‘pon:-G’ozlar, g’ozlar

(G’ozlar to‘xtab, javob beradilar).

G’ozlar:-g’a,-g’a-g’a!

Cho‘pon:- don yeyapsizmi?

G’ozlar:-Ha,-ha,-ha!

Cho‘pon:- Qani uchib kelinglar!

G’ozlar:- Ucha olmaymiz!

Tog’ ostidagi bo‘ri

Bizni uyga qo‘ymaydi.

Cho‘pon:- Qanotlaridan ajratmay,

Uyga tomon uchinglar!

G’ozlar qanotlarini yozib (Qo‘llarini yon tomonga uzatib) o‘tloqdan uy tomon uchdilar, bo‘ri esa uyasidan chiqib, ularni tutishga(Qo‘l tekizishga) harakat qiladi.Tutilgan g’ozlar bo‘rining uyasiga kiradilar. Bir necha marta yugurib o‘tgandan so‘ng (o‘yin tartibiga ko‘ra) tutilgan g’ozlar sanab chiqiladi. So‘ngra yangi bo‘ri va cho‘pon tayinlanadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. O‘yinning boshida bo‘ri vazifasini tarbiyachi bajaradi.



Qiziqchilar

O‘yinchilardan biri qiziqchi qilib tayinlanadi va u davra o‘rtasida turadi. Qolgan bolalar qo‘l ushlashib doira bo‘ylab (tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan o‘nga va chapga) yuradilar va:

Doira bo‘ylab,

Ketma-ket.

Boramiz qadam-baqadam,

Birgalikda hammamiz-

Mana... bunday qilamiz
deyishadi.

Bolalar to‘xtab, Qo‘llarini tushiradilar. Qiziqchi biror harakatini qilib ko‘rsatadi, qolgan hamma bolalar bu harakatni takrorlashlari kerak. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi, qiziqchi o‘yinchilardan birini o‘z o‘rniga tayinlaydi, so‘ngra o‘yin yana davom ettiriladi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi.



O‘yin qoidasi. Qiziqchilar bir harakatni hadeb takrorlamay, xilma-xil harakatlarini ko‘rsatishi kerak.

Ovoz chiqarmay yugurib o‘t

Bolalardan biri maydoncha o‘rtasida o‘tirib, ko‘zini yumadi, qolgan bolalar maydonchaning bir tomoniga turadilar; ulardan 6-8 kishi maydonchaning ikkinchi tomonida o‘rtadi o‘tiradigan bolalarning yonidan yugurib o‘tsalar, ularni ona boshi to‘xtadmaydi. Agar u qadamlar tovushini eshitsa, to‘xta deydi va ko‘zini ochmay ovoz eshitilgan tomonni to‘g’ri ko‘rsatsa, bolalar o‘z joylariga qaytib boradilar. So‘ngra keyingi guruh bolalari yugurib o‘tadilar.



Narsani almashtirish

Maydonchaning bir chetida 5-6 bola turadi, qo‘llarida o‘yinchoq, ikki chetda, usdida bittadan kubik bo‘lgan sutullar turadi. Tarbiyachining ”Yugiring”degan ishorasi bilan bolalar stullar turgan tarafga yugiradilar va o‘yinchoqni qo‘yib, kubikni olib, o‘z joylariga qaytib keladilar. Birinchi kelgan bola belgilandi. So‘ngra yana 5-6 bolalar o‘yinni davom ettirad



Bizni tut

Bolalar doira shaklida qo‘llarini ushlab turadilar. Tarbiyachi bir bolani tutuvchi qilib saylaydi va doira ichida turadi. Bolalar doira bo‘ylab harakatlanib:

Biz quvnoq bolalarmiz,

Yugurishib, sakraymiz,

Qani bizni quvlab ko‘r,

1,2,3- tutib ko‘r.

Deb, har qayoqqa chopib ketadilar, tutuvchi ularni quvlaydi. Tutilgan bola vaqtincha o‘yindan chetga chiqib turadi. Tutuvchi 2-4 bolani tutmaguncha o‘yin davom etaradi.

Tarbiyachining “doira bo‘lib turing” degan taklifni bilan bolalar yig’iladilar va o‘yin qayta boshlanadi.



Ayyor tulki

Ishtirokchilar bir-biridan bir qadam masofada doira yasab turadilar. Doiradan tashqarida tulkining “o‘yin” chiziladi. Tarbiyachi bolalarga ko‘zlarini yumishini buyiradi va doirani (bolalarining orqalardan) aylanib o‘tib, birortasining orqasiga tegib o‘tadi.

O‘sha ayyor tulki hisoblanadi. Keyin tarbiyachi ko‘zlarini ochilishlarini buyuradi va diqqat bilan qarashlariga ruxsat beradi. Ayyor tulki, qayirdasan deb, bir-birlariga qarashadi.

Shundan so‘ng tulki doira o‘rtasiga yugirib chiqadi va q o‘lini ko‘tarib,”Men bu yerdaman”, deydi. Hamma bolalar maydoncha bo‘ylab chopib ketadilar, tulki ularni quvlaydi. Tutilgan bolani tulki o‘z uyiga olib boradi. Shunday qilib, tulki 2-3 bolani tutgandan so‘ng, tarbiyachi doira bo‘lib turinglar, deydi va o‘yin qaytadan boshlanadi.



Qo‘lga tushib qolma

Maydonchaga doira chiziladi. Bolalar yarim qadam masofada doira atrofida turadilar. Tarbiyachi o‘yinboshqaruvchini tayinlaydi va udoira ichida xoxlagan joyida turadi. Bolalar chiziq ustidan doira ichiga sakraydilar. O‘yinni olib boruvchi yugirib, bolalarga tegmoqchi bo’lib harakat qiladi, u yaqinlashishi bilan bolalar doira chetiga chiqib oladilar. Qaysi bolalarga qo’li tekkan bo’lsa, u yutqazgan hisoblanadi, lekin o’yinda qatnashaveradi. 30-40 soniyadan so’ng tarbiyachi o’yinni to’xtatib, yutqazganlarni hisoblaydi. Keyin yutqazmaganlar orasidan yangi o’yinni olib boruvchi tayinlanadi.



Koptok ketidan yugur

O‘yinda qatnashuvchilar sohilda yuzlarini suv tomonga burib, bir qator bo’lib turadilar. Suv bolalarning belidan keladigan joyida – suv ustida koptok (doira)lar bo‘ladi. Ularning soni ishtirokchilar soniga barovar bo‘lishi kerak. Tarbiyachining ishorasi bilan bolalar suvga yugurib tushadilar va koptoklarni olib qirg‘oqqa birinchi bo‘lib yetib keladb, o‘z o‘rnini egallab olgan bola gzolib hisoblanadi.



O‘yin qoidasi. Belgilangan joydan uzoqlashib ketish, bir-biriga harakat berish, turtishish mumkin emas.

Botir bolalar

Bolalar qo’l ushlashib, davra qurib turishadi va birgalikda:

Biz botir bolalarmiz,

Biz jasur bolalarmiz

Mana, qaranglar sizlar

Suvda ham ochiq ko‘zlar.

deyishadi.

Shunday deb bolalar qo‘llarini pastga tushiradilar va hammalari ko‘zlarini yummasdan baravar suvga sho‘ng‘iydilar. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.

Ko‘rsatmalar. Mashqining to‘g‘ri bajarganligini tekshirish uchun tarbiyachi suv ichiga qanday buyim qo‘yilganligini bolalardan so‘ragan holda bilib olishi mumkin.
Kegil

O‘yinda plastmassa keglidan foydalanishi mumkin. Ular bir-birlaridan 10-15sm masofada o‘rnatiladi. Bolalar 1-1,5 metir masofadan bittadan soqa (shar) dumalatadilar. Tarbiyachi kegliga soqqani tekizgan bolani rag‘batlantiradi yutqazgan bolalarga esa vazifani qaytadan bajarishda yordam beradi.



To‘pni dumalat

Bolalarga har xil rangdagi to’plar yoki kichikroq soqqalar (diametiri 6-8sm shartlar) beriladi va bolalardan ularni 1,5-2 m ga dumalatishni taklif qiladi. Tarbiyachi berilgan fazifani kim yaxshi uddalagan bo‘lsa, uni rag‘batlantirib, yana bir marta dumalatishga ruxsat beriladi. Bolalar to‘pni 2-3 martadan dumalatganlaridan keyin, to‘plarni savatchaga terib oladilar.



Sayirga chiqamiz

Bolalar maydoncha chetidagi o‘rindiqlarda o‘tiradilar. Tarbiyachi 5-6 ta bolani galma-galdan chaqiradi, ular ketma-ket turib, tarbiyachi bilan birga maydonchani oylanadilar va o‘z joylariga qaytib keladilar. So‘ngra tarbiyachi keyingi guruh bolalarni chaqiradi.



O‘yinnig qoidalari. Bolalar bir-biridan qolmasdan va oshib ketmasdan, ko‘rsatilgan yo‘nalishda yurishlari kerak.

Bosib olma

Maydonchadan uzunligi 8-10 m to‘g‘ri yoki ilon izi chiziq oztkaziladi (arqon,tayoqcha, kubiklar qozyishi mamkin). Keyin bolalar o‘zlarining mashinalarini chiziq bo‘ylab olib boradilar. Chiziqni bosmaslik yoki undan o‘tib ketmaslik shart.

O‘yinni murakkablashtirish uchun ikkta parallel chiziq o‘tkaziladi va bir vaqitda bir necha bolga, yo‘l bo‘ylab chiziqni bosmasdan, birin-ketin mashinani olib o‘tish taklif qilina

Toycha

Bolalar kichikroq guruh yoki qatorda, tizzalarini baland ko‘tarib yuradilar. So‘ngra ishora bo‘yicha oyoqni balandroq ko‘tarib qadam tashlab yuradilar. Tizzani baland ko‘tarib yurishda oyoq uchida, tapillatmasdan yuriladi.



Toshlarni tezroq yig‘ib ol

Maydonchaga toshlar qo‘yiladi. Bolalar maydon bo‘ylab yurib, ularga tegib ketmaslikka harakat qiladilar. Tarbiyachining “olinglar”degan ishorasidan keyin bolalar tezda toshlarni terib olishga harakat qiladilar. Ko‘proq tosh terib olgan bolalar ragzbatlantiriladi. Toshlar ishora berilgandan keyin terib olinadi.



O‘yin qoidasi. Toshni yonidagi o‘rtog‘idan tortib olish mumkin emas.

Mehmonga borish

Bolalar ikki guruhga bo‘linib, maydonchaning qarama-qarshi tomonlarida joylashadilar. Tarbiyachi bitta guruhdagilarni boshqa guruh bolalarinikiga “mehmonga borishga”taklif qiladi. Bolalar maydonchaning qarama-qarshi tomonga o‘tib, har biri o‘zi xoxlagani oldiga borib turadi. Ular juft bo‘lib, irgzishlab sakrashadi, aylanib, o‘yinga tushishadi. Keyin birinchi guruh bolalari joyiga qaytib keladi. Endi ularning oldiga ikkinchi guruh bolalari boradilar.



O‘yin qoidasi. Maydonchadan to‘g‘ri o‘ynalishda, qaddi- qomatni to‘g‘ri tutib, yengil qadam tashlab o‘tiladi.

Birinchi bo‘lib tur

Bolalar boshlovchi orqasidan qator bo‘lib boradilar. Tarbiyachi bolalardan bittasining ismini aytib chaqiradi. Hamma to‘xtaydi, nomi aytilgan bola qatorni quvlab o‘tib, birinchi bo‘lib turadi, yurish davom etadi. Qator bosh tomoniga qisqa yo‘l bilan o‘tiladi.



Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish