Pedagogika instituti maxsus pedagogika kafedrasi inklyuziv ta



Download 3,37 Mb.
bet1/68
Sana23.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#405241
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
inklyuziv ma`ruza 3-sem


Mar`uza mashg`uloti





O’ZBEKISTON RESPUBLIКASI OLIY VA



O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

MAXSUS PEDAGOGIKA KAFEDRASI

INKLYUZIV TA`LIM

FANI BO`YICHA


O'QUV-USLUBIY МAJMUA






Bilim sohasi:



100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

110000 – Pedagogika

Bakalavr yo’nalishi:

5111900 – Defektologiya


MUNDARIJA:

Ushbu o’quv-uslubiy majmua Maxsus pedagogika kafedrasining 20___ yil ____avgustdagi ___-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Inklyuziv ta`lim” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.





Tuzuvchi:

L.R.Xayitov – Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri



Taqrizchi:

Amaliy psixologiya kafedrasi mudiri: D.Saliyeva






Ushbu o’quv-uslubiy majmua Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti Kengashining 2021 yil __ - avgustdagi 1-sonli majlis bayonida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.


1-mavzu: Inklyuziv ta’limning moxiyati.

Integratsion ta’lim va ijtimoiy reablitatsiya

R E J A:
1.Inklyuziv ta’limning ijtimoiy ahamiyati

2.Inklyuziv ta’lim va uning o’ziga xos xususiyatlari. .

3.Imkoniyati cheklangan bolalar-o’quvchilarni ijtimoiy hayotga moslashtirishda inklyuziv ta’limnining ahamiyati.

Tayanch so’zlar: alohida yordamga muhtoj bolalar, korrektsion ta’lim, maxsus ta’lim, Segregatsiya, inklyuziv ta’lim.
Adabiyotlar:

1. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun.

2.”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”

3.Ture Yonson ”Inklyuziv ta’lim”-“Opereyshen Mersiy” Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.

4.”Maktablr hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” -2002 yil.

5.”Dakarskie ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Frantsiyada chop etilgan.

6. “Alohida yordamga muxtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy - nazariy konferentsiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomtsentr”-2002 yil.

7.”Halqaro forum materiallari”-Toshkent - Respublika bolalarni ijtimoiy adaptatsiyalash - 2005 yil.

8.”Ta’lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent-2005 yil.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni his yetadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib yetishishlariga katta umid bilan qaraladi.

Bolalarni muxofaza qilish maqsadida BMT 1989 yilda “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya”ni qabul qildi. “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” bolalarning huqularini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquqlari borasidagi halaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butun jahon mamlakatlari tomonidan ratifikasiya qilingan. Konvensiyani radifikasiya qilgan 191 mamlakat ko’ngilli tarzda zimmalariga “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” qoidalarini ma’muriy qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tadbiq etish majburiyatini oldilar.

“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” kompleks va unversal xarakterda bo’lib, bu barcha bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni ta’min etadigan yagona Konvensiyadir. Bu konvensiya qat’iy faoliyat ko’rsatadi. Barcha hukumatlarni hamma bolalalarning huquqlarini himoya etish uchun sa’yi harakatlar qabul etishga chaqiradi. Shuningdek bu Konvensiya yaxlitdir, chunki unda ta’kidlanishicha, barcha huquqlar muhim, mushtarak, bir-birlariga bog’liq va tengdir.

“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya”ni o’rganish jarayonida bu hujjatning ko’plab bandlarining mazmuni va mohiyati xususida L.P.Nazarova, R.A.Suleymenova va G.A.Hakimjonovalar to’xtalib o’tganlar.

“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” barcha bolalarning huqularini himoya qiladi. Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida “Bolalar ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog’lig’i, qanday holatda tug’ilganliklari va boshqa holatlaridan qat’iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasiligi kerak”-deb qat’iy belgilangan.

Demak, bu Konvensiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ham tegishli bo’lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo’lish kafolatlanadi. Shunday ekan, “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham kafolatlaydi.

Aynan 28-modda “Ta’lim insonnig siyosiy huquqi”, deb nomlangan bo’lib, unda ishtirokchi davlatlar barcha bolalarning ilm olish huquqini e’tirof etadilar, hamda ana shu huquqni teng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta sekin erishish maqsadida, bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etadilar,-deyilgan. Ushbu modda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ta’lim olishlarini, ular uchun ham ta’limning majburiy ekanligini ko’rsatib turibdi.

“Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya” maxsus ehtiyojli bolalarning ham barcha huqularini kafolatlar ekan, “barcha huquqlar barcha bolalarga” tamoyili e’tirof etilishi ma’lum bo’ldi.

Shuningdek, “Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya”ning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim tarbiyasi xususida qisqa va aniq qilib quyidagicha ta’kidlangan: “Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta’lim olishga har tomonlama yordam berilishi lozim”. Bu qoidadan shu nursa ayon bo’ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat hayotida to’liq ishtirok etishi, madaniyatga hamohang bo’lib o’sishi, uning boyliklaridan, go’zalligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hassa qo’shishlarining ahamiyati juda kattadir. Mana shunday imkoniyatlarga ega etishda maxsus ta’lim muassasalarining ta’lim tizimi va mazmuni talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham insonparvarlik nuqtai nazaridan jahondagi ko’plab mamlakatlar maxsus-segregasion ta’lim tizimini inkor eta boshlaganliklari ma’lum bo’ldi. Juda ko’plab davlatlarda maxsus yordamga muhtoj bolalarni yuqori natijali kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda ijtimoyi moslashtirish to’laligicha yo’lga qo’yish maqsadida umumta’lim maktablarida ta’lim berish ilmiy va amaliy davlat siyosati rejasiga kiritildi. Buning natijasida esa 1990 yilda Tailandda o’ta muhim Umumjahon Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferensiyada “Ta’lim hamma uchun” Umumjahon Deklarasiyasi qabul qilindi. “Ta’lim hamma uchun” Umumjahon Deklarasiyasini dunyoning 155ta davlat hukumatlari va 150dan ortiq nodavlat tashkilotlari qabul qildilar. “Ta’lim hamma uchun ” Umumjahon Deklarasiyasi har bir bolaning to’laqonli va mukammal ta’lim olishini kafolatladi.

Ushbu Deklarasiyada quyidagicha bayonot qilingan: “Maktablar bolalarning imkoniyatiga qarab emas, ish sifati va maktab ta’limiga javob berishi bilan xarakterlanadi. Ular quyidagilardan iborat:

-har bir bolaning huquqi ommaviy maktabda ta’lim tarbiya olishni talab etadi;

-o’qitishning metod va metodikalari bolaning nuqsoniga qarab tanlanadi;

-maktabda to’laligicha korreksion pedagogik yordam tashkil etiladi;

-bolalar to’g’risidagi qaror kompleks tarzda qabul qilinadi;

-bolaning har bir shaxsiy huquqi kafolatlanadi;

-maktabda integrasiya tamoyiliga o’quv rejaning asosi sifatida qaraladi;

-inklyuziv maktablarning moddiy ta’minoti yaxshilanadi”.

L.S.Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni uyg’unlashtiradigan ta’lim tizimini tashkil etish, ya’ni maxsus yordamga muhtoj bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida o’qitishni e’tirof etgan. “Ta’lim tizimi shunday bo’lish kerakki-deb yozadi L.S.Vigotskiy-maxsus ta’lim va umumiy ta’lim uyg’unlashib ketishi uchun shart-sharoitlar yaratilsin. Buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki, maxsus yordamga muhtoj bola o’qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. Ma’lumki, bizning maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya oluvchi o’quvchilar maktab jamoasining tor doirasiga tushib qoladi. Ijtimoiy jamiyatda esa hammaning diqqati uning nuqsoniga qaratiladi. Natijada bu bolalar haqiqiy hayotdan chetlashtiriladi. O’z o’rnida maxsus maktab bolani chegaralangan dunyoga olib keladi”. Shuning uchun ham L.S.Vigotskiy nuqsonli bolani tarbiyalashning vazifasi bu boladagi nuqsonlarni kompensasiya qilish va uning hayotga integrasiyasini ta’minlashdir, deb hisoblaydi.

Xorijda 30-yillarda N.N.Nazarov integrasiya tajribasini quyidagi turlarga ajratgan:

-shaxsni demokratik jamiyat qoidalariga to’la rioya qilishini ta’minlash;

-moddiy ta’minot;

-integrasion jarayonlarning majburiylik xususiyati.

Jahon miqiyosida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy imkoniyatlarini va ularning huquqlarini ta’minlash jarayonini bosqichma-bosqich o’rganish natijasida “Ta’lim hamma uchun ” maqsadlarini amalga oshirish va maxsus yordamga muhtoj bolalarning to’laqonli mukammal ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida 1994 yilning 7-10 iyun kunlarida Ispaniya davlatining va YuNESKOning yordamida Salamanka shahri (Ispaniya)da ikkinchi yirik Umumjahon Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur Konferensiya “Salamanka Deklarasiyasi va alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limining kelgusida ijrosini ta’minlash Ramkasi” deb atalib, shu yili “Salamanka bayonoti va Ish faoliyat Rejasi” nom bilan uning ish mazuni nashr etildi.

Bu hujjatda huquqlar bo’yicha bayonotlar mazmunlarini yorituvchi fikrlar bayon etilgan. Salamanka bayonoti va Ish faoliyati Rejasining asosiy yetakchi tamoyili shundan iboratki, maktablar barcha bolalarni, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar o’qishga qabul qilishlari lozim. Mazkur hujjatda ta’kidlanishicha:

“Har bir bola ta’lim olish va o’ziga muvofiq darajada bilimga erishish xuquqiga ega:


  • Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xil xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin;

  • Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish faoliyati doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali vositasi bo’la oladi:

  • Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurash;

  • Do’stona insonparvar jamovlarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;

  • Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish” (Salamanka bayonoti 2-band);

Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat rejasida “Ta’lim hamma uchun” shiori ilgari surilamoqda. “Ta’lim hamma uchun” shiori deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham tenghuquqlilik asosida ta’lim olishlari tushuniladi.

Ushbu harakat rejasini tahlili shuni ko’rsatdiki, asoslanadigan asosiy tamoyili quyidagilardan iborat:

“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko’chmanchi xalqlarga tegishli bo’lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil topgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3-band).

Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanib, har bir bolaning boshqalarnikiga o’xshamagan o’z ehtiyojlari mavjudligi, shuningdek, har bir bola yashash joyiga yaqin bo’lgan maktabga borish huquqi mavjudligi alohida ta’kidlab o’tilgan. Mazkur Bayonotga ko’ra:



  • Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin;

  • Maxsus ehtiyojga ega bo’lagan bolalar uchun umumta’lim maktablariga borish imkoniyati yaratilsin deb qat’iy belgilab berildi.

Bunday maktablarning asosiy maqsadi barcha bolalarga samarali ta’lim beribgina qolmay, maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan inklyuziv va iliq munosabatli jamiyat yaratib, diskriminasion o’zgarishlarga barham berishdir.

Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasining ishlab chiqilishi jahon miqiyosida “Ta’lim hamma uchun” mazmunidagi ta’lim siyosati ilgari surilib, maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida o’qitishning yo’llari belgilab berildi. Ammo bu ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini yanada aniqroq va mustahkamroq huquqiy jihatdan asoslash, qat’iy belgilab berish lozim edi. Shuning uchun ham 2000 yilning 26-28 aprel kunlari Dakarda ta’lim to’g’risida xalqaro Forum qatnashchilari tomonidan “Dakar harakat dasturi”ni qabul qilgan. Ular 10 yil oldin qabul qilingan “Ta’lim hamma uchun” Xalqaro Deklarasiya (Djomtyen-Tailand-1990 yil) ni qayta tasdiqlab, ratifikasiya qildilar. Dakar harakat dasturi “2000 yilga qadar jahon miqiyosida ta’lim hamma uchun amaliy faoliyatining darajasini baholash” maqsadiga asoslanildi. Bu baholashda har bir davlat o’zining ta’limni barcha bolalar uchun taminlanganlik darajasini tahlil qilib chiqish vazifasi topshirildi. Tahlil asosida har bir davlat 6 ta hududiy Konferensiyalarni o’tkazish davomida 1990-2000 yillarda erishgan yutuqlarini Djomtyenga yetkazib turish lozim deb belgilanganligi aniqlandi:



  1. 1999 yil-2000 yil “Ta’lam hamma uchun” konferensiyasi Saxardan boshlab, Janubiy Afrika davlatlarida;

  2. Bangok va Tailandda 2000 yilning 17-20 yanvar kunlari butun Osiyo va Tinch okeani hududi mamlakatlarida ta’lim hamm uchun maqsadini amalga oshirish darajasini belgilash uchun hududiy Konferensiya;

  3. 2000 yilni 24-27 yanvar kunlari Kairda Arab davlatlari Ta’lim hamma uchun hududiy Konferensiyasi;

  4. 2003 yil 31 yanvardan 2 fevralgacha Braziliyaning Resifi shahrida 9 ta ko’pmillatli davlatlarning ma’orif vakillari bilan uchrashuv-Ta’lim-9 yig’ilishi;

  5. 2000 yilning 6-8 fevral kunlari Polsha va Varshava shaharlarida Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari uchun Konferensiya;

  6. 2000 yil 10-12 fevral kunlari Dominikan Respublikasi Santo-Domingo shahrida janubiy va markaziy Amerika uchun “Ta’lim hamma uchun” hududiy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Mazkur harakat Ramkasidan chetda qolgan davlatlarda ta’lim hamma uchun maqsadlarini amalga oshirish YuNESKO tomonidan ijrosi ta’min etila boshladi.

Dakar harakat Ramkasiga kirgan barcha davlatlar 2002 yilga qadar “Ta’lim hamma uchun” rejasini mukammal tuzib, 2015 yilga qadar bu ta’lim tizimini amatiyotga to’liq joriy etishlari lozim deb topildi.

Ushbu harakat Ramkasi tarkibiga kiruvchi davlatlarning barchasi “Har bir insonga va har bir jamiyatga” shiori ostida barcha insonlar va bolalar ta’limini to’laqonli ta’minlash majburiyatini oladilar. Bu harakat dasturida “Ta’lim xavsiz, sifatli, bolaning sog’lig’ini himoya qilib, mustahkamlaydigan, hamma uchun birdek, inklyuziv tarzda va barcha zaruriy resurslar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. O’qituvchilar saviyasi va o’quv rejalar “Ta’lim hamma uchun” maqsadlariga javob berishi kerak”-deb belgilangan («Dakarskiye ramki deystiy»-Fransiya 2000 yil, 20-21 betlar).

Uchinchi ming yillik arafasida o’tkazilgan mazkur Dakar Umumjahon Konferensiyasida xalqaro va milliy me’yoriy hujjatlarda e’tirof etilgan ta’lim olishdagi tenglik amalda keng tadbiq etilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Bu Deklarasiya quyidagicha bayonot qilindi:


  • Har bir inson: bola, o’smir va kattalarning har biri ta’lim olishlari shart va bu ta’lim uning asosiy o’quv imkoniyatlariga ega bo’lishi lozim;

  • Nuqsonli bolalarning o’quv imkoniyatlari asosiy o’rinda turadi. Barcha nuqsonli bolalarning nuqsonlarini erta aniqlab ta’limga jalb qilish imkoniyatini topmoq kerak. (Suleymenova R.A, Xakimjonova G.A, “Zarubejnqy i otechestvennqy opqtq vklyucheniya detey so spesialnqmi nujdami v obщyeobrazovatelnqy prosess problemq i puti resheniya”-Olmota-2001, 19-bet).

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha xuquqiy me’yoriy hujjatlar, xalaro forum Konferensiyalar asosida maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to’laqonli va tenghuquqli a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha yondashuv maydonga kelganligi ma’lum bo’ldi. Bu ta’lim tizimlari “Integrasion” hamda “Inklyuziv” ta’lim tizimi deb ataldi.

Mazkur ta’lim tizimlarining mazmun-mohiyati qanday, ular o’rtasidagi farqlar va o’xshashlik jihatlari-chi, bu ta’lim tizimlarini qanday qilib joriy etish mumkin? kabi xaqli savollar tug’ilishi tabiiy. Avvalo, “Integrasiya” va “Inklyuziv” so’zlarining izohini o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Integrasiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo’lib, itegrative-qo’shiluvchi, birlashuvchi, itegration-qo’shilish, birlashish-degan ma’nolarni bildiradi. Integrasion ta’limgan jahon miqiyosida turlicha yondashishlar mavjud. “Integrasion ta’lim bu-segregasion ta’limning aksi bo’lib, bunda maxsus ehtiyojli bolalar umumta’lim muassasalari tizimiga kiritiladi”-deb yozgan soha mutaxassisi Volferen Berger. (1972 yil)

“Shuni qayd etib o’tish kerakki, deb yozadi Ture Yonsan-integrasiyaning yolg’iz o’zi maqsad emas, nogiron bolani umumta’lim sharoitga joylashtirish integrasiyaga qarab qo’yilgan birinchi qadamdir. Ammo bu ta’lim tizimi bolani o’rganish orqali aniqlangan ehtiyojlarni to’la qondirishni talab etuvchi aniq resurslar va olib boriladigan ishlardan iborat aniq reja asosida amalga oshiriladi”. (Ture Yonsan “Inklyuziv ta’lim”-Toshkent-YuNESKO-2003 yil. 99-bet)

N.N.Malofeyev va N.D.Shmatkolar: “Integrasiya-maxsus ta’limning qonuniy bosqichidir”-deb yozadilar.

L.M.Shipsina esa integrasiyani ikkita turga ajratgan: ijtimoiy va pedagogik integrasiya. Ijtimoiy integrasiya turida ijtimoiy munosabatlarni imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim tizimitga moslashtirishni nazarda tutadi. Pedagogik integrasiyada bolaning qobiliyatlarini o’quv rejaga moslashtirish nazarda tutiladi.




Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish