Pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti



Download 279,37 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi279,37 Kb.
#273700
Bog'liq
Ma'ruza labaratoriya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

KAFEDRASI



TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

fanidan
LABOROTORIYA

MASHG’ULOT

Tuzuvchilar: O’qituvchi: Mo’minov A

O’qituvchi: Sindarov S

1- Laboratoriya mashg‘uloti.

Mavzu: Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar
BIOS (Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard (материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).

Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi.

BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:

— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;

— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);

— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;

— tizim resurslarini taqsimlaydi;

— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;

— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);

— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;

— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.

BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:

— American Megatrends (AMI);

— Award Software;

— Phoenix Technologies.



BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.

Maqolalarda Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini misol qilib olaman, chunki eng ommalashgan turi shu. Sal tushunarli bo‘lishi uchun BIOS’ning ba’zi versiyalarini rasmda ko‘rsatib o‘taman.



Award BIOS versii 4.51 PG 



AWARD BIOS versii 6,0 



AWARD + PHOENIX. birgalikda ishlashgan, zamonaviy platalarda shunaqa.

BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin:

Пуск -> Выполнить -> msinfo32



Bundan tashqari, EverestSandrasiw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi.

BIOS'ning "разгон"chilar uchun chiqarilgan menyusi - Tiger Central Control Unit

Navbatdagi menyu Tiger Central Control Unit deb nomlanadi va u ikkinchi bo‘lib joylashgan. Bu menyu bilan ishlash unchalik tavsiya qilinmaydi, chunki bu orqali kompyuterni tez ishtan chiqarishingiz mumkin. Elektr qism bilan ishlanadi(kuchlanish, chastota).

Bu  menyu o‘zida bir necha menyularni saqlaydi va ularning soni biroz ko‘proq, asosiylarini ko‘rib o‘tamiz.

Smart Power LED - bu funksiya kompyuterdagi svetodiodni boshqaradi. Muammo paydo bo‘lsa(kuller ishdan chiqsa, tezkor xotira ishga yaroqsiz holga kelsa, monitor, videokartada muammolar paydo bo‘lsa, undan tashqari POST tekshiruv yaxshi o‘tmasa), muammoning turiga qarab bir necha marotaba yonib o‘chishi mumkin. Buning uchun bu funksiya yoqilgan holda (ENABLED) bo‘lishi kerak. Odatiy holi o‘chiq(Disabled).

Smart Boot Menu - Enabled qiymatga ega bo‘lsa, kompyuter yonishida, qaysi diskdan yuklanish kerakligini ko‘rsatuvchi xabar chiqadi, so‘ng, belgalagan disk orqali kompyuter yuklanadi. Bu holda BIOS'da o‘rnatilgan yuklanuvchi disklar darajasi hisobga olinmaydi.

Auto detect PCICLS - kompyuterdan tarqaladigan elektr nurlanishni kamaytiradi, bunga u ishlatilmayotgan slotlarga elektr toki bermasdan erishiladi. Nurlanish kam darajada kamaytirilgani bois, bu funksiyani o‘chirib (Disabled) qo‘yish ham mumkin.

DRAM Configuration - bu funksiyani o‘zgartirmagan, to‘g‘rirog‘i umuman kirmagan yaxshi, tezkor xotiraning nozik sozlashlari o‘rnatiladi, ba'zi qismlarini o‘zgartirib ham bo‘lmaydi, xullas bu sozlashlarni o‘zgartirmaymiz.

Tiger Intelligent Stepping - funksiya, kompyuterni ishlashini tezlashtiradi(razgon), bu haqida alohida maqola qilishga harakat qilaman. Tezlashtirishni, kompyuter elementlarini maksimal darajada ishlatish orqali erishiladi, ya'ni maksimal chastotada, buning natijasida kompyuterning umri qisqaradi. Default qiymat bersangiz, kompyuter o‘zi qay darajada ishlashini belgilaydi, agar, Manual qiymat bersangiz, siz o‘zingiz belgilaysiz(kompyuter bilan endi ish boshlaganlarga bu funksiyani o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi).

CPU Frequency - protsessorning shina tizimiga chastota qiymatini berish, bu ham razgonning bir turi hisoblanadi.

PCIE Clock - PCI Express shina chastotasini o‘rnatish, odatiy qiymati 100 Mgs.

CPU Clock Multiplier - protsessor turiga qarab, protsessor chastotasi va tizim shina chastotasi orasidagi bog‘lanish. Odatiy holi Auto. Kompyuterni kuchaytirguvchilar(razgon) menyusi.

AMD K8 Cool control - AMD korxonasi tomonidan chiqarilgan texnologiya bo‘lib, elektr quvvatini kam sarflashini ta'minlaydi. Agar kompyuterga unchalik katta yuklama tushmasa, chastotalar avtomat kamaytiriladi, shu hisobiga elektr ta'minoti ham kamayadi. Har doim Auto qiymati turish tavsiya qilinadi.

PCI/SATA/HT Spread Spectrum - elektromagnit nurlanishni kamaytiriruvchi funksiya, bunga u 3 ta shina(PCI/SATA/HT Spread Spectrum)ga kamroq signal berish orqali erishadi, kamroq deganda, kuchsizroq nazarda tutiomoqda, kompyuterni kuchaytiruvchilar uchun emas(ular ishlatishmaydi).

CPU Vcore Over Voltage Setting - protsessor yadrosiga kuchlanishni berish, odatda Default qiymat turadi(o‘zgartirishga maslahat berilmaydi), bu orqali avtomat kuchlanish beriladi, agar kuchaytirish(razgon) bilan shug‘ullansangiz, o‘zingiz bilib kuchlanish qiymatini berishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni bilinki, katta qimat berib yuborsangiz, protsessor darhol ishdan chiqishi mumkin, yana bir narsa, biroz kuchlanishni oshirish bilan, protsessor qizishi tezlashadi, darhol kullerni kattasini o‘rnatish lozim. Xullas bu funksiyaga tegmang!

DRAM Voltage Select - tezkor xotira moduli kuchlanishini o‘zgartirish, o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi(!), bu ham kompyuterni kuchaytiruvchilar uchun. Bu ishni qilish uchun boy tajribaga, elektr ta'minoti bilimlariga va kompyuter qurilmalari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishingiz lozim.

DRAM Voltage Select - tizim kontrolleri chipsetga kuchlanishni o‘rnatish, default qiymatni o‘zgartirmang, bu ham razgonchilar uchun.

Asosiy funksiyalar bilan tanishtirib o‘tdim, xulosa qiladigan bo‘lsak, bu menyu asosan kompyuter ishlashini tezlashtiradiganlar(razgon, overloking) uchun chiqarilgan. Bu funksiyalarni o‘zgartirish umuman tavsiya qilinmaydi. Bu orqali siz o‘z kompyuteringiz hayotini uzaytirgan bo‘lasiz.

Tezlashtirishga, kompyuter elementlarini chastota va kuchlanishlarini oshirgan holda erishiladi. Bu esa standart qiymatlardan chetlanish hisoblanadi va hech kim barqaror ishlashiga javob bermaydi.

BIOS'ning STANDART CMOS FEATURES menyusi haqida

Odatda BIOS dasturi bilan ishlaganda, klaviaturaning tepa-past va chap-o‘ng tugmalari ishlatilad, albatta ENTER tugmasidan ham foydalaniladi (tanlash uchun), demak boshladik.

STANDART CMOS FEATURES. Shu nomli menyuni tanlab ENTER tugmasini bosamiz. Bu menyu orqali vaqt, kun va qattiq disk parametrlarini o‘zgartirish mumkin (diskdan tashqari, DVD qurilmalar, ba'zi  BIOS turlarida fleshkalarni ham). Kerakli diskni tanlab ENTER tugmasini bosamiz yoki oldingi holga qaytish uchun ESC tugmasini bosamiz. Bu menyuda quyidagi menyuchalar bor.

IDE Channel 0 Master - bu menyuchada qattiq disk (umumiy holda накопитель)ning xarakteristikasi keltirilgan (agar IDE raz'yemiga ulangan bo‘lsa). Master- ya'ni asosiy disk. Asosiy yuklanuvchi disk.

IDE Channel 1 Master - bu ham komyuterga ulangan qattiq disk (umumiy holda накопитель) xarakteristikasidir (agar IDE raz'yemiga ulangan bo‘lsa). Slave - ya'ni yordamchi disk, asosiydan diskdan keyin yuklanadigan disk. Agar bu menyuchalarga qanday diskni o‘rnatishni bilmasangiz, qiymat sifati AUTO'ni tanlang, shunda kompyuter vinchester ulanishi asosida o‘zi aniqlashtirib oladi.

Fizik ulanish jarayonida Master va Slave qilib belgilash "перемычка" (jumper) orqali amalga oshiriladi yoki kabel orqali.

Qolgan menyuchalar, SATA raz'yemi orqali ulangan qattiq disklarni xarakteristikalaridir, bularda faqat Master tushunchasi bor (slave tushunchasi eskirgan) va bu Master'larning darajalari  raqamlar orqali belgilanadi.

Qattiq disklarni SATA ulanishi darajalarini Motherboar'dagi SATA raz'yemlarining  raqamlari orqali ham aniqlashtirish mumkin.

Pastroqda, eski 3.5 dyumli diskovod ham borligi ko‘rsatilgan, bu disk "A" disk sifatida belgilanadi.

Bu menyuning quyi qismida, kompyuterning umumiy xotirasi haqida ma'lumot keltiriladi.Har bir menyu tegida, BIOS dasturida ishlatiladigan klaviatura tugmalari haqida ma'lumot mavjud. Agar sizda BIOS turi va versiyasi boshqacha bo‘lsa, shu ma'lumotdan foydalanib klaviatura tugmalarni vazifalarini aniqlashtirib olishiniz mumkin.

BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha

BIOS oynasidagi dastlabki menyular haqida yozib o‘taman, keyingi maqolalardan boshlab har birini ichini yozib o‘taman.

Maqolalarda, PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS'i asosida ko‘rsataman, bu firma oldin ikkita firma ko‘rinishida bo‘lib, hozir birgalikda  BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, ko‘p kompyuterlarda aynan shu firma BIOS'i ishlatilmoqda.

Demak, kompyuteringiz orqali BIOS'ga kirsangiz, BIOS oynasiga duch kelasiz.

Ichidagi meyularni umumiy qilib ko‘rib o‘tamiz:

1.  Standard CMOS Features   - menyuda, tizim tomonidan ko‘rsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma'lumotlarni ko‘rish va ularni sozlash mumkin bo‘ladi.

2. Tiger Central Control Unit   - menyuda, tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU)kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin bo‘ladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.

3. Advanced BIOS Features - kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.

4.  Advanced Chipset Features   - bu menyu motherboar'dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi..

5. Integrated Peripherals   - motherboard'da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun(audio, video, kontrollerlar,...).

6. Power Management Setup   - kompyuterning elektr ta'minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni o‘chish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.

7. PnP/PCI Configurations   - tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.

8. PC Health Status   - bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Ba'zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo.

9. Load Fail-Safe Defaults   - oldingi maqolada aytib o‘tgan funksiya, ya'ni BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini  o‘zgartirib qo‘ygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.

10. Load Optimized Defaults - bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.

11. Set Supervisor Password   -BIOS dasturiga parol o‘rnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.

12. Set User Password   - bu ham yuqoridagi kabi parol qo‘yish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, lekin o‘zgartiraolmaydi.

13. Save & Exit Setup   - qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS'dan chiqish.

14. Exit Without Saving   - qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlamasdan BIOS'dan chiqish.

BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo'llari

BIOS dasturida har xil sozlashlar mavjud bo‘ladi va bu sozlashlarni bilmasdan o‘zgartirish, kompyuter bilan sodir bo‘ladigan har xil nohushliklarga olib keladi. Shuning uchun, BIOS bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling, agar bilmasdan buzib qo‘ysangiz, darhol BIOS dasturidagi sozlashlarni ishlab chiqarilgan paytdagi sozlashlarga (odatiy sozlashlarga) qaytaring (сброс настроек по умолчанию).

Sozlashlarni odatiy holga qaytarishning quyidagi usullari mavjud.

1 variant.

Kompyuterni o‘chiring va tok manbaidan uzing, undan so‘ng, kompyuter ichini oching va u yerdan BIOS dasturi sozlashlarini odatiy holga qaytaruvchi tugmani bosing. Bu tugma faqat ma'lum bir platalrda mavjud. Natijada, BIOS sozlashlari zavodda chiqarilgan sozlashga qaytariladi.



2 variant.

Agar sizning platangizda bunday tugma bo‘lmasa, navbatdagi usul yordamida BIOS sozlashlarini orqaga qaytaring.

BIOS bir necha kichik dasturlardan iborat bo‘ladi, sozlashlar amalga oshiriladigan dastur BIOS Setup deyiladi. Qachon siz maxsus tugmalar orqali BIOS'ga kirganingizda, siz faqat BIOS sozlashlariga kirgan bo‘lasiz. Bu sozlashlar maxsus mikrosxemada joylashgan bo‘ladi va CMOS deb yuritiladi. Sozlashlarni oldingi holatiga qaytarish uchun, CMOS "перемычка"sini olib, yonidagisiga bir necha sekundga ulaymiz va orqaga qaytaramiz. Shunda BIOS sozlashlari orqaga qaytadi, bu "перемычка" BIOS batareyasi yonida joylashgan bo‘ladi.



3 variant.

Agar yuqoridagi usullar orqali sozlashlarni oldingi holatiga qaytaraolmasangiz, eng sodda usulini taklif qilaman.  Bu BIOS batareyasini bir necha soniyaga (30-45 soniya) olib, qaytadan qo‘yishdan iborat. Bu unchalik qiyin emas, faqat batareykani topsangiz bas. Batareyka kottaroq va dumaqloq ko‘rinishga ega va 3V dan iborat. Agar bu batareyka ishdan chiqsa, kompyuterning ba'zi sozlashlari(vaqt, kun) buzilib ketadi va kompyuterni yoqganingizda "CMOS-cherksum error" yoki "Battery Low Lewel" degan xatoliklar chiqadi.



4 variant.

BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarishning yana bir usuli bu BIOS'ga kirganda ma'lum bir menyu orqalidir. Bu menyu "Load Fail - Safe Defaults" deb nomlanadi. BIOS turi va versiyasiga qarab har xil joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda BIOS Setup oynasida bo‘ladi.

BIOS dasturiga kirish yo'llari

 BIOS haqida dastlabki bilimlarga ega  bo‘ldingiz. Endi, bu dastur ichiga qanday qilib kirishni ko‘rsatib o‘taman. BIOS bilan ishlash bo‘yicha tajribangiz bo‘lmasa, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni maslahat beraman, ya'ni kerakli fayllaringizni boshqa kompyuterga yoki boshqa vinchesterga olib qo‘ying, bu juda nozik ish bo‘lib, bilmasdan BIOS'ga doir biror boshqa sozlashni o‘zgartirib qo‘ysangiz, kompyuteringiz ishlamay (yonmay) qolishi mumkin.



BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS'ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda "Press DEL to enter SETUP" ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma'lumot Motherboard (Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Agar qo‘llanma bo‘lmasa va BIOS'ga qanday kirishni bilmasangiz, havotirlanmang, kompyuter yonganda Delete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar operatsion tizim yuklanishi boshlanib ketsa, demak bilinki siz bosgan tugma BIOS dasturiga kirishni amalga oshirmaydi, qolgan ikki tugmani bosib harakat qilib ko‘ring. Kirish amalga oshganligini ekranga chiqadigan ko‘k fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish mumkin.

Notebook'larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS'ga standartdan tashqari (delete, F1,F2) tugmalar orqali kiriladi, ya'ni firma o‘zi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOS'ga kirish mumkinligini.

2- Laboratoriya mashg‘uloti.



Mavzu: Qobiq dasturlar va arxivatorlar
Ishning maqsadi: a) Talabalarda qobiq dasturlar, Norton, Windows va Total Commander dasturi haqida qisqacha nazariy ma’lumotlar va Total Commander qobiq dasturida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.

Masalaning qo‘yilishi:

a) bеrilgan topshiriqlarni ketma-ketlik asosida bajarish.

Topshiriqlar.

1. Total Commander ni yuklash.

2. Total Commander da yordam olish.

3. Faylni qayta nomlash.

4. Fayl mazmunini ko‘rish.

5. Faylni tahrir qilish.

6. Fayldan nusxa ko‘chirish.

7. Katalog (papka) yaratish. Katalogga kirish va undan chiqish.

8. Fayl yoki papkani o‘chirish.

9. O‘ng yoki chap darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish.

10. Diskdan biror faylni qidirib topish.

11. Papka hajmini (yoki diskdagi bo‘sh joyni) aniqlash.

12. Fayllar ro‘yxatini qisqa yoki to‘liq ko‘rsatish.

13. Fayllar ro‘yxatini alifbo (nomi), turi, hajmi, sanasi bo‘yicha tartiblash.

14. Total Commander da boshqa buyruqlar bilan tanishish.

15. Total Commander dan chiqish.

Amaliy topshiriqlar

  1. Total Commanderda papka ochish va uni nomlash.

  2. Papkaga 3 xil fayldan nusxa ko‘chirish.

  3. Ushbu fayllardan birini nomini o‘zgartirish.

  4. Rasm faylni qidirib toping papkaga joylash.

  5. Papka hajmini aniqlash.

  6. Disk hajmini va bo‘sh joyini aniqlash.


Masalaning qo‘yilishi:

a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.

b) bеrilgan 2-topshiriqni har bir talaba alohida va amalda bajarsin.

1-topshiriqlar:

1. Arxivlangan fayl – bu …?

2. Fayllarni arxivlash nima uchun kerak?

3. Arxiv fayllar yaratish usuli va uni ochish?

4. Arxivlash natijasida fayl necha foizga ixchamlanadi?

5. Arxiv sarlavhasida nimalar mavjud?

6. Arxivatorlar nima?

7. Qanday arxivator dasturlarini bilasiz?

8. Arxivlangan fayl kengaytmasi ko‘rinishi.
2-topshiriqlar:

Biror faylni biror ko‘rinishda arxivlang.

  1. Turli arxivatorlar orqali faylni arxivlang.

  2. Papkani virusga tekshirtiring va natijani yozing.

  3. Arxivlangan biror faylni oching.



Total Commander dasturi

Ushbu dastur foydalanuvchi uchun fayl va papkalar bilan ishlashda bir qator qulayliklar yaratadi, ya’ni tezkor tugmalardan foydalanib fayl va papkalar bilan ishlash tezligini oshirishga imkon beradi.

F1 –

Dasturdan yordam olish. Shuningdek, dastur yuqori o’ng qismi «справка» bo’limida: «Содержание» – yordam olish; «Горячие клавиши» – tezkor tugmalar ro’yxati mavjud.

F2 –

Fayl (papka)ni qayta nomlash. Bunda kerakli fayl tanlanib (KFT), F2 bosiladi, belgilangan fayl nomi o’chirilib, yangi nom yoziladi va Enter tugmasi bosiladi. Shuningdek, fayl menyusidan «переименовать» bandi bosiladi.

F3 –

Fayl mazmunini ko’rish, ya’ni fayl mazmunini matn muharririda (matnli redaktorda) ko’rsatish

F4 –

Faylni tahrirlash. Gipermatnli fayllar kodini tahrirlash.

F5 –

Fayl (papka)dan nusxa ko’chirish. Bunda bir darchaga kerakli joy tanlanadi, ikkinchi darchadan ko’chirilayotgan KFT, F5 bosiladi. Agar bir nechta fayldan nusxa ko’chirmoqchi bo’lsak, Shift + [↑] [↓] orqali; oralatib bo’lsa, Insert orqali fayllar belgilanadi, F5 bosiladi va Enter (yoki OK) tugmasi bosiladi.

F6 –

Fayl (papka)ni joyida qoldirmay ko‘chirish. Bunda ham bir nechta faylni bo‘lsa, yuqoridagidek bajariladi.

F7 –

Katalog (papka) yaratish. Buning uchun kerakli joyda F7 bosilib hosil bo‘lgan oynachaga yangi papka nomi yoziladi va Enter.

F8 –

Fayl (papka)ni o‘chirish. Buning uchun KFT, F8, Enter bosiladi. Shuningdek, klaviaturadan Del tugmasi yoki fayl menyusidan «удалить» bandi bosiladi.

Shift+F8 –

Fayl (papka)ni «Корзина»ga joylamasdan o‘chirish. Shift+Del

Alt+F1 –

Chap darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish

Alt+F2 –

O‘ng darchaga disklar ro‘yxatini chiqarish

Alt+F4 –

Total Commander dasturidan chiqish. Boshqa dasturlardan ham.

Alt+F5 –

Fayl (papka)ni arxivlash – fayl hajmini siqish, ixchamlash. Bunda matnli fayllar 80-90% gacha ixchamlanadi; rasm, musiqa, video fayllar ixchamlanmaydi. Buning uchun KFT, Alt+F5, hosil bo‘lgan oynadagi Архиватор bo‘limidan kerakli dastur tanlanib, Enter bosiladi. Arxivator – fayllarni ixchamlovchi dastur. Arxivatorlar: ZIP, RAR, WinRAR, 7-Zip, …

Alt+Shift+F5

Faylni arxivlash (faylning o‘zini o‘chirgan holda).

Alt+F7 –

Biror diskdan kerakli fayl (papka)ni qidirish. Bunda tugma bosilgach, 1- oynaga qidirilayotgan fayl nomi yoziladi, 2-siga joyi ko‘rsatiladi, Enter bosiladi.

Alt+Enter –

Fayl (papka)ning svoystvasi (hajmi)ni ko‘rsatish. Shuningdek, sichqoncha yordamida tanlangan papka (disk)ning menyusidan «свойства» bandi orqali hajmi (bo‘sh joyi)ni aniqlash mumkin

Alt-Shift-Enter

Joriy katalog (papka)dagi barcha ichki papkalarni hajmini aniqlash.

Ctrl+F1 –

Fayllar ro‘yxatini qisqa (faqat nomi) holatda ko‘rsatish.

Ctrl+F2 –

Fayllar ro‘yxatini kengroq (nomi, turi, o‘lchami, sanasi) holatda ko‘rsatish.

Ctrl+F3 –

Fayllarni nomi (alifbo) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari)

Ctrl+F4 –

. . . tip (turi) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari tartibda).

Ctrl+F5 –

. . . sanasi/vaqti bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari tartibda).

Ctrl+F6 –

. . . o‘lchami (hajmi) bo‘yicha tartiblash (to‘g‘ri/teskari)

Ctrl+F7 –

Fayllarni tartibsiz holatga keltirish.

Ctrl+F8 –

Kataloglar daraxti holatida ko‘rsatish.

Ctrl+F10 –

Darcha panelida barcha fayllarni ko‘rsatish.

Ctrl+F11 –

Darcha panelida faqat dasturlarni (sistemali fayllar va papkalarni) ko‘rsatish, boshqa fayllar ko‘rinmaydi.

Ctrl+A –

Barcha fayl (papka)larni belgilash.

Ctrl+H –

Yashirin (скрытие, системные) fayl (papka)larni ko‘rsatish yoki bekor qilish (yashirish).

Ctrl+L –

Egallangan joyni (hajm; papka va fayllar sonini) aniqlash.

Ctrl+M –

Fayllarni guruhlab (birdaniga) nomlash panelini chiqarish.

Ctrl+Q –

Tezkor ko‘rish. Tanlangan papka (fayl) ichidagi ma’lumotlarni ikkinchi darchaga ko‘rsatish (bekor qilish).

Ctrl+W –

Qo‘shimcha ochilgan darcha panelining joriysini yopish.

Shift+Esc –

Total Commander dasturini vaqtincha yopish (vazifalar satriga tushirish).

3- Laboratoriya mashg‘uloti.



Mavzu: Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.

Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.

Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.


Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.

Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda, faqatgina axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi.

Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi dasturlar;

– kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklovchi dasturlar;


– axborotlarni shifrlovchi dasturlar;

– axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar bazalarini, ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va ko‘paytirishlardan himoyalovchi dasturlar.

Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ma’noda identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir qiymatli tanib olishni bildiradi. Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi (sub’ektning aslligini tasdiqlash).

Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

– qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar;

– kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bog‘liq bo‘lgan turli voqea va hodisalarni tiklash hamda shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash uchun foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish);

– qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzarni go‘yoki yopiq axborotlarni olgan deb chalg‘itish);

– kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o‘tkazuvchi nazorat dasturlar va boshqalar.

Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga quyidagilar kiradi:

– ko‘paytirishning osonligi;

– moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qo‘llaniladigan muayyan kompyuter tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash imkoniyati);

– qo‘llashning qulayligi – bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar «shaffof» (foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan) rejimda ishlaydi, boshqalari foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari bilan taqqoslaganda) ko‘nikmalar talab qilmaydi;

– ularni axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz imkoniyatlari mavjudligi.

Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

– himoyalovchi dasturlarning faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanish hisobiga bo‘lgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi;

– juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat vositalar bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma);

– axborotlarni himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalarning kompyuter dasturiy ta’minotiga bevosita o‘rnatilmagani (quyidagi rasmlar), bu holat qoidabuzarning ushbu dasturlarni chetlab o‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi;

– kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarni himoyalashning dasturiy vositalarini qasddan o‘zgartirish imkoniyati.

Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Viruslarning ta’sir mexanizmlarini, ularga qarshi kurash usullari va vositalarini bilish viruslanishga qarshi harakatlarni samarali tashkil etish, ularning ta’siridan zararlanish ehtimolligini va talafatlarni minimumga keltirish imkonini beradi.

Kompyuter viruslari – bu kompyuter tizimlarida tarqalish va o‘zini o‘zi ishlab chiqish xususiyatiga ega bo‘lgan kichik hajmdagi bajariluvchi dasturlar. Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanayotgan dasturiy vositalar yoki ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘chirib yuborishi mumkin. Tarqalish jarayonida viruslar o‘zini modifikatsiyalashi mumkin.


Viruslarning ommaviy tarqalib ketishi va ularning kompyuter tizimlari resurslariga ta’siri oqibatlarining jiddiyligi, maxsus antivirus vositalarini va ularni qo‘llash usullarini yaratish va foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Antivirus vositalari quyidagi masalalarni hal etish uchun qo‘llaniladi:

– kompyuter tizimlarida viruslarni topish;

– virus – dasturlar ishini blokirovka qilish;

– viruslar ta’sirining oqibatlarini bartaraf qilish.

Viruslarni topishni, ularni joylashib olish bosqichida yoki hech bo‘lmaganda virusning buzg‘unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar amalga oshirgan maqsadga muvofiq. SHuni ta’kidlash joizki, barcha turdagi viruslarni topishni kafolatlovchi antivirus vositalar mavjud emas.

Virus topilgan holatda, uning tizimga keltirishi mumkin bo‘lgan zararli ta’sirini minimallashtirish maqsadida darhol virus-dasturning ishini to‘xtatilish lozim.


Virusning ta’sir oqibatlarini bartaraf qilish ikki yo‘nalishda olib boriladi:

– virusni o‘chirish;

– fayllarni, xotira sohalarini tiklash.

Tizimni qayta tiklash virus turiga, uni aniqlangan hamda zararlovchi ta’sirini boshlagan vaqtiga bog‘liq. Viruslar tizimga kirish jarayonida, o‘zini saqlaydigan joydagi ma’lumotlarni o‘chirib yuborsa hamda zararlovchi ta’siri natijasida ma’lumotlarni o‘zgartirish nazarda tutilgan bo‘lsa, zaxiraga olingan ma’lumotlarsiz yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklab bo‘lmaydi.



Viruslarga qarshi kurashda aniq bir ketma-ketlik va kombinatsiyada qo‘llaniluvchi, viruslarga qarshi kurashish usullarini hosil qiluvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Download 279,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish