Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



Download 7.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/320
Sana15.07.2021
Hajmi7.45 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   320
‘Al-Farabiy.
  М атематические трактаты. -  Алматы:  «Наука»,  1972,  стр.327.
20


1.  M azkur fan  asosidagi ham m a prinsiplarni to ‘liq  bilish.
2. M ana shu prinsiplardan va m azkur fanga doir m a’ lum otlardan tegishli 
xulosalar chiqara  bilish.
3. N o to ‘g ‘ri  nazariyani  rad  eta bilish va haqiqatni y o lg ‘ondan farqlash, 
xatolarni to ‘g ‘rilash uchun  boshqa m ualliflarning fikrlarini tahlil  qila bilish.
Borliqning aks etishi  sifatidagi  hissiy  bilish  muammosi va eng asosiy masala
-  bilishning manbalari masalasi  doimo Beruniy nazariy  bilish faoliyatining diqqat 
markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida 
tahlil  va  talqin  qildi.  U  o ‘zidan  oldingi  olimlar  ishlab  chiqqan  bilishning  ilmiy 
metodlarini  rivojlantirib,  didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi:  <<0‘qish va 
takrorlash orqali, -  deb yozgan edi Beruniy, -  dunyoning tuzilishini, osmonning va 
Yeming  shakllarini  bilish  astronomiya  fani  uchun  g ‘oyatda  foydalidir.  Binobarin, 
ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan 
so'zlami o ‘rganadi, bu so'zlaming m a’nosini anglaydi.
K eyinchalik astronom iya fanidagi turli sabablar va isbotlarni o ‘rganishda 
ana  shunday  so ‘zlar  uchrasa,  ularni  bem alol  tushunib  boraveradi  va u  yoki 
bu narsalarni  o ‘zlashtirishda charcham aydi»1.
B eruniy ta ’kidlaganidek, o ‘qitish izchil, k o ‘rsatm ali, m aqsadga m uvofiq 
boMishi  va  m a’lum  tizim da  olib  borilishi  lozim.  B inobarin,  k o ‘rsatm alilik 
ta ’lim ning tushunarliroq, m uayyanroq va qiziqarliroq boMishini ta ’minlaydi, 
tafakkurni rivojlantiradi.
Ibn  Sinoning  bilim  orqali  erishiladigan  natijalari  haqidagi  ta ’limoti 
o ‘qitish  nazariyasida  alohida  o ‘rin  egalladi.  U ning  fikricha,  buyum lam i 
chinakam   bilishga  tashqi  k o ‘rinishini  tahlil  qilish,  sabablarini  aniqlash 
asosida  aql  bilan  erishiladi.  Ibn  Sino  aqlning  rivojlanish  bosqichlarini 
ishlab  chiqqan.  M ushohada  bilan  idrok  qilishning  birinchi  bosqichi  aqliy 
kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. 
A qliy  rivojlanishning  uchinchi  bosqichiga  o ‘zlashtirilgan  fikrlarni  idrok 
etish  bilan  erishiladi.  Shunda uni  haqiqiy  aql  deyiladi.
Olim  aqliy  faoliyatni  bosqichlarga  boMar ekan,  birinchi  bosqichda yodlay 
oladigan,  lekin hali harfiami ham,  siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning 
aqlini  nazarda  tutgan;  ikkinchi  bosqichda  tayoqchalami  chiza  boshlagan, 
qalamdan foydalanishni o ‘rganayotgan bolaning aqli tasavvur qilinadi; uchinchi 
bosqichda  inson aqliy shakllarni va ularga muvofiq hissiy obrazlarni  egallagan 
boMadi. Ibn Sino aql deganda insonning tu g ‘m a iste’dodini, shuningdek, tajriba 
asosida  va  bilish  jarayonida  shakllanadigan  fikrlash  qobiliyatini  tushunadi. 
Aqlni  insonning birlamchi tug‘ma  sogMom fikrlashi, yaxshi va yomon  ishlami 
vujudga  keltiradigan,  ularni  farq-lantiradigan  kuch,  deb  ta ’riflaydi.  Aql

Лбу  PaiixoH  Беруний.
  И збранные  произведения.  Т.  Часть  III.  -   Ташкент: 
«Фан»,  1973-1976 гг.
21


insonning  xatti-harakatlarida  nam oyon  bo‘ladi.  Inson  aql  yordamida  narsalar 
va  hodisalami  tahlil  qiladi,  umumlashtiradi  ham da  ularning  eng  yaxshilarini 
tanlaydi,  deb  uqtiradi.  Shuningdek,  aqlni  ikki  kategoriyaga  ajratadi.  Ularning 
biri  -   nazariy  aql  bo‘lib,  borliqdagi  um um iy  narsalam ing  mohiyatini  idrok 
etishdir,  ikkinchisi esa amaliy aql  b o ‘lib,  buyum larni tanlashda turtki  sifatida 
k o ‘rinadigan qobiliyatdir.
A bdulla  Avloniy  o ‘zining  barcha  tadqiqotlarida  ilm  m uam m osini 
birinchi  o ‘ringa  q o ‘ygan.  «A lhosil, -  deb yozgan  edi  u, -   butun  hayotim iz, 
salom atligim iz, 
saodatim iz, 
sarvatim iz, 
m aishatim iz, 
him m atim iz, 
g ‘ayratim iz,  dunyo  va  oxiratim iz  ilm  bilan  b o g ‘liqdur...  Shuning  uchun 
o ‘qim ak,  bilm ak  zam onlarini  q o ‘ldan  berm ay,  vujudim izning  dushm ani 
b o 'lg a n  jaholatdan q u tu lm ak k ajo n im iz boricha sa ’y qilm agim iz lozim dur»1.
A.Avloniy,  ilm  tarbiya jarayonida  o ‘zlashtiriladi  va u yaxshini yom ondan, 
ezgulikni  yovuzlikdan,  joizni  nojoizdan  farqlash  imkonini  beradi,  deb 
hisoblaydi. U tarbiya bilan ta ’limning birligi muammosini ishlab chiqdi.  Garchi 
Avloniy  ta ’lim  bilan  tarbiya  o‘rtasida ozgina  farq  borligini  aytgan  b o ‘lsa ham, 
ular tana v a jo n  singari bir-biriga chambarchas bog‘liqdir,  deydi.
Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  I  sinf uchun  «Yengil  adabiyot»,  П  sinf uchun 
« 0 ‘qish kitobi» va «Qiroat kitobi» kabi darsliklar yozgan. Ammo mazkur darsliklar 
qo'lyozmaligicha qolib ketdi. 0 ‘sha paytlarda nashr etish imkoni bo‘lmagan.
H am za H akim zoda  o ‘z tadqiqotlarida tovushli savod o ‘rgatish m etodini 
ishlab  chiqqan.  U ning  tadqiqotidagi  asosiy  g ‘oya  o ‘qitish  va  tarbiyalashga 
kom pleks  yondashish,  yoshlarning  aqliy,  axloqiy  va  estetik  tarbiyasini 
o 'z a ro   b o g ‘liq  holda am alga oshirishdan  iborat edi.
Yuqoridagi  asarlarning  nom laridan  va  pedagogik  fikrlardan  ayon 
b o ‘ladiki, 
m azkur 
m ualliflar 
didaktikaga 
o ‘qitish 
san ’ati 
sifatida, 
shuningdek,  o ‘ziga  xos  am aliy  k o ‘nikm a  sifatida  qaraganlar.  D idaktika 
tushunchasini  Yan  A m os  K om enskiy  ham  ana  shu  y o ‘sinda  sharhlagan. 
U ning  bu  boradagi  fikr-m ulohazalari  1657-yilda  nashr  etilgan  «H am m aga 
ham m a narsani 
0
‘qitishning  universal  sa n ’ati  ifodalangan  buyuk didaktika» 
nom li  asarida  bayon  qilingan.  Yan  A m os  K om enskiy  didaktika  faqat 
o ‘qitish  sa n ’atidangina  em as,  balki  tarbiyalash  san ’atidan  ham   iboratligini 
qayd qilgan va tarbiya har tom on lam a axloqiylik y o ‘nalishidagi fe ’l-atvorni 
shakllantirishning zarur sharti  ekanini  ham   uqtirgan.
D idaktikani  yuqoridagicha tu shunish  X IX   asr  boshigacha,  y a ’ni  taniqli 
nem is  pedagogi  va  faylasufi  logan  G enrix  G erbart  didaktikaning  asosiy 
nazariyasini  ishlab  chiqqunicha  davom   etgan.  B inobarin,  u  didaktikani 
pedagogikaga  b o ‘ysunadigan  tarbiyalovchi  t a ’lim ning y axlit  va  ziddiyatsiz 
nazariyasi  sifatida talqin  qiladi.
1 Abdulla  Avloniy. Turkiy guliston yoxud  axloq. Т.,  « 0 ‘qituvchi»,  1992- y.  23-  bet.
22


G erbart va xususan, uning izdoshlari ana shu nazariyaning rolini hisobga 
olib,  didaktikaning  asosiy  vazifasini  -   darsda  bayon  qilinadigan  m aterial 
ekanini  rad  etdilar.  G erbart  konsepsiyasiga  muvofiq, 
0
‘qituvchi,  asosan, 
o'quvchilarni  yangi  o ‘quv  m ateriali  bilan  tanishtirishga  doir  harakatlarini 
tahlil  qilishi  lozim  edi.
X VIII  asrda  shveysariyalik  pedagog  I.G .Pestalossi  kam ol  toptiruvchi 
t a ’limning  prinsiplari  tizim ini  asosladi.  XIX  asrda  esa  nem is  pedagogi
A .D isterveg  o ‘zining  «N em is  o ‘qituvchilari  uchun»  q o ‘llanm asida  o ‘quv 
jarayonini  faollashtiradigan  talablarning  butun  bir  kom pleksini  ta k lif 
qildi.  Fan  va  texnika  shunday  tezlikda  taraqqiy  topm oqdaki,  m aktab 
t a ’limi  bilan  ularning  ketidan  quvib  yetish  m um kin  emas.  Lekin  m aktabni 
bitirgan yoshlar,  albatta,  o ‘zlari  bilm aydigan  ilmiy kashfiyotlarga, jam iyatni 
rivoj lantirishning  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  yangi  tizim  iga  duch 
keladilar.  Lozim   darajadagi  aqlga,  irodaga  va  hissiyotga  ega  b o ‘lgan 
kishilargina notanish m a ’lum otlam i tezroq o ‘zlashtirib olishi  m um kin.
Bilim  va  m alakalarni  tarkib  toptirish  naqadar  zarur  b o ‘lsa-da,  hozirgi 
didaktika ana shu soha bilangina chegaralanib qola olmaydi.
Endilikda  o ‘quvchilarni  kamol  toptirishda  optimal  natijalar  beradigan 
o ‘qitish jarayonining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. 
O'quvchilarning  kamol  topishi  ta ’lim jarayonida  amalga  oshishi  sababli  bilim 
va malakalarni o ‘zlashtirishga qaratilgan  didaktik prinsiplar m a’lum natijalarni 
beradi. Lekin vazifa qandaydir natijalarga erishishdan emas, balki o ‘quvchilarni 
kamol  toptirish  uchun  o ‘qitishning  eng  yuqori  samaradorligini  ta’minlashdan 
iboratdir. Buning uchun esa o ‘quv jarayonining qurilishini  ishlab chiqish kerak. 
Didaktikada  tarbiyalovchi  dunyoqarashni  shakllantirish  masalalari  ko‘riladi, 
ta ’lim jarayonida  o ‘quvchilarda  mustaqillikni,  tashabbuskorlikni va  shaxsning 
boshqa  ayrim  sifatlarini  tarbiyalash  vazifalari  tahlil  qilinadi.  M ana  shunday 
muhim  masalalaming  k o ‘rib  chiqilishi  maktabdagi ta ’lim-tarbiyaning  birligini 
ta ’minlashga  xizmat  qiladi.  0 ‘z-o‘zidan  ayonki,  mazkur  vazifani  amalga 
oshirish  uchun  zarur  ilmiy-pedagogik  asoslami  yaratish  didaktika  sohasidan 
k o ‘ra  ko‘proq  tarbiya  nazariyasiga  taalluqlidir.  0 ‘qitish  negizi  yuksak  axloqli 
qilib kamol toptirishdan iborat. Ana shunday harakatlarda o ‘qishga da’vat qilish, 
o ‘qituvchi bilan  o ‘quvchilarning o ‘zaro munosabatlari va ta ’limning metodlari 
masalalari boshqacha tus oladi.

Download 7.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим