Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda bola, gr. 'ἄγω', gogos yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib



Download 240,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.04.2022
Hajmi240,61 Kb.
#586248
  1   2
Bog'liq
Pedagogika - Vikipediya



Qidir
Pedagogika
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib,
„bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan.
Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi 
Yunonistonda
oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr
qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola
yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib
olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy
jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida
mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida
bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda
kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni
koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida P. ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning
asosiy vositasi sifatida yondashiladi.
P. tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi,
tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda
yoʻsinlarini belgilab be-radi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish P.ning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni
tarbiyalash P.dagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson
shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik,
goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya


yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va
faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga
qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar
bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi.
Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe
tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi.
Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doyr fan sifatida P. falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik,
psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa
fanlar bilan uzviy bogʻliq. P. fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari,
tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan
foydalanadi.
P.da taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha
soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan
shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod,
dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini P.ning tarbiya nazariyasi
va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish
singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati P.ning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab
chiqiladi. P. hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar
bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham P.ning qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining
yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli P. oila ped.si,
maktabgacha taʼlim ped.si, maktab ped.si, kasb-hunar taʼlimi ped.si, oliy taʼlim ped.si, kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlimi ped.si kabi qismlarga boʻlinadi va
umumlashtirilgan holda yosh ped.si deb ataladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham
P.ning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir
alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina
shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika
hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini
oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika
vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy
umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq
etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan


boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal
jihatlarini namoyon etadi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy
xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish
koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi
hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika,
surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon yoki
milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida
qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib
ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar ped. tarixi fani tomonidan tadqiq
etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda
jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda
bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul
va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy pedagogik fan va
amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda hozircha qiyosiy ped. alohida fan
sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.
Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning
odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir.
Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan
vaqtdan, yaʼni P. paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy
harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga
qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan.
Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga
muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin
katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va
boshqa
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat
taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan P. ham inson faoliyatining alohida
sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol
pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar,
hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga
koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi fiqolari


markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish is-tagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va
Oʻrta Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib kolmay,
oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan pedagogik
qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-yinchalik P.ning alohida fan sifatida
shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. P. insoniyatning axloqodobi va maʼnaviyatigagina emas, balki
akliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning taraqqiyot darajasi jamiyatning
ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamla-katlarning rivojiga ham, boshqalarining
esa qolokligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi P.ning holati sabab boʻlgan. Xususan,
Sharqxalklari oʻz vaq-tida eng qad. va ilgʻor pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga
qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun
keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar.
Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab topgan
ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izoxlashga urinib keldi. Shundan kelib chiqib. P.ni
partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi va turli sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq qiladi
hamda oʻzaro qaramaqarshi boʻladi, deb izoxladi. Shuning-dek, marksistik yondashuvga koʻra, P.
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan oʻzgarib,
oldingi pedagogik tizim toʻliq inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda ay-tilgan
besh formatsiyadan iborat emasligini koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab chiqarilgan
xulosalarning sunʼiy va noilmiy ekanligi ayon boʻldi.
Oʻzbek P.si juda qad. tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-Yenisey
bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal
haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik
qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy P.ning
taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, Xdsisi
sharif va tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq, komil inson maʼnaviyatini shakllantirish turardi.
Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni P. vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi.
Forobiyning fozil odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar,
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida tasvirlangan be-nuqson odamlar, Abduxoliq
Gʻijduvo-niy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Na-qshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan
komil inson uzbek P.sining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy P.da taʼlim-tarbiyaning
mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay,
hayotiy za-mindan uzilish sodir boʻddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy
hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoklamalik kishilar ruhiyatiga koʻchdi,
undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir davlat xonliklarga boʻlinib ketdi.


Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro janjallar avj oldi.
Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.
Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida milliy P. kuchli tanazzul davrini boshdan kechirdi. Toʻgʻri,
ayni shu davrda u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin shoʻro davridagi oʻzbek P.si
toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi. Unda millat
maʼnaviy tajribasi, uning asrlar mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy toʻlgamlari hisobga
olinmagandi. Shuning uchun ham toʻliq dahriylik asosiga qurilgan begona P.koʻzlagan nati-jalarga
erisha olmadi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida millim ong boʻgʻuvdan, mafkuraviy qolipdan,
buyruqqa muvofiq fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol P.ning sogʻlom aql, milliy ruhiyat va
anʼanalarga moye tarzda yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi oʻzbek P.si millat ruhiyatidagi
nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi yutuqlarga tayangan
qolda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy oʻzbek P.sida barkamol insonni shakllantirish rasmiy
ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu P. taʼlimtarbiya jarayonida taʼlim oluvchi va
tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik
jarayonning obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼti-bor
qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning mustaqil
fiqolashlarini taʼminlash, ularda tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan xrlda
tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek P.si uchun muayyan bilimlar yi-gʻindisi emas, balki bola shaxsi
bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga
emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda.
Zamonaviy oʻzbek P.si rivojida E. Qodirov, S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A. Zunnunov, F.
Musayev, J. Ikromov, K. Hoshimov, J. Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev, N. Shodiyev, M. Quronov, L.
Moʻminova, B. Qodirov sin-gari olimlar tomonidan olib borilgan i.t. ishlari muqim oʻrin tutadi.
Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Sh., Seytxalilov E.,
Kadrlartayyorlash milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar yoʻnalishi va muammolari, T., 1999;
Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-, 2-j.lar, T., 1995,
1999.
Qozoqboy Yoʻldoshev.
[1]
Adabiyot


Pedagogika haqida ilk fikrlar 
falsafa
, diniy ilmlar tizimida, 
siyosatshunoslikda

huquqshunoslikda
adabiyotda
rivojlandi. 
XII-asrning
boshida alohida ilm boʻlim ajralib chiqdi. 
F.Bekon
va
Ya.Komenskiylarning
kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshilgan. Ularning
izidan 
D.Lokk

Jan Jak Russo

I.Pestalotssi

I.Gerbard

A.Disterverglar
oʻz hissalarini qoʻshihadi.
Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida boʻldi. Keyinchalik
gil'deylik
maktablar ochila boʻshalndi.
Pedagogika fanining predmeti, oʻqitishning taʼlim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni,
usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan boʻlganligi uchun
uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-maʼnaviy rivojida shaxs
kamoloti uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Oʻzbekiston
Respublikasining taʼlim qonunida -taʼlim davlat ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb belgilab
qoʻyilgan
[2]
.
Tarix

Download 240,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish