Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi



Download 1,36 Mb.
bet1/18
Sana08.09.2017
Hajmi1,36 Mb.
#19977
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK FANLARINI O`QITISH METODIKASI MODULI BO`YICHA O`QUV-MAVZU REJASI



Mavzular

Jami

Ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Seminar

1

Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni

2

2







2

«Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

6

4




2

3

Pedagogik - psixologik fanlar va ularning o`ziga xosliklari

4

2

2




4

Zamonaviy didaktik konsepsiyalar

8

4

2

2

5

Pedagogik - psixologik fanlarni o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida

6

2

2

2

6

Pedagogik - psixologik fanlarni o`qitish mazmuni

6

2

2

2

7

Pedagogik -psixologik fanlarni o`qitish metod va vositalari

8

4

2

2

8

Pedagogik - psixologik fanlarni o`qitish shakllari

8

4

2

2

9

Pedagogik - psixologik fanlarni o`qitishda pedagogik- psixologik va axborot texnologiyalaridan foydalanish

10

4

2

4

10

Pedagogik - psixologik fanlarni o`qitish jarayonida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish

6

4




2

Jami

64

32

14

18


1 – mavzu. Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli

Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat


Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza

O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Metodika tushunchasi

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati .

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi


O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.



Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Pedagogik - psixologik fanlarini o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.

“Metodika” tushunchasining ma’nosini anglash.




Ta’lim metodi


Suhbat, «Debat» strategiyasi,»BBB» metodi, «Aqliy xujum» metodi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar

Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat

O’z-o’zini nazorat qilish.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.



1.Mavzu :Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari

Reja :

  1. Metodika tushunchasi

  2. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati .

  3. Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.


1.Metodika tushunchasi

Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitish ning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi

Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash

qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish.

2.Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati .

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogik - psixologik fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir.

Pedagogik – psixologik fanlarni o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitish ning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi.

Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi.Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga haratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshharuvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir.

Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usulari bilan belgilanadi.

Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot.

2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza).

3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogik - psixologikni umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi.

Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogik - psixologiya fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi.

Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi fanining vazifalari.

1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.

Bu qonunda ta’kidlanishicha, ta’limning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt – saodati yo’lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan.

Ushbu qonun fuharorlarga ta’lim, tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga haratilgan.

Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi.

SHu bilan birga ta’lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir.

Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim (ma’lumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.

Ushbu maqsadni o’zida aks ettirgan ma’lumot mazmuni quyidagi davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo’ladi.



3.Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogik - psixologik fanlari bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:

1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, harash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.

5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

6. Fiziologiya- o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.

7. Gigiyena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.

8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

9. Tarix – pedagogik - psixologik fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogik - psixologiksi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.

10. Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.
2 – mavzu. «Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Ma’ruza mashgulotining ta’lim texnologiyasining modeli


O’quv vaqti: 80 minut

Tinglovchi soni

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Metodika tushunchasi. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi : Tinglovchilarda Pedagogik psixologiya fanining predmeti xususida tushuncha hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo’yicha tushunchalarni shakllantirish.



O’quv faoliyatining natijalari:

Tinglovchilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

ma’ruza,

O’quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni




O`qituvchining

Tinglovchining

1 bosqich

(5 min).


1.2 O`quv mashg’ulotiga kirish (10min)

1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va tinglovchilar davomatini tekshirish

1.2 Mavzu yuzasidan ma’lumotlar beriladi.O`quv mashg’ulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni xoxlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza boshlanadi.



Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Mavzu bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi ma’lumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 bosqich

Asosiy 50 min



2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza boshlanadi.

Jadval yordamida tushuntirish olib borish.

Mavzu bo`yicha klaster tuziladi u xaqida ma’lumot berib boriladi.


Konspekt yozishadi, tinglashadi, mavzu bo`yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 bosqich. Yakuniy natijalar 15 min.

3.1 Mavzu bo`yicha xulosa qilish. umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2 Tinglovchilarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulotning maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg’ulotga tayyorlanish


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma’lumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


Metodika tushunchasi

Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi

Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash

qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish
Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.

Fanning predmeti. Yosh davrlari psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik rivojlanish jarayonini shakllanishi xamda uzaro munosabatlari konuniyatlarini urganishdir.

Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va konuniyatlarini urganishdir.

Keyingi yillarda o’qituvchilarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga aloxida e'tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda kelajak avlodning yetuk, barkamol inson kilib tarbiyalashda o’qituvchilarning urni benixoyat oshgan. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchidan oliy o’quv yurtida o’z mutaxassisliklarini chuqur egallashdan tashqari O’quvchilar psixikasidagi yosh va individual xususiyatlarni farklay olishga, bola taraqqiyoti jarayonini kuzatishdan to’g’ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga o’rganish talab etilmoqda. Chunki bu – ta'lim va tarbiya sirlarini mukammal egallaydigan o’qituvchilar tayyorlashning muxim sharti xisoblanadi.

Agar pedagog insonni har tomonlama yetuk kilib tarbiyalamoqchi bo’lsa, ya'ni komil insonni voyaga yetkazish uchun uni, har tomonlama o’rganishi kerak. Psixologiyaning nazariy muammolarini chuqur o’rganmay turib, mazkur fandan hech bo’lmaganda sodda va bajarilishi oson bo’lgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ko’nikma va malakalarini egallamay turib, O’quvchilarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo’lmaydi, albatta.

Ko’xna va hamisha navqiron mamlakatimiz uchun ijtimoiy taraqqiyot psixologik nuqtai nazardan idrok qilinsa, mantiqiy taxlil etilsa, xalkimizning etnopsixologik bilimlardan ta'lim va tarbiya jarayonida foydalanganligi, xarbiy yurishlarda jangchilarga psixologik ta'sir o’tkazganligi, ularda ishonch va e'tiqod hissi uyg’otganligi, muomalaning verbal va noverbal ko’rinishlarini amaliyotda qo’llanganligi, o’rta asrlarning Forobiy, Beruniy, Xorazmiy singari zabardast olimlarining ijodiy maxsullaridan tortib to XX asrning 30-yillari oralig’ida ilmiy tadqiqotlar qilinganligi bunga isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.

O’zbekistonda oliy maktablarda psixologiya o’quv fani sifatida 1928 yildan o’qitib kelinmoqda. (Xuddi shu davrda L.S.Vigotskiy Urta Osiyoda, O’zbekistonda ommaviy ma'ruzalar o’qiganligi mazkur jaayonni tezlashtirgan asosiy omil bo’lganligiga xech shak-shubxa yo’q»).

Psixologiya fanining ijtimoiy hayotda nufuzi har soniya sayin ortib bormoqda. Shu tufayli pedagogika institutlari va bilim yurtlarida uni o’qitish yo’lga qo’yila boshlandi. Mazkur soxa bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’rta Osiyo Davlat Universitetida 1938 yilda (Hozir Milliy Universitet) logika va psixologiya bulimi ochildi. 50-yillarning 2-yarmidan boshlab pedagogika institutlarida va bilim yurtlarida psixologiya bo’limlari ochildi. Ayniqsa qisqa muddatli 15 va 9 oylik ommaviy psixologlar tayyorlash kurslarining ommaviylashuvi psixolog-mutaxassislarga extiyojning kuchayganligini bildiradi.

Hozirgi davrda respublikamizning barcha oliy maktablari va o’quv yurtlarida, hattoki maktablarida psixologik bilimlar aloxida e'tibor bilan o’qitilmoqda. (shaxrimizning 23-maktabidagi bank sinfida xam psixologiya fani ukitiladi).

Mamlakatimizda oliy ta'lim kup boshqichli tizimga (bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktorantura) o’tish munosabati bilan psixologiya fanini o’qitishning o’ziga xos tashkil etishni takozo etmoqda, demak, talabalarga bu soxa buyicha bilim berish ularda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni takomillashtirish uchun kuyidagi yirik yunalishlarda ijodiy psixologik-pedagogik izlanishlarni amalga oshirish lozim.

1. Psixologiya fanining metodologik muammolari va ularning talqini.

2. Psixologiyaning nazariy materiallari va ularning taxlili.

3. Psixologiya o’qitishda etnopsixologik mexanizmlardan foydalanish.

4. Uning ommaviy talqini, tadbikiy jabxalarini mukammallashtirish:

a) amaliyot, praktikum, laboratoriya mashgulotlari sifat darajasini kutarish.

b) diagnostik, prognostik metodikalar xamda testlardan foydalanish.

v) individual va ijtimoiy treninglarni ommaviylashtirish.

5. Ukitishning maxsuldor, faol va innovatsion metodlarini ta'lim tizimiga yoyish.

6. Psixologiya o’qitishda gumanizatsiya – assotsianizm, psixoanaliz, kognitivizm, geshtaltpsixologiya, empirizm, gumanistik psixologiya va boshqa yo’nalishlarni ilmiy metodologik, ilmiy nazariy va amaliy jixatlardan nuqson qidirmasdan, balki ularning eng oqilona, taraqqiyparvar tomonlarini amaliyotga tadbiq etish tavsiyanomasini ishlab chiqish zarur.

Jaxon psixologiyasida yaratilgan metodlar, metodikalar, testlar, anketalar, zamonaviy apparatlar, laboraoriya mashgulotlari o’tkazish instruktsiyasi, trening, kompyuter dasturlari, praktikum, psixologik kabinetlardan foydalanish uslubi va qo’llanmalarni maxalliy sharoitga moslashtirish va uni sinab ko’rishni keng yo’lga qo’yish orqali.

Insonning muayyan xususiyatlarini to’la ochish imkoniyatiga erishish. Psixologiyaning predmeti va ob'ekti mavxum shaxs, xodisa, xulk-atvor, faoliyat va muammoga qaratilmasligi balki real inson, ma'lum yosh, anik jins xususiyatlari yo’zasidan ma'lumot berishga yunaltirilganligi ayni muddaodir. Ana shu jarayondagina tabiatga va jamiyatga munosabat shaxs bilan favkulotdagi vaziyat bilan o’zviy boglab urganish imkoniyatini yaratadi. Nazariy muammoni amaliy turmush bilan alokasini okilona tushuntirish va yakkol namuna keltirish orkali ularga sharx berish talqinini jonlantiradi, talabani insoniy fazilat sifat va xislatlardan andoza olishga etaklaydi.

Psixologiya printsiplari mavzuni ukitishda va uning determinatorlari ong va faoliyat birligida o’zviylik, uygunlashuv o’zaro aloka etuvchanlik xususiyatlari tugrisida tarakkiyotning psixologik tabiati, unda ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar xamda omillar ularning boshqichlari usishi (biologik) rivojlanish (psixik), kamolot, tarakkiyot yo’zasidan dolzarb yakkol muammolar moxiyati bilan boglab axborot berish fanning tadbikiyligini kuchaytirishga xizmat kiladi. Ong va uning psixologik tavsifi tugrisida ma'lumot berilayotganda inson ongi mavjudot deyish bilan cheklanmasdan, balki u ongsizlik ongostlilik va onglilik xolatlarini munosabatlari, funktsiyalari o’zgarishi ularning o’zaro o’zluksiz ravishda urin almashtirib turishini ta'minlashni ta'kidlab utish muammolaridan ayrim chigalliklarga yordam beradi.

Zamonaviy kadrlar oldiga kuyiladigan eng muxim vazifalardan biri – malakali mutaxassislar sifatida o’zligini o’z kobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat xamda xislatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mexnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mexnatning boshka soxalarida iktidorli kasb soxibi sifatida faoliya ko’rsatishdir. Bu urinda inson ruxiyati konuniyatlarini urganuvchi psixologiya fanining urni va roli benixoya kattadir.

XXI asrda juda kuplab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib urin olgan mustakil O’zbekistonda xam barcha soxalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu isloxotlarning barchasi inson omilini xar kachongidan xam yukori saviyaga kutarib, uning kuchi, idroki saloxiyati, ruxiy xamda ma'naviy barkamolligini bevosita tarakkiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan o’zviy bogladi. Bunda inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida kaygurishi muammosi xar kachongidan xam dolzarb masalaga aylandi.



Fanning rivojlanish boskichlari. Utgan ajdodlarimizning xam komusiy asarlarida bola tarakkiyoti va tarbiyasi masalalari katta urin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning “Masalalar moxiyati”, Abu Rayxon Beruniyning “Utmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib konunlari” asarlari, A.Navoiyning “Maxbub ul-kulub” va boshka juda kup asarlar shular jumlasidandir. Umuman shark va G’arb madaniyatida xam psixologik – pedagogik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy-axlokiy negizda yozilgan. XVIII asrga kelibgina ma’lum uslubga ega bulgan ilmiy fikrlar vujudga kela boshladi. Rus social-demokratlari A.N.Gercen, N.G.CHerkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, V.G.Belenskiylarning inson kamoloti tug’risidagi karashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta xissa kushdi. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan Ribakov, K.N.Kornshlov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshka olimlar yosh psixologiyasi buyicha kimmatli tadkikotlarni amalga oshirdilar.

XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik tarakkiyot omillarini talkin etuvchi 2 ta yunalish: biogenetik va sociogenetik yunalish vakillari yuzaga keldi. Biogenetik yunalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin etakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi. Bunday karashning kuzga kuringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bulib, u Gekelning biogenetik konunini psixologiyada bevosita kuchiradi. Bu nazariyaga kura bola uz psixik tarakkiyotida insonning tarixiy rivojlanish boskichlarini kiskargan xolda boshdan kechiradi.



Sociogenetik yunalish vakillari esa ijtimoiy omillarni etakchi deb xisoblaydilar. G’arbda keng tarkalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi va boshkalar kiradi.

XX asrning 20-30 yillaridan boshlab Rossiyada yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya intensiv rivojlandi. SHu davrda L.V.Vigotskiyning oliy psixik funkciyalarini rivojlanish nazariyasi yaratildi. Jumladan L.S.Vigotskiy psixik tarakkiyotni 2 zonaga: real va yakin zonaga bulib urgandi.

Barcha boshka psixologiyaning tarmoklari singari yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya xam uz tadkikot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy empirik metodlari kuyidagilar:

a) kuzatish

U tashki kuzatish va uz-uzini kuzatish kurinishlarida bulishi mumkin. Lekin bu metod xar doim xam psixik jarayonlarning xususiyatlari xakida tulik ma’lumot bera olmaydi.

b) tajriba metodi

U 2 xil: tabiiy va laboratoriya sharoitida utkazilishi mumkin. Bulardan tashkari psixologiyadagi xususiy metodlar xam psixik rivojlanish xakida kimmatli materiallarni tuplash imkoniyatini beradi.

- suxbat metodi yakka shaxs yoki guruxlarda utkaziladigan erkin mulokot;

- test metodi shaxsning akliy takkiyoti kobiliyatlari va boshka sifatlarini ulchash imkonini beradigan kiska standart savol va topshiriklardir. Xozirgi davrda nodir testlar katoriga Rorshax, Rozencveyg, Kettel, Veksler, Anastazi, Roven va boshkalarning testlari kiradi;

- biografiya metodi insonning xiyoti, faoliyati, ijodi xakidagi og’zaki va yozma ma’lumotlarni tuplashdir;

- anketa metodi vositasida esa turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va xodisalarga munosabati urganiladi;

- faoliyat maxsulotlarini taxlil kilish metodikasi kuzatish metodining bir kurinishi sifatida bolalarning chizgan rasmlari, yasagan uyinchoklari kabi faoliyat maxsulotlariga asoslanib uning psixik rivojlanishi xakida xulosa chikarish imkoniyatini beradi;

- sociometrik metod kichik gurux a’zolari urtasidagi munosabatlar va shaxsning guruxdagi statusini aniklash metodidir.

3-mavzu. «Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Ma’ruza mashgulotining ta’lim texnologiyasining modeli


O’quv vaqti: 80 minut

Tinglovchi soni

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o`zaro aloqasi

O’quv mashg’ulotining maqsadi : Tinglovchilarda pedagogik psixologiya fanining predmeti xususida tushuncha hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar bo’yicha tushunchalarni shakllantirish.



O’quv faoliyatining natijalari:

Tinglovchilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

ma’ruza,

O’quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob

O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Ishlash bosqichlari, vaqti

Faoliyat mazmuni




O`qituvchining

Tinglovchining

1 bosqich

(5 min).


1.2 O`quv mashg’ulotiga kirish (10min)

1.1 O`quv xujjatlarini to`ldirish va tinglovchilar davomatini tekshirish

1.2 Mavzu yuzasidan ma’lumotlar beriladi.O`quv mashg’ulotiga kirish davomida dastlab tinglovchilarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni xoxlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza boshlanadi.



Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Mavzu bo`yicha dastlabki tushunchalarini ifodalovchi ma’lumotlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 bosqich

Asosiy 50 min



2.1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza boshlanadi.

Jadval yordamida tushuntirish olib borish.

Mavzu bo`yicha klaster tuziladi u xaqida ma’lumot berib boriladi.


Konspekt yozishadi, tinglashadi, mavzu bo`yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo`yicha savollar beradilar.

3 bosqich. Yakuniy natijalar 15 min.

3.1 Mavzu bo`yicha xulosa qilish. umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

3.2 Tinglovchilarga BBB jadvalini bilib oldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulotning maqsadiga erishish darajasi taxlil qilinadi

3.3 Mavu yuzasidan o`quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg’ulotga tayyorlanish


O`rganilgan mavzu bo`yicha olgan ma’lumotlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


Pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Shaxs tarakkiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik tarakkiyotning xarakatlantiruvchi kuchidir.

Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo buladigan yangi extiyojlar va ularni kondirish uchun zarur vositalarning etishmasligidir. SHaxs tarakkiyotining erishgan darajasi, xayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan urni urtasidagi ziddiyat xam muxim ziddiyatlardan biridir. SHaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni xam shaxs oldiga yangi vazifalarni kuyadi, faoliyatning yangi motivlarini xosil kiladi.

Psixologiya fanida yosh davrlarini tabakalash buyicha kator nazariyalar mavjud. Masalan, psixodinamika nazariyasini yorkin vakillaridan biri e.erikson nazariyasiga kura inson umri 8 davrga bulinadi:

1-davr – gudaklik; 2-davr – ilk bolalik; 3-davr – uyin yoshi; 4-davr – maktab yoshi; 5-davr – uspirinlik; 6-davr – yoshlik; 7-davr – etuklik; 8-davr – karilik davri.

E.Shpinger, K.Byuler, A.Maslou va boshkalar personologik nazariyaning vakillari bulib, ular yosh davrlarini shaxs “men” xususiyatlarining shakllanishi boskichlari deb xisoblaydilar.

Kognitivistik yunalishning asoschilari katoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshkalarni kiritish mumkin. J.Piaje intellektni kuyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi.


    1. sensomotor intellekti ( tug’ulishdan 2 yoshgacha)

    2. operaciyalardan ilgari tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha)

    3. konkret operaciyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha)

    4. formal (rasmiy) operaciyalar davri.

Sobik sovet psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.el’konin, A.A.Lyublinskaya, V.A.Kruteckiy, A.V.Petrovskiylar xam yosh davrlarini uziga xos tabakalash nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida D.B.el’koninning tasnifi aloxida urin tutib, etakchi faoliyat nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga kura xar bir yosh davrida biror faoliyat turi inson shaxsi shakllanishida asosiy rol’ uynaydi. Bu yosh davrlari kuyidagilar:

  1. gudaklik davri – tug’ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat – bevosita emocional mulokot.

  2. Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat – predmetli faoliyat.

  3. Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat – rolli uyinlar.

  4. Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat – ukish.

  5. Usmirlik davri – 10 yoshdan 15 yoshgacha; asosiy faoliyat – mulokot.

  6. Ilk uspirinlik davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha; asosiy faoliyat – ukish, kasb tanlash.

Psixik tarakkiyotning bir boskichidan ikkinchisiga utish boskichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli 1 yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga tug’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba’zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida kaysar, asabiy bulib koladilar, kattalar bilan nizolar paydo buladi, avvalo bajaradigan ishlarini kilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo buladigan yangi extiyojlari kondirilmaydigan bolalar shunday reakciya namoyon kiladilar.

SHaxsning ontogenezidagi ijtimoiy rivojlanish 2 yunalishda: ijtimoiylashuv va individuallashuv kurinishida bulib turli yosh davrlaridagi krizislar xam mos ravishda turli xarakterga ega. Masalan: 1, 6, 15 yoshlilar krizislari ijtimoiy tajribani uzlashtirish muxitda uz poziciyalarini mustaxkamlash bilan bog’lik bulsa 0, 3, 10, 17 yoshdagi krizislar esa uzini anglash, kursatish, atrofdagilarning tan olishi uchun kurashish asosida yuzaga keluvchi krizislardir.

Bola avval ma’lum darajaga etib, keyin tarbiyalanmaydi, balki ta’lim va tarbiya jarayonida psixik rivojlanadi. Bunda psixologlar Vigotskiy tomonidan aniklangan koidaga, ya’ni ta’lim berish bola kulga kiritib bulgan rivojlanish darajasini kuzlamasdan, bir muncha olg’a ketish, bolaning tafakkurida uning mavjud imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar kuyishi u erishgan va yaxshi uzlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab kilish kerak degan koidaga asoslanadilar.

L.S.Vigotskiy ta’limining akliy rivojlanishdagi etakchi rolini ta’kidlar ekan, ta’lim bolaning rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog’i lozim deb xisoblangan edi. Ta’lim rivojlanishning fakat tugallangan darajasi asosida kurilmasdan, avvalo xali unga tarkib topmagan narsalarga tayanmog’i kerak. L.S.Vigotskiy boladagi akliy rivojlanishning 2 darajasi xakidagi koidani ifodalab berdi. Birinchi daraja, Vigotskiy atyganidek, aktual rivojlanish darajasi – ukuvchi tayyorligining mavjud darajasi bulib, u ukuvchining kanday topshiriklarni tula mustakil bajara olishi bilan xarakterlanadi. YAncha yukori bulgan ikkinchi daraja (uni Vigotskiy eng yakin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustakil bajara olmasligini, lekin ozrok yordam bilan (yul-yurik beruvchi savollar ...) nimaning uddasidan chika olishini kursatadi. Vigotskiy bola bugun kattalar, ukituvchi yordamida bajarayotgan narsani ertaga mustakil ravishda uzi bajaradi, eng yakin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, ta’lim jarayonida aktual rivojlanish jarayoniga utadi deb ta’kidlagan edi. Xar kanday psixik funkciya inson xayoti davomida 2 marotaba namoyon buladi: avval ijtimoiy, sungra psixologik xarakterdadir, avvaliga psixik funkciya odamlar orasida interpsixik kurinishda bulsa, sungra bola uchun intrapsixik kurinishdadir. Bu konuniyat barcha psixik funkciyalar, ixtiyoriy dikkat, mantikiy xotira tushunchalarining, irodaning rivojlanishiga tegishlidir. Xar kanday funkciya avval boshka odamlarga karatilgan bulib, sungra shaxsning ichki funkciyasiga aylanadi. Ontogenezda psixik bir boskichdan sifat jixatdan boshka bosikchga kadamma-kadam utishdir. Xar bir yosh davrlarda tashki ta’sirga psixikaning sezuvchanlik xususiyati turlicha bulib, u yoki bu psixik funkciya rivojlanishi uchun kulay sharoit yaratiladi. Bunday davrni – shu psixik funkciyaning senzitiv davri deyiladi. Masalan, 1 yoshdan 3 yoshgacha davr nutk rivojlanishining senzitiv davridir. Kichik maktab yoshi ukuv faoliyati uchun senzitivdir. Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari, xususan ukituvchining obruli ekanligi, ishonuvchanligi, tirishkokligi bunga imkon beradi. Uspirinlik yoshi esa uz ichki dunyosini bilish uchun kulay davrdir. Ularning emocional sferasining boyishi, uz-uzini boshkarish va ma’suliyati seziladi. Bola psixik rivojlanishining turli yunalishi mavjudligini unutmaslik lozim. Funkional rivojlanish bevosita bilim va malakalarni uzlashtirish bilan bog’lik bulsa, yosh davriga xos psixofiziologik rivojlanish bilan belgilanadigan yosh davri rivojlanishidir.



4 – mavzu. Pedagogik-psixologik fanlar va ularning o`ziga xosliklari

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli

Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat


Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza

O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Pedagogik –psixologik fanlar tizimi va ularning o'zaro aloqasi

Pedagogi-psixologik sohalarining o'ziga hos hususiyatlari



O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga pedagogik fanlar va ularni o’ziga xosliklari

to’g’risida ma’lumot berish.



Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.


Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Pedagogik-psixologik fanlar va ularni o’ziga xosliklari

haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.





Ta’lim metodi

Suhbat, «Debat» strategiyasi,»BBB» metodi, «Aqliy xujum» metodi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar

Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat

O’z-o’zini nazorat qilish.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.





Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlar va ularni o’ziga xosliklari

Reja :

  1. Pedagogik-psixologik fanlar tizimi va ularning o'zaro aloqasi

  2. Pedagogi-psixologik fanlar sohalarining o'ziga hos hususiyatlari.


Tayanch tushunchalar: Shaxs, didaktika, umumiy va maxsus, tarbiya nazariyasi, umumiy psixologiya, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, pedagogik-psixologiyaning tarixi, ta’limni boshharish, pedagogik mahorat.

1.Pedagogik-psixologik fanlar tizimi va ularning o'zaro aloqasi

Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogi-psixologik ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.

Pedagogik-psixologiya fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni haratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.



Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.

Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni berishga yo’naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o’zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo’ladi. Maxsus ta’lim – o’zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko’ra maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashhari ta’lim kabi turlarga bo’linadi.

Tarbiya nazariyasi – pedagogi-psixologikning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoharashini tarkib toptirish jarayonidir.

Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi.



SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:

  1. Umumiy pedagogi-psixologik – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.

  2. Maktabgacha ta’lim pedagogi-psixologiksi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  3. Boshlang’ich ta’lim pedagogi-psixologiksi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  4. Korrektsion (maxsus) pedagogi-psixologik – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish