Paxtakor tumani xtmfmt va teb ga qarashli 9-umumiy o`rta ta’lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Xolboyeva Gulnoraning 6-sinflar uchun



Download 61 Kb.
Sana12.04.2017
Hajmi61 Kb.


Paxtakor tumani XTMFMT

va TEB ga qarashli 9-umumiy

o`rta ta’lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Xolboyeva Gulnoraning 6-sinflar uchun
Yevrosiyo iqlimi va uning xususiyatlar.Iqlim sharoitining o’zgarishi” mavzusiga oid bir soatlik


1






MA`LUMOTNOMA

Xolboyeva Gulnora Mirzamaxmudovna

2002 – yil avgust oyidan buyon:



Paxtakor tumani XTMFMTTEB ga qarashli 9 –umumiy o`rta ta`lim maktabida biologiya – geografiya fani o`qituvchisi
Tug`ilgan yili: Tug`ilgan joyi:

5.10.1978 yil Jizzax viloyati

Zafarobod tumani

Millati: Partiyaviyligi:

O`zbek partiyasiz


Ma`lumoti: Tamomlagan: oliy 2000 yil, Jizzax Davlat

Pedagogika Instituti (kunduzgi)



Mutaxassisligi: Biologiya-geografiya fani o’qituvchisi:

Ilmiy darajasi: ilmiy unvoni:

yo’q yo’q



Qaysi chet tillarini biladi:

rus tili


Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yo’q


Xalq deputatlari, viloyat, shahar va tuman Kengashi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi:

yo’q

Mehnat faoliyati:

2002-2008-y.- Jizzax viloyati Paxtakor tumani Xalq ta’limi bo’limigaqarashli Abdulla Qodiriy nomli 9-o’rta ta’lim maktabida biologiya fani o’qituvchisi

2008-2010-y.- Jizzax viloyati Paxtakor tumani Xalq ta’limi bo’limigaqarashli Alisher Navoiy nomli 4-o’rta ta’lim maktabida

biologiya fani o’qituvchisi

2010-y. buyon.- Jizzax vil.Paxtakor tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli Abdulla Qodiriy nomli 9-o’rta ta’lim maktabida biologiya-geografiya fani o’qituvchisi sifatida ishlab kelmoqda








.

I Mavzu:Iqlimi va uning xususiyatlar.Iqlim sharoitining o’zgarishi.



II Dars maqsadi:

Ta’lmiy: O’quvchilarga Yevrosiyo iqlimining xususiyatlari,iqlimiga ta’sir etuvchi omillari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy: O’quvchilarga geografiya faninig hammasohalarida qo’llanilishi va iqlim sharoitining o’zgarishi aholi hayot tarziga ta’sir etishi haqida tushunchalar berish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning

Ilmiy dunyoqarashini kengaytirish,mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish,xarita bilan ishlash malakasini oshirish.



III Dars jihozi:Darslik,dunyoning tabiiy xaritasi,globus,tarqatma kartochkalar,yozuvsiz xarita,mavzuga oid boshqa ko’rgazmalar.

IV Dars turi: noan’anaviy

V Dars tipi: interfaol

VI Dars uslubi:aqliy hujum,klaster
VII Darsda yoritilishi kerak bo’lgan asosiy tushunchalar:

-kenglikning iqlimga ta’siri

-okeanning iqlimga ta’siri

-relyefning iqlimga ta’siri

-iqlim sharoitining o’zgarishi

Yevrosiyo iqlimi va uning xususiyatlari. Iqlim sharoitining o’zgarishi” mavzusidagi hamkorlikda o’qitish texnologiyasining komandada o’qitish metodidan foydalanilgan darsning



texnologik xaritasi

pTEXNOLOGIK

BOSQICHLAR


O’QITUVCHINING FAOLIYATI

O’QUVCHINING FAOLIYATI

I Bosqich

Tashkiliy qism

5-daqiqa


Salomlashish,o’quvchilarning darsga tayyorligini va davomatini aniqlash,diqqatini darsga jalb etish,dars qoidalarini eslatish,darsga bo’lgan qiziqishlarini faollashtirish,o’quvchilarni dars mavzusi,maqsadi,

borishi bilan tanishtirishi.



Dars mavzusi,maqsadi,borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydi.Topshiriqlarning didaktik maqsadi,bajariladi

gan o’quv topshiriqlari yuzasidan ko’rsatmalarni anglaydi.



II Bosqich

O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar

ning bilimlarini nazorat qilish va baholash

5-daqiqa


O’tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlari yordamida va “Eng-eng’’ o`yini orqaliy o’quvchilar bilimini

nazorat qiladi va baholaydi.



O’tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlarini bajaradi.

III Bosqich.

O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

12-daqiqa


O’quv dasturining didaktik maqsadi,bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.


O’quv dasturining didaktik maqsadi,bajariladigan o’quv topshiriqlari yuzasidan ko’rsatmalarni anglaydi.



IV Bosqich

Yangi mavzuni o’rganish.

8-daqiqa.


O’quvchilarning komandalarda mustaqil ishini tashkil etadi.O’quv dasturidan

o’rin olgan topshiriqlarni mustaqil

o’zlashtirilishini ta’minlaydi.Topshiriq yakunida komandalar o’rtasida xarita bilan ishlash bo`yicha amaliy topshiriqlar o’tkazadi.Tegishli hollarda yordam uyushtiradi.


O’quvchilar bilan hamkorlikda o’quv faoliyatini tashkil etadi.O’quv dasturidan o’rin olgan topshiriqlarni mustaqil o’zlashtiradi. O`quvchilar yozuvsiz xarita bilan musta qil ishlaydi.Klaster usulida o`quv bahsida faol ishtirok etadi

V Bosqich

O’quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash.

13-daqiqa


O’rganilgan mavzu yuzasidan “Atamalar izohi” va “Alpinistlar marrasi” o`yini topshiriqlarini beradi.

O’rganilgan mavzu yuzasidan tezkor savol va topshiriqlarni bajaradi.

VI Bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash .

2-daqiqa


Komandalar faoliyatini tahlil qiladi,o’quvchilarga nazariy va amaliy ish topshiriqlarini beradi.

Nazariy va amaliy ish topshiriqlarini belgilaydi.






VIII . Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,dunyo xabarlarid voqif bo’lish,fanga bog’liq savollar.

1)Geografiya so’zining ma’nosi nima?

2)Geografiya nimani o’rganadi?

3)Geografiya fanini o’rganishdan maqsad nima?

IX O’tilgan mavzularni mustahkamlashga doir “Eng-eng o’yini”o’tkaziladi.

Bunda o’quvchilar tomonidan dunyodagi birinchilikni egallagan eng muhim ma’lumotlar aytib o’tiladi.



M-n,

Dunyodagi eng chuqur ko’l Baykal k,

eng issiq materik Afrika,

eng katta orol Grenlandiya,

eng katta yarim orol Arabiston,

eng katta cho’l Sahroi Kabir…


Test topshiriqlari

Uyga berilgan mavzuni mustahkamlashga doir test savollari tarqatiladi va yechiladi.

1.Cho’kindi jinsli qatlamlarda asosan, qaysi konlar uchraydi?







A.neft, gaz, qo’ng’ir ko’mir

B.temir, kristall,ko’mir

C.gaz, kumush,oltin.

2.Turon pasttekisligidagi qoldiq past tog’larning balandligi qancha?

A.500 m B.1000 m C.2000 m

3.Oltoy tog’laridagi vodiy muzligining uzunligi qancha?

A.300 km B.500 km C.200 km.

4.Materik maydonining necha foizini tog’lar tashkil etadi?

A.70% B. 80% C.50%

5. Harakatdagi eng baland vulqonlardan biri…

A. Vezuviy B. Klyuchi Sopkasi C. Etna.


O’tilgan mavzuni mustahkamlash yakunida o’qituvchi keltirilgan ma’lumotlar asosida darsni umumlashtiradi.

Unda,Yevrosiyo qadimgi mustahkam platformalardan hamda yosh burmali mintaqalardan tashkiltopganligi

aytib o’tiladi.Materik foydali qazilmalarga juda boyligi,ayniqsa,neft va gaz konlariga boyligi jihatidan boshqa materiklardan oldinda turishi va boshqa ma’lumotlar orqali o’tilgan mavzuga yakun yasaydi. So’ngra yangi mavzuni boshlaydi.

X Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyo iqlimining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa uzoq masofaga cho’zilgan hamda okeanlardan keladigan havo massasi va relyefiga bog’liq. Shimoliy yarimsharning eng sovuq joyi Oymakonda bo’lib , bu yerda harorat -71C ga pasayib ketadi. Qish Yevropaning janubi-g’arbida iliq, Osiyoning janubida esa issiq bo’ladi. Dunyodagi eng ko’p yog’in tushadigan joy Cherrapunjarayonidir. Bu yerda o’rta hisobda yiliga 12665 mm yog’in yog’adi.1856-yilda bu yerga 23000mm ga yaqin yog’in tushgan. Yozda Tinch okeandan keladigan dengiz havo massasi,ya’ni yozgi musson shamollari o’zi bilan ko’p miqdorda yog’inkeltiradi.Baland tog’ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to’sib qolib,iqlimningkeskin o’zgarishiga sabab bo’ladi.Bunday holni Alp,Kavkaz,Tyanshan,Himolay

tog’lari misolida ko’rish mumkin.M-n,Kavkaz tog’larining shimoliy yonbag’ri mo’tadil,janubiy yonbag’ri esa subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi.









Katalog: resourc
resourc -> Informatika 1-dars Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi Maqsad
resourc -> C. august 1970 Assignment: Earth #3 ‘My Name Is Legion’ pg. 21 1
resourc -> Development and validation of emotional intelligence scale and emotional intelligence as a predictor of marital quality
resourc -> The Ancient Trees of Montgomeryshire – Alastair Hotchkiss
resourc -> Posterior sagittal anorectoplasty (Peña Procedure or psarp). What is an anorectal malformation?
resourc -> Eu member states
resourc -> Bauer, Markus Press/Communication
resourc -> Mahatma Gandhi Society of Ottawa … Fellowship of those who esteem Gandhian Thought and Principles of Action
resourc -> A selected List of Books, Articles, and Internet Resources on a bibliography Compiled By Resource Centre Post Bag No: 4 Near Indroda Circle Gandhinagar 382 009 Jagadis Chandra Bose a brief Biography
resourc -> Architectural and engineering specification

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik