6-mavzu: Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari
Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа
tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi:
Hisob registrlari va
shakllarini, ularning buxgalteriya hisobidagi roli va aharniyatini, buxgalteriya hisobining
shakllari, ularning mohiyati va tarixiy rivojlanishini, buxgalteriya hisobining jurnal-order,
memorial-order,
Bosh
jurnal
shakllarini,
buxgalteriya
hisobi
informatsion
texnologiyalariga asoslangan va soddalashtirilgan shakllari aharniyati hamda ularning
yuritilishini o’rganishdan iborat.
Tаyanch ibоrаlаr:
Hisob registrlari, hisob shakllari, jurnal-order, memorial-order,
Bosh
jurnal
shakllarini,
informatsion
texnologiyalariga
asoslangan
shakli,
soddalashtirilgan shakli.
Mavzu rejasi:
1. Hisob registrlari va shakllari haqida tushuncha, ularning buxgalteriya hisobidagi
roli va aharniyati.
2. Buxgalteriya hisobining shakllari, ularning mohiyati va tarixiy rivojlanishi.
3. Buxgalteriya hisobining jurnal-order, memorial-order, Bosh jurnal shakllari.
4.
Buxgalteriya
hisobi
informatsion
texnologiyalariga
asoslangan
va
soddalashtirilgan shakllari aharniyati hamda ularning yuritilishi.
1. Hisob registrlari va shakllari haqida tushuncha, ularning buxgalteriya hisobidagi
roli va aharniyati
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar
ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi,
so‘ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlarna tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib
olinadi. Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari
amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart.
Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari — hisob yozuvlarini (buxgalteriya
provodkalarini) aks ettirishga mo’ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jumallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan
blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli
ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman,
xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib
boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va
hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning
nechog‘lik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zim uchun,
balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |