Davlat byudjeti
'
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul
daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini
bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki
markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi)
vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi
pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki
sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash,
jamoat tartibini saklash,
atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga
bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi.
Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul,
davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet
daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning
byudjet salohiyati
(potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining
soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni
kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5%
ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni
daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy,
mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning
muayyan maqsadli fondlari, maxsus
maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar)
yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun
tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni
huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning
iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab D.b.
mohiyati, uning daromadlari va
harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda
davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol
aralashuvi D.b. mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi
va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hoz. rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy
daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi
fondiga soliq va korxonalar,
korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987
y.da AQShda soliq tushumlari D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5%
ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar
darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga
muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy
mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda turadi.
Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda D.b. daromadlarining
asosiy qismi davlat
sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan,
aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish
hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b., Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6.,
viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b.
1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy
Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun kuchiga ega boʻladi hamda
amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish
xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq
holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik
qismi soliklar
hisobiga olinmoqda.
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 2,2%, 2000 y.da
yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka
muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi,
ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi
Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi
jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish
mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda,
1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida
ishlab
chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan