Oziq-ovqat sanoati xalq xo’jaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, keng tarmoqli sohasi hisoblanadi



Download 218.29 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi218.29 Kb.
KIRISH
Oziq-ovqat sanoati – xalq xo’jaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, keng tarmoqli sohasi hisoblanadi. Tarmoq tarkibida go’sht-sut, yog’-moy,baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sut-yog’, shakar, choy qadoqlash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqovbosdi ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Mamlakatimiz o’zining zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Tarmoq tarkibida 4000 ga yaqin korxonalar bor. Bu soha asosan mahalliy xom-ashyoni qayta ishlashga asoslangan va bu korxonalarda 200 dan ortiq mahsulot turlari tayyorlanadi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ning uchinchi ustuvor yo’nalishi bo’lgan “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” yo’nalishining ikkinchi bo’limi, 48-bandida “Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, meva-sabzavot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholi talab darajasini hisobga olgan holda ichki bozorni yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, ularga bo’lgan narxlar keskin oshishining oldini olish” masalalariga alohida to’xtalib o’tilgan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e’tibor qaratilib, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash o’zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni rag’batlantirish hamda qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, iste’mol bozorini sifatli, xavfsiz, arzon o’simlik yog’lari bilan to’ldirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi “Yog’-moy tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3484-sonli qarori qabul qilindi. Qabul qilingan mazkur qaror yog’-moy korxonalarini jadal rivojlantirishni ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lib, korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi. Qarorga binoan Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini yanada qisqartirish, respublika yog’-moy tarmog’ining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida “O’zpaxtayog” AJ negizida O’zbekiston yog’-moy sanoati korxonalari uyushmasi (keying o’rinlarda – “O’zyog’moysanoat” uyushmasi) tashkil etildi.

Joriy yilning 22 – yanvar sanasida mamlakatimizda so’ngi yillarda an’anaga aylanib ulgurgan muhim tadbir “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi” taqdimoti bo’lib o’tdi. Yig’ilishda davlatimiz rahbari o’tgan yilda qilingan ishlar sarhisobi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, oldimizga qo’yilgan maqsad va rejalar haqida nafaqat Oliy Majlisga, balki butun xalqimizga murojaat qildi. Prezident Murojaatnomasida har bir sohaga navbati bilan to’xtalib o’tildi, yutuq va kamchiliklar haqida atroflicha so’z bordi. Shuningdek yig’ilishda 2020 – yilga nom berish haqida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev quyidagicha murojaat qildi:

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida men yurtimizda 2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif etaman. Prezident Murojaatnomasida barcha sohalarda bo’lgani kabi “Oziq-ovqat” sohasiga va uning uchun asosiy xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoq hisoblangan “Qishloq xo’jaligi” ga ham to’xtalib o’tildi. Sohani rivojlantirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish va yo’lga qo’yish borasida topshiriq va takliflar berildi. Jumladan: Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.

Iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li – meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir. Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur. Tarmoqdagi hozirgi o‘sish sur'atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi. 

Shu bois, paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz.

Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, paxta va g‘alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz. Bu yil meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urug‘chilik, chorvachilik, agro-logistikani rivojlantirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashga 3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiramiz. Chorvachilik, qorako‘lchilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalarda naslchilikka alohida e’tibor qaratilib, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari tatbiq etiladi. Meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik, ipakchilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil etish ishlarini davom ettiramiz. Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa 3-4 barobar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko‘paytirish choralarini ko‘rish zarur. Bu yil meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urug‘chilik, chorvachilik, agro-logistikani rivojlantirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashga 3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiramiz. Chorvachilik, qorako‘lchilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalarda naslchilikka alohida e’tibor qaratilib, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari tatbiq etiladi.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020-2030-YILLARGA MOʻLJALLANGAN STRATEGIYASIDA BELGILANGAN VAZIFALARNI 2020-YILDA AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida 2020-yilda:

1) “oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish” yoʻnalishida 2020-yil 1-oktabrdan boshlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va narxlar keskin oʻzgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:

2021-yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etish;

oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga oʻtish boʻyicha mexanizmni ishlab chiqish nazarda tutiladi;


2. Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi, sifat ko’rsatkichlari.

Qattiq yog‘lar, sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin xo‘jalik va atir sovunlar, stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Biroq MDH davlatlarida tabiiy qattiq yog‘lar miqdori chegaralangan, suyuq o‘simlik yog‘lari esa ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun suyuq yog‘lar gidrogenlanib qattiq holga keltiriladi. Gidrogenizatsiya mahsuloti salomas deyiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 2 ta (MDHda 28 ta) gidrozavod ishlaydi.

O‘simlik yog‘larning kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog‘ kislota tarkibiga bog‘liq. O‘simlik yog‘larida ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalari bor (olein, linol va h.k) ular bir yoki bir nechta qo‘shbog‘ga ega. Gidrogenizatsiya jarayonida bu kislotalar to‘yingan kislotalarga aylanadilar. Gidrogenizatsiya jarayonida to‘yinmagan kislotalarning to‘yinishi bilan birga qo‘shbog‘larni migratsiyasi va transizomerizatsiyasi sodir bo‘ladi, bu esa erish harorati va yog‘ qattiqligini oshiradi. Gidrogenizatsiyada kungaboqar, paxta, loviya, raps, yog‘lari va soapstokdan ajratib olingan yog‘ kislotalari ishlatiladi. Gidrogenizatsiya vaqti xom ashyoning kimyoviy tarkibiga strukturasining qo‘llanishiga bog‘liq.

O‘simlik moylarini qisman gidrogenizatsiya qilish yo‘li bilan, erish temperaturasi 31-34°С, qattiqligi 160-320 g/sm³, yod soni 62-82 ga teng bo‘lgan salomas olinadi. Bu salomaslar margarin, kulinar yog‘lar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish temperaturasi 35-37°С qattiqligi 550-750 g/sm3 bo‘lgan salomaslar olinib ular konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.O‘simlik moylarini va yog‘ kislotalarini gidrogenizatsiya qilish bilan texnik salomaslar olinadi, ularni xo‘jalik va atir sovunlar, stearin kislotalarini olishda ishlatiladi.

1-gidrozavod 1909 yilda Nijniy Novgorodda (Gorkiy) ishga tushirilgan. 1911 yilda Peterburgda, 1917 yilda Yekaterinburgda (Krasnodar) gidrozavodlar qurildi. 30-yillardan boshlab SSSR da yog‘larni gidrogenizatsiya qilish sanoati keng yo‘lga qo‘yildi va rivojlana boshladi. Vodorodning gidrogenizatsiya jarayonidagi birikish ximiyzmini shartli ravishda quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

(CH2)7CH=CH(CH2)7COOH + H2 CH3(CH2)7CH2 - CH2(CH2)7COOH

olein kislota stearin kislota

Oddiy sharoitda vodorod to‘yinmagan yog‘ kislotalarga va glitseridlarga birikmaydi. Vodorod yog‘ kislotalarga faqatgina katalizator ishtirokida birikadi. Sanoatda gidrogenlash 180-220°C temperaturada olib boriladi. Gidrogenlash temperaturasi katalizator aktivligiga va yog‘ tabiatiga bog‘liq. Amalda yog‘larni gidrogenlash yod soni 50-80 bo‘lguncha olib boriladi.

Gidrogenlangan yog‘larning sifat ko‘rsatkichlari. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan gidrogenlangan yog‘lar oziqaviy va texnik salomaslarga bo‘linadi. Oziqaviy salomas olish uchun yuqori sifatli o‘simlik moylari va eritilgan mol yog‘laridan foydalaniladi.
Texnik salomas sifat ko’rsatkichlari


Ko’rsatkichlar

Salomas markasi

1

2

3

4

5-3

6

Yod soni,%, ortiq emas

65

65

65

55

17

1

Titr, °C

39-43

39-43

46-50

46-50

58

54

Kislota soni, mgKOH, ortiq emas

3,5

Aniqlanmaydi

5

Aniqlanmaydi

6

3

Nikel miqdori, mg/kg, ortiq emas

20

60

20

60

20

20

1 – o‘simlik va mol-yog‘laridan olingan salomas (atir sovun uchun)

2 – soapstokning distillangan yog‘ kislotalaridan olingan salomas (atir sovun uchun)

3 – O‘simlik va mol yog‘laridan olingan salomas (xo‘jalik sovuni uchun)

4 - soapstokning distillangan yog‘ kislotalaridan olingan salomas (xo‘jalik sovuni uchun)

5,6 – o‘simlik va mol yog‘laridan olingan salomas (stearin uchun).


Glitserinning sifat ko’rsatkichlari.
1779 yilda birinchi bo‘lib nemis olimi Sheele qo‘rg‘oshin oksidi ishtirokida zaytun yog‘ini sovunlash natijasida glitserin olgan. Shuning uchun glitserin «Sheelening shirin yog‘i» deb atalgan. 1823 yilda fransuz olimi Shevrol unga «Glitserin» deb nom bergan. Glitserin formulasini 1836 yili Peluz topgan. Nitroglitserin olingandan so‘ng glitserinni sanoatda ishlab chiqarish XIX asr o‘rtalarida rivojlana boshlandi.

Ayrim sanoat tarmoqlarining o‘sishi natijasida (plastmassa, maxsus laklar, buyoqlar, mono va diglitserid, parfyumeriya-kosmetika va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish.) xalq xo‘jaligining glitseringa bo‘lgan talabi yil sayin o‘sa boshladi.

Kosmetika sanoatida glitserin kremlarni (inson yuz, qo‘llarida foydala nish uchun surkov kremlar), lab buyoqlarini sifatini oshirishda, parfyumeriyada esa qo‘shimcha mahsulot sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari glitserin mato tayyorlashda, maxsus qog‘ozlar ishlab chiqarishda, rezina olishda, mashina va soatsozlik surkov moylarini, yelim va jelatin ishlab chiqarishda, fotografiya sanoatida va h.k. sohalarda keng qo‘llaniladi.

Yog‘ kislotalari har-xil turdagi sovunlar, yuqori molekulali yog‘ spirtlari, alifatik aminlar olishda, rezinotexnik buyumlar ishlab chiqarishda plastifikator sifatida, ipak, jun va paxtali gazlamalar ishlab chiqarishda moylovchi sifatida keng qo‘llaniladi.Yog‘ kislotalari bilan kimyo, rezina texnika, yengil sanoat ehtiyojlarini qondirish uchun texnik olein va texnik stearin kislotalar olishda keng foydalaniladi.

Mamlakatimizda glitserin va yog‘ kislotalar asosan yog‘larni gidroliz qilish yo‘li bilan olinadi.

Glitserin va yog‘ kislotalarini olish maqsadida yog‘larni qayta ishlashni asosan ikki xil usuli mavjud:

1.- glitserinli suv va yog‘ kislotalarini olishda yog‘larni reaktivsiz parchalash. Xom glitserin olish uchun aralashmalardan tozalangan glitserinli suv konsentrlanadi. Glitserin va yog‘ kislotalarini yuqori sifatli navlarini olishda, xom glitserin va xom yog‘ kislotalari distillyasiya qilinadi.

2.-yog‘larni ishqor bilan sovunlab, sovun va sovun osti ishqori olish va sovun osti ishqoridan glitserinni ajratib olish.

Respublikamizda glitserin va yog‘ kislotalarni yog‘larni reaktivsiz gidroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Bu usulda yog‘larni sovunlash orqali glitserin olishga qaraganda yuqori sifatli va ko‘proq glitserin va yog‘ kislotalari olinadi. Bundan tashqari, erkin yog‘ kislotalaridan sovun pishirishda, kaustik sodaga qaraganda arzonroq bo‘lgan natriy karbonat qo‘llaniladi.

Yog‘larning gidrolizi (sovunlanishi) – kimyoviy jarayon bo‘lib, uch glitseridni suv bilan ta’siriga asoslangan. Bunda glitserin va yog‘ kislotasi hosil bo‘ladi.

Turli yog‘larda 9,7 % dan 13 % gacha glitserin bor. Glitserinni nazariy chiqishini % xisobida quyidagi formuladan topiladi.

X = (S.s. – K.s.) 0,0547,

bu yerda: 0,0547 – neytral yog‘ni to‘liq sovunlanishida 1 mg KOH sarfida 0,0547 glitserin ajralishiga ekvivalent bo‘lgan koeffitsient; S.s.-yog‘ni sovunlanish soni, mg KOH; K.s.-yog‘ni kislota soni, mg KOH.

Amalda glitserin chiqishi nazariyga qaraganda kam, bu sanoatdagi yo‘qotishlar bilan izohlanadi.

Gidroliz tezligiga turli omillar ta’sir qiladi: yog‘ tabiati, harorat, katalizator. Quyi molekulali yog‘ kislotalarining gidroliz tezligi, yuqori molekulali yog‘ kislotalarnikiga qaraganda katta, to‘yingan kislotalar esa to‘yinmagan yog‘ kislotalarga qaraganda tezroq gidrolizlanadi. Yog‘ning gidrolizi vodorod ionlari va gidroksid ionlari hisobiga tezlashadi, shuning uchun gidroliz jarayoni – katalitik jarayondir. Bu ionlar yog‘-suv sistemasiga kislota va boshqa moddalar (Petrov kontakti) sifatida kiritiladi, yoki suvni dissotsiatsiyalanishi darajasini oshirish uchun sharoit yaratib sistemadagi H+ va OH- ionlar konsentratsiyasi ko‘paytiriladi. 1000C dan past haroratda suvni yog‘ va yog‘ kislotalarida erishi sezilarli emas. 1500C da yog‘ kislotalarda 3-6%, 2500C da esa suv 12-25% eriydi. Harorat ko‘tarilishi bilan, dissotsiatsiya darajasi oshadi. 250C da suvning ionlari 1,04 10-14 mol/l bo‘lsa 2000C da esa 46 10-14 mol/l ga yetadi. Bu esa gidrolizni katalizatorsiz olib borishga imkon beradi.

Glitserinli suvni tozalash. Yog‘larni reaktivsiz parchalashdan olingan glitserinli suv tarkibida, glitserin va suvdan tashqari, xilma xil turdagi organik va mineral aralashmalar ham bo‘ladi. Bu aralashmalar miqdori gidrolizlanayotgan moy sifati va assartimentiga bog‘liq. Aralashmalarning ko‘p qismi lipidlar, ayniqsa yog‘ kislotalari bo‘lib, ular glitserinli suvning 0,3-1,5% ini tashkil etadi. Bundan tashqari 0,05-0,1% amino birikmalar, jumladan, 0,02-0,04% amino kislotalar, 0,04-0,08% karbonal birikmalar, 0,004-0,008% uglevodlar, mineral tuzlar va boshqalar mavjud.

Bu moddalarning ko‘pligi sirt aktivligiga ega bo‘lib, suv-yog‘ emulsiyasi turg‘unligini oshiradi. Bu esa glitserinli suvni qayta ishlashni qiyinlashtiradi.

Glitserinli eritmani konsentrlashdan avval, u aralashmalardan tozalanadi. Bundan maqsad:

- birinchidan, standart talablarga javob beradigan toza glitserin olish

- ikkinchidan, bug‘latish jarayonini texnologik shartlarini to‘liq ta’minlash (isitish trubalarida qo‘yqa hosil bo‘lishini kamaytirish vakuum apparatlarda glitserinni ko‘piklanishini oldini olish va boshqalar)

- uchinchidan, apparatni korroziyadan himoya qilishdir.



Glitserinli suvni tozalash usullari. Yog‘larni reaktivsiz gidrolizidan olingan glitserinli suv murakkab geterogen sistema bo‘lib, tarkibida har xil tabiatli aralashmalar, chin va kolloid eritmalar holida, hamda emulsiya ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli bunday suvdan aralashmalarni ajratish bir qator asosiy texnologik jarayonlarni talab etadi: kolloid sistema barqarorligini buzish; lipidlarni glitserinli suv bilan hosil qilgan emulsiyani parchalash; lipidlarni, suvda eriydigan ionogen va noionogen birikmalarini yo‘qotish. Bu barcha jarayonlarni amalga oshirish uchun glitserinli suvni tozalashni bir necha usuli mavjud.

Tindirish, qaynatish va sovutish. Tindirish glitserinli suv va yog‘ kislotalari zichliklarining farqiga asoslangan: dastlab glitserinli suv ustiga yog‘ kislotalar ajraladi, keyin u yoki bu usul bilan ajratib olinadi. Glitserinli suvni qaynatish natijasida suv-yog‘ emulsiyasi buziladi, yog‘ kislotalari va neytral yog‘ ajraladi, so‘ngra tindirish orqali ular ajratib olinadi.

Glitserinli suvni sovutish undagi aralashmalarni eruvchanligini pasaytiradi. Natijada kristallizatsiya va qiyin eruvchan yog‘ kislotalar agregatlanishi sodir bo‘ladi. Hosil bo‘lgan moddalar tindirish yoki filtrlash orqali ajratib olinishi mumkin.



Glitserinli suvni kalsiy gidroksid bilan neytrallash. Bu usul asosida quyidagi kimyoviy reaksiya yotadi:

2RCOOH + Ca(OH)2 (RCOO)2Ca + 2H2O

Hosil bo‘lgan sovun o‘z yuzasiga rang beruvchi moddalar (karotinoidlar, xlorofillar va boshqalar) va boshqa hamroh moddalarni adsorbsiyalab oladi.

Neytrallash uchun kalsiy gidroksidning suvli suspenziyasidan (ohakli sutdan) foydalaniladi. Neytrallash jarayoni neytralizatorlarda bug‘, havo yoki mexanik aralashtirgich yordamida, 800C haroratda olib boriladi. Ishkor nazariy miqdorga nisbatan ortiqchasi bilan qo‘shiladi. Ishqorning ortiqcha miqdori titrlash usuli bilan topiladi: 25ml glitserinli suvga 0,01n li 3-5ml xlorid kislota eritmasi sarf bo‘lsa, bu ortiqcha ishqor miqdori kalsiy oksid hisobida 0,003-0,005% ga to‘g‘ri kelishini bildiradi.

Neytrallash jarayoni tugagach, mahsulot tindiriladi va kalsiyli sovun ajratiladi. Glitserinli suv esa aralashtiriladi va romli filtrlarda filtrlanadi.

Glitserinli suvni tozalash sxemasi. Glitserinli suv, tarkibidagi hamroh moddalar va aralashmalarning xilma xilligi sababli, uni tozalashning texnologik sxemasida bir necha tozalash usullari uyg‘unligidan foydalaniladi. Ular quyidagi tartiblarda uyg‘unlashishi mumkin: tindirish-sovutish-filtrlash; tindirish-separatsiyalash; tindirish-separatsiyalash-ohakli sut bilan ishlov berish-filtrlash; va hokazo.

Texnik glitserinning olinishi. Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan xom glitserin olish uchun, tozalangan glitserinli suv bug‘latiladi (konsentrlanadi). Bug‘latilganda suv bug‘lari bilan qisman glitserin ham haydaladi. Bu yo‘qotish miqdori glitserin konsentratsiyasini va haroratni oshib borishi bilan ko‘payadi. Haroratning o‘ta yuqorilab ketishi glitserinning termik parchalanishiga, chiqayotgan mahsulot miqdorining kamayishiga va rangini xiralashishiga olib keladi. Yuqori konsentratsiyali glitserin eritmasi o‘ta qovushqoq bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish jarayonida intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi. Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik parchalanishni oldini olish uchun glitserinli suvni bug‘latish, vakuum ostida va suyuqliklarni sirkulyasiyasi bilan vakuum-bug‘latish qurilmalarida amalga oshiriladi.

Bug‘latish jarayonida glitserin kuchli ko‘piklaydi, hosil bo‘lgan ko‘pik vakuum sistemaga so‘rib olinishi natijasida ko‘p glitserin yo‘qotiladi. Shuning uchunglitserinli suvni konsentrlash uchun faqat vertikal va yetarli bug‘ bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan apparatlardan foydalaniladi. Yog‘-moy korxonalari- da har-xil konstruksiya va o‘lchamdagi vakuum apparatlar ishlatiladi. Ko‘pincha alohida isitgichli, bir yoki ko‘p korpusli qurilmalardan foydalaniladi.

Iqtisodiy jihatdan eng samarador uskuna uzluksiz ishlaydigan bir necha korpusli bug‘latish qurilmalari hisoblanadi. Bu apparatlarni afzalligi shundaki, bir korpusdan chiqqan ikkilamchi bug‘ keyingi korpus uchun isituvchi bug‘ vazifasini o‘taydi. Bu, o‘z navbatida bug‘ sarfini tejalishiga olib keladi.

Glitserinli suvda 10-25% glitserin bo‘ladi. 86-88% konsentratsiyali texnik glitserin olish uchun glitserinli suv bug‘lantiriladi. Bug‘lanish vakuumda va vakuum bug‘latuvchi apparatlarda suyuqlikni intensiv sirkulyasiyasi ostida olib boriladi.

Yog‘ sanoatida turli konstruksiyadagi va kattalikdagi vakuum-bug‘latuvchi apparatlar ishlatiladi. Isitkichli vakuum-bug‘latuvchi apparatlar keng tarqalgan. Bu apparatlar bitta korpusli va ko‘p korpusli bo‘ladi.

Yog‘ sanoatida ikki korpusli «Pod’yomnik» rusumdagi apparat keng tarqalgan. U ikkita korpusdan iborat bo‘lib, har bir korpus isitgich va bug‘latgichga ega, birinchi korpus atmosfera bosimida ishlasa, ikkinchi korpus esa 650-680 mm simob ustuniga teng vakuumda ishlaydi.

Sifat ko‘rsatkichlariga qarab ham glitserin I, II va III navlarda ishlab chiqariladi.

Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha I va II nav xom glitserin tiniq, sirtida ko‘piksiz va och sariqdan to‘q jigarranggacha bo‘lishi kerak. III nav xom glitseringa ozgina xiraroq bo‘lishiga ruxsat etiladi, rangi esa jigarrangdan to‘q bo‘lmasligi lozim.

Fizik – kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha xom glitserin jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.
Texnik glitserinning sifat ko’rsatkichlari


Ko’rsatkichlar

Glitserin navlari

ӏ

ӏӏ

ӏӏӏ

Glitserin miqdori, %, kam emas

86

86

78

Kul miqdori, %, ortiq emas

0,35

1,8

9,5

Uchmaydigan organik qoldiqlar miqdori, %, ortiq emas

0,85

2,0

4,0



Distillangan glitserinning olinishi. Distillangan glitserin texnik glitseringa nisbatan yuqori konsentratsiyaga (98 %) va sifatga ega.

Distillangan glitserin olishning ikki xil usuli ma’lum:

1) texnik glitserinni distillyasiyasi

2) glitserinli suvni ion almashinish usuli bilan tozalash so‘ngra bug‘latish.


Xom glitserinni aralashmalardan tozalash suv bug‘i bilan vakuum ostida

haydash orqali amalga oshiriladi. Toza glitserinni qaynash harorati 2900C ga teng. Bunday haroratda glitserin akrolein va turli kislotalar hosil qilib parchalanadi. Shuning uchun atmosfera bosimida distillyasiya jarayonini o‘tkazish glitserin sifatini yomonlashtiradi. Hozirgi vaqtda glitserinni distillyasiyalash 170-1800C da vakuum (15-20 mm simob ust) ostida olib boriladi. Glitserinni distillyasiyalash vaqtida hosil bo‘lgan bug‘ni sekin-asta yoki fraksiyali kondensatsiya qilinadi. Bunda havoli va suv yuzali kondensatorlar ishlatiladi. Bunda birinchi navbatda yuqori haroratda qaynovchi komponent - glitserin kondensatsiyalanadi, demak havoli kondensator-dan so‘ng yuqori konsentratsiyali 98 % li glitserin olinadi.

Yuqori va 1-navli glitserin olish uchun distillyasiyalangan glitserin aktivlangan ko‘mir bilan oqlanadi (glitserin og‘irligiga nisbatan 0,25-0,75%). Oqlash jarayoni 2-3 soat davomida 80°C da olib boriladi.
Distillangan glitserinni oqlash. Oliy va I nav glitserin olishda mahsulot rangi va hidini yaxshilash, yog‘ kislotalar, murakkab efirlar, uchmaydigan organik qoldiq va mineral aralashmalar miqdorini kamaytirish maqsadida distillangan glitserin aktivlangan yog‘och ko‘miri bilan oqlanadi.

Sarflanadigan aktivlangan ko‘mir miqdori chiqayotgan distillyatning sifatiga bog‘liq va u glitserin massasiga nisbatan 0,25-0,75% ni tashkil etadi. Oqlash jarayoni 800C haroratda 2-3 soat davomida uzluksiz aralashtirish bilan olib boriladi va filtr-pressda ajratiladi. Kerak bo‘lganda standart talablarga mos keladigan Oliy va I navli glitserin olish uchun aralashtirgichga hisoblangan miqdordagi kondensat qo‘shib glitserin eritmasi 9,4 % gacha suyultiriladi.

Filtr-pressda ajralgan aktivlangan ko‘mir dastlab yuviladi, (alohida aralashtirgich yoki filtr-pressni o‘zida) so‘ng bo‘g‘latishga yo‘naltiriladi. Ishlatilgan aktivlangan ko‘mir tarkibidagi qoldiq glitserin miqdori 2% dan oshmasligi kerak. Ishlatilgan ko‘mir regeneratsiyadan so‘ng, ya’ni yaxshilab yuvish, 100-110°C da quritish va maydalashdan keyingina, qayta ishlatilishi mumkin.

Distillangan glitserin asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.

Distillangan glitserining sifat ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichlar

Glitserin

Dinamitli

Oliy nav

ӏ nav

ӏӏ nav

Glitserin miqdori, %, kam emas

98

94

94

88

Kul miqdori, %, ortiq emas

0,14

0.01

0,02

0.25

Uchmaydigan organik qoldiq miqdori, %, ortiq emas

0,1

0,02

0,04

0,25

Sovunlanish koeffitsienti 1 g glitseringa mg KOH, ortiq emas

0,7

0,65

Aniqlanmaydi

Glitserin ishlab chiqarish uskuna va qurilmalari.
Uzluksiz ishlaydigan «Pod’yomnik» rusumdagi qurilmaning texnologik sxemasi. Tozalangan glitserinli suv (14) korobkadan (15) nasos bilan birinchi korpusining (3) rostlagichi orqali (1) isitgichga keladi, u yerda 0,5 – 0,8 MPa bosimli bug‘ bilan, qaynaguncha isitiladi glitserinli suv (2) bug‘latgichga o‘tadi, bu yerda eritmadan suv bug‘lanadi. 30-35% konsentratsiyali glitserinli suv (7) rostlagich orqali (9) isitgichga keladi, bu yerda ikkilamchi bug‘ bilan isitiladi. Tayyor glitserin uzluksiz ravishda (8) bug‘latgichdan (12) bo‘shatgich yordamida ajralib, bakga yuboriladi. Ikkilamchi bug‘ kondensati (9) isitgichdan (11) bo‘shatgich yordamida bo‘shatiladi. Glitserin konsentratsiyasi zichlik rostlagichi yordamida bir me’yorda ushlab turiladi. Bug‘ (8) isitgichdan (6) tomchi tutgich orqali (5) barometrik kondensatorga boradi, kondensatsiyalanmagan bug‘ va gazlar birinchi bosqichli ejektor bilan tortib olinib, (4) barometrik kondensatorga yuboriladi. Havo va gazlar ikkinchi bosqichli ejektor bilan atmosferaga chiqarib yuboriladi. Kondensatorlardagi (4,5) suv barometrik truba yordamida (13) quduqqa oqib tushadi. Apparatni ishlatish vaqtida vakuum, (10) vakuum-nasos yordamida hosil qilinadi.

Bu rusumdagi apparatlarning ikki xili bor. Isitgichning bug‘latish yuzasi 30m² (2x15 m2) va 60 m² li. Ularning tuzilishi va ishlashi bir xil.

Har bir apparatning quvvati 88% li glitserin uchun kuniga 4 t va 8 t ga teng.

Sanoatning ko’pgina tarmoqlari toza, tiniq va aralashmalari kam bo’lgan glitserinni talab etadi. Buning uchun glitserin xom ashyosi distillyatsiyalanadi. Distillyatsiyalangan glitserin, glitserin xom ashyosini suv bug’i yordamida vakuumda haydash orqali olinadi. Distillyatsiyalangan glitserinning konsentratsiyasi 98 % bo’lib toza va sifatli bo’ladi. Distillyatsiyalash jarayoni 170-180°C haroratda olib boriladi.



Glitserinni distillyatsiya qilish qurilmasining texnologik sxemasi. Xom glitserin (1) korobka dan vakuum bilan (3) isitgichga tortib olinadi, u yerda 0,2 MPa bosimli bug‘ bilan 80-90°C gacha isitiladi, keyin distillyatsiya (5) kubiga tushadi. Isitgichda hosil bo‘lgan suv bug‘lari (9) kondensatorga kelib tushadi. Distillyatsion kubda glitserin yuqori bosimli bug‘ (1,4-1,5 MPa) bilan 175-176°C gacha isitiladi. Kubga barbotyor orqali bug‘ (2) isitgichdan ochiq bug‘ yuboriladi. Bug‘ isitgichda ochiq bug‘ distillyatsion kubdan kelayotgan yuqori bosimli bug‘ bilan isitiladi.

Distillyatsion (5) kubdagi glitserin va suv aralashmalari tomchi (6) ajratgich orqali (7) kondensatsiya sistemasiga keladi. U ikkita havo kondensatorli guruhdan iborat bo‘lib, ularning har biri to‘rt va beshta vertikal joylashgan va ketma-ket birikkan kondensatorlardan tashkil topgan. Kondensatsiyalangan (17) glitserin yig‘uvchi konsentratorlarga oqib tushadi, u yerda 117-120°C gacha isitilib, ortiqcha namlik bug‘lanib, distillyat konsentratsiyasi 98,5-98,7% ga yetadi. Tayyor mahsulot (18) yig‘uvchi baklarda yig‘iladi.

Havo (7) kondensatorlarida kondensatsiyalanmagan glitserin va suv bug‘lari (9,8,11) trubkali kondensatorlarga kelib, suv bilan sovitiladi. Kondensatordan (9) kondensat (13) «birinchi shirin suv» yig‘uvchi bak da yig‘iladi.

Keyin esa bug‘lar ikkinchi (8) suvli kondensator ga keladi, u yig‘uvchi (12) bak bilan biriktiriladi. «Shirin suvlar» (12,13) baklardan keyingi (16) bakda yig‘iladi, u yerdan bug‘latish uchun jo‘natiladi. Yig‘uvchi (12) bakdagi bug‘ va gazlar (10) tomchi tutgich orqali uchinchi (11) suvli kondensatorga keladi va (15) «uchinchi shirin suv» yig‘uvchi bak da yig‘ilib, yog‘larni gidrolizi uchun ishlatiladi, kondensatsiyalanmagan bug‘ va gaz-havo aralashmalari vakuum nasos (14) yordamida atmosferaga chiqarib turiladi. Apparatdagi qoldiq bosim 15-20mm, simob ustuniga teng. Suvli kondensatorlardan chiqayotgan suv harorati quyidagicha bo‘lishi kerak:

birinchisida – 35-45° C ; ikkinchisida 30-45°C; uchinchisida 15-20° C.

Distillyatsion kubda yig‘ilayotgan gudron, (19) gudron baki ga tushirilib turiladi.

Apparat quvvati xom glitserin sifatiga qarab kuniga 6,3 dan 8,6 tonna gacha bo‘ladi.

RUMBEKA” qurilmasida glitserinni distillyatsiyalash jarayonining texnologik sxemasi.

Glitserin xom ashyosi oraliq sig’im 1 dan uzluksiz ravishda 2 qizdirgichga beriladi. Bu yerda u 85-90°C haroratda quritiladi va tarkibidagi havo chiqariladi. Bu yerdan glitserin distillyatsiyalash kubi 3 ga so’riladi. Distillyatsiyalash kubida glitserin 170-180°C gacha qizdirilib, qizdirilgan o’tkir bug’ yordamida haydaladi. Glitserin va suv bug’i havo bilan kondensatsiyalash kondensatorlar kolonasi 6 ga o’tadi. Bu yerda suyuqlikka aylangan distllyat 7 konsentratorga yig’iladi va qo’shimcha quritiladi, quritilgan glitserin 13 yig’ish sig’imiga yig’ilib miqdori o’lchanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yog’-moy tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3484-sonli qarori. -Toshkent.; 2018-yil.
2. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”. -Toshkent.; 2017-yil;
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo’llagan “Murojaatnomasi”. Toshkent.; 2020.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni. Toshkent.; 2019.
5. Y.Q. Qodirov. Yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi. -Toshkent.; Sharq. 2007.
6. Y.Q. Qodirov, M.N. Raximov. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi. –Toshkent.; “IQTISOD-MOLIYA” . 2013.
7. Y.Q. Qodirov. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent.; Cho’lpon, 2005.
8. P. Ilxomjonov va boshqalar. Yog’-moy sanoati korxonalari va uskunalari.- Toshkent.; Sharq. 2007.
9. N.SH. Abdullaev, Q.X. Majidov, A.A. Sultonov, Z.N. Abdullaeva. O’simlik moylarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash sanoatining jihozlari va uskunalari. –Toshkent.; DIZAYN-PRESS MCHJ. 2012.
10. И.М. Товбин, Е.Е. Файнберг. Технологическое проектирование жироперерабатывающих предприятий. “Пищевая промышленность” Москва.; 1965 г.

Internet ma’lumotlari:


http://www.tcti.uz./resurs/standartizatsiya/standartlashtirish/13.

http://www.sifat.uz./uz/etalon_semena.shtml

https://ru.wikipedia.org/w/index.php?



title=Глицерин&oldid=104557637
Download 218.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti