O`zbekđston respublđkasđ xalq ta’LĐm vazđRLĐGĐ ajđNĐyoz nomđdagđ nukus davlat pedagogđka đnstđtutđ



Download 408,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.02.2020
Hajmi408,78 Kb.
#38876
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabda biologiya darslarini oqitishda asosiy kuzatish va tajribalar ahamiyati


 

 



O`ZBEKĐSTON RESPUBLĐKASĐ XALQ TA’LĐM VAZĐRLĐGĐ 

 

AJĐNĐYOZ NOMĐDAGĐ NUKUS DAVLAT PEDAGOGĐKA ĐNSTĐTUTĐ 

 

Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti 



Zoologiya kafedrasi 

 

5140400-biologiya ta`lim yo`nalishi 4

b

-kurs talabasi  

Karimbaeva Maxbuba Faxriddinovnaning   

 

 

 

MAVZU:  MAKTABDA BIOLOGIYA DARSLARINI 

O’QITISHDA ASOSIY KUZATISH VA TAJRIBALAR 

AHAMIYATI 

 

 

Đ

lmiy raxbar:  

 

 

b.f.n. Q.M.Atanazarov 

 

Kafedra mudiri:   

 

b.f.n. Q.M.Atanazarov 

 

 

 

Kafedra majlisining 2014 - yil _ may  №10   protokoli bilan himoyaga 

yuborildi 

 

NUKUS – 2014 

 

 



 

 

MUNDARIJA: 

 

I. KĐRĐSh...................................................................................3 

1.1.  O`qitish metodlarining umumiy tavsifi………………….6 

II. TADQĐQOT  OB`EKTĐ  VA  MATERĐALLAR 

2.1. Tadqiqot materiallari va  predmeti....................................12 

2.2. Đshning asosiy natijalari.....................................................13 

III. ASOSĐY QĐSM

3.1. Kuzatish  metodlari va ular tarkibiga kiradigan uslublar...15 

3.2. Biologiyada darsdan tashqari ishlarni dars bilan bog`lash 

afzalliklari ……………………………………………………18 

3.3. Pedagogik amaliyotda tadqiqotning natijalari…………...50 

Xulosalar va tavsiyalar………………………………………64 

Hayot faoliyati xavfsizligi………………………………….…60 



Foydalanilgan adabiyotlar………………………………..…67 

 

 

 



 

 

 



 

KIRISH 

 

 

Respublikamizning mustaqil bo’lishi munosabati bilan O’zbekiston umumiy 



o’rta  ta`lim  maktablarida  ta`limning  umumiy  tamoyillaridan  kelib  chiqqan  holda 

tub islohotlar amalga oshirilmoqda. 

  Ta`lim  tizimidagi  islohotlar  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar  madaniyatiga, 

ijodiy  va  ijtimoiy  faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  mustaqil  ravishda  mo’ljalni 

to’g`ri  ola  bilish  mahoratiga  ega  bo’lgan,  istiqbol  vazifalarini  ilgari  surish  va  hal 

etishga qodir kadrlarining yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan. 

 

Barcha  o’quv  predmetlari  qatorida  biologiya  fani  ham  umumiy 



dunyoqarashni  kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Organizmlar  va  ularning  tarqalishi, 

tuzilishi,  morfologiyasi,  fiziologiyasi,  o’zgarishlari  hamda  bu  o’zgarishlarning 

sodir  bo’lishi  qonuniyatlari  biologiya  ta`limining  mazmunini  tashkil  etadi.       

Biologiya o’qitish jarayonida asosiy e`tibor izchillik va boshqa o’quv kurslari bilan 

uzviy bog`liqlikni ta`minlashga qaratiladi.  Prezidentimiz  ta`kidlaganidek,  «har 

qanday  millatning  ravnaqi,  umumbashariyat  tarixida  tutgan  o’rni,  mavqei  va 

shuhrati  bevosita  o’z  farzandlarining  aqliy  va  jismoniy  etukligiga  bog`liqdir 

(Karimov  Đ.A.  O’zbekiston  XXI  asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taqdid, barqarorlik 

shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent, O’zbekiston, 1997) 

Biz  o’z  iste`dodli,  fidoyi  bolalarimiz,  farzandlarimizga  bilim  va  kasb 

cho’qqilarini  zabt  etish  uchun  qanot  berishimiz  kerak.»  (Karimov 

.A. 


O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. –Toshkent: O’zbekiston, 

1992.).  Biologiya  kursini  o’qitish  jarayonida  o’quv-tarbiya  ishlarini 

yaxshilovchi  omillardan  biri  darsdan  tashqari  ishlarni  sistemali  ravishda 

tashkil  qilib  borish  va  ularning  sinfda  o’tilgan  darslar  mazmuni  bilan 

bog`lanishini ta`minlashdir. (Abdusamatov va boshq., 2001). 

  Biologiyaning 

darsdan 

tashqari 

ishlarning 

maqsad 


va 

vazifalari 

umummaktab o’quv-tarbiya ishlarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. 


 

  Darsdan  tashqari  ishlarni  samarali  yo’lga  qo’yish  uchun,  avvalo,  bu 



ishlarning mazmuni va tashkiliy uslublari aniq belgilangan bo’lishi kerak (Avazov, 

1993; Anorboev, 1970). 



Tadqiqotning  maqsadi  va  vazifalari  -  Biologiya  kursini  o’qitishda 

ukuvchilarning  darsdan  tashqari  ishlarini  tajriba  va  kuzatish  bilan  bog`lash  va 

uning samaradorligini oshirish.  

Asosiy  vazifalari    -  biologiya  kursi  hajmida  darsdan  tashqari  kuzatish  va 

tajriba ishlarining mazmuni belgilash;  

-biologiya  darsida  kuzatishlar  o’tkazishning  samarali  shakl  va  uslublarini 

tavsiya etish;  

-  biologiyadan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  vositasida  o’quvchilarning 

yangi  va  mukammal  amaliy  ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirish  hamda 

bunday  tadbirlarning  pedagogik  samaradorligini  aniqlash  va  ularni  amaliyotga 

joriy etishdan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  yangiligi:  Darsdan  tashqari  mashg`ulotlar 

maktablardagi  umumiy  pedagogik  jarayonning  muhim  tarkibiy  qismiga  aylansa, 

biologiya  o’qitish  jarayonida  sinfdan  tashqari  mashg`ulotlar  mantiqan  va 

mazmunan  sinf  darsi  bilan  bog`lab  olib  borilsa,  dars  va  darsdan  tashqari 

mashg`ulotlarda  o’quvchilar  tajribalar  va  laboratoriya  ishlarini  bajarishning 

texnikasi va  metodikasini  egallagan  hamda  bu borada  tegishli bilim,  ko’nikma va 

malakaga  ega  bo’lsalar,  biologiyadan  darsda  olingan  nazariy  bilimlar  sinfdan 

tashqari  mashg`ulotlardagi  ularning  amaliy  faoliyatlarida  muntazam  ravishda 

mustahkamlanib  borilsa,  biologiya  o’qitishni  takomillashtirish  maqsadida  darsdan 

tashqari mashg`ulotlarning yangi va o’ziga xos variantlari ishlab chiqilsa, darsdan 

tashqari  mashg`ulotlarni  sinf  darsi  bilan  uzviyligini  ta`minlab,  dars  va  darsdan 

tashqari  mashg`ulotlarda  predmetlararo  aloqa  keng  miqiyosda  yo’lga  qo’yilsa 

biologiya  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  bilim  saviyasi  yuqori  bo’lishi 

ta`minlanadi. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati  quyidagilardan 

iborat: 


 

1.



 

Biologiya ta`limida darsdan tashqari ishlarning rejalari ishlab chiqish. 

2.

 

Biologiya fanidan darsdan  tashqari ishlarning maqsadga muvofiq shakl va 



metodlari yaratish. 

3.

 



Biologiya  kursiga  aloqador  bo’lgan  eng  muhim  tushunchalarning  tizimi 

ishlab chiqildi. 

4.

 

Biologiya  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  yakka  tartibda  bajaradigan 



mustaqil  ishlari  tanlab  olindi  hamda  "Yosh  biologlar"  «Tabiat    janashırı» 

to’garaklarining  rejasi tuzilib sinovdan o’tkaziladi; 

5.

 

Đ



lg`or  pedagogik  texnologiyalar  asosida  biologiya  fani  bo’yicha  darsdan 

tashqari mashg`ulotlarni tashkil etish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab 

chiqish.  

Bundan  asosiy  maqsad  o’quvchilarga  biologiya  fanidan  chuqur  bilim  berish, 

ularda  ko’nikmalar,  malakalar  va  kasbiy  moyilliklar  hosil  qilish  hamda  ularning 

ijodiy faolligini oshirishga yordam berashdan ibaratdir. Yangidan ishlab chiqilgan 

darsdan  tashqari  tadbirlarning  shakl  va  metodlari  hamda  ularning  bevosita  dars 

bilan  aloqadorligini  ta`minlash  o’quvchilarning  biologiyadan  puxta  bilimga  ega 

bo’lishlarini ta`minlaydi. 

Tadqiqot  natijalarining  ishonchliligi  va  asoslanganligi  biologiya  o’qitishda 

dars bilan darsdan tashqari mashg`ulotlarning uzviyligini ta`minlash muammosini 

echish o’qitishning umumiy metodologiyasiga asoslanib olib borilganligi, tadqiqot 

maqsadi  va  vazifasiga  mos  usullardan  foydalanganligi,  pedagogik  tajriba 

natijalarining samarasini oshirish hisoblanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 


 

1.1.  O`qitish metodlarining umumiy tavsifi. 



 

Ma`lumki,  ta`lim  jarayoni  o`quvchilarning  bilim  olish,  ko`nikma  va 

malakalarni  egallash,  ularning  ilmiy  dunyokarashi,  ijodiy  izlanishlarini 

rivojlantirish  maqsadiga  yo`g`rilgan  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  o`zaro 

hamkorligi  sanaladi.  Boshqacha  aytganda,  ta`lim  mazmunining  o`qitish  metodlari 

yordamida o`zlashtirilishiga erishishdir. 

O’qitish metodlari tom ma`noda o`qituvchining bilimlarni o`quvchilar ongiga 

yetkazish va ayni paytda ularni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olish usulidir.  

-  O`qitish  metodlari  o`quvchilarni  o`qitish,  tarbiyalash  va  rivojlantirish 

maqsadida  qo`llaniladi.  Bu  ularning  asosiy  funksiyalari  sanaladi,  shuningdek, 

mazkur  metodlarning  undovchi,  rag`batlantiruvchi,  uyushtiruvchi  va  nazorat 

qiluvchi funksiyalari ham mavjud. 

-  O`qitish  metodlari  o`qitishning  moddiy  vositalari  bo`lgan  darslik, 

ko`rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog`langandir. 

-  O`qitish  metodlari  aniq  o`qitish  usullaridan  tarkib  topadi  va  pedagogik 

jarayonga qo`llaniladi. 

- Inson faoliyati metodlariiing o`zgarishi, o`qitish metodlarining boyishiga va 

yangilanishiga  olib  keladi.  Axborotlarning  globallashuvi  sharoitida  dasturli 

o`qitish,  EHM  dasturlari  vositasida  o`qitish  va  h.k.  metodlar  vujudga  keldi. 

 

Taniqli  didaktik  olim  Yu.K.  Babanskiy  o`qitish  metodlarini  quyidagi 



 

guruhlarga ajratgan: 



1. O`qitishning og`zaki metodlari (hikoya, suhbat, o`quv ma`ruzasi). 

2. O`qitishning ko`rgazmali metodlari.  

 3. O`qitishning amaliy metodlari, 

4. O`qitishning  muammoli izlanish metodlari. 

5. O`qitishning mantiqiy metodlari. 

6. Mustaqil ishlash metodlari, 

7.  O`qitishda        o`quvchilar        faoliyatini        rag`batlantirish        va        asoslash 

metodlari. 

8. O`qitishning nazorat va o`z-o`zini nazorat qilish metodlari.  

Quyida o`qitishning reproduktiv metodlari bo`lgan og`zaki metodlari (hikoya, 

suhbat,    o`quv    ma`ruzasi),    ko`rgazmali,    amaliy    metodlarining    tavsifi 

beriladi: 



1.  O`qitishning  og`zaki  bayon  metodlari  guruhi.  Og`zaki  metodlar  qisqa 

muddatda  katta  hajmdagi  o`quv  materialini  o`quvchilar  ongiga  yetkazish, 

muammoli  vaziyatlarni  vujudga  keltirish,  ularni  hal  etish  yo`llarini  ko`rsatish, 

o`quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi.      Og`zaki metodlarning 

muvaffaqiyatli  qo`llanilishi,  o`qituvchiiing:  nutq  madaniyatini  egallaganlik, 

jumladan,  nutqning  ravonligi,  ovoz  kuchi,          intonatsiya,          axborotlarning    

obrazliligi,     ishonchliligi,  asoslovchi,     isbotlovchi,     emotsiyali,     shaxsiy     

munosabat          bilan        yo`g`rilganlik  darajasiga;axborot  texnologiyalari    asosida 

yaratilgan  elektron  darsliklarda  ovoz,  animatsiya,  harakatlarning  uyg`unlik 

darajasiga bog`liq bo`ladi.  

Xar  bir  metod  turi  kichik  uslublardan  iborat.  Og`zaki      bayon    metodlari   

guruhi   o`z   ichiga  suhbat,   hikoya,   ma`ruza metodlarini  oladi.   

Hikoya  metodi  o`quvchilarga  o`quv materialini yaxlit holda savollar berib, 

uzmasdan  bayon  etishni  nazarda  tutadi.  O`qitish  amaliyotida        xikoyaning  aytib 

berish,  ta`riflash,  xarakterlash.  Tushuntirish,  muxokama  qilish  kabi  xillari 

qo`llaniladi. 

Yangi  mavzu  mazmunida  yangi  tushunchalar,  ilmiy  axborot  ko`p  bo`lgan 


 

taqdirda,      shuningdek,      o`qituvchi      o`quv      materiali      yuzasidan      faol  suhbat 



o`tkazish  imkoni  bo`lmagan,  izohlash  va  tushuntirishi  lozim    bo`lgan,      o`quv   

materialining   hajmi   katta   bo`lib,   uni   dasturda belgilangan vaqtda o`rganish 

zarur  bo`lgan  hollarda  hikoya  metodidan  foydalanadi.          Hikoya          metodidan     

darsning     qaysi     bosqichida foydalanishiga ko`ra hikoya  metodining didaktik 

maqsadi turlicha bo`ladi. 

- Darsning kirish qismida foydalaniladigan hikoya metodi. 

- Yangi mavzuni o`rganish jarayonida foydalaniladigan hikoya metodi 

- Darsning yakunlash qismida foydalanilgan hikoya metodi  

-  O`quvchilarning  bilimlarini  nazorat  qilish  va  baholashda  foydalaniladigan 

hikoya metodi  

   Suhbat  metodi  o`qituvchining  o`quvchilar  tomonidan  yangi  mavzu 

mazmunidagi 

qonuniyat, 

tushuncha 

va 

atamalarning 



izchillikda 

faol 


o`zlashtirishini ta`minlovchi puxta o`ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda 

tutadi.  

Suhbat  metodi  yordamida  o`quvchilarning  avval  o`zlashtirgan  bilim  va 

ko`nikmalari  faollashtiriladi,  ta`limga  solinadi,  umumlashtiriladi,  xulosa 

chiqariladi va yangi o`rganilayotgan tushuncha bilan o`zaro aloqadorligi yoritiladi. 

Shuni  qayd  etish  kerakki,  o`quvchilarning  avval  o`zlashtirgan  bilimlari  asosida 

yangi  mavzuni  savollar  yordamida  o`zlashtirish  imkonini  beradigan  mavzular 

suhbat  metodi vositasida o`rganish tavsiya  etiladi.  Suhbat  metodi o`quvchilarning 

nazariy  bilimlarni  o`zlashtirish  jarayonini  yoritishi,  o`quvchilarning  avval 

o`zlashtirgan  bilim  va  ko`nikmalari,  hayotiy  tajribalaridan  foydalanib,  qator 

savollar yordamida yangi bilimlarni o`zlashtirgan, mazkur bilimlardan amaliyotga 

qo`llashni anglab olishiga zamin tayyorlashni ko`zda tutadi. 

Suhbat  metodi  o`quvchilarning  nazariy  bilimlarni  o`zlashtirish  uchungina  

emas,  balki  ularning  ilmiy  dunyoqarashini  kengaytirish,  nutqini  rivojlantirish, 

taqqoslash,  taxlil  qilish,  mantiqiy  fikr  yuritish  ko`nikmalarini  tarkib  toptirishga 

yordam beradi. 

Mazkur metod tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda qo`yish, yordamchi 


 

va  qo`shimcha  savollarni  o`z  vaqtida  berish,  o`quvchilarni  faollashtirish, 



o`quvchilar  javobidagi  xatolarni  to`g`rilash,  xulosa  va  umumlashirishni  tarkib 

toptirish uslublari kiradi. 

 O`quv  ma`ruzasi  metodidan  o`quv  materialining  hajmi  katta,  mantiqiy 

uzilishi murakkab, tushuncha va atamalarga boy bo`lgan hollarda foydalaniladi. 

O`quv  ma`ruzasi  metodidan  foydalanilganda  quyidagi  talablarga  e`tibor 

qaratish lozim: 

1.  Ma`ruza  mazmuni  chuqur  ilmiy,  g`oyaviy  va  mantiqiy  ketma-ketlikda 

ko`rgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi. 

2. O`quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tipda yoritilishi. 

3.O`quvchilarning  yoshlik  va  ruhiy  holatlarini  hisobga  olgan  holda  15-20 

minutdan  so`ng  qisqa  mustaqil  ish  yoki  savol  javob  o`tkazish,  o`quvchilarning 

bilish faoliyati faollashgandan so`ng davom ettirilishi lozim. 

Ma`ruzaning  muvaffaqiyatli  o`tishi,  avvalo  o`quvchilarning  o`quv  bilish 

faoliyati qanday tashkil etilganligiga bog`liq. 

Unda o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan ko`rgazma vositalari   

mul`timedialar,  tabiiy,  tasviriy  jihozlar  va  boshqa  o`qitish  vositalaridan 

foydalanish  hamda  ma`ruza  davomida  o`quvchilar  uning  rejasi,  mazmunini  qisqa 

yozib  olishi,  savollarga  javob  topishga  erishishi  o`qituvchining  diqqat  markazida 

bo`lmog`i  lozim.  Darsning  kirish  qismida  foydalanilgan  o`quv  ma`ruzasi  metodi 

yordamida  o`quvchilarning  diqqati  jamlanadi,  bilish  faoliyati  faollashtiriladi, 

bilimlarni qabul qilishga zamin tayyorlanadi. Buning uchun ma`ruzani boshlashda 

uning  mazmuniga oid qiziq  misollar,  yorqin va hissiyotga boy  voqealar keltirilib, 

o`quvchilar oldiga muammolar qo`yiladi. 

Darsning  asosiy  qismida  foydalanilgan  o`quv  ma`ruzasi  metodi  o`quv 

materiali  didaktik  tamoyillarga  amal  qilingan  holda  ta`lim  mazmuni  mantiqiy 

izchillikda, ko`rgazma vositalari, mul`timedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa 

o`qitish vositalaridan foydalangan holda bayon qilishni taqoza etadi. 

Darsning  xulosa  qismida  foydalanilgan  o`quv  ma`ruzasi  metodi  yordamida 

o`quvchilarning bilimlari tartibga solinib umumlashtiriladi, xulosalar chiqariladi. 


10 

 

Ma`ruza  yakunida  o`qituvchi  o`quvchilarning  bilimlarini  chuqurlashtirishga, 



umumlashtirishga  qaratilgan  xulosalarni  yana  bir  bor  takrorlaydi.  So`ng  o`quv 

topshiriqlari  yuzasidan  o`quvchilarning  javoblari  tekshiriladi  va  jadvalning 

to`ldirilishi ko`zdan kechiriladi. Savol javob, o`quv bahsi o`tkaziladi. 

O`qituvchining  ma`ruzasi  mazmuni  va  o`quvchilar  faoliyatining  tashkil 

etilipshga  ko`ra  induktiv  yoki  deduktiv  ravishda  tuzilgan  bo`lishi  mumkin. 

Ma`ruza  induktiv  tuzilganda,  avval  o`quvchilar  hodisa  va  ob`yektlar  bilan 

tanishtirilib,  keyin  umumiy  xulosa  keltirib  chiqariladi.  Deduktiv  ma`ruzada  esa 

buning  aksi  bo`ladi,  ya`ni,  avval  umumiy  tushunchalar  beriladi,  keyin  ob`yektlar 

va hodisalar yordamida uning mazmuni ochib beriladi..  

2.  Ko’rgazmali  metodlar  guruhi.  O`qitish  jarayonida  ko`rgazmali 

metodlarning  qo`llanilishi,  o`quv  materiali  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda 

ob`yektlar  va  hodisalarni  hissiy  idrok  etish,  ularni  taqqoslash,  o`ziga  xos 

xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish, sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi, 

Ko`rgazmali  metodlar  o`qitish  jarayonida  og`zaki,  amaliy,  mantiqiy,  muammoli 

metodlar  bilan  uyg`un  holda  qo`llaniladi.  Masalan,  o`quvchilarga  ko`rgazma 

asosida  o`quv  materialini  o`rganish  bo`yicha  toshiriqlar  o`qituvchi  tomonidan 

og`zaki beriladi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida ko`rgazmalilik amaliy metodlar 

bilan  birikib  ketadi,  darsda  vujudga  kelgan  muammoli  vaziyatlarni  hal  etishda 

muammoli metodlar bilan mujassamlashib ketadi. O`qitish jarayonida ko`rgazmali 

metodlardan o`z o`rnida va samarali foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud: 

- o`quvchilarda ko`rgazmali obrazli tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilarning 

bilish faoliyatini faollashtirish, aqliy faoliyat usullarni egallash; 

- o`rganilayotgan nazariy masalalarni aniqlashtirish, darsda bevosita kuzatish 

imkoni bo`lmagan hodisa va jarayonlarni modellashtirish; 

•  biologik  ob`yektlarni  kuzatish,  ular  ustida  tajribalar  o`tkazish,  olingan 

nazariy  bilimlarni  amaliyotga  qo`llash,  o`rganilgan  hodisalarni  sxema,  jadvallar 

asosida aniqlashtirish va tasniflash imkonini beradi. 

Biologiyani  o`qitishda  foydalaniladigan  ko`rgazmali  vositalar  sirasiga 

quyidagilar kiradi: 


11 

 

•      tabiiy  va  tirik  ob`yektlar    gerbariylar,  kolleksiyalar,  mikro  va  ho`l 



preparatlar, xona o`simliklari, tiris tabiat burchagida boqiladigan hayvonlar va x.k; 

•      real      ob`yektlarni      aks      ettiruvchi      maxsus    tayyorlanadigan    tasviriy 

vositalar  jadvallar, sxemalar, rasmlar,  modellar, mulyajlar va  boshqalar; 

•      ko`rgazmalilikning  shartli  ramziy  vositalari    biogeografik  plastlarning 

kartalari, globuslar; 

•    o`qitishshshg  texnik  vositalari    o`quv  kinofil`mi,  diafil`m,  diapozitivlar, 

videolavhalar va h.k. 

•   o`qitishning mul`timediali vositalari  EHM ning ta`lim dasturlari, elektron 

versiya  va  darsliklar,  ovoz,  animatsiya,  dinamik  harakat  va  uch  ko`lamli  tasvirni 

o`zida mujassamlashtirgan mul`timedialar va h.k. 

 Kuzatish  metodi    bu  tirik  organizmlarda  boradigan  jarayonlar  va  tabiat 

jismlarida  sodir  bo`ladigan  hodisalarni  o`quvchilarning  maqsadga  muvofiq  holda 

idrok  etishi  hisoblanadi.  Bu  metodda  o`quvchilarning  kuzatishi  bo`yicha 

to`planagan ma`lumotlari bilim manbai sanaladi.  



3.  Amaliy  metod.  Bu  metod  o`qituvchi  tomonidan  tashkil  qilinadigan  va 

yo`naltiriladigan, 

o`quvchilar 

fikrini 


rivojlantirishni 

mo`ljallagan 

so`z, 

ko`rgazmalilik  va  amaliy  ishning  o`zaro  murakkab  bog`lanishda  bo`lishini 



ko`rsatadi.  Biologiyani  o`qitishda  amaliy  metodlardan  o`simliklarni  parvarish 

qilish,  hayvonlarni  boqish  va  ko`paytirishda  keng  foydalaniladi.    Bu  metod 

o`quvchilarning biologiyadan o`zlashtirgan bilimlari, kuzatish va jismoniy mehnat 

ko`nikmalarini  qamrab  olib,  o`quvchilarni  qishloq  xo`jaligi  mehnati  asoslarini 

egallash  va  kasbga  yo`llash,  ekologik  va  iqtisodiy  tarbiya  berishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Amaliy metodlarning turlariga: 

1. Tabiiy ob`yektlarni tanlab olish va aniqlash bo`yicha ishlar. 

2. Xodisalarni kuzatish va qayd qilish tajriba o`tkazish.  

3. Tajribalar qisqa va uzoq muddatli bo`lishi mumkin. 

 

 


12 

 

II. TADQĐQOT OB`EKTĐ VA MATERĐALLAR 



 

2.1. Tadqiqot materiallari va predmeti. 

Bitiruv malakaviy ishi materiallari asosan ta`lim sohasida ishni to’g`ri tashkil 

qilish  va  yuqorida  ta`kidlangan  vazifalarni  tula-to’kis  bajarish  uchun  maktab 

biologiya  kursida  o’qitishni  tubdan  yaxshilash,  biologiya  ta`limining  mazmunini 

chuqurlashtirish,  o’qitishning  yangidan  yangi,  xilma-xil  metodlari  va  tashkiliy 

shakllari,  usullari,  metodlari  va  vositalarini  keng  qo’llash,  umuman,  ta`lim 

jarayonini  takomillashtirish  talab  etiladi.  (Dorfman  Ya.G.  Lavuaz`e,  1743-1794, 

1962; Jo’raev va b., 2002).  

  Bunday  takomillashtirishlar  maktabda  biologiya  fanini  o’qitishning  sifat 

darajasini  va  ta`lim  mazmuni  xamda  ilmiy-metodik  saviyasini  yuqori  darajaga 

ko’tarish,  o’quvchilarga  ta`lim-tarbiya  berishning  samaradorligini  oshirish  orqali 

barkamol  shaxsni  voyaga  etkazishda  munosib  hissa  bo’lib  xizmat  qiladi.  Dastur 

materiallarini  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  bilan  bog`lab o’qitishning  sistemasi, 

ilmiy  asoslangan  va  izchil  amalga  oshiriladigan  o’qitish  metodikasi  hisobiga 

o’quvchilarning  o’quv  predmetiga  qiziqishini  orttirishda,  fikrlash  qobiliyatlarini 

rivojlantirishda,  bilish  faoliyatlarini  faollashtishda,    nazariy  bilim  va  amaliy 

ko’nikmalarini hosil qilishda va amaliy malakalarni egallashlarida ahamiyatga ega  

O’zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to’g`risida»  gi  Qonunida 

yozilganidek,  «Umumiy  o’rta  ta`lim  bilimlarning  zarur  hajmini  beradi, 

mustaqil 

fikrlash, 

tashkilotchilik 

qobiliyati 

va 


amaliy 

tajriba 


ko’nikmalarini  rivojlantiradi,  dastlabki  tarzda  kasbga  yo’naltirishga  va 

ta`limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi» (O’zR Ta’lim 

to’grisidagi qonun, 1996)  

Bitiruv  malakaviy  ishining    tadqiqot  predmeti  -  biologiya  kursini  o’qitishda 

o’quvchilarning  darsdan  tashqari  ishlarini  dars  bilan  bog`liq  holda  olib  borish  va 

uni  amalga  oshirishning  metodikasi  va  bu  borada  uzviylikni  ta`minlash 

tadbirlarining mazmunidir. 

 


13 

 


Download 408,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish