O’zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari



Download 79,5 Kb.
Sana29.08.2021
Hajmi79,5 Kb.
#158983
Bog'liq
MATEMATIKADAN MUSTAQIL ISH


Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti CHXT 101-guruh talabasi Nazarboyev Shahzodning Oliy Matematika tayyorlagan





REJA:

1.MATEMATIKA FANI TUSHUNCHASI.


2. TO’PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR.
1. Matematika1 - aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan deb e‘tirof etilgan 2 .Dastlabki ob‘yekti sanoq bo‘lgani uchun ko‘pincha unga ‘‘ hisob haqidagi fan ‘‘ deb qaralgan. Matematika eng qadimiy fan sohasi bo‘lib, uzoq rivojlanish tarixini bosib o‘tgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. IX – XIII asrlarda matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. XVII – XVIII asrlarda matematikada analitik geometriya, differensial, va integral hisob asosiy o‘rinni egallaganidan so‘ng, to XX – asr boshlarigacha u ‘‘ miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan ‘‘ mazmunida ta‘riflangan. XIX - asr oxiri XX - asr boshlarida turli geometriyalar, algebralar, cheksiz o‘lchovli fazolar kabi mazmunan juda xilma – xil ko‘pincha sun‘iy tabiatli ob‘yektlar o‘rganila boshlanishi bilan matematikaning yuqoridagi ta‘rifi o‘ta tor bo‘lib qoldi. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol – javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san‘at bilan shug‘ullanishda, savdo – sotiq, oldi – berdi hayotning har bir lahzasida naf beradi. Matematika fani biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o‘rgatadi.

Mutaxassislarning ta‘kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki, hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma – bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak – atrofda sodir bo‘layotgan voqea – hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqdi. Ko‘pchilik matematiklar o‘z sohasini estetik miqyosda yetakchi deb baholashadi. Haqiqatdan ham, ko‘pchilik matematik isbotlar ―nodir‖ hisoblanib, ularning natijalari esa ―go‘zallik‖ dir. Bu go‘zallikni his etish, o‘z hayotida tatbiq etish ma‘naviyat, madaniyatni rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.Matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barchamizga ma‘lumki, matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o’zida qat‘iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartibintizomlilikni ta‘minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi. Matematikaolamni, dunyoni bilishning asosi bo’lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda ahamiyati juda katta. Matematikada borliq, asosan, matematik modellar yordamida ideallashgan holda in‘ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob‘yektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo’lmagan va ba‘zan mavjud bo’lishi mumkin ham bo’lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma‘lum bir munosabatda o’xshash ob‘yektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Tadqiq qilinayotgan jarayon va hodisalardagi qonuniyatlar matematik belgilar yordamida ixcham ko‗rinishda ifoda etilib ularning matematik modeli quriladi va o‗rganiladi. Matematik modellashtirish tashqi dunyoni bilish hamda bashorat qilish va boshqarish uchun samarali usul hisoblanadi.


2.To’plamlar.Matematikada ko’pincha biror ob’ektlar gruppalarini yagona butun deb qarashga to’g’ri keladi: 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar bir xonali sonlar, uchburchaklar, kvadratlar va shu kabilar. Bunday turli majmualar to’plamlar deb ataladi.  To’plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biridir va shuning uchun u boshqa tushunchalar orqali ta’riflanmaydi.Uni misollar yordamida tushuntirish mumkin.Jumladan biror sinfdagi o’quvchilar to’plami haqida, natural sonlar to’plami haqida gapirish mumkin. Ba’zi hollarda to’plamlar lotin alfavitining A, B, C…, Z harflari bilan belgilanadi.Birorta ham ob’ektni o’z ichiga olmagan to’plam bo’sh to’plam deyiladi va    belgi bilan belgilanadi. To’plamni tashkil etuvchi ob’ektlar uning elementlari deyiladi.To’plam elementlarini lotin alfavitining kichik harflari a,b,c…,z  bilan belgilash qabul qilingan. To’plamdagi elеmеntlarning ushbu to’plamga qarashli ekanligini quyidagicha bеlgilaymiz. aA a elеmеnt A to’plamga qarashli. Agar birоr elеmеnt to’plamga qarashli bo’lmasa. U holda Ï dan foydalaniladi. M: A = {1, a, b, c 4} bo’lsin u holda quyidagilar o’rinli 1A, aA, bA, cA, 4A, 5 Ï A, dÏA, k Ï A. Agar to’plam elеmеntlarini sanash mumkin bo’lsa bunday to’plam chеklangan to’plam dеyiladi. Agar ularni sanash mumkin bo’lmasa bunday to’plam chеksiz to’plam dеyiladi. Masalan, haftadagi kunlar to’plami chekli, to’g’ri chiziqdagi nuqtalar to’plami esa cheksizdir. Matematikada bunday to’plamlar uchun maxsus belgi qabul qilingan: N harfi bilan natural sonlar to’plami belgilanadi, Z – butun sonlar to’plami, Q – rasional sonlar to’plami, R – haqiqiy sonlar to’plami. [0; 1] sigmеnt kantinеum quvvatli to’plamdir. Unga ekvivalеnt to’plamlar chеksiz to’plam hisоblanadi. Iхtiyoriy kichik kеsma ustidagi nuqtalar to’plami kantinеum quvvatli to’plamga ekkvivalеnt to’plamdir. Dоiraning markazidan to’gri chiziqlar o’tkazsak dоiraning bir nеchta nuqtalari to’gri chiziqning bitta nuqtasiga akslanadi. Bu akslantirishda dоira nuqtalar to’plami to’gri chiziq nuqtalari to’plamiga akslantirish bo’lib bu to’plamlar katinеum quvvatli to’plamdir. Ya`ni chеksiz to’plamdir. Ikkita A va B to’plam bеrilgan bo’lsin birоr f qоida bo’yicha A to’plamning har bir х elеmеntiga B to’plamning y elеmеntini mоs kеltiraylik. U hоlda shu qоidani A to’plamni B to’plamga akslantirish dеyiladi. Quyidagicha bеlgilanadi. f: A ®B yoki AB To’plam o’z elementlari bilan aniqlanadi, ya’ni agar ixtiyoriy ob’ekt haqida u biror to’plamga tegishli yoki tegishli emas deyish mumkin bo’lsa, bu to’plam berilgan deb hisoblanadi.  To’plamni uning barcha elementlarini sanab ko’rsatish bilan berish mumkin. Masalan, agar  biz  A to’plam  3, 4, 5 va 6 sonlardan tashkil topgan desak, biz bu  to’plamni bergan bo’lamiz, chunki  uning barcha elementlarini sanab ko’rsatildi. Uni bunday yozish mumkin: A={3, 4, 5, 6} bunda sanab ko’rsatilgan elementlar katta qavslar ichiga yoziladi. Xarakteristik xossa – bu shunday xossaki, to’plamga tegishli har bir element bu xossaga ega bo’ladi va unga tegishli bo’lmagan birorta ham element bu xossaga ega bo’lmaydi.  Masalan, ikki xonali sonlar to’plami A ni qaraylik. Mazkur to’plamning ixtiyoriy elementi ega bo’lgan xossa – “ikki xonali son bo’lishlikdir”. Bu xarakteristik xossa biror bir ob’ektning A to’plamga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi masalani echish imkonini beradi. Masalan, 21 soni A to’plamga tegishli, chunki u ikki xonali son, 145 soni esa A to’plamga tegishli emas, chunki u ikki xonali son emas. Ta’rif: Agar B to’plamning har bir elementi A to’plamning ham elementi bo’lsa, B to’plam A to’plamning qism to’plami deyiladi. Agar B A to’plamning qism to’plami bo’lsa, B A kabi yoziladi va bunday o’qiladi: “B A ning qism to’plami”. “B to’plam A ga kiradi”. Ta’rif: Agar A B va B A bo’lsa, A va B to’plamlar teng deyiladi. Agar A va B to’plamlar teng bo’lsa, u holda A = B kabi yoziladi. Kesishmaydigan to’plamlar umumiy nuqtaga ega bo’lmagan ikkita doira yordamida tasvirlanadi. 2. To’plamlar kesishmasi  Ta’rif: A va B to’plamlarning kesishmasi deb shunday to’plamga aytiladiki, u faqat A va B to’plamga tegishli elementlarnigina o’z ichiga oladi.    A va B to’plamlarning kesishmasi A B kabi belgilanadi. Agar A va B to’plamlarni Eyler doiralari yordamida tasvirlasak, u holda berilgan to’plamlarning kesishmasi shtrixlangan soha bilan tasvirlanadi (1-rasm). Agar A va B to’plamning elementlari sanab ko’rsatilgan bo’lsa u holda A B ni topish uchun A va B ga tegishli bo’lgan elementlarni, ya’ni ularning umumiy elementlarini sanab ko’rsatish yetarli. Endi A – juft natural sonlar to’plami va B – 4 ga karrali natural sonlar to’plamining kesishmasi qanday to’plam ekanini aniqlaymiz. Berilgan A va B to’plamlar cheksiz to’plamlar va B to’plam A to’plamning qism to’plami. Shuning uchun A to’plamga va B to’plamga tegishli elementlar B to’plamning elementlari bo’ladi. Demak, AÇB = B. 3.To’plamlarning birlashmasi  Ta’rif: A va B to’plamlarning birlashmasi deb shunday to’plamga aytiladiki, u faqat A yoki B to’plamning elementlarini o’z ichiga oladi.  A va B to’plamlarning birlashmasi AÈB kabi belgilanadi. Agar kesishuvchi A va B to’plamlarni Eyler doiralari yordamida tasvirlasak u holda ularning birlashmasi shtrixlangan soha bilan tasvirlanadi. (2-rasm) To’plamlarning birlashmasini topishda bajariladigan operasiya ham birlashma deb ataladi. Endi A – juft natural sonlar to’plami va B – 4 ga karrali natural sonlar to’plamining birlashmasi qanday to’plam ekanini aniqlaymiz. Ilgariroq B A ekani aniqlangan edi. Shuning uchun A B to’plamga tegishli elementlar A to’plamning elementlari bo’ladi. Demak mazkur holda AÈB = A. 4. To’plamlar kesishmasi va birlashmasi qonunlari 1. Ixtiyoriy A va B to’plamlar uchun to’plamlar kesishmasi va birlashmasining o’rin almashtirish qonunini ifodalovchi AÈB = BÈA ,     AÇB = BÇA tenglikning o’rinli bo’lishi kelib chiqadi. 2. To’plamlar birlashmasi va kesishmasi uchun gruppalash qonuni ham o’rinli, ixtiyoriy A, B va C to’plamlar uchun (AÇB) ÇC = AÇ(BÇC),  (AÈB) ÈC = A È (B ÈC) tengliklar bajariladi. Gruppalash qonunlarini Eyler doiralari yordamida ko’rgazmali tasavvur qilish mumkin. Masalan, to’plamlar kesishmasining gruppalash qonunini ko’rib chqaylik. A, B va C to’plamlarni juft-jufti bilan kesishadigan uchta doira ko’rinishida tasvirlaymiz 3. Taqsimot xossasi: (AÈB) Ç C = (A ÈC) Ç (B È C), (A ÇB) È C = (A ÈC) Ç (B È C) 5. Qism to’plamning to’ldiruvchisi Eyler doiralari yordamida mazkur vaziyat 3-rasmdagi kabi tasvirlanadi, bunda A to’plamdan B qism to’plam chiqarib tashlangandan keyin qolgan qism – bu shtrixlangan qismdir. Bu qism B to’plamning A to’plamgacha to’diruvchisi deyiladi.  Ta’rif: BÌA bo’lsin. A to’plamning B to’plamga tegishli bo’lmagan elementlarnigina o’z iciga olgan to’plam B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisi deyiladi.   B to’plamning A to’plamgacha to’ldiruvchisi (BÌ A shart bajarilganda) A\B kabi belgilanadi. Qism to’plamning to’ldiruvchisini tipishda foydalaniladigan operasiya ayirish amali deyiladi.  Agar A va B to’plamlar elementlari sanab ko’rsatilgan bo’lsa, u holda A\B ni topish uchun A to’plamga tegishli bo’lgan va B to’plamga tegishli bo’lmagan elementlarni sanab ko’rsatish yetarli. 6. To’plamlarni sinflarga ajratish tushinchasi  To’plamlar va to’plamlar ustida operasiyalar tushunchasi bizning klassifikasiya haqidagi tasavvurlarimizni oydinlashtirishga imkon beradi.  Klassifikasiya – bu sinf ichida ob’ektlarning o’xshashligi va ularning boshqa sinflardagi ob’ektlardan farq qilishi asosida sinflar bo’yicha ob’ektlarni ajratish amalidir.  Matematikada klassiikasiya keng qo’llaniladi. Masalan, natural sonlar juft va toq sonlarga bo’linadi; burchaklar o’tkir, to’g’ri va o’tmas bo’ladi. Agar: 1) X1, X2,…, Xn qism to’plamlar juft-jufti bilan o’zaro kesishmasa; 2) X1, X2,…, Xn qism to’plamlarning birlashmasi X to’plam bilan mos tushsa, X to’plam X1, X2,…, Xn sinflarga ajratilgan deb hisoblanadi. Agar shu shartlardan aqalli bittasi bajarilmasa, klassifikasiya noto’g’ri hisoblanadi. 7.To’plamlarning dekart ko’paytmasi  To’plam elementlarining kelish tartibi muhim bo’lgan hollarda, matematikada elementlarning tartiblangan naborlari haqida gap boradi. Mazkur masalada biz tartiblangan  juftliklar bilan ish ko’ramiz. a va b elementlardan tashkil topgan tartiblangan juftlikni (a, b) bilan belgilash qabul qilingan, bunda a element juftliklarning birinchi koordinatasi (komponentasi), b element esa bu juftlikning ikkinchi koordinatasi (komponentasi) deyiladi.  (a, b) va (c, d) juftliklarda a = c va b = d bo’lgan holdagina bu juftliklar  teng bo’ladi. Ikkita turli to’plamlar elementlaridan ham tartiblangan jutliklar hosil qilish mumkin. Masalan, A = {1, 2, 3} va B = {3, 5} to’plamlarni olamiz va mumkin bo’lgan tartiblangan juftliklarni shunday hosil qilamizki, jutliklarning birinchi komponentasi A to’plamdan, ikkinchi komponentasi esa B to’plamdan tanlab olinsin. Ushbu to’plamga ega bo’lamiz:  {(1,3), (1,5), (2,3), (2,5), (3,3), (3,5)} Formal xarakterga ega bo’lgan ushbu masalaga konkret ma’no berish  mumkin bo’gan barcha ikki xonali sonlarni shunday hosil qilingki,bunda o’nliklar raqami 1,2,3 raqamlardan tanlab olinadi,birliklar raqami esa 3 yoki  5 raqami bo’lishi mumkin. Ta’rif. A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasi deb birinchi komponentasi A to’plamga,ikkinchi komponentasi B to’plamga tegishli bo’lgan juftliklar to’plamiga aytiladi. A´B = {(x,y)/, xÎA, yÎB} A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasi A´B kabi belgilanadi. Dekart ko’paytmani topishda qo’llaniladigan amal to’plamlarning Dekart ko’paytirish deyiladi. Ta’rif. A1, A2, …, An to’plamlarning Dekart ko’paytmasi deb uzunligi  n bo’lgan  shunday kortejlar to’plamiga aytiladiki,bunda kortejning birinchi komponentasi A1 to’plamga,ikkinchi komponentasi A2 to’plamga ,…, n-komponentasi An to’plamga tegishli bo’ladi. A1, A2, …, An to’plamlarning Dekart ko’paytmasi A1x A2 x … x An kabi belgilanadi. A va B to’plamlar chekli bo’lib, uncha ko’p bo’lmagan elementlarni o’z ichiga olsa, ularning Dekart ko’paytmasini topish qiyin emas.Koordinata to’g’ri chizig’i – bu unda sanoq boshi, uzunlik birligi va musbat yo’nalish berilgan to’g’ri chiziqdir. Ox  to’g’ri chiziq abssissalar o’qi,Oy esa ordinatalar o’qi,umumuy sanoq boshiga va aynan bir xil uzunlik birligiga ega bo’lgan  koordinata o’qlari yasagan  tekislik koordinata tekisligi  deyiladi.(4-rasm). Koordinatalar tekisligida A va B to’plamlarning Dekart ko’paytmasini tasvirlaymiz, bunda: A = {1,2,3},  B = {3,5};           A = {1,2,3},  B = [3,5]; A  [1,3]         B = [3,5]; A = R,           B = [3,5]; A = R,           B = R. 1-holda berilgan to’plamlar chekli va uncha katta bo’lmagan sjndagi elementlarni o’z ichiga oladi, shuning uchun ularning Dekart ko’paytmasining hamma elementlarini sanab ko’rsatish mumkin: AxB = {(1, 3), (1, 5) (2, 3), (2, 5), (3, 3), (3, 5)}. Koordinata o’qlarini yasaymiz va Ox o’qda A to’plam elementlarini, Oy o’qda B to’plam elementlarini belgilaymiz.So’ngra A ´ B to’plamdagi har bir sonlar juftligini koordinata tekisligidagi nuqtalar bilan tasvirlaymiz. 2-holda to’plamlarning Dekart ko’paytmasi elementlarini sanab ko’rsatishning imkoni yo’q, chunki B to’plam cheksiz to’plamdir. Biroq bu Dekart ko’paytmani hosil qilish jarayonini namoyish qilish mumkin. Har bir juftlikda birinchi komponenta yoki 1,yoki 2,yoki 3 ikkinchi komponenta esa [3,5] oraliqdan olingan haqiqiy sonlardir.Birinchi komponentasi  1 soni bo’lgan , ikkinchi komponentasi esa 3 dan 5 gacha qiymatlarini ketma-ket qabul qilgan barcha juftliklar PM  kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi;birinchi komponentasi 2 bo’lgan , ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi hamma haqiqiy qiymatlarni qabul qiluvchi barcha juftliklar KL kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi;birinchi komponentasi 3 soni bo’lgan,ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi  ixtiyoriy xaqiqiy sonni qabul qiluvchi juftliklar esa SQ  kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi. 4-holda A to’plam barcha haqiqiy sonlardan tashkil topgan, ya’ni A ´ B to’plam elementlarini tasvirlovchi nuqtalarning abssissasi hamma haqiqiy qiymatlarni ketma-ket qabul qiladi, bu vaqtda ordinata sifatida [3,5] oraliqdagi sonlar olinadi.Bunday nuqtalar to’plami polosa hosil qiladi.

Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish