O‘zbekistonning global dunyoga tizimli ravishda transforma­tsiyalashib borishi, birinchi navbatda, mamlakat yoshlari va ular­ning ijtimoiylashuvi bilan ham ahamiyat kasb etadi



Download 123,1 Kb.
Sana20.08.2021
Hajmi123,1 Kb.
#152244
Bog'liq
mustaqil ish ITT


Mavzu: Transformatsiyalashuv davri.


O‘zbekistonning global dunyoga tizimli ravishda transforma­tsiyalashib borishi, birinchi navbatda, mamlakat yoshlari va ular­ning ijtimoiylashuvi bilan ham ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy yoshlarning ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga ijtimoiylashuvidagi xususiyatlar transformatsiyalashgan jamiyat va uning oqibatida vujudga kelgan subyektiv vaziyatlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu jara­yonda yoshlarning o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalar, shart-sharoitga moslashuv va istiqboldagi erishilishi ko‘zlangan maqsadlar sotsiologik nuqtai nazardan, ilmiy tahlil qilinishi lozim. Yoshlar mavzusi bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida jiddiy tahlil qilingan, biroq shunday bo‘lsada, mavjud axborotlashgan jamiyat zamonaviy yoshlar oldida turli xil muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu, ayniqsa, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan hamma vaqt ham unum­li foydalana olmaslik, ba’zi holatlarda mavjud axborot oqimiga nisbatan mafkuraviy immunitet ko‘nikmasining yetishmasligi, ular­ning texnologik transformatsiyalashgan jamiyatga ijtimoiylashuvi qiyin kechayotganidan dalolat beradi.

Jamiyatda global transformatsiyalashuv jarayonlarining kechi­shi natijasida, unga nisbatan qat’iy tartibda yoshlarning ijtimoiylashuvi ham keskin o‘zgarib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi­ning 1991-yil 20-noyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risi­dagi qonunlar» deb nomlangan 4-moddaning 2-bandi shun­day bayon etilgan: «O‘zbekiston Respublikasi ushbu qonun orqali 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga taalluqli yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy negizini belgilab beradi va uni tegishli qonunlarni rivojlantirish hamda tizimga solish uchun asos deb e’tirof etadi» (O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida»gi Qonuni. Toshkent, 1991-yil 20-no­yabr. №429-XII). Qiyoslash uchun UNICEF xalqaro tashkiloti­ning 2000-yilda chop etilgan yillik monitoringida yoshlik davri ko‘r­satkichlari 15–24 yosh oralig‘ida olib tahlil etilgan (Молодeжь в мeняющимся общeствe. Проeкт MONEE, ЦВE/СНГ/Балтия. // Рeгиональный мониторинговый доклад №7 — 2000. — 194 стр.).
Bunda yoshlikning keyinchalik 14 yosh qilib qisqartirilishini tanadagi biologik o‘zgarish (voyaga yetish) umumiy holatda tezlashganligidan, 30 yoshgacha uzaytirilganlikni esa axborot makonidagi tezlik hamda globallashib borayotgan jamiyatdagi integratsiya­lashuvga nisbatan sotsial va ruhiy kayfiyatning o‘zgarishi bilan izohlash mumkin. Sotsiologik nuqtai nazardan, yosh davriga alohida e’tibor qaratish nafaqat yoshlarning hayot yo‘lini aks ettiradi, balki u ijtimoiy hayotdagi sotsial-madaniy jihatlarni ham namoyon etadi. Kogort (Kogort tadqiqotlari asosan bir yilda tug‘ilgan yosh davri yoki faqat bir jins yoki millat va boshqa vakillari orasida o‘tkazishga mo‘ljallangan), (Ядов В. А. Стратeгия социологи­чeского исслeдования. Описаниe, объяснeниe, пониманиe социальной рeальности. М.: «Добросовeт», 1998. — С. 44.) tadqiqotlarga asoslanib, 14–30 yoshlar oralig‘ida tadqiqotchi ularda o‘spirinlik davrida yuzaga keladigan o‘ziga xos submadaniyatlar, universitetda o‘qish yoki biror-bir korxonaga ishga joylashish, oila qurish va uning ta’minoti chog‘ida yuzaga keladigan murakkabliklarni o‘rganish uchun tizimli tadqiqot ishlarini olib boradi. Mavjud statistik ma’lumotlar asosida yosh­larning sotsial jihatidan shakllanib borishida yuzaga keladigan noaniqliklarning asosiy me’zoni 12–14 yosh va 16–18 yoshlar oralig‘ida kechadi.

Ingliz sotsiolog-tadqiqotchisi Z.Bauman zamonaviy jamiyatda yoshlarning hayot yo‘llaridagi o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi no­aniqliklarni postmodern tamoyili bilan bog‘laydi. Unga ko‘ra:



  • madaniyatdagi plyuralizm (rango-baranglik) bir vaqtning o‘zida ko‘plab jabhalar, xususan, qadriyatlar, mafkura, hayot shakli, turmush tarzi va shu kabilarni qamrab oladi;

  • doimiy vujudga keladigan o‘zgarishlar;

  • ommaviy axborot vositalari va ularning mahsulotlarining yetak­chilik qilishi;

  • mavjud voqe’likdagi asosiy omillarni qamrab ololmaslik oqibatida, ramziy belgilarga ehtiyoj sezishdan iborat (Bauman Z. Intimations of Postmodernity. L.: Routledge, 1992).

Hayotning yuqori sur’atda tezlashib ketishi yoshlar turmush tarzida sotsial noaniqliklarning ko‘payishiga va uning natijasida yoshlar o‘zlarini xavfga qo‘yishlari kuchayib bormoqda. Sotsio­loglar «noaniqlik» tushunchasini quyidagicha izohlaydilar: «Ti­zimli yondashuv (T.Parsons nazariyasi)dan kelib chiqib, noaniqlik sotsial tizimda vujudga keladigan o‘zaro faoliyat elementlaridagi munosabatlarni aks ettiradi»(Чупров В. И., Зубок Ю. А., Пeвцова E. А. Молодeжь и кризис: Диалeктика нeопрeдeлeн­ности и опрeдe­лeнности в социальном развитии. М.: «Русскоe слово». — 2009. — С. 26–27). Noaniqlikni anglash uchun aniqlik elementini V. Gott va A. Ursullar aniqlik tasnifi bilan qiyoslaydilar: «Agar aniqlik holati shaxslar orasida bir-biriga nisbatan mustaqil, keskin farq qiluvchi sotsial, ruhiy chegaralar bilan ajralib tursa, noaniqlik mavjud obyekt yoki hodisa jarayonlarida qaramlilik, bo‘ysunishlik kuzatiladi» (Готт В., Урсул А. Опрeдeлeн­ность и нeопрeдeлeнность как катeгории научного познания. Кишинeв, 1971. — С. 56). Sotsiolog shaxsning, xususan, yoshlar­ning jamiyatga moslashuv jarayonini ijtimoiylashuv jarayonlari bilan o‘rganadi. Tabiiyki, ijtimoiylashuv voyaga yetib kelayotgan har qanday individda ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni bir vaqtda o‘zlashtirib boraveradi. Bunda shaxsga ta’sir ko‘rsatuvchi obyekt (sotsial guruh, jamiyat, sotsial institutlar va boshqalar)ning o‘rnini tadqiq qilish muhim hisoblanadi. Rossiyalik tadqiqotchi N. K. Jam­suyeva yoshlardagi ijtimoiylashuv jarayonlarini quyidagi jihatlar bilan bog‘laydi:

  • adaptatsiya (nafaqat tashqi muhit jarayonlariga, balki insonning ichki ruhiy dunyosini shakllantiruvchi faol va nofaol kechinmalarga moslashish);

  • his qilish (jamiyatdagi mavjud bilimlar tizimini o‘zlashtirishda, uni obyektiv faoliyatning in’ikosi sifatida qarash);

  • taqlid qilish (G.Tardga ko‘ra taqlidning psixologik mexanizmlari ongli va ongsizlik ko‘rinishi sifatida individning xulq-atvo­rini belgilab beradi);

  • o‘zaro faoliyat orqali (individ va jamiyat o‘rtasidagi muno­sabatlar ijtimoiylashuv obyektining kommunikativ jihati hi­soblanadi);

  • ta’sir o‘tkazish (jamiyat va referent guruhlarning maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishi natijasida ongsizlik holatida qadriyatli va me’yoriy ustanovkalarni o‘zlashtirish);

  • fasilizatsiya (xulq-atvorni yumshatish, bunda referent guruh­lar individga ma’lum darajada erkinlik berib, unga ijodiy yondashish asosida o‘z tajribasini namoyon qilish imkonini beradi);

  • ingibitsiya (harakatning pasayishi, individning hayotiy tajribada o‘zi to‘plagan sotsial tajribasi asosida shakllangan xulq-atvoriga atrofdagilarning to‘sqinlik qilishi);

  • empatiya (individning o‘zini boshqalar o‘rniga qo‘yish qobi­liyati yoki shunga tayyorlik, voqe’likka o‘zga kishi ko‘zi bilan qarashga harakat qilish);

  • espektatsiya (individlarning o‘z faoliyatlarini boshqa kishilar kutgan realliklar bilan olib borishi);

  • identifikatsiya (shaxsning o‘zini boshqalarda mavjud belgilar bilan his qilish, anglash jarayoni (ЖамсуeваН. К. Социа­лизация молодeжи в общeствe пeрeходного пeриода (общeтeорeтичeский подход). Улан-Удe, 1999. — С. 23–24).

Bugungi kunda sotsial-madaniy muhit jiddiy o‘zgarishga uchragan. Internet iste’molchilarining yoshi bo‘yicha guruhla­rining foiz hisobida muvofiqlashuvi sotsiologlarni yangi omil — Internet ta’sirida ijtimoiylashuv natijalarining turg‘unligi va o‘z­garuvchanligi dialektikasi masalasiga e’tibor qaratishga majbur etmoqda. Yangi axborot texnologiyalari faoliyatining ijtimoiy-gumanitar natijalari benihoya rang-barangdir. Ular inson mehnat faoliyati xarakterini, uning ijtimoiy aloqalarini, ijtimoiy munosabatlarning shakl va mazmunini o‘zgartiradi. Shu bilan bog‘liq ra­vishda, tadqiqotchilarning diqqat-e’tibori markazida axborot texnologiyalarining inson ruhiyatiga ta’siri, kompyuter vositasidagi muloqot va Internetdagi inson faoliyatining o‘ziga xos jihatlari kabi masalalar o‘rin oldi. Bir necha o‘n yillar avval (1962-yil) televideniye va axborot uzatishning boshqa elektron vositalari rivoji bilan bog‘liq ravishda, M.Maklyuen fikrlash usulidagi o‘zgarishni qayd etgan edi (chiziqli fikrlash o‘rnini «mozaikali» fikrlar egallay boshladi, tafakkurning asosiy Tuzilmalash tamoyili sifatida mifning qayta tiklanishi va boshqalar). M. Maklyuen fikr­lash usuli va sotsial munosabatlarning o‘zgarishiga «muloqot vositalari»ning ta’siriga alohida e’tibor qaratib, madaniyat sotsio­logiyasi sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning yo‘nalishini belgilab berdi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatda yoshlarning ijtimoiylashuvidagi noaniqlik pozitsiyasi zamonaviy sharoitda sotsial va psixo­logik mazmun kasb etib, uni demografik va ijtimoiy hodisalarni inobatga olgan holda, izchil tadqiq etishni talab etadi. Umuman olganda, yangi axborot texnologiyalari va ulardan inson hayotida foydalanishni takomillashtirish borasida bir-biriga mutlaqo zid bo‘lgan baho va prognozlarni uchratish mumkin. Bir tomondan, ijtimoiy fikrda kompyuter texnologiyalarining yosh avlodning ongu-tafakkuriga faqat salbiy ta’sir o‘tkazishi haqidagi tushuncha o‘rnashib qolgan, biroq bu fikrga zid bo‘lgan yangi axborot texnologiyalarning jamiyatga va jumladan, talim tizimiga faqat ijobiy, samarali ta’siri haqidagi o‘ta ko‘tarinki qarashlar ham keng tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan sotsial-iqtisodiy islohotlar negizida mazkur ko‘tarilgan masala axborot jamiyati kishisi xarakterini baholashda o‘zining ilmiy ahamiyatiga ega bo‘lib boraveradi.



O‘zbeкiston Respubliкasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi U.V.G‘afurov, F.M.Bekqulbeкov, Q.Q.Mambetjanov iqtisodiy tizimlar transformatsiyalashuv jarayonlari nazariyasi darsligi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va oliy o‘quv yurtlarida magistrlar tayyorlash davlat andozasining talablari asosida yozilgan. Darslik mazmunini bayon etishda Respublika Prezidenti I.Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlardan, keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan keng foydalanilgan. Shuningdek, ilmiy va amaliy jihatdan mukammallik darajasini oshirish maqsadida ko‘plab monografiyalar, dissertatsiya va avtoreferatlar, Internet materiallari, mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga oid statistik materiallardan keng foydalanilgan. Darslik «Iqtisodiyot nazariyasi» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchilari uchun mo‘ljallangan. UO‘К: 330.42 (075) KBК 65.01 (5Ў) Mas’ul muharrir: Sh.Sh.Shodmonov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori, professor. Taqrizchilar: X.P.Abulqosimov – iqtisod fanlari doktori, professor; R.A.Yusupov – TDIU «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi. ISBN 978–9943–10–984–1 © U.G‘afurov va boshq., 2013. © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013. 3 КIRISH O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, Prezidentimiz I.A.Кarimov tomonidan mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik va aholi moddiy farovonligini ta’minlashning yagona va ishonchli yo‘li – bozor munosabatlariga o‘tish yo‘nalishi belgilab berildi. Shaxsan yurtboshimiz tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy strategiya va tamoyillari belgilab berilib, uning «O‘zbek modeli»ga asos solindi. Bosib o‘tilgan tarixan qisqa davr mamlakatimiz rahbariyati boshchiligida tanlangan taraqqiyot yo‘limizning to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Biroq tan olish kerakki, bugungi kunda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, ijobiy o‘zgarishlarga osonlikcha erishilayotgani yo‘q. Bunda milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning ilmiy asoslangan va har tomonlama o‘ylab chiqilgan islohotlar dasturini izchil amalga oshirish o‘z natijalarini bermoqda. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tish o‘ta ziddiyatli, murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayonda, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, kishilarning «hayot falsafasini» o‘zgartirish, ularning dunyoqarashi, tafakkurida tub o‘zgarishlar hosil qilish qiyin kechadi. Buning ustiga, mamlakatning iqtisodiy negizida yangi munosabatlarni barpo etish ham oson emas. Shunga ko‘ra, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maxsus davrni taqozo etadi. Bu davr iqtisodiyoti o‘zidagi hodisa va jarayonlarning amal qilishi, qonuniyatlarning xususiyatlari bilan mustaqil tizimlardan farq qiladi. Bugungi kunda iqtisodiyot sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash tizimi oldiga yangidan-yangi talablarni qo‘ymoqda. Bulardan biri – hozirgi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri hodisa va jarayonlarini teran anglash, ularning davriy xususiyatlari mohiyatini tushunib yetish va ularga ongli ravishda munosabatda bo‘lish, bu davr rivojlanish qonuniyat va ziddiyatlarini ochib berishga imkon yaratuvchi bilimlarga ega bo‘lish hisoblanadi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining magistratura bo‘limlarida «Iqtisodiy tizimlar transformatsiyalashuvi jarayonlari nazariyasi» fanining o‘qitilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 4 «Iqtisodiy tizimlar transformatsiyalashuvi jarayonlari nazariyasi» fani iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli, uni o‘qitish jarayonida talabalardan chuqur nazariy bilim talab etiladi. Shuningdek, ushbu fan mamlakatimizdagi o‘tish jarayonlarining mohiyatini tushunish, ularning xususiyatlarini ochib berishda hukumatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini, uni amalga oshirishda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmonlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar va boshqa ko‘plab qonunlarni, maxsus me’yoriy hujjatlarni keng o‘rganishni ham taqozo etadi. Darslikni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimovning mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarining nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan qator asarlari, ma’ruza va nutqlaridan keng foydalanildi. Transformatsiyalashuv davri iqtisodiyotining nazariy qoidalari, rivojlanish xususiyatlarini ifodalovchi ko‘plab ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlar materiallari umumlashtirildi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning turli jihatlarini statistik ma’lumotlar orqali tahlil qilindi. Mazkur darslik «Iqtisodiyot nazariyasi» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi magistrlar, shuningdek, talabalar, aspirantlar, o‘qituvchilar va ushbu muammoga qiziquvchi keng ommaga mo‘ljallangan. 5 I bob. IQTISODIY TIZIMLAR TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARI NAZARIYASI – IQTISODIYOT NAZARIYASINING BO‘LIMI SIFATIDA Tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarning muntazam ravishda bir sifat holatidan boshqa biriga o‘tib, o‘zgarib turishi obyektiv qonuniyat hisoblanadi. Biroq, bunday o‘zgarishlar oralig‘ida o‘ziga xos ma’lum davr mavjud bo‘ladiki, u bir tomondan, hali o‘z ta’sirini «yo‘qotib» ulgurmagan eski holatlarni, boshqa tomondan, barqaror va to‘laqonli faoliyat darajasiga erishmagan yangi sifat belgilarini uyg‘unlashtirgan holda namoyon etadi. Bu davr odatda «transfomatsiyalashuv davri» deb atalib, ayniqsa, uning ijtimoiy hodisa va jarayonlarning rivojidagi o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Iqtisodiy tizimlar transformatsiyalashuvi jarayonlari nazariyasini o‘rganish mazkur bosqichni boshidan kechirayotgan ko‘plab mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyat va muammolarni anglash, ularni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etish, ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘g‘ri tushunish asosida nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Кishilik jamiyati taraqqiyotining amal qilishi va rivojlanishini belgilovchi asosiy omillar, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini belgilash konsepsiyasi va mezonlarini ko‘rib chiqish mazkur fanning predmeti va vazifalari, bilish usullarini to‘laroq anglashga yordam beradi. 1-§. Кishilik jamiyati taraqqiyotining amal qilishi va rivojlanishini belgilovchi asosiy omillar Iqtisodiyot nazariyasi tarixiy fan sifatida kishilarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonlaridagi xulqatvorlarini, munosabatlarini o‘rganadi. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan bu munosabatlar ham o‘zgarib, takomillashib boradi. Кishilik jamiyati o‘z tarixiy taraqqiyotida turli holat (bosqich)larni bosib o‘tgan. Shunga ko‘ra, iqtisodiyot nazariyasi ham har bir holat (bosqich)ning muayyan tizimga solingan nazariy ifodasini aks ettiradi. Biroq jamiyat, unga xos bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar turli barqaror holatlarini amal qilishining o‘zi uning boshqa sifat jihatlarini taqozo 6 etadi. Ya’ni bir barqaror holatdan boshqa biriga o‘tish davrlari, maxsus o‘tish holatlariga xos bo‘lgan o‘tish davri iqtisodiyoti vujudga keladi. Har qanday fan real voqelikni aks ettirar ekan, ayni paytda tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Bu o‘zgarishlar esa, o‘z navbatida, muayyan predmet yoki hodisalarning bir holatdan boshqa biriga «o‘tishi»ni taqozo etadi. Shu ma’nodagi «o‘tish» obyektning sifat o‘zgarishlari, uning mazmun tavsiflarining almashuvini anglatadi. Tabiat va jamiyatdagi transformatsiyalar doimiy tavsif kasb etib, turli-tuman tarzda amalga oshadi. Ayniqsa, o‘zgarishlar juda tez amalga oshuvchi ijtimoiy hayotdagi o‘tish jarayonlarida bu holatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. «Transformatsiya» jarayonlarining qonuniyligi «transformatsiya holati»ning mavjud bo‘lishini ham shartlaydi. Transformatsiya holati o‘ziga xos o‘tish davri sifatida maydonga tushadi. Agar tabiatda mazkur davr bir lahzadan tortib milliard yillargacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olsa, ijtimoiy hayotda u oylar, yillar, o‘n yilliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy tizimlar transformatsiyalashuvi jarayonlarining o‘ziga xos belgisi bo‘lib, uning beqarorligi hisoblanadi. Bu iqtisodiyotda eski va yangi holatlarning unsurlari aralash holda amal qiladi. Iqtisodiy tizimlar transformatsiyasi mavjud tizimdagi beqarorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, pirovardida mazkur tizim o‘zining o‘rnini yangi iqtisodiy tizimga sekin-asta bo‘shatib beradi. Transformatsiya jarayonlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy tizimlar transformatsiyasining tarixan turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular jarayonlarning miqyosi va tavsifiga ko‘ra farqlanadi. Umumbashariy (global) transformatsiya jarayonlari butun insoniyat tarixi uchun xosdir. Masalan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikka qadar insoniyat yagona sivilizatsiyadan ikki, ya’ni g‘arb va sharq sivilizatsiyalariga o‘tgan edi. Hozirda esa kelajakda yangidan yagona jahon sivilizatsiyasining paydo bo‘lishiga olib keluvchi tendensiyalar amal qilmoqda. An’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga, undan esa kelajakdagi iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari ham shunday tavsif kasb etadi. Trasnformatsiya jarayonlari o‘z tavsifiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi (1-rasm). 7 1-rasm. Transformatsiya jarayonlarining tavsifiga ko‘ra turlari. Birinchi turdagi iqtisodiyotga iqtisodiy tizimlarning amal qilishi va rivojlanishini belgilab beruvchi omillar ta’siri ostida ro‘y beruvchi jarayonlar xos bo‘ladi. Bu omillar uch guruhga bo‘linadi: 1) tabiiy-iqlimiy; 2) ishlab chiqarish-iqtisodiy; 3) ijtimoiy-madaniy. Birinchi tur tarixiy evolutsiyaning tabiiy tarzda borishini ifodalaydi va shartli ravishda transformatsiya jarayonlarining tabiiy-evolutsion turi deb ataladi. Ikkinchi tur transformatsiya jarayonlarining islohotlarga asoslangan-evolutsion turi deb ataladi. Buning mohiyati ongli ravishda ishlab chiqilgan jamiyatni isloh qilish dasturlari asosida iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish orqali namoyon bo‘ladi. Ma’lum darajada ongli ravishda amalga oshirilgan islohotlar tabiiy evolutsiyaning jadallashuvi uchun yo‘l ochib berishi mumkinligi sababli, iqtisodiy tizimilar transformatsiyasida mazkur ikki turning o‘zaro birikib ketishi ham ro‘y berishi mumkin. Har qanday turdagi transformatsiyalashuv davri iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish jarayoni muqarrar tarzda amalga oshiriladi. «Sof» tizimdagi takror ishlab chiqarishga nisbatan, uning umumiy xususiyatlari transformatsiya davri iqtisodiyoti amal qilishining maxsus qonuniyatlari deb ataladi. Ular qatoriga quyidagilar kiritiladi: takror ishlab Transformatsiya jarayonlarining tavsifiga ko‘ra turlari Islohotlarga asoslangan-evolutsion Iqtisodiy tizimlarning amal qilishi va rivojlanishini belgilab beruvchi omillar ta'siri ostida ro‘y beruvchi jarayonlar Tabiiyiqlimiy omillar Ijtimoiymadaniy omillar Ishlab chiqarishiqtisodiy omillar Tabiiy-evolutsion Jamiyatni isloh qilish dasturlari asosida iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish 8 chiqarishning inersiyaliligi hamda yangi shakl va munosabatlarning intensiv ravishdagi ustun rivojlanishi. Takror ishlab chiqarishning inersiyaliligi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi bilan bog‘liq. Bu uzluksizlik dastlab barcha eski jihatlarni butunlay yo‘q qilib, so‘ngra uning negizida barcha yangiliklarni barpo etish tamoyili bo‘yicha rivojlanishni inkor etadi. Bu uzluksizlik, shuningdek, mavjud shakllarni boshqalari bilan keskin almashtirish («karaxt qilib davolash») mumkin emasligini ham belgilab beradi. Bu kabi xatti-harakatlar muqarrar ravishda ishlab chiqarishdagi boshboshdoqlikka, uning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Takror ishlab chiqarishning inersiyaliligi, shu ma’noga ko‘ra, transformatsiyalashuv davri iqtisodiyotida eski iqtisodiy shakllarni nisbatan uzoq muddat davomida saqlanib qolishini taqozo etadi. Bu, eng avvalo, qandaydir vaqt ichida ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining saqlanib qolishida namoyon bo‘ladi, chunki bu jarayon nisbatan uzoq muddatni taqozo etadi. Jamiyatning tarkib topgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, mavjud institutlar, tarmoqlararo, ichki tarmoq aloqalari, xo‘jalik mexanizmi va boshqalarning xatti-harakati tezlik bilan o‘zgara olmaydi. Transformatsiyalashuv jarayonlariga kadrlarning holati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda ham inersiyalilik o‘ziga xos o‘rin tutib, kadrlar tayyorlashdagi tub o‘zgarishlarni tezlik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonining inersiyaliligi bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, u transformatsiya davri iqtisodiyotini uning dastlabki holati bilan chuqur izchillikda bo‘lishini shartlaydi. Ikkinchidan, inersiyalilik ilgari tarkib topgan ijtimoiy mentalitetning saqlanib qolishini kuchaytiradi. Boshqa bir qonuniyat – yangi shakl va munosabatlarning intensiv ravishdagi ustun rivojlanishidir. Agar birinchi qonuniyat avvalo o‘tish davri iqtisodiyotining izchilligini aks ettirsa, mazkur qonuniyat bir bosqichdan boshqa biriga o‘tish mexanizmini ta’kidlaydi. Кo‘rib chiqilayotgan qonuniyat xatti-harakatini hisobga olish yangi munosabatlar rivojlanishi «mexanizmi»ni to‘g‘ri tushunishni ham taqozo etadi. Birinchidan, bu ilgari hukmron bo‘lgan tizimlar shart-sharoitiga xos bo‘lmagan, o‘z mazmuniga ko‘ra yangi shakllarning paydo bo‘lishidir. Ikkinchidan, yangi munosabatlarning paydo bo‘lishi eski shakllar mazmunining o‘zgarishi yo‘li orqali amalga oshishi mumkin. Masalan, hozirgi sharoitda davlat mulki yoki mulkchilikning jamoa shakli saqlanib qolgani holda, ilgaridan mavjud bo‘lib kelgan ma’muriybyurokratik tavsifini bartaraf etib, o‘zining real mazmunini o‘zgartirishi 9 mumkin. Uchinchidan, pirovardida yangi shakllar o‘zining hukmronligini o‘rnatib, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski shakllarni siqib chiqarishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi transformatsiyalashuv davri iqtisodiyoti quyidagilar bilan tavsiflanadi: – birinchidan, u islohotlarga asoslangan-evolutsion turdagi o‘tish iqtisodiyoti bo‘lib, uning amal qilishida ilmiy jihatdan asoslangan va maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar muhim rol o‘ynaydi; – ikkinchidan, mazkur maqsadga yo‘naltirilganlik muntazam ravishda rivojlanib hamda hayotga tatbiq etilib boradi. Hozirgi zamon transformatsiyalashuv davri iqtisodiyotining xususiyatlariga quyidagilar kiradi: – bozor iqtisodiyotiga an’anaviy iqtisodiyotdan emas, balki alohida, o‘ziga xos – markazlashgan rejali iqtisodiyotdan o‘tilishi. Bu o‘rinda bugungi kungacha ma’lum bo‘lmagan muammolarni hal qilish taqozo etiladi. Bularning barchasi transformatsiya jarayonlarining mushkulliklarini keltirib chiqaradi; – islohotlarga asoslangan-evolutsion rivojlanish yo‘llarini tartibga solish iqtisodiyotni buyruqbozlik-byurokratik usullarining salbiy ta’siridan tozalash bilan bog‘liq bo‘lib, bu samarali rivojlanishning umumiy o‘zaniga qaytish imkonini beradi; – transformatsiyalashuv jarayoni XX asr oxirida, ya’ni o‘ziga xos tarixiy sharoit – umumbashariy o‘tish jarayonlarining kengayib borishi sharoitida ro‘y bermoqda. Rivojlangan industrial mamlakatlar postindustrial jamiyatga o‘tish ostonasida turibdi. An’anaviy iqtisodiyot unsurlari sezilarli rivojlangan mamlakatlar hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotining zamonaviy shakllariga tezlik bilan o‘tmoqdalar. Shu bilan bir vaqtda, ishlab chiqarish va ayirboshlashni umumlashtirish, baynalmilallashtirishning intensiv ravishda ro‘y berayotgan jarayoni ularga postindustrial bosqichning bir qator yutuqlariga erishish imkonini beradi. Jahondagi global tranaformatsiyalashuv jarayonlari O‘zbekistonning o‘tish davri iqtisodiyotiga, undagi jarayonlarning mazmuni va ularning pirovard yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas. Shu ma’noda O‘zbekistondagi transformatsiyalashuv davri iqtisodiyoti ham noyob lokal (mahalliy) va umuminsoniy global tendensiyalarning birikmasini namoyish etadi. Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/11 saytida. Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/11 сайтида. Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/11
Download 123,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish