O’zbekistonni Rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik Jamiyati



Download 126,29 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi126,29 Kb.
#210169
Bog'liq
2 5224578298243190185


104 _ talabasi Shayzaqov Hayitboyning “O’zbekistonni Rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik Jamiyati” fanidan

Savollarga javobi

1. 1991-yil mustaqillikka erishganimizdan keyin, hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi. Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi. Birinchi Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy davlat organlariga jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirish maqsad qilingan.

2. O’tish davri barcha davlatlar taraqqiyoti uchun umumiy qonuniyatdir. CHunki davlatlar vujudga kelishi bilanoq yuksak taraqqiyot darajasiga birdan ko’tarila olmaydi, avval shakllanadi, ma’lum bosqichlarni bosib o’tadi. O’tish davribir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o’tish murakkab jarayon bo’lib, u ma’lum bir qonuniyatlar asosida yuz beradi. O’tish davriga munosabat masalasini germaniyalik olim Leonid Levitin shunday yozadi: “Odatda o’tish davri” islohining so’zlarini aynan tushunib, uni o’tmish va kelajak oralig’idagi bugun deb o’ylaydilar. “O’tish davrining paydo bo’lishida bunday qarashlarga ko’ra o’tmish sabab, kelajak esa maqsad tarzida voqea bo’ladi”. Demak, birinchidan, “o’tish davri” “oraliq” mahnosini anglatmaydi. Bu olimning yana bir fikricha, “Tabiiyki, o’tish davrlar turli xildagi tartibsiz jarayonlar, mavhumotli inkor sodir bo’lmoqda. Bu o’z navbatida ular hayotida ayrim holatlarda katta fojeali holatlarni keltirib chiqarishi mumkin”. Ikkinchidan, feodalizm munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarga “chetdan” demokratik jarayonlarni “eksport” qilib bo’lmaydi. Uchinchidan, “o’tish davri” ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzum emas, balki mamlakatlarning ularga o’tish uchun zarur bo’ladigan zaminlarni shakllantirishga ketadigan oraliq bosqich hisoblanadi. To’rtinchidan, “o’tish davri” qancha turli xil bo’lmasin bari-bir barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlar uchun Bu davr kerakli hisoblanadi. Demokratik jamiyatga o‘tish deganda mamlakatlarning turli tuzumlardan demokratik tamoyillar asosida rivojlanishi uchun vujudga keltiriladigan imkoniyatga ketadigan oraliq vaqt tushuniladi. “Oraliq” vaqtning boshlanishi poyoniga yetishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tish davrida yangi davlatchilik paydo bo‘lib, uning taraqqiyoti quldorlik, feodal, kapitalizm, sotsializm kabi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘tishi uchun ham zarur bo‘ladi. O‘tish davrining, ya’ni bir tuzumdan ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‘tishi qonuniyat bo‘lishi bilan birga, u turlicha ko‘rinishlarga ega ham bo‘ladi. Umumiylik, o‘ziga xoslik, oraliq holatlari bilan belgilanadi. Demak, o‘tish davrida mamlakatni sun’iy ravishda jadallashtirmaslik kerak, kuch ishlatish, zo‘ravonlik ketmaydi, siyosiy hokimiyatning to‘la ta’minlanganligi bilan emas, balki xalq farovonligi bilan belgilanadi. “O‘tish davri”ning 3 ta asosiy «modeli» rivojlangan mamlakatlarda shakllangan: 1) Klassik o‘tish davri (an’anaviy) yo‘l. 2) Inqilobiy yo‘l (revolyusiya orqali). Bunga sobiq SSSRni misol keltirish mumkin. 3) Evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo‘l hisoblanadi.

Demak, agar biz hozirgi mustaqil O‘zbekistonimizga qiyos qiladigan bo‘lsak, mamlakatimizda o‘tish davrining murakkab kechayotganligining sabablarini, uning ma’lum bir qonuniyatlar asosida yuz berishi tabiiy holat deb bilamiz va biz ana shu uchinchi evolyusion, ya’ni bosqima-bosqichlik yo‘lini tanladik.

3. Fuqarolik jamiyatining fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi. Ilmiylik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish. Tarixiylik - O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish. Mantiqiylik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish. Tizimlilik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‘rni va rolini ko‘rsatish. Qiyosiy tahlil metodi – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish.Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va uning shakillanishining asoslari.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo'lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g'oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma'lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma'naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:

Iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko'p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysikijamiyatda uning har bir a'zosi, qandaydir mulkka ega bo'lishi, o'z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo'lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste'mol faoliyati erkinligining ta'minlanganligi.

Ijtimoiy-siyosiy asos - mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o'z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma'lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo'lida jamlangan bo'lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. "Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari" tamoyilining namoyon bo'lishi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek, "Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko'zda tutadi" .

Huquqiy asosi - inson uchun ahamiyatli bo'lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik tenglikning ta'minlanishi va ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo'li bilan tan olinishi. "Qonun hukumron bo'lgan joyda erkinlik ham bo'ladi" (A.Temur). "Adolat - qonun ustuvorligida" tamoyilining amal qilinishi. ..."Fuqarolar bilan davlat o'zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog'liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo'lib,hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas.Ayni vaqtda fuqarolarning o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari bshqa fuqarolarning,davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo'lmasligi lozim" .

Ma'naviy asos - insonlar o'z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug'ilganda ular uchun kurasha oladigan bo'lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari,fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. "Tafakkur ozod bo'lmasa,ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson to'la ozod bo'lolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi"

4.Respublikamizda Fuqarolik jamiyati – inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni ta’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanidigan mustaqil va barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqorolik jamiyati fani qanday metodlar orqali o’rganiladi.

O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyatining fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.

Ilmiylik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish.

Tarixiylik - O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish.

Mantiqiylik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish.

Tizimlilik – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‘rni va rolini ko‘rsatish.

Qiyosiy tahlil metodi – O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish.

O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati fani bakalavriat bosqichi o‘quv rejasidagi O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Sotsiologiya, O‘zbekiston tarixi, Falsafa, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Iqtisodiyot nazariyasi, kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Bu fanlarda O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining turli yo‘nalishlaridagi holati, qonuniyatlari, tamoyillari o‘rganiladi. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati fanning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u jamiyatni rivojlanib boruvchi bir butun yaxlit tizim va tizimning tarkibiy qismlari sifatida o‘rganadi.

5.  O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zar uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.

6.  O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, nutqlarida chuqur yoritilgan. Ma'lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo’nalish, rus tilida qo’llaniladigan «tendentsiya» so’zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, «tamoyil» atamasining muqobilidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo’nalish” so’zlari sinonim sifatida qo’llanib kelinmoqda. Agar bu so’zlarning ma'nosiga e'tibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob'ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo’nalish” ma'lum bir ijtimoiy-siyosiy demokratik jarayondagi qonuniyatni o’zida aks ettiradi.

7. Demografiyada asosiy kuzatuv birligi - inson hisoblanadi. Inson hayoti davomida uning fiziologik va psixologik xususiyatlari, ma’lumotlilik, darajasi, oilaviy xolati, kasbi-kori, malakasi ijtimoiy guruhi, yashash joyi, til bilish kabi imkoniyatlari o’zgarib boradi. Ana shu alohida inson hayotida ro’y bergan o’zgarishlar yig’indisi umuman aholi xayotidagi ijtimoiy - iqtisodiy va demografik o’zgarishlarga olib keladi. Nikohga kirish natijasida, oilalar soni oshib boradi, yolg’izlar, bo’ydoqlar soni esa kamayadi. Nikohning bekor etilishi, ya’ni, ajralish jarayoni esa aholi tarkibida tugalmas oilalarning va bevalar salmog’ining ko’payishiga sabab bo’ladi. Inson dunyoga kelar ekan ma’lum davr yashaydi. Ana shu davr moboynida u ulg’ayib boradi. Go’daklik davridan bolalikka, o’smirlik, yoshlik o’rta yoshlik, yetuklik davrlariga o’tadi. Har bir o’quv yili tugashi bilan aholi tarkibida ma’lumotlilar soni oshib boradi. Ana shu tarzda shaxs hayotidagi o’zgarishlar aholi guruhidagi o’zgarishlarga olib keladi. Insonlarning bir xududdan ikkinchi bir xududga ko’chib o’tishi migratsiya, ushbu hududlar aholi soniga va tarkibiga ta’sir etadi.

8. Ajdodlarimiz tomonidan O’zbekiston hududida yaratilgan «Avesto» ana shunday davlatchiligimizning nazariyasi sifatida insoniyat tarixini anglashda alohida o’ringa ega. Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda - “hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan” deydi. Darhaqiqat, Movarounnahr oralig’ida paydo bo’lgan ulkan davlatchilik madaniy merosi insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki hamda qadimiy davlatchilik madaniyati sifatida ma'lum. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday merosni milliy, demokratik qadriyatlarimizning muhim zamini sifatida o’rganish imkoniyatlari ochiladi.

9.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’’chilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’’gina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.

Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan ‘ul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotiy boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi

10. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo`limizni qat`iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimiz. O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyat asoslarini yaratish.Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.

11. Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Bunday tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda.]

12.Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.  Markaziy Osiyo xududida davlatchilik qachon boshlandi? Arxeologik manbalarga qaraganda miloddan avval 1500 yilda O`zbekiston xududida davlatchilik boshlandi. (Ikkinchi ming yillik o`rtalarida) Masalan-Kitob. Tashqi va ichki ishlarni nazorat qilish va rivojlantirish natijasida davlat yuzaga keladi. Masalan, O`zbekiston xududida dehqonchilik ko`p mehnat talab qiladi idora tartib uslubi paydo bo`ladi. (Suv inshoatlarini himoya qilish, ariqlar qazish va boshqalar) ular hech qanday xukmron sinflar emas edi, demak davlatlarining paydo bo`lishidagi eski tushuncha endi to`g`ri kelmaydi. Neolit va bronza davrlariga kelib aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Xususan, qadimgi aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga-dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va ularning bir yerga to`planishi uchun zamin yaratadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi o`z navbatida mahsulot hajmining o`sib qo`shimcha mahsulot paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Jamiyatdagi ayrim kishilar qo`lida boylik to`plana boshlaydi. Qo`shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo`lishi bilan esa, ijtimoiy va mulkiy tengsizlik paydo bo`ladi. Demak, qadimgi xo`jaliklarning ixtisoslashuvi, sug`orma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, xunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojdanishi, o`zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi.



Download 126,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish