Oʻzbekistonda talis tadqiqotlarini oʻtkazish maktab oʻqituvchilari va direktorlariga qanday foyda beradi?



Download 38,5 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi38,5 Kb.
#443502
Bog'liq
TALIS


Oʻzbekistonda TALIS tadqiqotlarini oʻtkazish maktab oʻqituvchilari va direktorlariga qanday foyda beradi?
Yaqinda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashkiloti vakillari oʻrtasida Oʻzbekistonning 2024-yilgi Taʼlim berish va oʻqitish sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (TALIS)da qatnashishi masalalariga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, inspeksiyaning tegishli boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek uning huzuridagi Milliy markaz jamoasi, hamda OECD tashkilotining TALIS boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Karin Trembley, TALIS analitigi, xalqaro hamkorliklar boshqaruvchisi Sofi Vayssett va Pablo Freyzerlar ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, TALIS (Teaching and Learning International Survey) oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot boʻlib, har 6 yilda oʻtkaziladi. Soʻnggi marta 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda iyun oyida eʼlon qilingan edi.
Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.
Muhokamalar avvalida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev xorijiy hamkorlarga Oʻzbekiston taʼlim tizimi va pedagog kadrlar faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
— Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kunlardan boshlab, tizimda sifat koʻrsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilib kelmoqda, — dedi u. — Shu nuqtai-nazardan sohadagi muammo va yutuqlarimizni va shaffof tarzda aniqlab olish biz uchun juda muhim.
Umuman olganda, TALIS tadqiqotlarini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Shunday ekan biz uchun bu tizim begona emas. Xususan, soʻnggi yillarda umumtaʼlim maktablari milliy reytingini aniqlashda ham mazkur tizimga moslashtirilgan soʻrovnomalardan muntazam tarzda foydalanib kelyapmiz. Bu orqali qator yutuq va kamchiliklarimizni mamlakat miqyosida aniqlab kelmoqdamiz.
Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishimizga va kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga xizmat qiladi.
"TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Tadqiqotning maqsadi taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi muammolarni tizimli tahlil qilib, natijalarni individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi.
Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab oʻqituvchi va direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy taʼlim tizimiga ham taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini ham baholash modullari tanlov asosida kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga xosliklarda biridir, lekin bu ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq" — deyiladi OECD vakilining taqdimotida.
Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018-yildagi qarorida belgilangan boʻlib, ushbu tadqiqotda qatnashish boʻyicha Taʼlim inspeksiyasi va OECD oʻrtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar natijasida, tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan edi. Tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha moliyaviy masalalar esa inspeksiya va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihada koʻzda tutilgan.
Inspeksiya va OECD oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda ishtirok etish yoʻnalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning mantiqiy davomi boʻlib, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, muhokamalar yakuniga koʻra, koʻtarilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik muntazam davom ettiriladi.
Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 foizga oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish kiritgan bunda asosiy eʼtibor oʻqituvchilar faoliyat samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3-marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan.
Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish