O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy qilishning iqtisodiy sabablari. Reja



Download 28.55 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi28.55 Kb.
O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy qilishning iqtisodiy sabablari.

Reja:

  1. Qo`shilgan qiymat solig`ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati…

  2. Qo`shilgan qiymat solig`inining O’zbekiston soliq tizimida tutgan o’rni

  3. Qo`shilgan qiymat solig`ining to`lovchilari, soliq obyekti va soliq bazasini aniqlash tartibi tahlili

Ma`lumki, egri soliqlar mahsulot bahosiga yoki xizmat ta`rifiga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlar tovarning yoki xizmatning bahosida xisobga olinganligi uchun ularni pirovard to`lovchisi bo`lib, iste`molchi hisoblanadi. Egri soliq hisoblangan qo`shilgan qiymat solig`i o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra, sotilgan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan oraliq tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o`rtasidagi farqdan iboratdir

Mazkur soliq birinchi marta 1954-yilda fransuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan taklif qilingan bo`lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`pgina davlatlarda muvaffaqiyatli qo`llanib kelinmoqda. Masalan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Fransiya, Shvetsariya) da 60- yillarning oxirida, (Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiyada) 70-yillarning boshlarida qo`shilgan qiymat solig`i joriy etilgan va hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Qo`shilgan qiymat solig`i Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 35 dan ortiq davlatlarda joriy etilgan va undirib kelinmoqda. Mustaqil Davlatlar hamdo`stligiga (MDH) kirgan barcha davlatlarda 1992-yildan boshlab qo`shilgan qiymat solig`i joriy etilgan. Shu jumladan, O`zbekuiston Respublikasida ham qo`shilgan qiymat solig`i 1992-yildan boshlab O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g`risida”gi qonun asosida joriy etildi

Ko`pgina mamlakatlarda qo`shilgan qiymat solig`i davlat soliq daromadlarining 12 foizdan 30 foizgacha bo`lgan daromad qismini qoplaydi, ya`ni yalpi milliy mahsulotning o`rtacha 5-10 foizini tashkil etadi. O`zbekistonda 1992-yildan beri qo`llanib kelinayotgan qo`shilgan qiymat solig`i (aksiz solig` bilan birgalikda) oldin amal qilib kelgan bilvosita soliqlar – savdo va oborotdan olinadigan soliqlarning o`rnini to`liq almashtirdi. Ammo, qo`shilgan qiymat solig`i o`zining o`rni bo`yicha budjetning daromad qismini shakllantirishda, respublika va korxonalar iqtisodiga ta`siri, narxlar proporsiyasini aniqlashda ulardan o`tib ketdi. Qo`shilgan qiymat solig`i qo`llanila boshlangan vaqtdan hozirgi kungacha bo`lgan davrda O`zbekiston davlati budjetining asosiy manbalaridan biriga aylandi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyati unga berilgan ta`riflar yordamida ochib beriladi. Shu tufayli qo`shilgan qiymatning iqtisodiy mohiyatini yoritishda, unga mumtoz va hozirgi zamon iqtisodchi olimlarining bergan ta`riflari muhim ahamiyatga egadir. Amerikalik iqtisodchilar S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilarning fikriga ko`ra, “qo`shilgan qiymat” – bu firmaning sotuv hajmidan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sotib olingan materiallarning qiymati chegirib tashlangandan keyingi qolgan qismidir3 . Amerikalik olim Jefri Saks va chililik olim Felipe Larrenlar qo`shilgan qiymat haqida so`z yuritib, “firmaning jami (yig`ma) daromadidan boshqa firmalardan kelib tushganlar (materiallar) chegirib tashlansa, firmaning qo`shilgan qiymatiga teng bo`ladi” degan ta`rifini keltiradi va buni quyidagi tenghlik bilan ifodalaydi:

Oxirgi talab = qo`shilgan qiymat = = Mehnat haqi + Kapital daromadi

Yopiq iqtisodiyot modeliga xos bo`lgan bu tenglik mamlakat miqyosida oxirgi talab firmalarning qo`shilgan qiymatlari yig`indisiga teng. Yana bir mashhur amerikalik olim N.Gregori Menkyu o`zining “Ekonomiks tamoyillari” deb nomlangan asarida (bu kitobni XXI-asr darsligi deb ham atashadi) bevosita qo`shilgan qiymatga ta`rif bermagan bo`lsa-da, uning shakllanishiga to`xtab o`tgan. “Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish natijasida tushgan pul mablag`lari miqdori firmaning yalpi daromadi deb ataladi. Firma tomonidan ishlab chiqarish resurlarini sotib olishga yo`naltirilgan pul mablag`lari miqdori firmaning jami xarajatlari deb ataladi. Biz firma foydasini uning yalpi daromadi bilan jami xarajati o`rtasidagi farq sifatida topamiz”. Agarda biz firmaning foydasiga yollangan ishchilarga berilgan ish haqini qo`shsak, u holda firmaning qo`shilgan qiymati kelib chiqadi. Bu o`rinda shuni ta`kidlash lozimki, firmaning egasi o`zi ham ish haqi sifatida maosh oladigan bo`lsa, firmaning foydasi shu miqdorga kamayadi, lekin firmaning qo`shilgan qiymati miqdori o`zgarmaydi.

Demak, firmaning faoliyatiga baho berishda qo`shilgan qiymat foydaga nisbatan keng va umumlashgan kategoriya hisoblanadi. Qo`shilgan qiymatga berilgan ta`riflar xilma-xildir. Lekin ma`no jihatdan bir-biriga yaqin turadi. Masalan, amerikalik olimlar M.Parkin va D.Kinglar bergan ta`rif quyidagicha: “qo`shilgan qiymat bu firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari qiymatidan boshqa firmalardan sotib olingan oraliq tovarlar qiymati ayirib tashlanganidir”.

Qo`shilgan qiymatga respublikamiz olim va mutaxassislaridan ham bir nechtasi ta`rif berib o`tgan. Professor T.S.Malikov bu haqda to`xtalib, “qo`shilgan qiymat solig`ining mohiyatini to`liq idrok etish uchun tarkibiga xomaashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, asosiy va qo`shimcha ish haqi (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan birgalikda), asosiy fondlarning amortizatsiyasi va boshqa xarajatlarning qiymati kiruvchi ishlab chiqarish xarajatlarining elementlariga murojaat qilmoq zarur. Ko`rsatilgan moddiy xarajatlardan buyumlashgan mehnatni o`zida gavdalantirganlarning barcha 10 elementlari boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgandir. Asosiy va qo`shimcha ish haqi (ijtimoiy ehtiyojlarga hisoblashlar bilan birgalikda) esa jonli mehnat bilan shu korxonaning o`zida yaratiladi va ular qo`shilgan (o`stirilgan) qiymat hisoblanadi. Tabiyki, mahsulotlar va tovarlar, ishlar va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydigan va korxonaning foyda olishiga imkon beruvchi baholarda realizatsiya qilinadi va u ham shu korxona ishchilarining mehnati bilan yaratiladi hamda qo`shilgan qiymatga tegishli bo`ladi. Bu yerda qo`shilgan qiymat o`zida qayta ishlash xarajatlarini va eng avvalo, mehnat haqi xarajatlarini gavdalantirishi ma`lum bo`ladi. Qo`shilgan qiymatning tarkibiga yuqoridagilardan tashqari, amortizatsiya va ishlab chiqarish sikli bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlarning boshqa elementlari ham kiradi” – deydi. Bu ta`rifda olim qo`shilgan qiymat ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi va u o`z ichiga qanday elementlarni olishini batafsil bayon etadi. Qo`shilgan qiymatni ta`riflash uchun o`stirilgan qiymat iborasidan foydalanadi. Bundan tashqari respublikamiz olimlaridan D.Tojiboyevaning quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin: “qo`shilgan qiymat bu har bir korxona, firma tomonidan yaratilgan mahsulotning bozor narxida ifodalangan hajmi bo`lib, undan sotib olib ishlatilgan xomashyo, materiallar chegirib tashlanadi” . Ushbu ta`rif ham oldingi chet el olimlari fikrlaridan keskin farq qilmasa-da, lekin qo`shilgan qiymatni ta`riflashda yaratilgan mahsulot hajmiga ko`proq urg`u berilgan. Shunday qilib, qo`shilgan qiymat solig`iga va uning negizi hisoblangan qo`shilgan qiymat kategoriyasiga mumtoz va hozirgi zamon olimlarining bergan ta`riflarini umumlashtirgan holda aytisdh mumkinki, qo`shilgan qiymat deganda ashyoviy resurslar xarid bahosiga xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo`shilgan, tovar va xizmatlarning bozorda sotilish narxiga kirgan ustama qiymat tushuniladi. Qo`shilgan qiymat bu ishlab chiqarishning pirovard natijasidir.



Demak, qo`shilgan qiymat – bu tovar va xizmatlar bozor narxining bir qismidir, aniqrog`i, tovar va xizmatlarning bozor narxidan, ushbu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoxud tashkil etish uchun foydalanilgan moddiy resurslar va nomoddiy aktivlar narxi ayirib tashlangandan keyin qolgan qismidir. Binobarin, qo`shilgan qiymat solig`i bu xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sotilgan tovar, bajarilgan ish va xizmatlarning bozor narxiga nisbatan hisoblangan bilvosita soliqdir. Qo`shilgan qiymat solig`i – ishlab chiqarish va taqsimlashdan tortib iste`molchiga sotishgacha bo`lgan jarayonda har ibr sikldan olinadigan bilvosita ko`p pog`onali soliqdir. Uning obyekti qo`shilgan qiymat, ya`ni mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki xizmatlar bajaruvchi tomonidan yangi buyum yoki xizmatni bajarish uchun sotib olingan xom ashyo, materiallar yoki mahsulotlar qiymatiga qo`shilgan qiymat hisoblanadi. Ushbu soliq mahsulot narxining barcha usullarini cheklaydi va ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishga undaydi. Qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha hisob-kitoblar jarayonida davlat sanoat va savdo sarmoyasi aylanishi sur`atlari haqida ma`lumot oladi, bu esa makroiqtisodiy tartibga solinishini yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovarning aholi – soliqning mazkur turning yagona va oxirgi to`lovchisiga sotilishiga qadar daromad olish imkoniga ega bo`ladi. Qo`shilgan qiymat solig`iga asoslangan soliq to`lash tizimi soliqlarni qismlarga ajratib olish imkonini beradi, chunki firmaning barcha sotuvlaridan soliq olinadi, biroq oraliqdagi xaridlar uchun to`langan soliqlar keyinchalik umumiy summadan qoplanadi. “Soliq krediti” sifatida tanish bo`lgan bu usul soliq tizimida o`zini-o`zi tartibga solish imkonini beradi, bu esa soliqlar olish tartibini yaxshilaydi. Qo`shilgan qiymat solig`ining asosiy afzalligi shundaki, ishlab chiqarishning har bir bosqichida to`langan soliq miqdorini hisoblash mumkin. Bu misol uchun, eksport uchun soliq chegirmalarini hisoblash va eksport subsidiyalari berilishida buzilishlarning oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari bunday ko`p bosqichli soliqlardan foydalanish yagona firma tuzilmasi yoki korxonalar uyushmasi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarishda soliq 12 summasini kamaytiradi va shu tariqa firmalarning vertikal integratsiyasiga turtki bo`ladi. Qo`shilgan qiymat solig`ining mamlakatimizda rivojlanish tarixi qisqa davrni o`z ichiga olgani bilan ancha samarali faoliyat ko`ratib kelmoqda va budjet daromadlarini shakllantirishda mustahkam o`rin egallagan. Buning asosiy sabablaridan biri qo`shilgan qiymat solig`ining ilgari amalda bo`lgan soliqlardan bir necha afzalliklarga egaligidir. Endi bu afzalliklar haqida to`xtalsak. Qo`shilgan qiymat solig`i umuman bilvosita soliqlarning kelib chiqish tarixi shuni ko`rsatadiki, ularga soliq yukini mahsulot ishlab chiqaruvchilardan iste`molchilarga o`tkazish vazifasi qo`yilgan. Mohiyati jihatidan qo`shilgan qiymat solig`i bilvosita soliq bo`lganligi uchun korxonaning moliyaviy yakuniga betaraf bo`ladi. Buni bevosita soliq misolida yaqqol ko`rish mumkin, masalan foyda solig`i yuki bevosita ishlab chiqaruvchining zimmasiga tushib, uning moliyaviy natijasiga ta`sir ko`rsatadi, qo`shilgan qiymat solig`ida esa soliq yuki (ayrim holatlardan tashqari) iste`molchiga o`tib ketadi. Qo`shilgan qiymat solig`ining, bizningcha eng muhim afzalliklaridan biri bu mahsulot sotuvchi korxona faoliyatiga nisbatan, ya`ni korxonaga nisbatan betarafligidir. Qo`shilgan qiymat solig`ining bunchalik tez va keng tarqalishi zamonaviy texnika va yo`lga qo`yilgan hujjatlar aylanishida soliq operatsiyalarini tez va aniq amalga oshirish imkonini berishi muayyan tovarlar va xizmatlarga soliq solishning imtiyozli shartlari borasida chakana savdodagi sotuvlardan olinadigan soliqqa nisbatan samaraliroq ekanligi bilan izohlanadi. Qo`shilgan qiymat solig`i ishlab chiqarish va taqsimlashdan tortib iste`molchiga sotishgacha bo`lgan jarayonda har bir sotish hujjatidan olinadigan bilvosita ko`p pog`onali soliq bo`lib, uning obyekti qo`shilgan qiymat, ya`ni tovarlar ishlab chiqaruvchi yoki xizmatlar bajaruvchi tomonidan yangi buyum yoki xizmatni bajarish uchun sotib olingan xomashyo, materiallar yoki tovarlar va mahsulotlar qiymatiga qo`shilgan qiymat hisoblanadi. Ushbu soliq tovar narxining barcha unsurlarini cheklaydi va ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishga undaydi. Qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha hisob-kitoblar jarayonida davlat sanoat va savdo sarmoyasi aylanishi sur`atlari haqida ma`lumot oladi, bu esa makroiqtisodiy tartibga solinishini yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat aholiga soliqning mazkur turning yagona va oxirgi to`lovchisiga sotilishiga qadar daromadni bo`lib-bo`lib, lekin uzluksiz olish umkonini beradi. Jahon amaliyoti qo`shilgan qiymat solig`ini hisoblashning deyarli bir xil tizimini nazarda tutadi. To`lovchi xaridordan sotilgan tovarlar uchun qo`shilgan qiymat solig`i summasi va mol yetkazib beruvchi tomonidan moddiy resurslar, yoqilg`i, ishlar uchun to`langan qo`shilgan qiymat solig`i summasi orasidagi farqni to`laydi. To`lanishi kerak bo`lgan soliq manfiy bo`lib chiqsa, ya`ni bu soliq ko`payib ketsa, qoldiq bo`lajak to`lovlar hisobiga kiritiladi yoki rivojlangan mamlakatlarda qabul qilinganidek, soliq to`lovchiga qaytariladi. Shunday qilib, mamlakatimizda qo`shilgan qiymat solig`i joriy qilinishi paytida asosiy vazifa qilib qo`yilgan budjet daromadlarini uzluksiz ta`minlash zarur darajada uddalangan, lekin shu bilan birga mamlakatimiz budjet daromadlarini shakklantirilishi asosan bilvosita soliq bo`lgan qo`shilgan qiymat solig`ining ulushi hisobiga to`g`ri kelishini ijobiy holat deb bo`lmaydi, chunki xalqaro amaliyot tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, jami soliq tushumlarida bilvosita soliqlar salmog`ining oshib borishi, mamlakatda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) miqdori kamayishiga olib kelishi mumkin.

2020 yil 1 yanvardan boshlab:



  • QQSni toʻlashga oʻtadigan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organlarida ushbu soliqning toʻlovchisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu QQS summasini hisobga olishning sharti hisoblanadi;

  • QQSni toʻlashga oʻtishda uning summasi QQSni toʻlashga oʻtilgan sanadan avvalgi oхirgi 12 oyda хarid qilingan tovar-moddiy zaхiralarning tasdiqlangan qoldiqlari boʻyicha realizatsiya hajmiga mos keladigan ulushda hisobga olinadi;

  • QQSni toʻlashga oʻtish yoki YaSTni toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi хabarnoma QQSni toʻlashga oʻtiladigan oy boshlanishidan oldin 10 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

    Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/qqs_2020_yil_1_yanvardan_nima_uzgaradi



QQS joriy etilgani narxlar ko‘tarilishiga olib keladimi, soliq olishdagi o‘zgarishlar yirik va kichik biznesga qanday ta’sir ko’rsatadi, ish haqining panadan olib chiqilishi va uning oshishini kutish asoslimi — institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov shular va yangi soliq tizimining boshqa jihatlari haqida yozadi.

QQSning joriy etilishi ishlab chiqaruvchilar, importchilar, savdo tarmoqlariga, oxir-oqibat iste’molchi uchun narxlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Soliq olishning umumiy tizimi (SOUT), shu jumladan QQS ga tushadigan korxonalar ro‘yxatini kengaytira turib hukumat haqiqatdan ham yaxshi bo‘lishini istaydi. Va davlat byudjetini to‘ldirish ma’nosidagina (aslida bu ham muhim) emas. Hukumat iqtisodiyotni soyadan chiqarish va korxonalarni yiriklashtirishni rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishni oshirish niyatida.

Yirik korxonalarda aylanmalarni yashirish qiyin, biroq, kerakli buxgalterlik hisobini yuritish osonroq. Yirik mijoz yetkazib beruvchidan biznes yuritishda shaffoflikni talab qila oladi, negaki, bitta noqonuniy schet-faktura jiddiy muammolar bilan xavf soladi.

Yirik korxona investitsiya jalb etish, yangi maxsulotlar chiqarish, yangi ishchilar yollash, sheriklarining maxsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish orqali yirik loyihalarni amalga oshirishi mumkin. Ishlab chiqariladigan maxsulot qanchalik murakkab bo‘lsa, uning tarkibidagi va butlovchi materiallar qanchalik ko‘p bo‘lsa iqtisodiyot uchun shunchalik samarali bo‘ladi.

Ammo bir necha nozik jihatlari bor.



Birinchidan, QQS bo‘yicha o‘tish davrining yuki ancha yirik korxonalarga va qisman yakuniy iste’molchilarga tushadi. Soliq olish tartibining o‘zgarishi yirik korxonalarni shunday vaziyatga solib qo‘yadiki, ularning o‘zlari QQS hisobidagi bu zanjirlarni yaratishlariga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan mahsulot yetkazib beruvchilarni SSUTga o‘tishga “ko‘ndirish” yoki yangi sheriklarni topish kerak bo‘ladi, ikkinchi tarafdan bu tranzitni o‘z daromadidan qisman moliyalashtirishiga to‘g‘ri keladi, agar bunga imkoniyati bo‘lmasa narxlarni oshiradi yoki harajatni kamaytiradi.

Ikkinchidan, hamma kichik korxonalar ham yiriklashmaydi. Faqat:

  • mavjud tavakkallarga qaramay, bunga qaror qilganlar;

  • buning uchun zarur bo‘lgan resurslarga, birinchi navbatda moliyaviy zahiralarga ega bo‘lganlar;

  • yiriklashtirish jarayonida boshqa kompaniyalar bilan raqobatda zafar quchishi mumkin.

Uchinchidan, iqtisodiyotning qator sohalarida kamida yaqin oylarda bo‘linish va /yoki/ “o‘zini panaga olish” tadbirkorlar uchun maqbulroq qaror bo‘ladi. Keyinchalik kichik va mikrokorxonalarning o‘z ishini davom ettira olishi istiqboli bo‘lajak “qayta shakllantirish” jarayonidan keyin bozorlardagi ahvolga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Mohiyatan, ko‘p korxonalar oldiga shunday tanlov qo‘yilgan: o‘z ishini rivojlantirish va optimallashtirish yoki tugatish va qolgan sarmoyani boshqa sohalarga kiritish.

Bugungi vaziyatda ya`ni QQS narxlarga ta`sir kor`satadi degan bu savolga uzil-kesil javob yo‘q. Negaki, iqtisodiyotning turli sektorlaridagi ahvol turlicha. Biror korxona tomonidan yaratilgan qo‘shimcha qiymatdan emas, balki aylanmadan olinadigan QQSning ijobiy ta’siri bevosita soliq olish zanjirining uzluksizligiga (ya'ni tovar ishlab chiqarishda qatnashadigan barcha korxonalar QQS to‘lovchilari bo‘lganda) bog‘liq.

Aksariyat korxonalar kichik korxona maqomida bo‘lib, QQS va boshqa soliqlar bo‘yicha tarmoq yoki individual imtiyozlardan foydalanib kelgan. Bir qator imtiyozlar saqlanib qoldi — masalan, avtosanoat korxonalari uchun QQS bo‘yicha imtiyoz bor, shu bilan birga yangilari qabul qilindi — qator oziq-ovqat maxsulotlari QQS to‘lovidan ozod etildi, soddalashtirilgan QQS tartibi joriy qilindi.

Bundan tashqari, korxona harajat va daromadlarining tegishli tuzilmasi tomonidan butun zanjir bo‘yicha belgilangan ustama narxlarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Bu raqamlar tijorat siri hisoblanadi va na davlat organlarida, na uning hamkorlarida bu borada to‘liq ma’lumot bo‘lmaydi. Daromad va harajatlar haqida faqat raqobatchilar taxminiy hisob-kitobga ega bo‘lishi mumkin, negaki, ularning o‘zi ham shunga o‘xshash sxemada ishlaydi.

Hamkorlar o‘rtasida soliq yukini qayta hisoblash va qayta taqsimlash vaqt talab qiladi, biroq yakuniy narxlar hatto QQS butun zanjir bo‘yicha joriy etilganda ham o‘zgarishi mumkin.

Shuning uchun agar so‘z mahalliy kichik korxonalar maxsulot yetkazib beradigan nisbatan yirik mahalliy korxona haqida boradigan bo‘lsa, aytish mumkinki, narxlar o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Narx oshishi u qadar sezilarli bo‘lmasligi mumkin, negaki, 2018 yilning iyunida Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlangandan so‘ng kompaniyalar narxlarni qayta ko‘rib chiqishni boshlaganlar.

2019 yilning 1 yanvaridan QQSga tushgan xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari QQS hisobi bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi qiyin. Narxlarni eng yuqori darajada ko‘tarmaslik uchun QQS joriy etilishi munosabati bilan harajatlar qisman narxlarga kiritiladi, qisman foydani kamaytirish hisobiga, yana bir qismi “kassani chetlab” naqd pulga hisob-kitob qilish yo‘li bilan qoplanadi.

Korxona QQS bo‘yicha hisob zanjiri hosil qilmas ekan, bu soliqning narxlarga ta’siri huddi aylanmadan (tushum) olingan soliqdagi kabi, faqat ancha yuqori darajada bo‘ladi.

Shuni istisno qilish mumkin emaski, ayrim kompaniyalar yuz berayotgan o‘zgarishlarni tushunmaslik va umumiy trendga rioya etish, ya’ni “hamma oshiryapti va biz ham oshiramiz” prinsipi oqibatida narxlarni ko‘taradilar. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi soliq islohotlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini davom ettirayotganlarini qayd etish lozim. Biroq faqat vaqt bu ish nechog‘lik samarali ekanini namoyish etadi.

Qayerda narxlar o‘zgarishsiz qoladi yoki hech bo‘lmasa juda ko‘p oshmaydi? Shubhasiz, bu katta qismi QQS to‘lovini amalga oshirib bo‘lgan import tovarlarga taalluqli. Biroq har doim ham importchilar QQSto‘lovchilari hisoblanmaydi. Demak, ularning mijozlari — QQS to‘lovchilari bu soliq to‘langan hisobni qabul qila olmaganlar, bu esa narxlar oshishiga sabab bo‘lgan.

Endilikda SOOT yoki SOUT ni qo‘llash korxonaning ishchilari miqdoriga emas, tovar aylanmasiga bog‘liq ekan, shu bilan birga import bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilingani tufayli import bo‘yicha QQS hisobiga imkoniyatlar oshgani kabi, importchi-QQS to‘lovchilari soni ham ko‘payadi.

Shu tarzda tayyor tovarlar kabi, xom ashyo, mahalliy ishlab chiqarishning to‘lov balansi uchun tegishli natijalar keltiruvchi butlovchi materiallar bilan importning jozibadorligi o‘sadi. Agar ishlab chiqarish zanjirini bunday maqbullashtirish eksportning sezilarli darajada o‘sishiga olib keladigan bo‘lsa importning yanada o‘sishini qabul qilish mumkin. Biroq, ko‘pchilik mahalliy korxonalar asosan ichki bozorga ishlaydi.

QQS bilan yuzaga kelgan vaziyat va narxlarning oshishi oziq-ovqat sanoatida ham namoyon bo‘ldi. Mahalliy qishloq xo‘jalik maxsulotlarining katta qismi berilgan imtiyozlar va /yoki/ ishlab chiqaruvchilar maqomi sababli QQS to‘lovidan ozod qilingan. Bu imtiyozlar ijtimoiy sabablarga ham ega bo‘lgan, ya’ni fermerlar va aholiga yuklamani yengillashtirishga qaratilgan edi.

Soliq olishdagi oxirgi o‘zgarishlar munosabati bilan QQS bo‘yicha barcha og‘irlik qayta ishlovchi korxonalarga tushadi. Narxlar 14−15% gacha oshishi mumkin, negaki, mahalliy xom ashyo oxirgi narxda sezilarli ulushni tashkil etadi va QQS bo‘yicha hisob imkoniyatini bermaydi. Ularning uncha katta bo‘lmagan qismini maqbullashtirish hisobiga qoplash mumkin, biroq, asosiy og‘irlik kompaniya daromadiga yoki narxga tushadi. Savdo korxonasi bu vaziyatda tanlov imkoniyatini qo‘lga kiritadi — mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki importchi bilan ishlash. Konvertatsiya ochilganidan keyin savdo do‘konlarida chet eldan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli darajada ko‘paydi va ularning narxi ham birmuncha raqobatbardosh bo‘lib qoldi.

Importchi va savdo korxonasi qo‘ygan ustama narxdan kelib chiqib, yakuniy iste’molchi uchun narxlar arzimas darajada oshishi, avvalgidek qolishi va xatto pasayishi ham mumkin, Narxlar bo‘yicha qarorlar importchining (chet ellik ishlab chiqaruvchi) marketing strategiyasiga bog‘liq — bozordagi ulushni saqlash qolishmi yoki uni sezilarli darajada oshirish, buni u hal qiladi.

QQS soliq olishdagi boshqa o‘zgarishlardan, jumladan biznes ishiga turli ta’sir ko‘rsata oladigan kichik korxonalar uchun kiritilgan yangiliklardan e’tiborni chalg‘itib katta shov-shuv keltirib chiqardi. Bu o‘rinda so‘z foyda, mulk, resurs soliqlari, shuningdek mehnat bo‘yicha soliq olishlar haqida bormoqda. Yakuniy xulosa chiqarishga hali erta, biroq qayd etish mumkin bo‘lgan nuqtalar mavjud.

1 yanvar 2019-yildan mulkni ijaraga berish kabi faoliyat turlari bo‘yicha soliqlar o‘sdi, bu esa ko‘chmas mulk ijarasi bo‘yicha stavkalarning jiddiy oshishiga olib keldi. Ilgari SOSTda bo‘lgan ijarachilar YaSTni aylanmaning 5% hisobidan to‘lar edilar. Endi faoliyatning bu turi bo‘yicha aylanma solig‘i stavkasi 30% ni tashkil etadi, shuningdek, mulk solig‘i ham sezilarli ravishda oshdi. Bu esa savdo nuqtalari va umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish korxonalari, ya’ni ijara yetarli darajada keng qo‘llaniladigan barcha joylardagi harajatlarning (shunga mos ravishda narhlarning ham) o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Agar kompaniya — ijarachi QQS to‘loviga tushib qolsa, unda soliq ijara uchun ancha yuqori sarflarni ko‘zda tutadigan yangi narhlardan kelib chiqib hisoblanadi. Kichik korxonalar tomonidan biznesni tashkil etishning u yoki bu modeli qanchalik hayotiy ekanini yaqin ikki oy ko‘rsatadi.

Oxir-oqibat u nafaqat tijoriy ko‘chmas mulk bozorini qayta shakllantirishga, balki chakana savdoning jiddiy transformatsiya qilinishiga — chakana savdoning yiriklashtirilishi va uni “oqartirish"ga olib keladi, bu esa davlat byudjeti daromadlari uchun ijobiydir. Chakanadan keyin kichik ishlab chiqaruvchi ham panadan chiqadi.

Bu jarayonning orqa tomoni esa kichik biznesning ma’lum qismi panaga o‘tishidir. DSQ internet orqali savdoning qonuniyligini nazorat qilishi to‘g‘risida ma’lum qildi, bu esa xavf solayotgan tahdidlarni tushunishdan so‘z ochadi. Biroq, davlatning bu xil nazoratni amalga oshirishga sarflaydigan harajatlari olingan foydadan ko‘p bo‘lib chiqishi mumkin.

Ish haqidan olinadigan soliqlarni qisqartirish faqat mehnat tashkil etiladigan qo‘shimcha qiymatning sezilarli qismini shakllantiradigan joydagina ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Boshqa joylarda, agar korxonalarda ish haqi fondi aylanmaning 10% ini tashkil etadigan bo‘lsa, IHF harajatlari bo‘yicha soliqlarning kamaytirilishi bilan ta’minlangan iqtisod kompaniya aylanmasining 1% ini tashkil qiladi.

Bu ma’noda davlat organlarining soliqlar bo‘yicha iqtisodning kattaligi borasidagi tavsiyalari mutlaqo jo‘yali ko‘rinadi. Bir tomondan, aholi daromadlarining o‘sishi — bu iste’molchilik talabini va o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Boshqa tomondan, bunday o‘sish korxona harajatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Biroq, iqtisodchilar aytganidek, bu “boshqa teng sharoitlarda”, o‘zgarib borayotgan bozor sharoitlarida esa ish haqini oshira olmaydigan va xatto xodimlar sonini qisqartiradigan korxonalar ham bo‘ladi. Soliqlar bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘rilanmas ekan, hokimiyat organlari tomonidan ish haqi oshirilishiga taalluqli qat’iyat ko‘paygan sari, korxonalarda xodimlarning soni qisqarishi ehtimoli ham oshib boraveradi. Shuni ham tan olish zarurki, yashirin bandlik ayni kichik va mikrobiznesda keng tarqalgan va aylanmalar yashirin bo‘lib qolaversa ish haqining ochiqlanishiga ham erishib bo‘lmaydi.

Xulosa

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilarga qaytamiz. Masalan, agar sut ishlab chiqaruvchilar QQS to‘loviga o‘tmasalar, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining sut mahsulotlari korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Biroq 1000 boshli sut fermasi (kuniga10 tonna) 5 mln $ hajmidagi investitsiya talab qiladi. Bunday ferma yirik zavod ehtiyojlarini to‘la qoplay olmaydi.

Bozordagi vaziyatni hisobga olganda investitsiyalar nafaqat katta, balki juda tavakkalli hamdir. Quruq sutga o‘tish yoki korxonaning yopilishi sababli mahalliy xom sutni xarid qilishni rad etish fermerlarni qoramollarni qassobxonaga olib borishga majbur qiladi. Boshqa sohalarda maxalliy ishlab chiqarish bundan kamroq dramatik vaziyatga tushishi mumkin, biroq o‘xshash ssenariylarni istisno qilish mumkin emas.

Yana bir masala QQSni ma’murlashtirish bilan bog‘liq. Garchi hukumat elektron schet-faktura joriy etishni boshlangani haqida ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bu hali faqat aysbergning cho‘qqisi. QQS bo‘yicha hisobga olishning avtomatlashtirilishi xato qilish holatlari va ongli manipulyatsiyalarni qisqartirishi mumkin, biroq, hatto tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan paytda ham ularni butkul yo‘q qilib bo‘lmaydi. Avvallari pulni “naqdlash” bo‘yicha xizmatlar bo‘lganidek, kelajakda ham QQS bo‘yicha hisoblarni “oshirib ko‘rsatish” paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun soliq organlarida korxonalar uchun kelib chiqadigan oqibatlarni tekshirish uchun ko‘proq sabablar paydo bo‘ladi.



Barcha qiyinchiliklar chog‘ida ko‘plab soliqlar va majburiy to‘lovlardan QQSga o‘tish — bu soliq olish tizimining soddalashtirilishi tomon qo‘yilgan muhim qadamdir. Tadbirkorlarga harajatlarni tenglashtirish uchun QQSni barchaga tarqatish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiq.

Ayrim korxonalar va tarmoqlar duch kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni kompensatsiya qilish, iste’molchilik narxi oshib ketmasligi uchun QQS bo‘yicha zanjirlarda uzilishlar bo‘lishiga olib kelmaydigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat bo‘yicha neytral qarorlar kerak. Yakunda yuqori harajatlar va ustama narxlar sabablari ham faqat soliqlar emasligi ma’lum bo‘ladi.
Download 28.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat