O`zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik



Download 22.07 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi22.07 Kb.
O`zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik

Ko`p millatli jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik,

fuqarolar o`rtasida tinchlik va millatlararo

totuvlik saqlanganligi mustaqil O`zbekistonning bunyod

bo`lishi va rivojlanishining birinchi, boshlang`ich

bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi.

ISLOM KARIMOV
O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “O‘zbekiston Respub­likasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” shu yilning 7 fevralida qabul qilingan Farmonida beshinchi ustuvor yo‘nalish quyidagi tarzda belgilangan: “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash”.

Puxta-pishiq bayon etilgan bu vazifalarning bari bir-biriga bog‘liq, biri ikkinchisini talab etadigan, davlat va xalq uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlar hisoblanadi.

Endi Harakatlar strategiyasida belgilangan ana shu beshinchi ustuvor yo‘nalish bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori 2-bandida belgilangan vazifalardan birining mazmun-mohiyatini o‘zaro solishtiraylik: “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlatimiz mus­taqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqamizdagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga asosan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyatini ochib berish”.

Bu yerdagi eng muhim yangilik shundan iboratki, mamlakatimiz bundan buyon  qo‘shnilarimiz bilan raqobatlashish emas, balki, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish,  yashab turgan mintaqamiz bo‘lmish Markaziy Osiyo muammolarini birgalikda hal etish yo‘lini tanladi. Bu – juda muhim. Bundan oqilonaroq yo‘l yo‘q.

Mustaqillik tarixiga Harakatlar strategiyasining aynan ana shu beshinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha nimalar qilinganini aniqlashtirish asosida yondashsak, mamlakatimizda bu borada misli  ko‘rilmagan yutuqlarga erishganimiz oydinlashadi.

Mustaqillikning ilk daqiqasidan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi siyosatida millatlararo tenglik va totuvlik g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p o‘tmay bu umuminsoniy tamoyil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida qat’iy qilib qayd etildi.

“Muqaddima”sidayoq Asosiy Qonunimiz “res­publika fuqarolarining munosib hayot kechirish­larini ta’minlashga intilib”, “fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida” qabul qilinayotgani aytilgan.

8-moddada: “O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, – deyiladi.

Demak, tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘zaro ma’nodosh (sinonim) hisoblansa-da, Kons­titutsiya qabul qilgan kundan e’tiboran o‘zbek siyosatshunosligi huquqiy terminologiyasida “xalq” va “millat” so‘zlari o‘zaro ma’nodosh bo‘lmay qoldi. Chunki Konstitutsiyada “xalq” deganda mamlakatning butun aholisi, “millat” deganda esa  bu yerda yashaydigan 136 millatdan biri tushuniladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat  vakillari yashaydi. Ularning bari – shu yurt farzandi, vatandoshimiz, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Migratsiyaviy jarayonlar uchun biron-bir fuqaroning zarracha aybi yo‘q.

1989 yil 21 oktyabrida  qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonun amalda  respub­likamizdagi boshqa tillar ravnaqi uchun ham keng yo‘l ochdi. Hozir mamlakatimizda 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq,  rus, tojik, qozoq, qirg‘iz va turkman tillarida umumiy ta’lim maktab­lari mavjud. Aslida, iqtisodiy jihatdan muayyan mushkulliklar tug‘dirsa ham, shu maktab­lar uchun darslik va qo‘llanmalar mamlakatimizning o‘zida tayyorlanib, chop etiladi.

O‘zbek maktablarida ona tili, rus tili va bir xorijiy (jami uch) til,  rus maktablarida ona tili, davlat tili va bir xorijiy (jami uch) til, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz va turk­man maktablarida esa ona tili, davlat tili, rus tili va bir xorijiy (jami to‘rt) til o‘qitiladi.

Til o‘rganish amalda kishining ong-tafakkurini o‘stiradi, uning axborot olish imkoniyatini kengaytiradi, fikrlashda qiyoslash ko‘nikmalarini paydo qiladi, shakllantiradi.

Mamlakatimizda o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq va ingliz tillarida matbuot nashrlari mavjud.

Mustaqillik yillarida amalda har bir millat va elat vakilining o‘z tilida badiiy ijod qilish imkoniyatlari ham kengaydi. Masalan, sho‘ro davrining so‘nggi o‘ttiz-qirq yili mobaynida Toshkentda tojik tilida birgina kitob chop etilgan.  Ammo istiqlol zamonida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda o‘zbekistonlik tojik shoirlarining  100 dan oshiq to‘plami bosilib chiqdi. Ularning aksariyatida Vatan haqida she’rlar bor. Ularning barida “Vatan” deganda jonajon O‘zbekistonimiz, uning vodiyu vohalari, shaharu qishloqlari, cho‘lu tog‘lari, dalayu bog‘lari ta’rifu  tavsif etiladi. Tojik yozuvchilarining ko‘plab nasriy asarlari ham bosilyapti.

O‘zbekistonda o‘ziga xos bir milliy tiynat yuzaga kelgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, o‘z-o‘zidan, millat millatga, madaniyat madaniyatga ta’sir o‘tkazadi, ular bir-biridan aks ta’sir oladi ham. Shu tariqa har bir milliy madaniyat amalda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligidan iborat bo‘la boradi.

Bugun mamlakatimizdagi boshqa millat va elatlar vakillari uchun ham osh – eng tansiq taom bo‘lib ulgurgan. To‘y-ma’rakalarimizni usiz tasavvur eta olmaymiz. To‘y-tantanalarimizda turli millat va elat vakillari bemalol xorazmcha “Lazgi”ga, buxorocha “Mavrigi”ga yoki “Andijon polkasi”ga zavq bilan raqsga tushadi. Turli millat va elatlar vakillari bir mahalla, bir ko‘pqavatli uyda yon qo‘shni – jon qo‘shni bo‘lib yashab kelyapti. O‘rtada “bor tovog‘im – kel tovog‘im” ham mavjud.

Bugungi o‘zbek madaniyatini, sharqona va g‘arbona madaniyatlar uyg‘unligidan (sintezidan) iborat, deb hisoblashga to‘la haqlimiz. G‘arb madaniyatining ijobiy jihatlarini o‘zlashtirish – faqat yutuq. Ammo G‘arbda demokratiyaning suiiste’mol qilinishi oqibatida yuzaga kelgan “ommaviy madaniyat”ning, yalang‘ochlik falsafasining kirib kelishidan ehtiyot bo‘lish kerak.

Shu yilning 24 yanvarida O‘zbekiston Respub­likasi Prezidentining farmoni asosida Res­publika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan madaniy markazlarning bir guruh faollari mukofotlandi. Davlatimiz rahbari Vatanimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. Respublika baynalmilal markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Respublika baynalmilal madaniyat markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markaz, shuningdek, 


O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, 34 ta do‘stlik jamiyati faoliyati o‘zaro birlashtirildi.

Shu tariqa bu qo‘mita  millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlovchi boshqaruv organi maqomiga ega bo‘ldi.

Mamlakat taraqqiyoti bugun bevosita 32 milliondan ortiq kishining a’moliga – sa’y­-harakatiga bog‘liq. Shunday ekan, O‘zbekis­tonimizdagi barcha millatlar vakillari – hamyurtlarimiz, jondosh-qondoshlarimiz. Shuning uchun, millatimizdan qat’i nazar, shu Vatan taqdiriga barchamiz birdek mas’ulmiz. Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov alohida shior tarzida o‘rtaga tashlaganidek: “Shu aziz Vatan – barchamizniki!”

Xullas, Harakatlar strategiyasi asosida beshinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami  har qanday kishini mamnun etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 15 avgustda qabul qilingan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar bir sidra sarhisob ham qilindi.  Bugungi kunda Harakatlar strategiya­sining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayo­tining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun hamda 700 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani qayd etildi, shuningdek, besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qilingan ishlar qisqacha sanab o‘tildi.

Ertangi istiqbolni belgilash uchun, tabiiyki, kecha va bugunning tajribalariga suyanish, ya’ni erishilgan yutuqlarni yanada ko‘paytirish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni esa so‘zsiz tuzatish tadorigini ko‘rish kerak. Mazkur Farmoyishda ana shu qoidaga amal qilingan. Unda qayd etilishicha: “...Navbatdagi islohotlarni sifatli  va oldindan rejalashtirish uchun 2017 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalarni chuqur o‘rganish va puxta tahlil qilish zarur”.

Biz bundan keyin shu yo‘ldan boramiz. Chunki navbatdagi g‘ishtni oldingi g‘isht ustiga qo‘­yish kerak.

Tarixan olganda, bir davlatning davlat, bir mamlakatning mamlakat, bir xalqning xalq bo‘lib shakllanishi oson kechadigan jarayon emas. O‘zbekiston Respublikasi – shu hududda  tarixan shakllangan, dunyoda o‘z o‘rnini topishga erishgan tamoman yangi davlat. Biz milliy davlat qurdik. Turli millat va elatlardan iborat aholi bir siyosiy birlik – O‘zbekiston Respublikasi xalqi sifatida shakllandi.

Mamlakatning manfaati har birimizning manfaatimiz, xalqning yutug‘i har birimizning yutug‘imiz, hammaga yaxshi bo‘lsa, albatta, menga ham yaxshi bo‘ladi, ko‘pga bersin, ko‘p qatori menga ham bersin,  degan tushuncha va qarashlarning odamlar qalbi va ong-tafakkuridan mustahkam o‘rin olishiga birdaniga erishib bo‘lmaydi.

Bizdagi ahillik, tilibirlik, tinchlik-xotirjamlik ruhini mamlakatimizga turli sabab­lar bilan tashrif buyurayotgan xorijlik­lar ham sezadi, bu ularni ham xushnud etadi, albatta.

Mamlakatimizda shu tariqa davlat va xalq o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni kuchaytirish davri boshlandi. Bundan buyon ham taraqqiyotimiz aynan ana shu davlat va xalqning jipsligiga tayanadi. Busiz hech bir mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarga erishgan emas.

Mustaqillikni mustahkamlash, uni himoya qilish hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirish, jahon miqyosida raqobat, qarama-qarshilik tobora beshafqat tus olayotgan, radikalizm, terrorizm, ekstremizm, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o‘zi talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz ekanini hammamiz teran anglashimiz darkor.

Istiqlol tarixining keyingi bir yilini tahlil qilib, shu xulosaga kelish mumkinki, mamlakatimizda tub islohotlarni amalga oshirishning yangi davri boshlandi. Boshqacha aytganda, islohotlar jadal bosqichga kirdi. Bu bosqichning ko‘p-ko‘p yangi jihatlari mavjud. Eng muhim tomoni shundaki, bunda davlat va xalq jipsligiga erishishga qattiq kirishildi. Davlat bilan xalq biriksa, yengilmas kuchga aylanadi.

Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir. O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan.

Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi.

2. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. 

O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda.

 

Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan o`tgan.



 

Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar.

 

VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar:



«Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar.

 

Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog`  tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi».



Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi.

 

Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymaslikka da`vat etadi.



«Tolerant» atamasining lug`aviy ma`nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so`zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o`zgacha fikr yoki qarashni, o`z shaxsiy tushunchalaridan qat`i nazar, imkon qadar bag`rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag`rikenglik vijdon erkinligi va ma`naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e`tiqodida aqidaviy farklar bo`lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o`zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. 

 

  Bag`rikenglik tushunchasi



1. Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.

2. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning  universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi  bo`lib xizmat qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.



3. Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.

4. Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. 
Download 22.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik