O’zbekistonda amalga oshiriladigan ijtimoiy islohotlar va ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanishi reja



Download 44,53 Kb.
Sana27.12.2019
Hajmi44,53 Kb.
#31694
Bog'liq
O’zbekistonda amalga oshiriladigan ijtimoiy islohotlar va

O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY ISLOHOTLAR VA IJTIMOIY BARQARORLIKNING TA’MINLANISHI

Reja:

  1. Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi.

  2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim va sog’liqni saqlash tizimining rivojlanishi

  3. Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi

  4. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI


Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi.

O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. o’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir.

Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun”1 zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi. Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi.

Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turg’unlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi. Aholining turli qatlamlariga differensial yondoshish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. Hozirgi davrda aholining bandligini va xususan tad birkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi.

Mamlakat ijtimoiy siyosatining yana bir yutuqlaridan bo’lib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining vujudga kelishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’mak ko’rsatish imkonini beruvchi zamoaviy usul va texnologiyalardan keng foydalanish hisoblanadi. Mahalliy o’zini boshqarish organlari – xokimiyatlarda hududiy ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish, ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy psixologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimining tashkil topishi va rivojlantirilishi barobarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish imkoniyati ortib boraverdi.

Zamonaviy O’zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanistik faoliyatning ma’lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo’ladi. O’tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida O’zbekiston o’z muhtoj fuqarolarining zarur yordam va ko’magini olishi uchun xizmat qiladigan yangi ijtimoiy muassalar tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldi. Qariyalar, bolalar, nogironlar haqida qayg’urish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, jamoatchilik tarzida o’zini boshqarish organlari (mahalla), IIV tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalar tarkibiga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish markazlari, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila, ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha hududiy markazlar va b. kiradi.

O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatilishi bo’yicha asosiy tamoyillar keltirilib o’tiladi. Ular orasida quyidagicha tamoyillar ham ijtimoiy xizmatlarni olishda teng imkoniyatlarga egaligi; ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash kabi tamoyillar. Uyda ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishiga muhtoj fuqarolarni butunlay qamrab olish va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida o’zini boshqarish organlariga yolg’iz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlarga uyda xizmat ko’rsatish bo’yicha ish bilan shug’ullanish uchun mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolarni vaqtincha to’lovli jamoatchilik ishlariga jalb etishga ruxsat berilgan. Shubhasizki, mamlakat aholisini himoyalash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks dasturlarining tashkillashtirilishi zarur.

Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar faoliyatini tavsifi ularga nisbatan talabning yuqoriligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Respublikaning bozor iqtisodiyoti tizimiga kirishining o’zi ijtimoiy ishchilarga nisbatan ehtiyoj paydo bo’lishini ta’minladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi barcha faoliyat yurituvchi ijtimoiy boshqarish organlarida ijtimoiy ma’lumotga ega bo’lmagan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Ijtimoiy ishchilarni mavjud boshqa turli ta’lim shakllari bo’yicha tayyorlanilishi respublikada davlat ijtimoiy siyosati bo’yicha kadrlarni ta’minlash borasidagi muammolarning hal etilishi imkonini beradi.

Har qanday sharoitda ham ta’rif o’zida qadriyatlar yo’nalganligini, ijtimoiy ishchi yondoshadigan pozitsiyalar, ijtimoiy ish mohiyati to’g’risidagi nazariyalar, masalan mazkur kasbning jamiyatdagi roli yoki uning boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risidagi sotsiologik nazariyalarni aks ettiradi. Shunday ta’riflardan birini keltirib o’tamiz: ijtimoiy ish – bu individu, guruh yoki jamoatchiliklarga ijtimoiy hayotda o’zlarini namoyon etish bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytirish yoki tiklashga, ular uchun eng ma’qul ijtimoiy sharoitlarniya aratishga kasbiy salohiyat bilan yordam ko’rsatishdan iborat bo’lgan faoliyatdir. Ijtimoiy ishning maxsus nazariyalari ijtimoiy ishchilarning bajarayotgan ishlarini tavsiflab, tushuntirish berish hamda baholashga harakat qiladi. Ijtimoiy ish nazariyasining asoslari ko’pincha ijtimoiy fanlardagi kabi ketma-ketlik va o’zaro muvofiqlikda namoyon bo’ladi.

Vrach kasbiga o’xshagandek, bu yerda ham umumiy tamoyillar va asoslar mavjuddir, lekin u yoki bu sohaga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchi uchun maxsus ko’nikma, bilimlar ham talab etiladi. Ijtimoiy ish – multidissiplinar kasb sohasi. Bu mijozga yordam ko’rsatish maqsadida ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislik sohasi vakillari – vrach, pedagog, psixolog, militsiya xodimi bilan o’zaro aloqadorlik tizimini shakllantiradi, deganidir.

Boshqa tomondan ijtimoiy ishchining o’zi ham maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lganligi va ushbu kasblarning ko’pchiligi bilan bog’liq asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgani uchun ham universal mutaxassis hisoblanadi. Bu tarzdagi turli fanlarga oid bilimlarga egalik birlamchi tashxisni amalga oshirishga yordam beradi, Shuningdek boshqa mutaxasislarga muammolarni ilg’ashlariga imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Bu ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislarda bo’lgani kabi ijtimoiy ishchilarda o’z shaxsiy usullari yo’q degani emas, albatta. Masalan, amaliy psixologiya va ijtimoiy-psixologik ishda qo’llaniladigan individual va oilaviy terapiya, ta’sir ko’rsatish ob’ekti hamda ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga aralashishning “chuqurligi” bilan farqlanadi.

Keng ma’noda ushbu kasb millatning ijtimoiy o’zini anglashi, davlatning insonparvarligi va taraqqiy etganligi darajasi, madaniylilik darajasini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy ish sohasi doimo kengayib boraveradi, G’arbda ham ijtimoiy ishchilarni mahalliy o’zini boshqarish idoralarida, maktablarda, tibbiyot muassasalarida, oila va bolalarga yordam ko’rsatish markazlarida, biznes va industriyada, ruhiy sog’lomlashtirish markazlari, korreksion muassasalar va xususiy amaliyotda uchratish mumkin. . . Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi.

Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. . Amaliy ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy ma’murlar va tadqiqotchilar o’z shaxsiy madaniyatiga egadirlar. Ularning reallik yoki reallikni barpo etilishi haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan ratsionallikning e’tirof etilishi, yoki ongli va me’yoriy talablarning talqini, Shuningdek ijtimoiy muammolarga nisbatan munosabati qisman odatga aylangan madaniy qadriyatlar va me’yorlarga borib taqaladi.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim va sog’liqni saqlash tizimining rivojlanishi

TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni, kishinihayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilimo’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quvyurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalardaham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir.Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aqlzakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlatoldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsnishakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Shuning uchun ham u ustuvor sohahisoblanadi.

Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:

a) mahlum birtajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamningzarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsulotibilimlardir);

b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarnio’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v)ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usultanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanishusullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi).

Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsadbilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriyetish darajasi kabilar bilan belgilanadi.

Ijtimoiy munosabatlar, umumiymahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’limhaqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)laridata’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirishmetodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zarohamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir.

Ta’lim jarayonida shaxsningdunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilikjamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladiva shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiyvorislikni taminlaydi.Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi.

KASBIY PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya,ta’lim, o’qitish haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiypedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilanshug’ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bubo’limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabimasalalarni qamrab oladi. Shuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiypsixologik shart-sharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limihuquqi o’rganiladi.

KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayoniniishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadgaerishishga yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasidamuloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanadasamarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishgaasoslanadi.

DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishnio’tgataman mahnolarini anglatadi. Shunga ko’ra didaktika – bu o’qitishnazariyasidir. Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari,mazmuni, vazifasi va maksadlarini ishlab chikadi.

METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkiletish shakllari, amalga oshirish va natijalari nazorat qilib baholash metod hamdavositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fanio’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishihaqidagi metodika asosida quriladi.

O’QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktikmateriallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariydars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.Kasbiy ta’lim metodikasi ijtimoiy hayotning mahlum sohasida faoliyat ko’rsatishuchun zarur bo’lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirishqonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagipedagogikaning muhim tarmog’idir.

METOD– iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya,ta’limot mahnosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullarimajmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan.Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal moskelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o’qish, o’rganish amalga oshadi. Metodningasosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiyko’rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir.

METODOLOGIYa– metod va logiya iboralarining birligida bilish faoliyati usuli,tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot mahnosini anglatadi.Demak, metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir.Metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni vaizchilligini o’ziga qamrab olib, odat hamda me’yorlar shaklida,ikkinchidan, amaldabajariladigan faoliyatning tahsiri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda hambilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki birorobhektni amaliy o’zgartirishdan iborat.

TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga oshiradigan, yahni tashqi atrof –muhit bilan o’zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik.Pedagogik jarayonda ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosanpedagogga, uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog’liq bo’ladi.Shuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat aniq mazmunniegallashga, balki, ekologik madaniyat, Ma’naviyat, umumiy madaniyatnishakllantirishga yo’naltirilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo’ladi.Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy faoliyatning ahamiyati bugungi kunta’limining eng dolzarb muammolaridandir.BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichkizaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi.CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib,bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Bilimkishidan kishiga mahlumot (axborot) orqali o’tadi.

KO’NIKMA VA MALAKALAR. Ko’nikma va malakalar deganda birorshaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlaryaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlari va reaktsiyalaritushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiyqismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuzberadigan harakatlardir.

MALAKA- kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib, doimiyharakat turiga aylanishi, mahorati hosil qilishi.

MAHORAT- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barchaamaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflabbajarish.

BAHOLASH- ta’lim jarayonining mahlum boskichida ukuv maksadlarigaerishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida ulchash, natijalarnianiklash va taxlil kilishdan iborat jarayondir.

KASB- muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus mahlumot hamda amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi. Kasb o’ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan xarakterlanuvchi ixtisosliklarnimujassamlashtiradi. Bahzi kasblarda bir qancha ixtisosliklar mavjud bo’lishimumkin.

Masalan, o’qituvchilik kasbi o’qitiladigan o’quv predmetlariga binoan:umumta’lim, umumtexnik, maxsus fanlar o’qituvchisi bo’lishini ko’rsatishi o’zikifoya. Kasb va ixtisos shaxsning muntazam ravishda mahlum turdagi ish bilanshug’ullanishini ifodalaydi. Respublikamiz fuqarolariga kasb va ixtisostanlashlariga keng imkoniyatlar yaratilgan.

Professional sifatida bu insonlar, aslo o’zlarining “madaniy ko’zgu”lari doirasidagina ishlashlariga haqlari yo’q, biroq tanqidiy va tahliliy yondoshuvlardan foydalangan holda qadriyatlar tizimi, ijtimoiy deviatsiya va ijtimoiy muammolarni inobatga olishga majburdirlar. Barcha toifadagi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ixtisosligi ulardan reallikni boshdan kechirish va talqin etishning turli xil usullari haqida muntazam fikr yuritishlari va ongli munosabatda bo’lishlarini talab etadi.

Har qanday ijtimoiy ishchining, ijtimoiy siyosatchi yoki tadqiqotchining jiddiy vazifalaridan biri, bu nazariy va amaliy bilimlarni oshirish maqsadida izlanish va muntazam ravishda o’z dunyoqarashini kengaytirish, haqiqatning ortida nima turganligini o’rganishga nisbatan intilishidir. Faqat shu yo’l bilangina muammo yoki muammo kompleksini tushunishning yangi vositalarini egallab borish mumkin. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy ishda strategiyaning belgilanishiga yordam beradi. Ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixan rivojlanishi, ijtimoiy tuzilmaning va ijtimoiy kichik tizimlarning o’zgarishi bilan shartlangandir. Urug’doshlik munosabatlari hukmronlik qilgan davrlarda ijtimoiy harakatlar bir-biriga qorishiq bo’lib, u ham amaliy, ham taomil xususiyatga ega bo’ldi. U hox hosilni yig’ish bilan, hox to’y yoki qondoshlik intiqomi bog’liq bo’lmasin odatlar insoniy faoliyatni tartibni yo’lga qo’yish, uyg’unlikka erishish, betartiblik, noturg’unlik hosil bo’lishining mohiyatini to’ldirib boradi.

Shuning uchun ham an’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan doimo yozilmagan qonun-qoidalarda e’tirof etilgan va nasliy jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yo’naltirilgan harakatlarni talab qiladi. Jamiyatning keyingi rivojlanishida ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko’mak funksiyalarini oila o’z zimmasiga oladi, keyinchalik esa maxsus ijtimoiy institutlar zimmasiga o’tadi.
MILLIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT MUDOFAA QOBILIYATINING MUSTAHKAMLANISHI

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir.

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova).

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:

XXVI bob. MUDOFAA VA XAVFSIZLIK

125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»

O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.

1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.

1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.

Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.

1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi.

Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.

1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, Shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.

Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday halqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:

Quriqlikdagi qo‘shinlar.

Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.

Maxsus qo‘shinlar.

Milliy gvardiya brigadasi.

Chegara va ichki qo‘shinlar.

Milliy xavfsizlik xizmati.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.

1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.

Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.

«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.


2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha

HARAKATLAR STRATEGIYASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi. 

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.

Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi?

Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi.



HARAKATLAR STRATEGIYASI

 

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari



1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:

davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;

qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;

siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish.



1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:

davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;

mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:


  • xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

  • jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

  • fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

  • mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

  • ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:

sud yalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

sud yalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;

sudning mustaqilligi va beg’arazligi, sud prosessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;

«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;

sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;

sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:

fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo’lish holatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;

fuqarolarning xususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;

fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.



2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:

jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;

odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining prosessual asoslarini takomillashtirish;

jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;

elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotasiya qilish tizimini takomillashtirish;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:

davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;

advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;

notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.



III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 

ustuvor yo’nalishlari

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:

makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;

xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.



3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;

ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish;

yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish;

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;

iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;

xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish;

turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;

eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

3.3. Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:

tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;

sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;

kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.

3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:

xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;

tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.



3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish ko’llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;

sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;

sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.


IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:

aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;

yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:

aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;

oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

pensionerlar, nogiron, yolg’iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.



4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizasiya qilish:

aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;

aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;

aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;

yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg’i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.



4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:

uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;

ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.


V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:

O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish;

fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;

favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;

O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;



davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish.
Adabiyotlar ro’yxati

  1. Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni.

Download 44,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish