O‘zbekiston xalqlari san’ati tarixi. Reja



Download 77,5 Kb.
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi77,5 Kb.
#737698
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish


O‘ZBEKISTON XALQLARI SAN’ATI TARIXI.
REJA:
1. O‘zbekistonning ibtidoiy davri madaniyati va san’ati tarixi.
2. O‘zbekistondagi ilk davlatlar ularning madaniyati va san’ati tarixi.
3. Kushonlar davri madaniyati va san’ati tarixi.

Kirish
O‘zbek xalqi-jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta xissa qo‘shgan eng qadimiy xalqlardan biridir. O‘zbekiston hududida qadimdan savdo-hunarmandchilik markazlari va madaniyati uchoklari bo‘lgan. Lekin O‘zbekistonning tarixiy-madaniy utmishni o‘rganish ishlarini mustamlakachilik sharoitida ruslar ya’ni rus olimlari urganganlar va topilgan ashyoviy dalillarni uzlari bilan birga olib ketganlar. Natijada boy madaniyatimiz va ma’naviyatmiz durdonalari bo‘lgan barcha assoriy-atiqa narsalarni tashib ketish natijasida mustaqillika erishish jarayonida tariximiz va madaniyatimizni o‘rganishda qiyinchiliklarga uchradik.Xayriyat Prezidentimizni tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan e’tiborlari natijasida qiyinchiliklar bilan bo‘lsada shu soha mutaxasislarini yuborib o‘rganishga muyassar bo‘ldik.Demak, o‘zbek xalqi qadimdan boy ma’naviyatli, madaniyatli bo‘lganligi natijasida kelgusi avlodlarga ularni o‘rgatish maqsadida hozirlikcha sizlarni guruhingizga (huquqshunoslarga) O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani 1-2 semestrda ukitiladigan bo‘ldi. Shunday ekan avvalo fanimizni asosiy mazmun va maqsadi nimadan iborat ekanligini bilmogimiz kerak.Madaniyat o‘zi nima? -Jamiyatni va davlatni tarixan muayan taraqqiyot darajasi. Madaniyat - kishilarning biror shakldagi hayoti va faoliyatida hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy ya’ni tarixiy manbalarda ifodalanadi.
1. Moddiy manbalar insoniyatni qo‘li bilan yaratilgan bo‘lib, mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-yaroglar va zebu-ziynat buyumlari kiradi.
2. Ma’naviy (yozma) manbalar esa insoniyatni tafakkuri bilan xosil bo‘lib, xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, dostonlar, qulyozmalar, kitoblar, shuningdek "Avesto", Bexistun koyatosh yozuvlari, zarautsoy koyatosh rasmlari, mug‘ tog‘iga bitilgan So‘g‘d yozuvlari (yozuvlarni barchasi), Yunon, Rim, Xitoy manbalari va boshqalar kiradi. Demak, tarixiy manbalarni topish va o‘rganish asosida O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanini o‘rganish imkoniyatiga ega bulamiz.
San’at nima? -Umuman insoniyatni badiiy ijodi. Adabiyot, arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik, grafika, amaliy bezak, musiqa, raks, teatr, kino va inson faeoliyatining boshqa turlari kiradi.
Demak, O‘zbekiston madaniyati va san’ati fani yuqoridagi madaniyat va san’at sohalarini eng qadimgi davrdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixini o‘rganadi.Adabiyot- arabcha so‘z bo‘lib, yozma asarlar majmuasidir, shu bilan birga adabiyot san’at xodisasi bo‘lib, suz san’atidir.Arxitektura - yunoncha suz bo‘lib, me’morchilikdir. Kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur moddiy batartib muhitni vujudga keltiruvchi bino va inshoatlarni loyixalash va ko‘rish san’ati.Haykaltaroshlik-tasviriy san’at turi bo‘lib, tasvirni qattiq va plastik materiallarga shakl berish bilan gavdalantiradi. Asosan, inson, jonivorlar va tabiat aks ettiriladi.Tasviriy san’at-plastik san’at sohasi bo‘lib, rassomchilik, haykaltaroshlik va grafikani o‘z ichiga oladi.Rassomchilik-bo‘yoq bilan yuzaga yoki materialga ishlanadigan tasviriy san’at turi. Bunda vokelik badiiiy ifodalaniladi, talqin etiladi va tomoshabinlar ongiga ta’sir etadi.Grafika- yunoncha suz bo‘lib, tasviriy san’at turi, rasm san’atiga asoslangan.Amaliy bezak-ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlashni ishlash. Bunda metal, yog‘och, keramika, shisha, gazlamani ishlashda kullaniladi.Teatr- yunoncha so‘z bo‘lib, daslab Yunonstonda vujudga kelgan va aktyor saxnaviy voqealarni tasvirlaydi.Demak, san’at sohasi juda keng va ijtimoiy hayotni barcha sohalarini kamrab olgan. Shunday ekan, O‘zbekiston madaniyati va san’ati o‘rganishda tubandagi fanlarni roli katta. Ya’ni Arxeologiya, antronologiya, xranologiya, etnografiya, tarix, rasm va chizmachilik fanlarini Aloqadorligi katta. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani yoshlarni etika, estetika, nafosat, vatanparvarlik, vatanini sevish ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.Chunki xar bir mavzuda Vatanimiz madaniyati va san’ati durdonalarini o‘rganish bilan birga utmish ajdodlarga bo‘lgan mehr-muhabbat kuchayib, uni kelajak avlodga o‘rgatish xissi oshib boradi. Shu bilan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviyatimizdan boxabar bo‘lib boramiz.Ibtidoiy jamoa tuzimi kishilik jamiyatini dastlabki va eng uzoq davom etgan bosqichi bo‘lib, u paleolit (qadimgi tosh) davri deb yurtiladi. Uzoq davom etganligi uchun bu davrni 3 davrga (ilk, o‘rta, so‘nggi) bo‘lib o‘rganamiz.Ilk paleolit davri yodgorliklarini sanasi 700-500 ming yil avval boshlanib, miloddan avvalgi 15000 yilliklargacha davom etgan va Ashel davri deb yuritilgan. Chunki Ashel davri yodgorliklari O‘zbekistonda bo‘lmagan. Ashel davri oxirida Yevropani shimoliy mintakalarini kalin muz koplagan. Lekin U. Ismailov shu davr odamini qoldig‘ini (bosh suyagini bir bo‘lagi, yelka suyagi va 10 ta tish qoldig‘ini) topib urgangan Fargona vodiysini sel ungur goridan. Kosimov esa kurbulok manonini urganib, Ashel davriga oid 22 ta, muste davriga oid 24 ta madaniy katlamni urganadi. Bunda markaziy Osiyoga odamlar juda erta kelib joylasha boshlaganlar degan xulosaga kelish mumkin.O‘rta paleolit (muste madaniyati) davrida mashhur yodgorliklar topilgan va 24 ta madaniy qatlam o‘rganilgan. Ayniksa, Teshiktosh Surxondaryodagi, Obiraxmat Toshkent viloyatidan, Xo‘jakent Toshkent viloyatidan, Kulbulok Toshkent viloyatidan, Samarqand viloyatidan Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Xo‘jamazgil, Navoiy viloyatidan Uchtut nomlari o‘rganilib O‘zbekistonning qadimgi madaniyati va san’ati tarixiga oid manbalar topiladi. Teshiktosh g‘ori 5 ta qatlamdan iborat, g‘orni uzunligi 20 m, balandligi 9 m, chukurligi 21 m bo‘lgan. 2859 tosh qurollar topilgan. Teshiktoshdan 7-11 yashar (qiz bola) Neandertal odamini topilishi buyuk kashfiyot bo‘ldi. Odam suyaklari atrofiga arxar va Buxoro bug‘usi shoxlarini qo‘yilishi dastlabki diniy tasavvurlarni vujudga keltirilishi ko‘rsatadi.Obiraxmat makoni va Paltov (tangri tog chotkol tizmasidagi) makonidan 10 metr kalinlikdagi 21 ta madaniy katlam urganilgan. Makon yoysimon bo‘lgan. Og‘zi janubga karagan, ichi keng bo‘lgan. U yerdan ohak toshli chakmok toshdan yasalgan mehnat qurollar, parranchalar, kirginlar, kurakchalar, keskichlar topilgan.Obiraxmat esa hayvon suyagidan ishlangan bigizlar shuningdek bugu, tog echkisi, tungiz, arxar suyaklari, gulxan, kul, kumir koldiklari topilib, u yerda odamlar 120-40000 yil ilgari yashaganlar va tog mevalarini terib, yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar.Qo‘tirbuloq (Samarqand viloyati Kattakurg‘onida) 5 ta madaniy qatlam topilgan. Bu yerdan ikki tomoniga ishlov beruvchi bargsimon qurollar, fil, bug‘u, yovvoyi ot, quyon suyaklari topilgan.Yuqori yoki so‘ngi paleolit-davri miloddan avvalgi 40-35000 yil avval boshlangan va 12-10000 yilliklargacha davom etgan. Bu davrda hozirgi zamon odami kramanchonlar shakllangan. Bular toshni yunish usullarini (retush kilish, sinbirib olish, utkirlashni) bilganlar. Bularni mehnat qurollari prizmali, konussimon shaklda bo‘lgan. Bular tosh bilan birga suyak va yog‘ochdan xam foydalanganlar. Bu davr odamlarining buyuk yutug‘i nayza paykonlarini, irg‘itiladigan nayzalarni, nayza otqichlarni ixtiro qilganlar. Ishlatilishiga qarab guruhlarga bo‘lganlar (ov qilish, gushtni nimtalash, teriga ishlov berish, baliq tutish uchun sanchki (charpun), arralovchi qurollar, suyak ignalar, bigizlar). Shuning uchun bu davr odamlarini Xamo sanienslar ya’ni aqlli, idrokli va ongli odamlar deganlar.Tasviriy va amaliy san’atning ibtidosi yuqori paleolitdan boshlangan. Suyakdan ayollar haykalchalari yasalgan, takinchokldar yasalib ustiga turli xil tasvirlar o‘yib tushurilgan. O‘rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ortiq yodgorliklar topilgan. Ya’ni Samarqand makoni, Toshkent viloyatida Oqtosh, Ko‘lbuloq makonlari o‘rganilib amaliy san’ati shakllanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, chaqmoqtoshga ishlov beradigan ustaxonalar bo‘lgan. Ishqalash yo‘li bilan olov hosil qilganlar.O‘rta tosh (mezolit) davri 12-6000 yilliklarni uz ichiga oladi. Bu davrda insoniyat tomonidan kup kashfiyotlar kilindi. O‘q-yoy kashf etildi. Ibtidoiy san’at payda bo‘ldi, ya’ni ungurlar devoriga o‘yib rangli bo‘yoqlar bilan tasvirlangan san’at paydo bo‘ldi. Bu tun tasviriy san’at namunasi Surxondayorning Zarautsoy darasidan topildi. Bunda yovvoyi bukani itlar yordamida ovlash masalasi kizil bo‘yoqlar bilan berilganligi urganildi. Bundan tashqari Ilsisoy, Sarmishsoy va saymalittoshdan xam koyatosh tasvirlar topilgan.Neolit davrida yangi usullar-silliklash, parmalash, arralash usullari ixtiro etdilar. Boltalar yasalgan toshdan nulolchilikda ayollar dastlabki yumaloq idishlar yasaganlar, keyin bu ishni erkaklar bajarganlar. Jundan ip yigirib matolar tuqiganlar, yopinchiklar o‘rniga kiyim-kechaklar to‘qiganlar. Dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan. Mil avvalgi 5-3ming yilliklarda Xorazm va Buxoro vohasi hududlarida Kaltaminor madaniyati vujudga kelgan. U yerdan topilgan idishlarni tagi yumalok, sirti chizma naqshli bo‘lgan.Eneolit-mis-tosh davrida miloddan avvalgi 4-3000 yillikdan boshlanadi. Bu davrda Panjikentdan 15 km uzoqda sarazm yodgorligidan sirtiga rangdor naqshlar berilgan sopol bo‘laklar, mis ko‘zgular, oltin va kumushdar qilingan taqinchoqlar, jez, lojuard, aqiqdan yasalgan munjoqlar topilgan.Jez davrida (mil avv 3 ming yillikdan-1 ming yillik boshlarigacha) Xorazmda tozabogyon madaniyati rivojlanib ular idishlarini tuvaksimon kilib sirtiga geometrik chiziklar bilan naksh berganlar. Xorazmda Amirobod madaniyati mil avv IX-XIII asrlarga oid topilgan. Zarafshon vodiysidan Zamonbobo manzilgoxidan bronza ko‘zgular, upadon surmadonlar, pardoz buyumlar, munchoqlar, marjonlar topilgan. Matriarxat davridan patriarxat davriga o‘tish boshlangan.


Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish