O’zbekiston vatanim mening


Mashhur bobomizning kitobi



Download 21.35 Kb.
bet2/2
Sana20.02.2021
Hajmi21.35 Kb.
1   2
Mashhur bobomizning kitobi

 

Aziz vatandosh, siz dunyoda bir-biridan qiziqarli va foydali kitoblar ko'p ekanini yaxshi bilasiz. Ma'rifatli har bir odam ularning eng zarurlarini tanlab o'qishga va shu orqali aqliy-ma'naviy jihatdan kuchli bo'lishga intiladi. Kitoblar orasida butun insoniyat uchun birdek qadrli bo'lgan, asrlar, ming yillar o'tsa ham asl qimmatini yo'qotmaydigan buyuk kitoblar ko'p. Ular butun jahon xalqlarining bebaho boyligi hisoblanadi. Siz bilan bizga shunisi faxr-iftixor bag'ishlaydiki, bashariyat tomonidan yaratilgan kitoblarning eng ulug'i buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy (ul zotni Ismoil o'g'li Muhammad Buxoriy deb ham ataymiz) nomi bilan bog'liq ekani musulmon dunyosida tan olingan haqiqatdir.



Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat - yengimas kuch» kitobida quyidagi so'zlarni alohida ta'kidlab yozgani albatta bejiz emas: «Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo'lmish eng ishonchli hadislar to'plami - «A1-jome'-as-sahih»' kitobi islom dinida Qur'oni karimdan keyin ikkinchi muqaddas manba bo'lib, ahli islom e'tiqodiga ko'ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'i hisoblanadi. Mana, o'n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo'liga chorlab kelmoqda».

Qadimda Xitoydan boshlanib, Sharq-u G'arbni bog'lagan Buyuk ipak yo'li Vatanimiz hududidan o'tgan. Bu yo'l Xitoyda tayyorlangan ipak matolarini olis Yevropa mamlakatlariga olib borishga xizmat qilgani uchun unga «ipak» so'zi qo'shib ishlatilgan.   Qit'alar  osha o'tib,qancha-qancha el-u elatlarni birlashtirgani uchun esa unga «buyuk» so'zi qo'shib aytilgan.

Bu yo'ldan turli xalqlar, dinlar va madaniyatlar vakillari tinimsiz Sharqdan G'arbga, G'arbdan Sharqqa qatnab turgan. Yo'l ustidagi hududlar, jumladan, yurtimiz odamlari ham ana shu savdo karvonlari orqali boshqa xalqlar bilan aloqa qilgan, dunyodan xabardor bo'lib turgan. Ba'zan turli xalq, millat, din va madaniyat vakillariga bizning zaminimiz ma'qul kelib yoki boshqa sabablar bilan shu yerlarda yashab qolganlar. Shuning uchun turmush tarzimizda faqat milliy emas, balki umumbashariy qadriyatlarga xos xususiyatlar ham ko'p.

 Sharq deganda, dunyoning mashriq tomonida, ya'ni quyosh chiqadigan tarafida joylashgan mintaqa va mamlakatlar hamda u yerlardagi odamlarni tushunamiz. G'arb deganda esa dunyoning mag'rib tomonida, yani quyosh botish tarafida joylashgan mintaqa va mamlakatlar hamda u yerlardagi xalqlarni tushunamiz.

Milliy qadriyatlar deb, faqat ma'lum bir hudud, xalq va millatga xos an'ana, urf-odat va tarixan shakllanib kelgan boshqa hayotiy zarur ko'nikmalarga aytiladi.

Umumbashariy qadriyatlar deb, butun insoniyat uchun umumiy ahamiyatga ega bo'lgan, turli xalqlar o'rtasidagi aloqalar tufayli tarixan shakllanib boradigan hayotiy zarur ko'nik­malarga aytiladi.

Bizning milliy davlatchiligimiz qariyb uch ming yillik tarixga ega. Yurtimiz hududida tarixda So'g'd, Baqtriya, Kushon, Xorazm, Qang', Turon, Movarounnahr, Turkiston deb atalgan davlatlar bo'lgan. Ular­ning rivojlanish tarixi davomida erishilgan madaniy yutuqlar ham biz uchun katta ma'naviy boylik hisoblanadi.

Milliy ma'naviyatimiz sobiq mustabid tuzum davrida ayovsiz toptalgan edi. U O'zbekiston mustaqilligining asoschisi," Prezident Islom Karimov rahbarligida qaytadan tiklandi. Xalqimiz, ayniqsa  yosh avlod vakillari nafaqat moddiy jihatdan, balki ma'naviy jihatdan ham hech kimdan kam bo'lmay voyaga yetishi, ozod va erkin yashashi, iste'dod hamda qobiliyatini ro'yobga chiqarib, buyuk Vatanimiz uchun sidqidildan xizmat qilishi uchun yurtimizda juda ko'p ishlar qilinmoqda. Ilgari taqiqlangan bayram va an'analar, qadri­yatlar, ulug' ajdodlarimizning nomlari qayta tiklanishi, ularning tavallud to'ylari o'tkazilishi, qadimiy obidalanmizning tubdan ta’mirlanishi, yangi maktablar, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari ochilishi, o'zbek tilining nufuzi oshayotgani milliy ma'naviyatni yuksaltirish borasidagi ishlarga misol bo'la oladi.

Vatanimizning noyob imkoniyatlari, moddiy va ma'naviy boyliklari, mehnatkash va bag'rikeng xalqi har bir yurtdoshimiz qalbida «0'zbekiston - Vatanim manim» degan iftixor tuyg'usini uyg'otadi.



Xulosa qilib aytsak, O'zbekiston bizning yer yuzidagi yakka-yu yagona Vatanimiz. Yaxshi  kunlarimiz ham, yomon kunlarimiz ham mana shu muqaddas zamin bag'rida o'tadi. Ajdodlarimiz xoki, bobolarimiz xotirasi, momolarimiz allasi, bugungi kunimiz, ertamiz — butun hayot-mamotimiz mana shu Vatan ravnaqi bilan bog'liq. Shuning uchun bu yorug' dunyodagi eng buyuk boyligimiz mana shu yurt, mana shu Vatandir.
Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati