O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkiloti (iht) o‘rtasidagi hamkorlik



Download 22.38 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2021
Hajmi22.38 Kb.
  1   2

O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) o‘rtasidagi hamkorlik

1995-yil oktabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. 1996-yil 2-oktabrda O‘zbekiston Tashkilotining to‘la qonli a’zosi bo‘ldi.

O‘zbekiston 2003-yildan IHTning ixtisoslashtirilgan tuzilmasi – Islom taraqqiyot bankining a’zosi hisoblanadi. Respublika IHTning yangi Nizomini 2015-yilning 14-dekabrda imzoladi. 2016-yilning aprel oyida ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ratifikatsiya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya (2005-yil dekabr) Makka shahrida o‘tkazilgan IHTning navbatdan tashqari 3-sammitida ishtirok etdi. Ushbu forumni o‘tkazishni yuzaga kelayotgan global geosiyosiy vaziyat sharoitida islom mamlakatlarini hamjihatlikka chorlovchi tashkilotning yangi strategiyasini ishlab chiqish hamda IHTni zamonaviy xavf-hatar va tahdidlarga qarshi kurasha oladigan samarali institutga aylantirish zaruriyati taqazo etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston tomoni xalqaro tashkilotlar doirasida IHTga a’zo davlatlarning yagona pozitsiyasini ishlab chiqish taklifini kiritdi va bu taklif musulmon dunyosi davlatlarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, keyinchalik Tashkilotning 10 yillik dasturi matninig tegishli qismiga alohida kengaytirilgan band sifatida kiritildi.

Ushbu hujjat bilan bir qatorda forum yakunlariga ko‘ra Makka deklaratsiyasi va yakuniy Kommyunikelar qabul qilinib, ularda islom davlatlarining birdamlikni mustahkamlashga, yangi xavf-hatar va tahdidlarga qarshi umumiy pozitsiya ishlab chiqishga intilishlari, shuningdek bag‘rikeng va ma’rifiy Islom g‘oyalarini targ‘ib etish zarurati o‘z aksini topgan.

2014-yil 18-19-iyun kunlari Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 41-sessiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya 2016-yil Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyor ekanligini e’lon qildi.

2015-yil 27-28-may kunlari Al-Kuvaytda bo‘lib o‘tgan IHT TIVKning 42-sessiyasida mazkur organning navbatdagi sessiyasini 2016-yil O‘zbekistonda o‘kazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

IHT TIVKning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 23-28-iyul kunlari Jidda shahrida tashkilotga a’zo dalatlarning Yuqori mansabdor shaxslari hamda Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasi majlislarida ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi raislik qilgan mazkur tadbirlar chog‘ida Toshkentdagi TIVK sessiyasida tasdiqlash uchun kiritiladigan IHTning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha rezolyutsiya loyihalari ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

2016-yil 18-19-oktabr kunlari «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» shiori ostida Toshkent shahrida IHT TIVKning 43- sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Shu vaqtdan boshlab O‘zbekiston IHT TIVKga raislik vazifasini rasman qabul qildi.

Toshkentda o‘tgan sessiyada IHTning 52 a’zo-davlat delegatsiyasi (26 – vazir darajasida), 4 ta kuzatuvchi mamlakati, 22 ta maxsus organlari, bo‘linmalari va qo‘shimcha tashkilotlari, 4 ta xalqaro va mintaqaviy tashkiloti vakillari, xorijiy mamlakatlarning IHTdagi maxsus elchilarining 5 nafari hamda taklif qilingan mehmonlar ishtirok etishdi.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan sessiya kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan 118 ta rezolyutsiya qabul qilindi.

Shu bilan birga, IHT TIVK 43- sessiyasining muhim xujjati sanaluvchi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinib, unda IHT kun tartibidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamda O‘zbekistonning ushbu tizimda 2016-2017 yillar davomida raislik qilishining ustivor yonalishlari asosiy masalalar ijobiy suratda o‘z aksini topgan.

O'zbekistonning raisligi davrida IHTning 23 ta tadbirini o'tkazildi, bu esa kun tartibini va Tashkilot faoliyatini sezilarli darajada boyitdi.

2018 yilning 10-11 iyul kunlari Abidjan shahrida bo‘lib o‘tgan IHT TIVK 44-sessiyasi davomida O'zbekiston raislikni rasman Kot-d'Ivuarga topshirdi. Yig'ilishda so'zga chiqqanlarning barchasi O'zbekistonning raisligiga yuksak baho berib, islomiy hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasini ta'kidlab o‘tishdi.

IHTning vakillari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament (2009- va 2014-yillari) hamda prezident saylovlarida (2007, 2015 va 2016-yillar) xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdilar. 2007- va 2015-yillari IHT Bosh kotiblari Ekmeleddin Ihsanog‘lu hamda Iyad bin Amin Madanilarning O‘zbekistonga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tdi.

2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi.

Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) ga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining 9-anjumani qaroriga ko‘ra, 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti sifatida Buxoro (O‘zbekiston), Qohira (misr) va Bamako (Mali) shaharlari tasdiqlangan




Download 22.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat