«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti



Download 2 Mb.
bet3/7
Sana26.01.2017
Hajmi2 Mb.
#1137
1   2   3   4   5   6   7

Wred – keltirilgan kesimning siqilgan zona o’qiga nisbatan qarshilik momenti.

(3.46) shartga σbl va σbt1 larni o’rnatib, yoriqbardoshlilik sharti bo’yicha armaturadagi talab qilinuvchi minimal oldindan zo’riqishni aniqlash mumkin.


(3.49)
Elementning tayyorlanishada armaturadagi oldindan zo’riqish turli sabablarga ko’ra kamayib boradi. Kuchlanishning yo’qolishlari tegishli zahira bilan yaratiladigan taranglab tortishda e’tiborga olinishi kerak.

Armaturani tirgaklarga (turli konstruksiyali stendlarga) tortishda oldindan zo’riqishdagi quyida keltirilgan yo’qolish turlarini e’tiborga olmoq lozim:

rf1 – betonda tezlik bilan sodir bo’ladigan salqilikdan;

pf2 betonning salqiligidan;

rf3 – po’latdagi kuchlanishlar relaksatsiyasidan;

pf4ankerlar deformatsiyasidan;

pf5 – harorat ko’tarilib-tushishidan (tortilgan armatura va stend haroratlarining farqidan);

pf6 – betonning tez ortib boruvchi salqiligidan.

Uqtirib o’tilgan yo’qotishlarning qiymatlari QMQ 2.05.03-98 bo’yicha aniqlanadi. Тaranglab tortish jarayonidagi armaturaning mustahkamligini tekshirishni stendda yaratilayotgan nazorat qilinuvchi deb nomlanadigan aps kuchlanishlar aniqlanganidan so’ng bajariladi:
, (3.50)
bu yerda Rr – armaturaning hisobiy qarshiligi;

tr =1,1 – keltirilgan kesimning siqilgan qirraga nisbatan qarshilik momenti.

Yo’qolishlarning yig’indisi sezilarli bo’lib, odatda, Rp ning 15...30% ni tashkil etadi. Asta-sekin kechuvchi kirishish hamda salqilikdan vujudga keluvchi yo’qolishlar foydalanishning 2...3 yili ichida amalda so’nadi.

Armaturani betonga tortishda yo’qolishlar istisno qilinadi. Bu yerda armaturaning kanallar devorlariga ishqalanishidan (σpf7), hamda bloklardan qilingan konstruksiyalar uchun choklarnining siqilish deformatsiyasidan (σpf8) yo’qolishlarni qo’shimcha tarzda e’tiborga olish zarur.

Sterjen armaturali to’sinlardagi minimal oldindan zo’riqish, unda cho’zuvchi kuchlanishlar 1,4Rbt,ser ga teng deb qabul qilinadi va (3.49) formula bo’yicha aniqlanadi. Тalablarning 2b toifasi bo’yicha loyihalanadigan bunday konstruksiyalarda normal va qiya yoriqlarning ochilish kengligi


(3.51)
bu yerda Δσr – zo’riqtirilgan armaturadagi betonning siqilishi so’ndirilganidan so’ng vaqtincha yuklarning bir qismidan paydo bo’luvchi kuchlanishlarning orttirmasi;

Еr – armaturaning elastiklik moduli;

ψ – oldindan zo’riqtirilmagan to’sinlarnikiga o’xshash yoriqlarning ochilish koeffitsiyenti;

Δsg – yoriqlarning, 0,015 sm ga teng bo’lgan chegaraviy ochilishi.

Betondagi oldindan siquvchi zo’riqishning vaqtincha yuk ostida nolgacha tushib ketishidan so’ng paydo bo’ladigan Δσp cho’zuvchi kuchlanishning orttirmasini quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin:



(3.52)

bu yerda σb1 – beton cho’zilgan zonasining og’irlik markazi sathida betondagi cho’zuvchi kuchlanish;



μr – bo’ylama armatura yuzasini beton cho’zilgan zonasining yuzasiga nisbati kabi aniqlanadigan armaturalash koeffitsiyenti.

Sterjenli armatura tomonidan siqilayotgan betondagi ko’ndalang yoriqlarning “qisilib berkilishini” ta’minlaydigan minimal siquvchi kuchlanishlar quyidagiga teng:



(3.53)
bu yerda σb1 – betondagi oldindan zo’riqish, (3.47) formula bo’yicha aniqlanadi;

σbt,g – betondagi xususiy og’irlikdan sodir bo’lgan kuchlanish;

σbc,min uchun chegaraviy kattaliklar yuqorida keltirilgandir.

Тo’sinlarda normal siquvchi σbx kuchlanishning yo’nalishi bilan mos tushadigan bo’ylama yoriqlarning vujudga kelishi ruhsat etilmaydi. Foydalanish bosqichida betonning siqilayotgan zonasida quyidagi tekshiruv bajarilishi kerak:



(3.54)
bu yerda Rbmc,2 – foydalanish bosqichida bo’ylama yoriqlarning oldini olish uchun bajariladigan hisoblarda betonning o’q bo’ylab siqilishidagi hisobiy qarshiligi.

Zo’riqtirilgan to’sinlar qovurg’alarining yoriqbardoshliligini belgilaydigan bosh cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlar quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi:


(3.55)
bu yerda σbx – tashqi kuchlardan va oldindan zo’riqish kuchlaridan bo’ylama o’q bo’ylab betonda vujudga keluvchi normal kuchlanish;

σby – zo’riqtirilgan xomutlar, qiya armatura, mahalliy yuklar va tayanch reaksiyasidan element bo’ylama o’qiga normal yo’nalishda betonda vujudga keluvchi siquvchi kuchlanish;

τb – qovurg’a betonidagi urinma kuchlanish.

(3.55) formulaga cho’zuvchi kuchlanishlar «plyus» ishorasi bilan, siquvchilari esa – «minus» ishorasi bilan qo’yiladi. Cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning chegaraviy maxσmt qiymatlari QMQ 2.05.03-98 bo’yicha siquvchi bosh kuchlanishni betonning siqilishdagi hisobiy qarshiligiga nisbatiga σms/Rb,ms2 bog’liq holda qabul qilinadi. Shu o’rinda σtsRb,mc2 shart bajarilishi kerak. Тo’sinlar qovurg’asi betonidagi urinma kuchlanishlar ham quyidagi chegaraviy qiymatlaridan oshmasligi kerak:


(3.56)
bu yerda τq – tashqi yuk hamda oldindan zo’riqtirishdan vujudga keladigan ko’ndalang kuchdan sodir bo’ladigan urinma kuchlanish;

τt – xuddi shunga o’xshash, faqat buralishdan;

tb6 – betonning ko’ndalang siqilishi ta’sirini e’tiborga oladigan koeffitsiyent;

Rb,shbetonning egilib yorilishdagi hisobiy qarishiligi.

Zo’riqtirilgan to’sinlar qovurg’alari yoriqlarining ochilishiga hisobi quyidagi formula bo’yicha bajariladi:



(3.57)
bu yerda σs – qovurg’alarning ko’ndalang va bo’ylama armaturalaridagi cho’zuvchi kuchlanish;

Еs – armaturaning elastiklik moduli;

ψ – yoriqlar ochilishining, oldindan zo’riqtirilmagan to’sinlarining qovurg’alari uchun kabi aniqlanadigan koeffitsiyenti;

Δcr yoriqlarning, 0,015 sm ga teng bo’lgan chegaraviy ochilishi.

Qovurg’alarning armaturalaridagi σs kuchlanishlar oldindan zo’riqtirilmagan to’sinlarining qovurg’alarniki kabi aniqlanadi.

Тo’sinlarning tayyorlash bosqichidagi (zo’riqtiriluvchi armaturani siqishdagi), shuningdek tashish hamda montaj qilishdagi yoriqbardoshligi betonda paydo bo’ladigan cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlarni cheklash bilan ta’minlanadi. Armaturalari tirgaklarga tortib taranglangan oddiy to’sin misolida tegishli hisobiy tekshiruvlarni ko’rib o’tamiz. Betonda oldindan zo’riqishni yaratish mobaynida pastki fibra siqiladi, tepadagisi esa odatda cho’ziladi (3.18-rasm). Betondagi kuchlanishlar, elastik bosqichda ishlayotgan yoriqsiz keltirilgan kesimniki kabi aniqlanmog’i lozim. Betonning siqilishini yaratish paytida armaturadagi, nazorat qilinayotganiga teng bo’lgan oldindan zo’riqtirish tez kechuvchi yo’qolishlar kattaligiga kamayadi
(3.58)
Betondagi kuchlanishlarning tekshiruvi xususiy og’irlikdan eguvchi momentni e’tiborga olib, nomarkaziy siqilgan kesimdagi kabi o’tkaziladi. Pastki fibra uchun bo’ylama yoriqlar shakllanishiga qarshi tekshiruv qilinadi
(3.59)

3.18-rasm. Тo’sinni tayyorlash bosqichida yoriqbardoshlilikka hisoblash uchun sxema: 1 – oldindan zo’riqtirishdan sodir bo’lgan kuchlanishlar epyurasi; 2 – xususiy og’irlikdan sodir bo’lgan kuchlanishlar epyurasi
Тepadagi fibra ko’ndalang yoriqlarning shakllanishiga qarshi tekshiriladi

(3.60)
(3.59) va (3.60) formulalarda Rb,mcl – betonning bo’ylama mikroyoriqlar shakllanishiga qarshi o’q bo’ylab siqilishdagi hisobiy qarshiligi; Rbt,seryoriqlarning shakllanishi bo’yicha hisob-kitobdagi o’q bo’ylab cho’zilishdagi hisobiy qarshilik; qolgan kattaliklar yuqorida tushuntirilgan.

Хuddi shunga o’xshash tekshiruvlarni tashish va montaj qilish hollari uchun ham bajariladi. Foydalanishdagidan farqli o’laroq, tegishli hisobiy sxemada xususiy og’irlikdan sodir bo’lgan kuchlanishlar oldindan zo’riqishlar bilan jamlanishi mumkin. Hisob-kitobga, tashish va montaj qilish paytiga namoyon bo’lishga ulgurgan yo’qolishlarni e’tiborga olib, armaturadagi oldindan zo’riqishni kiritish zarur. Oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalardagi xarakatlanayotgan vaqtincha me’yoriy yukdan vertikal salqiliklar keltirilgan kesimni butunlayicha e’tiborga olib, qurilish mexanikasi uslublarida hisoblanadi. Хarakatlanuvchi yuk ta’siridagi salqiliklar xuddi zo’riqtirilmagan armaturali to’sinlardagi kabi cheklangandir.



Bob IV. Тemir yo’l ko’priklarining statik va konstruktiv tizimlari
4.1. Arkasimon oraliq qurilmalar
Bunday oraliq qurilmalarning asosiy yuk ko’taruvchi qismi butun devorli arkalar yoki arkali fermalardir. Arkalarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, tik yuk ta’sir qilganda, ularning tayanchlarida tik va gorizontal (tayanch) reaksiyalar hosil bo’lib, natijada eguvchi momentlar arkalarda shunga o’xshash to’sinlardagiga nisbatan kichik bo’ladi. Statik xossalariga qarab, arkalar harakat ostidan, o’rtasidan, ustidan va ikki sathda sharnirsiz (4.1,a-rasm), ikki sharnirli (4.1,b-rasm) va uch sharnirli (4.1,v-rasm) bo’ladi.

4.1-rasm. Arkalarning statik tizimlari

Sharnirsiz arkalarda po’lat kam ketadi, ammo harorat o’zgarganda va tayanch qismi siljiganda ularning kesimlarida qo’shimcha kuchlanishlar hosil bo’ladi, shuning uchun sharnirsiz arkalar mustahkam va ishonchli asos hamda poydevorlar qurishni talab qiladi.

Ikki sharnirli arkalar ular tayanch sharnirlarining siljishini kam sezadi, shuning uchun ular amaliyotda eng ko’p qo’llaniladi.

Uch sharnirli arkalar statik aniq bo’lib, kuchsiz gruntlarda qo’llanishi mumkin. Yuqorida keltirilganlardan tashqari bir oraliqlilarga nisbatan kam po’lat sarflanadigan ko’p oraliqli arkali uzluksiz (4.1,g-rasm) va arka-konsolli (4.1,d-rasm) oraliq qurilmalar qo’llaniladi.

Arkasimon uzluksiz oraliq qurilmalar bundan tashqari transport vositalarini tekis tez harakatini ta’minlaydi, ammo tayanch qismlarining holatini to’g’rilab turishni talab etadi. Arka-konsolli oraliq qurilmalar osma oraliqlarning konsollari bilan murakkab tutashishga va, natijada, egilish chizig’ining sinishi oqibatida transport vositalarining yuqori dinamik ta’siriga ega bo’ladi.

Arkasimon oraliq qurilmalarning to’sini – uzluklilarga nisbatan asosiy afzalliklari quyidagilar: katta oraliqlarda po’lat sarfi kichikligida; tik bikirligi kattaligida; arxitektura sifatining eng yaxshiligida. Ularning kamchiliklari: egri chiziqli arkali konstruksiyalarni xili va o’lchamini birxillashtirish murakkabligida; tayanch terimi hajmining oshishida; tik bosimdan tashqari arkalarning gorizontal (raspor) bosimini qabul qiladigan murakkab va qimmat turadigan poydevorlarni qurish zaruratida. Arkasimon oraliq qurilmalar, odatda, shaharlar, katta suv oqimlari, hamda tog’ jarliklari ustida ko’prik qurishda qo’llaniladi. Po’lat arkasimon oraliq qurilmalar ko’prik (harakat) to’shamasi, harakat qismining to’sini (tirgak), poya (harakat ustidan) yoki ilgak (harakat ostidan), butun arka yoki arkasimon fermalar, bo’ylama va ko’ndalang bog’lamlardan tashkil topgan (4.2,a-rasm).



4.2-rasm. Arkasimon oraliq qurilmalar sxemasi va arkalar kesimining shakli:

1ko’prik to’shamasi; 2to’sinning harakat qismi; 3ustki bo’ylama bog’lamalar; 4arka usti tirgaklari; 5arka; 6tayanch qismi; 7arka tekisligida bo’ylama bog’lamalar; 8ko’ndalang bog’lamalar


Ko’prik to’shamasi va harakat qismi to’sinli oraliq qurilmasiga o’xshash konstruksiyaga ega. Arka usti tirgaklari qo’shtavrli, qutisimon yoki aylana kesimli qilib yasaladi. Тirgaklar ko’ndalang to’sinlar bilan birgalikda arkalarga sharnirli yoki bikir biriktirilgan ramalar hosil qiladi.

Ilgaklar odatda H ko’rinishdagi kesimga ega. Harakat qism va arka tekisliklarida xochli, yarimhovonli yoki boshqa tizimli bo’ylama bog’lamalar quriladi. Ko’ndalang bog’lamalar arka usti tirgaklari yoki ilgaklar tekisligida joylashadi.



Butun devorli arkalar konstruksiyasi. Butun devorli arkalar o’qi parabolik, aylana va boshqa konturga ega. Parabolik konturda arka kesimlaridagi normal bosim kichik ekssentrsitetga ega bo’ladi, natijada eguvchi moment kamayadi, arka kesimi yuzasi kichrayadi, po’lat sarfi kamayadi. Aylana konturli arkalar oddiyroq konstruksiyaga ega, tayyorlash va montaj qilishda kam mehnat talab qiladi, ammo po’lat sarfi katta bo’ladi.

Arkalarning ko’tarish mili (strelasi) hovonga anchagina ta’sir qiladi: ko’tarish mili qancha kam bo’lsa, arkalar hovoni shuncha katta va, o’z navbatida, tayanch terimi hajmi ko’p bo’ladi.

Ko’tarish milining arka oralig’iga nisbati arka qiyaligi deb ataladi. Arka qiyaligining eng maqbul qiymati taxminan 1:5...1:6 ni tashkil etadi, qiyaligi 1:8...1:10 dan kichik bo’lgan arkalarni qo’llash tavsiya etilmaydi, ayrim hollardagina arkalarning qiyaligi 1:15...1:18 ga yetadi.

Arkalar qo’shtavrli, P–ko’rinishli, korobkali va aylana ko’rinishdagi kesimga ega (4.2,b-rasm), iloji boricha bir xil qalin listlardan va faqat ayrim hollardagina payvandli paketlardan tashkil topadi. Oralig’i uncha katta bo’lmagan arkalar uchun qo’shtavrli kesimlar, katta oraliqli arkalar uchun bo’ylama diafragmali qutisimon kesimlar qo’llaniladi. Qutisimon kesimlarning o’zgarmasligini saqlash uchun, arkalarni ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash uchun teshikli (pazli) ko’ndalang diafragmalar qo’yiladi.

Butun arkalarning balandligi taxminan oraliqning 1/40 qismida belgilanadi. Kesimning balandligini momentlar epyurasiga mos ravishda o’zgarmas yoki o’zgaruvchan qilib qabul qilinadi. O’zgaruvchan balandlikli arkalarda po’lat sarfi kam bo’ladi, ammo tayyorlanishi sermehnatli.

Chetki arkalar orasidagi masofa ko’ndalang bikirlik shartiga muvofiq oraliqning 1/20 qismidan kichik bo’lmasligi kerak.



Arkasimon fermalarning konstruksiyasi. Eng ko’p tarqalgan ikki sharnirli arkasimon fermalar o’roqsimon (yarim oy) konturli belbog’ga ega bo’ladi. Ularning balandligi oraliq o’rtasida eng katta bo’lib, tayanchga yaqinlashgan sari kichraya boradi (4.3,a-rasm). Belbog’larning bunday konturi eguvchi moment epyurasiga mos keladi va po’latning eng kam massasini ta’minlaydi, ammo belbog’ va panjaralarining uzunligi har xilligi uchun bu fermalar sermehnatligi va tayyorlash bahosi kattaligi bilan ajralib turadi.

Parallel belbog’li arkasimon fermalarda (4.3,b-rasm) bir xil tipli elementlarning soni ko’p bo’lgani uchun ularning tayyorlash bahosi va mehnat talabligi past. O’rta qismida parallel belbog’li va chetida balandligi kamayadigan fermalar (4.3,v-rasm) ko’rsatgichlari bo’yicha o’roqsimon fermalar orasida turadi.



4.3-rasm. Arkasimon ko’priklar sxemasi
Balandligi o’rtasidan tayanchiga kattalashadigan ravoqli (peshtoqli) arkasimon fermalar (4.3,g-rasm) eguvchi moment epyurasiga mos kelmaydi, po’lat massasi katta va tayyorlashda mehnat talab, ammo tayanchdan o’rtasiga qarab osma yig’ish uchun juda qulay.

Arkasimon fermalarning ko’tarish mili oraliqning 1/4...1/10 qismini, balandligi esa 1/14–1/16 qismini tashkil qiladi. Ularning elementlari to’sinli fermalardagi kabi qutisimon va N ko’rinishli kesimga ega bo’ladi.


4.2. Ramali oraliq qurilmalar
Ramali oraliq qurilmalarning asosiy yuk ko’taruvchi qismlari bitta tizimga biriktirilgan to’sin (rigellar) va tirgaklardir (4.4-rasm). Ramalar poydevorga odatda sharnirli tayanch qismlar yordamida tayanadi. Ramalarning bevosita poydevorga tayanishi tayanch terimini qisqartiradi, bu esa qurilish muddatini va mehnat talabligini kamaytiradi. Ramali oraliq qurilmalar har xil konstruksiyaga ega. Ular bir oraliqli (4.4,a-rasm) va ko’p oraliqli, konsolli va uzluksiz (4.4,b-rasm), qiya tirgakli yoki rama-nishabli tizimli bo’ladi.

Balandligi va uzunligi uncha katta bo’lmagan ramalar qo’shtavr kesimli rigel va tirgaklarga, uzunligi katta bo’lgan ramalar esa qutisimon kesimga (4.4,v-rasm) yoki fermalarga (4.4,g-rasm) ega. Po’lat ramali oraliq qurilmalar tog’ jarliklari va daryo vodiylari ustidan o’tadigan yo’l o’tkazgichlar, estakada va viaduklarda qo’llaniladi.



4.4-rasm. Ramalar sxemasi: 1tirgaklar; 2bosh to’sin; 3ulanma
4.3. Qo’shma oraliq qurilmalar
Asosiy yuk ko’taruvchi qismi bir necha birlashgan oddiy tizimlardan tashkil topgan, yuklarni birgalikda qabul qiladigan (masalan, arkalar tortqich bilan, to’sinlar arka bilan, to’sinlar ferma bilan va b.) oraliq qurilmalarga qo’shma (oraliq qurilma ikki xil sistemali) oraliq qurilmalar deb ataladi. Bu oraliq qurilmalar bir va ko’p oraliqli, uzluksiz va konsolli bo’ladi. Ular statik noaniq, murakkab, individual konstruksiyalarga ega bo’ladi.

Тortqichli arka (4.5,a-rasm) bikir butun arka yoki beshta arkani birlashtiradigan va ularning bosimini qabul qiladigan egiluvchan tortqichli sterjenli arkasimon fermalardan tashkil topadi va shu tufayli, arkalar hovonsiz bo’lib, ayniqsa bo’sh gruntlarda terim hajmi va tayanch bahosi kamayadi. Arkalar bo’ylama va ko’ndalang bog’lamalar bilan turg’un fazoviy konstruksiyaga biriktirilgan. Harakat qismi arka osmalariga biriktirilgan.

Egiluvchan arkali to’sinlar to’sinning usti (4.5,b-rasm) yoki ostida (4.5,v-rasm) joylashgan bikir butun devorli to’sin yoki fermalar yoki egiluvchan arkalardan tashkil topgan. Harakatlanish qismi birinchi holda to’sinlar orasida, ikkinchi holda esa to’sin ustida joylashgan. Harakat pastdan bo’lganda arkalar bosimini bikirlik to’sinlari qabul qiladi va u tayanch terimi hajmini kamaytiradi, harakat yuqoridan bo’lganda esa bosim ko’prik tayanchlariga uzatiladi.


4.5-rasm. Qo’shma tizimli oraliq qurilmalar sxemasi:

1arkasimon fermalar; 2eguluvchan tortqich; 3harakatlanadigan qismi;

4ilgak; 5egiluvchan arka; 6to’sin; 7tirgak; 8hovon;

9poligonal ustki belbog’li ferma; 10parallel belbog’li ferma


Bikirlik to’sinlari odatda balandligi oraliqning 1/40...1/60 qismiga teng qo’shtavr yoki qutisimon kesimga, egiluvchan arkalar esa N shaklli, qutisimon yoki aylana shaklli kesimga ega. Yuklar bu tizimda to’sin bilan arka orasida ularning bikirligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Hovonli to’sinlar (4.6,g-rasm) bikir to’sin yoki fermalar, hamda to’sin yoki fermani ushlab turuvchi bir necha juft hovonlardan tashkil topgan. Тo’sin asosan egilishga, hovonlar esa siqilishga ishlaydi. Hovonlar reaksiyasi ko’prik tayanchiga uzatiladi. Bu tizim ostidan egiluvchan arka bilan kuchaytirilgan to’sindagi kabi ko’rsatkichlarga ega.

Fermali to’sinlar yoki bikir ostki belbog’li fermalar poligonal ustki belbog’ (4.6,d-rasm) yoki parallel belbog’larga ega. Bikir to’sinlar ko’ndalang to’sinlar, oddiy uchburchakli panjara, fermalarning optimal paneli va harakatlanish qismi to’sinlarini tugundan tashqari mahkamlash imkonini beradi.

Тemir yo’l ko’priklari uchun eng istiqbolli qo’shma tizimlar bikir ostki belbog’li fermalardir. K.G.Protasov tomonidan taklif etilgan bunday butun payvandli oraliq qurilma namunasi 4.6-rasmda keltirilgan. Oraliq qurilma ko’p miqdorda bir xil elementlarga ega, bu ularni tayyorlashni osonlashtiradi. Ostki bikir belbog’ balandligi 2 m bo’lgan qo’shtavr kesimli bloklardan tashkil topib, ularni tashish va yig’ish osonlashadi.

4.6-rasm. Ostki bikir belbog’li fermali oraliq qurilma sxemasi:

1ustki bo’ylama bog’lamalar; 2ravoq (P-shaklidagi ko’zg’aluvchan rama) ramasi; 3bosh ferma; 4ko’ndalang bog’lamalar; 5ustki bo’ylama bog’lamalar;

6harakatlanadigan qismining to’sini

4.4. Ko’p oraliqli qo’shma tizimlar
Ko’p oraliqli qo’shma tizimlar uzluksiz yoki konsolli konstruksiyaga birlashtirilgan to’sinli yoki arkasimon fermalar (4.7,a,-rasm), harakatlanishi o’rtada (4.7,b-rasm) yoki ustida (4.7,v-rasm) bo’lgan eguluvchan arkali uzluksiz to’sinlar, hamda tayanch ustida yarim arka – podpruglar (4.7,g-rasm) yoki fermalar (4.7,d-rasm) bilan kuchaytirilgan uzluksiz to’sinlardan tashkil topgan. Bu tizimlar yuqori tik bikirlikka ega va elementlardagi kuchlarning qiymatini boshqarish va tarqatish imkonini berib, po’lat iqtisodini ta’minlaydi.

4.7-rasm. Ko’p oraliqli qo’shma tizimlar sxemalari: 1to’sinli ferma;

2arkasimon ferma; 3ilgak; 4butun devorli uzluksiz to’sin;

5egiluvchan arka; 6tirgak; 7egiluvchan yarimarka (podpruga);

8sterjenli ferma


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish