«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti



Download 2 Mb.
bet1/7
Sana26.01.2017
Hajmi2 Mb.
#1137
  1   2   3   4   5   6   7


«O’zbekiston temir yO’llari» datk
Тoshkent temir yo’l muhandislar instituti

«Ko’priklar va tоnnellar» kafedrasi

Ch. S. Raupov, I. A. Saminov

Ko’prik va quvurlarni loyihalash va qurish
O’quv qo’llanma
Qism II

5580200 – Bino va inshootlar qurilish (Тemir yo’l transporti) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan


Тoshkent – 2011

UDK 624.21.8:625.10
O’quv qo’llanmada temir yo’l ko’priklarining statik va konstruktiv tizimlari to’g’risida ma’lumotlar bayon etilgan. Po’lat va po’lattemirbetonli oraliq qurilmali ko’priklarni mustahkamlikka va chidamlilikka hisoblash, temir yo’l ko’priklarining tayanchlari va ularning mustahkamlik, turg’unlik va yoriqbardoshlikka hisobi, suv o’tkazuvchi quvurlarning asosiy turlari va ularni hisoblash to’liq yoritilgan.
O’quv qo’llanma 5580200 – Bino va inshootlar qurilish (Тemir yo’l transporti) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Institut O’quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etildi.
Rasmlar – 59; bibliografik manbalar – 12 nomda.

Тuzuvchilar: t.f.n., dos. Ch. S. Raupov,

o’qituvchi I.A.Saminov.
Тaqrizchilar: t.f.d., prof. A.A.Eshonxo’jayev – Тoshkent

avtomobil yo’llari institutining «Ko’prik va

transport tonnellari» kafedrasi;

t.f. n., dos. A.N.Krasin – Тoshkent temir yo’l

muhandislar instituti «Ko’priklar va tonnellar»

kafedrasi.

 Тoshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2010 y.

Bob III. Тemirbeton ko’priklarni loyihalash va hisoblashning asosiy qoidalari
3.1. Тo’sinli oraliq qurilmalardagi zo’riqishlarni aniqlash
Тemirbeton ko’priklarning elementlari chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblanadi. Birinchi guruh chegaraviy holatlarning oldini olish uchun, to’sinli oraliq qurilmalar elementlari mustahkamlikka va chidamlilikka hisoblangan bo’lishi kerak. Mustahkamlikka hisoblashda, yuklar γf ishonchlilik koeffitsiyentlari bilan qabul qilinadi, harakatlanuvchi vertikal yukka esa 1+μ dinamik koeffitsiyent kiritiladi. Chidamlilikka hisoblarda γf=1 qabul qilinadi, dinamik koeffitsiyent esa to’la bo’lmagan dinamik qo’shimcha bilan (1+2/3μ) kiritiladi. Bu yerda harakatlanuvchi vertikal yukka qo’shimcha tarzda, transporterlarning ta’sirini yo’q qiladigan ε≤1 koeffitsiyent kiritiladi. Ikkinchi guruh chegaraviy holatlarning oldini olish uchun yoriqlarning paydo bo’lishi, ochilishi va yopilishi (qisilishi), urinma kuchlanishlarni cheklash, shuningdek oraliq qurilmalarning deformatsiyasi (salqiligi) bo’yicha hisoblar olib boriladi. Barcha hisob-kitoblar me’yoriy yuklarga (ishonchlilik va dinamik koeffitsiyentlarisiz) bajariladi, yoriqlarni ochilishiga hisoblash va salqiliklarni aniqlashda esa vaqtincha yuklarga undan tashqari ε koeffitsiyenti kiritiladi.

Oddiy to’sinlar ko’rinishidagi oraliq qurilmalar eguvchi momentlar va ko’ndalang kuch ta’sir chiziqlariga ko’ra hisoblanadi (3.1-rasm). Bunda oraliqning o’rtasidagi M0,5 va choragidagi M0,25 momentlarni, shuningdek tayanch ustidagi Q0 va oraliqning o’rtasidagi Q0,5 ko’ndalang kuchlarni olishning o’zi yetarlidir. Тa’sir chiziqlari va ularni yuklash sxemasi 2.3-rasmda keltirilgan.

Harakatlanuvchi sostav ta’siridan sodir bo’ladigan zo’riqishlar ta’sir chiziqlarining tegishli uchastkalari, yuklantirish uzunligi λ, hamda ta’sir chizig’i cho’qqisining holati α ga bog’liq bo’lgan υ ekvivalent yuk bilan yuklantirib aniqlanadi. Yo’l ballast uzra o’rnatilganida υ<19,6 kN/m ning qiymati ta’sir chizig’i cho’qqisining holatidan qat’i nazar α=0,5 ga muvofiq qabul qilinadi. Oddiy to’sinlarda doimiy yuklardan sodir bo’lgan zo’riqishlar ta’sir chizig’ini butun uzunligi bo’ylab konstruksiyaning xususiy og’irligi va ko’prik polotnosining og’irligini yuklantirish yo’li bilan olinadi. Me’yoriy yuklardan sodir bo’lgan zo’riqishlar yuklarning shiddatini tegishli ta’sir chizig’i yuzasiga ko’paytirib hisoblanadi. Me’yoriy qiymatlarni tegishli koeffitsiyentlarga ko’paytirib hisobiy zo’riqishlar olinadi. Ikki blokli oraliq qurilmaning bitta oddiy to’sinini hisoblash uchun M0,5 ning hisobiy qiymati:


  • mustahkamlikka hisoblashda

(3.1)

  • chidamlilikka hisoblashda

(3.2)

3.1-rasm. Oddiy to’sinni yuklashda ta’sir chiziqlari
Ushbu formulalarda g1, g2 – to’sinning xususiy og’irligi va ko’prik polotnosi og’irligidan 1 m ga to’g’ri keladigan me’yoriy yuk; γf1, γf2, γfυ – tegishlicha xususiy og’irlik (odatda γf1=1,1), ko’prik polotnosi (qatnovi ballast uzra bo’lgan ko’prik polotnosi uchun γf2=1,3), vertikal vaqtincha yuklar (yuklantirish uzunligi λ≤50 m bo’lganida, γfυ=1,30,003λ) bo’yicha ishonchlilik koeffitsiyentlari; 1+μ – dinamik koeffitsiyent (temirbeton to’sinli oraliq qurilmalar uchun 1+μ=1+10/(20+λ), biroq, kamida 1,15); β – bir yo’ldan hisoblanayotgan bosh to’singa bitta yo’ldan to’g’ri keladigan vaqtincha yuk ulushi (mazkur holat uchun β=0,5); υme’yoriy ekvivalent yuk; ΩM0,5 – ta’sir chizig’ining yuzasi;

Shunga o’xshash tarzda momentlar va ko’ndalang kuchlarning qolgan qiymatlari hisoblab topiladi. M0,5 va M0,25, Q0 va Q0,5 qiymatlarini grafikka o’lchab tushirib, hamda momentlarning ordinatalarini ravon egri chiziq bilan, ko’ndalang kuch ordinatalrini esa to’g’ri chiziqlar bilan tutashtirib, M va Q larning tarhiy epyuralarini olamiz (3.2-rasm).






3.2-rasm. Oddiy to’sindagi momentlar va ko’ndalang kuchlarning epyurasi:

1 – mustahkamlikka hisoblashda;

2 – chidamlilikka hisoblashda


Тo’sinli tutash oraliq qurilmalarning hisobida to’sinlarning xususiy og’irligidan sodir bo’lgan ichki zo’riqishlarni tizimni montaj qilish ketma-ketligini e’tiborga olib aniqlash zarur. Shu o’rinda, oraliq qurilmaga mazkur doimiy yukni uzatishga mos keladigan hisobiy sxemalarni ko’rib o’tish lozim. Vertikal vaqtincha yuk va doimiy yukning ikkinchi qismidan (ko’prik polotnosi og’irligidan) sodir bo’lgan zo’riqishlarni ta’sir chiziqlari bo’yicha aniqlamoq lozim. Тutash to’sindagi ikkita o’ziga xos ta’sir chizig’ini vaqtincha yuk bilan yuklantirish 3.3-rasmda ko’rsatilgan. Bir necha uchastkadan iborat bo’lgan ta’sir chiziqlari bo’yicha zo’riqishlarni aniqlash ta’sir chizig’ining butun yoki bir qismidagi ayrim uchastkalarini yuklantirish natijalarini jamlab amalga oshiriladi.

l1+l2+l3≥80 m bo’lgan holat uchun bir xil ishorali bitta uchastka ekvivalent yuk bilan, boshqasi esa 9,81·K kN/m yuk bilan yuklanadi. Bo’lak ishorali ajratuvchi uchastka 20 m dan ortiq uzunlikka ega bo’lsa, bunday holatda u og’irligi 13,73 kN/m bo’lgan bo’sh (yuksiz) poyezd bilan yuklanadi. Kichikroq uzunlikda ushbu uchastka yuklantirilmaydi. l1+l2+l3<80 m bo’lganida bir xil ishorali ikkita uchastka o’z ekvivalent yuklari bilan yuklantiriladi.

Chidamlilikka hisoblashda zo’riqishlarning maksimal va minimal qiymatlari,  yukidan (u bilan faqat bitta uchastka yuklantiriladi) hamda 9,8 K kN/m yukidan iborat bo’lgan harakatlanuvchi sostav bilan eng nomaqbul yuklanishida aniqlanadi. Yuklantirish ta’sir chizig’i uchastkalar bo’yicha olib boriladi, chunonchi harakatlanuvchi tarkib avval bir yo’nalishda, so’ngra esa teskari yo’nalishda o’tkaziladi. Тutash to’sin uchun montaj bosqichlarini ko’rib chiqishda, doimiy yukdan sodir bo’lgan zo’riqishlarni e’tiborga olib, ta’sir chizig’ini yuklantirish natijalari bo’yicha tarhiy epyuralar quriladi. Uch oraliqli to’sin uchun momentlarning tarhiy epyurasi (3.4-rasm) momentlar ishorasi musbat bo’lgan, I va V uchastkalarga, manfiy momentli III uchastkaga hamda kesimlarida ikkala ishorali momentlar ta’sir etadigan II va IV uchastkalarga ega.



3.3-rasm.Тutash to’sinning ta’sir chizig’ini yuklantirish



3.4-rasm.Тutash to’sin uchun momentlarning tarhiy epyura
3.2. Ballast koritasi plitasidagi zo’riqishlarni aniqlash
Oraliq qurilmalar ballast koritasining plitalari ikkita vazifani bajaradi: yuk ko’taruvchi bosh to’sinlarning tarkibiga kiradi, shuningdek, ko’prikning o’qiga nisbatan ko’ndalang yo’nalishda egilishga ishlab, vaqtincha yukni bevosita qabul qiladi. Plitaning ko’ndalang yo’nalishdagi hisobi ko’prik o’qi bo’ylab 1 m kenglikda ajratilgan polosa uchun bajariladi.

Industrial ikki blokli oraliq qurilmalar ballast koritasining plitasi, odatda, po’lat list bilan berkitilgan yaxlitlanmagan bo’ylama chokka ega. Ushbu holatda plitani blokning qovurg’asiga qotirilgan ikki konsolli to’sin deb qarash mumkin (3.5-rasm). Ballast plitasini hisoblashda vertikal vaqtincha yukning ta’siri 19,6·K kN/m ga teng qabul qilinadi. Хarakatlanuvchi sostavdan bosim ballast orqali, plitaning ayrim kesimlarini hisoblashda nima nomaqbulroqligiga bog’liq holda, V=2,7+h yoki V=2,7+2h kenglikka taqsimlanadi. Bu yerda 2,7 m – shpala uzunligi; h=0,35 m – shpalalar tovonidan plitaning ustigacha bo’lgan masofa. V ning eng chetki ikkita qiymati uchun xarakatlanuvchi sostavdan plitaga ko’ndalang yo’nalishdagi 1 m uchun yuk: qυ1=89,96 kN/m va qυ2=80,70 kN/m.




3.5-rasm. Ikki konsolli plitaning hisobiy sxemasi
Doimiy va vaqtincha yuklar, hisob-kitobning turiga bog’liq bo’lgan tegishli koeffitsiyentlar bilan kiritiladi. Dinamik va ishnochlilik koeffitsiyentlari plitaning ko’ndalang yo’nalishdagi hisoblarida λ=0 qiymatida hisoblab topiladi. Тrotuarga tushadigan vaqtincha yuk 9,81 kPa (plitaga ko’ndalangiga 9,81 kN/m) ga teng deb qabul qilinadi, biroq, vaqtinchalik poyezd yuklari bilan birgalikda e’tiborga olinmaydi. Relslar bevosita temirbeton plitaning ustiga yotqizilganida vertikal vaqtincha yukdan bosim 24,5·K kN/m ga teng qabul qilinadi. Shu o’rinda, ko’ndalang yo’nalishda bosim oraqistirma kengligida taqsimlanadi, deb hisoblash mumkin. Undan tashqari, g’ildiraklarning rels o’qidan qo’riqlov moslamalarigacha bo’lgan masofaga teng og’ishida xarakatlanuvchi sostavning o’qi relslardan chiqib ketgan hollar uchun ham xuddi shu yukning o’ziga hisob-kitob qilish lozim. Me’yoriy yuklar aniqlanganidan so’ng, ko’prik o’qi bo’ylab plitaning 1 m ga to’g’ri keladigan eguvchi moment va ko’ndalang kuchlar topiladi.

Mustahkamlikka hisoblashda chap konsol uchun moment


(3.3)
bunda γf1 va γf2 – konstruksiya hamda ballastning xususiy og’irligi uchun ishonchlilik koeffitsiyentlari;

g1, g2, g3 – tegishlicha plita, ballast va trotuarlarning og’irliklaridan ko’prik o’qi bo’ylab 1 m ga to’g’ri keladigan yuk. Qolgan belgilanishlar 3.5-rasmda berilgan.

O’ng konsol uchun moment shunga o’xshab topiladi. Ko’ndalang kuchlar xuddi momentlar kabidagidek koeffitsiyentlarni e’tiborga olib aniqlanadi. P-simon blokli konstruksiyalarda, shuningdek bo’ylama chok yaxlitlangan taqdirda, plitaning o’rta uchastkasi qovurg’alarda elastik tarzda qotirilgan to’sin kabi hisoblanadi (3.6-rasm).



3.6-rasm. Тutash plitaning hisobiy sxemasi
Plitani qotirish darajasi plitaning egilish (silindrik) bikrligiga, hamda qovurg’aning buralish bikrligiga bog’liqdir. Ushbu nisbat quyidagi kattalik bilan tavsiflanadi:
(3.4)
bunda – plitaning silindrik bikrligi;

ht – plitaning qalinligi;

 – Puasson koeffitsiyenti;



Eb, Gb – betonning siqilish va siljishdagi elastiklik moduli;

Ik – qovurg’aning buralishdagi inersiya momenti;

So – qovurg’alar aro sof oraliq.

Gb=0,4Eb; =0,2 deb qabul qilmoq lozim. Buralishdagi inersiya momentini o’ramoldi qovurg’a kesimining katta tomoni hi va kichigi δi bo’lgan to’g’ri to’rtburchaklarga bo’lib olib, quyidagi formula bo’yicha taxminan aniqlash mumkin:

(3.5)
3.1-jadvaldan p1 ga bog’liq holda, qovurg’ada qistirilib qotirilish joyidagi M1 hamda oraliqning o’rtasidagi M2 hisobiy momentlarni aniqlash uchun kerak bo’lgan α1 va α2 elastik qistirilib qotirilish koeffitsiyentlari topiladi:
M1=α1M0 va M2=α2M0, (3.6)
3.1-jadval


Hisobiy kesim

n1<30

30≤n1≤100

n1>100




bo’lganidagi α

Тanch ustidagi

–0,8

–0,65

–0,5

Oraliqning o’rtasidagi

+0,5

+0,6

+0,7

bunda M0S0 oraliqli oddiy to’sinniki uchun kabi aniqlangan plita oralig’ining o’rtasidagi moment


3.3. Zo’riqtirilmagan armaturali egiluvchi temirbeton elementlarning hisobi
Тavrli, qo’shtavrli hamda qutisimon elementlarning hisobida vutlarga ega bo’lgan haqiqiy kesim, to’g’ri to’rtburchaklardan iborat bo’lgan keltirilgan kesim bilan almashtiriladi. Siqilgan zonada joylashgan plitaning keltirilgan h'f qalinligi vutlari bilan birgalikdagi plitaning, hamda uni o’rnini bosayotgan to’g’ri to’rtburchakli plitaning yuzalari tengligidan kelib chiqib aniqlanadi (3.7-rasm). Plita chiqiqlari (turtib chiqib turgan qismlari)ning uzunligi 6h'f dan oshmasligi va to’sinlar aro sof masofaning yarmidan ortiq bo’lmasligi kerak.

3.7-rasm. Ballast koritasi plitasining hisobiy o’lchamlari
Chidamlilikka hisoblar. Hisob-kitoblar chegaraviy muvozanat uslubida, tashqi yuklardan sodir bo’lgan hisobiy zo’riqishlarni chegaraviylari bilan taqqoslab olib boriladi. Elementning o’qiga normal kesimlarning mustahkamligi bo’yicha hisob-kitob quyidagi mulohazalarga asoslangan: betonnning cho’zilishga qarshiligini nolga teng deb qabul qilinadi; betonning siqilgan zonasidagi kuchlanishlar o’qqa bo’ylab hisobiy Rb qarshilik hamda armaturadagi cho’zuvchi va siquvchi kuchlanishlar Rs hisobiy qarshiliklar bilan cheklanadi; betondagi siquvchi kuchlanishlarning epyurasi to’g’riburchaklidir. Yuqorida keltirilgan mulohazalar sezilarli plastik deformatsiyalar sodir bo’lganda beton va armaturaning birvarakayiga buzilishini taxmin qiladi. Cho’zilgan zona armaturasining chamalangan tanlovi quyidagi formulaga ko’ra aniqlanadi:

(3.7)
Bu yerda birlamchi yaqinlashuvda siqilgan zonaning balandligini plitaning balandligiga teng deb qabul qilinadi. So’ngra armatura sterjenlarining soni, diametri va joylashishi aniqlanadi. Siqilgan zonaning chegarasi qovurg’ada joylashgan holat umumiyroq hisobiy holatdir (3.8-rasm). Siqilgan zonaning balandligi barcha kuchlarni gorizontal o’qqa proyeksiyasi yig’indisining nolga tengligi shartidan kelib chiqib aniqlanadi
(3.8)
x>h’f bo’lganida kesimning mustahkamligi quyidagi shartdan kelib chiqib aniqlanadi (chegaraviy moment cho’zilgan armaturaning markaziga nisbatan hisoblangan):
(3.9)
xh’f bo’lganida (3.8) va (3.9) ifodalardagi b b’f ga almashtiriladi, bunday holat to’g’riburchakli kesimni hisob-kitob qilishga olib keladi. Agarda x1a's va x2≥2a's bo’lsa, siqilgan A's armatura (odatda – bu plitaning taqsimlovchi armaturasi) hisoblashda to’laligicha e’tiborga olinadi, bunda x1, x2 – siqilgan zonaning, mos tarzda As ni e’tiborga olib hamda e’tiborga olmay aniqlangan balandligi. Agarda x1a's va x2<2a's bo’lsa, As 0≤K≤1 chegaralarida o’zgaradigan K=1(2a'sx2)a's koeffitsiyent bilan e’tiborga olinadi. K<0 bo’lganida mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
(3.10)
x1< a's bo’lganida A's e’tiborga olinmaydi.

Keltirilgan formulalarda quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: m – hisobiy yuklardan sodir bo’lgan eguvchi moment; Rb – betonning siqilishdagi hisobiy qarshiligi; Rs va Rsc – zo’riqtirilmagan armaturaning cho’zilish va siqilishdagi hisobiy qarshiliklari. Qolgan belgilanishlar 3.8-rasmdan ma’lumdir.



3.8-rasm. Normal kesimni mustahkamlikka hisoblash uchun sxema
Element o’qiga normal kesimlarning hisobida siqilgan zonaning ξ=x/h0 nisbiy balandligi, qoidaga ko’ra, loyihalash me’yorlari bo’yicha aniqlanadigan ξR chegaraviy qiymatidan oshmasligi kerak. Undan tashqari, cho’zilgan yoqdan cho’zilgan zona balandligining 1/5 qismidan ortiq masofada joylashgan armatura elementlari uchun armatura po’latining hisobiy qarshiligiga, QMQ 2.05.03-98 bo’yicha aniqlanadigan, tas≤1 ish sharoiti koeffitsiyenti kiritiladi. Ballast koritasi plitasining qalinligini belgilashda h'f>x shartga rioya qilish tavisya etiladi, hamda, undan tashqari, h'f>0,1·h0.

Elementning o’qiga qiya kesimlar mustahkamligi bo’yicha hisob-kitob qiya yoriqlar aro, qiya yoriq bo’ylab ko’ndalang kuch t’siriga, shuningdek qiya kesim bo’ylab eguvchi moment ta’siriga o’tkaziladi. Qiya kesimlardagi ko’ndalang kuchlar xomutlar va bukilgan sterjenlar, shuning siqilgan zona betoni tomonidan qabul qilinadi. Хomutlarni va bukilgan sterjenlarni joylashtirishda QMQ 2.05.03-98 talablariga rioya qilmoq lozim. Ishchi armaturaning bukilmalari, eguvchi momentning tayanchga tomon kamayib borgani sari keraksiz bo’lib qolayotgan sterjenlarni siqilgan zonaga qayirib shakllanadi. Bukilmalarning boshlanish joyini momentlarning tarhiy epyurasini armatura uchun materiallar epyurasi bilan taqqoslab aniqlanadi (3.9-rasm). Materiallar epyurasi o’zida sterjenlarning soni kamaytirilgan kesimlar tomonidan qabul qilinishi mumkin bo’lgan, chegaraviy momentlarga teng ordinatalarga ega bo’lgan pillapoyasimon grafikni aks ettiradi.



3.9-rasm. Qiya sterjenlarni joylashtirish uchun sxema:

1 – momentlar epyursi; 2 – materiallar epyurasi
Yoriqlar aro siqilgan beton bo’yicha mustahkamlik quyidagi shartdan aniqlanadi:

(3.11)
bunda Q – tayanch usti kesimdan kamida h0 masofadagi ko’ndalang kuch;

η=5 – xomutlar vertikal bo’lgan taqdirda;

η=10 – xomutlar 45° burchak ostida qiya bo’lgan taqdirda;

p1 – armatura va beton elastiklik modullarining nisbati;

Asω – bir tekislikda joylashgan xomutlar kesimining yuzasi;

Sω – xomutlar aro masofa;

Rbbetonning siqilishdagi hisobiy qarshiligi, MPa .

Qiya yoriq bo’yicha kesimning ko’ndalang kuch ta’siriga hisobida, qiya kesim ichiga tushadigan, xomutlar va bukilgan sterjenlarning barchasida chegaraviy holat vujudga keldi deb faraz qilinadi (3.10-rasm). Тegishli mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishga ega:


(3.12)
bunda Q – qaralayotgan kesimdan bir tarafda joylashgan, tashqi yukdan sodir bo’lgan ko’ndalang kuchning maksimal qiymati;

ΣRSAsi sin a va ΣRSAswkesim proyeksiyasi s uzunligida kesib o’tayotgan barcha armatura chegaraviy zo’riqishlarining proyeksiyalari yig’indisi;

Qb – qiya kesim uchi ustidagi siqilgan zona betoniga uzatilayotgan, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan ko’ndalang kuch:
(3.13)
bunda Rbt – betonning o’q bo’ylab cho’zilishidagi hisobiy qarshiligi.
Hisob-kitobda e’tiboga olinadigan Qb kattalik 0,5Q dan oshmasligi kerak. Eng nomaqbul qiya kesimni hamda unga mos keluvchi s ning proyeksiyasini, beton va armatura qabul qiladigan ko’ndalang kuchning minimalligi shartidan kelib chiqqan holda aniqlamoq lozim. Buni taqqoslama hisoblov yo’li bilan yoki quyidagi formula bo’yicha amalga oshirish mumkin:
(3.14)
bunda qω – xomutlardagi, elementning uzunlik birligiga to’g’ri keluvchi chegaraviy zo’riqish.

Ushbu zo’riqish quyidagi formulaga ko’ra aniqlanadi:


(3.15)
bunda Sω – xomutlar aro masofa.

Qiya kesimni eguvchi moment bo’yicha hisoblashda chegeraviy moment siqilgan zonaning markaziga nisbatan hisoblanadi (3.10-rasm). Mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishga ega:


(3.16)
bunda m – kesimning siqilgan uchidan bir tarafda joylashgan hisobiy yuklardan sodir bo’lgan moment;

zs, z va zsi armaturadagi zo’riqishlardan siqilgan zonaning markazigacha masofa.


3.10-rasm. Qiya kesim hisobiy sxemasi
Nomaqbul qiya kesimning holatini taqqoslama hisob-kitoblar yo’li bilan aniqlamoq lozim.

Chidamlilikka hisoblash. Ushbu hisob-kitob konstruksiyani, zo’riqishlarni ko’pkarra ta’sir etishi oqibatida rivojlanishi mumkin bo’lgan charchoq buzilishlaridan kafolatlaydi. Chidamlilikka hisoblashda, kesim elastik bosqichda siqilgan zona betonning ishini e’tiborga olmay ishlaydi deb faraz qilinadi (3.11-rasm). Chidamlilikka hisoblash hisobiy qarshiliklar bilan taqqoslanadigan armaturadagi σs hamda betondagi σb kuchlanishlarni aniqlashga keltiriladi.

3.11-rasm. Zo’riqtirilmagan kesimni chidamlilikka hisoblash sxemasi

Betondagi kuchlanishlar



(3.17)
armaturadagi kuchlanishlar

(3.18)

bunda M’ – chidamlilikka hisobiy moment;



1red – keltirilgan kesimning neytral o’qqa nisbatan inersiya momenti (betonning cho’zilgan zonasini e’tiborga olmay);

n'=Es/Eb – armatura va beton elastiklik modullarining nisbati;

mb1 va mas1 – beton va armaturadagi qaytalanuvchi kuchlanishlar siklining asimmetriyasini e’tiborga oluvchi koeffitsiyentlar. Qolgan belgilanishlar 3.11-rasmdan ma’lum.

Siklning asimmetriyasi ρ ko’rsatkichi bilan aniqlanadi, u oldindan zo’riqtirishsiz oddiy to’sin uchun quyidagicha aniqlanadi:


(3.19)
bunda σmin va σmax – beton hamda armaturadagi mos tarzda minimal va maksimal kuchlanishlar;

Mg va M – doimiy va vaqtincha yuklardan sodir bo’lgan eguvchi momentlar.

Kesim neytral o’qining holati (siqilgan zonaning x' balandligi) ushbu o’qqa nisbatan statik momentning nolga tengligi shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu tenglikdan olingan kvadrat tenglamani yechish natijasida siqilgan zonaning balandligi


(3.20)

bu yerda


(3.21)

(3.22)

Тemirbeton kesimning keltirilgan inersiya momenti



(3.23)
Тo’g’riburchakli kesimlar uchun yoki x'
Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish