O’zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati Reja



Download 46,4 Kb.
Sana29.02.2020
Hajmi46,4 Kb.
#41237
Bog'liq
Ozbek

O’zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati

Reja:

1. O’zbekiston tarixi predmeti.

2. O’zbekiston tarixini o’rganishning metodologik printsiplari va manbalari.

3.Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.


XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o‘zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va «Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun bilan mustahkamlandi.

1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro’yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo 20-asr xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.

O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda.

O’zbekiston mustaqillik tufayli xalqaro maydonga chiqdi, davlatimiz mustaqilligini dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, jahon hamjamiyatiga qo’shildi, barcha katta-yu kichik mamlakatlar doirasida o’zining munosib o’rnini egalladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, qadim zamonlardan beri Sharq bilan G’arbni bog’lab kelgan. Uning maydoni 447,4 ming kv.km ni tashkil etib, G’arbdan Sharqgacha 1425 km ga, Shimoldan Janubgacha 930 km ga chqzilgan. Respublika tarkibida 12 viloyat va Qoraqalpog’iston Respublikasi, 165 qishloq tumani, 120 shahar va 116 shaharcha, 1421 qishloq (ovullar) mavjud.

O’zbekistonda 100 dan ortiq millatlar va elatlarning vakillari bo’lgan, 25 millionga yaqin kishi yashaydi. Aholini to’rtdan uch qismiga yaqini o’zbeklardir. Respublika aholisining yarmidan ko’proq qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholining 60 foizga yaqinini bolalar, o’smirlar va 25 yoshga etmagan yigit-qizlar tashkil etadi. O’zbekiston qadimdan boy tabiiy resurslarga, hosildor yerlar, kuchli iqtisodiy, ilmiy va ma’naviy salohiyatga ega bo’lgan mamlakatdir.



1. O’zbekiston tarixi predmeti.

Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq, shiddatli chorrahalaridan biri bqlib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashchuvi sodir bqlgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.

Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O’zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum.

Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o’zbeklar, butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar.

Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohiga aylangan. O’zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni ko’rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o’qimoqdalar, tazim qilmoqdalar. Muqaddas yerimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yqli Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan. .

Tarix - arabcha so’z bo’lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.

«O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.

O’zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko’tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va sanatini yoritadi. Vatanimiz tarixi o’zbeklarning xalq, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bo’lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko’rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoyatlarini keng rejada o’rgatadi.

«O’zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini o’rgatadi.

«O’zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboq

2. Tarixni o’rganishning metodologik printsiplari va manbalari.

Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik naqtai nazarlaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va yo’qsillar tarixiga bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yqqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi.

Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg’in qilindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiru-ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga b’lindi. Dinga e’tiqod qilganlar idealistlar deb ataldi, ularning ijodiy faoliyatini o’rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. yosh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu jadal urushlardan iboratdek qilib kqrsatildi.

Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.

Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to’g’ri yoritish va o’rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik printsiplarga tayanmoq zarur.

Dialektik metod ana shunday printsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi deb ta’lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gertsen va boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy dunyoni uzviy bog’liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib o‘rganish qoidalarini yaratdilar.

Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O’zbekiston tarixini, o’zbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir.

Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug’ qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sirda va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq qtgan. Shu sababdan O’zbekiston tarixini o’qshni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo’ymagan holda o’rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi.

Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq b’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish darkor.

Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O’zbek olimlarining kuch g’ayratlari bilan, - deb yozadi I.A.Karimov, - tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1 .

Tarixni o’rganishda tarixiylik printsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqazo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.

Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan, uning tarixiy qrni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bo’ladi.



Tarixiylik printsipi xalqning o’tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’tmishni yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.

3.Markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasining

qadimgi o’choqlaridan biri 

Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e`tibor nihoyatda kuchaygan bir davrda, O`zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Nafaqat O`zbekiston, balki, butun O’rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng maqsaddagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o`rnini yana bir bor tasdiqlaydi.

            Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishilgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o`zida aks ettiradi. Bu tarakkiyot bosqichi insoniyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi.

O`rta Osiyo sivilizatsiyasi turli xududlarda turli davrlarda paydo bo`ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o`tib, unumdor xo`jalikni rivojlantirgan bo`lsa, bu davrda shimoliy xududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvochilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekslik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va o`zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin.

             Undan tashqari O`rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridiyoq, ya`ni, miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o`zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o`choqlari bilan uzviy aloqada bo`lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatgan.

            Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyatni taraqqiyotdagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni chuqur o`rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi odamlar o’z faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko`rsatib, kundalik hayotda o’ziga bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O’z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta`sir ko`rsatgan.

Hozirgi paytda O’rta Osiyo xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining aloxida bosqichlari quydagi davrlarga bo`linadi:


  1.  Paleolit davri: bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi:

  2.  Mezolit (²mezos²-o’rta, ²litos² -tosh) mil.avv. 12-7 ming yilliklar

  3.  Neolit (²neos²-yangi, ²litos²-tosh) -mil.avv. 6-4 ming yilliklar.

  4.  Eneolit (mis-tosh davri)-mil.avv. 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.

  5.  Bronza asri-mil.avv. 3-2 ming yilliklar

  6.  Temir davri-mil.avv. 1-ming yillikning boshlaridan

O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo`lib, unda taiyor bo`lgan mahsulotlarni o`zlashtirganlar.

            Ilk paeolit, ya`ni ashel` davrining oxirlarida yashagan odamlarning manzilgohlari Qoraqalpog`istonning Ustyurt tekisligidagi Borsakelmas degan yerdan ham topib o`rganilgan.

            O`rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Ho`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Mashhur yodgorliklarning biri Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qozib ochilgan.

            O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashdi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo`ldi.

            So’nggi paleolit  davriga oid makonlar Ohongarondagi Kulbuloq, Toshkentning g`arbidagi Buzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan.

            Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir.

            Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g`or-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko`pgina yodgorliklaridan topib o`rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonat va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Insoniyat o`z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o`q-yoyni kashf etadi.

            Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.

            Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi atrofidagi Ustyurt balandligida va Qizilqum cho`lida bor. Ustyurtdagi mezolit makonlari mil.avv. 8-6 ming yilliklarga oid. Qizilqum cho`lidan topilgan mezolit davri yodgorliklari mezolitning so`nggi bosqichlariga va o`rta tosh davridan yangi tosh davriga (neolitga) o’tish davriga tegishli.

            Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo`ladi. Bu davr odamlari baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quydagi madaniyatlarga bo`linadi: Jaytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati

            Joytun madaniyati. Janubiy Turmaniston xududiagi mil.avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar na’munalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan.

            Kaltaminor madaniyati. Qoraqalpogistonning janubidan topilgan bo`lib mil.avv.V-IV ming yilliklarga oiddir. Kaltaminor qabilalari baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullangan.

            Hisor madaniyati. Asosan, Xisor-Pomir tog`laridan topilgan. Mil.avv.V-IV ming yilliklarga oid.

            Qoraqalrog`istonda yangi tosh (neolit) davri odamlari faqat dare sohillarinigina emas, balki Kizilkumning va Ustyurtning ichki xududlarini ham o`zlashtira boshlaganlar.

            Qoraqalpog`istondagi yangi tosh (neolit) davri yodgorliklari Amudaryoning qadimgi Oqchadarem del`tasida (hozirgi To`rtkul tumani xudidan boshlab Taxtakupir tumani hududigacha bo`lgan oraliqda) va Ustyurt balandligida saqlangan.

            Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metal bilan tanishdilar.

Bu davrga kelib dehqonchilik Urta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyiladi.

            Hozirgi kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bulayotgan muammolaridan biri-antropognez-odamning paydo bo`lishi va rivojlanishidir. Fan insoniyat hayvonat olishdan ajralib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Insonning paydo bo`lishi millionlab yillar davom etgan rivojlanish jarayonining natijasidir.

            O’rta tosh davrida, birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi  qiyofadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular jismoniy jixatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni tugadi (kroman`on ko`rinishidagi odamlar). Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy to`qmoq yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.

            Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san`at, xususan, g`orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so`nggi paleolit davriga oiddir. O`rta Osiyoda g`orlar, ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo`ladi.



            O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Birinsoy, Ko’ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ulardan ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug`u va jayron kabilardir.
Download 46,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish