O’zbekiston «Sifat» markazi Bosh direktori H. H. Umarxodjaevning markazning 2013 yildagi faoliyati xamda 2014 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar rejasi haqidagi xay’at majlisida so’zlagan ma’ruzasi



Download 43,5 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi43,5 Kb.
#11077
O’zbekiston «Sifat» markazi Bosh direktori H.H. Umarxodjaevning markazning 2013 yildagi faoliyati xamda 2014 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar rejasi haqidagi xay’at majlisida so’zlagan ma’ruzasi

01.03.2014

O’zbekiston «Sifat» markazi Bosh direktori H.H. Umarxodjaevning so’zlagan ma’ruzasi

Bosh direktor H.H Umarxodjaev2014 yil 17 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasida bo’lib o’tgan majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan  mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi xaqidagi batafsil ma’lumotni Sifat markazi xay’at majlisi  qatnashchilariga yetkazdi.

O’zbekiston «Sifat» markazining 2013 yildagi asosiy ish faoliyati paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi, momig’i va paxta texnik chigitini sifat ko’rsatkichlarni aniqlash va ularni vaznini o’lchash ishlarini bajarishdan  iborat bo’ldi.

Paxta tolasi sifat ko’rsatkichlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, tolaning «Oliy» va «Yaxshi» sinflari Respublika bo’yicha 90,7% ni tashkil etib bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3% ga ko’tarilgan.

2013 yil davrida umumiy ishlab chiqarilgan miqdorning “Oliy” va “Yaxshi” sinflari hissasi bo’yicha Buxoro viloyati 98,9 %, Qashqadaryo viloyati 95,9 %, Surxandaryo viloyati 94,3 % eng yaxshi sifat ko’rsatkichlari reytingiga erishdilar.

         O’zbekiston «Sifat» markazi paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish Inspektsiyasi tomonidan 2013 yilda2012 yilga nisbatan Respublika bo’yicha 10,8% ga ko’p chigit sinovdan o’tkazilgan.

 CHigitning assortimentini tahlil qiladigan bo’lsak, jami sinovdan o’tgan miqdordagi 1-nav  chigitning ulushi 78,2 %, 2-nav ulushi 8,1% tashkil etdi.

2012 yilga nisbatan solishtiradigan bo’lsak, respublika bo’yicha 1 nav ulushi 9,2% oshgan.

Respublikaning barcha viloyatlarida  chigit tukdorligini arbitraj usulda aniqlaydigan OSX-1 tuksizlagichlari ishga tushirildi va unda ishlaydigan xodimlarga tegishli yo’l-yo’riqlar va tartib-qoidalar o’rgatildi. 

Yangiyo’l va Urgench yog’-moy korxonalarining qadoqlangan paxta yog’i, 60 va 70 foizlik xo’jalik sovuniga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi. Guliston, Urgench va Surxonoziqovqatsanoati yog’-moy korxonalarining paxta yog’i, texnik salomas va 60 foizlik xo’jalik sovuniga berilgan muvofiqlik sertifikatlari bo’yicha inspektsion nazorat o’tkazilib, sertifikatlari qaytadan tasdiqlab berildi.

 “Paxta” va “Navurug’nazorat” Texnik qo’mitasi doirasida paxta mahsulotlari va ularning sinov usullari bo’yicha me’yoriy hujjatlarga o’zgartirishlar kiritish  va qayta ko’rib chiqishda ishtirok etilib  paxta mahsulotlari   va  ularning   sinov  usullari   bo’lgan 12 ta me’yoriy  hujjatlar qayta ko’rib chiqildi.

Sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyalarida “O’zstandart” agentligi tomonidan 2014 yil may oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan inspektsion nazoratga tayyorgarlik ko’rish uchun mavjud sifat tizimi hujjatlari qayta ko’rib chiqilmoqda hamda sertifikatlarni rasmiylashtiruvchi Xorazm va Andijon viloyatidagi vakolatli vakillarni ekspert-auditorlikka tayyorlash maqsadida “Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti”ning bazaviy kurslarida fevral oyida o’qitilishi ta’minlandi.

Joriy yilning 16-17 oktyabrida o’tkazilgan  IX-xalqaro paxta yarmarkasida qatnashish uchun 2013 yil paxta xosili sifati bo’yicha barcha ma’lumotlar tayyorlandi, ommaviy-axborot vositalariga tegishli maqola, axborotlar taqdim etildi.

Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti,  G’o’za selektsiya va urug’chilik ilmiy tadqiqot instituti selektsionerlari tomonidan yangi paxta navlarini yaratish bo’yicha birgalikda ish olib borilib, doimiy ravishda ushbu yaratilayotgan yangi nav paxta namunalarini shartnoma asosida sifat ko’rsatkichlarini aniqlash uchun tola namunari sinovdan o’tkazilmoqda.

To’rtta yog’-moy korxonasidagi chigit sinov laboratoriyalarining nosoz YaMR-analizatorlari ta’mirlandi. Paxta chigiti sifatini nazorat qilish markaziy laboratoriyasining yog’dorlik bo’yicha o’tkazilgan sirtqi-test natijalariga ko’ra 8 ta  yog’-moy korxonasi chigit sinov laboratoriyalaridagi YaMR-analizatorlarida profilaktik ishlar bajarildi.

Joriy yil mobaynida etalon namunalar tayyorlash va ular bilan «SIFAT» markazining xududiy laboratoriyalarini ta’minlash ishlari to’liq bajarildi.

SHuningdek, Xitoy, Angliya va Qozog’iston davlatlarining kompaniyalariga shartnoma asosida  paxta tolasining 10 komplekt va 1 ta komplekt paxta momig’ining etaloni tayyorlab berildi.

          Markaziy laboratoriya hamda  Xorazm, Jizzax, Samarqand, Qoraqalpog’iston va Toshkent xududiy laboratoriyalari paxtani standartlashtirish va instrumental sinash xalqaro maslahat qo’mitasi 2013 yil xar choragidagi xalqaro raund-testlarida qatnashishdi va natijalar ijobiy baxolandi. SHu bilan birga markaziy laboratoriya Bremen paxta raund-test markazi tomonidan  2013 yilda o’tkazilgan test sinovlaridaham  ishtirok etdi.

         2013 yil paxta hosilida  WIS va SGS  kompaniyalari xamda, xududiy laboratoriyalardagi 32ta HVI tizimlari va klasser xodimlari o’rtasida xar oyda Raund-test sinovlari o’tkazildi  HVI tizimlari o’rtasida Raund-test sinovlari natijalariga ko’ra farqlar kuzatilmadi.

          «Sifat» markazining  barcha xududiy laboratoriya boshliq o’rinbosarlari - HVI  tizimida sifatni nazorat qilish bo’lim  boshliqlarinini bilim va kasb mahoratini baxolash, maqsadida 2013 yilning noyabr va  dekabr oylarida sirtqi raund test sinovidan  o’tkazildi. 

Iyun-iyul  oylarida  markazning muxandis-texnik xodimlari barcha xududiy laboratoriyalarda xizmat safarida bo’lib HVI uskunalarini, kompressorlarni konditsionerlarni va laboratoriyalardagi kompyuter-orgtexnika jihozlarini joriy ta’mirlab  mavsumga tayyorlangan.

        2013  yil   davomida    «Sifat» markazi va hududiy laboratoriyalar samarali faoliyat yuritishi  sertifikatlash ishlarini uzluksiz bajarishga materiallar  ya’ni sertifikat blanklari  va shtrix kod birkalari  uchun qog’oz,termoplenka, printerlar uchun toner,chigit laboratoriyasiga ximreaktivlar va mahsus kiym va  boshqa kerakli  moddiy boyliklar va jihozlar bosqichma-bosqich xarid qilingan.

                 Respublika Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan O’zbekiston “SIFAT»” markazida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va  amalga oshirish borasida WPN tarmog’i tashkil etish ishlari olib borildi  va  bu  tizimga  markaz va barcha  xududiy laboratoriyalari  ulandi.

         2013 yil davomida xodimlarimizning malakasini oshirish bo’yicha ko’p ishlar qilindi.   Jumladan:

-                     yanvar oyida  xududiy laboratoriyalarning paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi bo’lim boshliqlari   bilan soha bo’yicha bir haftalik malaka oshirish o’quv-seminari tashkil qilindi.

-                     Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi kurslarida xududiy laboratoriyalardan 26 ta va markazdan 6 ta xodim tinlovchilik qilib paxta tolasi klassifikatori mutaxassisligini egallab guvohnomalar oldilar.

-    Avgust oyida xududiy laboratoriyalarning paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi, paxta tozalash korxonalaridagi guruh rahbarlari hamda laborant xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha joylarga chiqib o’quv mashg’ulotlari tashkil qilindi va 222 ta xodim guvohnoma berildi.

-  16-20 dekabr kunlari barcha xududiy laboratoriya boshliq o’rinbosarlari- HVI tizimi bo’limi boshliqlari malakasini oshirish maqsadida o’qish tashkil qilindi.



-    “O’zbekiston axborot – kompyuter savodxonligi tizimi” ning kompyuter testlash markazi xodimlari tomonidan kompyuter savodxonligini sertifikatlash tizimi texnologiyalari sohasidagi bilimlarning minimal darajasini aniqlashning on-layn sertifikatsiya testi o’tkazildi. Markazda 91 xodimdan 89 xodim, Toshkent xududiy laboratoriyasida 25 ta, Navoiy xududiy laboratoriyasida 15 ta               kompyuter savodxonligi bo’yicha testlarni muvofaqqiyatli topshirishdi.

        Respublika Prezidentining 2014 yil 14 yanvar kunida Vazirlar Mahkamasida bo’lib o’tgan yig’ilishda berilgan ko’rsatmalari, ya’ni Respublikaning 2014 yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini bajarishga qaratilgan “Sifat” markazining 2014 yil birinchi yarim yilligi chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqarildi va Respublika Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Qabul qilingan dasturimizni Markaz va barcha xududiy laboratoriya boshliqlariga bajarish uchun topshirildi.
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish