O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini



Download 42 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi42 Kb.
#18622










O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishning yillik muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirish tartibi to'g'risidagi
N I Z O M

Toshkent – 2013










Ўзбекистон Республикасининг Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси
томонидан тадбиркорлик субъектлари фаолиятини текширишнинг йиллик мувофиқлаштирилган режа-жадвалларини
шакллантириш тартиби тўғрисида


НИЗОМ
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 - yil 5- oktyabrdagi PF-3665-son “Tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2005 yil, 40-son, 303-modda), 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son “O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida”gi farmonlari (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 yil, 46-47-son, 521-modda), Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 noyabrdagi 322-son “O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami,

2012 yil, 46-47-son, 523-modda) hamda 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son “O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to'g'risida”gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 yil 14 yanvarь, 2-son, 19-modda) qarorlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi (bundan keyingi o'rinlarda – Qo'mita deb yuritiladi) va uning hududiy organlari tomonidan nazorat ostidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda o'tkaziladigan rejali tekshirishlar davriyligini hamda tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga kiritish uchun taklif etiladigan sub'ektlarni tanlash tartibini belgilaydi.

2. Qo'mita va uning hududiy organlari tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha mas'ul xodimlari tekshirishlar reja-jadvaliga kiritish uchun taklif etiladigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tanlash jarayonida mazkur Nizomda belgilangan talablarni bajarilishi uchun javobgardirlar.

II. Tekshirishlar reja-jadvaliga kiritiladigan xo'jalik

yurituvchi sub'ektlarni tanlash tamoyillari
3. Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama, baholash, birja va rieltorlik faoliyatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga hamda qurilish sohasida narxlarni shakllantirilishi va qo'llanilishiga rioya etishi lozim bo'lgan, barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar qo'mita nazorati ostidagi sub'ektlar toifasiga kiradi.

4. Qo'mita nazorat ostidagi sub'ektlar ularning respublika tovar, xizmatlar va moliya bozoridagi o'rni, aholining sotib olish qobiliyati va iste'molchilarning manfaatlariga ko'rsatadigan ta'siridan, davlat tomonidan belgilangan hamda qurilish sohasida narx va tariflarni shakllanishidan kelib chiqqan holda quyidagi 3 ta guruhga bo'linadi.

A – guruh – juda yuqori tavakkalchilikka ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar. Ushbu guruhga tabiiy monopoliya sub'ektlari va mutloq monopolistlar, davlat burtmalari asosida mahsulot (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar va markazlashtirilgan manbaalar hisobidan moliyalash-tiriladigan ob'ektlarda qurilish va loyiha ish(xizmat)larini amalga oshiruvchi pudratchilar, shuningdek, dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va oziq - ovqat mahsulotlari (tovarlari) ishlab chiqaruvchi va ulgurji sotuvchi, monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq tovar bozoridagi ulushi 50 foizdan yuqori va mutloq monopolist darajasiga teng bo'lgan monopolist-korxonalar hamda xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, bozorlar, ommaviy axborot vositalari va reklama mahsulotlarini tayyorlash va tarqatishga ixtisoslashgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, shuningdek, yil davomida 3000 dan ortiq bo'lgan bitimlar tuzilgan va baholash ishlarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, birja faoliyatida yil davomida birja savdolari yakuni bo'yicha 3000 dan ortiq bo'lgan bitimlar tuzilgan va birja savdolarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va ko'chmas mulk ob'ektlarining va ularga bo'lgan huquqlarning savdosini tashkil etish bo'yicha rieltorlik xizmatlarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar kiradi.

Ushbu guruhga kiritilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda belgilangan narx (tarif, ustama va rentabellikni cheklangan darajalari) rioya etilmasligi iste'molchilar va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar manfaatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishini inobatga olib, zaruratga ko'ra ko'pi bilan ikki yilda bir marta reja asosida tekshirilishi mumkin.

B – guruh – o'rta tavakkalchilik darajasiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlardir. Ushbu guruhga monopoliyaga qarshi qonunchilikka binoan tovar bozoridagi ulushi 35 foizdan 50 foizgacha bo'lgan monopolist-korxonalar, biznesni va ko'char mulkni baholash, shuningdek, yil davomida 3000 dan kam bo'lgan bitimlar tuzilgan va baholash ishlarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, birja faoliyatida yil davomida birja savdolari yakuni bo'yicha 3000 dan kam bo'lgan bitimlar tuzilgan va birja savdolarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va ko'chmas mulk ob'ektlariga va ularga bo'lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog'ida vositachilik qilish va ko'chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ko'rsatuvchi rieltorlik xizmatlarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar kiradi.

Ushbu guruhga kiritilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda zaruratga ko'ra ko'pi bilan uch yilda bir marta reja asosida tekshirilishi mumkin.

V – guruh – qo'mita nazorati ostidagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi, yuqoridagi guruhlarga kirmagan, shu jamladan ko'chmas mulkni baholash faoliyatini amalga oshiruvchi past tavakkalchilik darajasiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va ko'chmas mulk ob'ektlarini ishonchli boshqarish bo'yicha rieltorlik xizmatlarini amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda rejali tekshirishlar ularning moliya-xo'jalik faoliyati yuzasidan kompleks tarzda o'tkaziladigan tekshirishlar doirasida zaruratga ko'ra ko'pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Qo'mita nazoratidagi faoliyatni amalga oshiruvchi, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilishi ehtimoli past bo'lgan boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati, qo'mitaga kelib tushadigan ma'lumot va hisobotlarni monitoring va tahlil qilish orqali nazorat qilib boriladi hamda ushbu monitoring va tahlillar davomida qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan hollarda, ular faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

5. Qo'mita tomonidan kelgusi yil tekshirishlar reja-jadvaliga kiritish uchun tanlanadigan sub'ektlar ro'yxati Qo'mita va uning hududiy organlarida mavjud ma'lumotlarni (nazorat ostidagi qonunlar buzilishi, narx va tariflarning shakllanishi va qo'llanilishi, oldingi tekshirish yakunlari, kuzatuv va o'rganish natijalari, tashkilotlar va fuqarolardan kelib tushgan ma'lumotlar va h.q) batafsil tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi.

6. Reja-jadvalga kiritish uchun taklif etilayotgan sub'ektlarning reja-jadvalni ishlab chiqishda haqiqatda faoliyat yuritayotganligi va ularda nazorat ostidagi faoliyatning mavjudligi uchun tegishli hududiy organ rahbari javobgardir.

7. Mazkur Nizom asosida Qo'mitaning hududiy organlari takliflariga asosan tuzilgan Qo'mita nazorati ostidagi sub'ektlar ro'yxati Qo'mita tomonidan “Respublika tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish va bajarilishi nazorat qilish” kompьyuter dasturiy mahsuli ma'lumotlar bazasiga kiritish uchun Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi o'rinlarda – Kengash deb yuritiladi) ishchi organiga elektron shaklda taqdim etiladi.

Zaruratga qarab Qo'mita tomonidan nazorat ostidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar holatidan (tugatilishi, qayta tashkil etilishi, faoliyat turini o'zgartirish, bankrot deb e'tirof etilishi, narx yoki tariflar yangidan davlat nazoratiga olinishi va h.k.) kelib chiqqan holda Kengash ishchi organiga ularni nazorat ostidagi sub'ektlar ro'yxatidan chiqarish to'g'risida yoki Qo'mita nazoratiga yangidan kiritilgan sub'ektlarni ushbu ro'yxatga qo'shimcha ravishda kiritish haqida tegishli asoslar bilan takliflar kiritib boriladi.



8. Ushbu tamoyil asosida kelgusi yil tekshirishlar reja-jadvaliga kiritish uchun tanlab olingan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ro'yxati Qo'mita va uning hududiy organlari tomonidan Adliya vazirligida 2006 yil 6 mayda 1573-son bilan ro'yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan, tadbirkorlik sub'ektlari - yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomda belgilangan tartib va muddatlarda Kengash va uning tegishli hududiy komissiyalari ishchi organlariga taqdim etiladi.


Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish