O‘zbekiston Respublikasining Qonuni



Download 161 Kb.
bet1/2
Sana08.09.2021
Hajmi161 Kb.
#168548
  1   2
Bog'liq
O‘RQ-409 21.09.2016

    Bu sahifa navigatsiya:
  • OKOZ

[OKOZ:1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 5-avgustda qabul qilinganSenat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil № 1, 1-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilovaqilinadi).

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 LexUZ sharhi

Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 22-sentabrdagi 187 (6622)-sonida e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 21-sentabr,

O‘RQ-409-son
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida

(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

botanika kolleksiyasi—ilmiy, madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan,yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan to‘plami(gerbariylar, urug‘lar) hamda sun’iy yaratilgan sharoitlarda (botanika bog‘larida, dendrologiya bog‘larida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;

yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar— madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, o‘tsimonlar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar;

yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari— yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlar, piyozboshlar, tanalar, poyalar, novdalar, po‘stloq, barglar, g‘unchalar, gullar, urug‘lar, mevalar, sharbat (yelim) va boshqa mahsulotlar;

o‘simlik dunyosi— O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda o‘sadigan yoki sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi o‘simliklar majmui;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish— o‘simlik dunyosining yashash faoliyati uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga, uning yo‘q qilib yuborilishining yoki unga boshqacha zararli ta’sir ko‘rsatilishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar— o‘simlik dunyosini saqlab qolish, tiklash,takror ko‘paytirish va undan oqilona foydalanishga, u o‘sadigan muhitni saqlab qolishga qaratilgan, ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.

4-modda. O‘simlik dunyosiga nisbatan mulkchilik

O‘simlik dunyosi umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi.

Tabiiy muhitda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar davlat mulkidir.

Sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lishi mumkin.

5-modda. O‘simlik dunyosi obyektlari

O‘simlik dunyosi obyektlari quyidagilardan iborat:

yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;

yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning yashash faoliyati mahsulotlari;

botanika kolleksiyalari.

6-modda. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish borasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiradi.

2-bob. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasini tartibga solish

7-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normalarni davlat tomonidan belgilash;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

8-modda. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi

Oldingi tahrirga qarang.


O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

[OKOZ:1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

[TSZ:1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;

umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

[OKOZ:1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Davlat qo‘mitalari]

[TSZ:1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

(10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)


Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish:

(10-moddaning birinchi qismi birinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;

yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar yetishtiriladigan pitomniklar va plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;

o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini ta’minlaydi;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi to‘g‘risidagi nizom”ning 10, 11-bandlari.

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;

yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma beradi;

biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

[OKOZ:1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]

[TSZ:1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]


Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)


Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:

(11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va tasdiqlaydi;

davlat o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy nazoratni amalga oshiradi;

davlat o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi;

yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradi;

davlat o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

Oldingi tahrirga qarang.
111-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi:

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

o‘simliklarning tashqi va ichki karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshiradi;

o‘simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

o‘simlik dunyosida karantindagi zararli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshiradi;

o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning samarali va ilg‘or usullari amalga oshirilishini o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatli organlar bilan birgalikda ta’minlaydi, ularning qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlariga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarning, o‘simliklar kasalliklarining va begona o‘tlarning xorijiy mamlakatlardan kirib kelishidan O‘zbekiston Respublikasi hududini muhofaza qiladi;

kelib chiqishi o‘simlikka mansub bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va o‘simliklar karantinini joriy etadi;

o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan fumigatsiya bo‘linmalarini tuzadi, shaxsiy tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, o‘rmon xo‘jaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishda xizmatlar ko‘rsatadi;

eksport qilinayotgan va xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni va o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilarni karantin tekshiruvidan hamda laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

[OKOZ:1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]

[TSZ:1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]

12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan o‘rish hamda chorva mollarni o‘tlatish normalarini tasdiqlaydi;

tegishli hududda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma beradi;

mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

[


Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish