Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 40.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.07.2021
Hajmi40.24 Kb.
  1   2


Oʻzbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi

Oʻzbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi —

Oʻzbekiston

Respublikasining asosiy

qonuni, oliy yuridik kuchga

ega boʻlgan siyosiy-huquqiy

hujjat.


Tarixi


1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy Kengashining 11-

sessiyasida qabul qilingan. „Oʻzbekiston

Respublikasining davlat mustaqilligi

toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil

31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos

boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning

birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk

bor 1990 yil 20 iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat

Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari

surilgan. Ushbu sessiya Prezident Islom

Karimov raisligida 64 kishidan iborat

Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida

qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va

viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat

birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning

rahbarlari, huquqshunos olimlar va

mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning



10sessiyasida komissiya tarkibi qisman

yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha

matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama

etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq

muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani

tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida

koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy

Kengash sessiyasida ham moddamamodda

muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

hozirgi kunga qadar 14 marta oʻzgartirish va

qoʻshimchalar kiritilgan:

[1]

1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun



bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-

qismidagi „150 nafar deputatdan“ degan

Kiritilgan oʻzgarishlar



soʻzlar „deputatlardan“ degan soʻz bilan

almashtirildi;

2002 yil 27 yanvarda oʻtkazilgan umumxalq

referendumi natijalariga koʻra hamda uning

asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan

Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII,

XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va

qoʻshimchalar kiritilgan;

2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan

Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93-

moddasining 15-bandiga, 102-moddasining

ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;

2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi

qismiga oʻzgartish kiritilgan;

2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va



98-moddalariga oʻzgartish va

qoʻshimchalar kiritilgan;

2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi

qismiga tuzatish kiritilgan;

2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103

va 117-moddalariga oʻzgartish va

qoʻshimchalar kiritilgan;

2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107,

110 va 111-moddalariga oʻzgartish va

qoʻshimchalar kiritilgan;

2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, va 109-

moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritilgan;



2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun

bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-

moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar

kiritilgan;

2018 yil 15 oktabrda qabul qilingan Qonun

bilan 105-moddaning birinchi qismidagi

„ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni)

va uning maslahatchilarini“ degan soʻzlar

„raisni (oqsoqolni)“ degan soʻzlar bilan

almashtirilgan;

2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun

bilan 80 va 93-moddalardagi „Milliy“ degan

soʻz „Davlat“ degan soʻz bilan

almashtirilgan;

2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga

asosan 79, 93 va 98-moddalarga

oʻzgartirishlar kiritilgan;



2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan

Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun

hujjatlari takomillashtirilishi munosabati

bilan 96 va 117-moddalarga oʻzgartirishlar

kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan

iborat.


Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish

sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan

vazifalar belgilangan.

1boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining

mustaqil davlat sifatidagi asosiy

konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan.

Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti,

Tuzilish jihatdan




xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va

qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat

tamoyillari kiradi.

„Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

erkinliklari va burchlari“ deb atalgan 2boʻlim

inson huquqlarishtt Oʻzbekistonga xos yaxlit

va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston

Respublikasining butun hududida yagona

fuqaroliknp oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi

hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi

boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari

huquq normalarigamuvofiqtaʼminlanadi.

Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinyaigi

kafolatlanishi Konstitutsiyada

mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor

boʻlishga haqli, meros huquqi bilan

kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish,

erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha




fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish

vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining

muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson

bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish

huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir

shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali

himoya qilish, davlat organlari, mansabdor

shaxslar, jamoat birlashmalarining

gʻayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga

shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-

qizlar va erkaklar teng huquklidirlar.

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish

fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni

himoya qilish — mamlakat har bir

fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda

belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil

xizmatni oʻtashga majburdirlar.



Konstitutsiyaning 3boʻlimi „Jamiyat va shaxs“

deb ataladi. Bu boʻlimda iqtisodiy faoliyat,

tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha

mulk shakllarining teng huquqliligi

kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk

boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat

himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga oʻz

xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni

tasarruf etishi taʼkidlanadi. Roʻyxatdan

oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy

partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar,

faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy

uyushmalar, ommaviy harakatlar va

fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat

birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi.

Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan

oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi,

respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va

xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy



huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi,

urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni

targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va

maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek,

harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va

diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda

jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati

taqiqlanadi. Konstitutsiyada koʻrsatilishicha,

otaonalar oʻz farzandlarini voyaga

yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga

majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan,

mehnatga layoqatli farzandlar oʻz otaonalari

haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar.

Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari

erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi.

Senzurata yoʻl qoʻyilmasligi alohida

taʼkidlanadi.



Konstitutsiyaning 4boʻlimi Oʻzbekiston

Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishita

bagʻishlangan.

5boʻlim davlat hokimiyatining tashkil etilishi

haqida boʻlib, unda hokimiyat vakolatlarini

taqsimlash prinsipi oʻz ifodasini topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti,

Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat

hokimiyati asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi

sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura,

moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid

alohida boblar bor.

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi

soʻnggi 6boʻlimda oʻz ifodasini topgan. Unga

koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar tegishincha



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati

aʼzolari umumiy sonining kamida 2/3,

qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul

qilingan qonun yoki Oʻzbekiston

Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

qabul qilinganligini nishonlash maqsadida

Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8 dekabr

umumxalq bayrami — Oʻzbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon

qilindi. SHu kundan boshlab O'zbekiston ham

o'z konstitutsiyasiga ega bo'ldi

1. Oʻzbekiston Respublikasining




Download 40.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим