O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi



Download 18,12 Kb.
Sana17.08.2021
Hajmi18,12 Kb.
#150044
Bog'liq
5-maqola strategiya




O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga asosan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Farmonning, ayniqsa, 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan bir davrda qabul qilinishi yanada chuqur ahamiyat kasb etadi. Zero, Harakatlar strategiyasining bosh g’oyasi inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Inson manfaatlarini himoya qilish esa mamlakatning kelajak taraqqiyotini belgilovchi bosh me’zondir. Bugun butun dunyo nigohi 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan. Negaki, xalqaro eksportlar tomonidan qayd etilishicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg’undir. Shu sabab, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi tuzilmalari mamlakatimizning yangi bosqichdagi taraqqiyot dasturini alohida e’tirof etadi va to’liq qo’llab quvvatlaydi. Unda belgilangan ko’plab vazifalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2016-2020-yillarga mo’ljallangan Taraqqiyotga ko’maklashuvchi doiraviy dasturiga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalarining mamlakatimiz bilan hamkorligining ustuvor yo’nalishlariga hamohangdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakat guruhi Harakat dasturi ishlab chiqilayotgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi global taraqqiyot dasturi hamda xalqaro huquqiy asoslar, shuningdek, hamkorlikning joriy va istiqboldagi yo’nalishlarini hisobga olgan holda, o’z tavsiyalarini beradi. Xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanmish YuNESKO esa mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasini alohida e’tirof etadi. Ushbu hujjatning jamoatchilik muhokamasi tashkil qilingani manfaatdor tomonlarga, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlariga muhokamada ishtirok etish va respublika kelajak taraqqiyoti yo’li bo’yicha o’z fikrlarini bildirish imkonini berdi. Bunday jarayon xalqning dilidagi gaplarni eshitish, o’z kelajagini belgilashda ishtirokini ta’minlashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. YuNESKO Harakatlar strategiyasini tushuntirish va targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalarining faol rol o’ynashini qayd etadi. Shubhasiz, jurnalistlar chuqur tahliliy materiallari bilan davlat va jamiyat o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasi maqsadlari mamlakatning kelajak taraqqiyotini belgilab beradi. Ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga e’tibor qaratilayotgani, ta’lim sifatini oshirishga urg’u berilayotgani, qonun ustuvorligini, millatlararo bag’rikenglikni ta’minlash asosiy maqsad sifatida belgilangani diqqatga sazovordir. Strategiya doirasida YuNESKO ta’lim sifatini yanada oshirishga, ommaviy axborot vositalari mas’uliyatini yuksaltirishga, mamlakatning madaniy va tabiiy merosini saqlashga ko’maklashadi. Tashkilot o’z tajribasi, ilg’or xalqaro amaliyoti bilan O’zbekistonning barqaror kelajagini yaratish bo’yicha sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. BMT Bolalar (YUNISEF) 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinishini alohida e’tirof etadi. Eng muhimi, Harakatlar strategiyasini ishlab chiqishda fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilot ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, uni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalar inobatga olingan. YUNISEF xalqaro ekspertlik ko’magi, ilg’or tajribasi va amaliyoti bilan O’zbekistonda onalar hamda bolalar huquqlarini inobatga olgan holda islohotlar amalga oshirilishini qo’llab-quvvatlab keladi. Xususan, YUNISEF sud-huquq tizimida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar doirasida xalqaro qoidalar va standartlarni implementatsiya qilish masalalarida mamlakatimiz hukumati bilan yaqin hamkorlik o’rnatgan. Sudlarning ixtisoslashishi hamda xodimlar salohiyati oshirilishi “bolalarga do’stona” sud tizimini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa odil sudlov jarayonida zarur ko’makchidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi davlat tashkilotlari va NTT bilan hamkorlikda bolalar huquqlariga daxldor masalalarda o’z faoliyatini davom ettiradi. 2013-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi O’zbekistonga o’z takliflarini bergan edi, YUNISEF ushbu tavsiyalarni amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashishga shay.

O’zbekiston “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiyaning uchinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish masalasini ko’rib chiqish uchun qo’shimcha imkoniyatlarga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi Harakatlar strategiyasini ro’yobga chiqarishda O’zbekiston bilan faol hamkorlik qilishga tayyor. Harakatlar strategiyasidagi belgilangan chora-tadbirlar O’zbekistonning bugungi rivojlanish bosqichida muhim dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. Unda:



  1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

  3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

  5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish;

kabi beshta ustuvor yo’nalish belgilab qo’yilgan bo’lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz, avvalo, biz – rahbarlarning faoliyatidan rozi bo’lishi kerak. Buning uchun har bir rahbar o’z aravasini o’zi tortishi, o’z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o’zi shaxsan javob berishi kerak. Shundan keyin jamiyatimizda o’zgarish bo’ladi, rivojlanish bo’ladi”.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya, shuningdek, ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga shaxsan Prezidentimizning o’zi boshchilik qiladi. Davlat dasturi 320 banddan iborat. Harakatlar strategiyasinining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shahdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ўзбекистон Pеспубликасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони, 2017-йил 7-февраль

  2. Мирзиёев Ш.M. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: «Ўзбекистон», 2016. -104 б.

  3. Мирзиёев Ш.M. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш- юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови-Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. - 48 б.

Download 18,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish