O‘zbekiston respublikasida mulkchilik to‘G‘risida



Download 137,78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2019
Hajmi137,78 Kb.
#27663
Bog'liq
152-XII-сон 31.10.1990


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (asosiy  qonuni)ga  o‘zgartishlar

kiritish  to‘g‘risida”gi  1991-yil  30-sentabrdagi  364-XII-sonli  Qonuniga  muvofiq  mazkur  Qonunning

nomidagi  hamda  matnidagi  “O‘zbekiston  SSJ”  degan  so‘zlar  tegishli  kelishikdagi  “O‘zbekiston

Respublikasi” 

degan 


so‘zlar 

bilan 


almashtirilgan. 

Shuningdek, 

“Qoraqalpog‘iston 

ASSR”,


“Qoraqalpog‘iston  MSSJ”  degan  so‘zlar  tegishli  kelishikdagi  “Qoraqalpog‘iston  Respublikasi”  degan

so‘zlar bilan almashtirilgan.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.

O‘zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotning  samarali  amal  qilishiga  va  xalq

farovonligining  o‘sishiga  imkoniyat  yaratuvchi  har  qanday  shakldagi  mulkchilik  bo‘lishiga

ruxsat  beriladi.  Mulkchilikning  hamma  shakllari  daxlsiz  bo‘lishiga  va  ularning  rivojlanishi

uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.

O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash va ko‘paytirib

borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.



(muqaddima  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni  tahririda  —

Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

Oldingi tahrirga qarang.

1-modda. Mulkiy huquq

1.  O‘zbekiston  Respublikasida  mulkiy  huquq  tan  olinadi  va  qonun  bilan  muhofaza

etiladi.

2.  Mulkdor  o‘ziga  tegishli  mol-mulkka  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  egalik  qiladi,  undan

foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Mulkdor  o‘z  mol-mulkiga  nisbatan  qonunga  zid  bo‘lmagan  har  qanday  xatti-

harakatlarni  qilishga  haqlidir.  U  mulkdan  qonun  hujjatlari  bilan  taqiqlanmagan  har  qanday

xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.

Z. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf

qilish  huquqini  boshqa  shaxslarga  berishga  faqat  o‘zi  haqlidir.  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlarida  ko‘zda  tutilgan  hollarda,  mulkdorning  zimmasiga  boshqa  shaxslarning  uning

mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.

4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira

chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan

foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.

Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan

qatiy  nazar,  fuqaro  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  va  boshqa  qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi.

5.  Mulkiy  huquqning  amalga  oshirilishi  atrof-muhitga  zarar  yetkazmasligi,  jismoniy,

yuridik  shaxslarning  va  davlatning  huquqlarini  buzmasligi  hamda  qonun  bilan  muhofaza

qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.

(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy

Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2-modda. Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunlar

1.  O‘zbekiston  Respublikasida  mulkchilikka  doir  munosabatlar  O‘zbekiston

Respublikasining  Konstitutsiyasi,  ushbu  Qonun  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  boshqa

qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.

2.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  mulkka  doir  munosabatlar,  shuningdek

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.



(2-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuniga  muvofiq

kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3-modda. Mulkiy huquq obyektlari

(3-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi,

o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi,  imoratlar  va  inshootlar,  mahsulotlar,  turar  joy  va  kvartiralar,

mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral

mikrosxemalarning  topologiyasi,  seleksiya  yutuqlari,  mahsulot  belgilari  va  xizmat  ko‘rsatish

belgilari,  asbob-uskunalar,  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  buyumlari,  pullar,  qimmatli

qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.



(3-moddaning  birinchi  bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  1994-yil  23-sentabrdagi  2022-XII-son

Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)

2.  Ixtirolar,  kashfiyotlar,  fan,  adabiyot,  san’at  asarlari,  axborot,  ilmiy  g‘oyalar,  texnik

ishlanmalar  va  aqliy  ijodning  boshqa  obyektlarini  yaratish  hamda  ulardan  foydalanish

xususidagi  munosabatlar  O‘zbekiston  Respublikasining  maxsus  qonunlari  bilan  tartibga

solinadi.

3.  Tarix  va  madaniyat  yodgorliklariga  mulkiy  huquqni  amalga  oshirish  O‘zbekiston

Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilab beriladi.

4.  Mol-mulkdan  xo‘jalikda  foydalanish  natijalari  (mahsulot  va  daromadlar),  qonunlar

yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.

Oldingi tahrirga qarang.

4-modda. Mulkiy huquq subyektlari

(4-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  jamoalar,  ularning  birlashmalari,  jamoat

tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini

o‘zi  boshqarish  idoralari,  xalq  deputatlarining  barcha  bo‘g‘indagi  Kengashlari  hamda  ular

vakolat  bergan  davlat  boshqaruvi  idoralari,  boshqa  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar,  boshqa

davlatlarning  yuridik  shaxslari  va  fuqarolari,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  mulkiy  huquq

subyektlaridir.  Turli  yuridik  shaxslar  va  fuqarolar,  shuningdek  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar

aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin.



(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy

Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

5-modda. Mulk shakllari

(5-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1. O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo‘ladi:

xususiy mulk;

shirkat (jamoa) mulki;

ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;

aralash mulk;

boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  barcha  mulk  shakllarining  teng  huquqliligini  va  huquqiy

jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.

(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy

Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)


Oldingi tahrirga qarang.

6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish

(6-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1.  Yuridik  shaxsning  majburiyatlari  bo‘yicha  haq  undirib  olish  mulk  huquqi,  to‘la

xo‘jalik  yuritish  yoki  operativ  boshqarish  huquqi  asosida  unga  tegishli  bo‘lgan  mol-mulkka

qaratilishi mumkin.

Mulkdor o‘zi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar

bo‘lmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.

2. Jismoniy shaxslar o‘z majburiyatlari bo‘yicha mulkiy huquq asosida o‘zlariga tegishli

bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradilar.

Jismoniy  shaxslarning  qarz  beruvchilar  da’volariga  binoan  haq  undirish  tarzida  olib

qo‘yilishi  mumkin  bo‘lmagan  mol-mulklari  ro‘yxati  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari

bilan belgilab qo‘yiladi.



(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy

Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

II BO‘LIM. XUSUSIY MULK

7-modda. Xususiy mulk

1. Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni

tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va

(yoki) yollanma mehnatni qo‘llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.

2.  Xususiy  mulk  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasidadir.  Mulkdor

o‘z  mulkidan  faqat  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mahrum  etilishi

mumkin.

3.  Xususiy  mulk  fuqarolarning  yollanib  ishlashdan,  tadbirkorlik  faoliyati  bilan



shug‘ullanishdan  olgan  daromadlari  hamda  kredit  muassasalariga  qo‘ygan  mablag‘laridan,

aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo‘yicha va amaldagi

qonun hujjatlarida man etilmagan o‘zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo‘lishlari hisobiga

hosil  etiladi  va  ko‘payib  boradi.  Fuqarolarning  xususiy  mulki  ularning  davlat  mulkini

xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.

4.  Fuqaro  o‘zining  mehnat  qilish  qobiliyati  –  ishchi  kuchini  tasarruf  etishda  mutlaq

huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga

oshiradi.

5.  Uy-joy  kooperativining,  uy-joy  qurish,  dala  hovli,  garaj  kooperativi  yoki  boshqa

kooperativning a’zosi foydalanish uchun o‘ziga berib qo‘yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud

boshqa  imorat  yoki  bino  uchun  pay  badalini  batamom  to‘lagach  shu  mol-mulkka  nisbatan

mulkiy huquqni qo‘lga kiritadi.



Oldingi tahrirga qarang.

“Toshuyjoyjamg‘armabank”ning  egasi  ko‘rsatilgan  obligatsiyalariga  ega  bo‘lgan  shaxs

imtiyozli  kreditni  to‘liq  uzsa  yoki  sotib  olinayotgan  kvartira  qiymatini  to‘liq  to‘lasa,  ana  shu

kvartiraning huquqini qo‘lga kiritadi;



(7-modda  beshinchi  bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  1996-yil  27-dekabrdagi  357-I-son

Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)

Davlat  va  idoraviy  uy-joy  fondining  uyidan  turar  joyni  ijaraga  olgan  ijarachi  va  uning

oila a’zolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.

Mazkur  mol-mulkni  mulk  qilib  sotib  olganidan  keyin  fuqaro  uni  o‘z  xohishiga  ko‘ra

tasarruf  etishga  —  sotishga,  vasiyat  qilib  qoldirishga,  ijaraga  berishga,  undan  garov  sifatida

foydalanishga, unga doir qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.



6. Xususiy mulk o‘z mol-mulkini sarmoya sifatida o‘rtaga qo‘yish, davlat, kooperativ va

o‘zga  korxonalarning  mol-mulkini,  ijaraga  olingan  mol-mulkni  sotib  olish,  mol-mulkni  kim

oshdi  savdosida  yoki  qonunda  yo‘l  qo‘yiladigan  o‘zga  asoslarda  xarid  etish  asnosida  yuzaga

keladi.


7.  Xususiy  mulk  bo‘lishi  mumkin  bo‘lmagan  obyektlar  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.



Oldingi tahrirga qarang.

8.  Savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  obyektlari  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan

birga  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  hamda  shartlarda  yuridik  va  jismoniy

shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.



(7-moddaning sakkizinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni

tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)

(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy

Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

III BO‘LIM. ShIRKAT (JAMOA) MULKI

(III-bo‘limning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

8-modda. Umumiy qoidalar

1.  Shirkat  (jamoa)  mulki  oilaviy  mulkni,  mahalla  mulkini,  shuningdek

kooperativlarning,  ijara,  jamoa  korxonalarining  mulkini,  jamoat  tashkilotlari  va  diniy

tashkilotlarning,  turli  xo‘jalik  jamiyatlari  va  shirkatlarining,  assotsiatsiyalar  va  yuridik  shaxs

hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o‘z ichiga oladi.

2.  Kollektiv  mulkning  hosil  bo‘lishi  va  ko‘payib  borishi  davlat  korxonalarini  ijaraga

berish,  mehnatkashlar  kollektivlariga  olingan  daromadlardan  davlat  mol-mulkini  sotib  olish

uchun  foydalanish  imkonini  berish  bilan,  davlat  korxonalarini  aksiyadorlar  jamiyatlariga

aylantirish  bilan,  fuqarolarning  va  yuridik  shaxslarning  mol-mulkini  kooperativlar  va  boshqa

xo‘jalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan ta’minlanadi.

3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning ro‘yxatini O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi.



(8-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  10,  11-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

9-modda. Oilaviy mulk

Oila  a’zolarining  mulki  oilaviy  mulkdir.  Bu  mulk  oila  a’zolarining  ehtiyojlarini

qondirish, uy-ro‘zg‘or va yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida

qonunda ruxsat berilgan, o‘zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol

buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Oilaviy  mulk  huquqi  o‘z  subyektlarining  har  biriga  aynan  tegishli  bo‘lgan  xususiy

mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.

(9-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  10,  12-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

10-modda. Mahalla mulki

1.  Ijtimoiy  o‘z-o‘zini  boshqarishning  boshlang‘ich  bo‘g‘inlari  —  mahallalar  egalik

qiladigan,  foydalaniladigan  va  tasarruf  etadigan  mol-mulk,  mahalla  aholisining  birgalikdagi

mehnat  faoliyati  yoki  ularning  mushtarak  daromadlari,  shuningdek  mazkur  mol-mulkdan

xo‘jalik  maqsadlarida  foydalanishdan  kelgan  tushumlar,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning

ixtiyoriy  badallari,  moddiy  va  xayriya  yo‘sinidagi  yordamlari,  xalq  deputatlari  mahalliy



Sovetlari  beradigan  moddiy  va  moliyaviy  resurslar  asosida  vujudga  keltirilgan  mol-mulkdan

iborat.


2.  Mahallada  istiqomat  qiluvchi  aholi  mahalla  mulkining  subyektidir.  O‘zi  saylab

qo‘ygan organlar — mahalla mulkini to‘la xo‘jalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi

va tasarruf etadi.

(10-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  10,  13-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

11-modda. Kooperativ mulk

1.  Xo‘jalikni  birgalikda  yuritish  yoki  boshqa  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  uchun  a’zolik

asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir.

2.  Kooperativ  mulk  uning  a’zolari  bergan  pul  yohud  boshqa  mol-mulk  shaklidagi

badallar,  ular  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  va  uni  sotishdan  hamda  kooperativ  ustavidan

nazarda  tutilgan  boshqa  faoliyatdan  keladigan  daromad  hisobiga  tashkil  topadi  va  ko‘payib

boradi.

3.  Kooperativ  tugatilgan  taqdirda  budjet,  banklar  va  boshqa  qarz  beruvchilar  bilan



hisob-kitob  qilingandan  keyin  qolgan  mol-mulk  kooperativ  a’zolari  o‘rtasida  ustavda  nazarda

tutilgan tartibda taqsimlanadi.



(11-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  10,  14-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki

(12-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  olingan  daromadlar  va  ijaraga  olingan  korxona  mablag‘i

hisobidan qo‘lga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir.

Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi a’zolarining kollektiv ishlarini idora qilishda

ishtirok  etish  hamda  foyda  (daromad)ni  taqsimlash  tartibi  va  shartlari  O‘zbekiston

Respublikasining ijara to‘g‘risidagi Qonuni asosida belgilanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

13-modda. Kollektiv korxonasining mulki

(13-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1.  Kollektiv  korxonasining  mulki  davlat  korxonasining  butun  mol-mulki  mehnat

kollektivi  a’zolarining  mulkiga  o‘tgan,  ijaraga  olingan  mol-mulk  sotib  olingan  yoki  qonunda

ko‘zda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo‘lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi.



(13-moddaning  birinchi  bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son

Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Kollektiv  korxonasining  mol-mulki,  shu  jumladan  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  va

olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir.

2.  Kollektiv  korxonasining  mol-mulki  tarkibida  uning  xodimlari  qo‘shgan  hissalar

belgilab  qo‘yiladi.  Bunday  hissa  tarkibiga  xodimlarning  kollektiv  korxonasi  vujudga  kelishiga

asos  bo‘lgan  davlat  korxonasi  yoki  ijaraga  olingan  korxona  mulkiga  qo‘shgan  umumiy

summasi,  shuningdek  mazkur  korxona  vujudga  keltirilganidan  keyin  xodim  korxona  mol-

mulkini ko‘paytirishga qo‘shgan ulushlari kiradi.

Xodimning  mol-mulkni  ko‘paytirishga  qo‘shgan  ulushi  miqdori  korxona  faoliyatida  o‘z

mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xo‘jalik faoliyati natijalariga asoslanib

shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va to‘lanadi.

Korxona  bilan  mehnat  munosabatlarini  to‘xtatgan  xodimga,  shuningdek  vafot  etgan

xodimning vorislariga qo‘shilgan hissasining qiymati beriladi.


Kollektiv  korxonasi  tugatilgan  taqdirda  hissaning  qiymati  xodimlarga  (ularning

vorislariga)  budjet,  banklar  bilan  va  boshqa  qarz  beruvchilar  bilan  hisob-kitob  qilingandan

keyin qolgan mol-mulkdan to‘lanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

14-modda. Xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki

1. Yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning

qo‘shgan hissasi hisobidan, xo‘jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan

boshqa asoslarda ular tomonidan qo‘lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo‘ladi.

2.  Xo‘jalik  jamiyati  va  shirkati  qatnashchisi  qo‘shgan  hissa  tarkibiga  asosiy  va  axborot

fondlar, pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, o‘zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi

mumkin.

3.  Yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  davlat  boshqaruvi  idoralari,  basharti,  O‘zbekiston



Respublikasining  qonun  hujjatlarida  boshqa  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  xo‘jalik

jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo‘lishi mumkin.

4.  Aksiyali  jamiyat  aksiyalar  sotish  hisobiga  hosil  bo‘lgan,  shuningdek  o‘z  xo‘jalik

faoliyati  natijasida  olingan  va  qonunda  man  etilmagan  boshqa  asoslarga  binoan  qo‘lga

kiritilgan mol-mulkning egasidir.

Korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  davlat  boshqaruvi  idoralari,  O‘zbekiston

Respublikasi  fuqarolari,  ajnabiy  davlatlarning  yuridik  va  jismoniy  shaxslari,  basharti,

O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlarida  boshqa  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,

aksiya egalari bo‘lishlari mumkin.

Davlat  korxonasi  vakolat  berilgan  davlat  idorasining  qaroriga  asosan  korxonaning

butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin.

Aksiyalarni  sotishdan  olingan  mablag‘  davlat  korxonasining  qoplanganidan  keyin  tegishli

budjetga tushadi.

(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy

Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(15  va  16-moddalar  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuniga

muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

15-modda. Xo‘jalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki

(15-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1.  Korxona  va  tashkilotlarning  xo‘jalik  uyushmasi  (shu  jumladan  konsern,  tarmoq,

tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan,

shuningdek uning o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir.

2.  Xo‘jalik  uyushmasi  unga  kiruvchi  korxona  va  tashkilotlarning  mol-mulkiga  egalik

qilish huquqiga ega emas.

3. Xo‘jalik uyushmasining faoliyati to‘xtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan

korxona  va  tashkilotlar  o‘rtasida  kelishuv  asosida  hamda  ularning  qo‘shgan  hissalarini

(ulushlarini) e’tiborga olgan holda taqsimlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki

(16-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1.  Jamoat  birlashmalari  (siyosiy  partiyalar,  ommaviy  harakatlar,  shu  jumladan  xalq

frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko‘ngilli

jamiyatlar,  ijodiy  ittifoqlar,  fondlar,  uyushmalar  va  fuqarolarning  boshqa  birlashmalari)ning

mulkida  ular  ustavlarida  ko‘zda  tutilgan  faoliyatni  moddiy  jihatdan  ta’minlash  uchun  zarur

bo‘lgan  binolar,  inshootlar,  uy-joy  fondi,  asbob-uskunalar,  madaniy  ma’rifiy  va



sog‘lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar

va mol-mulk bo‘lishi mumkin.

Jamoat  birlashmalari  mulkida,  shu  birlashmalar  mablag‘lari  hisobidan  ularning

ustavlarida  ko‘rsatilgan  maqsadlarga  muvofiq  vujudga  keltiriladigan  korxonalar  ham  bo‘lishi

mumkin.

Jamoat  birlashmalarining  pul  mablag‘lari  a’zo  bo‘lish  va  a’zolik  badallaridan,  ixtiyoriy



badallar, xayr-ehsonlar; o‘tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag‘lar; ishlab chiqarish-xo‘jalik

va  noshirlik  faoliyatidan  olingan  daromadlar;  qonunda  taqiqlanmagan  boshqa  tushumlar

hisobidan tashkil etiladi.

Uyushmalar  va  ularga  kiruvchi  birlashmalarning  shu  uyushmalarga  qarashli  mol-

mulkdan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  sohasidagi  vakolatlari  uyushmalar  va

birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab yoki

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki

bo‘la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin.

Jamoat  uyushmalari  o‘z  ustavlarida  yozib  qo‘yilgan  maqsadlar  va  vazifalarga  muvofiq

hamda  qonunlarda  belgilanadigan  tartibda  o‘zga  davlatlardan  keladigan  pul  mablag‘larini

hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.

Siyosiy  maqsadlarni  ko‘zlaydigan  partiyalar  va  ijtimoiy  harakatlar  o‘zga  davlatlarning

yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o‘zga moddiy yordam olishga haqli emaslar.



(16-moddaning  birinchi  bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son

Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

2.  Jamoat  uyushmalari  tugatilganidan  keyin  qolgan  mol-mulk  uning  ustavidan  ko‘zda

tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki

(17-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1.  Diniy  tashkilotlarning  mulkida  binolar,  diniy  faoliyatga  doir  buyumlar,  ishlab

chiqarish,  ijtimoiy  va  xayriya  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  obyektlar,  diniy  tashkilotlarning

faoliyatini  ta’minlash  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  mablag‘lari  va  boshqa  mol-mulk  bo‘lishi

mumkin.

Diniy  tashkilotlar  o‘z  mablag‘iga  sotib  olgan  va  barpo  etgan,  fuqarolar,  tashkilotlar



ehson  qilgan  yoki  davlat  tomonidan  berilgan  va  qonunda  man  etilmagan  boshqa  asoslarga

binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar.

Diniy  tashkilotlar  O‘zbekiston  Respublikasi  sarhadlaridan  tashqarida  bo‘lgan  mol-

mulkka egalik qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo‘l qo‘yiladi.

Diniy  tashkilotlar  ixtiyoriy  suratda  moliyaviy  va  boshqa  xayr-ehson  qilishni  so‘rab

murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.

(17-moddaning  birinchi  bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son

Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

2.  Diniy  tashkilotlarga  tushadigan  moliyaviy  va  mol-mulk  tarzidagi  xayr-ehsonlar,

shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.

IV BO‘LIM. DAVLAT MULKI

Oldingi tahrirga qarang.

18-modda. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki

(kommunal  mulk)  kiradi.  Davlat  mulkini  tasarruf  etish  va  boshqarishni  xalq  (ma’muriy-

hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan

davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.


2.  O‘zbekiston  Respublikasining,  ma’muriy-territorial  tuzilmaning  budjet  yoki  boshqa

mablag‘lari  yoxud  ular  ixtiyoridagi  korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalarning  mablag‘i

hisobiga  hosil  qilinadigan  yoki  sotib  olinadigan  mulk  tegishli  ravishda  O‘zbekiston

Respublikasining mulki yoki ma’muriy-territorial tuzilmaning mulki bo‘ladi.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  va  ma’muriy  territorial  tuzilmalarning  majburiyatlari

bo‘yicha  javob  bermaydi.  Ma’muriy-territorial  tuzilma  esa  O‘zbekiston  Respublikasining

majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

4. O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo‘jalik

faoliyati  natijalariga  har  bir  davlatning  ma’lum  ulushda  egalik  huquqi  asosida  mulk  hosil

qilishi mumkin.

Davlatlararo  manfaatlarga  daxldor  bo‘lgan  suv  resurslaridan,  havo  havzasidan  va

boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.



(18-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  17,  20-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

19-modda. Davlat mulkining obyektlari

1. O‘zbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:



Oldingi tahrirga qarang.

er  (qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda,  tartibda  va  shartlarda  mulk  qilib

berilgan  yerlardan  tashqari),  yer  osti  boyliklari,  ichki  suvlar,  respublika  hududi  doirasidagi

havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;



(19-modda  1-bandining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  1995-yil  6-maydagi  70-I-

son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;

jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;

jumhuriyat  budjetining  mablag‘lari,  jumhuriyat  va  davlat  ahamiyatidagi  banklar,

sug‘urta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;

davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy o‘quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha

obyektlari  hamda  davlatning  respublika  istiqlolini  va  iqtisodiy  mustaqilligini  ta’minlovchi

boshqa mol-mulklari kiradi.

2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan

yer  maydonlari  hamda  boshqa  tabiiy  zaxiralar  va  obyektlarni  berish  tartibi  Qoraqalpog‘iston

Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.

(19-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  17,  21-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

20-modda. Davlat mulkining subyekti

O‘zbekiston  Respublikasi  xalqi  davlat  mulkining  subyektidir.  Mulkiy  huquqni  xalq

nomidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  ular

vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.



(20-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  17,  22-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

21-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  subyektlarining  respublika  sarhadlaridan

tashqaridagi mulki

O‘zbekiston  Respublikasining  respublika  sarhadlaridan  tashqaridagi  davlat  mulki

hisoblangan  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  O‘zbekiston

Respublikasi  qonunlari  hamda  mol-mulk  qaysi  davlatda  joylashgan  bo‘lsa,  shu  davlatning

qonunlari, shuningdek xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi.

(21-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  17,  22-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)


Oldingi tahrirga qarang.

(24-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuniga  muvofiq

chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(25-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuniga  muvofiq

chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(26-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuniga  muvofiq

chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

22-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilma mulki (kommunal mulk) obyektlari

Mahalliy  budjet  hisobidan  vujudga  keltirilgan  hamda  sotib  olingan,  shuningdek  davlat

mulkidan  o‘tkazilgan  va  mahalliy  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  mol-mulk  viloyat,  tuman,  shahar

yoki  boshqa  ma’muriy-hududiy  tuzilma  mulkining  obyektidir.  Davlatning  mutlaq  mulkiga

taalluqli obyektlar kommunal mulk hisoblanmaydi.

(22-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  23,  24-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

23-modda. Ma’muriy-territorial tuzilma mulkining subyektlari (kommunal mulk)

Tegishli  ma’muriy-hududiy  tuzilmaning  aholisi  kommunal  mulkning  subyektidir.

Mulkiy  huquqni  ro‘yobga  chiqarishni  O‘zbekiston  Respublikasidagi  xalq  deputatlari  mahalliy

Kengashlari amalga oshiradilar.



(23-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  23,  25-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

24-modda. Davlat korxonasining mol-mulki

1. Davlat mulki bo‘lgan va davlat korxonasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk to‘la xo‘jalik

yuritish huquqi asosida unga tegishlidir.

Korxona  o‘z  mol-mulki  bilan  to‘la  xo‘jalik  yuritish  huquqini  amalga  oshirar  ekan,

mazkur  mulkka  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  tasarruf  etadi,  unga  nisbatan  o‘z  xohishi

bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. To‘la xo‘jalik yuritish

huquqiga  nisbatan,  basharti  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  boshqa  tartib  ko‘zda

tutilmagan bo‘lsa, mulkchilik huquqi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.



(24-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  23,  26-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

25-modda. Davlat korxonasi mehnat kollektivi a’zolarining mulki

1. Soliqlar va boshqa budjetga to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korxonasida

qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korxona mehnat jamoasi a’zolarining

mulkiga  aylanib,  undan  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlariga  va  korxona  ustaviga

muvofiq foydalaniladi.

2. Mehnat kollektivining a’zosiga tegishli foyda daromad miqdori uning ulushi bo‘ladi.

Korxona  tugatilgan  taqdirda  ulush  summasi  (aksiyalar  qiymati)  mehnat  kollektivi

a’zolariga  (vorislarga)  budjet,  banklar  bilan  va  korxonaning  boshqa  qarz  beruvchilari  bilan

hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan to‘lanadi.

(25-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  23,  27-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki


(26-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1.  Davlat  mulki  bo‘lgan  va  mulkdor  tomonidan  davlat  budjetida  turuvchi  davlat

muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qo‘yilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ

boshqaruvida bo‘ladi.

2. Davlat budjetida turuvchi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan

hollarda  xo‘jalik  faoliyatni  amalga  oshirishlari  mumkin  bo‘lgan  davlat  muassasalari

(tashkilotlari)  ana  shunday  faoliyatdan  kelgan  daromadlarni  va  shu  daromadlar  hisobidan

orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar.

3.  Davlat  muassasasi  (tashkiloti)  o‘z  majburiyatlari  yuzasidan  o‘z  egaligidagi  pul

mablag‘lari  bilan  javob  beradi.  Davlat  muassasasining  (tashkilotining)  mablag‘i  yetarli

bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulkning egasi javobgar bo‘ladi.

V BO‘LIM. ARALASh MULK

Oldingi tahrirga qarang.

27-modda. Aralash mulk huquqi

Mulkning  aralash  shakllari  mulkdorlarning  moddiy  va  pul  mablag‘larini  birlashtirish

yo‘li  bilan  hosil  qilinadi.  Aralash  mol-mulkka  egalik  qilish  hissaviy  ishtirok  etish  prinsipi

asosida  ham,  shuningdek  o‘z  mablag‘larini  birlashtirgan  mulkdorlar  o‘rtasida  daromadlarni

qo‘shgan  ulushiga  qarab  taqsimlash  asosida  va  tomonlarning  kelishuvi  bilan  ham  amalga

oshirilishi mumkin.

Aralash  mulkning  o‘z  mablag‘larini  birlashtirayotgan  mulkdorlarning  maqomi  bilan

belgilanadigan  har  xil  turlari  bo‘ladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  va  boshqa  davlatlarning,  turli

yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

(27-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  23,  28-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

27-1-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish

O‘zbekiston Respublikasining yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal

mulk)  bo‘lmish  korxonalar,  mulkiy  majmualar,  binolar,  inshootlar  va  boshqa  mol-mulk

O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlarida  belgilab  qo‘yilgan  tartib  va  shartlar  asosida  mulk

qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga o‘tkazib

berilishi mumkin.



(27-1-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1995-yil  6-maydagi  70-I-son  Qonuni  tahririda  —  Oliy

Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(28-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2002-yil  13-dekabrdagi  447-II-son  Qonuniga  muvofiq

chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

VI BO‘LIM. AJNABIY FUQAROLAR, TAShKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI

(VI-bo‘limning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(33-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuniga  muvofiq

chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

29-modda. Chet el fuqarolarining mulki

Chet  el  fuqarolari  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  mulklariga  egalik  huquqiga

egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o‘tkazilishini kafolatlaydi.

(29-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  32,  33-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)


Oldingi tahrirga qarang.

30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki

Chet  el  yuridik  shaxslari  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  xo‘jalik  faoliyatlarini  va

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun

zarur  bo‘ladigan  o‘z  mulklariga  ega  bo‘lishga  haqlidirlar.  Chet  el  yuridik  shaxslarining  mulki

davlat  tomonidan  muhofaza  etiladi.  Mulkni  ko‘paytirish  va  boshqa  davlatlarga  o‘tkazish

qonunan ta’minlanadi.



(30-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  32,  34-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki

Ajnabiy  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  xalqaro

shartnomalarda  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  va

tartibda  diplomatik,  konsullik,  ijtimoiy-madaniy,  xayriya  va  boshqa  xalqaro  munosabatlarni

amalga  oshirish  uchun  zarur  mol-mulkka  egalik  qilishga  haqlidirlar.  Ularning  mol-mulkini

asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.



(31-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  32,  35-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

VII BO‘LIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYa QILINIShI

Oldingi tahrirga qarang.

32-modda. Mulkiy huquqning kafolati

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  mulkiy  huquqni  amalga  oshirishni  kafolatlaydi,

mulkdorning  konstitutsiyaviy  huquqlarini  ta’minlaydi.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida

nazarda  tutilgan  hollarni  istisno  etganda,  mol-mulkni  ko‘paytirishni  cheklashga  hamda  uni

majburan tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2.  O‘zbekiston  Respublikasining  va  boshqa  davlatlarning  yuridik  hamda  jismoniy

shaxslariga  mulkiy  huquqlarini  himoya  qilishda  O‘zbekiston  Respublikasi  teng  sharoitlar

yaratib beradi.



(32-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonunining  32,  36-

bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi

(33-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

1. Mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  qonunlariga  muvofiq  talab  qilib  qaytarib  olish  huquqiga

egadir.


2.  Mulkdor  o‘z  huquqini  har  qanday  buzishlarni,  garchi  bunday  buzishlar  uni  mulkka

egalik  qilish  huquqidan  mahrum  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lmasa-da,  bartaraf  etishni  talab  qilishi

mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.



(33-moddaning  3-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  14-sentabrdagi  O‘RQ-446-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

4.  Ushbu  moddada  ko‘zda  tutilgan  huquqlar  garchi  mulkdor  bo‘lmasa  ham,  mulkdan

to‘la xo‘jalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish

yoki qonunda yoxud shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi

shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs o‘z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.

Oldingi tahrirga qarang.


34-modda.  Mulkdorning  huquqi  qonuniy  ravishda  to‘xtatilgan  taqdirda  uning

manfaatlarini himoya qilish

1.  Mulkdorga  qarashli  uy,  boshqa  binolar,  inshootlar,  dov-daraxtlar  joylashgan  yer

uchastkasini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining

mulkdor  mol-mulkini  bevosita  olib  qo‘yishga  qaratilmagan  boshqa  qarori  munosabati  bilan

mulkdorning  huquqini  to‘xtatib  qo‘yishga  faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlarida

belgilangan  hollarda  va  tartibdagina  yo‘l  qo‘yiladi.  Bunda  mulk  huquqi  to‘xtatilishi  oqibatida

yetkazilgan zarar mulkdorga batamom to‘lanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mulkdor  norozi  bo‘lgan  taqdirda  nizo  sud  tomonidan  hal  etilmagunicha,  mulk

huquqining  to‘xtatilishiga  olib  boradigan  qaror  amalga  oshirilishi  mumkin  emas.  Mulkdorga

yetkazilgan  zararni  qoplash  bilan  bog‘liq  barcha  masalalar  ham  nizoni  ko‘rib  chiqish

jarayonida hal etiladi.

(34-moddaning  1-bandi  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  14-sentabrdagi

O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

2.  Mulkdor  mol-mulkining  davlat  tomonidan  olib  qo‘yilishiga  mulkdorning

majburiyatlari  bo‘yicha  haq  undirish  shu  mulkka  qaratilgan  taqdirdagina  O‘zbekiston

Respublikasi  qonunlarida  ko‘zda  tutilgan  hollarda  va  tartibda,  shuningdek  rekvizitsiya  va

musodara tartibida yo‘l qo‘yiladi.

Tabiiy  ofatlar,  falokatlar,  yuqumli  kasalliklarning  tarqalishi,  hayvonlarda  kasallikning

keng  yoyilishi  va  favqulodda  ro‘y  beradigan  boshqa  holatlarda  mol-mulk  davlat  hokimiyati

idoralarining qaroriga  binoan jamiyat  manfaatlarini ko‘zlagan  holda mulkdordan O‘zbekiston

Respublikasi  Qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  va  shartlar  bilan  majburiy  tarzda  olib

qo‘yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati to‘lanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  ko‘zda  tutilgan  hollarda  sudning  qaroriga

binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.

(34-moddaning  2-bandi  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  14-sentabrdagi

O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi

(35-moddaning  nomi  O‘zbekiston  Respublikasining  1993-yil  7-maydagi  851—XII-son  Qonuni

tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)

Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga

xilof bo‘lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning o‘zlariga

qarashli  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  yoki  uni  tasarruf  etish  borasidagi

huquqlari  buzilgan  taqdirda  bunday  hujjat  mulkdorning  yoki  huquqi  buzilgan  shaxsning

da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.

Mazkur  hujjatlarni  chiqarish  oqibatida  fuqarolarga,  tashkilotlar  va  boshqa  shaxslarga

yetkazilgan  zararlar  tegishli  hokimiyat  yoki  boshqaruv  organi  ixtiyoridagi  mablag‘  hisobidan

to‘la-to‘kis qoplanishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

36-modda.  Davlat  organlarining  mulkdor  o‘z  vakolatlarini  amalga  oshirishiga

aralashganligi uchun javobgarligi

Davlat  organlari  mulkdorga  yoxud  to‘la  xo‘jalik  yuritish,  bevosita  boshqarish  huquqi

bo‘yicha  yoki  qonun  yoxud  shartnomada  nazarda  tutilgan  boshqa  asosda  mol-mulkka  egalik

qiluvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha

vazifalar yoki cheklashlar belgilab qo‘yishga huquqli emas.

Davlat  organlari  mulkdorning  hamda  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatib

o‘tilgan shaxslarning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan

iborat  huquqlarini  amalga  oshirishiga  qonunga  xilof  ravishda  aralashganlik  oqibatida



yetkazilgan  zarar  uchun  ushbu  Qonunning  35-moddasida  nazarda  tutilgan  hajmda  mulkiy

javobgar bo‘ladilar.



(36-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  1994-yil  23-sentabrdagi  2022-XII-son  Qonuniga  muvofiq

kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KАRIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 31-oktabr,

152-XII-son



(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 31-33-son, 371-modda; 1991-y., 11-

son, 273-modda; 1993-y., 5-son, 235-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Download 137,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish