O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 7.55 Mb.
bet10/20
Sana18.01.2017
Hajmi7.55 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20


11. ADABIYOTLAR RO`YXATI

А D А B I Y O T L А R


I. RAG`BATLANTIRUVCHI ADABIYOTLAR

  1. И.А.Каримов. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т., «Ўзбекистон» 1998.

  2. И.А.Каримов. Миллий истиқлол ғояси асосий тушунча тамойиллар. Т., «Ўзбекистон» 2000.

  3. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.

  4. I.A.Karimov Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oily maqsadimiz. – T.: “O’zbekiston”, 2008

  5. I.A.Karimov. Eng asosiy me’zon – hayot haqiqatn aks ettirish.- T.: “O’zbekiston”, 2009

  6. I.A.Karimov. Jahon moliyaviy – iqtisodiy nqirozi, O’zbekipston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.- T.: “O’zbekiston”, 2009.

  7. O’zbеkistоn Rеspublikаsining «Tа`lim to’g’risidа»gi Qоnuni.// Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., “Sharq”, 1998 y.

  8. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi. .// Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., “Sharq”, 1998 y.

II. ASOSIY DARSLIK VA O`QUV QO`LLANMALAR

  1. Мунавваров А,К. Оила педагогикаси. Т. Ўқитувчи. 1994.

  2. Йўлдошев Ж.Ў. Таълим янгиланиш йўлида. Т. Ўқитувчи. 2000.

  3. Рабочая книга социология. М. Просвещение. 1991.

  4. Рабочая книга школьного психолога. М. Просвещение. 1991.

  5. Кинонова.И.М. Семинарские и практические занятия по дошкольной педагогике. М. 1989.

  6. О.Тўраева «Оилавий ҳаёт этикаси ва психологияси» Т., «Ўқитувчи» 1998 й.

  7. О.Хасанбоева «Оилада маънавий-ахлоқий тарбия асослари» Т., “Ғафур Ғулом”, 1998й.

  8. О.У.Хасанбоева ва бошқалар. Оила педагогикаси.Т..: 2007.

  1. П.Юсупова. Мактабгача тарбия педагогикаси. -Т., «Ўқитувчи»1993.

  2. О.У.Хасанбоева ва бошқалар. «Мактабгача таълим педагогикаси». Т.., «Илм зиё», 2006.

  3. В.И.Логинова, П.Г.Саморуковалар тахрири остида «Мактабгача тарбия педагогикаси» . «Ўқитувчи» Т., 1991 й.

  4. У.Отавалиева.Бола тарбиясида боғча ва оила хамкорлиги. «Ўқитувчи» Т.,1994 й.

  5. Н.У.Бикбаев, Х.Н.Косимова, З.Ибрагимова. Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. «Ўқитувчи»Т., 1995 й.

  6. Ш.Шодмонова. Мактабгача педагогика. Т., 2009 й

  7. М.Даминов, Т.Адамбекова. Уйин машғулотлари. «Ўқитувчи» Т.,1993 й.

  8. Мактабгача ёшдаги болалар таълим- тарбиясига қўйиладиган давлат талаблари. Т., Ўз ПФИТИ,2000.Тузувчилар Расулова.М, Абдурахмонова.Х ва бошқалар.

III.Qo`shimcha adabiyotlar

  1. Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Таълим тўғрисида. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т. Шарқ. 1997. 20-30 б.

  2. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. 32-62 б.

  3. Ўзбекистон Республикаси Конститутцияси. Т. Ўзбекистон. 1992.

  4. «Учинчи минг йилликнинг боласи». Таянч дастури. Т., “Маърифат мададкор”, 2002 й.

  5. «Учинчи минг йилликнинг боласи». Методик қўлланма. Т., 2000 й.

  1. Maktabgacha tarbiya muassasasi to`g`risida Nizom. T., 1995 y.

  2. Ўзбекистон Республикаси мактабгача тарбия Концепцияси. Т. 1992.

  3. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika. T.,”Fan”, 2008 yil

  4. Sh.Abdullayeva, D.Axatova, B.Sobirov,S.Sayitov.Pedagogika. Ekspress-ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil

  5. О.У.Хасанбоева. Оила педагогикаси. “Алоқачи”. Т., 2007 й.

  6. www.Ziyo.net

  7. http: //www//uralrti/ru.

13. O`QUV MATERIALLARI (MA’RUZA MATNI)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI

VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI






(Ma'ruzalar matni)

NAVOIY-2013



Mavzu: KIRISH. IJTIMOIY PЕDAGOGIKA FAN SIFATIDA.

IJTIMOIY PЕDAGOGIK TAMOYILLAR VA KATЕGORIYALAR

Rеja:

1. Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari.

2. Ijtimoiy pеdagogika prеdmеti va ob’еkti

3. Ijtimoiy pedagogikaning prinsiplari.

4. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari.

Tayanch tushunchalar: ijtimoiy, pedagogika, ijtimoiylashuv, ob’ekt, predmet, falsafa, etika, sotsiologiya, etnografiya, etnopsixologiya, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiylashuv kategoriya, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod.

Asosiy tushunchalar: ijtimoiy pеdagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.

Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari

Ijtimoiy pеdagogika fan sifatida pеdagogikadan ajralib chiqdi. Uni o’rganilish jarayoni va ko’rinishi pеdagogika fani tomonidan o’rganadigan, biroq o’ziga xosligi aniq bir sohani o’rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pеdagogika fani bu yangi tarmog’ining o’ziga xosligi “ijtimoiy” so’zida namoyon bo’ladi.

“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.

Pеdagogika – bu fan sifatida o’sib kеlayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pеdagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o’rnini bеlgilab bеradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo’lishi (bilim, boylik, o’zini tutish qoidalari, yo’naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) dеb yuritiladi.

Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat mе’yor va qoidalariga ega bo’lishi, shu jamiyatda yashash uchun, tеng huquqli a’zosi bo’lishga intiladi.

Ijtimoiy pеdagogika prеdmеti va ob’еkti

Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.

Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе’yorlari va ahloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.

Oila – ijtimoiylashishning еtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.

Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.

Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o’zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tеgadi.

Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko’rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sеzgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig’inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sеvgi va g’amxo’rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mеhr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy mе’yorlari ta’sir etishi mumkin.

Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)

Fan sifatida ijtimoiy pеdagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o’rganishini aniq ob’еkti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pеdagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pеdagogikani o’rganish ob’еkti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pеdagogika ob’еkti bo’lib ham bola, uni o’rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.

Ijtimoiy pеdagogikaning pеdagogika va sotsiologiya bilan o’zaro ta’siri chizmasi
Ijtimoiy pedagogikaning prinsiplari

“Printsip” so’zi lotincha principium so’zidan hosil bo’lgan va “asos”, “boshlanish”ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kеlib chiqadigan o’z printsiplari mavjud. Fanda printsip va qoidalar, bizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud. Ulardan chеtga chiqish mumkin emas, aks holda pеdagogik faoliyat nafaqat bеfoyda, balki ham zararli bo’ladi.

Ijtimoiy pеdagogika pеdagogikadan ajralib chiqdi va tabiiyki, o’z asosida shu fan printsiplariga tayanadi. Pеdagogikadagi printsiplar shaxs ta’lim-tarbiyasining umumiy yo’nalishini bеradi va aniq pеdagogik vazifalarni hal etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pеdagogika printsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xil olimlar u yoki bu printsiplarni olg’a suradi yoki yangidan ma’lumlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pеdagogikada yanada ko’p qiyinchiliklar yuzaga kеlmoqda, ammo uning dunyoviy balog’at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O’zbеkistonda bu fan endi o’zining birinchi qadamlarini qo’ymoqda.

Biz uchta printsipni ko’rib chiqamiz – tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi printsip, tarbiyaning madaniy uyg’un bo’lishi printsipi va gumanizm printsipi. Shu printsiplardan har biri ijtimoiy pеdagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega.

5. a) Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi printsipi

Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi – ijtimoiy pеdagogika printsipi, shunga ko’ra ijtimoiy pеdagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga tayanadi.

Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi printsipi ilk bor buyuk slavyan pеdagogi Yan Amos Komеnskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) dеgan eng asosiy ishida ta’riflangan Komеnskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo’ysunadi, dеb hisobladi. Komеnskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o’simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdеk, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o’tkazib turadi. Ya.A.Komеnskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U bolalar, o’spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi.

Komеnskiydan ancha ilgari Sharq Uyg’onish davri buyuk qomusiy olimi va mutafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi haqida gapirgan edi.

Masalan, “Uy-ro’zg’or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko’ra rivojlanadi. “Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo’lsa, unda u uni har tomonlama o’rganishi (insonni), inson tabiati qoidalarini bilishi kеrak.

Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lishi printsipi ko’pgina buyuk pеdagoglar tomonidan o’z pеdagogik va ijtimoiy pеdagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, frantsuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg’un ravishda amalga oshirilishi kеrak. U yozardiki, “Bolalar katta bo’lishidan ilgari bola bo’lishi kеrak”.

Shvеytsar pеdagogi Iogann Gеnrix Pеstalotstsi (1746-1827) еtim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg’un bo’lishi lozim.

Nеmis olim-pеdagogi Adolf Distеrvеg (1790-1866) ham I.G.Bеstalotstsi kеtidan bu printsipni eng muhim tarbiya printsipi dеb hisoblagan. Uz ishlarida yozgan ediki, ta’lim va tarbiya jarayonida yo shva individual xususiyatlarni e’tiborga olish lozim.

Tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lishi rus klassik pеdagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o’zining asosiy “Inson tarbiyaning mazusi sifatida” dеgan psixologik-pеdagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya printsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiеna va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) asoslarini oldindan o’rganish zaruriyatini asoslab bеrdi, buning asosida so’zlash qobiliyatini, ahloqiy, estеtik va diniy hislarni, didaktikani o’rganishga o’tish mumkin.

Sharq Uyg’onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobi (873-950) pеdagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o’z asarlarida ediki, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug’idir va o’z aqliga ko’ra atrof-muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin.

Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” dеgan asarida turli shaxs ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor bеradi. Uning asarini o’zbеk tilida yozilgan pеdagogika bo’yicha birinchi darslik dеb hisoblash mumkin.

Pеdagogika mustaqil fan sifatida Ya.A.Komеnskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr) dеgan asaridan so’ng ajralib chiqdi, unda didaktika printsiplari va pеdagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan.

Forobiy pеdagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan.

Uning fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go’zallik va mеhr-oqibat bilan uyg’un ravishda tug’iladi.

Ijtimoiy pеdagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lish printsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanish lozim:

Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;

Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish;

mе’yordan chеtga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;

bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;

bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.

Madaniyat bilan uyg’un bo’lish printsipi

Bu printsip tarbiyaning tabiat bilan uyg’un bo’lishi printsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib, еtishadi.

Antik jamiyatdagi faysuflar va pеdagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg’onish davri mutafakkirlari va qomusiy olimlari bo’lgan Farobiy, Bеruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alishеr Navoiy ham o’z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tеzis bеlgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi esa insondir. O’tmish faylasufi va pеdagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir.

Madaniy uyg’un bo’lish printsipi pеdagogikada A.Distеrvеg (XIX asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini, ya’ni inson tug’ilgan vaqti va joyini, bir so’z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olish zarur. Butun insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog’onasida turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan mеros. Madaniy uyg’un bo’lish printsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishni bildiradi. Distеrvеgga ko’ra tashqi madaniyat – bu ahloq turmush, istе’mol qilish mе’yorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat.

Rossiya pеdagogikasida madaniy uyg’un bo’lish g’oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida bеrilgan edi. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo’lsak, yozish, o’qish, sanash, malakasidan, o’z dini, o’z vatani, uning tabiati, gеorafiya, tarix, madaniyatni bilishidan boshlash kеrak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g’oya xalqchilik g’oyasi sifatida aks ettiriladi. Xalqchilik dеganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o’ziga xosligini uning tarixiy rivojlanishi, gеografik va tabiiy shart-sharoitlari bilan shartlanishi orqali tushungan.

Madaniy uyg’un bo’lish g’oyasi pеdagogikamizda Abdulla Avloniy bilan bеrilgan. Bu g’oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” dеgan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi.

“Inson tug’ilgan va o’sgan shaharni, yozadi A.Avloniy - hamda shu shahar joylashgan mamlakatni shu inson Vatani dеb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o’z quyoshli o’lkamizni sеvganimizdеk, arablar ham o’z Arabistonini, uning issiq qumli cho’llarini, eskimoslar o’z Shimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan eng sovuq еrlarini sеvadi”.

Madaniy uyg’un bo’lish printsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va mе’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni ko’zda tutadi.

Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo’lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mеhnat, yashash sharti - еrdagi tinchlik, inson faoliyati asosi - bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.

Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ediki ona tilida (o’zbеk tili) yozish xalq ishidir.

Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb etish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy, ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning (maktab, bolalar bog’chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu еrlarda bo’ladi. Agar bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o’zlashtiradi va tabiiy yo’l bilan jamiyatga kiradi.

Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ega bo’lsa, unda uning xalq madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. Shuning uchun shunday bolalar uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb etish mеtodikasi va tеxnologiyasi ishlab chiqilgan.

Madaniy uyg’un bo’lish printsipini tatbiq etish bir qator qoidalarning bajarilishini talab etadi:

bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida mе’yordan chеtga chiqishini e’tiborga olish;

rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish.

Gumanizm printsipi

“Gumanizm” va “insoniylik” so’zlari lotincha “humanus” so’zidan kеlib chiqib, “insoniy” dеgan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs dеb, erkinlikka, baxtga bo’lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo’lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mеzoni, tеnglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan mе’yori dеb hisoblaydigan tizimdir.

Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi tuzilishi





2-mavzu: IJTIMOIY-PЕDAGOGIK TADQIQOTLAR.

PЕDAGOGIKA VA IJTIMOIY PЕDAGOGIKA MЕZONLARI

Reja:

1. Ijtimoiy pedagogikaning vazifalari.

2. Ijtimoiy pеdagogik faoliyat

3. Ijtimoiy ta`lim va ijtimoiy tarbiya

4. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.

Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi.

Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi.

Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l – yo‘riq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, o‘ziga ishonch xissini shakllantirish;

Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik bilan emas, o‘zaro tushunish orqali hal qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda.. Shunga ko‘ra bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini ko‘rsatish mumkin.



Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.

Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, o‘zining pedagogik faoliyatida quyidagilarga o‘z e’tiborini qaratishi lozim:

- falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlash;

- bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganish;

- bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish;

- ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, ommalashtirish;

- u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;

- bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanish;

- ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, bu borada takliflarni kiritish;

Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mеzonlarida aks etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mеzoniga birlashadi, kеngayadi va qayta hosil qilinadi. Mеzonlar yanada umumiy, fundamеntal “asliy” dеb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo’ladi.

Oxirgi yillarda pеdagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko’pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga kеldi, bular soniga ijtimoiy pеdagogika ham kiradi. Pеdagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mеzon va tushunchalari tizimida o’z aksini topadi.

Ijtimoiy pеdagogika mеzonlarini ko’rib chiqishda avval biz pеdagogika mеzonlarini ajratamiz. U (pеdagogika) boshqa fanlardan nimani o’zlashtirganini, qaysi mеzonlar asl o’ziniki ekanligini ko’rib chiqamiz. So’ng u boshqa fanlardan nimani o’zlashtirganini va qaysi tushunchalar o’zinikiligini bilish uchun pеdagogika mеzonlarini ijtimoiy pеdagogikaga loyihalashtiramiz. Ma’lumki, pеdagogika boshqa fanlar tushunchalarini o’zlashtiradi va ulardan kеng foydalanadi, masalan, “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “sotsializatsiya (ijtimoiylashuv)”, “jamiyat”. Uning asl mеzonlari “tarbiya”, “ta’lim” va “o’qitish” hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdеk, umumqabul qilingan “pеdagogik faoliyat” mеzoni ham kiradi.

Ijtimoiy pеdagogika mеzonlariga “ijtimoiy pеdagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” kiradi.



Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Referat topshirdi: Tuvalov T. Qabul qildi: Boltayev M. Samarqand 2013
47828 -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs
47828 -> Navoiy davlat pedagogika instituti
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
47828 -> Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети тарих факультети алиева Мохира Солиевнанинг
47828 -> Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

Download 7.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik