O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi



Download 168 Kb.
Sana27.04.2017
Hajmi168 Kb.


O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi

Rеspublikа tа’lim mаrkаzi

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab, maktab-internat hamda ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar uchun ona tili va nutq o‘stirish fanidan uzviylashtirilgan o‘quv reja va

dastur
(II-IV sinf)


Toshkent-2011

MUALLIFLAR:


R. SafarovaO‘zPFITI loyiha boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor

T.G‘afforova – Qarshi DPU kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

X. G‘ulomova – Nizomiy nomidagi DPU katta o‘qituvchi, dotsent

M. Inoyatova- O‘zPFITI loyiha boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi



N.Axmedova – RTM “Boshlang‘ich ta’lim” bo‘lim boshlig‘i

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari uchun

ona tili fanidan o‘quv reja (2-4-sinflar uchun)





O‘quv fanlari

Sinflar

Haf.soat

Jami soat







2

3

4










Davlat ixt. jami soatlar

22

24

24

70

2380

1

O‘qish

4

5

5

14

476

2

Rus tili

2

2

2

6

204

3

Matematika

4*

4*

4*

12

408

4

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

3

102

5

Odobnoma

1

1

1

3

102

6

Musiqa madaniyati

1

1

1

3

102

7

Tasviriy san`at

1

1

1

3

102

8

Mehnat

1

1

1

3

102

9

Jismoniy tarbiya

2

2

2

6

204

Maxsus fanlar

1

Ona tili

5

6

6

17

578

2

Husnixat

1

1

1

3

102




Jami:

6

7

7

20

680

maktab ixtiyoridagi soatlar

1

Yo‘l harakati qoidalari

0,5

0,5

0,5

1,5

51


2

Salomatlik darslari

0,5

0,5

0,5

1,5

51




Umumiy soatlar

24

26

26

76

2584



O‘quv rejaga tushuntirish xati
Ushbu oq‘uv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta`limni tashkil etish to‘g‘risida»gi 203-sonli, 1999-yil 16-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi »Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o‘tishni ta`minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli, 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 321-sonli, 2008-yil 7-avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 173-sonli qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Sanitariya qoidalari va me’yorlari» asosida tuzilgan.

O‘quv reja tarkiban davlat va maktab komponentlaridan iboratdir.

Mazkur dasturda o‘quvchilarga ona tili fanining nazariy asoslarini chuqur singdirishga qaratib, bilimlarni amalda qo‘llay olishga o‘rgatish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ko‘paytirildi.

Ixtisoslashgan maktablar va Ona tili fani chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun mazkur o‘quv rejada davlat va maktab ixtiyoridagi soatlardan:

2-sinflar uchun matematika fanidan 1 soat va maktab ixtiyoridan 1 soat;

3-sinflar uchun matematika fanidan 1 soat va maktab ixtiyoridan 1 soat;

4-sinflar uchun matematika fanidan 1 soat va maktab ixtiyoridan 1 soat olinib, mazkur sinflarda davlat va maktab ixtiyoridan olingan soatlar ixtisoslashtirilgan maktablar va chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarnung boshlang‘ich sinflarida Ona tili fanini o‘qitishga qo‘shib berildi.

Ona tili fani ixtisosligiga yo‘naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ikki guruhga ajratib o‘qitilishi mumkin. Biroq, sinflarni guruhlarga bo‘lib o‘qitilishi mahalliy moliya tashkilotlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.



Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining Ona tili fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar:
Oliy va o‘rta maxsus ta’limi va Xalq ta’limi vazirliklarning 2010 yil 31 martdagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 134/62-sonli qo‘shma buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruhlari tuzildi va 24 ta umumta'lim fanlari o‘quv dasturlari uzviyligi, uzluksizligi ta’minlandi va optimallashtirildi.

Optimallashtirilgan o‘quv dasturlar Oliy va O‘rta maxsus ta'limi va Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta'lim fanlari hamda Oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi (6/2-sonli) 4/1-sonli Qo‘shma hay'at majlisi qaroriga asosan tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste'dodni yanada kamol toptirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini optimallashtirish maqsadida Respublika ta'lim markazining 2010 yil 22 sentyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarning o‘quv dasturlarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi 62-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Ona tili fani bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturini optimallashtirish uchun ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga ega amaliyotchi o‘qituvchilari va fan metodistlarni jalb etgan holda ishchi guruhi tuzildi.

Mazkur ishchi guruhi tomonidan ona tili o‘quv fanining o‘quv dasturlari o‘rganib chiqilib, umumta'lim mussasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari bilan ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari orasidagi farqlar qiyosiy tahlil qilindi.

Ona tili fanidan jami 8 soat hajmdagi 8ta mavzu optimallashtirildi. Shundan, 3 soatlik 3 ta mavzu murakkabligi va yuqori sinflarda o‘rganilishi sababli dasturdan chiqarildi. 5 soatlik 5 ta mavzu takrorlanganligi uchun sinfdan-sinfga ko‘chirildi.

Jumladan, 2-sinfning o‘quv dasturidagi “Alifbo” ,So‘z o‘yini” «So‘z va matn» mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlari 1-sinfda o‘rganilganligi;

«Matnlarni mazmunan qismlarga bo‘lish, matnga va matn qismlariga sarlavha qo‘yish», «Bayon haqida tushuncha» mavzulari murakkabligi aniqlandi.

3-sinf o‘quv dasturidagi «Undov gaplar» mavzusi va «Belgining (sifat) ma'nosidagi xususiyatlarni izohlash» mavzusi murakkabligi aniqlandi

4-sinf o‘quv dasturidagi «Matndagi asosiy fikrni aniqlash» mavzusi murakkabligi aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2-sinf darsligida “Rasm asosida matn yaratish” mashg‘uloti amaldagi darslikning “Alifbo” mavzusi uchun ajratilgan soat hisobidan tashkil etiladi. So‘z o‘yini” mashg‘uloti amaldagi darslikning 27-28 betlarida berilgan materiallar hisobidan tashkil etiladi. Dasturdagi “So‘zlarni alifbo tartibida yozish” mavzusi 1-sinfda o‘rganilganligi sababli dasturdan chiqarildi. «So‘z va matn» mavzusi bo‘yicha mashg‘ulot amaldagi darslikning 28- betida berilgan materiallar hisobidan tashkil etiladi.

Dasturdagi «Alifboning ahamiyati» mavzusi 1-sinfda o‘rganilganligi sababli dasturdan chiqarildi. 2-sinf o‘quv dasturidagi «Matnlarni mazmunan qismlarga bo‘lish, matnga va matn qismlariga sarlavha qo‘yish» mavzusi murakkabligi sababli dasturdan chiqarildi. Ushbu murakkab mavzu o‘rniga kiritilgan amaliy mashg‘ulot «Nutq haqida umumiy tushuncha» mavzusi uchun ajratilgan soat hisobidan tashkil etiladi.

2-sinf o‘quv dasturidagi «Bayon haqida tushuncha» mavzusi murakkabligi sababli dasturdan chiqarildi. Ushbu murakkab mavzu o‘rniga kiritilgan amaliy mashg‘ulot «Gap- nutq birligi» mavzusi uchun ajratilgan soat hisobidan tashkil etiladi.

3-sinf o‘quv dasturidagi «Undov gaplar» mavzusi murakkabligi sababli dasturdan chiqarildi. Ushbu murakkab mavzu o‘rniga kiritilgan amaliy mashg‘ulot “His-hayajonli gaplarda tinish belgilarning qo‘llanilishi hisobidan tashkil etiladi. Bunda amaldagi darslikning 41-betida berilgan 98-100 –mashqlar bilan ishlanmaydi. 3-sinf o‘quv dasturidagi «Belgining (sifat) ma'nosidagi xususiyatlarni izohlash» mavzusi murakkabligi sababli dasturdan chiqarildi. Ushbu murakkab mavzu o‘rniga kiritilgan amaliy mashg‘ulot “Yasama sifatlar” mavzusi hisobidan tashkil etiladi.

4-sinf o‘quv dasturidagi «Matndagi asosiy fikrni aniqlash» mavzusi murakkabligi sababli dasturdan chiqarildi. Ushbu murakkab mavzu o‘rniga kiritilgan amaliy mashg‘ulot taqvim- mavzu rejadagi “Ikki va undan ortiq kishiningnutqi ”mavzusi hisobidan tashkil etiladi. Bunda amaldagi darslikning 39-betida berilgan. 88-89 –mashqlar bilan ishlanmaydi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2011 yil 4-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146 (27)-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlandi (shunga ko‘ra Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 296-, 01-387 KB –sonli qo‘shma buyrug‘i bekor qilindi).

Mazkur optimallashtirilgan o‘quv dastur 2011-2012 – o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.




Ishchi guruhi a’zolari:


M.A. Xolxodjayeva




Toshkent shahar Mirobod tumanidagi

110-sonli umumta'lim maktabining

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


М. Umarova




Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani XTB metodisti

N. Doniyorova




Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek

tumanidagi 210-sonli umumta'lim

maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


G. Fayziyeva




Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi



O‘QUV DASTURIGA UQTIRISH XATI

“Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunda ta’limning ravnaqi uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi bilan belgilanishi bejiz emas.


Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini o’qitish asosiy o‘rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bilimlarni oz ichiga oladi:

  1. Savod o‘rgatish, nutq o‘stirish.

  2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.

Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal etishni ko‘zda tutadi:

Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.


Ona tili o’qitishning mazmuni va metodlari o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko’maklashishi lozim.

Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang- barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol-erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish,zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.

“Ona tili” darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va shu asosida yaratilajak darsliklarda Grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.

Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim.

Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyati va yozma nutqini, tafakkurni o’stirish, ularda bilim olishga qiziqishni o’stirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o‘stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Boshlang‘ich sinflarda fonetika, grammatika, to‘g’ri yozuv va nutq o‘stirishdan beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar o‘rta maktablarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot sistematik kurslarining materiallari bilan bog‘lanadi va o‘zbek tilining turli tomonlariga oid keng tushunchalarni qamrab oladi. O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda so‘zlarning fonetik tarkibi bilan, so‘zlarni bo‘g‘inlarga va ma’noli qismlarga bo‘lish bilan, so‘z turkumlari va gap turlari, gap bo‘laklari bilan va bir qator to‘g‘ri yozuv qoidalari bilan tanishadilar. Dasturga ko‘ra, o‘quvchilarni so‘zning leksik ma’nolari bilan, ya’ni sinonim, antonim va ko‘p ma’noli so‘zlar bilan tanishtirish ham ko‘zda tutilgan.

Fonetika, leksika, grammatika, to‘g‘ri yozuvdan boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bolalarning fikrlash qobiliyatlari o‘sadi; ular til hodisalarini tahlil qilishga, qiyoslashga, umumlashtirishga va guruhlashga, ulardan asosiylarini aniqlashga, o‘z nutqlarida til birliklari – so‘z va gaplarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganadilar.

Boshlang‘ich sinflar “Fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stirish” dasturi bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, fonetika, grammatika, imlodan beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot materiallari bilan uzviy bog‘lanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” va “Husnixat” bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Dastur oxirida o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar alifbo tartibida beriladi.



Tovushlar va harflar. Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish va 1-sinf ona tili jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 2-sinfda beriladi, ular haqida ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Ularda tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlarning aytilishi va yozilishi; so‘z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarning jarangsiz jufti p va t undoshi eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kelgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar.

3 va 4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar mustahkamlanadi. So‘zlarni tovush – harf tomondan tahlil qilish takomillashadi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga e’tibor kuchaytiriladi. Bular o‘z navbatida, o‘quvchilar savodxonligini oshiradi, xatosiz ko‘chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko‘nikmalarini o‘stiradi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

So‘z. Boshlang‘ich sinflarda so‘z leksik – grammatik tomondan o‘rganiladi. Lug‘at ustida ishlashga katta e’tibor beriladi. Lug‘aviy mashqlar grammatika va to‘g‘ri yozishni o‘rganish bilan bog‘liq holda olib boriladi (Leksikadan nazariy bilim berilmaydi). O‘quvchilar o‘qish, grammatika, to‘g‘ri yozuv imlo materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini, sanog‘i va tartibini ifodalashi, yaqin va qarama-qarshi (zid) ma’noni bildirishi, matnlarda har xil ma’noda ishlatishini bilib oladilar; ular o‘z fikrlarini to‘g‘ri va aniq ifodalashga, fikrga mos so‘zlar tanlay olishga o‘rgatib boriladi.

So‘z turkumlarini o‘zgartirishga o‘quvchilar ikkinchi sinfda tayyorlanadilar. Ular kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsalar nomini; qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘lgan, shaxs va narsalarning sanog‘ni va tartibini; nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’lib, narsa va shaxslar harakatini ifodalashni bilib oladilar; ular ma’lum so‘zlarga so‘roq bera olishga, u yoki bu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z nimani ifodalashini aytib berishga o‘rgatiladi.

3-sinfda o‘quvchilar o‘zak va o‘zakdosh so‘zlar bilan tanishtiriladi. So‘zning tarkibi: o‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar o‘rganiladi. Oddiy so‘z yasalishi bilan, ko‘p ishlatiladigan –chi, -la, -siz, -li, -zor, -kor kabi qo‘shimchalar ma’nosi o‘zlashtiriladi.

O‘quvchilar “so‘z turkumi” termini bilan 3-sinfda tanishtiriladi. Ular ot, otning ma’nosi (shaxs, narsalarning nomini bildirishi), so‘roqlari, birlik va ko‘plikda qo‘llanishi; sifat, uning ma’nosi (narsalarning belgilarini bildirishi), so‘roqlari; son, uning ma’nosi (narsa va narsalarning sanog‘i va tartibini bildirishi ), so‘roqlari; fe’l, uning ma’nosi (narsaning harakatini bildirishi), so‘roqlari, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni o‘rganadilar.

4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning bir-biridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum-yumaloq kabi sifatlarning yozilishini; son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi) haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi.

Dasturning «Gap» bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida ular nutqida ko‘proq ishlatiladigan bo‘lovchilari bilan amaliy tanishtiriladi.

So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma'nolarda qo‘llanilishi so‘zni gapda, so‘z birikmasida to'g'ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar, shuningdek, o’quv yili davomida o’rganiladigan imlosi qiyin so’zlarning yozilishini bilib olishga ko’maklashadigan lug'aviy-imloviy mashqlar o’tkaziladi. O’quvchilar darslikda berilgan lug'atdan, boshlang'ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug'atidan foydalanishga o’rgatiladi.

Gap. Boshlang'ich sinf o’quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (darak, so’roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar; gapning mazmuniga ko’ra oxiriga nuqta, so’roq va undov belgisining qo’yilishi haqida; gap bo’laklari, gapda so’zlarning bog'lanishi haqida, gaplar so’z birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma'lumotlar to’rt o’quv yili davomida izchillik bilan berib boriladi.

Ikkinchi sinfda oldingi sinfda berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o’quvchilar gapning oxirida nuqtadan tashqari so’roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi bilan tanishadilar va oxiriga qo’yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o’qishga o’rganadilar.

O’quvchilar gap bo’laklarini o’rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar, ular gap kim (kimlar) yoki nima (nimalar) haqida aytilishini bildirgan so’zni (egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so’zni (kesimni) topishga, ajratishga o’rgatiladi (Ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni amaliy o’rganish jarayonida gapda o’zaro bog'langan so’zlarni aniqlashga oid mashqlar o’tkazib boriladi.

Uchinchi sinfda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (darak, so’roq, buyruq gap), o‘rgatiladi. Ularni ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qйщнф bilish haqida tishuncha beriladi, og'zaki va yozma nutqda qollashga o’rgatiladi. Bu sinfda gap bo’laklari: ega, kesim va ikkinchi darajali bo’laklar mavzulari ham o’rganiladi (Ikkinchi darajali bo’laklarturlarga ajratilmaydi).O’quvchilar so’z birikmalari bilan amaliy tanishtiriladi.

To’rtinchi sinfda va, ammo, lekin, biroq bog'lovchilari yordamida bog'langan va bog'lovchilarsiz qo’llangan uyushiq bo’lakli gaplar o’rganiladi. O’quvchilar uyushiq bo’lakli gaplarni sanash ohangida o’qishga; va, ammo, lekin, biroq bog'lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo’laklarda shu boglovchilardan oldin vergul qo’yib yozishga; uyushiq bo’lakli gaplardan og'zaki va yozma nutqda foydalanishga o’rganadilar.

Fonetika va grammatikadan berilgan bilimlar imlo qoidalarini o’zlashtirish uchun asos bo’ladi. O’rganilgan imlo qoidalarini amaliyotga tadbiq etishga oid mashqlar izchillik bilan o’tkazib borilishi, bolalar yozganlarini o’zlari tekshirib, xato va kamchiliklarini o’zlari topa olishga va ularni to'g'rilay bilishga odatlanishlari lozim.



Bog'lanishli nutq. Boshlang'ich sinflarda olib boriladigan ta'limiy ishlarning asosiy yo’nalishlaridan biri o’quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o’stirish, muomala odobini shakllantirish hisoblanadi.

O’quvchilar nutqini o’stirish ustida ishlash savod o’rgatishning birinchi kunlaridanoq boshlanib, o’qish va ona tili darslari, atrofimizdagi olam, matematika va boshqa fanlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar bilan bog'liq holda izchillik bilan davom ettiriladi. Nutqiy mashqlardan bog'lanishli nutqqa oid og'zaki va yozma mashqlarga alohida ahamiyat beriladi. «Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish» dasturiga ko’ra o’qilgan matnni qayta hikoyalash (og'zaki bayon), o’qiganlari, ko’rgan-bilganlari, eshitganlari asosida og'zaki hikoya tuzish(insho)ga oid og'zaki mashqlar o’tkaziladi; «Fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish» dasturiga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda namuna asosida matn tuzishga va uni lug'aviy-imloviy tayyorgarlikdan so’ng o’qituvchi yordamida yozish(bayon)ga doir ko’rgan bilganlari, o’qiganlari, kuzatishlari asosida matn tuzishlariga, ya'ni inshoga oid mashqlarni bajarishga o’rgatib boriladi.

Boshlang'ich sinflarda bayon va insho ta'limiy xarakterda bo’ladi. Bayon ham, insho ham kichik hikoya tarzida bo’lishi zarur.

Tabiatni kuzatishga, qatnashuvchi shaxslarning tashqi ko’rinishini tasvirlashga oid hikoyaga nega?, nima uchun? kabi so’roqlarga javob bo’ladigan muhokamaga oid bir-ikki gap qo’shib boriladi. Buning uchun o’quvchilar avval tabiat hodisalari, kishilar mehnat va narsalarni tasvirlab, ikki-uch gapni og'zaki tuzishga, ma'lum tayyorgarlikdan so’ng ularni yozishga o’rgatilishi kerak. Bog'lanishli nutq mashqlarini o’tkazishga dasturda maxsus soatlar ajratilmaydi. Boshlang'ich sinflarda lug'aviy-imloviy tayyorgarlikdan so’ng bayon yozdirishga, hikoyani og'zaki tuzdirish (insho) va berilgan savollarga javob yozdirishga 10-15 kunda bir dars ajratish tavsiya etiladi.



Husnixatga o’rgatish. Yozuvga — husnixatga o’rgatishning vazifasi harf, so’z, gap va matnni to'g'ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o’rganish jarayonida o’quvchi tovushning belgisi bo’lgan harfni, so’z va gapni kitobdan va doskadan to'g'ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko’chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo'1 qo’ygan kamchilik hamda xatolarini o’qituvchi rahbarligida yoki o’zi tuzata olishi kerak.

2-sinfda qo’I muskullari harakatini va ko’z bilan chamalashni rivojlantirish uchun ayrim harflar, harf birikmalari, harflar guruhini yozishni murakkablashib borishiga qarab husnixat mashqlari o’tkazib boriladi. O’quvchilar harflardan tashqari so’zlarni, gaplarni, ko’chirib yozishni, eshitib yozishni mashq qiladilar.

3-4-sinflarda grafik mashqlar hisobiga yozilishi murakkab bo’lgan harf va harf birikmalari, ularni boshqa harflarga bog‘lab yozish mashqlaridan keng foydalaniladi.

Husnixatga oid kamchiliklarni (harflarning qiyaligiga yetarli e'tibor bermaslik, balandlik va kenglik o’lchamini, shaklini buzib yozish kabi), shuningdek, har qaysi bolaning yozuviga xos bo’lgan boshqa xatolarni tuzatish yuzasidan ayrim guruh o’quvchilari bilan birgalikda va yakkama-yakka mashqlar ham o’tkazib boriladi. Shu maqsadda yozuv namunalarini ko’rsatib berish bilan birga, 2-sinf barcha o’quvchilarning daftarlarini har kuni tekshirib borish, chiroyli va savodli yozishga oid mashqlar yordami bilan ham ona tilidan o’rganilgan bilimlarni mustahkamlab borish tavsiya etiladi.

Doimiy tekshirish va baholash berilgan bilimlarning o’zlashtirilishini ta'minlovchi ta'limiy shartlardan biridir. Ona tilidan o’rganilgan bilimlarni o’quvchilar qanday o’zlashtirganini aniqlash uchun yozma ish mashqlarning asosiy turlari bo’lgan ko’chirib yozish, ta’limiy (ta'kidiy, izohli, rasm, lug'at, ijodiy, erkin) va tekshirish diktantlari hamda ta’limiy bayon va insholardan foydalaniladi.

Tekshirish maqsadida o’tkaziladigan yozma ishlarda so’z soni: lug'at diktanti uchun taxminiy so’z soni: 2-sinfda 10—12 so’z, 3-sinfda 14-16 so’z, 4-sinfda 18—20 so’z; tekshirish diktanti uchun tanlanadigan matndan so’z soni: o‘quv yilining oxiriga 2-sinfda 40—50 so’z, 3-sinfda 60—70 so’z, 4-sinfda 75—90 so’z.

Bayon: 2-sinfda 45—50 so’zli matn yuzasidan so’roq gaplardan tuzilgan tayyor reja asosida bayon yozish; 3-sinfda 65—70 so’zli va 4-sinfda 80-90 so‘zli matn yuzasidan birgalikda tuzilgan reja asosida so’ngra esa mustaqil ravishda tuzilgan reja asosida bayon yozish.

O’quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga (o’rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni tezda topishga, mashq topshiriqlarini tartibi bilan izchil bajarishga) bajarilayotgan mashqning maqsadini (nimaga o’rgatishini) tushunishga o’rgatishi kerak.

O’quvchilarda bilish jarayonini faollashtirish va ona tilidan beriladigan bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun ta’limiy o’yinlar qatnashadigan turli qiziqarli mashqlar, boshqotirma krossvord - kataklarni harflar bilan to’ldirib, o’ylangan so’zlarni topishga oid topishmoq mustaqil ma'noga ega bo’lgan bir necha so’zdan tuzilgan so’zni topish (belbog, gultojixo’roz); so’z yoki gapni shakl, harf, belgilar bilan ifodalaydigan topishmoq; har xil ko’rgazmali qurollar, texnik vositalardan foydalanish va darsda ish orqali bolalarning toliqishining oldini olishga hamda dasturda tavsiya etilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni birgalikda hal etishga erishish zarur.

II sinf O‘QUV DASTURI

Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish

(haftasiga 6 soat, jami 204 soat)

1. Birinchi sinfda o‘tilganlar yuzasidan takrorlash (3 soat)

2.Tovushlar va harflar (77 soat)

Unli va undosh tovushlar,ulaning bir- biridan farqi. Tovushlarni harflar bilan belgilash. Unli tovushlar va harflar. O‘zbek tilidagi olti unli tovushning olti unli harf bilan belgilash.A va [o] , [u] va [i] , [e] , [o‘] unli tovushlarining talaffuzi va undosh tovushlar portlovchi jarangli undosh (jajji) bilan sirg‘aluvchi jarangli undosh(ajdar) tovushini F va p, h va x hamda harf birikmasi bilan ifodalanilgan ng tovushining talaffuzi va imlosi. Tutuq belgisi (‘) va uning ishlatilishi. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi.

Berilgan so‘zni lug‘atdan topa olish. Tavsiya etilgan 3-6 so‘zni alifbo tartibida yozish.

Bo‘g‘in. So‘zning oldinga satrga sig`may qolgan qismini keyingi satrga bo‘g‘inlab ko`chirish. So‘zda nechta unli tovush bo‘lsa,shuncha bo‘g‘in bo`lishi. Bo‘g‘in tarkibi unli tovushdan, bir unli va bir undosh tovushdan , bir unli va bir undosh tovushdan tuzilishi.

Bo‘g‘in ko‘chirish. So‘zning bir yo‘ldan keyingi yo‘lda bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi.Bir bo‘g‘inli so‘zlar, ona, ahil, o‘rik , elak kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarning ko‘chirish uchun bo‘linmasligi. Tutuq belgisi qo‘yib yoziladigan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linishi, tutuq belgisining oidingi bo‘g‘inda qoldirilishi (va’-da, mash’- al, ta’lim). Harf birikimali so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirishi (si-ngil, ko‘-ngil, tong-gi kabi) yohma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi (ik-ki, kat-ta, is-siq kabi) Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning imlosi bunday so‘zlarning yozilishini so‘z oxiriga unli tovush qo‘shib aytib tekshirish: (maktabim – maktab, kitobim- kitob, maqsadimmaqsad, umidim – umid kabi) Aytilishda tushib qoladigan undoshlar. (Farzand, daraxt, do‘st kabi) ularning imlosi.

3. So‘z ( 64 soat)

So‘zlarning ma’no bildirishi, kishilar va narsalar nomini bildirgan so‘zlar; kishilarning nomini bildirgan so‘zlar (kim?, kimlar?), narsalar nomini bildirgan so‘zlarga (nima? nimalar?) so‘rog‘ining berilishi. Kishilaning ismi – familiyasi, hayvonlarga berilgan nomlar, shahar, qishloq, ko‘cha va daryoga qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi.

Nima qildi?, Nima qilyapti? so‘roqlariga ularning javob bo‘lishi, narsa va shaxslarning harakatini bildirgan so‘zlar. Qanday?, Qanaqa?, so‘roqlariga javob bo‘lishi shaxs va ularning narsalarning belgilarini (rangi, mazasi, shakli, xil- xususiyatini) shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar va ularning so‘roqlari.

Lug‘aviy mashqlar: qarama - qarshi ma’noli so`zlar: (rohat-azob, oq-qora uyg‘otmoq-uxlatmoq, boshlamoq-tamomlamoq , katta-kichik (kichkina), baland-past) va ma’nodosh so‘zlar: (orzu, istak, havas, tilak; sevinmoq, shodlanmoq; aybsiz, gunohsiz, begunoh kabi) shakldosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar va ko‘p ma’noli so‘zlar.

4. Gap (26 soat)

Gaplarning darak, so`roq, buyruq mazmunini bildirishi hamda so‘zlardan tuzilishi. Gapning birinchi so‘zining bosh harf bilan yozilishi va oxiriga tinish belgisining qo‘yilishi. Gapdan kim?, kimlar?, nima?, nimalar? haqida aytilganni bildirgan so‘zlar. (ega va kesim atamasi berilmaydi). So‘roqlar yordamida gapdagi o‘zaro bog‘langan, so‘zlarni aniqlash.



Nutq va matn

Nutq. Nutqning ahamiyati. Og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha.

Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki yoki bir necha gaplardan tuzilishi; savollar yordamida uncha katta bo‘lmagan matn asosida bayon yozish; rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish.

Bir mavzuga oid 2-3 ta gap tuza olish. Bolalarning o‘yinlari, kattalar mehnatiga yordami, o‘qishlari, qiziqishlari haqida o‘qituvchi rahbarligida hikoya tuzish va yozish.



Husnixat (34 soat)

Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish; o`xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.



Ayrim yozuv qoidalari. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g ‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; boshini bir oz pastga egib, to‘g‘ri o‘tirish.; oyoqni bo‘sh tutib, yerga qo‘yib o‘tirish; qo‘lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash. Har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozishga harakat qilish; harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash.

III sinf


Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish

( 238 soat, haftasiga 7 soat)


1. Takrorlash (31 soat )

Nutq va gap, gap va matn . So‘z. Gap. Fikr bildirish maqsadiga ko‘ra uning turlari, gapning kim? yoki nima? haqida aytilganini va u haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlar. So ‘z va so‘zlarning nomlashga ko‘ra guruhlanishi.

Tovushlar va harflar. Unli va undosh tovushlar va harflar. Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlarga bo‘lib ko‘chirish qoidalari. So‘zlarni bo‘g‘in, tovush va tovush – harf jihatdan tahlil qilish; Tutuq belgisi va uning ishlatilishi. Sh, ch, ng harf birikmalari ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlar va ularning imlosi. So‘z oxirida kelgan, jarangli jarangsiz jufti bor undoshlar imlosi.


  1. Gap (33 soat)

Gap. Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap. Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari: Nuqta,(.) so‘roq(?) belgilari, his – hayajon bilan aytilgan gapning oxiriga undov belgisining qo‘yilishi.

Gap bo‘laklari. Gapning bosh bo`laklari, ikkinchi darajali bo‘laklari (ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). Ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari. Ega va kesim mazmunini to‘ldirishda ikkinchi darajali bo‘laklarning ahamiyati. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini so‘roqllar yordamida aniqlash.

O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash.

3. So‘z tarkibi (16 soat)

So‘zning tarkibi haqida umumiy tushuncha: O`zak va o‘zakdosh so‘zlar. So‘z yasovchi qo‘shimchalar, yasovchi qo‘shimchalarning o‘zakdosh (bir hil o‘zakli) so‘zlar hosil qilishi. So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar.



4. So‘z turkumlari (64 soat)

So‘z turkumlari haqida umumiy tushuncha. So‘zlarning ma’no va vazifasiga ko‘ra guruh-turkumlarga bo‘linishi: ot , sifat, son, fe’l.

Ot. Otlarning shaxs va narsalarning nomini bildirishi va kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi: Otlarning birlik va ko‘plik shaklida qo‘llanilishi ularning kim? kimlar? nima? nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi. –lar qo‘shimchasining imlosi. Ot yasovchi qo‘shimchalar:– chi, - dosh,-kor,-zo‘r, -loq va ularning imlosi.

Sifat. Sifatning shaxs va narsalar belgisini bildirishi va qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Sifatning ot (keng dala)ga bog‘lanishi. Sifatning ma’no turlari. Sifat yasovchi qo‘shimchalar - li, -siz, -dor, ularning imlosi.

Son. Sonning shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini bildiruvchi va nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Nechta? qancha? shaxs va narsalar miqdorini, nechanchi? so‘rog‘i esa ularning joylashish tartibini bildirishi: Sonlarning otlarga bog’lanib kelishi (o‘n, kun, oltita qalam, uchinchi sinf.). Sanoqni bildirgan sonlarga -ta qo‘shimchasining qo`shilishi (to‘rtta, mingta); -nchi (-inchi) qo‘shimchalarining qo`shilib (ettinchi ,beshinchi) tartib sonlarni hosil qilishi. Sonlarning so‘z va raqam bilan ifodalanishi.(6-qavat, oltinchi qavat) va ularning imlosi.

Fe’l. Fe’lning shaxs va narsalar harakatini bildirishi va nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so‘roqlari, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar. Nima qilmaydi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan bo‘lishsiz fe’llar (aytmaydi) va -ma qo‘shimchasining aytilishi va imlosi. Fe’l yasovchi qo’shimchalar.



5. Yil davomida o‘tilganlarni takrorlash. Bog‘lanishli nutqni o‘stirish (60 soat)

Yozma nutq va uning matn shaklida namoyon bo‘lishi. Matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lish. Matn qismlariga sarlavha tanlash; matn qismlarini va har bir qismdagi gaplarni o‘zaro bogliqligi; matnning tuzilishi: kirish qismi, asosiy fikr, oxirgi xulosa qismi va ularni belgilash.

Xabar (hikoya), harakat haqidagi matnni berilgan yoki o‘quvchi o‘zi tuzgan reja asosida qayta bayon qilish; bir mavzudagi bir necha rasm, mazmunli rasm asosida, shuningdek, o‘quvchilarning hayotiga yaqin bo‘lgan voqealar (o‘yinlar, tabiatni kuzatish, sayohatlar) haqida matn tuzish; birgalikdagi tayyorgarlikdan so‘ng og‘zaki yoki yozma ifodalash; bayon va inshoga asta- sekin tasvirlash va muhokama elementli 2-3 gapni qo‘shib borish, o‘z ishlari haqida xat yozish.

Nutq madaniyati. Og‘zaki va yozma nutqda taklif, tabrik, iltimos kabilarni ifodalaydigan so‘zlardan foydalanish; bog‘lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o‘rganish jarayonida unga bog‘liq holda o‘tkaziladi.

Lug‘aviy mashqlar va grammaik materillarini o‘rganish bilan bog‘liq holda o‘tkaziladi. Ma’nodosh so‘zlar, shakldosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar.

Husnixat (34 soat)

Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish; (harflarning balandlik va kenglik o‘lchamini o‘zlashtirish) o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan ayrim bosh va kichik harflarni (I, S, H, f, q, p, s) yozishga shuningdek, harflarni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilish, so‘zlar, gaplarni ko‘chirib yozish, eshitib yozish.

Bog‘lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o‘rganish jarayonida unga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Matnni ijodiy o‘qish va uni tarkibiy qismlarga ajratish. Har bir qismdagi asosiy fikrni topish yoki o‘z so‘zlari bilan ifodalash. Matn qismlariga sinf jamoasi bilan birgalikda reja tuzish. Reja asosida to‘liq, qisqartirib, ijobiy qayta hikayalash.

Matnga sarlavha qo‘yish, Tahlimiy bayon, 70-80 so‘zli matn asosida hikoya, tasvir, muhokama elementli bayon yozish. Matnni to‘liq qisqartirib yodlash va qayta hikoyalash asosida bayon yozish. Ta’limiy insho, syujetli rasm o‘qilgan tayyor ko‘rilgan kino film, sayohat davomida kuzatilgan voqiyalar, ko‘rinishlar asosida insho yozish. Inshoda tasvir, muhokama elementlaridan foydalanish.

Insho yozishga o‘rgatishda mavzuni tushunish, chegarasini belgilab olish, material to‘plash, mavzuga doir materiallarni ajratish, mantiqan tartibga solish, reja tuzish va yozma shakllantirish, xatolar ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.

Taklifnoma, tabriknoma, xat, xabarnoma yozish, alifbo tartibida ro‘yxat tuza bilish.



IV sinf
Fonetika, grammatika, imlo va hutq o‘stirish

( 238 soat, haftasiga 7 soat )

1. Gap ( 9 soat )

Takrorlash. Gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, ularning fikr ifodalashi.

Gapni tugallangan ohang bilan, buyruq, tinch va his-hayajon ohangida aytilishi; gap ohangiga ko‘ra tinish belgilarinihg ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov belgilari); gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; gapda so‘zlarni o‘rnli qo’llash, lug’atdan foydalanish malakasini shakllantirish.

2. Gap bo‘laklari ( 8 soat)

Gap. Bosh bo‘laklar: Ega va kesim ularning so‘roqlari, ikkinchi darajali bo‘laklar, ularning so‘roqlari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi; gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar: ohang yordamida bog‘lanish (masalan, katta bino, a'lo oqing, ikki qadam kabi); so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar yordamida bog‘lanishi (masa­lan, hikoyani oqimoq, daraxtning bargi, senga aytmoqchiman kabi); so’zlar yordamida bo’g’lanish ( va, hamda, lekin, biroq, ammo).



3. Uyushiq bo‘lakli gap ( 14 soat)

Gapda bir bo‘lakning birdan ortiq qo‘llanishi — uyushiq bo‘laklar. Kesim, ega va ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishi. Uyushiq bo‘lakni sanash ohangi bilan o‘qish; uyushiq bo‘laklarning bog‘lanishi:

- sanash ohangi yordamida; - va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida; -uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning ishlatilishi.

4. Undalma (8 soat)

Undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs ekanligi; bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanishi; uning o‘ziga xos xususiyati: gap tarkibida gap bo‘lagi vazifasini bajarmasligi, gapda boshqa bo‘laklar bilan bog‘lanmasligi; o‘ziga xos undash; chaqirish ohangi bilan aytilishi; gapning boshida, oxirida, o‘rtasida qo‘llanishi; undalma qatnashgan gaplarda undash yoki chaqirish ohangining kuchli yoki kuchsizligiga qarab, undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisining qo‘yilishi.



6. Nutq. Matn ( 4 soat)

Matnning gapdan farqi, matnlarni mazmunan qismlarga bo‘lish va matn qismlariga sarlavha qo‘yish, matnning tizilishi; bir kishining nutqi, ikki va undan ortiq kishining nutqi. Matnning o‘ziga xos xususiyatlari. Sarlavha. Matnni ifodali o‘qish va savodli yozish; tayyor matnni o‘qish va qayta hikoyalash. Bayon haqida tushuncha.



7. Tovushlar va harflar (11 soat)

Unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; talaffuzi va yozilishi farq qiladigan unli tovushli so‘zlarning talaffuzi va imlosi; jarangli va jarangsiz undoshlarning talaffuzi va imlosi; bir xil qo‘sh undoshli so‘zlar va ularning imlosi; so‘z oxirida qator kelgan undoshli so‘zlar va ularning imlosi, x-h tovushli so‘zlar va ularning imlosi, tutuq belgisining so‘z ma’nolarini farqlashi.



Bogin. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish; unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi; so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirish; so‘zlarni bo‘g‘in, tovush va harf jihatdan tahlil qilish.

Alifbo. So‘zlarni alifbo tartibida qayta tuzish. Alifboning ahamiyati.

8. Soz va soz tarkibi (4 soat)

So‘z, uning tarkibiy qismi, o‘zak va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlarini, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar, so‘z tarkibini aniqlashga oid mashqlar, o‘zak va qo‘shimchalarni aniqlash va belgilash. Matndan o‘zakdosh so‘zlarni ajrata olish; bir xil o‘zakli so‘zlar hosil qilish; so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo`shib, o‘zakdosh so‘zlarni hosil qilish; tilning rivojlanib, boyib borishi haqida tushunchani shakllantirish.



9. So'z turkumlari (3 soat)

Ot. Otning ma'no turlari, shaxs otlari, narsa otlari, joy otlari. Kim?, nima?, qayer? so'roqlaridan biriga javob bo'lishi; otlarning bosh va kichik harflar bilan yozilishi. Otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi. Otlarning bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.

Sifat. Sifatning ma'no turlari va so'roqlari (qan day? qanaqa?). Sifatlarning otga bog'lanishi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.

Son. Sonning necha?,qancha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lishi; Sonning otga bog'lanishi, kishilik olmoshlari ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.

Fe’l. Fe’lning harakat bildirishi va so‘roqlari (nima q i 1 d i ?, nima qilyapti?,nima qilmoqchi?). Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar; fe’ning kesim vazifasida kelishi; ot, sifat va fe’lga doir o‘zakdosh so‘zlar tizimini tuzish. Shu so‘z turkumlari ichida uchraydigan ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, bir xil shaklli, ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. O‘rganilgan yasovchilar yordamida bir turkumdan ikkinchi turkumga oid so‘zlar hosil qilish.

10. Ot (47 soat)

Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.

Nutqda otlarning egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanishi; egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari; egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talaffuzi va imlosi.

Otning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi; matnda va nutqda otlarning bir kelishikda bo‘lishi, kelishik qo‘shimchali otlarning talaffuzi va imlosi; kelishik qo‘shimchali otlarni birikma tarzida yozish; kelishik qo‘shimchalarining otni otga, otni fe‘lga bog‘lashi.

Egalik va kelishik qo‘shimchalarini chizmalarda belgilash (kitobning varag‘i). Ot yasovchi qo‘shimchalar. Leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini otlar bilan boyitish.

11. Sifat (22 soat)

Shaxs va narsaning rangini, shaklini, hajmini, mazasini, hidini, xususiyatini bildirishi, sifatlarning ot bilan ohang yordamida bog‘lanishi; sifatlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; ko'm-ko'k, oppoq, sap-sariq, och sariq, to'q qizil kabi sifat­larning talaffuzi, yozilishi; sifatning belgi ifodalashi (amaliy tushuncha).Sifatlarning yasalishi; leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini sifatlar bilan boyi­tish.



12. Son (15 soat)

Sonning shaxs va narsaning sanog‘ini (miqdorini) va tartibini bildirishi; tartib sonlarning imlosi; sonlarning otga bog‘lanib kelishi; sonlarning otga ohang yordamida bog‘lanishi; sonlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; sonlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida yozish; sonlarning yozuvda harfiy ifoda, arab, rim raqamlari bilan ifodalanishi.

Sonlarning yozilishi (yetti,sakkizinchi, 8-mart, 2003-yil,
IVsinf).Sonlarning metr, gramm kabi so‘zlar bilan kelganda bitta so‘roqqa javob bo‘lishi (amaliy), ikkov, o'ntacha, beshtadan kabi sonlarning yozilishi (amaliy).

13. Kishilik olmoshlari (13 soat)

Kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi; shaxs (birlik va ko‘plik) kishilik olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi; kishilik olmoshlarining кim? so‘rog‘iga javob bo‘lishi; kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, imlosi; olmoshlarning bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi. Kishilik olmoshlaridan nutqda o‘rinli foydalana olish.



14. Fe’l (33 soat)

Fe’l, uning kesim vazifasida kelishi; fe’l zamonlari, ularning harakatni uch zamonning birida bajarilishini bildirishi; o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon fe’llari, qo‘shimchalari; uch zamondagi fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi; shaxs-son qo‘shimchalarining so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar ekani; shaxs-son qo‘shimchalari harakatni uch shaxsning biri tomonidan bajarilishini bildirishi; shaxs-son qo‘shimchalarining - yap, -di zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shiladigan shakllari (amaliy); shaxs-son qo‘shimchali fe'llarning talaffuzi va imlosi. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar. Leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish.



15. O‘quv yili oxiridagi takrorlash (13 soat)

O‘quv yili oxiridagi takrorlash, o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali tizimga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, o‘zak, so‘z yasov­chi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini ta’minlaydi.

O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atchada berilgan. Darslikda so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni o‘zlashtirishlari talab qilinmaydi.

Bog‘lanishli nutq

Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish. Bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy–estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatining tashkil etadi.



Ta'limiy bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.

Ta'limiy insho. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta rasmda ifoda etilgan ko'rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, eshitilgan, ko'rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu asosida insho yozish; bayon va insho rejalarini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash.

Husnixat (34 soat). Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap, matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; agarda, so‘zlarorasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.




Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik