O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi



Download 20,36 Kb.
Sana21.04.2017
Hajmi20,36 Kb.
#7241
O’zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi Vazirligi

Urganch tumanidagi 13-son umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Hajiyeva Zulfiyaning

4-sinf odobnoma fanidan

“Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori” mavzusida yozgan bir soatlik

Dars ishlanmasi






Mavzu: Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori.

Maqsad:

  1. Tarbiyaviy: Qonunlarni hurmat qilishga,o’zgalar huquq va erkinliklarini hurmat qilishga o’rgatish.

  2. Ta’limiy: O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklari,burchlari to’g’risida tushuncha berish.

  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni fan bo’yicha olgan bilimlarini kengaytirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Suhbat

Dars jihozi: AKT. Darslik,Konstitutsiya alifbosi

Dars jarayoni:

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzular bo’yicha savol -javob qilish.

  3. Yangi mavzu bayoni:

O’zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari:

  1. Mehnat qilish,erkin kasb tanlash.

  2. Dam olish.

  3. Fikrlash,so’z va e’tiqod erkinligi.

  4. Bepul ta’lim olish.

  5. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish.

O’zbekiston fuqarolarining burchlari:

  1. Boshqa kishilarni hurmat qilish.

  2. Ona-Vatanni himoya qilish,harbiy xizmatni o’tash.

  3. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish.

  4. Atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish.

  5. Tarixiy,ma’naviy va madaniy meroslarni asrash.

O’quvchilarga O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qonun oldida teng ekanligini tushuntirish.Har birimiz o’zimizga berilgan huquq va erkinliklardan foydalanayotganimizda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning manfaatlariga,huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligimiz shartligini uqtirish.

Masalan: Har bir fuqaro dam olish huquqiga ega. Hamma dam olayotgan vaqtda shovqin-suron solish, baland ovozda musiqa eshitish o’zgalarning dam olish huquqini buzish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi tegishli moddalarni o’quvchilarga o’rgatish:



41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

11-modda: Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

37-modda: Har bir shaxs mehnat qilish,erkin kasb tanlash,adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

48-modda: Fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga,boshqa kishilarning huquqlari,erkinliklari,sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

O’quvchilarga 5 ta savoldan iborat test tarqatiladi.



  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

  2. Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan?

  3. “Til to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

  4. ”Al-jome’as-sahih”kitobini kim yozgan?

  5. “Til qonunlari”kitobining muallifi kim?

Darsni mustahkamlash va yakunlash:

Mavzu yuzasidan savol-javob qilinadi.Vatan to’g’risida maqollar ayttiriladi.



Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: Mavzuni o’qib -o’rganish.
Download 20,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish