O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent shahar xalq ta’limi



Download 353,7 Kb.
Sana24.01.2021
Hajmi353,7 Kb.
#56730
Bog'liq
1 oqish amir temur


Aim.Uz




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI

BOSH BOSHQARMASI

CHILONZOR TUMANI XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH

BO‘LIMIGA QARASHLI

281-MAKTABNING BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI

FOTIMA KARIMOVANING O‘QISH FANIDAN 1-SINF UCHUN

AMIR TEMURMAVZUSIDA



DARS ISHLANMASI



SINF:1

FAN: Oʻqish

Mavzu: “Amir Temur” Muhammad Ali

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: “Amir Temur” matning mazmuni bilan tanishtirish, Amir Temur betakror siymo ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirish, matn ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘stirish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarga buyuk ajdodlarimiz merosini oʻrgatish, ularning o‘gitlarini qadrlash orqali tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish, lug‘at ustida ishlash, ogʻzaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodlari: suhbat , ko‘rgazmalilik, tushuntirish, “Boʻsh qator”mashqi, ”Bexato oʻqi” oʻyini, “Mosini top” o‘yin.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, didaktik va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

Salomlashish

Davomatni aniqlash

O‘quvchilarni darsga hozirlash.



II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Oʻtilgan mavzular asosida savol- javob o‘tkaziladi.



  1. Vatanimiz qayer va nima uchun uni sevamiz?

  2. Vatanimiz haqida nimalarni bildingiz ?

3. Buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilib oldingiz?

III. Yangi mavzuni tushunturish.

Bugungi darsda siz bilan”Amir Temur va uning oʻgitlari bilan tanishamiz. Muallif Muhammad Ali haqida o‘qituvchi tomonidan qisqacha ma’lumot beriladi.



Matn mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi.

Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. Matn asosida savol- javob o‘tkaziladi.



Hikoyadagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:

adl- adolat, toʻgʻrilik

ehson- hayrli, savobli ish, ezgulik

homiy- himoya qiluvchi shaxs

sarkarda-qoʻmondon, lashkarboshi

Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.


IPT
Darslik bilan ishlash:

Bexato oʻqi” oʻyini

Bu oʻtinda o‘quvchilarga “Amir Temur” matnining birinchi gapini birormarta adashmay, tez oʻqishga urinib koʻriladi. Bunga erishgacha birinchi gapga ikkinchi gapni qoʻshib oʻqiladi. Uni ham bir necha marta takrorlab, tez va bexato oʻqishga erishiladi. Shu tariqa matnga bittadan gap qoʻshib boriladi va tugaguncha davom etadi.. Masalan:


  1. Amir Temur bobomiz buyuk davlatga asos solgan.

  2. Amir Temur bobomiz buyuk davlatga asos solgan. Ona yurtimiz Turkiston diyorini butun diyorga tanitgan.

Boʻsh qator” mashqi.

Bu mashqda oʻquvchilar birinchi qatorga buyuk bobomiz Amir Temur ismi sharifi berilgan. Qolgan boʻsh qatorlarga u haqida nimalarni bilishlarini yozib chiqadilar. Masalan:

Amir Temur

Buyuk davlat asoschisi

______________________

_______________________

O‘quvchilarga Amir Temurning oʻgitlari navbatma- navbat oʻqitiladi. Soʻngra “Mosini top” oʻyini oʻtkaziladi.

Bu oʻyinda Amir Temur quyidagi oʻqitlari qaysi mavzuga mos ekanini namunaga asosan topishlari kerak.

Yaxshini yomon kunda sina. Hamjihatlik



Sodiq va vafodor doʻst oʻz doʻstini ranjimaydi Aql

Birliksiz kuch boʻlmas Jasurlik

Boshga qilich kelsa-da rost soʻzla Adolat

Kuch –adolatda Adolat

Oqil boʻlsang, ont ichma Doʻstlik

Qoʻrqmasang, yov qochar Rostgoʻylik




V.Darsga yakun yasash va baholash.

O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha savollar bilan murojaat etiladi:

1. Darsda nimalarni bilib oldingiz?

2.”Amir Temur” haqidagi matn sizga yoqdimi?

3. Matnni o‘qib, qanday xulosa chiqardingiz?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi va dars yakunlanadi.



Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilarning faolliklari tahlil qilinib, baholanadi.

VI.Uyga vazifa berish.

Hikoyani o‘qib, o‘rganish, mazmunini qayta hikoyalash uchun tayyorlanish uyga vazifa qilib beriladi
Download 353,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish