O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’lim xodimlarini qayta



Download 33,62 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi33,62 Kb.
#19929
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Samarqand viloyat XALQ TA’LIM XODIMLARINI qayta

tayyorlash va ULARNING malakasini oshirish instituti

MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM KAFEDRASI

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARGA MA’NAVIY TARBIYA BERISH



( Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va ota-onalar uchun ko‘rsatma)

Samarqand – 2016

M.Nigmatova – Samarqand viloyati XTXQTUMOI Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi assistenti «Maktabgacha yoshidagi bolalarga ma’naviy tarbiya berish (Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va ota-onalar uchun ko‘rsatma) Samarqand VXTXQTUMOI, 2016-yil, 20 bet.



Muharrir: S.Yuldosheva -Samarqand viloyati VXTXQTUMOI Til va

adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti



Taqrizchilar: Z.Qarshiyeva - Samarqand viloyati VXTXQTUMOI maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi assistenti

T.Eshquvvatov- SamDU o’qituvchisi

Ushbu uslubiy ko‘rsatmada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy tarbiyalashning mohiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarni kundalik turmush faoliyatida ma’naviy tarbiyalash, bolalarni ma’naviy tarbiyalashda noan’anaviy o’yinlardan namunalar berilgan bo’lib, onalar va tarbiyachilar uchun mo‘ljallangan.

Uslubiy ko`rsatma institui Ilmiy kengashining 2016 yil ___ sentabrdagi ___ sonli yig’ilish qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan.


KIRISH
Bugungi kunda jamiki ma’naviy-axloqiy sifatlar – yosh avlod ongiga uning bolaligidanoq singdirish, yoshlar o’rtasida Vatanga sadoqat, do’stlik, mehnatsevarlik, halollik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, bu borada maktabgacha muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy boylikni, ma’naviy-axloqiy poklikni mujassamlashtirgan, har tomonlama kamol topgan, ijtimoiy jihatdan faol shaxsni shakllantirish borasida sobitqadamlik bilan ish olib borilmoqda. Yangi kishini tarbiyalash g’oyat murakkab jarayon, shunday ekan, o’rtaga qo’yilgan tarbiya talablariga amal qiladigan kishilargina odobli, axloqli hisoblanadi.

Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liqdir. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrimizning eng dolzarb vazifalaridan biri davlatimiz va jamiyatimiz uchun xizmat qiladigan yetuk, sog’lom, har tomonlama barkamol bolalarni tarbiyalashdan iboratdir. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, sog’lom avlod tarbiyasi ustuvor yo’nalish deb belgilandi. Sog’lom avlodni tarbiyalashda yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish uzoq muddatli uzluksiz pedagogik jarayon natijasida vujudga keladigan ruhiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy holatdir. Bu jarayonni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida yaratilgan pedagogik shart-sharoit, sog’lom muhit va maqsadga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi.


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma’naviy tarbiyalashning mohiyati

Bolalarni ijtimoiy hayot voqea-hodisalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar to’g’risidagi eng oddiy bilimlarni egallab olishlari ularda dastlabki ma’naviy-axloqiy sifatlaridan tarbiyalab borishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshining o’ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar ham ma’naviy-axloqiy tushunchalarni so’z bilan aniq ta’riflab bera olmaydilar, uni boshqa shunga o’xshash voqealar bilan solishtira olmaydilar. Ammo bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida to’g’ri tashkil etilgan pedagogik jarayon ma’naviy-axloqiy voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq namunalarini ko’rsatar, o’zlari ham ularga o’xshashga harakat qiladilar.

Bolalarda kattalar bilan muloqot jarayonida xulq-atvorning dastlabki tajribalari shakllanadi. Muloqotga bo’lgan ehtiyoj muhim ijtimoiy ehtiyoj bo’lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni qondiruvchi manba hisoblanadi. Muloqot mazmuni pedagogik jihatdan qimmatli bo’lishi kerak, shunda u bolaga zarur ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: xulq-atvor ma’daniyati, bolalar va kattalar o’rtasida insoniy munosabatlarni tarbiyalash (ijtimoiy turmushning eng sodda qoidalarini bajarish; hayrihoxlik, yaqin kishilarga g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lish va hokazo); jamoatchilikni tarbiyalash; ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’naviy-axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan bog’lab olib borish; bolalarning faolligi; oila, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda, kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; boladagi ijobiy sifatlarga tayanish ayniqsa muhimdir.

Pedagog bu barcha vazifalarni o’zaro bog’lik holda amalga oshira borib, bolaning his tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatadi va ularda ma’naviy-axloqiy sifatlardan tarbiyalaydi, ayrim ma’naviy-axloqiy fazilatlar va bolalarga tushunarli bo’lgan ijtimoiy turmush hodisalari haqida to’g’ri tasavvurlarni shakllantiradi, asta-sekin baholash va bir-biriga baho berish qobiliyatini rivojlantiradi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, u siz bola shaxsining murakkabroq xususiyatlarini, uning ma’naviy-axloqiy sifatlarini, xalqimizning ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi tasavvurlarni va ularga ijobiy munosabatni shakllantirib bo’lmaydi.

Pedagog eng oddiy odatlarni (masalan, ma’daniy xulq-atvorni) tarbiyalar ekan, kichkintoy har bir narsani ishtiyoq bilan va umuman ongli ravishda bajarishga, ya’ni tashqi ijobiy narsalar ichki mohiyatni, uning qoidalariga munosabatini aks ettirishga erishadi. Bu hayrihoxlikni tarbiyalash, tengdoshlari va atrofini o’rab turgan kattalarga nisbatan loqayd, beparvo munosabatning vujudga kelishi imkoniyatining oldini olish uchun muhimdir. Shu tariqa ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning nisbatan oddiy ijobiy odatlari bolaning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi uchun qimmatli bo’ladi.

Pedagoglar va ota onalar bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlardan tarbiyalar ekanlar, bolalarda kattalarga hurmat, quloq solish istagi va ko’nikmalari, ularning maslahatlari, ko’rsatmalari va topshirqlarini bajarishga tayyorgarlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari; tengdoshlari bilan do’stona o’zaro munosabatlar, ularga va kichiklarga, kattalarga g’amxo’rlikda bo’lish tuyg’usini shakllantirishlari kerak. Bolalarning o’z vazifalarini esda tutish va ularni ishtiyoq bilan bajarishga; boshqalar bilan o’z bilimlari, rejalari, o’yinchoqlari va qo’llanmalarini bo’lishishga o’rgatish lozim.

Kichik yoshdan boshlab bolada birga qayg’urish, boshqa kishilarning g’am va quvonchlariga sherik bo’lish ko’nikmalarini shakllantirish muhimdir. Adabiy qahramonlar xulq-atvorini, o’zining xulq atvorini va tengdoshlarining xulq atvorini to’g’ri baholashga o’rgatish lozim. Turli millat bolalari va kattalarni yoqtirish, ularga hayrihoxlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash; insonparvarlik his-tuyg’ulari va munosabatlarining namoyon bo’lishiga, ularning ijtimoiy yo’nalganligiga erishish zarur.

Shu munosabat bilan bolalarda mehnatsevarlikni faqat o’zi uchun emas, balki umum foydasi uchun ham mehnat qilish istagi va malakalarini, maqsad qila olish va ijobiy natijalarga erishish, xoxishdan qat’iy nazar zarur bo’lgan narsani bajarish malakalarini tarbiyalashga alohida e’tibor kerak. To’siqlarni yengib o’tishga tayyorgarlikni tarbiyalash, qo’yilgan vazifani bajarishda tashabbus ko’rsatish, ishni oxirigacha yetkazishga bo’lgan intilishni rag’batlantirish lozim. Guruh oldida ma’naviy-axloqiy sifatlardan tarbiyalash zarur.

Maktabgacha bolaning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan insonparvarlik asoslari, uning ijtimoiy yo’nalganligi bolalarda asta sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabatlari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Jamoatchilikni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasidir. U atrofdagi odamlarga, faqat o’zing uchun emas, boshqalar uchun ham muhim bo’lgan faoliyatga nisbatan xudbinlik, beparvo munosabatning nomoyon bo’lishiga ziddir. Bolalarda uyushqoqlik, burch hissi kurtaklari tarbiyalangan bo’lsa, jamoatchilik kichik yoshdanoq ularning xush ko’rishlik, ijobiy, do’stona munosabatlarini rivojlantirishga asoslanadi, bu bolalarning hayrihoxlik munosabatlari uchun nihoyatda muhimdir.

Birgalikda rang-barang mazmunli faoliyat har bir bolada jamoatchilik asoslarini rivojlantirish va maktabgacha yoshdagi jamoani shakllantirish, ma’naviy-axloqiy sifatlardan tarbiyalash uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash uchun avvalo bolalarga ta’lim-tarbiya berayotgan muassasa jamoasining katta yoshli a’zolari o’rtasida to’g’ri o’zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.

Pedagogik jamoa va ota-onalar jamoalarining to’g’ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Bu uslub esa bolalar barchasining ota-onalar bilan muntazam ish olib borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o’rganishi natijasida tarkib topadi.

Kattalar bilan bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yuksak darajasi muvaffaqiyatli ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning majburiy shartidir. Ular o’sib kelayotgan shaxsga hurmat, uni yaxshi ko’rish, uning psixik va jismoniy rivojlanish qonuniyatlarini bilishga asoslangandir. Bunday munosabatlar va o’zaro munosabatlar balalar muassasasining mustahkam an’anasi bo’lib qolishi kerak.

Maktabgacha ta’lim muassasasi hayotining aniq kun tartibi, guruh xonalar va uchastkaning zarur materiallar, asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi, ularning pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq joylashtirilishi va qo’llanilishi muhim ahamiyatga ega.


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kundalik turmush faoliyatida ma’naviy tarbiyalash

Maktabgacha ta’lim muassasalarining «Bolajon» tayanch dasturi asosida ma’naviy-axloqiy ishlarni tashkil etish, asosan bolalar jamoasida ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni shakllantirish, bolalarni o’zaro bir-birlarini yoqtirishlari, jonajon maktabgacha ta’lim muassasasi va tarbiyachisini hurmat qilish, tengdoshlari va o’z xulqini baholay olish ko’nikmasini shakllantirishdan boshlanadi. Bola katta guruhga chiqqan davridan boshlab uning kattalar, tengdoshlari, do’stlari, kichik yoshdagilar bilan aloqasi sezilarli darajada kengayadi. Ularning umumiy kechinmalari, xursandchiliklari, tashvishlari ko’payadi.

Ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish bir nechta yo’nalishda olib borilishi mumkin, bular: o’yinlar yordamida (qoidali o’yinlar, stol o’yinlari, roli o’yinlar, teatrlashtirish va boshqalar), jamoada mehnat faoliyatini tashkil qilish, ertaklar orqali va turli vaziyatlarda bolalarni juftliklarda hamkorlik qilishga yo’naltirish orqali va hokazo.

Ma’naviy-axloqiy normalarni egallab borar ekan bolalar bir-birlariga o’yinda yordam berish, bir-biriga xayrixoh va g’amxo’r bo’lish, bolalarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etadi va bolalarni bir-birlarini ma’naviy qo’llab-quvvatlashi shakllanadi. Tarbiyachi qanday qilib bo’lsa-da bolalardagi hamdardlik, xayrixohlik bildirishga bo’lgan intilishni qo’llab-quvvatlashi darkor, xuddi shu asosda tarbiyalanuvchilarning o’z o’rtoqlariga yordam berish qobiliyati va ko’nikmalarini mustahkamlashi mumkin.

Maktbagacha yoshdagi bolalarda tengqurlar bilan muloqot sharoitida mustaqillik, aktivlik, o’ziga ishonch, hamkorlik, o’zini nazorat qilish kabi sifatlari tarkib topar ekan. Demak, bunday muloqot sharoiti bolaning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etadi. Bolani tengdoshi bilan muloqoti emosional va harakatlarga boy. Kattalar bilan muloqotda orttirilgan intellektual va ijtimoiy tajriba, tengdoshlar bilan bo’ladigan aloqalarda qo’llaniladi, o’zlashtiriladi va boyitib boriladi. Kattalar bilan bo’lgan muloqot bolani taraqqiyotni yangi sifat bosqichiga olib chiqsa, bolalar o’rtasidagi aloqalar mazkur bosqichdagi son o’zgarishlarini keltirib chiqaradi va yuqori bosqichga o’tish uchun zamin hozirlaydi.



Maktabgacha ta’lim muassasasining kundalik hayoti va faoliyatida bolalarning ma’naviy-axloqiy tasavvurlarini tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar mavjud bolalar jamoalarida maxsus tashkil qilingan hamkorlik orqali ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

Bolaning muassasada bo’ladigan oxirgi yilining har bir kuni ma’naviy-axloqiy nuqtai nazardan foydali bo’lishi uchun maktabga Maktabgacha ta’lim yoshidagi pedagoglari o’quv yilining boshidanoq o’z tarbiyalanuvchilarining kundalik hayotini iloji boricha yaxshiroq tashkil etish haqida g’amxo’rlik qilishlari lozim. Bunda dastur talablari tarbiyachi uchun asosiy yo’l-yo’riq bo’ladi. Shu bilan birga ular doim o’z guruhi bolalarining ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasini hisobga oladi. Tarbiyachilar birinchi kunlaridanoq, ularni ayniqsa tashvishga solayotgan bolalar bilan qanday ish olib borishni; odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo’lishlari, xulq-atvor normalari va qoidalariga muvofiq, harakat qilishlari bilan quvontiradigan bolalarda his-tuyg’ularni chuqurlashtirish va xulq-atvor odatlarini qanday mustahkamlashni; xulq-atvorni g’oyat qarama-qarshi bo’lgan bolalarni qanday tarbiyalashni muhokama qilishlari kerak. Bolalarning turli pedagoglarda, uyda va maktabgacha ta’lim muassasada o’zlarini qanday tutishlarini, turli bolalarning yaxshilik va yomonlik, atrofdagi ijtimoiy turmush haqidagi ma’naviy tasavvurlari qandayligini yana bir bor tahlil etish lozim.

Bularning hammasi tarbiyachiga bolalarda madaniy xulq-atvor malakalari va odatlarini, kattalarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, do’stona munosabatlar va guruh asoslarini, yaxshilik, do’stlik, adolat, halollik, kamtarlik to’g’risidagi, bizning vatanimiz va mehnat kishilari haqidagi ma’naviy tasavvurlarni shakllantirishga alohida-alohida, yakka tartibda yondashishni amalga oshirishda, buyumlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalashda yordam beradi.

Aytib o’tilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalari bolalarning xilma-xil faoliyat turlarida, shuningdek pedagoglarning bir maqsadga qaratilgan va muvofiqlashtirilgan ishlaridagi turi.

Tarbiyachi turli vosita va usullarni qo’llar ekan, bolalar xulq-atvor va o’zaro munosabat qoidalarini bilishlari va kundalik hayotda ularni bajarishga intilishlari haqida g’amxo’rlik qilishi lozim.

Bolalar ertalab maktabgacha talim muassaga kelganda (yoki boshqa bo’sh vaqtda) tarbiyachi ulardan bugun uyda o’zlarini qanday tutganliklarini; onalari va buvilarini xafa qilgan yoki qilmaganliklarini, kattalarga qanday yordam berganliklarini so’raydi, bola (bolalar) ota-onasining mehnati haqida nima bilishini aniqlaydi, agar bir ishning qadrli ekanligi ko’rsatishga intiladi. Agar o’g’il yoki qiz bola bularni yaxshi bilmasa, pedagog onasi, otasi, buvasidan so’rab bilishni topshiriq qilib berishi mumkin. «Mashg’ulot paytida sen bolalarga uyda onangga qanday qarashishing, ota-onang qayerda ishlashi, nima qilishi haqida qiziqarli so’zlab berishing mumkin».

Muntazam ravishda maktabgacha ta’lim muassasa xodimlari, ota-onalarga hurmat tarbiyalanadi. Pedagog bolalar bilan faqat gapirishib qolmay, tarbiyachiga, enagaga yordam berish; tarbiyachi metodistdan maktabgacha talim muassa mudirasidan maktabga Maktabgacha ta’lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarining yordami kerak yoki kerak emasligini so’rab bilishdek jiddiy topshiriq berishi ham mumkin.

Bolalarda kattalarga nisbatan ziyraklikni tarbiyalash, ularning kayfiyatini his etishga, unga muayyan tarzda munosabat bildirishga o’rgatish muhimdir. Masalan, guruhdagi xodimlardan biri o’zini yomon his etayapti, xafa – bolalardan ikki, uch kishi uning huzuriga borib, yaxshi gap aytsin yoki bolaning buvisi bemorligini bilgan tarbiyachi unga jiddiy vazifa berishi mumkin: «Unga borganingda, buvingning yonida o’tirib, bugun qanday o’ynaganingiz, qanday mehnat qilganingiz haqida so’zlab ber. Buvingga bu juda yoqimli bo’ladi» Tarbiyalanuvchisi hali xulq-atvor qoidalarini yaxshi o’zlashtirib olmaganligini bilgan pedagog eslatadi: Yoddan chiqarish kerak bo’lmagan eng muhim narsa shuki, yetti yoshga qadam qo’ygan bola so’zda ham, amalda ham kattalarga hurmat, ularga yordam berishga tayyorlikni ifodalash uchun tobora ko’proq faollik va mustaqillik ko’rsatishi lozim. Kattalarga g’amxo’r, e’tiborli munosabatni namoyon etish imkoniyatlari juda ko’p. Tarbiyachi bolalarni yaxshi ishlarda mashq qildirish uchun bironta imkoniyatni ham bexuda o’tkazmasligi kerak, Masalan, mashg’ulot oldidan faqat o’ziga emas, balki tarbiyachiga ham stul qo’yish; kattalarning eslatishisiz mehmonga stul taklif etmaslik, undan ularning qurgan narsalari, burchaklarini, qurishni xohlashi yoki xohlamasligini so’rash; odat paytida kelgan bo’lsa, dasturxonga taklif etish; kattaning, hatto u notanish bo’lsa ham, iltimosini bajarish tayyor bo’lish odati yo’qligidek «mayda-chuyda» narsalarga kutshicha e’tibor berilmaydi. Bu e’tibor namoyon bo’lishining tashqi formalariga o’xshab ko’rinadi, biroq ular bolaning atrofdagilarga insoniy his-tuyg’u va munosabatlarini aks ettirishi kerak.


Bolalarni ma’naviy tarbiyalashda noan’anaviy o’yinlardan foydalanish.

O’yin mashg’ulotlaridan voqea band-ijroli o’yinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Rolli o’yinlar orqali bolalarga ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, o’zaro munosabatlari, turmush kechirish yo’sinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid qilishadi, qo’g’irchog’ini erkalayotgan qizcha onasining so’zini takrorlaydi, qo’g’irchog’ini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina o’yin orqali unda oila sharoitidagi ko’nikmalar hosil bo’layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari "Shifokor", "Sartaroshxona", "Do’konda", "Quruvchilar", "Tikuvchilar", "Maktabgacha talim muassa", "Maktab-maktab" kabi o’yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, o’zgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar o’stirib boriladi. Bolalar yoshiga mos ertaklardan, rus xalq ertagi " Sholg’om", "Bo’g’irsoq", o’zbek xalq ertagi "Zumrad va Qimmat", "Ikki echki" kabilarni sahnalashtirish, qo’shiqlarni, she’rlarni, hazillarni yod oldirish bola xotirasini mashq qildiradi, fikrni to’plash qobiliyatini, so’z boyligini, nutq faoliyatini, estetik madaniyatini, bolalarda ijrochilik mahoratini, o’ziga bo’lgan ishonch kabi qobiliyatlarni tarkib topishiga yordam beradi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolaning ertalabki hayoti ko’pgina narsalardan tashkil topadi. Dastavval bu tarbiyachi va bolalar bilan odatdagi, tarbiyaviy jihatdan muhim uchrashuvdir. Yangi kun o’ziga xos taasurotlarni baxsh etadiki, bolalar o’z taasurotlarini aytib bermoqchi bo’ladilar. Bir birlari bilan suhbat, tarbiyachining savollariga javoblar bolalarning shu paytdagi qiziqishlarini, ya’ni uydan maktabgacha talim muassaga kelayotib o’rtoqlari bilan uchrashganda kuchaya borgan taasurotlari, kechagi kunning o’ziga xos mazmuni bilan bog’lik bo’lgan taasurotlari, shu kun va uning voqealari haqidagi farazlarini ko’rsatadi.

Bularning hammasi bolalarning xuddi shu kunni bezaydigan qiziqishlarini belgilaydi. Ertalab maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan o’yinlar boshlanadi, nonushta mahalida to’xtatiladi va mashg’ulotlar boshlangunga qadar yana 10-15 daqiqa davom etadi. Kichik va o’rta guruhlarda o’yinning ana shu paytiga ahamiyat berishi kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning o’yinga qiziqishlari ularning vazifalaridan ustun turadi.

Katta yoshdagi bolalarning ertalabgi vaqti nuqul o’yin bilan bog’liq bo’lmay, balki bu vaqtda boshqa vazifalar ham bajariladi, bunda bolalar har kuni bajaradigan mehnat mashg’ulotlariga: gullarga suv quyish, hayvonlarni parvarish qilish, nonushtaga stol tuzash, mashg’ulotlarga navbatchilik qilish ishlariga ancha vaqt ajratiladi. O’yin uzoq davom etmaydi.

Yaxshi yo’lga qo’yilgan o’yinlar bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlardan tarbiyalashning zaruriy shartidir. Tarbiyachi bolalar o’yinini maqsadga muvofiqroq qilib uyushtira olishi, o’yinlarning borishiga va bolalarning o’zaro munosabatlariga aktiv ravishda ta’sir ko’rsata olishi uchun sharoitni bir muncha o’zgartirish kerak bo’ladi.

Buning uchun enagalarning yordami zarur. u muayyan tashkiliy vazifalarni o’z zimmasiga olishi kerak. Guruhda bolalarning yoshiga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini qayta tuzishda va o’yinni bolalar hayotini yo’lga qo’yish formasi sifatida joriy qilishda enaganing qo’shimcha vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi: ovqatlanishni uyushtirishda tarbiyachi o’ynayotgan bolalar oldiga borgan paytda ayrim bolalarning ovqatlanishini kuzatib turish va ularga yordam berish, ovqatlanishni davom ettirayotgan bolalarga qarab turish, mashg’ulotlani tashkil qilish vaqtida stol va stullarni joylashtirish, tarbiyachi tayyorlab qo’ygan materiallarni (loy, qalamlar, qog’oz va xokazolarni) joy-joyiga qo’yib chiqish, mashg’ulotdan keyin materialni o’rniga olib qo’yishdir.

Mana shunday sharoitda tarbiyachi bolalarning qanday o’ynayotganliklarini kuzatishgina emas, balki ularni o’yinchoqlar tanlab olishlarida ham aktiv qatnashish, bolalarning birlashishlariga ta’sir etish, individual o’yinlarni yo’lga solib turish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.

Ta’lim-tarbiyaviy ishlar oqilona tashkil qilingan joylarda ertalabgi soatlarda bolalar hayotini yo’lga qo’yishda o’yinlar muhim o’rin egallaydi. Bolalar o’z talab-ehtiyojlarini ancha to’la ifodalay oladigan, hali murakkab o’zaro munosabatlar vujudga kelmaydigan va o’yin individual xususiyatga ega bo’la oladigan kichik guruhlarda o’yinlarga alohida e’tibor berilmog’i kerak.

Bu yilning har bir faslida, xonada va ochiq havoda qum va suv bilan o’ynaladigan dastlabki o’yinlaridir, bu o’yinlarda shaxsiy talablargina emas, balki birgalashib qilinadigan harakatlar, o’ylab qo’yilgan ishlar to’grisida kelishib olish ehtiyoji ham paydo bo’ladi; bu bolalarni harakatga rag’batlantiradigan, har bir yosh bosqichi uchun foydali bo’lgan o’yinchoqlar bilan o’ynashdir.

Ariqdan sakrab o’tish. O’yin mazmuni va qoidalari: O’yin bolalarning tezlik, epchillik, xushyorlik kabi harakat malakalarini tarbiyalashga qaratilgan. Yerga (pol) uzunligi 2-3 m va eni 25-30 smli taxta qo’yiladi, bu ariq ustidan o’tuvchi ko’prik hisoblanadi. Ariqning narigi tomonida turli gullar, maysalarni bildiruvchi harxil rangdagi qiyiqchalar (qog’oz) tashlab qo’yiladi. Bolalar birma-bir ko’prikdan o’tib gullarni terishadi va o’tirib, cho’kkayib dam olishadi. Keyin o’z joylariga qaytishadi.

O’yinni tashkil qilish: Bolalarning ko’prik qilishini o’rgatish uchun yengil taxta (faner) yoki materialni belgilangan joyga qo’yishda ularni jalb etish lozim. Ariqda tez oqar suv borligi, tushib-oqib ketmasligi uchun ehtiyot bo’lish, yo’l talashmaslik, oldinma ketin o’tish kabi holatlar ogohlantiriladi.

O’yinga yakun: Ko’prikdan tez yoki ehtiyot bo’lib o’tgan hamda kim ko’p va chiroyli gullarni tergan bolalarni rag’batlantiriladi.

Chiziqni bosma. O’yin mazmuni: O’yin mustaqil harakat qilish va muvozanatni saqlashni tarbiyalashga qaratilgan. Yerga (pol) yonma-yon ikkita chiziq tortiladi. Uzunligi 3-4 m va oralig’i 40-50 sm bo’ladi. Bolalar navbat bilan chiziqlar orasidan yurib (emaklab) o’tishi lozim. Oxirida turib qo’llarni baland ko’tarib kerishadi va nafas chiqaradi.

Tashkil qilish. Chiziqlarni bolalarga chizdirish yoki yupqa taxtalardan foydalanish mumkin. Chiziqni bossa jarga tushib ketishligini ogohlantiriladi.

Yakun: chiziqlar oralig’idan tetik, qiyshaymay va to’g’ri o’tgan bolalar rag’batlantirilishi va yanada tezroq o’tishini vazifa qilib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Nishonga tushir. To’plarni dumalatish va mo’ljallarni bilish hamda chaqqonlik kabi harakat ko’nikmalarini o’rgatishda bu o’yin maqsadga yaqindir. O’yin 1-3 yoshli bolalarga mo’ljallangan.

Mazmuni: Bolalar o’rindiqda o’tirishadi. 3-5 m narida chiziq tortiladi va ular navbat bilan 3-4 ta to’pni oldinma ketin chiziq tomon dumalatadi va keyin borib ularni yig’ib kelib, navbatdagi bolaga beradi. Shu tariqa hamma bolalar bu harakatlarni bajarishadi.

O’yinni tashkil qilish va uning shartlari: Ob-havo qulay paytlari ochiq maydonda tashkil etiladi. To’pni uzoqqa otish mumkin emasligi va chiziqqa tegizishni tushuntiriladi. To’plar uzoqqa dumalab ketsa, boshqa bolalarning ham yordamlashib terib kelishiga ruxsat beriladi. O’yinda kim yaxshi bajarsa, ularni rag’batlantiriladi.

Qush va uning bolalari. Mazmuni: Bolalar ikki yoki uch guruhga (5-6 tadan) bo’linadi va ular sig’adigan darajada doira (uya-in) chiziladi. Bolalar qush bolasi va tarbiyachi esa qush vazifasini bajarishadi. Doira (uya) ichidagi qush bolalariga tarbiyachi (qush) “qani uchaylik” deb o’zi qo’llarini (qanot) yozib har tomonga yuradi (uchadi). Qushchalar ham erkin va mustaqil ravishda harakat qilishadi (uchadi). Tarbiyachi (qush) ularning turli harakat qilishi, “don terib yeyishi”, quvlashishlarini nazorat qilib boradi. Keyinchalik esa “endi uyaga uchamiz” deyishi bilan “qushchalar” tez “uchib” o’z uyalariga (ini) kirib olishadi. O’yin 3-4 marotaba takrorlanadi.

O’yin shartlari va yakunlash: “Uya”da (in) “qushchalar” o’tirishi va “qushni” (onasi) kelguncha (uchishga ruxsat berganida) ular bir-birlariga qarashi, gaplashishi, qimirlashi lozim. “Uchaylik” topshirig’i bo’yicha “qushchalar” uyasidan tez chiqishlari va avvaldan tushuntirilgan harakatlarni (qanot yozish, qoqish, qo’nish, don terish va h.k) barcha baravariga bajarishlari lozim. Uyaga qaytishda ham “uchish” harakatlarini qilishlari shart.

Bolalarning yoshiga qarab “Bog’ hovliga sayohat”, “Mehmonga borish”, “Darvoza”, “Ilon izi”, “Doirada tezroq saf tortib tur”, “Ko’z boylag’ich”, “Polizda”, “Qushlar parvozi”, “Kapalak tutish”, “Arg’amchi bilan yugurish”, “Bayroqchaga qarab tur” kabi harakatli o’yinlardan ham maqsadli foydalanilsa bo’ladi.

Xulosa tariqasida aytilganda ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy jihatdan rivojlantirish, qomatni to’g’ri o’stirish va jismoniy sifatlarning barcha belgilarini tarbiyalashda harakatli o’yinlar muhim o’rinni egallaydi. Shu sababdan oila sharoiti va bog’chalarda harakatli o’yinlarni to’g’ri tanlash, mazmunli hamda qiziqarli qilib o’tkazish zarurdir.




XULOSA

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash yuzasidan olib boriladigan ishlar shu umumiy vazifalarga muvofiq ravishda takomillashtirilishi lozim. Maktabgacha yoshda shakllanadigan ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular, xulq-atvor odatlari va tasavvurlar butun bolalar faoliyatiga va ular o’rtasidagi, bolalar bilan kattalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar kompleksiga hal etuvchi ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mazmuni va formalari bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda jiddiylashtiriladi.

Bolalar bilan rejali ravishda izchil ish olib borish ularning ma’naviy-axloqiy tasavvurlarini ham, real ma’naviy-axloqiy xulq-atvorlari darajasini ham oshiradi; Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarida ko’p narsani o’z qo’llari bilan qilish va qilingan ishlardan quvonish, kattalar mehnati natijalarini qadrlash ko’nikmalari rivojlanadi; unum foydasi uchun qilinadigan ishlarda o’zlari ishtirok etishga, birga o’ynash, shug’ullanish, umumiy maqsadlarni qo’yish va amalga oshirishga intilish vujudga keladi. Bularning barchasi bola shaxsining ijtimoiy yo’nalishini belgilaydi. Ma’naviy-axloqiy odatlar me’yor bo’lib qolishi uchun bolaning ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlarni mashq qilishiga shart-sharoitlar yaratish kerak. Uning boshqa bolalar bilan muloqotiga rahbarlik qilish uni u yoki bu holatda o’zini qanday tutishga o’rgatish, turli faoliyatdan foydalanib, xulq qoidalari bilan tanishtirish zarur.

Maktab ostonasida turgan bolada quyidagi ma’naviy-axloqiy xulq-atvor odatlari shakllangan bo’lish kerak: tozalik, ozodalik, tartiblilik, mustaqillik, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, kattalar mehnatining qadriga yetish va asrash, biror narsa bilan mashg’ul bo’lish, o’yinchoqlar o’z buyumlari va jamoa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, kattalarni hurmat qilish, ular haqida g’amxo’rlik qilish, ota-onasi so’ziga to’g’ri munosabat bildirish, intizomli, sofdil, rostgo’y bo’lish: xushmuomala, xayrixoh, muloyim, vazmin, jonkuyar bo’lishdek madaniy xulq va muomala odatlaridir.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1997.



2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. T., “Sharq”, 1997.



“Bolajon” tayanch dasturi (takomillashtirilgan “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqarilgan”) Toshkent-2010 yil.



Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga quyiladigan talablar dasturi. –T., 2012 y.



Raximova R. Tarbiyachiga 1001 maslahat – T.: 2007.



Salixova M. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishda milliy qadriyatlarning ahamiyati. – T.: 2001.



Bola shaxsini shakllantirishda ma’naviyatdan foydalanish”. – T.: “Xalq ta’limi” jurnali, 2004. №2, 36-bet.



Mo’minova L., Nurkeldiyeva D. 5-7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligini tekshirish dasturi. (Maktabgacha ta’lim jurnali) – T.: 2000. 7,8,9-sonlari.



Maktabgacha ta’lim jurnali., – T.: 2010 , 3-son.



Xodjayeva Z. Olti yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligi.– Maktab va hayot jurnali. 2005. №3, 15-bet.


MUNDARIJA


Kirish…………………………………………………………………….




Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma’naviy tarbiyalashning mohiyati……………………………………………………………………..




Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kundalik turmush faoliyatida ma’naviy tarbiyalash…………………………………………………………




Bolalarni ma’naviy tarbiyalashda noan’anaviy o’yinlardan foydalanish.




Xulosa………………………………………………………………………




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..................





Nigmatova Mavjuda Zuvaydullayevna

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARGA MA’NAVIY TARBIYA BERISH

Теrishga berildi: .09.2016 y.

Bosishga ruxsat berildi: .09.2016 y

Оfset bosma qog’ozi. Qog’oz bichimi 60х84 1/16.

«Times» garniturasi. Оfset bosma usuli.

1,5 bosma taboq

Аdadi:25 nusxa.

Buyurtma №__

Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.



Samarqand shahar Boysunqur ko’chasi 3-uy



Download 33,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish